TOSHKENT VILOYATI KADASTRI @tvkad Channel on Telegram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

@tvkad


Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI (Uzbek)

Toshkent Viloyati Kadastrining rasmiy Telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanal orqali siz Toshkent viloyatidagi kadastr boshqarmasi to'g'risida eng so'nggi yangiliklarni olishingiz mumkin. Kanalda Toshkent viloyati, Nurafshon shahri va Toshkent yo‘li ko‘chasi manziliga oid ma'lumotlar, [email protected] elektron manziliga e'lonlar va boshqa foydali ma'lumotlar paydo bo'ladi. Agar savollar bo'lsa yoki qo'riqqa duch kelgan bo'lsangiz, 👨‍💻 Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot kanaliga murojaat qilishingiz mumkin. Toshkent Viloyati Kadastrining Telegram kanaliga obuna bo'ling va kadastr sohasida eng yangi ma'lumotlardan xabardor bo'ling!

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

07 Jan, 11:12


#yernazorati #huquq

⚡️Sug‘oriladigan yerlar toifasini o‘zgartirish Prezident qaroriga muvofiq amalga oshiriladi

Sug
‘orilmaydigan yerlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi, sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga yoki sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga o‘tkazish esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi

Yerlarni yer fondining bir toifasidan boshqasiga o‘tkazish yerlardan asosiy foydalanish maqsadi o‘zgargan taqdirda amalga oshiriladi.

❗️Yerlarni yer fondi toifalariga bo‘lish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari tomonidan amalga oshiriladi, bundan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazish mustasno.

Huquqiy asos: Yer kodeksi 9-modda

Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

07 Jan, 09:18


⚡️Yuridik va jismoniy shaxslar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishga haqli

Yuridik va jismoniy shaxslar o‘ziga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANMAGAN yer uchastkalarini qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda xususiylashtirishga haqli.

Asos: Yer kodeksi 17-modda
#huquq
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

07 Jan, 06:36


O‘z uyimda qurilish qilishim uchun ruxsatnoma talab etiladimi ?

Javob:

Mazkur holatda qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma talab etiladi.

Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni tegishli ruxsatnomasiz amalga oshirish taqiqlanadi.

Huquqiy asos: VM-200, 20.04.2022-yil.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

07 Jan, 05:24


⚡️Davlat xizmatlari markazi orqali quyidagi kadastr xizmatlari amalga oshiriladi:

🔹Kadastr pasportini shakllantirish;

🔹Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma olish;

🔹Qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish uchun ariza topshirish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;

🔹Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish;

🔹Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

🔹Kadastr obyektiga taʼqiq bor/yo‘qligini tekshirish;

🔹O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish;

🔹Davlat Reyestridagi har qanday ko‘chmas mulk obyektining kadastr qiymatini bilish.
#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

07 Jan, 04:14


⚡️Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

Notarius idoralarida oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishdan avval ob’ektga taqiq mavjud yoki mavjud emasligini aniqlang va kelgusidagi ovoragarchiliklarni oldini oling.

💻 Buning uchun my.gov.uz portali orqali ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq bor-yo‘qligini aniqlashtiring.

❗️Shuningdek, umumiy mulkka teng huquqli shaxslar bor-yo‘qligini ham tekshirishni unutmang!

Oldi-sotdi shartnomasini notarius organlarida rasmiylashtiring va to‘lovlarni qonun doirasida amalga oshiring.
#kadastr_xizmati #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

06 Jan, 10:58


#bilasizmi #yer_nazorati

⚡️Qonunga muvofiq, sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan chora ko‘rmaslik, maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa,

🔹BHMning 200 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima

🔹yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari

🔹yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari

🔹yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash

🔹yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


❗️Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini taʼminlasa hamda uning oqibatlarini bartaraf qilsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

06 Jan, 09:14


Ko‘chma savdo do‘konlari uchun kadastr pasporti talab etiladimi ?

Javob: Yo‘q, talab etilmaydi.
Qonunchilikka ko‘ra, mol-mulk fuqarolik huquqlari obyekti sifatida ko‘chmas mulkka va ko‘char mulkka bo‘linadi. Ko‘chmas mulk jumlasiga kirmaydigan mol-mulk ko‘char mulk hisoblanadi. Ko‘char mulkka kadastr pasporti berilmaydi va unga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi.

Ko‘chma savdo joyini ijaraga olish huquqi “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn-auksionda sotiladi. Bunda elektron onlayn-auksion g‘olibiga ko‘chma savdo joyi ko‘pi bilan 36 oygacha ijaraga beriladi, ko‘chma savdoning “K-SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma yer uchastkasi ijarasi shartnomasiga tenglashtiriladi.

#savol_javob #huquqvaqti
Kanalga ulanish:
https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

06 Jan, 07:24


O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarni xatlovdan oʻtkazish ishlari davom etmoqda. Piskent tumani

#OAV_biz_haqimizda #OʼRQ_937
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

06 Jan, 06:23


Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish xizmati

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - avtomatik tarzda;

🪙 Xizmat narxi - BEPUL.

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

06 Jan, 05:38


#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Ko‘chmas mulkni bo‘lish mulkdor arizasiga yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi

🤝Umumiy mulk bo‘lgan ko‘chmas mulk uning mulkdorlarining (ishtirokchilarining) o‘zaro kelishuviga ko‘ra bo‘linadi.

✍️ Bo‘lish natijasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning yuzaga kelganligi yoki bekor qilinganligi shartnoma yoki sud qarori bilan tasdiqlanadi.

📗Ko‘chmas mulkni bo‘lish uchun bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi va kadastr pasporti shakllantiriladi.

🏢Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida bu ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ularga oid cheklov yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka o‘tadi.

📄Umumiy birgalikdagi mulkni bo‘lish ushbu umumiy mulk ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvga yoki sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘linmaydi.

Asos:
O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

Каналга уланиш: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

06 Jan, 04:07


#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdagi vositachilar kimlar ?

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdagi vositachilar quyidagilardan iborat:

🔸davlat xizmatlari markazlari;
🔸notarial idoralar, notariuslar;
🔸rieltorlik tashkilotlari;
🔸tijorat banklari;
🔸O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.

‼️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida boshqa yuridik va jismoniy shaxslar ham vositachilar sifatida belgilanishi mumkin.

📌Vositachilar jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan elektron axborot almashish orqali ko‘rsatadi.

Asos: O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

04 Jan, 11:49


#bizningmanzillar #Parkent_tumani
⚡️Bizning manzillar: Parkent tumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Parkent tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Parkent tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Abduraxmonov Dilshod Abduxalil o‘g‘li
Filial rahbari - Jo‘raboyev Farxod Mannopovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Parkent tumani, O‘zbekiston ko‘chasi, 5-uy

☎️Murojaat uchun telefon: 70-722-21-57

Kanalga ulanish:
https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

04 Jan, 10:48


Yer uchastkasiga nisbatan servitut to‘g‘risidagi shartnoma yozma shaklda tuziladi

Servitut to‘g‘risidagi shartnomada quyidagi shartlar ko‘rsatilishi kerak:

🔘servitut belgilanishi kerak bo‘lgan yer uchastkasining kadastr raqami;
🔘servitutni belgilashning maqsadlari va asoslari;
🔘shartnoma taraflari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
🔘servitutning amal qilish muddati;
🔘servitut uchun belgilangan haq miqdori (mavjud bo‘lganda);
🔘taraflarning huquq va majburiyatlari hamda javobgarligi;
🔘belgilangan servitut muddati tugaganidan keyin yer uchastkasini belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish haqidagi servitut majburiyati.


#bilasizmi #huquq
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

04 Jan, 09:04


⚡️Servitut, uni belgilashda kelishuvga erishilmaganda sud qaroriga binoan belgilanadi

Servitut, uni belgilashni talab qilgan shaxslar bilan o‘zga yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sud qaroriga binoan belgilanadi.

