Roman-german filologiyasi fakulteti @rgffaculty Channel on Telegram

Roman-german filologiyasi fakulteti

@rgffaculty


O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali


Shikoyat, taklif va murojaat uchun: fakultet matbuot kotibi Shahzoda Matlabxonova
@matlabxonovaa

Roman-german filologiyasi fakulteti (Uzbek)

Roman-german filologiyasi fakulteti Telegram kanali O'zbekiston Davlat Jismoniy Tarbiya Universiteti (O'zDJTU) tomonidan tashkil etilgan va davlat rahbariyati tomonidan ruxsat berilgan rasmiy kanaldir. Bu kanalda Roman-german filologiyasi sohasi haqida eng so'nggi yangiliklar, ilmiy maqolalar, va qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Roman-german filologiyasi fakulteti nima? Bu fakultet O'zDJTU ning bir qismidir va rus va nemis tillarini o'rganishga va ularning adabiyotlarini tadqiq qilishga bag'ishlangan. Fakultet talabalarga rus va nemis tillarida o'qish, tarjima qilish, va ularning adabiyotlarini tushunishni o'rgatadi.

Kanalda O'zDJTU talabalari uchun foydali ma'lumotlar, fakultetning faoliyatiga oid xabarlar, va yangi litseylar haqida ma'lumotlar olishingiz mumkin. Agar sizga Roman-german filologiyasi sohasiga qiziqish bor va yangiliklardan xabardor bo'lishni istasangiz, @rgffaculty kanaliga obuna bo'ling va foydali ma'lumotlar bilan tanishing!

Roman-german filologiyasi fakulteti

21 Feb, 17:37


🎉Tabriklaymiz! 🎉

🇺🇿Roman-german filologiyasi fakulteti jamoasi O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari o‘rtasidagi sport musobaqasi doirasida futbol bo‘yicha 🥉3-o‘rinni egalladi!

🔥Bu g‘alaba jamoaning mehnati va sportga bo‘lgan yuksak qiziqishining natijasidir. Kelgusida yanada ulkan yutuqlarga erishishingizni tilaymiz!

⚡️G‘alaba muborak!

#RomanGermanFilologiyasi #SportMusobaqasi #Futbol #TalabalarHayoti #O‘zDJTU

Roman-german filologiyasi fakulteti

21 Feb, 16:24


📢 “Qadriyatlar oiladan boshlanadi” filmi namoyish etildi 🎥
🇺🇿Roman-german filologiyasi fakulteti


Bugun talabalar ishtirokida milliy madaniyat va qadriyatlarni aks ettiruvchi “Qadriyatlar oiladan boshlanadi” nomli badiiy film namoyish etildi. Tadbir davomida talabalarga milliy an’analar, oilaviy qadriyatlarning ahamiyati va ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida ma’lumot berildi.

Tyutorlar hamda Yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkiloti vakillari ishtirok etdilar.

📌Milliy qadriyatlar – bizning boyligimiz!

#JahonTillari #RomanGermanFilologiyasi #MilliyQadriyatlar #TalabalarHayoti #Ma’naviyat

Roman-german filologiyasi fakulteti

21 Feb, 16:18


🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

#milliy_liboslar_haftaligi


Milliy madaniyatimizni targ’ib qilish va yoshlarimizni milliy qadriyatlarimizga hurmat bilan qarashga undash maqsadida 21- fevral kuni  🇺🇿Roman-german filologiyasi fakulteti tomonidan milliylikka targ'ib tadbirlari doirasida  "Milliy liboslar kuni" tadbirlarii tashkil etildi.

Roman-german filologiyasi fakulteti

21 Feb, 15:00


🎥 Eko Zakovat bosqichidan videolavha

#eko_zakovat #yashil_tafakkur #intellektual_haftalik #rgf_ittifoq_tv #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram

Roman-german filologiyasi fakulteti

21 Feb, 15:00


🎥 Eko Munozara bosqichidan videolavha

#eko_munozara #yashil_tafakkur #intellektual_haftalik #rgf_ittifoq_tv #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram

Roman-german filologiyasi fakulteti

19 Feb, 14:14


🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿18-fevral kuni Roman-german filologiyasi fakulteti talabalari Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdilar.

📝Tashrifda ishtirok etgan guruhlar:
📌FFRA 2401
📌FFRA 2402
📌FISP 2406
📌FISP 2418

👩‍🏫 Talabalar bilan birga quyidagi ustozlar ham ishtirok etdilar:
🔹O‘zbekiston tarixi kafedrasi o‘qituvchilari:
✔️N. Babadjanova
✔️O. Masaliyeva
✔️B. Isakov
✔️N. Toliboyeva
✔️M. Bazarova
✔️G. Jumamuratov

🇺🇿Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori:
✔️B. Axmedov

📍Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi Toshkent shahri Yakkasaroy tumanining Afrosiyob ko‘chasida joylashgan muhim me’moriy inshoot hisoblanadi. Ushbu bino 1999-yildan 2016-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning rasmiy qarorgohi – Oqsaroy sifatida faoliyat yuritgan. U zot vafotidan so‘ng, 2017-yilda ushbu majmua ilmiy-ma’rifiy yodgorlik markaziga aylantirildi.

🎓Tashrif davomida talabalar Islom Karimovning hayoti, faoliyati, davlat boshqaruvidagi islohotlari hamda tarixiy eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.

📌Ilm va ma’rifat sari birgalikda intilaylik!

Roman-german filologiyasi fakulteti

19 Feb, 08:27


🏐🏐🏐🏐

🏆Dekan kubogi volleybol musobaqasi
🇺🇿Roman-german filologiyasi fakulteti va 🇺🇿Yoshlar ittifoqi tomonidan o‘tkazilgan mazkur musobaqa yuqori kayfiyatda o‘tdi!

🥇1-o‘rin — “Liderlar”
🥈2-o‘rin — “Terma”
🥉3-o‘rin — “Manchester City”

⚡️G‘olib jamoaga kubok va esdalik sovg‘alari topshirildi!
🎉Musobaqa barcha ishtirokchilar uchun unutilmas lahzalar vaqti bo‘ldi!

👏Barcha jamoalarga omad va yanada katta zafarlar tilaymiz!

