XX asr boshlarida Turkiston ijtimoiy hayotida nihoyatda kuchli jonlanish ro‘y berdi. Bu jonlanish o‘lkada tobora miqyos kasb eta borgan Milliy uyg‘onish kayfiyati va uning amaliy ko‘rinishi bo‘lgan jadidchilik hodisasi bilan belgilanadi. Jadidchilik harakati tarixan qisqa muddatda ijtimoiy ongni ma’rifatchilikdan siyosiy ozodlik, mustaqil davlatchilik g‘oyasi tomon rivojlantira oldi. Bu harakat bir necha yo‘nalishdagi amaliy faoliyatda o‘z ifodasini topdi. Xususan, maktab-maorif, matbuot va matbaachilik, xayriya ishlari, adabiyot va san’at, shu jumladan teatr va dramaturgiya kabilarda.
🌐Batafsil: https://mv-vatanparvar.uz/603/
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter