Turkiya kundaligi @sherzoddavlatov Channel on Telegram

Turkiya kundaligi

@sherzoddavlatov


Turkiyaning Karabük Universiteti talabasi Sherzod Davlatovning shaxsiy kanali.

***
•Turkiyada ta'lim
•Kuzatuvlar
•Fikrlar
•Sayohat
•Turk tili onlayn kurslari


☎️Bog'lanish uchun: @sherdav_aloqa

Facebook: Sherzod Davlatov
instagram: sherzod__davlatov

Turkiya kundaligi (Uzbek)

Turkiya kundaligi kanali Sherzod Davlatovning shaxsiy kanalidir, u Karabük Universiteti talabasisiz. Bu kanalda siz Turkiyada ta'lim, kuzatuvlar, fikrlar, sayohat va Turk tili onlayn kurslari bilan tanishing. Sherzod Davlatov bilan bog'lanish uchun @sherdav_aloqa orqali murojaat qilishingiz mumkin. Uning Facebook sahifasi Sherzod Davlatov, Instagramda esa sherzod__davlatov deb nomlanadi. Agar siz Turkiya haqida ko'proq ma'lumot olishni, turli sohalar bo'yicha uzluksiz maslahat olishni va yangi mavzular bilan tanishishni istasangiz, 'Turkiya kundaligi' kanaliga obuna bo'ling! Sizni o'z fikrlaringiz va ta'lim yo'nalishlaringizni ularga ulashirishingiz va ularni boshqalarga taqdim qilishingiz mumkin. Kanalimiz sizni o'z bilimingizni oshirish va yangi imkoniyatlarga ega bo'lishga yo'l qo'yadi. Sizni 'Turkiya kundaligi' kanalida ko'rishni va qo'shilishni kutib qo'yamiz!

Turkiya kundaligi

21 Feb, 21:28


Xususiy sektor effekti

Turkiyada elektr energiyasi ta'minoti 90 foiz holatda xususiy sektorga bog'langan, ya'ni shamol sizdan so'ramay qattiqroq esvorib biror simyog'ochni ag'darib qo'ysa davlatga qarashli "elektraset"ga 20 marta telefon qilib o'tirmay siz shartnoma qurgan xususiy sektorga telefon qilib dardingizni aytasiz ular ish soati demay 24/7 rejimda hal qilishadi.

Shu kunlarda Turkiyada oxirgi 2-3 yilda ko'rilmagan darajada qor yog'yapti. Bugun telefonimga shu xabar kelibdi. Ekran tasvirini yuqorida bo'lishdim. Qisqacha mazmuni quyidagicha:

"Siz yashayotgan yoki sizga yaqin bo'lgan hududda kuchli qor yog'ishi sababli 948 dala xodimimiz, 529 transport vositasi, 14 dron(dron!), 65 generator ishlayapti.

Qara, Qorovoy! Svet o'chmasligi uchun shuncha resurs. Nimadir bo'lib o'chgan svetni yoqish uchun emas, svet o'chmasligi uchun!

Bilmadim. Siz analiz qiling!

Turkiya kundaligi

15 Feb, 12:17


Bir shingil turkcha

Turkiyadagi biz "marshrutka" deb o'rganib qolganimiz jamoat transportlariga o'xshash transportda osib qo'yilgan yozuv. Ko'chadagi ishlaringni tugatib charchaaaab uyga qaytayotganingda kayfiyat ulashadi kishiga.

Tarjimasi: "Seni bolaligimda taniganimda edi, parkda daqiqalab kutgan arg'imchoqda uchish navbatimni senga berar edim".

@sherzoddavlatov

Turkiya kundaligi

10 Feb, 23:13


30 yosh

11-fevral kirishidan oldin esimda yo'q edi. Xotinim xonaga kirib kelib "30 yoshingiz muborak bo'lsin. Sizni yaxshi ko'raman" dedi va turkchada o'sha izoh talab qilmaydigan jumla —  "İyiki varsınız. İyiki hayatımdasınız",deganidan keyin 30 ga to'lganimni ko'z oldimga keltirdim. Gap tabrik so'zlarida emas. Gap 30 yoshga kirib nimani anglaganimda ham emas. Gap 30 yoshimda nimaga erishib erishmaganimda ham emas. Gap mening qarashlarimda 30 yosh qanday yosh ekani haqida.

• 30 yosh — bu hayoting va "men"ing qaysi yo'ldan ketishi borasida qaror qabul qilib bo'lgan yoshing.

• 30 yosh — bu seni takrorlanmas darajada xursand qiladigan va yerni tagiga ko'mib yuboradigan darajadagi noxush xabarlarga tayyor yoshing!

• 30 yosh — bu xarakter, ovoz, "meni"ning "o'tirgan" yosh.

• 30 yosh — bu erkak-ayol munosabati jinsiy ehtiyoj va qadriyatlardan iborat emasligini anglaydigan davr.

• 30 yosh — bu tug'ilib o'sgan jamiyating seni qanchalik qoniqtirishi borasida analiz qila oladigan yoshing.

• 30 yosh — bu sen tasavvur qilgan jamiyat va hayot tayyor holatda qayerdadir mavjud emasligini anglaydigan va bu hayotni qurishga yetadigan yoshga yetib bora olmasligingni anglaydigan yosh.

• 30 yosh — bu atrofingdagi insonlar qadriyatlari va dinidan uzoq umrli, farovon yashashlari uchun o'zi va atrofidagilarni ishontiradigan darajada foydalanishi mumkinligini anglaydigan yoshing.

• 30 yosh — bu yoshingga talab beradigan darajadagi dunyo qarashdamisan yoki yo'q, buni anglab yetadigan yosh.

• 30 yosh — bu tilingni qachon tiyish va qachon jilovni bo'shatishni anglagan yoshing.

• 30 yosh — bu yuqoridagi fikrlarni yozish yoki yozmaslik borasida qaror qilish uchun, tuğilganingdan buyon 30 yil kutadigan yoshing.

Turkiya kundaligi

31 Jan, 21:33


O'zbekiston va Turkiyada yashab ko'rgan shaxs sifatida shuni aytishim mumkin:

O'zbekistonda yashasang ikki kasbda tanishing bo'lishi kerak — ichki ishilar xodimi va shifokor;

Turkiyada yashasang bir kasb egasi — advokatlardan tanishing bo'lsin.

Sizni fikringiz qanday?

Men nega bu kasblarni aytganimni keyingi postlarda yozib o'taman.

Turkiya kundaligi

31 Jan, 08:15


#turkiyeburslari #turkiyagrantlari #turkiyescholarships

⚠️"Türkiye Bursları" grant dasturiga hujjat topshirishda e'tibor qaratilishi kerak bo'lgan jihatlar:

Hujjatlarni telefon kamerasida rasmga olinib pdfga aylantirilgan variantini yuklamang!
✔️Printerda skaner qilingan pdfni yuklang!

Rasmingizni telefonda olingan variantini yuklamang!
✔️ Rasmxonalarda rasmga tushib o'sha rasmni yuklang!

Hujjatlaringizni oddiy tarjimonga tarjima qildirmang!(Bu doktorantura nomzodlariga tegishli)
✔️Notarial huquqqa ega tarjimonlik markazlarida tarjima qildiring!

Hujjat topshirish muddati yakuniga qadar kutib o'tirmang! Muddat yaqinlashguncha sayt qotib ishlab boshlaydi.
✔️ Ertaroq topshirib qo'ying!

Motivatsiyon xatni o'zingiz bilmagan tilda yozmang, yozdirmang!
✔️ Qaysi tilda yaxshi gaplasha olsangiz shu tilda yozing! O'zbek tilida ham yozsangiz bo'ladi.

Saytda ro'yxatdan o'tayotganizda kiritgan e-pochta manzili biror tanishingizniki bo'lmasin.
✔️ O'zingiz ishlatib yurgan yoki yangi ochsangiz aktiv e-pochta bo'lsin va yaqin 6 oy ichida telefonizda aktiv ishlab tursin. Ehtimolga qarshi boshqa texnikalaringizda ham e-pochtangizni ulab qo'ying!

🌐
@sherzoddavlatov
📩
@sherdav_aloqa

Turkiya kundaligi

28 Jan, 22:01


Turk tili onlayn kursimda yangi ochilgan soat 18:30 dagi guruh bilan bugun darsimiz bor. Boshidan, noldan boshlashyapti. Siz ham turk tilini 4 oy ichida B2 sertifikat oladigan darajada o'rganishni xohlasangiz @sherdav_aloqa manzilidan yozing! Guruhda joy bor.

Turkiya kundaligi

27 Jan, 20:47


Xalqaro Top-1000 talikdagi 🇹🇷Turkiya universitetlari(2025-yilgi holatga ko'ra).

@sherzoddavlatov

Turkiya kundaligi

26 Jan, 22:52


Stromae — Santeá

Fransuzcha biladigan kuzatuvchilarimiz bo'lsa aloqaga chiqishlari mumkin. Qo'shiq so'zlarini tarjima holatida bersak juda yaxshi bo'lardi.

Aloqaga chiqish:
@sherdav_aloqa
Kanalga ulanish:
@sherzoddavlatov

Turkiya kundaligi

24 Jan, 18:28


Turk oshxonasiga ko'z tashlasak.

Turklarda bizdagi kabi doimiy go'sht yeyishga e'tibor kuchli. Mahsulotlar narxi go'sht narxi bilan qiyoslanishi ham bizdagidek. "Buni o'rniga 1 kilo go'sht olaman", degan gap turklarda ham bor. Lekin, juda ko'p kundalik yeyiladigan taom bu palov bilan  no'xot yoki lovyali suyuq. Palov bilan yo no'xotli yoki lovyali suyuq ovqat doim ajralmas juftlik.

Uyda "Ona-a!" yoki "Xoti-in" bugun nima ovqat, deganizda o'sha yeyilaverganidan jonga tegib ketgan "Piyoba"miz turklarda yo shu palovli juftlik yoki makaronli ovqat bo'ladi.

Ba'zi o'xshashliklar ham bor. Bizni chuchvaramizni manti deyishadi. Bulg'or do'lmasi(golputsi) turklarda ham bor. Lekin, qiymali emas ziravor va guruchdan qilishadi. Suviga bosib non botirib yeyishmaydi. Chunki, juda kam suvda, pishiradi. Suv kamligidan bor suvni ham guruch olib qo'yadi. Qizig'i uni qatiqlab yeyishadi.