Roman-german filologiyasi fakulteti

19 Feb, 08:01


🎉❗️❗️❗️❗️❗️🎉

🌸8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Roman-german filologiyasi fakultetida “Ayol borki – olam munavvar” mavzusida “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi!

🗓Tanlov sanasi: 2025-yil 6-mart
📌Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish: 2025-yil 28-fevralgacha davom etadi

🎭Kimlar qatnashishi mumkin?
1-bosqich talaba-qizlari o‘rtasida o‘tkaziladigan ushbu tanlovda o‘z iqtidori, go‘zalligi va bilimini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan har bir qiz ishtirok etishi mumkin!

Ajoyib sovg‘alar, unutilmas taassurotlar va yorqin taassurotlarga boy kecha sizni kutmoqda!

📞Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
📲 +998 93 571 31 70
📲+998 90 944 45 91
👩‍🏫
Achilova Zulxumor Pulatovna

💃Go‘zallik, mahorat va iste’dodingizni namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 🎀

Roman-german filologiyasi fakulteti

19 Feb, 05:01


🏐🏐🏐🏐🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

DEKAN KUBOGI: VOLLEYBOL MUSOBAQASI
🏆

🇺🇿Roman-german filologiyasi fakulteti 🇺🇿Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Dekan kubogi” volleybol musobaqasi yuqori kayfiyatda o‘tkazildi! Musobaqa davomida jamoalar o‘z mahoratlarini namoyish etib, g‘alaba uchun kurashdilar.

🔥Qizg‘in bahslar, keskin raqobat va haqiqiy jamoaviy ruh!

Natijalar:
🥇1-o‘rin — “Liderlar” – Muvaffaqiyat siri jamoaviy hamjihatlikda!
🥈2-o‘rin — “Terma” – Kuchli raqobat va ajoyib o‘yin namoyishi!
🥉3-o‘rin — “Manchester City” – G‘alabaga bo‘lgan intilish va matonat!

🏆 “Liderlar” jamoasiga kubok va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Qolgan jamoalar ham faol ishtiroki uchun taqdirlandilar.

🎉Musobaqa nafaqat sport, balki do‘stlik va jamoaviylik bayramiga aylandi!
👏Barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildiramiz va kelgusidagi musobaqalarda ulkan zafarlar tilaymiz!

Sport – sog‘lom hayot asosi! 💪

Roman-german filologiyasi fakulteti

13 Feb, 17:20


🔔 Jasur Muhammad -Book Clubda mehmon

🎗" Otamdan qolgan dalalar " va "Oqchorloq Jonatan Livingston" asarlari muhokamasi yanada o'zgacha .

O'zgaramiz
Kitobchi
Mindset Clubi
Malham kitob do'koni asoschisi Jasur Muhammad Book Club jamoasi bilan ushbu asarlarning satrlari ortidagi haqiqatni kashf etadi.

📚 Davra suhbati, asarlar to'g'risidagi iliq fikrlar, qiziqarli o'yinlar  muhokamamizni unutilmas jarayonga aylantiradi.

Jasur Muhammad bilan o'tadigan unutilmas muhokamada barchani kutib qolamiz.

📍: O'zDJTU asosiy binosi (axborot resurs markazi 2-qavat,)
📆: 15-fevral
⏱️: 12:00
👉Telegram👈👉Instagram👈

Roman-german filologiyasi fakulteti

13 Feb, 13:37


Zakovat arenamiz tayyor🪐🤩

📩Róyxatdan o’tgan barcha ishtirokchilarimizdan soat 13:00 dan kech qolmasdan 211-xonaga kelishingiz so’raladi‼️

Bizdan imkoniyat sizdan natija🫵

#yoshlarittifoqi_zakovat_rgf

Roman-german filologiyasi fakulteti

13 Feb, 13:22


🎚Ingliz tilini noldan o‘rganishni xohlaysizmi? Bizda bu juda oson va qiziqarli!


🤔 “Hello” va “How are you?” bilan cheklanib qoldingizmi?
🤔 Ingliz tilini o‘rganishni doim qiyin deb hisoblaganmisiz?
🤔Zamonaviy, quvnoq va motivatsion muhitda o‘qishni xohlaganmisiz?

Endi bu muammo emas! Bizning yangi kursimizda hatto “noldan” boshlasangiz ham, qisqa vaqt ichida inglizcha gapira boshlaysiz!

👥Nega bizning kursga yozilishingiz kerak?

🔥 Eng sodda va tushunarli uslubda darslar! Matematika emas, real hayot tilini o‘rgatamiz.
🔥 Birgalikda o‘rganamiz! Guruh bilan interaktiv va qiziqarli mashg‘ulotlar.
🔥 Bir hafta ichida natija! Birinchi haftaning o‘zida yangi so‘zlar va iboralar bilan o‘zingizni anglay boshlaysiz.
🔥 Xatolardan qo‘rqmang! Bizda xato qilish normal. Sizning muvaffaqiyatingiz biz uchun eng muhimi!

Kurs haqida ma’lumot:


😀 Dars vaqti: Siz uchun mos vaqtda.
💸kurs narxi : 250.000so'm
😀 Kimlar uchun: Umuman ingliz tilini bilmaydiganlardan tortib, boshlangʻich bilimga ega boʻlganlar

😀 MAXSUS TAKLIF:

• Ro‘yxatdan o‘tgan birinchi 10 kishi uchun 20% chegirma!
• Birinchi dars mutlaqo BEPUL!

Shoshiling, joylar cheklangan!

😀 Aloqa uchun: +998904748171
Telegram aloqa: @Sayyidrizayev

😀 Ingliz tilida gapirishni
bugundan boshlang! Biz bilan bu – OSON va QUVNOQ!

Roman-german filologiyasi fakulteti

13 Feb, 06:14


Hurmatli talabalar diqqatiga‼️

Orangizda milliy cholg'u asboblari chala oladigan talabalar bo'lsa @ReyimbayevnaR ga murojaat qiling zudlik bilan.

Roman-german filologiyasi fakulteti

13 Feb, 05:33


🔥 Diqqat! Aql-idrokni sinovdan o‘tkazadigan noodatiy “Zakovat” o‘yini!

📢
Boshqa o‘yinlardan farqli ravishda, bu safar faqat jamoa sardorlari ishtirok etadi!
📌
Qoidalar oddiy: Faqat 6 ta a’zo qatnashishi mumkin!

