Madaniyat ta'limi📣 @sherzodsharipov Channel on Telegram

Madaniyat ta'limi📣

@sherzodsharipov


Kanal madaniyat va san'at ta'limiga oid quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan:
- sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklar;
- sohaga oid munozaralar
✍️
Murojaat uchun: @madaniyat_talimi_bot

Madaniyat va san'at ta'limi📣 (Uzbek)

Uzoq zamondan beri madaniyat va san'at ta'limi insonlar uchun juda muhim ahamiyatga ega bo'lgan mavzu hisoblanadi. Bu sohani o'rganish va unga qiziqishni oshirish uchun @sherzodsharipov nomli Telegram kanaliga a'zo bo'ling! Bu kanal Madaniyat vazirligi tizimidagi ta'lim bilan bog'liq yangiliklarni o'z ichiga oladi. Sherzod Sharipov shaxsiy kanali orqali siz ta'lim sohasidagi eng so'nggi yangiliklar, qiziqarli maqolalar va savol-javoblar bilan tanishib, o'z bilim va ko'nikmalaringizni oshirishingiz mumkin. Ushbu kanal orqali siz o'zingizni mustahkam his qilish va yangi ma'lumotlar olishga imkoniyat yarata olasiz. Sizga mos keladigan va foydali bo'lgan bu kanalga bugun a'zo bo'ling va ta'lim sohasida yangi yuksak darajasiga yeting!

Ta'lim yangiliklari📣

04 Dec, 14:50


🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-399-son qarori

✈️"Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"

BMSMlar kommunal to'lovlarini davlat budjetidan qoplash

Oylik maoshlarni oshirish

✈️ TA'LIM YANGILIKLARI

Ta'lim yangiliklari📣

04 Dec, 09:46


Maktablarda qishki ta’til qachondan boshlanadi?

JAVOB:
Hozircha bu haqda rasmiy xabar e’lon qilinmadi.

Lekin Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risida"gi nizomga ko‘ra, maktab o‘quvchilari uchun II chorakning so‘nggi kuni 27-dekabr (juma) kuniga to‘g‘ri keladi, 28-dekabr (shanba) kuni qishki ta’tilning ilk kuni hisoblanadi.

Nizomga ko‘ra, ta’til 14 kalendar kuni, ya’ni 10-yanvargacha davom etadi. Nizomga binoan, III chorak darslari esa 11-yanvar (shanba) kunidan boshlanishi kerak. Balki vaziyatga qarab, darslar boshlanadigan kun o’zgarishi ham mumkin. Bu haqda qo’shimcha xabar qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈

Ta'lim yangiliklari📣

03 Dec, 15:21


#Zakovat
#Davlat_xizmatchisi

⚡️ Madaniyat vazirligi jamoasi “Huquqiy zakovat” intellektual oʻyinida qatnashdi

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/29268

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

Ta'lim yangiliklari📣

03 Dec, 07:16


#Vazirlik_haqida

⚡️ Bugungi navbatdagi lavhamiz Madaniyat vazirligining Ta'lim sohasini muvofiqlashtirish bo'limi haqida bo'ladi

Bugungi kunda Madaniyat vazirligi tizimida jami 365 ta ta’lim muassasasi faoliyat olib bormoqda. Jumladan, 325 ta bolalar musiqa va san’at maktablari, 29 ta ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktabi va maktab-internatlari, 5 ta oliy ta’lim muassasasi va ularning 4 ta filiali hamda 2 ta malaka oshirish markazlari mavjud. Mazkur ta’lim muassasalarida 106 ming nafardan ortiq o‘quvchi-talabalarga 18 ming nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar ta’lim berib kelmoqda. Xususan, bolalar musiqa va san’at maktablarida 91 ming nafardan ortiq, o‘rta maxsus ta’lim muassasalarda 10 ming nafardan ortiq va oliy ta’lim muassasalarida 12 ming nafardan ortiq o‘quvchi-talabalarni tashkil etadi.

🎙 Muxbir - Aziza Imonberdiyeva
📹 Tasvirchi - Jasur Abdujalilov

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

Ta'lim yangiliklari📣

28 Nov, 17:19


Ta'lim yangiliklari📣 pinned «»

Ta'lim yangiliklari📣

27 Nov, 09:40


🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-400-son qarori

✈️"Madaniyat va san'at, axborot-kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar ish haqi miqdorlarini oshirish to‘g‘risida"

✈️ TA'LIM YANGILIKLARI

Ta'lim yangiliklari📣

26 Nov, 09:46


#Live

🎥 Ayni damda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirokida poytaxtdagi Simpoziumlar saroyida soha mas’ullari, umumta’lim, musiqa va san’at maktablari pedagoglari bilan muloqot o‘tkazilmoqda.