Afsus somsa yo'q. Somsa ta'miga o-ozroq yaqin bo'lgan "Kıymalı börek", "Patatesli börek" yeyishadi. Hamirni somsa usulida juda ko'p mahsulotlar bilan pishirishadi. Pishloq, tvaroglarni hamirga o'rab pishirishadi. Lekin, shirinlik tarzida emas.

Kabob Turkiyada ham juda mashxur. Ba'zilarini tayyorlash usullari yaqin, ba'zilari esa juda farqli. Tovuq go'shti juda ko'p ovqatlarda ishlatiladi. Aytgandek, "Grill"i ham bor. Marinirovkasi farqli bo'lgani uchun ta'm ham farqli.

Taomlar o'zi juda katta mavzu. Turklarda "Kahvaltı kültürü" degan tushuncha bor. Nonushta madaniyati. Lekin, bizda o'sha tushuncha haligacha o'rnashib ulgurmagan. Madaniy odat holatiga kelmagan. Bizda hamma viloyatda nonushta deyarli har xil qilinadi.  Har xil mahsulotlar bilan. Topganimizni yeymiz ertalabga. Lekin, turklardagi nonushtada o'sha "topganimiz" deyilgan mahsulotlarda belgilangan mahsulotlar bor. Hatto mamlakatda xalq tilidagi kambag'allik yoki ocharchilik darajasi, oilalar bu mahsulotlarni olib ololmayotgani bilan ham o'lchanadi. Chunki, bu mahsulotlar turk nonushtasi mahsulotlari orasida ajralmas o'rin egallagan. Boyning ham, kambag'alning ham nonushtasida bular bo'lishi shart — qaynatilgan yoki qovurilgan tuxum, zaytun, bir nechta pishloq turi va pomidor-bodring!

@sherzoddavlatov

Turkiya kundaligi

24 Jan, 15:55


Turk tili onlayn kursda yangi guruh ochilyapti. Darslari dushanba, chorshanba va juma soat 18:30 da.

26-yanvar yakshanba kuni soat 21:00 da "probni" dars bo'lib o'tadi. "Probni" darsda qatnashib ko'ring, kurs ma'qul kelsa yozilasiz. Darslarni 27-yanvar dushanba kuni soat 18:30 da boshlaymiz.

Murojaat uchun:
@sherdav_aloqa

Turkiya kundaligi

24 Jan, 14:22


"Germaniya hayoti" hayotni juda yaxshi va qisqagina ifodalabdi.

Turkiya kundaligi

24 Jan, 11:00


Turk tilini örganish bizni mamlakatda hozirgi kunlarda yangi tajriba holatida. Tahlilimni shu sabab ingliz tili orqali tushuntiraman. İngliz tilini ommalashib borish jarayonini esga oling va hozirgi holatini tasavvur qilib köring. Loydan orqa davlat raqami körinmay qolgan avtobuslarni orqasiga otni qashqasidek qilib ''Bir haftada ingliz tilini chochvor'' deb yozib qöyilgan, loy bölib ketganidan bannerlarni yarmi ham körinmay turadigan reklamalarni eslang! Sigaret buchogi tashlanadigan urnalarga yopishtirib ketilgan ingliz tili kursi reklamalarini köz oldizga keltiring. Bu holat necha yildir davom etib kelyapti? Bu va'dalar öz isbotini topdimi? Bir hafta, boringki bir oy, e mayli 6 oyda ingliz tilida tötiqushdek sayratadigan kurslar chiqdimi?

Yillar ötib bunaqa reklamalar sohta ekanini odamlar tushuna boshladi . Turk tili hozirgi kunda Özbekistonda huddi shu yöllarni bosib ötmoqda. Döstim, turk tilini bizning tilga yaqin ekanligini rökach qilib örganish oson deyolmaysan. Ayniqsa sertifikat oladigan, bu tilda xatosiz gapiradigan darajada örganmoqchi bölsang! Agar turkbekcha gapirish uchun örganish oson desang e'tirozim yöq. Buni örganish uchun kursga borishing ham shart emas. Kelasi zamonda gapirmoqchi bölsang özbekcha fe'ldan keyin ''ajak''larni qöshib yuborsang, ketidan shaxsni bersang ish hal. Misol uchun ''Men turkcha örganajakman''.

Hazil öz yöliga. Döstim, turk tilini örganishing uchun vaqt baribir kerak. Miyang, oğiz mushaklaring, öpkang, diafragma, qovurğalaringni ichki va tashqi mushaklari moslashishi kerak. Ba'zan, dunyo qarashing ham moslashishi kerak. Bu senda 4 oy vaqt olar, kursdoshingda 3 oy, qöshningda 7 oy bölishi mumkin. Hammada har xil.

Yana bir miyani ''error'' qilib qöyadigan tushuncha bor. Kursda sening qaysi darajani yakunlab ulgurganing muhim emas. Ulgurgan darajangni qay darajada özlashtirding, shu muhim. 2-3 oyda yashin tezligida chala-chulpa B2 ga kelib olgan kishidan, 2-3 oyda A1, A2 va B1 ni mukammal örgangan kishida ''performans'' yuqori böladi. Samaradorlik yuqori böladi. 4 ta darajani chala örgangan kishidan 3 ta darajani mukammal örgangan kishi keyinchalik bilimini mustaqil oshirib borish ehtimoli ham yuqori böladi.

Yana bir achinarlisi esa, A1, A2, B1 darajalarini chala örganib B2 da öqituvchi almashtirgan öquvchilarni natijaga olib chiqishga urunish huddi poydevori loydan kötarilgan devorni beton ğisht bilan davom ettrishga öxshaydi. Yoki, talab va standartlarga javob bermaydigan materiallardan yasalgan samolyotni uchurishga öxshaydi - kötarilishdagi turbulentdayoq yoki amallab kötarilib olganida sochilib ketadi.

Nima qilish kerak?

Kursga yozilayotganda albatta öqituvchining tajribasini bilolmaysan. Erishgan natijalarini körsatar. Natijalarni körsatib öquvchi közini shamğalat qilish qiyin emas. Sen bularga emas, öqituvchiga yönal. Öqituvchini sina, savolga köm, doimiy savol ostida qoldir. Bu köp narsani ochiqlaydi. Kurs boshida har bir öqituvchi mukammal körinishi mumkin. Aniqroği bunaqa körinish qiyin emas. Yaltir-yaltir slaytlar, chiroyli ovoz, chiroyli turmak va pardoz, chiroyli kamera orqa foni, o'rinsiz "Mashallah" sohta "İnsholloh" so'zlari ishni hal qiladi. Keyinchi? Darajalarda yuqorilab borayotganda öqituvchining holati qanday özgaryapti? Bularga qara!

Nima bölganda ham yuqoridagi gapimni unutma. Vaqt! Vaqt! Vaqt!

@sherzoddavlatov

Turkiya kundaligi

23 Jan, 09:57


"Türkiye Bursları" dasturiga hujjat topshirib berishda professional xizmat ko'rsatish!

Turkiya grantlari dasturiga qanday qilib hujjat topshirish borasida ikkilanayotgan bo'lsangiz tortinmay @sherdav_aloqa manzilidan yozishingiz mumkin.

6 yillik tajribalar asosida bu grant dasturiga hujjatingiz kamchiliksiz topshirib beriladi va batafsil tushuntirishlar berib boriladi.

Bundan keyingi ta'lim hayotingizdagi sarguzashtlarni Turkiyada o'tkazishga bir harakat qilib ko'ring!

Batafsil ma'lumot uchun @sherdav_aloqa manzilidan yozing!

Turkiya kundaligi

22 Jan, 16:50


Turklar bilan juda kritik o'xshash tomonlarimiz.

Eshitgandirsiz, kecha Turkiyaning Bolu viloyatidagi chang'i kurort hududlaridan biridagi 2000 dan oshiq o'ringa ega mehmonxonada yonğin chiqdi va 70 dan ortiq inson o'ldi. 50 dan ortiq kishi yaralandi.

Shu holat yuzasidagi surushtiruv ishlarida Bolu viloyati va mehmonxona joylashgan tuman hokimi bilan Turkiya Turizm Vaziri o'rtasidagi OAV orqali tortishuv va dedi-dedilari e'tiborimni tortdi.

Ayon bo'lishicha yong'in sodir bo'lgan mehmonxonada yong'in xavfsizligi qoidalariga deyarli amal qilinmagan — tutunga sezgirli signalizatsiya ishlamagan. Yong'in tungi soat 03:00 dan keyin sodir bo'lgan. Signalizatsiya ishlamagan va ba'zilar kech uyg'onishgan. Uyg'onganlarida yong'in zinalarni to'sib qo'ygan, is gazi miqdori ortib ketgan va odamlar qochishga imkon topolmagan. Eng achinarlisi bunchalik katta sig'imga ega bo'lgan mehmonxonada yong'inga qarshi qo'shimcha zinapoya bo'lmagan. Odamlar bir necha qavatli binodan xonadagi chorshaflarni bir-biriga bog'lab omon qolishga urungan va juda ko'p kishi shu holat yuzasidan vafot etgan.

Hokim va vazirning dedi-dedilariga keladigan bo'lsak, vazir tuman hokimini ayblagancha "Hokim o'z hududidagi binolar holatiga e'tiborli bo'lishi kerak edi. Tekshiruvlarni uzluksiz olib borishlari kerak edi. Bu borada sustkashlik bolgan", degan vaj bilan chiqdi. Bunga javoban esa tuman hokimi jon kuydirgancha "Bu zona turizm zonasi. Biz bu yerga teginolmaymiz. Bizni gapimiz bu yerda o'tmaydi. Buni Turizm Vazirligi nazoratga olishi kerak edi", deya bong urmoqda.