📅
Juma kuni
📍
Yoshlar ittifoqi, 211-xona
👥
Tashkilotchi: Roman-german filologiyasi fakulteti Yoshlar ittifoqi kengashi

🚀
Bilimingni sinashga va g‘alaba sari yo‘l olishga tayyormisan? Unda jamoang bilan oldinga chiq!

📲
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: @ReyimbayevnaR

O‘rinlar cheklangan! Faqat eng zukko sardorlar qatnasha oladi!

Roman-german filologiyasi fakulteti

12 Feb, 12:36


🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida “Ittifoq markazi” o‘z faoliyatini boshladi! 🎓

📺 Ochilish marosimidan video lavhani tomosha qiling va biz bilan birga yoshlar hayotidagi muhim o‘zgarishlarga guvoh bo‘ling! 🎥

Roman-german filologiyasi fakulteti

07 Feb, 14:51


#fakultet_yangiliklari

🔰Joriy yilning 7-fevral sanasida Roman-german filologiyasi fakulteti fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi oʻqituvchilari S.G'afurova hamda M.Xayitovalar FFRA 2401-guruh talabalari bilan  Adiblar hiyoboniga tashrif buyurishdi.
👉Tashrif davomida talabalar tomonidan buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning hayot va  ijod yoʻli, mumtoz  adabiyotimizda tutgan oʻrni kabi  mavzularda  ma’lumotlar ulashishdi va adibning  bir qancha  gʻazal va ruboiylaridan na'munalar keltirishdi.

https://t.me/rgffaculty

Roman-german filologiyasi fakulteti

07 Feb, 14:16


#milliy_liboslar_kuni

💫Roman-german filologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan yoshlar orasida milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish va o‘zbekona kiyinish madaniyatini shakllantirish bo‘yicha qator targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayon xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.P.Achilova tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.

📌Tadbirlar zamonaviy kiyinishda o‘zbekona sharm-hayo me’yorlariga rioya qilishni, milliy urf-odat va qadriyatlarimizga xos bo‘lmagan kiyinish uslublariga taqlidning oldini olishni maqsad qiladi.Mazkur tashabbus doirasida milliylikni ommalashtirish, yosh avlodni o‘z milliy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda oliy ta’lim muassasalarida kiyinish odobi va me’yorlariga rioya qilish masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda.

🎗 Milliy qadriyatlarimizni yanada rivojlantirish va avlodlar o‘rtasida ulug‘lashga xizmat qiladigan bunday tadbirlar muntazam ravishda o'tkazilmoqda.

https://t.me/rgffaculty

Roman-german filologiyasi fakulteti

07 Feb, 13:52


#fakultet_yangiliklari

🪐Bugun O‘zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Z.P.Achilova tashabbusi bilan  Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri professor D.Baxranova va ushbu kafedra o'qituvchisi N.Kamiljanovnalar bilan hamkorlikda buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
📌Tadbir davomida professor-o`qituvchilar va talabalar Alisher Navoiyning hayoti, ijodi, uning o‘zbek va jahon adabiyotidagi beqiyos o‘rni, asarlarining ma’naviy ahamiyati haqida fikr bildirishdi. Talabalar esa buyuk shoirning g‘azal va ruboiylarini yoddan o‘qib, o‘zlari o‘qigan asarlari yuzasidan fikr almashishdi.

https://t.me/rgffaculty

Roman-german filologiyasi fakulteti

07 Feb, 05:02


#fakultet_yangiliklari

6 fevral kuni O‘zDJTU  Roman-german filologiyasi fakulteti yoshlar masalalari va manaviy-marifiy ishlar bo`yicha dekan muovini A.Mallayev 2-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan uchrashdi. Tashrif davomida TTJ pedagogi M.Saburova bilan birgalikda yotoqxona xonalari holati tekshirilib, mavjud muammolar muhokama qilindi.
♻️Shuningdek, talabalarning dolzarb masalalari tinglanib, ularni hal qilish bo‘yicha kerakli taklif va maslahatlar berildi. Ushbu tashrif nafaqat mavjud masalalarni o‘rganish, balki talabalar bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning ehtiyojlariga e’tibor qaratish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

https://t.me/rgffaculty

Roman-german filologiyasi fakulteti

29 Jan, 12:34


Yana bir ajoyib iqtidor egasi Abulqosimova Marjona tomonidan ajoyib qo'shiq eshitib o'zingiz baho bering!

Roman-german filologiyasi fakulteti

29 Jan, 09:35


Roman-german filologiyasi fakulteti 1-órin Tabriklaymiz🥳

Barakalla Saidov Kozim😎🤩

Roman-german filologiyasi fakulteti

29 Jan, 08:20


Yana bir iqtidorli kechki ta’lim yónalishi talabasi Saidov Kozim ham iste’dodini namoyon qilmoqda🥳🤩

Talabamizga omad tilaymiz🥳🤩

Roman-german filologiyasi fakulteti

29 Jan, 08:13


Muhriddindek istedodli, talantli talabalarimiz ko'payaversin!

Roman-german filologiyasi fakulteti

29 Jan, 08:10


Ayni damda “Talant shou” tanlovida fakultetimiz talabasi Jamoliddinov Muhriddin óz qóshiqlari bilan ishtirok etmoqdalar🤩

Talabamizga omad tilaymiz🥳

Roman-german filologiyasi fakulteti

28 Jan, 17:33


🎉 TALANT Shou – Universitet bosqichi! 🎭

Ertaga ,,TALANT SHOU " musobaqasining universitet bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Roman-german filologiyasi fakulteti talabasi Jamoliddinov Muhriddin o‘z mahoratini namoyish etadi.
Uni qo‘llab-quvvatlash uchun keling va musobaqaga o‘z hissangizni qo‘shing!

Talantli yoshlarni birgalikda qo'llab-quvvatlaylik ! Sizni qiziqarli va yorqin kun kutmoqda!

Sana va vaqt: 29-yanvar, soat 10:00
📍 Joy: Bosh bino, faollar zali

Barchangizni lutfan taklif qilamiz!