Press-reliz

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

Ta'lim yangiliklari📣

21 Nov, 12:23


Ozodbek Nazarbekov O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri lavozimiga ma`qullandi

Veb-sayt| Telegram |Facebook |  YouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO

Ta'lim yangiliklari📣

21 Nov, 09:10


🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining 758-son qarori

✈️"O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini amalga oshirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida"

✈️ TA'LIM YANGILIKLARI

Ta'lim yangiliklari📣

20 Nov, 13:21


💚💚💚 Musiqa asboblarini sifatli asrash va ularning uzoq muddat xizmat qilishini ta'minlash uchun quyidagilarga amal qilish muhim:

1. To'g'ri saqlash sharoitlari:
Musiqa asboblarini quruq va salqin joyda saqlang, haddan tashqari issiq yoki nam muhitdan saqlaning.

Musiqa asboblarni changdan va zararli ta'sirlardan himoya qilish uchun maxsus g'ilof yoki qutilarda saqlang.

2. Gigienaga rioya qilish:
Har bir foydalanishdan so'ng musiqa asbobni artib, toza holda saqlang.

Musiqa asbobning metall qismlarini zanglashdan himoya qilish uchun maxsus vositalardan foydalaning.

3. Doimiy texnik xizmat:
Strunalashtirilgan musiqa asboblar uchun simlarni vaqtida almashtirishni unutmang.

Klaviatura va boshqa harakatlanuvchi qismlarni muntazam tekshirib turing.

4. Maxsus himoya vositalari:
Yog'ochdan yasalgan musiqa asboblarni qurishdan saqlash uchun namlagichlardan foydalaning.

Musiqa asboblarga lak yoki himoya qoplamalari surtilgan bo'lsa, ularni yangilab turing.

5. Tashish qoidalari:
Musiqa asbobni tashishda uni zarbalardan himoya qiluvchi maxsus g'ilof yoki sumkadan foydalaning.

Og'ir musiqa asboblarni tashishda xavfsiz joylashuv va ushlab turishni ta'minlang.

6. Mutaxassisga murojaat qilish:
Musiqa asbobda muammo yoki nosozlik bo'lsa, o'zingiz tuzatishga urinmang, tajribali mutaxassisga murojaat qiling.

Bu tavsiyalar musiqiy asboblarning sifatli ishlashini va uzoq muddat saqlanishini ta'minlaydi.

Ta'lim yangiliklari📣

18 Nov, 03:45


🇺🇿18-noyabr – “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i  to‘g‘risida”gi  Qonun qabul qilingan kun.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi sana munosabati bilan Davlat bayrog‘iga bag‘ishlangan qo‘shiq va videoklipni e'tiboringizga havola etadi.

Jonajon Vatanimiz bayrog‘i hamisha yuksaklarda hilpirayversin!

🚀 Telegram / 📷 Instagram

Ta'lim yangiliklari📣

16 Nov, 12:12


⚡️2025 йил 1 мартдан бошлаб мусиқа маданияти фани ўқитувчилари учун назария ва амалиёт уйғунлаштирилган ҳолда малака ошириш тизими йўлга қўйилади.

🗓2025 йил 1 сентябрдан бошлаб:

🔹болалар мусиқа ва санъат мактабларининг белгиланган ўқув дастурларини тўлиқ якунлаган, умумий ўрта таълим тўғрисидаги шаҳодатномага эга бўлганларга “Баркамол авлод” болалар мактабларида тўгарак раҳбари сифатида ишлаши;

🔹маданият ва санъат йўналишидаги ОТМларида психология ва педагогика фанларини ўрганган мусиқа йўналиши битирувчиларига мактабларда мусиқа маданияти фанини ўқитиши мумкин.

📎2025/2026 ўқув йилига қадар мусиқа маданияти фани ўқитувчиларининг билим даражаси ва касбий маҳоратини аниқлаш бўйича миллий баҳолаш тизими ишлаб чиқилади ва амалиётга жорий этилади.

❗️2025/2026 ўқув йилидан бошлаб маданият йўналишида кадрлар тайёрлайдиган ОТМларда психология ва педагогика фанларини ўқитиш амалиёти йўлга қўйилади.