Ayb kimda yoki nimada bo'lganida ham, shu narsa ko'zga yalt etib ko'rinadi. Bu kabi xatoning borligi va bu kamchilik bartaraf qilinmagani. Biz o'zbeklarga Turkiya haqidagi ba'zi ma'lumotlar aniq yetib kelmaydi. Turkiyada hali hanuzgacha korrupsiya shu qadar keng ko'lamdaki qadamingizda ufurib turadi ba'zan. Buni Turkiya hayotiga chuqur singib borishiz bilan his qila boshlaysiz. Shaxsan buni eng katta simptomi sifatida xalqning ochligiga bog'layman. Ha, Turkiya xalqi, ayniqsa so'ngi 5 yilda juda qiynaldi. Och, deganda faqat qorin emas, boshqa ehtiyozlar haqida ham gapiryapman. Xalq erishishni istagan hayotlariga erishishda juda qiynalyapti va pul topishning har qanaqa usulini sinab ko'rishmoqda. Bulardan biri esa korrupsiya. O'sha mehmonxona ham odamlar o'lishi mumkinligini bilsada qo'shimcha zinapoya qurmagan. Kim bilsin, qurmaganini ko'rgan mutasaddilarda ham ma'lum ko'z yumushlar bo'lgandir.

Yana bir tomoni esa, Turkiya O'zbekistondan rivojlanishda ma'lum yil oldinda. Shu qadar oldinda bo'lsa ham Turkiyada holat hozir bunaqa ekan biz qachon qaysi holatda bo'lishimizni tasavvur qilolmayman.

Turklarda shunaqa bir jumla bor: "Elimizde eriyip gidiyor". Maalesef, Türkiye göz önümde içten eriyip gidiyor gibi ve bu insanı çok üzüyor. Türkiye buna dayanacak, belki ayağa kalkacak,  ama çok insanın gönlünde acı izler bırakacak.

Turkiya kundaligi

21 Jan, 17:10


1500 ta parcha. Yaxshiyam 4000 parchaligini olmabman. İkkita parchani topib birlashtirishimizga 15 daqiqa ketdi. Tahminan bir haftalar ketsa kerak. Portret yoqdi. Bir haftacha cherkas qizni tuzishga harakat qilib ko'ramiz. Portret nomi "Dünyayı Gezen Çerkes Kızı" ekan.

İshdan charchaganda yaxshi ovunchoq ekan. Tuzolmay asabim buzilib balkondan otvormasam natijani bo'lishaman. Natija o'zimga ham qiziq.

Turkiya kundaligi

20 Jan, 11:38


Turk tili onlayn kursim 4 yildir uzluksiz davom etib kelyapti. Faoliyat bor joyda kamchiliklar ham bo'lishi tayin. Ba'zan bu kamchiliklarni o'zim sezar yoki sezmayman. Bu davr mobaynida kursda o'qigan bo'lsangiz yoki hozir o'qiyotgan bo'lsangiz iltimos kurs haqidagi fikrlaringizni quyidagi so'rovnoma orqali bildirib o'ting! So'rovnoma butunlay anonimdir va siz haqingizda ma'lumot menga ko'rinmaydi. İltimos, e'tibor bilan yondashing!

Bu kursning bundan keyingi sifati uchun juda muhim. Vaqtingizni ayamaganiz uchun oldindan rahmat
!

So'rovnomani ochish 👉 KO'RİSH

Turkiya kundaligi

20 Jan, 10:30


"Türkiye Bursları"ga qabul qilinishda "Niyet Mektubu"(Motivation Letter)ning yozilish tartibi juda katta ahamiyatga ega. Agar bu xatni yozish borasida sizda tajriba yoki ma'lumot bo'lmasa bu xatni yozib berish xizmatimdan ham foydalanishingiz mumkin.

Bu grant dasturiga hujjat topshriishni bilasiz-u, lekin "Niyet Mektubu" yozishda ikkilanayotgan bo'lsangiz @sherdav_aloqa manzilidan yozing! Grant dasturi mezonlariga monand, imlo xatolarsiz turk va o'zbek tillarida tanlagan yo'nalishizga mos tarzda xat yozib berish xizmat narxi 15 dollar.

Kanalga ulanish: @sherzoddavlatov

Turkiya kundaligi

20 Jan, 09:01


"Türkiye Bursları" dasturiga hujjat topshirib berishda professional xizmat ko'rsatish!

Turkiya grantlari dasturiga qanday qilib hujjat topshirish borasida ikkilanayotgan bo'lsangiz tortinmay @sherdav_aloqa manzilidan yozishingiz mumkin.

6 yillik tajribalar asosida bu grant dasturiga hujjatingiz kamchiliksiz topshirib beriladi va batafsil tushuntirishlar berib boriladi.

Bundan keyingi ta'lim hayotingizdagi sarguzashtlarni Turkiyada o'tkazishga bir harakat qilib ko'ring!

Batafsil ma'lumot uchun @sherdav_aloqa manzilidan yozing!

Turkiya kundaligi

17 Jan, 10:26


Turkiyaning o'zini "sevdirishi"ga katta hissa qo'shadigan omil — bu haqiqatda shahardagi binolarning maftunkorligi va bular rasmda yanada yoqimli ko'rinishida. Albatta boshqa omillar ham yo'q emas.

1-rasmda İstanbulning Yevropa tomonidagi Arnavutko'y(Arnavutköy) mavzesidan Osiyo tomonidagi Chamlija(Çamlıca) tepaligining ko'rinishi aksetgan. O'rtada esa dengiz manzarasi. Rasmda montaj effektlari bor.

2-rasmda esa asl fokusni ko'rish mumkin.

Nima bo'lganda ham İstanbul haqiqatda insonni o'ziga maftun qila oladigan shahar. Bir akamiz aytganidek — "İstanbulni sevasan, lekin quchoqlay olmaysan"

Kanalga ulanish: @sherzoddavlatov

Turkiya kundaligi

16 Jan, 10:48


İnternetni titkilab o'tirsam bir advokatning Prezident Erdöğan qarori bilan kuchga kirgan to'y harajatlari uchun beriladigan 150 ming liralik kreditning shartlarini tahlil qilib berayotganini ko'rib qoldim. Kredit shartlariga ko'ra, eng ko'zga tashlanadigan qismi, bu kreditni olishi uchun uylanadigan yoki turmushga chiqadigan kishi hech qanaqa ko'chmas mulkka egalik qilmasligi yoki hissadori bo'lmasligi kerak ekan. Bundan tashqari oxirgi olti oydagi maoshining o'rtalamasi bilan oxirgi oydagi maoshining yiğindisi eng kam ish haqining 2.3 baravaridan yuqori bo'lmasligi kerak. Bu degani, bu kreditni oluvchi shaxs ohirgi olti oyda faqat belgilangan eng kam ish haqida ishlagan bo'lishi, ya'ni ish joyida maoshi oshmagan bo'lishi; 18-29 yoshlarda bo'lishi va nomida hech qanday ko'chmas mulk bo'lmasligi kerak.

Hozirgi vaqtda Turkiyada eng kam ish haqi 22 ming 100 TL(620 dollar). Bir kafeda ofitsiantlik uchun ishga kirgan kishi ham boshida shuncha oylik oladi, o'rta ma'lumotli yoki bakalavrni bitirib biror shifoxonada hamshiralik qilayotgan kishi ham boshlanğich davrlarda shu maoshni oladi. Bu miqdor keyinchalik o'zgarishi mumkin.

To'y uchun ajratiladigan kredit haqida:

Kredit miqdori 150 ming turk lirasi. Bu 4230 dollar degani. Bu kredit 2 yil imtiyozli va 48 oy foizsiz. Ya'ni, kreditni olgandan keyin 2 yil o'tib to'lab boshlaysiz. To'lab boshlaganda ham 4 yilda foizsiz to'laysiz. Hech qanaqa foiz chiqmaydi. Bir qarashda juda qulay. Lekin, Turkiyada hozirgi vaqtda to'y qilishning o'rtacha harajati 600 ming lira(17 ming dollar). Bu summada qo'shimcha dabdabalar yo'q. Biz bilgan o'sha qo'ni-qo'shni gapirmasin, ovsinim nima deydi, kelin yo kuyov tomon keyin mijillamasin, deb qilinadigan o'rtacha odatlar va harajatlar summasi. Bu summa shahar va viloyatlarga ko'ra o'zgaradi. Lekin, o'rtacha summa shu deyish mumkin.

Oxirgi yillarda Turkiyadagi iqtisodiy ahvolning oğirlashishi oila qurish yoshidagi qatlamni o'ylantirib qo'ygan. Yigitlar uylanishga ikkilanib qolgan. Shu kunlarda Turkiya xalqi yosh qatlami qarib borayotgani va keyingi 50 yilda ishga yaroqli fuqarolar soni kamayib ketishi ko'p tilga olinmoqda.  Bu holat esa prezident darajasida muhokama qilinib, Prezident Erdöğan oilalarga eng kamida 3 ta farzand ko'rishni bong urmoqda. Xalq esa prezidentning bu gaplarini iqtisodiy tanglik ostida tanqidga olmoqda.

Turkiya kundaligi

15 Jan, 19:23


Turkiyada hozirgi vaqtda iqtisodiy inqiroz davlat hisob-kitoblari bo'yicha o'sishdan to'xtamoqda. Ya'ni vaziyat yumshamoqda. Lekin, xalq aynan shu kunlarda har doimgidan oğirroq o'tkazmoqda. Ya'ni, inqirozning asl to'lqini ana endi xalq turmushi va ruhiy holatida o'z ta'sirini ko'rsatyapti. Kutilmagan darajada "kaos" bor xalqda. Lekin, xalq tishini tishiga qo'ymoqda. Bir necha yil oldin xalq narxlar ko'tarilib ketayotganidan shikoyat qilar ekan "Topganimiz faqat yeyish ichish uchunmi? Biz bir boshqa shaharlarga borib dengiz bo'ylarida dam olib kelmaylikmi?", derdi. Hozir yashash shu qadar qiyinlashib ketganidan, dam olishga borish u yoqda tursin, topgan pullari boshpanasi va qorniga yetmayotganidan nolimoqda.

Misol uchun, ayni kunlarda shaxsiy mashinasi bor bir kishi İstanbuldan İzmir shahriga o'z mashinasida borishning(e'tibor qarating, faqat borish) harajati 3000 TL bo'libdi. Bu 1 mln 100 ming so'm degani. Masofa 400 km atrofida. Bu harajatlar yoqilği, pulli ko'priklar va pulli yo'llarni o'z ichiga oladi.

Yaxshiroq tasavvur uyğonishi uchun Turkiyada bu miqdordagi pulning qadrini tushuntirib o'taman.