Jamoat ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan hollarda servitut ushbu Kodeksga muvofiq viloyat va Toshkent shahar hokimi tomonidan ham belgilanishi mumkin (ommaviy servitut).

❗️Servitut to‘g‘risidagi shartnoma davlat ro‘yxatiga olinishi lozim va u yer uchastkasi boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda ham saqlanib qolinadi.


Servitut to‘g‘risidagi shartnoma uni belgilashga sabab bo‘lgan asoslar o‘z ahamiyatini yo‘qotgan taqdirda, bekor qilinishi mumkin.

#bilasizmi #huquq
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

04 Jan, 07:32


⚡️Turar-joy obyektlar kadastr pasportini shakllantirish tartibi

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

🔖Arizaga Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi;

🪙Mutaxassis organ joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi va talabgorga to‘lov uchun invoys yuboradi;

✉️Ariza beruvchi to‘lovni 1 oy mobaynida amalga oshiradi;

✔️Kadastr agentligi kadastr pasportini shakllantiradi va arizachiga xabarnoma yuboradi.

Xizmat ko‘rsatish muddati:
Kadastr pasportini tayyorlash ob‘ektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔹ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;
🔹yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.


❗️Xizmat narxi - umumiy maydon o‘lchamiga qarab individual hisoblanadi.

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

04 Jan, 06:48


Qanday hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi ?

Javob:
- Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

🔹 ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🔹 ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

🔹 kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda).

❗️ Ushbu hollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

#savol_javob
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

04 Jan, 05:31


#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️ Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibidan xabardormisiz?

📩 Murojaatlar Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali qabul qilinadi.

📑 So‘rovnomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi.

🔑 Zarur maʼlumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi

💰To‘lov miqdori - 562 500 so‘m (BHMning 1,5 baravari)

❗️Xizmat uchun my.gov.uz portali orqali murojaat etilganda to‘lov summasining 90 foizi undiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

04 Jan, 04:26


⚡️Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishda quyidagilar asos bo‘ladi:

🔹ko‘chmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlar mavjudligi

🔹ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi

🔹hujjatlarda noto‘g‘ri, qarama-qarshi yoki buzilgan maʼlumotlar topilishi

🔹birlamchi kadastr yig‘majildi mavjud emasligi

🔹davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi

🔹davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘xtatib turilgan hollarda, kamchiliklarning uch ish kuni mobaynida bartaraf etilmasligi

🔹yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi

🔹huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi.

❗️Yuqoridagilardan boshqa asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

#savol_javob #huquq
Facebook Instagram Telegram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

03 Jan, 11:38


⚡️Mulkka bo‘lgan taqiqni tasdiqlovchi hujjatlar

Binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining cheklanishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

🔸binolar va inshootlar xatlab qo‘yilgani to‘g‘risidagi xabarnoma;

🔸binolar va inshootlarning boshqa shaxsga o‘tkazilishini taqiqlash to‘g‘risidagi xabarnoma;

🔸binolar va inshootlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnoma.

🔸tasarruf etish huquqisiz berilgan davlat orderi;

❗️Huquqlarning cheklanishi binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni Reyestrga kiritish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

03 Jan, 09:37


Qanday hollarda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtriladi ?

🔹ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

🔹yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

🔹o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.
#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

27 Dec, 11:50


Yangi yilda barchaga yaxshi kayfiyat hamroh bo‘lsin!

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari jamoasi barchani kirib kelayotgan Yangi 2025-yil bilan tabriklaydi.

#yangi_yil #sarhisob
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

27 Dec, 09:06


Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxs vafot etgan taqdirda, egalik huquqi kimning nomiga eʼtirof etiladi ?

Javob:
- Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxs vafot etgan taqdirda, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi hamda yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi ushbu vafot etgan shaxs nomiga e’tirof etiladi. Bunda mazkur obyektga nisbatan merosni rasmiylashtirish qonunchilik hujjatlariga muvofiq vorislik tartibida hal etiladi.

Huquqiy asos:
O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

27 Dec, 07:01


❗️Hech kim sudning qarorisiz uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas

Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.

Huquqiy asos: O‘RQ-950-son, 29.08.2024 yil
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

27 Dec, 05:54


Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar 6 kun dam oladi

28-dekabr, shanba — 6 kun ishlovchilar uchun odatiy ish kuni, 5 kun ishlovchilar uchun odatiy dam olish kuni;

29-dekabr, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni;

30-dekabr, dushanba — 6 kun ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kun ishlovchilar uchun 14 dekabr (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni;

31-dekabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

1-yanvar, chorshanba — Yangi yil bayrami;

2-yanvar, payshanba — 6 kun ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kun ishlovchilar uchun 4 yanvar (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni.

Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

27 Dec, 05:08


Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar sho‘basi bosh mutaxassisi J.Mirzaraxmonov joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

#brifing
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

27 Dec, 04:17


⚡️Kimlar davlat idoralari rahbarlari qabuliga navbatsiz kirish imtiyoziga ega ?

Qonunchilikka koʻra, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, nogironligi boʻlgan bolalar va ularga gʻamxoʻrlik qiluvchi bir nafar fuqarolar:

🔹 Davlat idoralari va tashkilotlari
🔹 Davlat xizmatlari markazlari
🔹 Sogʻliqni saqlash
🔹 Taʼlim
🔹 Madaniyat muassasalarida
fuqarolarga koʻrsatiladigan xizmatlardan navbatsiz foydalanishi hamda davlat idoralari rahbarlari (mansabdor shaxslar) qabuliga navbatsiz kirish boʻyicha imtiyoz berilishi belgilangan.

Asos: PQ-74, 27.02.2023 y.
#bilasizmi #huquq
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

26 Dec, 09:21


⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirishni rad etish uchun asoslar quyidagilardan iborat:

🔹yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslarning mavjud emasligi;

🔹xususiylashtiriladigan yer uchastkasiga nisbatan tugallanmagan sud ishlarining mavjudligi;

🔹xususiylashtiriladigan yer uchastkalarida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan qo‘yilgan taqiqning yoki belgilangan xatlovning mavjudligi;

🔹aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarida, aholi punkti qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarida, hududlarni kompleks rivojlantirish va qurishga doir boshqa hujjatlarda yoki yer uchastkasidan foydalanishning ruxsat berilgan turlarida yer uchastkalarini xususiylashtirishga bevosita monelik qiladigan maʼlumotlarning mavjudligi;

🔹yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risida ariza topshirilguniga qadar qabul qilingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari mavjudligi;

🔹xususiylashtiriladigan yer uchastkasini sotishga yoki boshqacha tarzda o‘zga shaxsga o‘tkazishga nisbatan taqiqning mavjudligi;

🔹arizada noto‘g‘ri, bir-biriga zid bo‘lgan yoki buzib ko‘rsatilgan maʼlumotlar aniqlanganligi;

🔹xususiylashtiriladigan yer uchastkasining sotib olish qiymatini to‘lash ushbu Qonunda belgilangan muddatda amalga oshirilmaganligi yoki to‘liq amalga oshirilmaganligi.

Yer uchastkalarini xususiylashtirishni boshqa sabablarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
#huquq #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

26 Dec, 08:28


Qishloq xo'jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasini xususiylashtirish xizmati

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish:

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

Talab etiladigan hujjatlar:
jismoniy shaxslarda talab etilmaydi;
✔️yuridik shaxlardan yuridik shaxsning yer uchastkasini sotib olish to‘g‘risidagi qarori (agar bu ariza beruvchi — yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga muvofiq zarur bo‘lsa).

Xizmat ko‘rsatish muddati - 5 ish kuni;

🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 1 baravar miqdorida (375 000 ming so‘m);
🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,9 baravari (337 000 ming so‘m).