🎓2025 йил 1 апрелдан бошлаб:

мактабларда “Иқтидор” бадиий ҳаваскорлик жамоалари ташкил этилади;

жамоалар ўртасида “Иқтидор мактаб ансамбли” республика танлови ўтказилади.

Танловнинг республика босқичи ғолиблари хорижий давлатларга таълим саёҳатига юборилади.

Саволингизни: @yuristgamurojaat гa қолдиринг

👉
@yuristlar_maslahati 👈

Ta'lim yangiliklari📣

16 Nov, 10:02


Prezident Farmoni asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 9 nafar a’zolari tayinlandi.

Ro‘yxat:

Ziyo Azamat Hamid o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori

Yo‘lchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna – Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti professori

Ko‘chimov Abdusaid Ko‘chimovich – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

Rafiqov Qudratilla Mirsagatovich – O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

Raxmankulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori

Safoyev Sodiq Solixovich – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari

Sa’dullayev Alisher Zafar o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori

Turdiyev Sodiqjon – O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi boshqaruvi raisi

Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

🇺🇿 Ta'lim yangiliklari

Ta'lim yangiliklari📣

15 Nov, 09:17


⚡️Oliy ta’lim va unday keyingi ta’limdagi darajalar qanday nomlanishini bilasizmi?

bakalavr va magistr – bu akademik daraja;
PhD (falsafa doktori) va DSc (fan doktori) - bu ilmiy daraja;
dotsent, professor va akademik esa ilmiy unvonlar hisoblanadi.

Bakalavrda – yo‘nalish, magistraturada – mutaxassislik, doktoranturada esa ixtisoslik o‘qitiladi.

Ayrim holatlarda mana shu jihatlarni koʻpchilik adashtiradi yoki bilmaydi.

🇺🇿 Ta'lim yangiliklari

Ta'lim yangiliklari📣

15 Nov, 03:51


⚡️Rasman: IELTS endilikda BEPUL oʻqitiladi

3.1 milliard soʻmlik Grant eʼlon qilindi.

Kvota miqdori: 1000 ta

🇺🇿 Respublika miqyosida 1000 nafar yoshlar mutlaqo BEPUL o‘qitish rejalashtirilgan.

— Hujjatlar onlayn shaklda yagona internet portali orqali qabul qilinadi.

👉 Batafsil maʼlumot

© Manba

Ro‘yxatdan o‘tish:
👉 @Registan_IELTS_bot

Edu - ta'lim yangiliklari👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Ta'lim yangiliklari📣

14 Nov, 17:02


#tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining tegishli buyrug‘i bilan Kuchkarov Maxsudjon Bazarbayevich O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali direktori etib tayinlandi.

Bunga qadar Maxsudjon Kuchkarov Gurlan tumani madaniyat bo‘limi mudiri lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram

Ta'lim yangiliklari📣

14 Nov, 08:33


#amaliyot

ЎРИНДОШЛИК ВА АСОСИЙ ИШ ЖОЙЛАРИНИ АЛМАШТИРИШ

Кадровик саволи: ходим ташқи ўриндошликни асосий қилмоқчи, асосий бўлган иш жойини ўриндош қилади. Бунда асосий бўлган иш жойидан бўшаш буйруғидан кўчирма ва меҳнат дафтарчасини олиб келса, мен ўриндошликдан бўшатиб асосийга қайтадин қабул қилишим керакми?


Дастлаб, ўриндошлик иши нима эканига эътибор қаратиш керак. Яъни, ўриндошлик асосида ишлаш ходимнинг ўзининг асосий ишидан ташқари алоҳида меҳнат шартномаси шартлари бўйича асосий ишидан бўш вақтида бошқа мунтазам ҳақ тўланадиган ишни бажаришидир.
Ўриндошнинг асосий иш жойи, ушбу иш тўлиқ ёки тўлиқсиз иш вақти шартлари асосида бажарилишидан қатъи назар, ходимнинг меҳнат дафтарчаси юритилаётган иш берувчидаги ишидир. (МК 432-модда).

1️⃣Қўллаш: ходим асосий иш жойидаги меҳнат шартномасини тарафларнинг келишувига кўра МК 157-моддаси 1-қисмига кўра бекор қилиши керак. Бунда МК 234-моддасига кўра ходимга барча фойдаланилмаган ҳар йилги асосий ва қўшимча меҳнат таътиллари учун пулли компенсация тўланади.