3000 TL topishiz uchun 4 kun 10 soatdan ishlashingiz kerak.

3000 TL ga 4 kilodan ortiqroq suyaksiz mol go'sht olishiz mumkin.

3000 TL ga qish mavsumida 2 yoki 3 xonali uyingizni bir oylik gaz to'lovini qilishiz mumkin.

Turkiya kundaligi

15 Jan, 10:36


Eslatma: bugun soat 21:00 da yangi ochilgan guruh bilan 1-darsimizni boshlaymiz. Bu guruh noldan boshlaydi. Guruhda joy bor. Guruhga qo'shilmoqchi bo'lsangiz @sherdav_aloqa manzilidan yozing!

Turkiya kundaligi

14 Jan, 09:07


Eslatma: turk tili onlayn kursda ertaga soat 21:00 da yangi ochilgan guruh bilan 1-darsni o'tamiz. Bu guruhni darslari dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 21:00 da.

Guruhga qo'shilish uchun
@sherdav_aloqa manzilidan yozishingiz mumkin.

Bundan tashqari, A2 va B1 ni boshlagan guruhlar ham bor.

Turkiya kundaligi

13 Jan, 19:28


ChatGPT bilan gurunglashib turgandik. Nomzodlarning "Turkiye Bursları" va "Green Card"ni yutish ehtimolini so'rab ko'rdim.

Quyidagi skrinshotlarda ko'rib turganizdek, "Türkiye Bursları"ga ariza topshirgan nomzodlarning yutish ehtimoli 2-3 foiz ekan. "Green Card"da esa bu ehtimollik 1-2 foiz.

Bu dasturlarga O'zbekistondan ariza topshirganlarni yutish ehtimoli esa, "Türkiye Bursları"da 1-5 foiz, "Green Card"da esa 1 foiz atrofida ekan.

Bu degani "Türkiye Bursları" dasturiga ariza topshirgan har 100 kishidan 5 tasi bu grantni yutishi mumkin, "Green Card"da esa 100 kishidan bir kishi.

Har holda "Green Card"dan ko'proq ekan, imkoniyat.

"Türkiye Bursları"ga O'zbekistondan ariza topshirganlarning yutish ehtimoli 2015-yildan 2024-yilgacha qanday bo'lganini ham so'rab ko'rdim. Qiziq, bu yillar davomida ham nomzodlarning yutish ehtimoli 5 foiz ekan, ya'ni 100 kishidan 5 kishi.

Shunaqa gaplar...

Kanalga ulanish: @sherzoddavlatov

Turkiya kundaligi

11 Jan, 10:54


#TürkiyeBursları #TurkiyaBurslari #TurkiyaGrantlari #TürkiyeScholarships

Turkiya Grantlari dasturining qabul taqvimi quyidagicha:


- Ariza topshirish 10-yanvardan 20-fevralgacha davom etadi(20-fevral kuni ham).
- Nomzodlarning arizasi mart, aprel va may oylarida körib chiqiladi.
- Arizasi grant dasturiga ma'qul körilganlar iyun va iyul oylarida muloqotga taklif qilinadi
- Muloqotdan keyin natijalar avgustning birinchi yarmigacha ochiqlanadi.
-Grantni qölgan kiritgan nomzodlarning visa kabi hujjatli ishlari avgustning ikkinchi yarmi va sentabr oyining yarmigacha davom etadi.
-Grantni qölga kiritgan nomzodlarning Özbekistondan Turkiyaga yöl olishlari sentabr oxiri va oktabr yarmigacha amalga oshadi.

Bu taqvimdagi muddatlar özgarishi mumkin. Vaziyatga köra kechikishlar ham bölishi mumkin.



Yuqoridagi taqvim 2 yillik texnikum, bakalavr, magistratura va doktorantura qabullariga tegishli. İlmiy izlanuvchilar uchun möljallangan grant dasturi qabul taqvimi farqli.

Grant dasturi haqidagi aniq va tushunarli ma'lumotlar keyingi postlarda...

Kanalga ulanish: @sherzoddavlatov
Boğlanish: @sherdav_aloqa

Turkiya kundaligi

11 Jan, 10:32


#TürkiyeBursları #TurkiyaBurslari #TurkiyaGrantlari #TürkiyeScholarships

Turkiya Grantlari dasturiga arizalar qabuliga start berildi.

Nomzodlar quyidagi darajalar böyicha bu grant dasturiga ariza topshirishi mumkin.

- 2 yillik kasbiy ta'limda(texnikum)da öqishni xohlaganlar
-Bakalavr darajasida öqishni xohlaganlar
-Magistratura darajasida öqishni xohlaganlar
-Doktorantura darajasida öqishni xohlaganlar
-Va ilmiy izlanuvchilar


Nomzodlar yuqoridagi yönalish va darajalarga ariza topshira olishlari uchun yosh me'zonlari talabiga javob berishi kerak. Köpincha bu grant dasturiga ariza topshirayotganlar yosh borasida ikkilanishadi. Yoshingiz töğir kelish kelmasligini quyidagi tushun tirishda aniqlab olishingiz mumkin

- 2 yillik texnikum uchun nomzodlar 01.01.2004 va undan keyingi sanalarda tuğilgan bölishi kerak. Misol uchun 01.02.2004. Lekin sizni tuğilganlik sanangiz 01.01.2003 yoki 30.12.2003 kabi bölmasligi kerak.

- Bakalavr darajasi uchun nomzodlar 01.01.2004 va undan keyingi sanalarda tuğilgan bölishi kerak. Misol uchun 01.02.2004. Lekin sizni tuğilganlik sanangiz 01.01.2003 yoki 30.12.2003 kabi bölmasligi kerak.

- Magistratura darajasi uchun nomzodlar 01.01.1995 va undan keyingi sanalarda tuğilgan bölishi kerak. Misol uchun 01.02.1995. Lekin sizni tuğilganlik sanangiz 01.01.1994 yoki 30.12.1994 kabi bölmasligi kerak.

- Doktorantura darajasi uchun nomzodlar 01.01.1990 va undan keyingi sanalarda tuğilgan bölishi kerak. Misol uchun 01.02.1990. Lekin sizni tuğilganlik sanangiz 01.01.1989 yoki 30.12.1989 kabi bölmasligi kerak.

- İlmiy izlanuvchi grant dasturi uchun nomzodlar 01.01.1975 va undan keyingi sanalarda tuğilgan bölishi kerak. Misol uchun 01.02.1975. Lekin sizni tuğilganlik sanangiz 01.01.1974 yoki 30.12.1974 kabi bölmasligi kerak.



Grant dasturi haqidagi aniq va tushunarli ma'lumotlar keyingi postlarda...

Kanalga ulanish: @sherzoddavlatov
Boğlanish: @sherdav_aloqa

Turkiya kundaligi

08 Jan, 23:38


Topdim! Turk tili kursimni birinchi e'lonini 2020-yil 21-dekabr kuni bergan ekanman va 1-darsni 2021-yil 3-yanvarda boshlagan ekanman.

Eng qizig'i, bu muddatdan beri 1 oy tugul bir hafta ham dam olmagan ekanman. Kurs 4 yildan beri uzluksiz davom etib kelayotgan ekan.

Bu orada aytib o'tay, kursning eski qatnashuvchilari va ayni kunlarda kursda o'qiyotganlardan kurs haqida ANONİM so'rovnoma olish niyatim bor. 3 daqiqangizni ayamaysiz, degan umiddaman. So'rovnoma butunlay ANONİM o'tadi.

Turkiya kundaligi

08 Jan, 13:30


Aytishni unutibman, A2 ni boshlayotgan va B1 ni boshlayotgan guruhlarga ham qabul ochiq. Agar quyi darajalarni yaxshi o'zlashtirgan bo'lsangiz yuqori darajadagi guruhlar bilan davom etishingiz mumkin.

Turkiya kundaligi

08 Jan, 12:34


Turk tili kursida yangi ochilayotgan guruh e'loni:

Dars kunlari dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 21:00 da. Darslar 2 soat davom etadi.

Darslar Zoom platformasi orqali onlayn formatda bo'lib o'tadi. Har dars videosi yozib olinib(zapis qilinib) guruhga tashlab boriladi.

Guruhga yozİlish uchun
@sherdav_aloqa manzili orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Turkiya kundaligi

07 Jan, 08:17


Turkiyaning Karabuk Universitetida(o'zim o'qigan universitet) bahorgi semestr uchun magistratura va doktorantura qabullari ochildi. Ariza topshirishning oxirgi kuni 13-yanvar Toshkent vaqti bilan 19:30.

Qabul qilingan nomzodlarning universitetga shaxsan kelib hujjatlarining asli bilan ro'yxatdan o'tish muddati 31-martgacha.

Arizalar onlayn qabul qilinadi.

Ba'zi yo'nalishlar qabulida nomzodlar bilan onlayn suhbat o'tkazilishi mumkin.

Hujjat topshirish jarayonida turk tili sertifikati talab qilinmaydi.

Kontrak narxlari yo'nalishlarga ko'ra yillik 800-1500 dollar oraliğida
.

***
Bu safargi qabulda topshirishni tavsiya qilaman. Odatda universitet qabulini ochganidan keyin qabul qilingan nomzodni shaxsan o'zi kelib hujjatlarini asli bilan ro'yxatdan o'tishiga nari borsa 1 oy muddat berar edi. Bu yilgi qabulda esa sal kam 3 oy muddat berildi. Hujjatingizni topshirib qabul qilinganizdan keyin ishlaringizni hal qilib, moddiy tomonlama yiğinib kelishizga yetarli muddat. Bu shaxsiy tavsiyam.

@sherzoddavlatov

Turkiya kundaligi

05 Jan, 14:18


Turk tilida zamon qöshimchalari

@sherzoddavlatov

Turkiya kundaligi

05 Jan, 11:59


Canvada ishlamaganimga ancha bo'libdi. Ba'zan soatlab o'tirib biror grafika qilsam yoqmasa ham vaqtimga achinmayman. Bu safar ancha yaxshi ketyapti. Maza qilib tayyorlayapman. Turk tilini o'rganayotganlar uchun yaxshigina qo'llanma tayyorlayapman.

Qo'shiq esa "gaz berib turishi uchun" orqa fonda. Qo'shiqqa gap yo'q.

Qo'llanma yaqin soatlarda tayyor bo'ladi.