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

26 Dec, 07:10


Qibray tumanida xatlov ishlari davom etmoqda

Davlat kadastr palatasining Qibray tuman filiali kadastr muhandislari tomonidan reja-jadval asosida xatlov ishlari faol davom ettirilmoqda.

📍Ayni kunlarda Qibray tumanining "Shodlik" hamda "Iftixor" MFYlarida mutaxassislar tomonidan xatlov ishlari olib borilmoqda.

❗️Xushyor bo‘ling, ular sizlarnikiga ham boradi.

#OʼRQ_937 #xatlov
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

26 Dec, 06:32


⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirishda ularning maydoni va chegaralariga o‘zgartishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi

🔹Qonunchilikka muvofiq, хususiylashtirish subyektlariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar davlat reyestrida ko‘rsatilgan maydon va chegaralar doirasida amalga oshiriladi.

Mazkur yer uchastkalarini xususiylashtirishda ularning maydoni va chegaralariga o‘zgartishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

#huquqvaqti #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

26 Dec, 05:48


Xususiylashtirilgan yer uchastkasi “snos” qilinishi yoki olib qo‘yilishi mumkinmi ?

Javob
:
- Qonunchilikka muvofiq, siz yeringizga nisbatan mulk huquqini olishingiz bilan (xususiylashtirish orqali) davlat shunchaki sizga tegishli bo‘lgan yerni olib qo‘ya olmaydi.

Yer uchastkasi xususiylashtirilgach yaʼni yer uchastkasiga mulk huquqi belgilangandan so‘ng yerni mulkdordan faqat sotib olish mumkin bo‘ladi. Agar fuqaro yer uchastkasini berish yoki sotishni istamasa, uni davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun shunchaki olib qo‘yilishiga yo‘l berilmaydi. Bu – mulk huquqining kafolatlanishi.

❗️Yer uchastkasini xususiylashtirish qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarga nisbatan amal qiladi.

Asos: VM-71, 14.02.2022-y.
#savol_javob
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

26 Dec, 05:00


O‘zboshimcha egallangan yer uchastkasiga ijara huquqi eʼtirof etilgach xususiylashtirilishi mumkin

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi eʼtirof etilib, unga bo‘lgan huquq belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin mazkur yer uchastkasi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda va asoslarda xususiylashtirilishi mumkin.

Manba:
O‘RQ-937-son, 30-modda

#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

05 Dec, 10:14


#savol_javob #bilasizmi

Savol:
- Ikki fuqaro o‘rtasidagi servitut qanday belgilanadi?

Javob:
- Servitut uni belgilashni talab qilgan shaxslar bilan o‘zga yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qaroriga binoan belgilanadi.

Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

05 Dec, 09:26


#bilasizmi #huquq #VM_71

⚡️O‘zingizga tegishli yer uchastkangizni masofadan turib xususiylashtirish imkoniga egasiz

💻Endilikda yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun jismoniy va yuridik shaxslar my.gov.uz orqali murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

📨Ariza Kadastr agentligi va Qurilish bo‘limlariga yo‘naltiriladi. Xususiylashtirishga monelik qilmaydigan tomonlari tekshirilgach, fuqaroga xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi va talabgor to‘lovni amalga oshiradi.

💳Xizmat uchun to‘lov miqdori:
🔹Arizani ko‘rib chiqish uchun - 27 000 so‘m

💳Xususiylashtirish to‘lovi
🔹viloyat markazlarida yer solig‘ining 10 baravari,
🔹boshqa hududlarda 5 baravari miqdorida

📑To‘lov amalga oshirilgach, yer uchastkasiga bo‘lgan davlat orderi beriladi. Ushbu order asosida kadastr organlari yer uchastkasiga nisbatan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

05 Dec, 07:36


⚡️Aholi murojaatlari o‘rganilmoqda

Ayni damda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi rahbariyati tomonidan aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish, fuqarolarning kadastr idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash maqsadida Olmaliq shahar hokimligining majlislar zalida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

Qabul davomida koʻrilayotgan asosiy masalalar auksion, kadastr pasportini shakllantirish, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyhatidan oʻtkazish hamda soliq yo‘nalishiga doir murojaatlar bo‘lib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilib, ko‘rsatmalar berilmoqda.

Shuningdek, qabulga yig'ilganlarga  O'zbekiston Respublikasining O'RQ-937-sonli Qonuni  mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berib o'tilmoqda.

#Olmaliq #sayyorqabul
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook     Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

05 Dec, 06:07


#bilasizmi #qonunchilikda_yangilik #kadastr_xizmati

⚡️Kadastr xizmati: Ko‘chmas mulk tarixi

Hukumat qarori bilan DXM, my.gov.uz yoki davreestr.uz portali orqali “Ko‘chmas mulk tarixi”ga oid maʼlumotlarini aniqlash xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Bunda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan so‘rovnomada so‘ralayotgan ko‘chmas mulkning kadastr raqami ko‘rsatiladi.

💰 Xizmat narxi - BHMning 50 foizi (187 500 so‘m)
🗓 Muddat - uch ish kuni

Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi maʼlumotda quyidagilar aks ettiriladi:

🔹obyektga nisbatan huquq turi va unga asos bo‘lgan hujjat;
🔹obyekt yoki yerning umumiy maydonlari;
🔹obyektning qurilgan yili.

‼️Maʼlumotnoma shaxsga doir maʼlumotlar oshkor etilmagan holda beriladi.

Maʼlumotnoma axborot xususiyatiga ega bo‘lib, kelgusida rasmiy harakatlarni amalga oshirish uchun asos bo‘lmaydi.

Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

05 Dec, 05:12


⚡️Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega

Hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi mumkin emas. Uy-joyga kirishga, shuningdek unda olib qo‘yishni va ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi. Uy-joyda tintuv o‘tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.

📌 31-modda

Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

03 Dec, 11:19


📣DIQQAT EʼLON!
Hurmatli Olmaliq shahri fuqarolari hamda tadbirkorlari!


Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Toshkent viloyati Olmaliq shahri fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 5-dekabr kuni soat 11-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Sh.Rashidov MFY, Amir Temur koʻchasi, 47- uy. Olmaliq shahar hokimligi binosi majlislar zali.

☎️ Murojaat uchun: (70) 202-02-07
#eʼlon #sayyor_qabul #Olmaliq
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

03 Dec, 10:36


⚡️Servitut yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar

🔹Yer uchastkasiga nisbatan servitut belgilanishini nazarda tutuvchi shartnoma yoki sudning qarori servitut yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.

🔹Servitut yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatda
▪️ yer uchastkasi ko‘rsatiladi
▪️ chegaralar belgilanadi
▪️ amal qilish muddati va to‘lov miqdori ko‘rsatiladi.

Asos: O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

03 Dec, 09:15


⚡️Xususiylashtirilgan yer uchastkalari mulkdorlarining huquqlari haqida bilasizmi ?

🔹 Xususiylashtirilgan yer uchastkalarining mulkdorlari quyidagi huquqlarga ega:

xususiylashtirilgan yer uchastkasiga yuridik va jismoniy shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmagan holda, o‘z xohishiga ko‘ra va o‘z manfaatlarini ko‘zlab erkin egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shu jumladan undan garov predmeti sifatida foydalanish, yuridik shaxsning ustav kapitaliga (ustav fondiga) hissa sifatida kiritish, ijaraga berish

xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqining har qanday buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish

xususiylashtirilgan yer uchastkasida mustaqil ravishda xo‘jalik yuritish

uy-joy, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy imoratlar va inshootlarni hamda boshqa imoratlar va inshootlarni qurish, ularni qayta qurish va buzishni amalga oshirish.

