JIZZAX YOSHLARI @jizzax_yoshlar_agentligi Channel on Telegram

JIZZAX YOSHLARI

@jizzax_yoshlar_agentligi


🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyati boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi

JIZZAX YOSHLARI (Uzbek)

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyati boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi JIZZAX YOSHLARI kanaliga xush kelibsiz! Bu kanal Jizzax viloyati boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi bo'lib, yoshlar uchun foydali va maqsadli ma'lumotlar, yangiliklar, tadbirlar va ko'plab boshqa foydali ma'lumotlar bilan to'ldirilgan. Agar siz Jizzax viloyatidagi yoshlar o'rtasida eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishni istasangiz, ushbu kanalga obuna bo'lishni unutmang! JIZZAX YOSHLARI - yoshlarga yo'l korsat! 🌟

JIZZAX YOSHLARI

17 Feb, 07:20


📚“Yosh kitobxon” tanlovining Jizzax viloyat bosqichi

📸Jarayondan videolavha

#no_comment

🔹Telegram sahifamiz➡️
@Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

16 Feb, 18:36


🇺🇿⚡️Ular bunga qanday erishdi?

Kimlarga havas qildingiz? Kimlarni bu davrada ko'rishni xohlar edingiz?

#prezident #yoshlar #uzbekpower

JIZZAX YOSHLARI

16 Feb, 05:45


🖐“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2025-yilgi mavsumiga start berildi.

📸Ochilish marosimi jarayonlarini video lavha orqali batafsil tomosha qiling!

#Beshtashabbusolimpiadasi

🔹Telegram sahifamiz:➡️
@Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

15 Feb, 16:20


Yoshlar uchun eng muhim so‘ngi yangiliklar va imkoniyatlar – barchasi bir joyda!

🚀Bepul kurslar;
🎓Ta’lim loyihalari;
💼Ish va subsidiya imkoniyatlari;
⭐️Forum va tadbirlar.

Hammasidan birinchi bo‘lib xabardor bo‘lishni istasangiz, Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram kanaliga hoziroq qo‘shiling!
👇👇👇👇👇
https://t.me/+37eiuYMoQCAwOTMy
https://t.me/+37eiuYMoQCAwOTMy
https://t.me/+37eiuYMoQCAwOTMy

JIZZAX YOSHLARI

15 Feb, 10:37


#Zakovat #JizzaxYoshlari

⭕️Bugun Jizzax shahridagi "Yoshlar innovatsion markazi"da "Tabiatga mehr" shiori ostida yoshlar o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi.

🔹Telegram sahifamiz:➡️
@Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

14 Feb, 15:37


🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, ularni yangi marralar sari ruhlantirdi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

JIZZAX YOSHLARI

14 Feb, 14:27


⚡️Bugungi Prezidentimiz bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdan qisqacha taasurotlar!

Bu xabarni har bir yosh eshitishi kerak! Marrani baland olib, oldinga harakatlanishdan to'xtamang aziz yoshlar 🇺🇿

JIZZAX YOSHLARI

14 Feb, 11:51


Yoshlar masalasi parlament va mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida ham muhim yo‘nalish sifatida qaralishi lozimligi ta’kidlandi.

Yoshlarga daxldor qonun loyihalarini Yoshlar parlamenti a’zolari bilan birga muhokama qilish va yalpi majlisda loyiha bo‘yicha yoshlar vakillarining fikrini ham eshitish maqsadga muvofiq ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, mahalliy kengash sessiyalarida yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ul organlar rahbarlarining axborotini eshitish, barcha mahalliy kengashlar huzurida yoshlar guruhlarini tashkil etish tashabbuslari ilgari surildi.

Mahallalarda yoshlar yetakchilari tizimi yo‘lga qo‘yilganidan keyin yoshlar siyosati tubdan o‘zgarib, mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilgani e’tirof qilindi.