Иш берувчи меҳнат шартномаси бекор қилинган куни ходимга унинг меҳнат дафтарчасини ёхуд электрон меҳнат дафтарчасидан кўчирмани, шунингдек меҳнат шартномасини бекор қилиш тўғрисидаги буйруқнинг кўчирма нусхасини бериши шарт (МК 171-модда).

2️⃣Ўриндошлик ишини асосий иш жойига ўзгартириш: ходим ўриндошлик иш жойидаги иш берувчига меҳнат дафтарчасини тақдим этиб, меҳнат шартларини ўзгартириш тўғрисида ариза билан мурожаат қилади. Меҳнат шартномасига доир ўзгартишлар ходим ва иш берувчи томонидан ёзма шаклда тузиладиган ҳамда меҳнат шартномасининг ажралмас қисми бўлган қўшимча келишув имзолаш орқали расмийлаштирилади.

3️⃣Расмийлаштириш: меҳнат шартномасига доир қўшимча келишув камида икки нусхада тузилади. Меҳнат шартларидан ўзгариши кутиладиган асосий шартлар – ўриндошлик иши асосий ишга, тўлиқсиз иш вақти тўлиқ иш вақтига ўзгариши юзасидан келишилади. Қўшимча келишувнинг бир нусхаси ходимга берилади, бошқаси иш берувчида меҳнат шартномаси билан бирга сақланади. Ходим томонидан қўшимча келишувнинг нусхаси олинганлиги ходимнинг иш берувчида сақланадиган қўшимча келишувнинг нусхасига қўйилган қўшимча имзоси билан тасдиқланади. Меҳнат шартларини ўзгартириш тўғрисидаги буйруқ шартномага киритилган ўзгартишларнинг мазмунига айнан мувофиқ равишда чиқарилади ва ходимга имзо қўйдириб эълон қилинади. Ходимнинг меҳнат дафтарчасига ёзув киритилади ҳамда унинг меҳнат шартномаси “ЯММТ” ИДАКда рўйхатдан ўтказилади. (109, 135, 149-моддалар).

4️⃣Аввалги иш жойини ўриндошлик бўйича ўзгартириш: МК 434-моддасига мувофиқ, ходим эски иш жойига асосий бўлган иш жойидан ўриндошлик асосида бошқа ташкилотга ишга кириш учун асосий иш жойидан бериладиган маълумотномани тақдим этади (ишга қабул қилиш чоғида талаб этиладиган бошқа ҳужжатларини илгари тақдим этганлиги сабабли у ҳужжатларини қайта тақдим этиши шарт эмас). Ўриндошлик асосида ишга қабул қилиш меҳнат шартномаси асосида амалга оширилади ва иш берувчининг буйруғи билан расмийлаштирилади.

5️⃣Меҳнат шартномасини тузиш чоғида қуйидаги шартларга эътибор қилинг: ходим билан янги меҳнат шартномаси ўриндошлик иши бўйича тузилади. Ўриндошлик асосида ишлашнинг давомийлиги ўриндош ходимлар учун белгиланган иш вақти нормасининг ярмидан ортиқ бўлиши мумкин эмас, яъни бунда ҳафталик 20 соатдан кўп иш вақти белгилаш мумкин эмас (бундан соғлиқни сақлаш тизими ташкилотларининг шифокор ходимлари мустасно). Агар тарафлар шартноманинг муддатли шартига келиша олсалар, меҳнат шартномасида муддатли шарт белгилаш ҳам мумкин (МК 113, 435, 437-моддалар).

❗️Унутманг! Ходимнинг ўриндошлик иши бўйича меҳнат шартномаси ҳам “ЯММТ” ИДАКда рўйхатдан ўтказилади. Асосий ишдан бўшаб, ўриндошликка қайта қабул қилинган ходимнинг эски шахсий варақа (Т-2)сини янгидан юритинг. Чунки бу ходимда йиллик меҳнат таътиллари олиши учун янгидан иш даври бошланади.

Экспертимиз Раъно Исамитдинова

Telegram🚀I Instagram 📷 I Youtube 🎬

Ta'lim yangiliklari📣

13 Nov, 13:11


💼Bolalar musiqa va san'at maktabida o‘qituvchilar uchun maktab formasining ahamiyati bir qancha sabablar bilan bog‘liq:

1. Bir xil ko‘rinish: Maktab formasi o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida yagona va tartibli ko‘rinish yaratadi, bu esa jamoaviylikni kuchaytiradi va maktabda intizomni ta’minlaydi.