Turkiya kundaligi

27 Dec, 07:49


Bugun 18:30 da noldan boshlaydigan A1 guruhning 1-darsi bo'lib o'tadi. Guruhga qo'shilishga ulgurmaganlar bo'lsa @sherdav_aloqa manzili orqali yozishlari mumkin

Turkiya kundaligi

25 Dec, 12:17


Turkiyaning önlab yillar davomida chet elga köngilli elchilar yetishtirib chiqaradigan juda keng qamrovli grant dasturi bölgan ''Türkiye Bursları'' dasturining 2025-yilgi qabuli yaqinlashmoqda.

Bu dasturdan xabari bölmaganlar uchun qisqa ma'lumot berib ötyapman. Bu dastur Turkiyaning bir nechta tegishli davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan moliyalashtiriladigan va grant yutgan nomzodlarning öqishini boshlashidan tugatguniga qadar deyarli pul sarflatmaydigan töliq grant dasturidir. Bu grant dasturiga 21 yoshdan oshmagan nomzodlar bakalavr darajasiga, 29 yoshdan oshmaganlar magistratura darajasiga va 35 yoshdan oshmaganlar esa doktorantura darajasiga hujjat topshirishlari va qaysidir ma'noda omadini sinab körishlari mumkin. Dastur quyidagi imkoniyatlarni qamrab oladi.

- Nomzod bu grant dasturiga qabul qilinsa Özbekistondan Turkiyaga kelish aviachipta harajati, til kursi harajati, yotoqxona harajati, öqish harajati, öqishni bitirguniga qadar oylik belgilangan stipendiya va öqishi tugab öz davlatiga qaytishi uchun aviachipta harajatini qamrab oladi.

2025-yilgi qabul 10-yanvarda ochiladi va 20-fevralgacha davom etadi. Arizalar turkiyeburslari.gov.tr sayti orqali onlayn qabul qilinadi. Javoblar 2025-yil 15-iyul 15-avgust oraliğida ochiqlanadi.

Kerakli hujjatlar quyidagi linkda.

Bakalavr darajasiga ariza topshiradigan nomzodlardan talab etiladigan hujjatlar — KO'RİSH

Magistratura darajasiga ariza topshiradigan nomzodlardan talab etiladigan hujjatlar —:KO'RİSH

Doktorantura darajasiga ariza topshiradigan nomzodlar uchun magistratura darajasiga ariza topshiradigan nomzodlardan talab qilinadigan hujjatlarga qo'shimcha tarzda magistratura diplom va ilovasi ham so'raladi.

Turkiya kundaligi

25 Dec, 11:41


Agar TYS imtihoni to'lovini Turkiyadagi biror tanishingiz orqali qilayotgan bo'lsangiz quyidagilarga e'tibor qarating:

• Turkiyada turib istalgan bankdan to'lov qilishlari mumkin yoki telefonidagi har qanday bank ilovasi orqali

• To'lov dollar hisobida emas, turk lirasi hisobida qilinishi kerak.

• Turk lirasidagi to'lov miqdori 2820 TL

• To'lov qilinayotganda "Açıklama" qismiga imtihonga kiradigan kishining İsm familyasi, İD raqami va "ÖZBEKİSTAN TYS SINAV ÖDEMESİ" deb yozishi kerak.

Turkiya kundaligi

25 Dec, 11:25


Muhim!

"TYS" imtihoni uchun ro'yxatdan o'tayotgan nomzodlar,
27-dekabr Toshkent vaqti bilan soat 22:00 gacha ro'yxatdan o'tish jarayonini yakunlang! To'lov cheki(dekont) rasmini ham shu kun va shu soatgacha saytga yuklang!

To'lov qilayotganda to'lov tafsiloti qismiga İsm familyangiz, İD raqamingiz va "ÖZBEKİSTAN TYS SINAV ÖDEMESİ" deb yozishni ham unutmang!

Agar to'lov qilgan bo'lsangiz, lekin chekini saytga yuklamasangiz, yoki ro'yxatdan o'tish jarayonini 27-dekabr Toshkent vaqti bilan 22:00 gacha tugatmasangiz to'lovingizni qaytib ololmasligiz mumkin. Bunga e'tibor qarating!

Turkiya kundaligi

24 Dec, 13:12


2025-yildagi xorijiy til darajasini aniqlash imtihonining turk tili imtihoni sanalari.

Eslatma: Yuqorida "TYS"ning yil yakunigacha bo'lgan imtihonlar taqvimi berilgan. "Milliy Sertifikat"ning birinchi yarim yillikdagi taqvimi berilgan.

Kanalga ulanish:
@sherzoddavlatov

Turkiya kundaligi

22 Dec, 12:08


Turk tili onlayn kursda oqshom 18:30 dagi guruh darslari yaqin kunlarda boshlanadi. Joylar to'lib bormoqda. Eslatib o'tay, 2025-yildan boshlab ochiladigan guruh darslari oylik to'lovi 400 ming so'm bo'ladi. Hozirda 350 ming so'm. 2024-yilda ochilgan guruh narxi 2025-yilda ham o'zgarishsiz saqlanib qoladi.

Bu yilgi oxirgi guruhga yozilib qoling! Batafsil ma'lumot uchun @sherdav_aloqa manzilidan yozing!

Turkiya kundaligi

19 Nov, 20:41


#xorijiystajirovka
Koʻpchilik soʻragan narsani sizlar bilan ham boʻlishdim. Hozirgi vaqtda ta'limda stajirovka masalasi suv bilan havodek boʻlib turgan bir vaqtda yangilikning yaxshisi baribir yaxshida.

Turkiya, Karabük Üniversitetida 15 kundan 1 oygacha almashinuv va tadqiqot olib borish uchun stajirovka!

🎓 Kimlar qatnasha oladi?

Magistratura, PhD bosqichi talabalari,
universitet oʻqituvchilari, tadqiqotchilar.


🔖 Qanday imkoniyatlar mavjud?

Eng ilg'or ilmiy tadqiqot markazlarida tadqiqot olib borish
Yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlangan labaratoriyalarda tadqiqot olib borish yoki o'tkazish
Stajirovka davomida yuqori natijalarga erishgan talabgorlar Karabük Üniversiteti ilmiy jurnallari va to'plamlarida maqolalari chop etish



🗓 Qabulning so'nggi kuni har oyning 20-sanasi.
Murojaat uchun: @NUMONNASR

@NumonNasrullayev

Turkiya kundaligi

19 Nov, 13:25


ikki oy böldi Özbekistondaman. Qaytib ketish oldi yana bir bor taassurotlarni yozib ötay dedim.

Juda kichik maishiy xizmat turlarida ham tanish-bilish bölmasa ishingiz yo yaxshi bitmaydi, yoki umuman bitmaydi. Bu xizmat uchun pul tölagan bölsangiz ham. Misol uchun, restoranga pul tölab ovqat yemoqchi bölsang, tanishing bölsa yaxshi joydan joy olib qöyishi mumkin yoki yaxshi xizmat körsatilishi mumkin. Tanishing bölsa shaharlararo sayohatingda yaxshi transport topishing yoki yaxshi joydan joy ololishing mumkin. Bölmasa yöq. Bu kabi holatlar köpincha viloyatlardaligimda sezildi.

Bundan tashqari ovqatlanish va mehmonxona xizmat sektori juda ayanchli holda. Özimni soham shu bölgani uchun asablarim yiğlab yubordi. Yuqori saviyaga ega mehmonxona yoki restoranlarning aksarida ahvol unchalik ayanchli emasdir, lekin örta segment xizmat körsatish sektori botib ketgan.

Bir-ikki kun Buxoroda böldim. Turistik joylarini kezib yurganimda bir turk bilan suhbatlashib qoldim. Ösha joylardan dökon sotib olib gilam sotayotgan ekan. Özini Antalyada mehmonxonasi ham bor ekan, bir nechta loyihalar uchun Buxoroga kelgan ekan. Aytishi böyicha Buxoroda havo shari xizmatini olib kelmoqchi ekan. Gap orasida kafe va restorandagi xizmatlar borasida gap ketdi. ''Tört kishi ötiribmiz choy olib keldi va shakar solib aralashtirish uchun hammamizga bitta qoshiq berdi. İndamay turib ketdim.'' deydi.

Öz közim bilan kördim, odamlar ba'zan körinishi binoyidek bölgan kafelarga kirganida yonida bakal bilan qoshiq olib kelganini. Bekorga odamlar ''E u yerdan yema zaxarlanib ölasan.'', yoki ''Men köchadan ovqat yemayman.'' deyishmaydi. Yana bir hayron qolgan narsam, yaxshigina körinishidan yaxshigina bir marketda sotilayotgan kefirning amal qilish muddati yöq. Lekin sotilyapti. Dökon egasidan ''Nega buni amal qilish muddati yöq'', desam, ''E siz nima deyapsiz sveji bu'', deb qöyadi. ''Xohlasangiz yeb köring, buzilgan bölsa olmaysi'' dedi. Vaholanki u kefir qadoqlangan va savdo belgisi bosilgan. Bular mayda va oddiy narsalardir, lekin...

Post oxirida kayfiyatni kötaray. Qöshiqlarga gap yöq. Estrada yönalishidagi bir qöshiqdan parcha keltiraman. Esda qolganicha.

''Meni kambağal deb boyni tanlading,
Nima boyniki boshqachami?
Kambağalni eshik qisganmi?''

Turkiya kundaligi

13 Nov, 14:26


Yine yıllardır tosunla aralıksız iş başındayız.

Bu ekmek teknem bu sefer memlekete geldiğinde benim gibi beyninden hasarlar gördü. Üç buçuk yıl her gün sekiz saat açık olsa da ben yoruldum demedi ve tıkır tıkır çalıştı. Ama bir ay önce üstüne su döküldü ve dokunmatik fare yeri çalışmayı durdurdu. Maalesef zaman geçince yavaş yavaş beyni de hasar görmeye başlıyor ve bazen kendi kendine kapanıyor.

Turkiya kundaligi

10 Nov, 20:29


TURK TİLİDAN DARS O'TAYOTGANİNİ BİLDİRİSH UCHUN REKLAMA BERAYOTGAN USTOZLAR, EHTİYOT BO'LİNG!

BU OLDİNDAN DARS O'TİB KELAYOTGAN USTOZLAR VA KURSİMNİ YAKUNLAB O'ZLARİ HAM DARS O'TİSHNİ BOSHLAGAN USTOZLARGA HAM "NAÇİZANE" TAVSİYAM. "UCHAMAN" DEB YUZİNGİZ BİLAN YERGA YOPİSHİB QOLMANG!