Lavozimga kirishayotgan yoshlar yetakchilarining kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida ularni tizimli ravishda o‘qitishni yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

JIZZAX YOSHLARI

14 Feb, 11:41


Yoshlarimizda vatanparvarlik ruhini kuchaytirish bo‘yicha 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida boshlangan “Vatan tayanchi” harakati kasb-hunar maktabi, texnikum va xususiy ta’lim tashkilotlarida ham yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

“Vatan tayanchi” otryadlari o‘rtasida “maktab – tuman – viloyat – respublika” darajasida sport musobaqalari va ijodiy tanlovlar tashkil etiladi.

Shu kabi har bir mahallada yoshlar o‘rtasida “mahalla – sektor – tuman – viloyat – respublika” darajasida “Shijoat va g‘ayrat” sport o‘yinlari o‘tkaziladi. G‘olib mahallalarga sport inshooti qurib beriladi, zarur anjomlar bilan ta’minlanadi.

“Vatan tayanchi” hamda “Shijoat va g‘ayrat” musobaqalari g‘oliblariga harbiy oliygohlarga kirishi uchun tavsiya beriladi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

JIZZAX YOSHLARI

14 Feb, 11:37


Tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan ishlash bo‘yicha tizim yaratilgani natijasida salkam 1 million ushbu toifadagi yoshlarning ijtimoiy, iqtisodiy va maishiy muammolari hal qilindi.

Joriy yilda ham 150 mingga yaqin yoshlar vazirlik va hududdagi rahbarlarga nomma-nom biriktiriladi. Bu rahbarlar yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi, kasbga va xorijiy tillarga o‘rgatish, ishga joylashtirish, tadbirkorlik qilishi uchun yordam ko‘rsatishga mas’ul bo‘ladi.

Yoshlar ishlari agentligining tuman bo‘limlari yoshlar yetakchilari bilan birga o‘z harakat dasturini ishlab chiqadi.

Hokimlar esa yoshlar muammolarini hal qilish, bandligini ta’minlash bo‘yicha har oy ular bilan uchrashish tizimini joriy qiladi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

JIZZAX YOSHLARI

14 Feb, 11:21


Bugungi kunda fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika, bir so‘z bilan aytganda, STEM fanlarining ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Olmazor tumanida 10 ta maktabda muhandislik laboratoriyalari tashkil qilindi. Bugun ushbu laboratoriyalarda 2 ming o‘quvchi robototexnika va ilg‘or texnologiyalarni o‘rganmoqda.

Barcha tumanlar hokimlariga bu tajribani o‘rganib, ommalashtirish, o‘z hududida 5 tadan maktabni shunday laboratoriyalar bilan jihozlash topshirildi.

Toshkent davlat texnika, axborot texnologiyalari, kimyo-texnologiya, Turin, Inxa kabi 36 ta texnika oliygohi rektorlari sun’iy intellekt, robototexnika, dron, kiberxavfsizlik kabi ixtirochilik yo‘nalishlarida ”Oliygoh kubogi”ni e’lon qiladi. Eng yaxshi startap loyihalari tijoratlashtiriladi.

Kelgusi o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilar o‘rtasida muhandislik olimpiadalari va tanlovlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi. G‘olib bo‘lgan bitiruvchi yoshlar texnika oliygohlariga grant asosida o‘qishga kiradi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

JIZZAX YOSHLARI

14 Feb, 11:11


Energetika, transport, urbanizatsiya, zamonaviy arxitektura, tibbiyot yo‘nalishlarida “El-yurt umidi” jamg‘armasi kvotalari ko‘paytiriladi.

Bundan tashqari, dunyoning nufuzli ”Top-100” oliygohlarida ilmiy daraja olgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarga uy-joy uchun 10-yil muddatga 800 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi.

Nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib va sovrindor bo‘lganlar uchun bir martalik pul mukofoti miqdori 5 karra oshiriladi.

Harbiy oliygohlarning namunali tinglovchilari uchun “Oliy bosh qo‘mondon”davlat stipendiyasi joriy etiladi.

Yoshlarni ilmga qiziqtiruvchi media kontentlar, eng yaxshi intellektual shoular yaratishga Yoshlar agentligi tomonidan 100 million so‘mgacha grantlar ajratiladi.

Yoshlarda tabiatga mehrni oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun ”Yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” tashkil qilinadi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

JIZZAX YOSHLARI

14 Feb, 10:55


Muloqotda kambag‘allikni qisqartirishning eng samarali yechimi ta’lim ekani ta’kidlandi.