Roman-german filologiyasi fakulteti

28 Jan, 13:48


🌷Milliy liboslarda xalqimizning tarixi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari mujassam bo‘lib, hozirgi kunda milliy liboslar jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.Joriy yilning 27- yanvar sanasida o'zbek milliy liboslarini yanada targ'ib qilish maqsadida Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan "Milliy liboslar kuni" tashkil qilindi. "Milliy liboslar kuni"da kafedra o'qituvchilari milliy liboslarda dars-mashg'ulotlarini tashkil qildilar.
Bundan maqsad talabalarga milliy liboslarimiz va milliyligimiz ko'rki va jozibasini baxsh etishdan iborat.

https://t.me/rgffaculty

Roman-german filologiyasi fakulteti

22 Jan, 10:26


📺📺

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar Ittifoqi jamoasi tomonidan "Giyohvandlik - umr zavoli!" mavzusida ishlangan videorolik.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Roman-german filologiyasi fakulteti

21 Jan, 06:08


#Xavfsiz_va_soglom_poytaxt

👉 “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligi doirasida Uchtepa tumani IIO FMB boshlig‘i polkovnik Dilmurod Mirsadikov tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari bilan tashkil etildi.

👉 “Хавфсиз ва соғлом пойтахт” ойлиги доирасида Учтепа тумани ИИО ФМБ бошлиғи полковник Дилмурод Мирсадиков томонидан Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети талабалари билан ташкил этилди.


💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads

Roman-german filologiyasi fakulteti

20 Jan, 15:04


🟦🟦🟦 🟦🟦

👩‍💻🧑‍💻3D Dizayn sohasida qobiliyatlilarni oʻz safimizga chorlaymiz!

🔹Hurmatli ijodkor talabalar!

🔻Agar siz 3D dizayn sohasida qobiliyatli bo'lsangiz va ijodiy g'oyalar yaratishda ishtirok etishni istasangiz, bizning jamoamizga qo'shiling!

📌Nima uchun yig'ilamiz?

🔹Yangi loyihalarda ishlash;

🔺3D modellashtirishda qo'shimcha yondashuvlar yaratish;

🔻Jamoaviy tarzda ijod qilish va yangi g'oyalarni hayotga tatbiq etish.

💻Bu nafaqat o'z qobiliyatingizni namoyon qilish, balki tajriba almashish va ijodkor do'stlar orttirish uchun ajoyib taklif!

🔻Jamoamizga va loyihamizga qoʻshilish uchun @Jorayevmm telegram manziliga murojaat qiling.

📱Telegram. 📱Instagram

Roman-german filologiyasi fakulteti

18 Jan, 17:50


❗️Diqqat! FELTA til markazi ustozlarni hamkorlikka taklif etadi! Maosh: 17 mln so'mgacha!

Bizdagi ish o'rinlar:
🇩🇪-Nemis tili ustozi (Asosiy ustoz va yordamchi ustoz)

Talablarimiz:
🧑🏻‍🏫 Yosh chegaralanmagan;
☝️ O'z ishiga mas'ulyatli;
O‘z fanini sevadigan, jonkuyar;
💻 Zamonaviy o‘qitish usullaridan xabardor;
📄 CEFR B2 (nemis tili ustozlarga);
📊 Tajribasi kamida 1 yil (repetitorlik);
📚 O‘zbekchani mukammal bilish, rus va ingliz tili bo'lsa yana yaxshi.

Biz quyidagilarni kafolat beramiz:
😇 Ajoyib va pozitiv jamoa(oila);
🚩 Shinam va zamonaviy xonalar;
🎓 Karyera qilish imkoni;
📈 Maoshni muntazam oshirish;
👩🏻‍🏫 Malaka oshirishga imkoniyat yaratish;
🧠 Master klasslar, treninglar:
💰 Ish haqi miqdori: 1-17mln. so'mgacha

Ish uchun ariza topshirish

Qo'shimcha savollar uchun:
☎️ +998954479900
☎️ +998901959900

Manzil:
Dagbitskiy Rudakiy 245A-uy (Mo'ljal: Med kollej ro'parasi)

@felta_academy
Muvaffaqiyat sari biz bilan!

Roman-german filologiyasi fakulteti

18 Jan, 17:10


0️⃣0️⃣0️⃣

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Zakovat ko‘chasi 4-A uyda joylashgan manzilida talabalar turar joyida yashovchi talabalarga ham xalqimizning sevib, iste’mol qilinadigan taomlaridan bo’lgan osh tarqatildi.

Mazkur xayriya tadbirida ham universitet rektori I.Tuxtasinov ishtirok etib, barcha talabalarni o‘qish va kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi. Osh tarqatish jarayonida universitet rahbariyati vakillari qatnashdi.

Mahoratli oshpazlar tomonidan tayyorlangan mazali osh barcha talabalar tomonidan e’tirof etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Roman-german filologiyasi fakulteti

11 Jan, 10:55


🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yakuniy nazorat imtihonlari davom etmoqda.


2024/2025 o‘quv yili kuzgi semestrining yakuniy nazorat imtihonlari universitetda belgilangan grafik asosida o‘tkazilmoqda. Talabalar maxsus testlarga mo‘ljallangan kompyuterlarda, shaffof va adolatli sharoitlarda imtihon topshirishmoqda.

Talabalarga mobil qurilmalardan foydalanish taqiqlangan bo‘lib, jarayonlar kameralar va nazoratchilar orqali kuzatib borilmoqda.
Bu tizim universitetda bilimlarni baholash jarayonining yanada shaffof va adolatli amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Imtihonlarda ishtirok etayotgan barcha talabalarga  muvaffaqiyat tilaymiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Roman-german filologiyasi fakulteti

09 Jan, 09:14


E’LON 📢
Hurmatli professor-o'qituvchilar !
Sizlarni “ROMAN-GERMAN TILSHUNOSLIGINING DOLZARB MASALALARI” yo‘nalishida tashkil etiladigan “O'ZBEK, NEMIS VA FRANSUZ TILLARIDA IMPERATIV (buyruq-istak) MAYLI QO'LLANISHINING BADIIY VA SOTSIOLINGVISTIK XUSUSIYATLARI” mavzusidagi seminarga taklif qilamiz.
📌 Seminarda quyidagi masalalar yoritiladi:
🔹 Buyruq-istak mayli shaklining asosiy xususiyatilari;
🔹 Buyruq-istak mayli guruhiga birlashuvchi shakllarning o'zaro munosabatini belgilashda va ularni nomlashda o'zbek tilshunoslarining fikrlari;
🔹 Nutq aktining buyruq shakli og'zaki nutq muloqot jarayonidagi muhim o'rni;
🔹 Turli tizimli tillarda buyruq maylini og'zaki nutqda keng qo'llanishining semantik xususiyati.
📅 Sanasi: 18.01.2025
Vaqti: 10:00
📍 Manzil: 6-bino, 203-xona