#bilasizmi #qonun
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

03 Dec, 06:28


O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish uchun bir martalik to‘lovni to‘lashdan quyidagi shaxslar ozod etiladi:

🔹bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yig‘imni to‘liq to‘lagan shaxslar;

🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

❗️“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslardan bir martalik to‘lov belgilangan to‘lovning 50 foizi miqdorida undiriladi.

Manba: O‘RQ-937-son, 13-modda
#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

03 Dec, 05:48


O‘zbekistonda insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu Konstitutsiyaga muvofiq eʼtirof etiladi va kafolatlanadi. Inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi.

O‘zbekistonda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar.

Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart.

📌 19-modda
#Konstitutsiyaga_32yil
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

03 Dec, 05:01


“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonun to‘liq shaklda taqdim etilmoqda.

Qonun yuzasidan qo‘shimcha savol va murojaatlar uchun:

☎️Kadastr agentligi: 1097
☎️Viloyat boshqarmasi: (70) 202-02-07

#OʼRQ_937 #huquq
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

03 Dec, 04:12


O‘zbekistonliklar Konstitutsiya bayramida ketma-ket 3 kun dam oladi

Prezident farmoniga muvofiq, 2024-yilning 8-dekabri yakshanba, dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani sababli dam olish kuni 9-dekabr, dushanba kuniga ko‘chiriladi:

🔹7 - dekabr, shanba — besh kunlik haftada ishlaydiganlar uchun dam olish kuni;
🔹8 - dekabr, yakshanba — Konstitutsiya kuni;
🔹9 - dekabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni.


#eslatma
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

02 Dec, 10:56


⚡️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

🔹 yer uchastkalarining berilganligi (realizatsiya qilinganligi);

🔹 binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

🔹 belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;

🔹 ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;

🔹 ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.

‼️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham shakllantirilishi mumkin.

#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook     Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

02 Dec, 09:45


⚡️Hozirda yerga oid huquqlarning qanday turlari amal qilmoqda ?

📌 Hozirgi kunda yerga oid huquqlarning

🔹 doimiy foydalanish,
🔹 ijara
🔹 mulk huquqi turlari amal qiladi.

Maʼlumot uchun, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqlari bekor qilingan.

❗️Bekor qilingan huquqlar bilan avval berilgan yerlar saqlab qolinib, ijaraga berilgan yerdagi binolar sotilganda yerga bo‘lgan ijara huquqi ham yangi mulkdorga o‘tadi.

Asos: PF-6243, 08.06.2021 y.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

02 Dec, 07:20


⚡️Binolar va inshootlarga bo‘lgan xo‘jalik yuritish huquqi hamda operativ boshqarish huquqini belgilovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

🔸davlat organlarining davlat tashkilotlarini tashkil etish hamda ularga binolar va inshootlarni xo‘jalik yuritish huquqi yoki operativ boshqarish huquqi asosida berish to‘g‘risidagi qarorlari;

🔸davlat organlarining yoki xo‘jalik boshqaruvi organlarining binolarni va inshootlarni davlat korxonalariga hamda muassasalariga berish haqidagi qarorlari;

🔸muassislarning o‘zi tashkil etgan muassasalarga binolarni va inshootlarni berish to‘g‘risidagi qarorlari.

Asos: O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

02 Dec, 06:12


Yuqori Chirchiq tumanida olib borilayotgan xatlov ishlari tafsilotlari

#OAV_biz_haqimizda #OʼRQ_937
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

02 Dec, 05:21


O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.

📌 15-modda

#Konstitutsiyaga_32yil
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

02 Dec, 04:18


⚡️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

Ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash to‘g‘risidagi hujjat ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran 1 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

‼️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq uni qo‘ygan vakolatli mansabdor shaxsning yoki sudning qaroriga binoan olib tashlanadi.

Asos:
O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

30 Nov, 09:16


HASHAR - HAMJIHATLIK, OBODLIK VA YARATUVCHANLIK RAMZI

🌱 Shu kunlarda butun mamlakatimiz boʻylab tashkil etilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi kadastr tashkilotlarida ham qizgʻin davom etmoqda.

Mazkur loyiha doirasida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan ham faollik koʻrsatilib, boshqarma hududiga mevali va manzarali daraxtlar ekildi.

#yashil_makon
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

23 Nov, 13:05


Prezident Yangihayot tumani Xushnud mahallasidagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

22 Nov, 14:26


❗️O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi va undagi bino va inshootga nisbatan еgalik huquqi eʼtirof etilganligi to‘g‘risida fuqarolarga sms xabar yuboriladi

#OAV_biz_haqimizda #OʼRQ_937
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

22 Nov, 13:02


Parkent tumanida o‘tkaziladigan xatlov ishlari reja-jadvali taqdim etilmoqda

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Parkent tumani hududi uchun reja-jadval.

🔖Eslatma, mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xatlov ishlari belgilangan sanalarda boshlanadi.

#OʼRQ_937 #grafik
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

22 Nov, 12:03


⚡️Xatlov jarayonlari nazorat ostida. Chinoz tumani

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi, shuningdek, viloyat boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limlari mas‘ullari tomonidan joylardagi xatlovlarda bevosita ishtirok etgan holda, jarayonlarning shaffof hamda to‘g‘ri amalga oshirilayotgani o‘rganilib, nazorat qilib borilmoqda.

Kadastr xodimlariga aholi xonadonlarida xatlov ishlari olib borilish jarayonlarida korrupsiya, ta‘magirlik, manfaatlar to‘qnashuvi, firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari, shuningdek, o‘z vazifalarini mas‘uliyat bilan bajarishlari hamda xolisona yondoshishlari to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilmoqda.

#OʼRQ_937 #xatlov #korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

22 Nov, 11:12


⚡️«O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi yuzasidan Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan yuzasidan Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmаsi boshlig‘i J.Axrorov "O‘zbekiston 24" radiokanalida axborot berdi.

#OAV_biz_haqimizda #OʼRQ_937
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

22 Nov, 10:23


📣 KADASTRDA BO‘SH ISH O‘RINLARI !

Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi quyidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov eʼlon qiladi:

🔹Bo‘stonliq tuman filiali Kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash sho‘basi Kadastr muhandisi;
🔹Zangiota tuman filiali Kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash shoʻbasi Kadastr muxandisi;
🔹Parkent tuman filiali Kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash shoʻbasi Kadastr muxandisi;
🔹Chinoz tuman filiali Kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash sho‘basi Kadastr muhandisi;
🔹Yangiyo‘l tuman filiali Kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash sho‘basi Kadastr muhandisi;
🔹Yangiyo‘l shahar filiali Kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash shoʻbasi Kadastr muxandisi.

✉️ Agar siz ushbu lavozimlardan birida ishlamoqchi bo‘lsangiz Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasiga hujjatlaringiz bilan tashrif buyuring va ariza qoldiring.

📍Bizning manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi 24-uy

☎️ Maʼlumot uchun: (70)202 0207

‼️shoshiling, bizning jamoada ishlash imkoniyatini boy bermang !

#vakansiya
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

22 Nov, 09:26


⚡️O‘zboshimcha qurilmalar bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari

📌Vazirlar Mahkamasining 05.07.2017 y, №467-sonli qaroriga muvofiq, quyidagilar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash va ularni bartaraf etishda vakolatli organ hisoblanadi:

🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimliklari;

🔹Kadastr agentligi hamda uning hududiy organlari ;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda uning hududiy organlari;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari.

❗️Ushbu vakolatli organlar mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.

#huquqvaqti #yernazorati #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

22 Nov, 06:18


⚡️Xatlov jarayonlari nazorat ostida. Quy Chirchiq tumani

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi, shuningdek, viloyat boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limlari mas‘ullari tomonidan joylardagi xatlovlarda bevosita ishtirok etgan holda, jarayonlarning shaffof hamda to‘g‘ri amalga oshirilayotgani o‘rganilib, nazorat qilib borilmoqda.