Shuning uchun kam ta’minlangan oilada hech bo‘lmaganda bitta farzand oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

Endilikda kambag‘al oilaning farzandiga ta’lim krediti foizsiz beriladi, qo‘shimcha grant ajratiladi, kontrakt to‘lovining bir qismi qoplab beriladi.

Yana bir yangilik – iqtidorli, bilimga chanqoq, lekin og‘ir oilaviy sharoiti sababli o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmagan yoshlarni xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim – “Yorqin iste’dod” loyihasi joriy etiladi.

Bunda har bir mahalladan ijtimoiy himoyaga muhtoj, bilimga chanqoq yoshlar saralab olinib, iqtidori aniqlanadi. Ularning salohiyatiga mos xorijiy oliygoh tanlanib, tayyorgarlik kurslarida o‘qitiladi.

Xorijda ta’lim olib qaytgan yoshlar Milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritiladi, ular davlat organlariga tanlovsiz ishga olinadi.

Har yili saralashdan o‘tgan 1 ming nafar yoshlar dunyoning “Top-100” oliygohlariga yuborilib, o‘qish va yashash xarajatlari qoplab beriladi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

JIZZAX YOSHLARI

14 Feb, 10:50


Muloqotda kambag‘allikni qisqartirishning eng samarali yechimi ta’lim ekani ta’kidlandi.

Shuning uchun kam ta’minlangan oilada hech bo‘lmaganda bitta farzand oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

Endilikda kambag‘al oilaning farzandiga ta’lim krediti foizsiz beriladi, qo‘shimcha grant ajratiladi, kontrakt to‘lovining bir qismi qoplab beriladi.

Yana bir yangilik – iqtidorli, bilimga chanqoq, lekin og‘ir oilaviy sharoiti sababli o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmagan yoshlarni xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim – “Yorqin iste’dod” loyihasi joriy etiladi.

Bunda har bir mahalladan ijtimoiy himoyaga muhtoj, bilimga chanqoq yoshlar saralab olinib, iqtidori aniqlanadi. Ularning salohiyatiga mos xorijiy oliygoh tanlanib, tayyorgarlik kurslarida o‘qitiladi.

Xorijda ta’lim olib qaytgan yoshlar Milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritiladi, ular davlat organlariga tanlovsiz ishga olinadi.

Har yili saralashdan o‘tgan 1 ming nafar yoshlar dunyoning “Top-100” oliygohlariga yuborilib, o‘qish va yashash xarajatlari qoplab beriladi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

JIZZAX YOSHLARI

14 Feb, 10:42


Joriy yil IT sohasi eksportini 1 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. Bunda asosiy kuch, albatta, yoshlar ekani ta’kidlandi.

“Bir million dasturchi” loyihasiga qo‘shimcha 300 ming yoshlar jalb etiladi. “Coursera” platformasida 3 mingdan ortiq kurslarda sun’iy intellekt yordamida yoshlar uchun o‘zbek tilida ta’lim olish imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi.

Bu yil “Muhammad Xorazmiy vorislari” loyihasi Qoraqalpog‘istonda ham joriy etilib, yana 1 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.

Birlashgan Arab Amirliklari bilan O‘zbekistonda bir million sun’iy intellekt muhandislarini tayyorlash loyihasini amalga oshirishga kelishilgan. Raqamli texnologiyalar vazirligiga bu boradagi ishlarni boshlash topshirildi.

O‘tgan yili 25 ming nafar qizlar IT bo‘yicha bepul o‘qitildi. Bu yil dasturchi qizlar soni 2 barobar oshirilishi reja qilindi. 1 ming nafar iqtidorli qizlar IT oromgohlarida xalqaro olimpiadalarga tayyorlanadi.

Yoshlarning qiziqish va ehtiyojlarini barvaqt aniqlashda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, salohiyatini monetizatsiya qilish, ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarga jalb etish muhimligi ta’kidlandi. Mutasaddilarga raqamli ijtimoiy ekotizimni joriy etish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish topshirildi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

JIZZAX YOSHLARI

14 Feb, 10:21


Yurtimizda kreativ iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda. Sohada faoliyat ko‘rsatayotganlarning 98 foizi yoshlar.