Barchangizni seminarga taklif etamiz!
🔗 Tashkilotchi: Roman-german filologiyasi fakulteti, Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi

Roman-german filologiyasi fakulteti

08 Jan, 13:50


E’LON 📢
Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar!
Sizlarni “Ispan klassik adabiyoti va kinosi” yo‘nalishi doirasida bo‘lib o‘tadigan qiziqarli va mazmunli seminarga taklif qilamiz.
📝 Mavzu: “Benito Peres Galdos asarlarining adabiy va lingvokulturologik tahlili”

📍 Joy: Universitetning “Literaturniy” hududi, 6-bino, 405-xona
📅 Sana: 20.02.2025
Vaqt: 14:00 da boshlanadi.
👥 Kimlar uchun: Barcha talaba va professor-o‘qituvchilar

Seminar ispan adabiyotining
buyuk namoyandalaridan biri – Benito Peres Galdosning ijodiga bag’ishlanadi. Adabiyot va tilshunoslik yo’nalishida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lish, hamda ispan madaniyatining muhim qirralari bilan tanishish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Barchangizni ushbu ilmiy uchrashuvga taklif qilamiz!

🔹 Tashkilotchi: Roman-german filologiyasi fakulteti, Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi

Tashrifingiz biz uchun muhim!

Roman-german filologiyasi fakulteti

08 Jan, 12:08


Ўзбекистон Республикаси Олий суди томонидан интернет жаҳон тармоғидаги диний экстремистик, террористик ва ақидапарастлик ғоялари билан йўғрилган деб топилган ҳамда Ўзбекистон Республикасининг ҳудудига олиб кириш, тайёрлаш, сақлаш, тарқатиш ва намойиш этилиши тақиқланган манба ва контентлар (материаллар) рўйхати

Roman-german filologiyasi fakulteti

08 Jan, 09:36


E’LON 📢
Hurmatli talabalar, yosh tadqiqotchilar!
Sizlarni “TA’LIM SIFATI VA ILMIY TADQIQOTLAR” yo‘nalishida tashkil etiladigan “Ilmiy nashrlarning ahamiyati va ularni o‘zaro baholash jarayoni” mavzusidagi seminarga taklif qilamiz.
📌 Seminarda quyidagi masalalar yoritiladi:
🔹 Ilmiy nashrlarning ta’lim va tadqiqotlar rivojlanishidagi o‘rni;
🔹 Ilmiy maqolalarni chop etish talab va mezonlari;
🔹 O‘zaro baholash (peer-review) jarayoni va uning ilmiy sifatlarga ta’siri;
🔹 Nufuzli jurnallarda maqola chop etish bo‘yicha tavsiyalar.
📅 Sanasi: 28.02.2025
Vaqti: 14:00-15:00
📍 Manzil: 6-bino, 405-xona
Seminar barcha qiziquvchilar uchun ochiq bo‘lib, ilmiy ishga qiziquvchi talabalar, tadqiqot olib borayotgan yosh olimlar uchun foydali bo‘ladi.
Barchangizni seminarga taklif etamiz!
🔗 Tashkilotchi: Roman-german filologiyasi fakulteti, Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi

Roman-german filologiyasi fakulteti

03 Jan, 12:13


📣 DIQQAT, DIQQAT!

☄️ Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkilotining 📚 Book Club” jamoasi tomonidan “Birga kitob oʻqiymiz!” loyihasining 3-soni tashkil qilinmoqda!

📚 Loyiha doirasida Fyodor Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” asari tanlandi va kitobni mutolaa qilish uchun 10 kun vaqt belgilandi.

🤝 Loyihamizda siz klubimiz aʼzolari bilan berilgan asar yuzasidan muhokama, savol-javoblar qilishingiz mumkin va bu orqali kitobdan olgan bilimlaringizni sinovdan o‘tkazasiz.

🎮 Shuningdek, siz qiziqarli mashgʻulotlar va oʻyinlarda ham ishtirok etishingiz mumkin.

🔥 Yorqin lahzalarga boy boʻlgan loyihani oʻtkazib yuborishni istamasangiz, albatta, loyihamizda faol ishtirok eting!

🕰 Oʻtkazilish vaqti va joyi:

🗓11-yanvar
📍 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti (Literaturniy binosi)

📱@book_club_uzswlu 📚

Roman-german filologiyasi fakulteti

31 Dec, 14:12


🟦🟦🟦

Qadrli talabalar!


Yakunlanayotgan yilda Sizlar tomoningizdan  erishilgan yutuqlar ham tahsinga sazovor.

Hozirda universitetda umumiy 24 031 nafar talaba tahsil olmoqda, shundan, kunduzgi ta’lim bakalavriat bosqichida 18 488 nafar, kechki ta’lim bakalavriat bosqichida 4 872 nafar, sirtqi ta’limda 671 nafar talabani tashkil etadi.

Universitetning 6 ta talabalar turar joyida 3 161 nafar,yaqin qarindoshining uyida 1 412 nafar hamda ijara xonadonlarida 8 185 nafar talabalar istiqomat qilishadi.

2024 yilida 2 nafar talabamiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti (1 nafar magistr, 1 nafar bakalavr) stipendiyasi, 9 nafari Prezidenti granti, 11 nafari esa Navoiy hamda 1 nafar Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi, 10 nafar Aleksandr Faynberg stipendiyasi sohiblari hamda 24 nafari “Rektor stipendiyasi” g‘oliblari bo‘ldi. Yana 1 nafar talabamiz  til yo‘nalishi bo‘yicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga loyiq topildi.