Kadastr xodimlariga aholi xonadonlarida xatlov ishlari olib borilish jarayonlarida korrupsiya, ta‘magirlik, manfaatlar to‘qnashuvi, firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari, shuningdek, o‘z vazifalarini mas‘uliyat bilan bajarishlari hamda xolisona yondoshishlari to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilmoqda.

#OʼRQ_937 #xatlov #korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

22 Nov, 05:11


O‘rta Chirchiq tumanida o‘tkaziladigan xatlov ishlari reja-jadvali taqdim etilmoqda

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning O‘rta Chirchiq tumani hududi uchun reja-jadval.

🔖Eslatma, mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xatlov ishlari belgilangan sanalarda boshlanadi.

#OʼRQ_937 #grafik
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

14 Nov, 12:41


Xatlov-2024: Yangiyo‘l tumani

Qonun kuchga kirishi munosabati bilan kadastr mutаxassislari tomonidan joylarda mahallalar kesimida xatlov ishlari boshlab yuborilgan.

📍Ayni kunlarda Yangiyo‘l tumanining "Navbahor", "Gulbahor" hamda "O‘zbekiston bekati" MFYlari hududida mutaxassislar tomonidan xatlov ishlari olib borilmoqda.

❗️Xushyor bo‘ling, ular sizlarnikiga ham boradi.

#OʼRQ_937 #xatlov
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

14 Nov, 11:50


#tezkor
📣DIQQAT E’LON!

Kadastr agentligining “Ko‘chmas mulk-3” va “Ko‘chmas mulk-4” ma’lumotlar bazalarida profilaktika ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 2024-yil 15-16-noyabr kunlari tizimlarni ishlashida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishini ma'lum qilamiz.

Yuzaga kelishi mumkin bo'lgan noqulayliklar uchun yurtdoshlarimizdan uzr so'raymiz.

Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

14 Nov, 10:11


Toshkent viloyatida Qonun doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili "O‘zbekiston 24" radiokanalining “Radiointervyu” dasturi orqali efirga uzatildi.

Unda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i J.Axrorov atroflicha maʼlumot berdi.

#OAV_biz_haqimizda #OʼRQ_937
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

14 Nov, 07:10


Ohangaron shahrida o‘tkaziladigan xatlov ishlari reja-jadvali taqdim etilmoqda

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Ohangaron shahri hududi uchun reja-jadval.

🔖Eslatma, mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xatlov ishlari belgilangan sanalarda boshlanadi.

#OʼRQ_937 #grafik
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

14 Nov, 04:59


⚡️Yer sotib olib o‘z uyimni qurmoqchiman, meni nimalar kutyapti ?

Agar siz doim orzuyingizdagi uyda yashashni istagan bo‘lsangiz va buning uchun qanday hujjatlar va bosqichlarni bosib o‘tish haqida o‘ylab yurgan bo‘lsangiz, yuqoridagi infografik maʼlumotlar bilan tanishing.

❗️Eslatib o‘tamiz, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxi yer uchastkasining maydoni va qurilish hajmiga bog‘liq va xizmat narxiga kiritilmaydi, shuningdek, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun alohida yig‘im undiriladi.
#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

14 Nov, 04:16


⚡️Ishonch telefonlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi – 1000;

O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi – (71) 239-86-50, (71) 239-81-14;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi – 1090; (71) 239-02-74

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi – 1007;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi – 1102;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – 1008;

Davlat soliq qo‘mitasi – 1198;

Kadastr agentligi - 1097;

Davlat xizmatlari agentligi – 1148, (71) 207-00-66;

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi – (71) 244-05-05;

#ishonch_telefon #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

13 Nov, 12:41


O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni eʼtirof etish uchun fuqarolar qaysi tashkilotga murojaat qilishlari kerak?

Javob:
- Fuqarolar hech qaysi tashkilotga murojaat etishlari kerak emas. Davlat idoralari fuqarolarga xizmat qiladi tamoyili asosida Kadastr agentligi tomonidan respublika bo‘yicha tumanlar va mahallalar kesimida yaʼni qaysi mahallada o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino inshootlarga nisbatan huquqlarning eʼtirof etilishini ko‘rib chiqilishi yuzasidan reja ishlab chiqiladi va mazkur reja asosida ishlar amalga oshiriladi. Bu reja OAV lar, ijtimoiy tarmoqlar hamda mahallalarda eʼlon qilinib boriladi.

Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

❗️Eslatma, Qonun joriy yilning 8 noyabr sanasidan kuchga kirdi va joylarda xatlov ishlari boshlangan.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

13 Nov, 11:18


⚡️Ochiq muloqot

Bugun Davlat kadastrlari palatasi Piskent tumani filiali mas‘ullari ishtirokida filial binosida fuqaro hamda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqot davomida aholining kadastrga oid savol va murojaatlari tinglanib, ularga ijobiy yechim va huquqiy tushunchalar berildi.

Shuningdek, prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risidi"gi O‘RQ-937-sonli Qonun mazmun-mohiyati va mazkur Qonun kimlarga va qanday yer uchastkalarga nisbatan tadbiq etilishi, ularga qo‘yilgan talablar yuzasidan tushuncha va izohlar berildi.

🔖Navbatdagi ochiq muloqot Ohangaron shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

#ochiq_muloqot #Piskent
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

13 Nov, 10:21


O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e‘tirof etish axborot tizimi - “EʼTIROF” AAT dasturi yuzasidan tashkil etilgan amaliy seminar tafsilotlari Nurafshon TV dasturlarida

#OʼRQ_937 #seminar #OAV_biz_haqimizda
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

13 Nov, 09:18


Viloyatning 700 mingdan ortiq ko‘chmas mulklari jismoniy shaxslarga tegishli

Statistikaga ko‘ra, respublika bo‘yicha 2024-yilning 10 oyi davomida jismoniy shaxslar egaligidagi jami obyektlar soni 8 090 645 tani tashkil etgan.

📊Shundan 755 290 ta ko‘chmas mulk obyekti Toshkent viloyati jismoniy shaxslari egaligidadir.

#infografika #statistika
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

12 Nov, 05:48


Xatlov-2024: Zangiota tumani

Qonun kuchga kirishi munosabati bilan kadastr mutаxassislari tomonidan joylarda mahallalar kesimida xatlov ishlari boshlab yuborilgan.

📍Ayni kunlarda Zangiota tumanining "Dostlik", "Eshonguzar" va "Oybek" MFY larida mutaxassislar tomonidan xatlov ishlari olib borilmoqda.

❗️Xushyor bo‘ling, ular sizlarnikiga ham boradi.

#OʼRQ_937 #xatlov
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

12 Nov, 04:56


Reja-jadvalga kiritilmagan mahallalarda xatlovlar qachon amalga oshiriladi ?

Javob:
- Ayni paytda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish ishlari 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan reja-jadval asosida olib borilayotgan bo‘lib, mazkur yillarda rejaga kiritilmagan mahallalar keyingi yillarga mo‘ljallangan reja-jadvalga kiritiladi. Hech bir mahalla xatlovdan chetta qolmaydi !

🔖Eslatib o‘tamiz, mazkur Qonunning amal qilish muddati 2028-yil 1-yanvarga qadar etib belgilangan.

Huquqiy asos:
O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

12 Nov, 04:07


⚡️Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega

🔹Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.

🔹Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

❗️Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 47-modda
#huquq #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

11 Nov, 12:32


Xatlov-2024: Piskent tumani

Qonun kuchga kirishi munosabati bilan kadastr mutаxassislari tomonidan joylarda mahallalar kesimida xatlov ishlari boshlab yuborilgan.