O‘tgan yili kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha alohida qonun qabul qilinib, huquqiy asoslari belgilandi.

Toshkent shahridagi "Yoshlar ijod saroyi"da namunaviy “Kreativ park” tashkil qilindi.

Endi, kreativ industriya parklari hududlarda ham barpo etiladi. Ular zarur resurs va infratuzilma bilan ta’minlanadi.

Kreativ industriya parki rezidentlariga 2030-yil yakunigacha imtiyozli soliq rejimi joriy etiladi. Bunda ijtimoiy va daromad soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi, rezidentlar tovarlarni realizatsiya qilish hajmidan qat’i nazar aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar bo‘ladi.

Parklar negizida kreativ soha vakillarini o‘qitadigan biznes maktablari tashkil qilinadi. Ushbu maktablarda yoshlar yangi va zamonaviy biznes yuritish hamda elektron tijorat kabi xizmat ko‘rsatishning innovatsion usullarini o‘rganadi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

JIZZAX YOSHLARI

14 Feb, 10:00


Texnologik jarayonlarni boshqarishda strategik qarorlar qabul qiladigan yoshlarni tayyorlash uchun texnika oliygohlari qoshida 8 ta ilg‘or muhandislik maktabi faoliyat boshladi. Bu yil yana 17 ta shunday maktab ochiladi.

O‘tgan yili 56 ming gektar yer yoshlarga ajratildi. Bu o‘z samarasini berib, hozirda 153 ming nafar yoshlar dehqonchilik bilan shug‘ullanyapti.

Bu yil Qoraqalpog‘istonda, Andijon, Jizzax, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida bo‘sh turgan 3 ming 300 gektar yer yangicha tartibda ijaraga beriladi. Endi ilgari ajratilgan yerga mahsulot ekib, kamida 100 million so‘m daromad olgan yoshlarga ham ushbu tartib asosida bu yerlardan beriladi.

Yoshlar kooperatsiyalari tashkil qilinib, yoshlar qishloq xo‘jaligida bilim va ko‘nikma oshirishiga yordam beriladi.

Yoshlar sanoat zonalarida sanoat ipotekasi orqali bino olayotgan tadbirkorlarga uskuna xaridi uchun 500 ming dollargacha kredit ajratiladi. Sodda qilib aytganda, tayyor ishlab chiqarish maydonini olgan yosh tadbirkorga imtiyozli shartlarda uskunalar ham olib beriladi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

JIZZAX YOSHLARI

14 Feb, 09:53


Prezident imzolagan uchinchi hujjatga ko‘ra, Aloqabank yoshlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi tayanch “yoshlar banki”ga aylantirilib, bunga 200 million dollar ajratildi.

Bank o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar loyihalari uchun 100 million so‘mgacha 7-yil muddatga imtiyozli mikroqarz ajratadi.

Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lgan, kamida 20 nafar yoshni ishga olib, kichik korxona ochgan va o‘quv markazi tashkil qilgan yosh tadbirkorlarga 7-yil muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi.

Bank kreditlarining kamida 30 foizi xotin-qizlar tadbirkorligi uchun yo‘naltiriladi.

Hududlarda “yoshlar biznes inkubatori” tashkil qilinib, yoshlar g‘oyalari startapga aylantiriladi, 6 oydan 3-yilgacha qo‘llab-quvvatlanadi, tayyor biznes, korxona darajasiga olib chiqiladi.

Aloqa venchur” jamg‘armasi orqali startaplarga 50 mingdan 1 million dollargacha sarmoya kiritilib, mahsulot va xizmatlarni ichki va xalqaro bozorlarda sotish, biznes hamkor topish, qo‘shimcha investitsiyalar jalb qilishga ko‘maklashiladi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

JIZZAX YOSHLARI

14 Feb, 09:38


Ilmiy darajali yosh olimlarimiz soni 2 karra oshib, 4 ming 357 nafarga yetdi. Ayniqsa, farzandlarimiz orasida chet tillarni o‘rganishga qiziqish keskin kuchaydi.