2. Professional ko‘rinish: Formali o‘qituvchilar professional ko‘rinishga ega bo‘lib, o‘quvchilarda hurmat hissini uyg‘otadi. Bu o‘qituvchining mavqeini mustahkamlaydi va ta'lim jarayonida ko‘proq e'tiborni ta'minlaydi.

3. Aniqlik va xavfsizlik: Formada o‘qituvchilarni oson ajratib olish mumkin, bu esa maktab hududida kimlarning kimligini tezda aniqlashga yordam beradi va xavfsizlikni ta'minlaydi.

4. San'at maktabining o‘ziga xosligini ta'kidlash: Maktab formasida maktabning logotipi yoki ranglari bo‘lishi mumkin, bu esa san'at maktabining o‘ziga xosligini ta'kidlash va uning nufuzini oshirishga yordam beradi.

Shunday qilib, musiqa va san'at maktablaridagi forma nafaqat tashqi ko‘rinish, balki ta'lim sifati va o‘quv muhitining yaxshilanishi uchun ham muhim hisoblanadi.

📝Kanalga ulanish

Ta'lim yangiliklari📣

13 Nov, 12:06


👍👍👍👍 So‘rovnoma

Ta'lim yangiliklari📣

13 Nov, 08:25


Channel name was changed to «Ta'lim yangiliklari📣»

Ta'lim yangiliklari📣

13 Nov, 08:24


Channel photo updated

Ta'lim yangiliklari📣

13 Nov, 08:03


📌 Qishda o‘quvchi qizlar maktabga shimda borishi mumkin

◼️ Bu qonunchilikda belgilangan.

Tegishli tartibga ko‘ra, ob-havo sharoitidan kelib chiqib, o‘quvchilar maktab formasining nimchasini yoki kostyumini, ko‘ylakning yengi uzun yoki kalta shaklini ixtiyoriy ravishda kiyishlari mumkin.

Shuningdek, qishki o‘qish davrida o‘quvchi qizlarga yagona maktab formasiga mos shim kiyishga ruxsat beriladi.

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

Ta'lim yangiliklari📣

13 Nov, 05:48


🟦🟦🟦 🟦🟦

Hurmatli Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti talabalari!

Bugun, soat 11:00 da katta zalda Xalqaro tanlovlar laureati, “Nihol” davlat mukofoti sovrindori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq jirovi unvoni sohibi Janibek Piyazov bilan ijodiy uchrashuv va mahorat darsi bo‘lib o‘tadi.

🤔 Barcha ijodkor talabalarni ijodiy uchrashuvga taklif etamiz!

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌍 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | 🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube

Ta'lim yangiliklari📣

12 Nov, 12:43


Shaxsga doir maʼlumotlardan qonunga xilof ravishda foydalanish javobgarlikka sabab boʻladi

Soʻnggi vaqtlarda turli toʻlov operatorlari va ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlar tomonidan aholiga xizmat koʻrsatish, shu jumladan davlat xizmatlari koʻrsatishda ularining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetlari orqali yordam koʻrsatish taklif qilinmoqda.

“Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonunda mulkdor va (yoki) operatorning, shuningdek uchinchi shaxsning shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish bilan bogʻliq boʻlgan xodimlari oʻziga ishonib topshirilgan yoki kasbiy, xizmat yoxud mehnat majburiyatlarini bajarishi sababli maʼlum boʻlib qolgan shaxsga doir maʼlumotlarning oshkor etilishiga yoʻl qoʻymasligi belgilangan.

Biroq, aksariyat hollarda tadbirkorlar va toʻlov operatorlari tomonidan aholiga koʻrsatilgan xizmatlar yakuni boʻyicha shaxsga doir maʼlumotlarning yigʻilishi hamda bu maʼlumotlar boshqa shaxslarga berilishi va natijada undan turli gʻaraz niyatlarda foydalanish holatlari kuzatilmoqda.

❗️Eslatib oʻtamiz, shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Hurmatli fuqarolar, shaxsga doir maʼlumotlaringizni ishlov berish uchun toʻlov operatorlariga yoki tadbirkorlarga berish orqali kelgusida ushbu maʼlumotlardan boshqa shaxslar tomonidan gʻarazli maqsadlarda foydalanish xavfi ortishi mumkinligini eslatib oʻtamiz.

1,828

subscribers

491

photos

71

videos