📍Ayni kunlarda Piskent tumanining "Mo‘minobod" MFY sida mutaxassislar tomonidan xatlov ishlari olib borilmoqda.

❗️Xushyor bo‘ling, ular sizlarnikiga ham boradi.

#OʼRQ_937 #xatlov
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

11 Nov, 11:39


Chirchiq shahrida o‘tkaziladigan xatlov ishlari reja-jadvali taqdim etilmoqda

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Chirchiq shahri hududi uchun reja-jadval.

🔖Eslatma, mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xatlov ishlari belgilangan sanalarda boshlanadi.

#OʼRQ_937 #grafik
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

11 Nov, 09:59


⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan taqiqni tekshirish

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - avtomatik tarzda;

🪙 Xizmat narxi - BEPUL.

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

11 Nov, 09:11


❗️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim!

Ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash to‘g‘risidagi hujjat ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran 1 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

‼️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq uni qo‘ygan vakolatli mansabdor shaxsning yoki sudning qaroriga binoan olib tashlanadi.

Asos:
O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook     Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

11 Nov, 07:53


⚡️Viloyatda 94 mingdan ortiq ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Joriy yil boshidan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha respublika miqyosida jami 1 235 337 ta ariza kelib tushgan. Shundan 805 650 ta ariza ijobiy yakunlanib, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

📈Toshkent viloyatida esa 94 790 ta ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi taʼminlangan.

#infografika #statistika
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

11 Nov, 06:39


Xatlov-2024: Bekobod shahri va tumani

Qonun kuchga kirishi munosabati bilan kadastr mutаxassislari tomonidan joylarda mahallalar kesimida xatlov ishlari boshlab yuborilgan.

Ayni kunlarda Bekobod shahrining “Shirin”, “Bobur”, “Paxtakor”, “Bog‘ishamol”, “Farg‘ona”, “Yoshlik” MFYlarida hamda Bekobod tumanining “Istiqbol” MFYda mutaxassislar tomonidan xatlov ishlari olib borilmoqda.

❗️Xushyor bo‘ling, ular sizlarnikiga ham boradi.

#OʼRQ_937 #xatlov
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

28 Oct, 12:17


⚡️Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi davlat tomonidan himoya qilinadi

🔹Qonunchilikka muvofiq, хususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan xususiy mulk huquqi unga bo‘lgan huquq Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli ma’lumotlarni elektron tarzda kiritish orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuzaga keladi.

📌Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi daxlsizdir va qonunga muvofiq davlat tomonidan himoya qilinadi.

#huquqvaqti #bilasizmi
Kanalga ulanish:
https://t.me/tvkad
Facebook     Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

28 Oct, 09:09


⚡️Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishda quyidagilar asos bo‘ladi:

🔹ko‘chmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlar mavjudligi

🔹ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi

🔹hujjatlarda noto‘g‘ri, qarama-qarshi yoki buzilgan maʼlumotlar topilishi

🔹birlamchi kadastr yig‘majildi mavjud emasligi

🔹davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi

🔹davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘xtatib turilgan hollarda, kamchiliklarning uch ish kuni mobaynida bartaraf etilmasligi

🔹yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi

🔹huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi.

❗️Yuqoridagilardan boshqa asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

#kadastr_xizmati
Facebook Instagram Telegram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

28 Oct, 07:08


Savol:
- Qanday hollarda yer uchastkalari mulk huquqi asosida auksionga qo‘yiladi
?

Javob:
- Agar yer uchastkalari aholi punktlarining bosh rejalariga, aholi punktlari qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalariga yoki hududlarni kompleks rivojlantirish va rejalashtirish bo‘yicha boshqa hujjatlarga, xususan, master-reja talablariga yoxud yer uchastkalaridan foydalanishning ruxsat berilgan turlariga muvofiq bo‘lsa, ular mulk huquqi asosida auksionga qo‘yiladi

#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

28 Oct, 06:22


⚡️Kadastr pasportining shakllari haqida bilasizmi?

Kadastr pasportining shakllari quyidagi turlar bo‘yicha belgilanadi:

▪️ko‘p kvartirali uydagi turar joyning kadastr pasporti;
▪️yakka tartibdagi turar joyning kadastr pasporti;
▪️noturar joy toifasidagi ko‘chmas mulk obyektining kadastr pasporti;
▪️yer uchastkasining kadastr pasporti;
▪️qurilishi tugallanmagan obyektning kadastr pasporti.


#bilasizmi
Kanalga ulanish https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

28 Oct, 05:04


⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirish shakllari

Yer uchastkalarini xususiylashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

🔹xususiylashtirish subyektlari tomonidan o‘ziga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini sotib olish;

🔹yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotib olish.

Huquqiy asos: O‘RQ-728-son

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

28 Oct, 04:15


⚡️BUGUNGI KUN RAQAMLARI

🔹 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 155 000 so‘m;

🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m;

🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 so‘m;

🔹 yoshga doir eng kam pensiyalar – 834 000 so‘m;

🔹 bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 so‘m;

🔹Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori — 920 000 so‘m;

🔹 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 so‘m;

🔹 Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — 745 000 so‘m;

🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 920 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – 920 000 so‘m.
#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

25 Oct, 11:11


⚡️Ochiq muloqot

Bugun Davlat kadastrlari palatasi Bekobod shahar filiali mas‘ullari ishtirokida filial binosida fuqaro hamda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqot davomida aholining kadastrga oid savol va murojaatlari tinglanib, ularga ijobiy yechim va huquqiy tushunchalar berildi.

Shuningdek, prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risidi"gi O‘RQ-937-sonli Qonun mazmun-mohiyati va mazkur Qonun kimlarga va qanday yer uchastkalarga nisbatan tadbiq etilishi, ularga qo‘yilgan talablar yuzasidan tushuncha va izohlar berildi.

🔖Navbatdagi ochiq muloqot Piskent tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

#ochiq_muloqot #Bekobod
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

25 Oct, 10:20


Yangi Qonun bo‘yicha bir martalik to‘lovni to‘lashdan kimlar ozod etiladi?

Javob:
- O‘zbekiston Respublikasining «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, bir martalik to‘lovni to‘lashdan quyidagilar ozod etiladi:

🔹bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yig‘imni to‘liq to‘lagan shaxslar;

🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.


Huquqiy asos:
O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

25 Oct, 09:18


Kadastr agentligining O‘rta Chirchiq tuman bo‘limi rahbari U.Umirzakov bo‘lim tomonidan joriy yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

#OAV_biz_haqimizda #yernazorati #brifing
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

25 Oct, 08:15


Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallari qanday vazifalarni bajarishidan xabardormisiz?

Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari quyidagi vazifalarni bajaradi:

yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar murojaatlari asosida davlat yer kadastrini yuritishda (yer uchastkalari tarkibida va undan foydalanishda) yuz bergan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni to‘playdilar va naturada (joyning o‘zida) tekshirilgandan keyin joriy o‘zgarishlarni elektron axborot tizimiga kiritadi;

tuman (shahar) hududi kadastr zonalari, kadastr massivlari, kadastr mavzelari, yer uchastkalariga bo‘linishini taʼminlaydi va doimiy monitoringini yuritadi.

Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

25 Oct, 07:15


O‘rta Chirchiq tumanida yerga oid huquqbuzarlik sodir etgan 206 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan

Kadastr agentligining O‘rta Chirchiq tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida olib borilgan nazorat tadbirlari davomida O‘zbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalariga asosan jami 206 ta holatda ma‘muriy huquqbuzarlik sodir etgan jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Jumladan

▪️60-modda 2-qismi bo‘yicha 17 ta;
▪️60-modda 3-qismi bo‘yicha 37 ta;
▪️68-modda 1-qismi bo‘yicha 13 ta;
▪️68 prim 1-modda bo‘yicha 59 ta.