O'QUVCHİ JALB QİLAMAN DEB O'ZİNGİZ HAM İSHONMAYDİGAN VA'DALARNİ BERİB HAMMA JOYNİ BULG'AMANG!

Turkiya kundaligi

10 Nov, 20:12


Diqqat! Qo'shiqda haqorat va so'kinish so'zlari bo'lishi mumkin.

Yuqoridagi ikki post bu qo'shiqni eshitgan holda o'qishlik tavsiya qilinadi.

Qo'shiqni eshitadiganlar uchun har ehtimolga qarshi "+18" yozuvini yozib qo'yyapman. Chunki, noto'g'ri talqin qilinish ehtimoli bor.

Qo'shiq nomi "Paranın namına" (Pulni deb...).

Turkiya kundaligi

10 Nov, 19:10


2020-yil dekabr oyida psixolog xonim (https://t.me/sarvinoz_omonova)bilan suhbatlashib o'tiribmiz. Turkiyada pandemiya davri. Uydan chiqib bo'lmaydi. Non yeyish kerak. Orada ish borasida suhbat ketdi. Psixolog xonim pul topish uchun qo'lizdan keladigan eng kamida 3 hunarizni qoğozga yozing, dedi. Endi bularni orasidan ayni kunlarda qila olishiz mumkin bo'lgan ikkitasini ajratib oling, dedi. Bittasi oyiga 150 dollardan to'lab yetti oy davomida o'rgangan turk tilimni biror kishiga o'rgatish va ikkinchisi İstanbulga borib girgittonlik(ofitsiantlik) qilish edi. O'sha damda pandemiya. Bundan tashqari 2019-yilni yozi va qishi, 2020-yilni yozi girgittonlik qilib vaqt o'tdi. Qarayapman, men bu kasb bilan shug'ullansam yo u-bu kim bilan, yoki o'zim bilan urushib qolyapman.

Qisqasi, elangan ikki hunardan bittasi o'zim o'rgangan turk tilini boshqasiga o'rgatib "non yeyish" varianti tanlab olindi. Bir-ikki kundan keyin psixolog xonimga "Shu variant "vigitni" ekan", dedim. O'ylanib turib "Bugun munajjimlar bashoratida o'qib qolgandim, shu kunlarda qabul qilgan qaroringiz uzoq muddatli boladi. Misol uchun uchun, shu kunlarda tanlagan kasbiz kamida 20 yil davom etadi", deb qoldi. Aniqrog'i, "Munajjimlar bashoratida shunaqa yozilgan ekan", deb qoldi. Keyin kanalda turk tilidan kurs e'loni berdim va kutilmaganda 25 kishi kursga yozildi. U vaqtlar kompyuterim tugul, dars o'tishga yaraydigan texnikam ham yo'q edi. Xonadosh Oyatillo ukamizni kompyuterini olib dars o'tishni boshladim. Bir oy o'tib peshona teri bilan topilgan pullarga planshet olib planshetda dars o'tishda davom etdim. 1 yildan keyin kompyuter olib, unda o'tishni boshladim.

Bu orada İstanbulga borganimda Nu'mon ( https://t.me/NumonNasrullayev) bilan ko'rishib bir choyxonada suhbatlashdik. Suhbat davomida "Hozirgi ishizdan yuqoriroq ishga loyiqsiz. Shu ishni qiling!", deb turk tilidan dars o'tishni tavsiya qilgan edim. Chunki, bu kursni "tilchi" o'tmasa kim o'tsin dedim, o'zimga o'zim. Shundan beri Nu'mon bilan darsdagi kulgulu, asab buzar va yoqimli onlarni muhokama qilib o'tiramiz.

Bu orada, psixolog xonimni gaplariga farishtalar omin deb yuborganmi, deyman 4 yildan beri o'qituvchi deb ataluvchi sharafli kasbni nonini yeyapman. Xayrlisi...

Aytgandek, anaqa, fantastik reklamalarni ko'rib o'sha fantastik o'qituvchini ham bir suhbatini oling, iltimos. Menga ham qiziq — turk tilini Nu'mon aytganidek, ona qornida o'rganibdimi yoki "ikra"ligidami?!

Turkiya kundaligi

10 Nov, 18:58


Assalomu alaykum

📝Turk tilini oʻrganish boʻyicha bugungi kunda oʻrgatuvchi va kurslar koʻpayib ketdi. Bu, albatta, yaxshi holat. Ya'ni, men shundayligiga ishongim keladi.

Yaqinda bir reklamani menga yuborishdi, oʻqib koʻrsam, "30 yillik tajriba ega ustozlar" - deb yozishibdi. Ustozning oʻzi 25 yoshda, boringki 30 yoshda, mayli 35 yoshdadir. U qachon turk tilini o'rgandi-yu, qachon dars berishni boshladi? Mening hisobim boʻyicha enasining qornida turk tilini oʻrganib, tugʻilishi bilan oʻqitishni boshlagan-da a!?

Yana bir xabarni oʻqib qoldim, "Oʻn minglab oʻquvchilarni natijaga olib chiqqan ustoz". Men 3,5 yillik turk tili boʻyicha onlayn kurs oʻtishim davomida butun oʻquvchilarni yigʻib chiqsam zoʻrgʻa 500'taga boradi yoki bormaydi. Shulardan 20 foizi ya'ni 100 kishi sertifikat olgan boʻlsa men uchun juda katta natija.
Oʻzi bugun Oʻzbekistonda turk tilidan haqli sertifikatga ega odamlar oʻn minglab emas, oʻn mingtani oʻzida chiqadimi?

Eng meni azoblagan xabar, "Bir oyda B2 darajaga olib chiqib qoʻygan shogirdim" - degani boʻldi. Gapning ochigʻi mening oʻzim hozir oʻtirib bir kishi bilan har kuni 5-6 soat turkcha individualni shugʻullansam 15 kundan keyin miyam tormiz boʻlib qoladi. 😊Men yoki robot emasman, yoki ular inson emas robot.

Qiziqib birisining darsiga kirib koʻrdim. Oʻzbek alifbosini toʻgʻri ayta olmagan odamni koʻrib toʻgʻrisi gʻijinib ketdim. Chidab, darsda kuzatib oʻtirdim. Mikrofonimni ochishni soʻradim, ammo, ochmadi. Ochganda bormi!? "Rahmatlarimni" boʻgʻziga tizib qoʻyar edim! 😊

📌Men aslo va aslo oʻzimni kamchiliksiz birisi sifatida baholamoqchi emasman. Men oʻqituvchi va turk tilini oʻrgatuvchi sifatida hurmat qiladiganlarim va shaxsan taniydiganlarim Sherzod Davlatov, Gʻulomjon Sobirov va umrimda koʻrmagan, tanishmagan boʻlsam ham Ulugʻbek Hoca degan kishi.

Men kurs ochishimni va bu ishda mening oʻrnim bor ekanligini Sherzod menga aytgan, sogʻ boʻlsin. Ammo, uning ham kamchiliklari yoʻq emas. Yuziga aytaman doim va buni u ham menga ayta oladi. Gʻulomjon Sobirov ham hali turk tilida juda koʻp narsalar borligini biladi, biz ham bilamiz. Lekin, "voy" deysizmi, "dod" deysizmi oʻsha odam turk tilini Oʻzbekistonda yoyilishi va oʻsishida katta hissa qoʻshib kelyapti va bu ishda Alloh madadkor boʻlsin. Alloh ajrini bersin. Ammo, fikrlarga ochiq, mushohadali hurmatim cheksiz inson.

Ulugʻbek Hoca nega yaxshi degan fikrdaman? Chunki, menga kelgan bir ikkita oʻquvchilar bazi darajalarni oʻsha oʻqituvchida oʻqigan ekan. Va til mohiyatini yaxshi anglab olishibdi. Yodlab emas, his qilib, anglab olishibdi. Bundan tashqari yana boshqa kelgan oʻquvchilari bilan suhbatimda samimiyati haqida ham aytishdi.


Men bilmagan va tanimagan turk tilidan oʻqituvchilik qilayotgan va tilni chin mohiyatini sevdirayotganlar ham borligiga ishonaman. Ular bilan tanishishni ham istayman. Kim oʻzarga emas, til ta'limi xususida mulohazalari menga qiziq.

❗️Men haqli ravishda oʻz kamchiliklarim va tajribalarimni boshqalar bilan muhokama qilish hamda ulardan oʻrganishga ochiq insonman.

🎯Nima demoqchiman?
Biroz mantiqli fikrlang!
Nafaqat turk tili, bir tilni oʻrganishda ustozni toʻgʻri tanlash juda-juda muhim. Siz yoki u tilni sevasiz yoki oʻsha tildan bezib ketasiz!

Xoʻsh sizning bu boradagi fikrlaringiz qanday?

@NumonNasrullayev

Turkiya kundaligi

08 Nov, 21:46


Har O'zbekistonga kelganimda Abdulla Oripovni o'sha mashxur satrlari esimga tushaveradi:

"Tuxumdan chiqdi-yu, keltirib uni,
Shu loyqa hozuvga tomon otdilar.
Tashlandiq ushoq yeb o'tadi kuni,
Xor-u, xazon ustun yopdilar.

Dunyoda ko'rgani shu tor hovuzcha,
Va mudroq tollarning achchiq xazoni.
Menga alam qilar, tilla baliqcha,
Bir ko'lmak hovuz deb bilar dunyoni..."

***

"Deydilar it hurar, o'tadi karvon,
Ranju balolardan yonmasin diling.
Lekin alam qilar bir umr giryon,
İtlar orasida o'tsa karvoning.".

Turkiya kundaligi

04 Nov, 12:56


Turk tili onlayn kursda noldan boshlayotgan guruh ochilmoqda.

Yangi ochilayotgan guruh darslari dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 18:00 dan 20:00 gacha davom etadi. Guruhga qo'shilish va batafsil ma'lumot uchun
@sherdav_aloqa manzilida yozing!

A2 ni boshlayotgan va B2 ni boshlayotgan guruh ham bor. Quyi darajalarni tizimli va sifatli o'rgangan bo'lsangiz bu guruhlarda darslarni davom etishingiz mumkin.