Shuningdek, turli xalqaro tanlovlar, jumladan, Xorijiy tillar fan olimpiadasida jami 8 nafar, Xitoy elchixonasi tomonidan tashkil etilgan "Xitoy tili ko‘prigi" xalqaro talabalar musobaqasining Respublika bosqichida 1 nafar Gran-pri(oliy o‘rin), 1 nafar 2-o‘rin,1 nafar 3-o‘rin sohiblari, Fransiya elchixonasi tomonidan tashkil etilgan "Défi Inter-Alliancyes 2024" xalqaro tanlovining Osiyo bosqichida 1 nafar talabamiz 1-o‘rinni egalladi.

Davlatmammed Azadiy nomidagi Turkman milliy jahon tillari universitetida tashkil etilgan rus tili bo‘yicha xalqaro onlayn olimpiadada 3 nafar talabamiz 1, 2, 3 darajali diplomlarni qo‘lga kiritishdi.

Xorijiy talabalar 2023/2024-o‘quv yilida 61 nafar bo‘lgan bo‘lsa, 2024/2025-o‘quv yilida qo‘shimcha 102 nafar talaba qabul qilindi va ularning soni 163 nafarga yetdi.

Bir so‘z bilan aytganda, o‘tayotgan yil universitetimiz tarixida yorqin iz qoldirdi. Shu bois 2024-yilimizni shukronalik va rozilik bilan kuzatmoqdamiz.

Ishonamanki, 2025-yilda Sizlarning ham muvaffaqiyat va yutuqlaringiz bundan-da yuqori bo‘ladi.

Qadrli professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar va ishchi-xodimlar!

Barchangizni yana bir bor Yangi yil bayrami bilan qutlayman! Kirib kelayotgan 2025-yil yurtimizga fayz-u baraka, oilangizga farovonlik olib kelsin!

O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov

 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Roman-german filologiyasi fakulteti

31 Dec, 03:25


Roman-german filologiyasi fakulteti pinned «»

Roman-german filologiyasi fakulteti

30 Dec, 06:31


O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yilda erishgan yutuqlari qisqa satrlarda

Roman-german filologiyasi fakulteti

25 Dec, 05:18


O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti rahbariyati, professor-o'qituvchilar va talabalar barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan chin qalbdan tabriklaydi! Yangi yil sizlarga baxt, sog'liq, tinchlik va muvaffaqiyatlar olib kelsin. Har bir kuningiz nur va quvonchga to'lsin! Yangi yilga yangi umidlar bilan qadam qo'ying, barcha orzularingiz amalga oshsin!
🎄🎁🎀🎉🎊

https://t.me/rgffaculty

Roman-german filologiyasi fakulteti

24 Dec, 06:59


❗️🟦🟦🟦🟦🟦❗️

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli bayoni muvofiq, 2024/2025-o‘quv yilida universitetning bakalavriati va magistraturasida to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy o‘rta, o‘rta- maxsus va professional ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun bazaviy va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning bir yillik o‘qitish qiymatidan 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2024-yilning 31-dekabr sanasi (shu kuni ham) etib belgilandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Roman-german filologiyasi fakulteti

21 Dec, 15:11


🪐OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi o'qituvchisi Maftuna Xayitova 2401-guruh talabalari bilan ,,Yoshlar ijod saroyi'' ga tashrif buyurib, yoshlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

🎗Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad talaba qizlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirishdan iborat.

https://t.me/rgffaculty

Roman-german filologiyasi fakulteti

20 Dec, 11:09


0️⃣0️⃣0️⃣

Raqamlashtirish bo‘yicha “Unicon soft” tomonidan edo.ijro.uz idoralararo hujjat aylanish tizimini takomillashtirish seminari o‘tkazildi.

Seminarda “Unicon soft” M.CH.J mutaxassislari Sharifjon Botirov va Mirzakarimov Shahzod, universitetning boshqarma va bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, devonxona xodimlari, https://edo.ijro.uz/ sayti bilan ishlaydigan mas’ullar hamda raqamli ta’lim texnologiyalari markazi xodimlari ishtirok etdi.

Mazkur seminarda edo.ijro.uz idoralararo hujjat aylanish tizimiga barcha ijroga qaratilgan rasmiy hujjatlar devonxona tomonidan kiritilishi va rektor tomonidan tasdiqlanib mas’ul ijrochiga yo‘naltirishi hamda Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati bilan ishlash va ijro intizomi monitoringi bo‘limi tomonidan nazorat qilib borilishi ta’kidlab o‘tildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Roman-german filologiyasi fakulteti

21 Nov, 09:08


#tyutorlar_faoliyati

🗓Bugun OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti tyutorlari K.Mamadaliyeva, M.Abdurahmonova va biriktirilgan talabalar bilan Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyiga  tashrif buyurdi.

🤵‍♂️ Tashrif davomida talabalar zamonaviy qiyofadagi muzey bilan yaqindan tanishdi hamda oʻzbek sportining shonli tarixi, shuningdek sportchilarimizning bugungi kundagi muvaffaqiyatlari haqida batafsil ma’lumotlar olishdi.

https://t.me/rgffaculty

Roman-german filologiyasi fakulteti

21 Nov, 04:32


CLUB DE CONVERSATION (en francais)

Gapirish va o'z fikrini erkin ifoda etish ko'nikmasini rivojlantirish maqsadida O'ZDJTU Roman-German filologiyasi fakulteti talabalari o'rtasida suhbat klubi tashkil etilmoqda.
Barchangizni ushbu suhbatda kutib qolamiz.

📆 21.11.2024 I Payshanba
16:00

Manzil: O'ZDJTU RGF 203 - xona

https://t.me/+-c_q3jA8r6A4Y2Ni

Roman-german filologiyasi fakulteti

20 Nov, 08:54


🗓 Bugun OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida "Yoshlarni ekstremizm g'oyalaridan asrash - barqarorlik omili!" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatida universitet profilaktika inspektorlari Sh. Bekmetov va M. Nurmuhamedova ishtirok etishdi.

❇️Tadbir davomida inspektorlar tomonidan yoshlarni ekstremizm g'oyalaridan ogoh boʻlishlik, turli xil diniy oqimlarga aralashib qolmaslik , ta'qiqlangan saytlarga kirmaslik uning oqibatlari boʻyicha tushuntirishlar berib oʻtildi.Barcha talabalar ogohlikka chaqirildi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berib, munosib tarzda javob oldilar.

https://t.me/rgffaculty

Roman-german filologiyasi fakulteti

20 Nov, 06:59


🗓 Joriy yilning 19-noyabr kuni O'zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida "O'zbekiston Allomalar Yurti" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda fakultet ustozlaridan B. Axmedov va talabalar ishtirok etishdi.