#Oʼrtachirchiq #yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

25 Oct, 06:23


❗️Noturar joyni turar joy toifasiga o‘tkazish tartibi qanday va nimalarga e‘tibor qaratish lozim?

Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

25 Oct, 05:48


Yangi Toshkent shahri qurilishi uchun Yuqori Chirchiq tumanidan yana yer maydoni ajratildi

Viloyat hokimining tegishli qarori bilan Yuqori Chirchiq tumanidan davlat zaxirasiga qaytarilgan hamda toifasi o‘zgartirilgan 110,4 gektar yer maydoni doimiy foydalanish huquqi bilan “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi”ga ajratib berildi.

📍Tumanning ”O‘zbekiston“, ”Guliston“, ”Istiqlol“ mahallalaridagi hududlar ”Yangi Toshkent shahri" hududiga o‘tkazilmoqda.

Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi tomonidan mazkur yer maydonlarini belgilangan tartibda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

#Yangi_Toshkent
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook     Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

25 Oct, 05:11


💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

📗Kadastr yig‘majildi — obyektning ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan kadastr suratiga olish, texnik xatlovdan o‘tkazish va pasportlashtirish, maxsus tekshirish va tadqiqotlarning, sifat va qiymat jihatdan baholashning hujjatlari, materiallari va maʼlumotlari elektron jamlanmasi.

#bilib_qoygan_yaxshi
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

25 Oct, 03:59


⚡️25 oktabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni

Ichki ishlar idoralarining huquqni muhofaza qiluvchi organ sifatida islohotlar barqarorligini taʼminlashdagi fidokorona va mashaqqatli xizmatlari yuksak eʼtirofga loyiq.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi o‘z hayotini el-yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini asrashdek ezgu va olijanob ishga bag‘ishlagan mard va sadoqatli, haqiqiy vatanparvar yurt posbonlarini “25 oktabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayrami hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 33 yilligi bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.

Tizim xodimlarining kelgusida xizmatlarida hamda el-yurt tinchligi va osoyishtaligini saqlashdek maʼsuliyatli vazifangizda tole yor bo‘lishini tilab qoladi.

#tabrik
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

24 Oct, 11:12


⚡️Bizning manzillar: Bo‘stonliq tumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Mamadaliyev Abdulaziz Abduvakil o‘g‘li
Filial rahbari - Meyliyev Sherzod Oralovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari:
har kuni, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Bòstonliq tumani, Istiqlol MFY, Beruniy kòchasi, raqamsiz uy

☎️Murojaat uchun telefon: 70-742-10-41
#Boʼstonliq #bizningmanzillar
Каналга уланиш:
https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

24 Oct, 10:16


YERINGIZ O‘ZINGIZNIKIMI ?

Milliy telekanalning "Gapirmasak bo'lmaydi"
tok-shousida "Yer o'zingiznikimi?" mavzusi doirasida suhbat o'tkazildi.


#OAV_biz_haqimizda
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

24 Oct, 09:15


❗️Egalik huquqi eʼtirof etilmagan yer uchastkalarini qaytarish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi

«O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, huquqlar eʼtirof etilmagan, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini qaytarish hamda ularda binolar va inshootlar qurish bilan bog‘liq qonun buzilishlarini bartaraf etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Manba: O‘RQ-937-son, 28-modda
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

24 Oct, 07:20


Davlat kadastrlari palatasi Oqqo‘rg‘on tuman filiali rahbari Sh.Аndaqulov filial tomonidan joriy yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

#OAV_biz_haqimizda #brifing #Oqqoʼrgʼon
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

24 Oct, 06:35


#muhim
Yer to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

Senatning navbatdagi yalpi majlisida muhokama qilingan Qonun bilan quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

▪️Yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzganlik bilan bog‘liq qilmishlar uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.

▪️Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish kabi jinoyatlar faqatgina prokuratura organlari tomonidan tergov qilinishi belgilanmoqda.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bunday turdagi jinoyatlarni tergov qilish nafaqat prokuratura, balki ichki ishlar organlari tergovchilari tomonidan ham amalga oshirilar edi.

▪️Iqtisodiy va Fuqarolik protsessual kodekslari sudlarda o‘zboshimchalik bilan egallangan davlat egaligidagi yer uchastkalarini qaytarish hamda noqonuniy qurilmalarni buzib tashlashga oid ishlarni ko‘rib chiqishning alohida tartibini belgilovchi normalar bilan to‘ldirilmoqda.

▪️Shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari fuqarolik va iqtisodiy sudlarga yer to‘g‘risidagi qonun buzilishi bilan bog‘liq daʼvo ariza kiritishda davlat bojidan ozod etilishi belgilanmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

#yernazorati #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

24 Oct, 05:49


⚡️DIQQAT EʼLON!
Hurmatli Bekobod shahri fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastrga oid murojaatlarini o‘rganish hamda "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonun yuzasidan kadastr sohasi masʼullari ishtirokida joriy yilning 25-oktabr kuni soat 15.00 da Bekobod shahri aholisi uchun ochiq muloqot o‘tkaziladi.

📍Manzil: Bekobod shahar, Tinchlik MFY, 3-daha, 19-uy, kadastr filiali binosi

☎️ Murojaat uchun: (70) 202-02-07
#eʼlon #ochiq_muloqot #Bekobod
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

24 Oct, 05:01


Oqqo‘rg‘on tuman filiali tomonidan mingdan ortiq kadastr pasportlari shakllantirilib berilgan

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Davlat kadastrlari palatasining Oqqo‘rg‘on tuman filialiga kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan DXMlar tomonidan jami 1155 ta elektron ariza kelib tushgan. Shundan

🔹1050 ta ariza ijobiy hal etilib, kadastr pasporti shakllantirilib berilgan;
🔹102 ta arizaga tegishli tartibda rad javobi berilgan;
🔹3 ta ariza to‘lov qilish jarayonida.


#statistika #Oqqoʼrgʼon
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

24 Oct, 04:13


❗️Kadastr agentligi ogohlantiradi !

#korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish:
https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

23 Oct, 12:18


Yangiyo'l shahar bo‘lim(filial)ida navbatdagi qo‘shma profilaktik tadbir o‘tkazildi

Kadastr agentligi Toshkent viloyat boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi B. Shayzokov ishtirokida Yangiyo'l shahar bo‘limi hamda filialida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Jumladan, mazkur bo‘lim va filiallar xodimlari bilan "O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risidagi O‘RQ-937-sonli Qonuni mazmun-mohiyati hamda qonun ijrosi doirasida korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik" mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida kadastr xodimlari o‘rtasida korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik va firibgarlik jinoyatlari haqida tushuntirishlar berildi.

Suhbat so‘nggida xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

#korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

23 Oct, 09:02


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga 3 kun qoldi

Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

23 Oct, 05:48


💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Bir martalik umumdavlat aksiyasi 
— o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, 2018-yil 20-apreldan 2019-yil 1-mayga qadar o‘tkazilgan bir martalik umumdavlat aksiyasi.

Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 2-modda
#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

23 Oct, 05:08


"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, huquqni eʼtirof etish bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida huquq eʼtirof etilishi mumkin deb topilgan bo‘lsa, mulk huquqi eʼtirof etiladi.

Manba:
O‘RQ-937-son, 6-modda
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

23 Oct, 04:12


⚡️Kimlar davlat idoralari rahbarlari qabuliga navbatsiz kirish imtiyoziga ega ?

Qonunchilikka koʻra, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, nogironligi boʻlgan bolalar va ularga gʻamxoʻrlik qiluvchi bir nafar fuqarolar:

🔹 Davlat idoralari va tashkilotlari
🔹 Davlat xizmatlari markazlari
🔹 Sogʻliqni saqlash
🔹 Taʼlim
🔹 Madaniyat muassasalarida
fuqarolarga koʻrsatiladigan xizmatlardan navbatsiz foydalanishi hamda davlat idoralari rahbarlari (mansabdor shaxslar) qabuliga navbatsiz kirish boʻyicha imtiyoz berilishi belgilangan.