Turkiya kundaligi

01 Nov, 15:00


Bir oycha oldin nikohni ro'yxatga olishlari uchun tibbiy ko'rikka borgandim. O'sha payt shifokor qabulidagi navbatga turish holatidan rosa tepa sochim tikka bo'lgandi. O'sha mavzuda yozaman deb yurgandim. Bu holatni bundan ortiq chiroyli ifodalab bo'lmas ekan.

Turkiya kundaligi

30 Oct, 18:30


Bir o'rtog'imiz obdon so'rab qoldi: "Turkiyaga qanday borsak bo'ladi?", "İsh bormi?", "Kimlik bermayotgan ekan...Qanday olsak bo'ladi?", deb. Menam obdo-on tushuntirganimdan keyin "Bo'ldi. Kreditim bor, o'shani to'lab olay keyin menam "suraman"", deb qoldi. Menam "Xo'p", deb xayrlashdim.

Aytgandek, davlat ishida ishlab "KİA", "Chery"larni qanday olyapsilar o'zi?

Turkiya kundaligi

09 Oct, 20:52


Qolib ketibdi:

• Xitoy bozori (uyat bo'lsa ham aytay), trustigimiz ichigacha kirib kelibdi.

Turkiya kundaligi

09 Oct, 20:42


Naqt 3 haftadir O'zbekistondaman. Lekin, biologik soatim hali ham Turkiya bo'lib yotibdi. Darslarimni 23:30'da o'tib bo'laman. Turkiya vaqti bilan esa 21:30'da o'tib bo'lardim. Darsdan keyin miyam kamida ikki soat aktiv holatda turadi. O'zbekistonda esa zo'rg'a 02:00 da uyqu kelyapti.

Taassurotlar "qirqyuzta":

• Oilalar faravonligi ortgan. Oldin biror kishini eshigi oldida "Cobalt" ko'rsak "Vo-o!", deb qo'yardik. Hozir uch xonadondan birida inamarka. Yoki, inamarkaga to'lov qilib qo'ygan. "Cobaltlar" mensinmayapti.  Nolimang! Nolimoqchi bo'lsangiz kredit olish uchun sizni hech kim majburlamaganini o'ylab ko'ring. "Majburlikdan oldik-da", desangiz kapitalizm davriga xush kelibsiz. Kapitalizm majburlamaydi, kapitalizm nafsingiz, qog'ozga o'rasak ehtiyojlaringizni qondirish istagi orqali burningizga ilmoq taqadi.

• Ovqatlanish joylarida xizmat ko'rsatish standartlardan juda pastda. Restoran xizmatlari bozori bo'sh. Raqobat deyarli yo'q. Hozirgi holatingizni raqobat o'chog'i bo'lib ketgan desangiz Turizm "bulog'i" Turkiyaga borib restoranlarni bir kuzating — "Eh-he! Bizda hali bu bozor stadion bo'lib yotibdi ekan", deb yuborasiz.

• Ayniqsa viloyatlarda ovqat va oziq-ovqat yetkazib berish xizmatini yo'lga qo'ygan ishbilarmon gullab yashnaydi. Toshkentda bu bozorlarni deyarli egasi bor. Viloyatdagilar, gigantlar kirib kelmasidan qamchini urib qoling!

• Yo'l qoidalari borasidagi madaniyat o'sha-o'sha. Sal kam ikki haftadir motosiklda yuribman. Ba'zan 4 g'ildirakli ulovlarga yo'l berib to'xtab tursam hayron bo'lib tushunmay turishibdi. Piyodalar holati esa undan ham battar. Ulov ko'rsa ajalini ko'rgandek yugurib o'tishadi. Ko'chaning egasi avtoulov, degan yozilmagan qonun bordek tuyuldi

• "My.gov", ishoning Ozbekistondagi byurokratik maydonni 50 foizga osonlashtiribdi. Qoyil! Bor ekan-ku, deb yubordim.

Hozircha shular... Yashasak ko'raveramiz.

Turkiya kundaligi

03 Oct, 06:19


Turk tili onlayn kursda kechgi guruh so'raganlar diqqatiga, kechgi guruh ochilyapti.

U guruhni darslari seshanba, payshanba va shanba kunlari soat 21:00'da.

Guruhdan joy olib qo'yish uchun @sherdav_aloqa manzilidan yozing!

Guruhda joylar soni chegaralangan.

Turkiya kundaligi

28 Sep, 14:49


Turk tilini noldan o'rganib boshlagan guruhda joy bor. Darslari seshanba, payshanba va shanba kunlari soat 18:30 da.

Guruhga qo'shilmoqchi bo'lsangiz @sherdav__aloqa manzilidan yozing!

Turkiya kundaligi

22 Sep, 18:42


Surxonimga qarab yo'lga cbiqqandim. Boysundagi gaz quvuri portlagan joyni 20 km (!) uzoqlikdagi trassasidan o'tdim. Gaz hidi shundoqqina dimog'ingizga uriladi. Boshimda birdaniga og'riq turdi. Atrofdagi aholiga achinib kettim. Haftalardir shu havodan nafas olayotganini tasavvurimga sig'dirolmadim. Juda ayanchli.

Turkiya kundaligi

22 Sep, 11:55


Do'stlar, kelishib olaylik, yoki izohli luğatini yozing!

Bir akamiz "Hozir kelaman", deb ikki soatdan keyin keldi. Bittasidan yo'l so'ragandim "Hu uyog'da", degan joyigacha ikki kilometr yurib bordim.

Yordamlashinglar endi luğat borasida.

Masofa:

Hu uyog'da — ?
Mana mana shu yerda — ?
Uzoq emas — ?
Oz qoldi — ?
Hech qanchamas — ?
Piyoda borsangizam bo'ladi — ?

Vaqt:

Beshshsh minutda boraman — ?
Bir soatga qomay... — ?
Hech qancha vaqt olmaydi — ?
Hoz boraman — ?

Turkiya kundaligi

21 Sep, 17:26


Toshkent va Özbekistondagi boshlanğich kunlar taassuroti

Özgarıshlarnı albatta Toshkent mısolıda aytıshım mumkın. Vıloyatga halı bormadım. Vıloyatda vıloyat markazıdan tashqarı tumanlarida bölishi mumkin bölgan özgarishlar juda sekin yuz beradi.

Bu safar kelganımda Toshkent juda sokın va tınch shaharlıgını hıs qıldım. Elektormobıllar va daraxtlar salmoği sababli bölsa kerak. Kelganimdanoq shamollab quloq burnim bitib ovozlarni yaxshi eshitmaganımdan ham balki shunaqa tuyulgandir.

Kelishimni ikkinchi kuniyoq ishim bitishi uchun pora sörash holati yuz berdi. Davlat idorasida. Qayerda va nima uchunligini yozib ötirmayman.

Shahar ichidagi yöllar juda keng. Yöldagi ‘’palasalar’’ juda-juda keng. ‘’Pravasi’’ yöq kishilar ham amallab odam urib yubormasdan haydaydigan darajada keng. Agar sizga bu yöl ham tor va tirbant tuyulsa İstanbulga borib avtobusga minib shafyor oldida 5 daqiqa turing, shafyor shumaher ekan deb yuborasiz   

Yuqorida yozganimdek shaharda ruscha bilmasang yura olmaydigan darajada köp ruscha qöllanilyapti ekan. Ruscha gaplashayotgan va özbekcha gapirsangiz közingizga qarab jumlasini yana takrorlayotganlar aksari yosh yigit-qizlar  Hech birovlarni ayblab boshqalardan öpkalamang. Besh-ön yil oldin ‘’Bolamni rus maktabga beray ruscha örganadi. Yaxshi öqiydi’’, degan gaplarizni eslang. Ösha ekkan uruğlariz meva beryapti. Rus zabonlilar katta qatlam orasida köpayyapti desangiz adashasiz. Ularning aksari ruscha gapirganda özbekcha gapirsangiz tushunishadi va özbekcha gapirishadi. Meni közimga tashlangan qatlam esa yoshlar böldi.

Shahar haqiqatda zamonaviylashish yölida. Juda chiroyli mashinalar köpaygan. GM mashinalari salmoği shaharda ancha kamaygani seziladi. ‘’Yandex Go’’ga gap yöq. Afsus shunday bozor chetga berib qöyilibdi. Taksi haydovchilari esa har doimgidek jonli ensiklopediya. Har mavzuda fikri bor.

‘’Yozayoz’’, ‘’Yeb yuborgan/ yeb yuboradi’’ jumlalari quloğimga chalingan jumlalar orasida birinchilikda böldi.

Turkiya kundaligi

19 Sep, 08:40


Bugun soat 18:30'da turk tili kursida yangi guruh darslarini boshlaymiz.

Kursga yozilish yoki kursga yozilishdan oldin darsni kuzatish uchun @sherdav_aloqa manzilidan yozing!

Turkiya kundaligi

18 Sep, 12:47


Toshkentdaman. Toshkentda yura olish uchun ruscha va "toshkentchani" yaxshi biladigan tarjimon kerak bo'lyapti. O'zbekcham yetmayapti.

Rasmni postga aloqasi yo'q. O'zbekistondaligim bilinsin deb qistirib o'tdim.

Turkiya kundaligi

14 Sep, 08:53


Bu yangi ochilayotgan guruhga qabul davom etyapti. Guruhdan joy olib qo'ying! Batafsil ma'lumot uchun @sherdav_aloqa manzilidan yozing!

Turkiya kundaligi

13 Sep, 06:27


Turk tili onlayn kursda yangi guruh ochilyapti.

Yangi ochiladigan guruhning dars kuni va soati quyidagicha:

Seshanba — 18:30-20-30
Payshanba — 18:30-20-30
Shanba — 18:30-20-30

Bu guruh darslarni noldan boshlashadi.

Bu guruhda o'qib 3 oyda B1 sertifikat oladigan darajaga chiqishiz mumkin.
4 oyda B2, 5 yarim oyda esa C1 sertifikat oladigan darajaga chiqishiz mumkin.

A1 darajasidan keyin o'tkaziladigan ichki imtihonimizda 90 foizlik natija ko'rsatsangiz kurs oxirigacha har oylik to'lov uchun 100 ming so'mlik chegirmani qo'lga kiritasiz.

Guruhda o'quvchi soni cheklangan. Guruhga qo'shilib joy olib qo'yish va boshqa ma'lumotlar uchun @sherdav_aloqa manzilidan yozing!

