Assalomu alaykum, aziz qarindoshlarim, ustozlarim, do‘stlarim, hurmatli kuzatuvchilar va barcha bizni qo‘llab-quvvatlayotgan insonlar!
Anchadan beri ijtimoiy tarmoqlarda post chiqarmaganimiz sezildi, shunday savollar ham bo‘ldi:
“Student Help to‘xtadimi?”
“Nega intervyular yo‘q?”
“Student Help’ning shaxsiy Telegram akkaunti nega sust ishlayapti?”
Bu savollarni ko‘pchilik berdi, lekin faqat yaqin insonlarim va sentabrdagi voice chatlarimga qatnashganlar bilashadi sababini Barcha kuzatuvchilarimiz uchun esa hozir izoh berishni lozim topdim.
To‘xtash emas, yangi bosqichga tayyorgarlik
2024-yilning Student Help o‘quvchilari uchun viza va stipendiya (scholarship) jarayonlarini tugatmasdan o’quvchi qabul qila olmas edim. Nihoyat, 2024-yilning dekabriga kelib, deyarli talabalarimizni ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Bitta talabada jarayon hali tugamagan visasi kech chiqqanligi uchun.
Shu sababli, bu vaqt davomida deyarli yangi o‘quvchi qabul qilmadik, shaxsiy Telegram xabarlariga javob berishni to‘xtatdik va qabulni ochmadik. Faqat yaqin tanishlarimiz istisno bo‘ldi. Endi esa dekabr, yanvar va fevralning yarmiga qadar imtihonlar bilan band bo‘lganim sababli, faqatgina hozir nafas olib sizga yozmoqdaman.
Bu vaqt ichida nimalar o‘zgardi?
1️⃣ Student Help o‘quvchilari yangi yutuqlarga erishdi va bahorda yanada yaxshi xabarlarni kutmoqdamiz.
2️⃣ O‘zim ham shaxsiy va akademik rivojlanish borasida katta o‘zgarishlarni his qildim.
3️⃣ Jamoani vaqtincha tarqatishga va faoliyatni qisqartirishga qaror qildim. Endilikda Student Help’ning asosiy vakili faqat o‘zim bo‘lib qoldim. Bu menga shaxsiy va akademik rivojlanishga vaqt topishga yordam bermoqda .O’z o’zidan bu to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga yordam beradi.
Asosiy saboq: Abdukarim Mirzayev aytgan edi hikoyalarida Piyolangdagi suv to’lib toshmasdan boshqalarga berib yuborsang o’zingda qolmaydi degan edi. Yani oldin o‘zingni rivojlantir, keyin boshqalarga yordam ber .
Student Help bilmadim men uchun shunchaki ish emas, balki hayot tarziga aylanib qolgan edi desam to’g’ri bo’ladi . Buni natijasida Shu yillar davomida o‘qishga e’tiborim susayganini sezdim. Bu esa menga noto‘g‘ri yo‘lda ekanligimni, avvalo o‘zimni ilmiy va ma’naviy jihatdan mustahkamlashim zarurligini tushuntirdi.
Hozir Student Help’ni katta kompaniyaga aylantirish imkoniyatim bor bo’lishi mumkin lekin o‘zim yetuk bo‘lmasam, bu bilim olmaslik evaziga bo‘ladi. Shu bilan To‘g‘ri qarorlar qabul qilish uchun esa chuqur bilim zarur.
Student Help’ning kelajagi
Shu sababli, Student Help to’xtamaydi balki faoliyatini kamaytirgan holda davom ettiramiz. Endilikda faqat ijtimoiy tarmoqlarda foydali kontentlarni chiqarib (volunteering) va xizmat (service) yo‘nalishida juda ham cheklangan raqamda xizmatlar ko‘rsatamiz. Biroq bu cheklangan faoliyatni o‘zim sohamda yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lib, millatga hizmat qiladigan yetuk kadr bo’lib magistratura yoki, nasib bo‘lsa, PhD darajalarini olgunimcha davom etishligi mumkin.
Agar birortangizga ozgina foydamiz tekkan bo’lsa duolaringizni ayamasligingizni va ilm olish yo‘limiz yengil bo‘lishini Haq Taolodan so’rab duo qilishligizni iltimos qilaman.
Hurmat bilan,
Student Help xodimi
Muslimjon Nabijonov.
✈️
👉🏻@StudentHelpContact