Asos: PQ-74, 27.02.2023 y.
#bilasizmi #huquq
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

22 Oct, 12:32


#tayinlov
Maxkamov Akmal Akbaraliyevich - Kadastr agentligi Piskent tuman bo‘limi rahbari lavozimiga tayinlandi

Akmal Akbaraliyevich - 1989-yil Toshkent viloyati, Bo‘ka tumanida tug‘ilgan. 2012-yil Toshkent Davlat agrar universitetii tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Kadastr agentligining Bo‘ka tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Akmal Akbaraliyevichga ushbu masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilaymiz.

Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

22 Oct, 11:35


Barcha turdagi yer uchastkalarining qiymati 15 ish kunida to‘liq to‘langanda 20 foiz chegirma beriladi

Davlat rahbarining 06.09.2024 yildagi PF-135-son farmoniga muvofiq, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymati 15 ish kunida to‘liq to‘langan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi.

Shuningdek, joylardagi hokimliklarga sanoat zonalari, aholi punktlari hududlarining qismlari, xususan, yangi barpo etiladigan ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi uy-joy massivlari, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari hududlarini shaharsozlik jihatidan rejalashtirish ishlariga belgilangan shartlarga muvofiq loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlash asosida jalb qilish huquqi beriladi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

22 Oct, 10:45


#tayinlov
Samatov Abduraxim Abdukarimovich - Kadastr agentligi Bekobod shahar bo‘limi rahbari lavozimiga tayinlandi

Abduraxim Abdukarimovich - 1996-yil Toshkent viloyati, Bekobod tumanida tug‘ilgan. 2020-yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Davlat kadastrlari palatasi Bekobod tumani filiali yerlarni auksionga chiqarish mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Abduraxim Abdukarimovichga ushbu masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilaymiz.

Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

22 Oct, 10:02


⚡️Ayrim kadastr xizmatlari elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashni talab etmaydi

📌Kadastr bilan bog‘liq quyidagi 8 turdagi xizmatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashni talab etmaydi:

🔹 Fuqaroning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish;
🔹 Bino va inshootlarning ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
🔹 O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
🔹 Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) loyiha-smeta hujjatlarini kelishish;
🔹 Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;
🔹 Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obyekti uchun);
🔹 Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibda uy-joy qurish obyekti bo‘lmagan obyekt uchun);
🔹 Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish:
https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

22 Oct, 09:14


#tayinlov
Razokov Jamshid Inamovich - Kadastr agentligi Bo‘ka tuman bo‘limi rahbari lavozimiga tayinlandi

Jamshid Inamovich
- 1990-yil Toshkent viloyati, Bekobod shahrida tug‘ilgan. 2017-yil Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Kadastr agentligi Bekobod shahar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Jamshid Inamovichga ushbu masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilaymiz.

Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

18 Oct, 12:40


"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, egalik huquqini eʼtirof etish bir qator talablarga javob berishi lozim.

Manba:
O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

#qonunchilikdagi_yangiliklar #infografika
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

18 Oct, 09:40


Muruvvatli kun munavvardir

Kadastr agentligi hamda tizim tashkilotlari tomonidan 21-oktabr “O‘zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan “Ona tilim-faxrim” shiori ostida “Kitob marafoni” tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, marafon davomida Ohangaron shahridagi "Toshkent viloyati ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi" keksalari holidan xabar olish va bayram kayfiyatini ulashashish maqsadida Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan uchrashuv tashkillashtirilib, esdalik uchun sovg‘alar ulashildi.

Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

18 Oct, 08:31


⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan taqiqni tekshirish

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - avtomatik tarzda;

🪙 Xizmat narxi - BEPUL.

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

18 Oct, 07:10


❗️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim!

Ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash to‘g‘risidagi hujjat ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran 1 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

‼️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq uni qo‘ygan vakolatli mansabdor shaxsning yoki sudning qaroriga binoan olib tashlanadi.

Asos:
O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook     Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

18 Oct, 06:48


⚡️Mulkka bo‘lgan taqiqni tasdiqlovchi hujjatlar

Binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining cheklanishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

🔸binolar va inshootlar xatlab qo‘yilgani to‘g‘risidagi xabarnoma;

🔸binolar va inshootlarning boshqa shaxsga o‘tkazilishini taqiqlash to‘g‘risidagi xabarnoma;

🔸binolar va inshootlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnoma.

🔸tasarruf etish huquqisiz berilgan davlat orderi;

❗️Huquqlarning cheklanishi binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni Reyestrga kiritish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

18 Oct, 05:10


⚡️Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilishni bilasizmi?

💰Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari to‘g‘risida maʼlumot bergan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

#yernazorati #ishonchraqam #infografika
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook     Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

18 Oct, 04:22


⚡️AUKSIONDA YOSHLAR UCHUN YERLAR

Toshkent viloyati hududidan Yoshlarga dehqon xo'jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkalarini sotib oling va daromad manbaiga ega bo'ling !

🔹Oqqo'rg'on tumanida 79 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumnaida 817 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 555 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 90 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 364 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 205 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 36 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumani 13 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 29 ta (Ko'rish)
🔹O'rta Chirchiq tumanida 217 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 54 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanida 171 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 108 ta (Ko'rish)

#auksion #yoshlar
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

17 Oct, 11:15


⚡️Yer uchastkalarida davlat nazoratini amalga oshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi

Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

❗️Yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirmaslikka, o‘zboshimchalik bilan yer uchastkalarini egallab olishga yoki ularning chegaralarini o‘zgartirishga, yerlarning toifasidan qatʼi nazar, barcha turdagi binolar va inshootlarni o‘zboshimchalik bilan qurishga yo‘l qo‘ymaslik ustidan davlat nazoratini amalga oshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi.

Asos: Yer kodeksi 83-1-moddasi
#yernazorati #huquq
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

17 Oct, 10:13


#TDIU
#Forum_Global_Milliy_iqtisodiyot_trendlari
#1_kun

Moxir Valiyev, Davlat kadastrlari palatasi raisi
:

"- Hozirgi kunda "O'zbekiston-2030" strategiyasi tasdiqlanganiga bir necha yillardan oshgan bo'lsa, Respublika miqyosida iqtisodiyotning barcha jabhalari bu strategiyani qamrab olgan. Shu jihatdan kadastr tizimi ham ushbu strategiyaga ko'ra yurtboshimiz tomonidan berilgan bir qancha vazifalarni maqsad qilib qo'ygan. Xususan, dunyo miqyosida ko'chmas mulkni o'rni juda katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda respublika miqyosida 8.5 million obyektimiz bo'lsa , ularni kadastr qiymatini iqtisodiyotga bog'laydigan bo'lsak, qariyb 50 mlrd dollarga bormaydi. Bu juda ham kam baho va bozor bahosi bilan juda katta farqi ham bo'ladi. Bu bo'yicha biz Iqtisodiyot Universiteti bilan ham hamkorlikda bir qancha loyihalarni yo'lga qo'yganmiz".

🇺🇿 TDIU Axborot xizmati

🚀 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

17 Oct, 10:03


QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA-TILIM!

Ona tili – millatning ruhidir. Til — davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demak.

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari ona tilimizga bo‘lgan cheksiz hurmatini #onatilimfaxrim chorlovi orqali ifoda etishmoqda.

Siz ham ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e‘tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shilishida faol ishtirok eting.

Zero, Davlat tilini sevish, uning rivojlanishiga hissa qo‘shish – barchamizning burchimizdir!

#ona_tilim_faxrim
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram

4,810

subscribers

8,393

photos

914

videos