(Soat 21:00 dagi guruh hali ochilmadi)

Turkiya kundaligi

07 Sep, 22:28


Yaqinda O'zbekistonga qaytaman. Tayyorgarlik ko'ryapman — "Million" bilan "Bravo"ni ko'ryapman.

Turkiya kundaligi

07 Sep, 11:32


Turkiyaning O'rta Sharq Texnika Universiteti(Orta Doğu Teknik Üniversitesi/(ODTÜ) haqida eshitganlar bordir.

Turkiyada ta'lim olishni reja qilgan aksar kishilarning bir marta bo'lsa ham bu universitetga ko'zi tushgandir. Yillardan beri dunyo bo'ylab eng yaxshi universitetlar ro'yxatida Top1000'talikda joy olib kelayotgan va hozirda Top300'talikda bo'lgan bu universitetda bir-ikki kun oldin bitiruv marosimi bo'lib o'tdi.

Turkiyaning deyarli barcha universitetlarida bitiruv oqshomi katta stadion yoki katta sahnalarda bo'lib o'tadi. Universitetni eng yaxshi baho bilan bitirgan talaba nutq so'zlaydi.

İnternetda kezib yurganimda "ODTÜ"ni bu yil eng yaxshi baho bilan bitirgan talaba Ali Yıldızning nutqiga ko'zim tushdi.

Odatda ODTÜ kabi universitetlarning eng yaxshi ball bilan bitirgan talabaning nutqi Turkiyada bir necha oy muhokama qilinadi.

Ali Yıldız o'z nutqida shu gaplarni aytibdi:

"• Bilim, terakzorda yuzlab daraxtlarni shoshma-shosharlik bilan kesish emas

• Bilim, fikrlari rahbariyat fikri bilan kesishmagan o'qituvchilarni ishdan haydash emas

• Bilim, konstitutsiyaviy haqlarini talab qilib namoyishga chiqqan o'quvchilarni bostirish uchun ustiga politsiya yuborish emas

• Bilim, rahbariyat oldiga e'tiroz bilan borgan talabaning muammosini hal qilish o'rniga talabaga bosim o'tkazish emas

Men 5 yillik olgan ta'limimda shularni tushunib yetdim", deydi Ali Yıldız o'z nutqida.

Bu nima degani bilasizmi? Biz universitetda yo'naltirilgan sohamizda bilim olish o'rniga yillarimizni shu kabi muammolar bilan o'tkazishga sarfladik, degani bu.

Turklarda shunaqa bir gap bor:

"Mamlakatda iqtisodiy muammo bo'lsa hamma iqtisodchiga aylanadi. Mamlakatda siyosat to'g'ri yuritilmasa hamma siyosatchiga aylanadi"

Atrofimizga bir ko'z tashlasak, hamma iqtisodchi, hamma siyosatchi, hamma shifokor, hamma huquq himoyachisi.

Aytgandek, "ODTÜ"ning yaqinda bo'lib o'tgan bitiruv kechasida rektor nutq so'zlay boshlaganda stadiondagi talaba va ularning ota-onalari rektorning nutqini eshitmaslik uchun sahnaga teskari o'girilib hushtak va shovqin bilan norozilik bildiribdi. Rektorning nutqi deyarli hech kimga eshitilmagan.

Turkiya kundaligi

03 Sep, 07:55


Sakarya universitetiga magistratura va doktorantura darajalari uchun hujjatini topshirganimiz nomzodlar, iltimos shaxsiydan menga yozvorasizlarmi. Bugun 1-tur natijalar chiqishi kerak

Yoki e-pochtangizni qarab ko'ring. Qandaydir xabar kelgan bo'lsa skrinshot yuboring menga.

Turkiya kundaligi

02 Sep, 09:40


Turk tili onlayn kursda A2 ni tugatgan guruh bilan bugun soat 21:00'da B1 ni boshlaymiz. Agar A1 va A2 darajasini tugatgan bo'lsangiz B1 guruhga qo'shilib olishiz mumkin. Oktabrdagi imtihongacha B2 yoki C1 ga tayyor bo'lasiz.

Murojaat uchun:
@sherdav_aloqa

Turkiya kundaligi

01 Sep, 09:03


Odatda kursimning 90 foiz qatnashchilari ayol-qizlar bo'ladi. Kuts boshida balans deyarli teng bo'ladi. Keyinchalik kamayib ketadi. Buning sababi ko'pdir. Meni asosiy sabab sifatida ko'rganim esa, erkak kishi uzoq vaqt tizimli ravishda bitta maqsadga e'tibor qaratishi qiyin. O'qimaydi emas, harakat qiladi, xohishi bo'ladi, lekin ish, tirikchilik, turmush, oshna-og'ayni, degandek darsni ko'p qoldiradi va qarabsizki darsni ko'p qoldirgani hisobiga mavzulardan qolib ketib, darajadan darajaga o'tayotgan imtihonimdan o'tolmay qolib ketadi. O'z-o'zidan guruhdagilar saralanib qolib juda kam miqdorda erkaklar va katta qism ayollarimiz qoladi.

Men shu ayol-qizlarimiz yuqoridagi postda aytib o'tganim muammolar bilan yuzlashmasligi uchun ham darsda kameralarini ochib o'tirish majburiy emas, deb aytib o'taman. Hatto Zoomda qatnashuvchikar kirayotganda kameralari avtomatik yopiladigan funksiyasini yoqib qo'yaman. Faqat imtihon olayotganimda kameralarini ochib o'tirishlarini so'rayman. Bu ham kurs davomida nari borsa 3 marta bo'ladi.

Dars o'tish mobaynida ham ortiqcha hissiyotli va noto'g'ri tushunilishi mumkin bo'lgan suhbatlar olib bormayman. Darsda, deyarli hammaga bir xil ohangda va tempda murojaat qilaman.

Lekin, yuqoridagi muammolar baribir bo'lib kelmoqda.

İkki yilcha oldin, kursda bir yosh kelinchakni dars yuzasidan savol-javob qilayotganimda ozroq bosim berganimda yig'lab yuborganini hali ham eslayman. Xurmatli ota-onalar va erkak birodarlarimiz, siz qiz yetishtirayotganda yoki turmush qurayotganda miyangiz nima fikrda bo'ladi? Juda qiziq men uchun. Qo'rquvlaringiz va zayif tononlaringiz qizingiz yoki turmush o'rtoqlaringizni ta'limsiz qoldirayotganidan xabaringiz bormi?

Turkiya kundaligi

01 Sep, 08:37


Men shuni tushunmayapman: Bizni mamlakat Tolibon yoki Eronga aylanib qolmadimi mabodo? Yoki, insonlari ibtidoiylashmadimi?

Turk tilini duppa-durust o'rganib kelayotgan bir qizimiz "Xo'jayinim o'qituvchi erkak kishi ekan", deb ruxsat bermayapti; boshqasi "Uydagilardan yashirib o'qiyotgandim. Bilib qolishdi, ustoz", deb turibdi. Yana biri "Men madrasada o'qiyman, telefonlarimizni olib qo'yishadi. Shunga davom etolmasam kerak", deb turibdi.

G'ordan chiqing, ey erkaklar! Madrasada dars berayotgan ulamolarimiz, Ustozlar, ibtidoiy davrda yashamayapmiz?!

Turkiya kundaligi

28 Aug, 09:18


Agar siz A1, A2 darajalarini tizimli ravishda(chala bo'lmagan holda) o'qigan bo'lsangiz B1 ni boshlayotgan guruhga qo'shilib olishiz mumkin.

Agar B1 ni ham tizimli o'rgangan bo'lsangiz B2 ga o'tayotgan guruhga qo'shilib olishingiz mumkin.

B1 ga o'tayotgan guruh, oktabr oyida imtihoni o'tkazilishi kutilayotgan Milliy Sertifikatiga tayyor bo'ladi.

B2 ga o'tayotgan guruh 21-sentabrda bo'lib o'tadigan TYS imtihonigacha tayyor bo'lishadi.

Yuqori guruhlarga qo'shilmoqchi bo'lsangiz
@sherdav_aloqa manzilidan yozing va "Onlayn bo'lib turing, savol berib ko'raman", degan xabar olsangiz onlayn bo'lib turing!

Turkiya kundaligi

28 Aug, 07:51


Bugun soat 18:30'da turk tili onlayn kursida noldan boshlayotgan guruh bilan 1-darsini boshlaymiz.

Guruhga qo'shilish yoki 1-darsni kuzatish uchun
@sherdav_aloqa manzilidan yozing!

Turkiya kundaligi

27 Aug, 10:21


Bir-ikki hafta oldin Turkiyada yurish ruxsatini beradigan ID kartam(ikamet kartı) yo'qolgan edi. Topilib qolar deb kutdim. Hech qayerdan chiqmadi. Migratsiya bo'limiga kartam yo'qolganini bildirdim. Eng yaqin politsiya bo'limiga borib ariza yozib qo'y, deyishdi. Politsiya bo'limiga bordim. Hujjatlarni rasmiylashtirish biroz vaqt oldi. O'tirib kutdim. Kutar ekanman atrofni, xodimlarni xatti-harakatini kuzatdim. İshonasizmi, politsiya xodimlari ishtirok etgan yoki voqeliklar politsiya idoralarida kechadigan voqelikdagi turk kinolari bilan bir xil.

O'zi deyarli Turkiyaning kino yoki seriallarini ko'rmayman. Ba'zan ko'zim tushib qoladi.

O'zbekistonda olingan kinolarni esladim. İchki ishlar xodimlari ishtirok etgan filmlarni eslashga harakat qildim. Sal kam 7 yil bo'lib qolibdiki o'zbekcha kino ko'rganim yo'q. 7 yillikdan oldingi kinolarni eslashga harakat qildim. Hozir kinolarni bilmadimu, lekin o'sha paytlardagi ichki ishlar idorasi bilan bog'liq sahnalar hech reallik muhiti bermasdi. Huddi bo'lishni xohlaydigan, lekin bo'lolmayotgan muhitni ko'rsatishardi. Balki, hozir bunaqa kadrlar yana ham realroq olinayotgandir, yoki ichki ishlar faoliyati o'sha paytdagi kino muhitiga yaqinlashgandir. Axir eski O'zbekiston endi eski emas Yangi O'zbekiston bo'ldi.

(O'lay agar, yaxshiyam davlatimiz nomi o'zgarib ketmadi)