🎗Tadbir davomida O'zbekistonda yashagan buyuk allomalar, ularning ilmiy merosi va xalqimizdagi o'rni haqida qiziqarli muhokamalar olib borildi. Talabalar o'z fikrlarini bildirish, savollar berish va allomalarning hayoti hamda faoliyati haqida yangi ma'lumotlar olish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

https://t.me/rgffaculty

Roman-german filologiyasi fakulteti

15 Nov, 05:21


Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ma'naviyat va ma'rifat markazida boʻlib oʻtgan,
"Biz giyohvandlikka qarshimiz!" shiori ostida o‘tkazilayotgan "Talabalar teatr studiyalari" tanlovining Rektor kubogi bosqichidan foto lavhalar!


🏆Mazkur tanlovda Roman-german filologiyasi fakulteti ,, Ko'zmunchoq" jamoasi 1- o'rinni qo'lga kiritdi.
Fakultet rahbariyati tomonidan jamoani tabriklaymiz!

Roman-german filologiyasi fakulteti

09 Nov, 11:55


🌳 #yashil_makon

Yoshlar yashil kelajak sari!

9-noyabr kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan “Yashil kelajak” umumrespublika marafonida O‘zDJTU jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Loyiha doirasida universitetning Zakovat ko‘chasi 4-uy manzilidagi hududiga 120 tup manzarali va butasimon daraxtlar ekildi.

Ushbu jarayonda universitet rahbariyati vakillari, pedagog xodimlari, talabalar hamda universitet bog‘bon va obodonlashtirish xodimlari ishtirok etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Roman-german filologiyasi fakulteti

09 Nov, 11:51


🟦🟦🟦🟦 #talabalar_ijodi

🪐OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.P.Achilova hamda nemis tili amaliy fanlar kafedrasi  o‘qituvchisi, kafedraning xotin-qizlar kengashi maslahatchisi N.Nazarova tomonidan 6-sonli talabalar turar joyida bugun "Qo‘li gul qizlar"  to‘garagi o‘z ishini davom ettirdi va o‘zlari chiroyli gullar yasashdi.

✳️ To‘garak ishi oxirida talaba qizlar  qo‘l mehnati bilan yasashgan gullarini TTJdagi xonalarini bezatish uchun taqdim etishdi.


https://t.me/rgffaculty

Roman-german filologiyasi fakulteti

07 Nov, 11:50


Joriy yilning 6-noyabr kuni O‘zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi 3-kurs FFRA 2203-guruh talabasi, Sevara Pirnazarova O'rta Osiyo vakili sifatida Fransiyaning Parij shahrida bo'lib o'tgan DÉFI Inter-Alliances - 2024 butun dunyo bo'ylab o'tkazilgan tanlovda qatnashdi.

Ushbu sayohat doirasida Sevara Fransuz Alyanslari Fondi tomonidan tashkil etilgan dastur, madaniy tadbirlar, ekskursiyalar va qiziqarli uchrashuvlarga boy bo‘ldi. Talabamiz butun dunyo bo'ylab teleko'rsatuvlarini amalga oshiradigan TV5 Monde telekanalining studiyasiga tashrif buyurib, efir dunyosining ortidagi sirli jarayonlar bilan tanishdi.

Maisons du Voyage jamoasi bilan uchrashuvda esa Sevara o‘zbek madaniyatining boy va qadimiy merosini faxr bilan taqdim etdi: u milliy liboslar, do'ppi, patir non va o'zbek xalqining boy madaniyatini g‘urur bilan tanishtirdi.
Dastur yakunida u tarixiy "Château de Villers-Cotterêts" qasrida joylashgan "Cité Internationale de la langue française"ga tashrif buyurdi va 2024-yilgi Frankofoniya sammiti o‘tkazilgan maskan bilan yaqindan tanishdi.

Bugun Sevara ushbu sayohat tafsilotlarini o‘z taqdimotida namoyish etdi. Tanlovda ishtirok etish jarayonlari, Parijga safar taassurotlari va u yerdagi fransuz tilida so'zlashuvchi insonlar bilan uchrashuvlar va muloqot haqida gapirib berdi. Sevara nafaqat Fransiyaning betakror madaniyatini kashf etdi, balki o‘z madaniyatimizni ham yuksak darajada namoyon etib, xalqlar o‘rtasidagi madaniy ko‘priklar o‘rnatilishiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Rasmiy sahifalarimiz

Telegram | Instagram | Youtube

Roman-german filologiyasi fakulteti

06 Nov, 10:17


⭕️⭕️⭕️5️⃣5️⃣5️⃣

O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida boshlovchi va diktor bo'lib faoliyat yuritishni xohlovchilar diqqatiga!


2024-yil 7-noyabr kuni soat 11:00 da Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida MTRK tomonidan Yangi O'zbekistonning yangi avlod tele va radio ijodkorlarini kashf etish maqsadida tanlov (kasting) bo'lib o'tadi.

Kasting o‘tkazish va saralanganlarni efirga tayorlash oliy toifali diktor, jurnalist Jamshid Umrzoqov tomonidan amalga oshiriladi.

Manzil: OʻzDJTU Xalqaro jurnalistik fakulteti (Chilonzor tumani, Lutfiy ko'chasi, 8-uy)


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Roman-german filologiyasi fakulteti

05 Nov, 10:15


🟦🟦🟦🟦🟦

5-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Bolalarni majburiy mehnatga jalb etilishining salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.


Tadbirda universitet rahbariyat vakillari, Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi M.T.Eraliyeva hamda talabalar ishtirok etdi.  Mazkur davra suhbatini Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov ochib berdi.

Mutaxassislar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni majburiy mehnatga jalb etilishining salbiy oqibatlari, bunday holatlarning oldini olish zarurligi, ayniqsa, og‘ir turdagi mehnat jarayonlariga bolalarni majburan jalb etish holatlariga barham berish va bu borada yoshlar, ota-onalarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etilayotganligi haqida tushunchalar berib o‘tdi.

Tadbirda mutaxassis sifatida ishtirok etgan Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi M.T.Eraliyeva talabalarga majburiy mehnatga jalb etilishning salbiy oqibatlari va bunday holatlarning oldini olish zarurligi to‘g‘risida huquqiy tushunchalar berib o‘tdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Roman-german filologiyasi fakulteti

25 Oct, 11:27


Bugun O'zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida ,, Jaholatga qarshi maʼrifat " mavzusida insholar, rasmlar tanlovi boʻlib oʻtdi.

🎗Mazkur tanlov fakultet dekan muovini A.Mallayev hamda tyutorlar hamkorligida tashkil etildi.Tanlov juda qiziqarli va koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.Ishtirokchilar oʻzaro bellashdilar.

Tanlov natijalariga koʻra:
🥇-o'rin Zuhra Yakubbayeva
🥈-o'rin Mubina Abdumalikova
🥉-orin : Munira Muhammedovalar

Rasm chizish boʻyicha faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.

Insholar tanlovi boʻyicha:
🥇-orin : Sevinch Muxammadiyeva
🥈-orin : Begoyim Nematova
🥉-orin : Hilola Ilyasova, Gulsanam Qurbonovalar
g'olib deb topildi.

🏆G'olib va sovrindor talabalar fakultet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.

https://t.me/rgffaculty

Roman-german filologiyasi fakulteti

25 Oct, 09:36


1️⃣1️⃣1️⃣ 🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultetida yigitlar oʻrtasida futbol hamda talaba-qizlar oʻrtasida voleybol sport turi boʻyicha 🏆Rektor kubogi: futbol va voleybol musobaqasi”ning fakultet saralash bosqichi boʻlib oʻtdi.

⚡️ Musobaqa juda shiddatli hamda bahslarga boy kechdi. Yakunda gʻoliblar aniqlanib, ularga universitet bosqichiga yoʻllanma berildi.

⚽️ Futbol boʻyicha gʻoliblarimiz:

🥇-o’rin — “Deutschland” jamoasi;
🥈-o’rin — “Kechki” jamoasi;
🥉-o’rin — “Kechki-2” jamoasi.

🏐 Voleybol boʻyicha gʻolibalarimiz:

🥇-oʻrin — “Germanlar” jamoasi;
🥈-oʻrin — “2411” jamoasi.

⚡️ Musobaqada 1-oʻrinni olgan jamoalar universitet bosqichida fakultetimiz sharafini himoya qiladilar.

🎉 Gʻolib jamoalarni tabriklaymiz!

🤝 Bizga yaqindan yordam bergani uchun Jismoniy tarbiya kafedrasiga ham oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.

#fakultet #sport #yoshlarittifoqi

📱@rgffaculty

Roman-german filologiyasi fakulteti

23 Oct, 13:59


🇺🇿 O'zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti

#fakultet #sport #yoshlarittifoqi

Joriy yilning 22-oktabr kuni O'zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida futbol sport turi bo’yicha o’g’il bolalar o’rtasida "Rektor kubogi" o'yinining  fakultet saralash bosqichi bo'lib o'tdi. Musobaqani fakultet yoshlar masalalari va ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini A.Mallayev ochib berdi hamda ishtirok etayotgan jamoalarga omad tiladi.

🏐 O'yin  juda shiddatli hamda bahslarga boy bo'ldi. Jamoalar oʻzaro top surishdi.
😀 O'yin natijalariga ko'ra:

Futbol - 🥇-o’rin Deutschland
🥈-o’rin Kechki 1
🥉-o’rin Kechki 2


📌 Faxrli 1- oʻrinni egallagan jamoa universitet bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

🤝Gʻolib boʻlgan jamoalarni tabriklaymiz!
Musobaqaga saralash oʻyinlarida, yaqindan yordam bergani uchun jismoniy tarbiya kafedrasiga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

https://t.me/rgffaculty

Roman-german filologiyasi fakulteti

23 Oct, 04:12


Joriy yilning 22-oktabr kuni  BRM 7- maqsadiga erishish va vazifalarni amalga oshirishda O‘zDJTU Roman –german filologiyasi Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi professor- o‘qituvchilari va 3 –bosqich talabalari bilan birgalikda “BRM 7 – maqsadi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida talabalar tomonidan tayyorlangan plakatlar, yangi g‘oyalar haqida fikr almashildi. Davra suhbati juda muzokaralarga boy bo‘lib, juda qizg‘in tarzda o‘tdi.

Ma’lumki, 2015 yil sentyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotining sammitida dunyo rahbarlari 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibini va 17 ta o‘zaro bog‘liq barqaror rivojlanish maqsadlarining (BRM) yangi majmuasini tasdiqladilar.  2023-yil 1-iyunda Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – “Times Higher Education” agentligi tomonidan e’lon qilingan “THE Impact Rankings” reytingida O‘zbekiston Respublikasining 47 ta oliy ta’lim muassasalari qayd etildi.

Mazkur ro‘yxatda ilk bor O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti umumiy hisobda 1001+ natijani qayd etdi va BRM bo‘yicha qo‘yidagi ko‘rsatkichlarga erishdi:

BRM 7-“ Arzon va toza energiya” maqsad bo‘yicha 300+ ko‘rsatkichlariga erishdi.

2023-yilda universitetning barcha o‘quv va o‘quv binolarida umumiy quvvati 1320 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatildi. O‘rnatilgan quyosh batareyalari hisobiga 650 ming kVt qo‘shimcha elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 585 million so‘m iqtisod qilindi. Hozirgi vaqtda u elektr energiyasiga bo‘lgan talabning 33 foizini qoplaydi.  Shuningdek 2023-yil o‘rtalarida 2 tonnalik quyosh suv isitish moslamalari o‘rnatilib, ishga tushirildi va yiliga 45 000 000 so‘mlik tabiiy gaz tejalmoqda.

Quyosh energiyasini akkumulyatsiyalash tizimi universitetga o‘rnatildi. Ishlab chiqarilgan elektr energiya universitet jihozlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun foydalaniladi. Bu tizimning afzalligi, elektr ta’minotida uzilishlar sodir bo‘lganda iste’molchilarni ikki soatgacha uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoni bo‘ladi.

https://t.me/rgffaculty

1,188

subscribers

4,044

photos

248

videos