Ana shu imkoniyatlardan foydalanib, yaqinda bilimdon va intiluvchan Parviz Tuksanov SAT imtihonidan eng yuqori – 1 ming 600 ball to‘pladi. Prezidentimiz uni ushbu natija bilan qizg‘in tabriklab, ota-onasi va o‘qituvchilariga minnatdorlik bildirdi.

Yana bir ibratli misol – “Kitobsevar millat” g‘oyasi asosida yoshlarda mutolaa madaniyatini shakllantirish umummilliy harakatga aylandi. An’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Yosh kitobxon” tanlovidagi ishtirokchilar soni 6 karra oshib, 3 million nafarga yetdi.

Bir guruh faol yoshlar tomonidan yaratilgan “Mutolaa” loyihasi orqali 1 milliondan ortiq yoshlar kitobxonlar qatoriga kirdi.

Hozirgi tezkor axborot almashinuvi davrida yosh avlod, ayniqsa, bolajonlarimiz uchun milliy kontentlarni yaratish dolzarb vazifadir. Bunday kontentni bog‘cha va maktabdagi ta’lim jarayonlarida namoyish etish orqali yanada ommalashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

JIZZAX YOSHLARI

14 Feb, 09:38


🇺🇿Prezident bugun yoshlar tadbirkorligida mutlaqo yangi davrni boshlab beradigan 3 ta katta hujjatga imzo chekkanini e’lon qildi.

Birinchi hujjatga muvofiq, Yoshlar agentligi huzurida Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilib, unga 100 million dollar mablag‘ ajratildi.

Endi tadbirkor yoshlarga 2,5 milliard so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi, tashabbuskor yoshlarning startap loyihalariga 2 milliard so‘mgacha investitsiya kiritiladi.

Bugungi kunda oliygohlarni tugatayotgan 90 ming yoshlar mutaxassisligi bo‘yicha ish topishda qiynalmoqda.

Shu bois, ikkinchi qaror bilan oliygoh bitiruvchilari bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi tizim yaratilmoqda. Buning uchun Milliy bangga 100 million dollar resurs beriladi.

Bank Oliy ta’lim vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda oliygoh bitiruvchilarining tashabbus va g‘oyalarini loyihaga aylantirish bo‘yicha yangi bank xizmatlari paketlarini joriy etadi.

Shuningdek, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha hokimlar, bank va korxona rahbarlaridan iborat komissiya tuziladi. Komissiya ish o‘rinlarini yaratish, kadrlarga ehtiyoj, bo‘sh o‘rinlarga yoshlarni joylashtirish masalalarini hal etadi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

JIZZAX YOSHLARI

14 Feb, 09:38


Har yili mehnat bozoriga 600 mingdan ortiq yoshlar kirib kelmoqda. 2030-yilga borib bu ko‘rsatkich 1 million nafarga yetadi.

Bu davlat va jamiyat zimmasiga katta mas’uliyat yuklashi ta’kidlandi.

Bu borada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi yaratildi. Birgina “Yoshlar daftari” orqali o‘tgan yili 180 ming nafar yoshlarga 345 milliard so‘mlik yordam ko‘rsatildi.

O‘tgan 8-yilda yosh tadbirkorlar soni 3 karra ko‘payib, bugun biznes vakillarining salkam 40 foizini yoshlar tashkil etmoqda.

Ishsiz yoshlar 2 karra kamaydi. Ishsizlikdan xoli mahallalar soni 1 ming 889 taga yetdi.

Shu bilan birga, Sho‘rchi, Buvayda, Furqat, Kasbi, Forish tumanlarida ishsiz yoshlar ko‘pligi u yerdagi rahbarlarning mas’uliyatsizligidan dalolatligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

JIZZAX YOSHLARI

07 Feb, 15:45


“Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi”

📑Bugun Jizzax shahrida milliy qadriyatlar oyligi doirasida “Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

🔹Telegram sahifamiz:➡️
@Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

07 Feb, 14:10




Yoshlar ishlari boshqarmasi va Madaniyat boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi


💳 Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi va Jizzax viloyat Madaniyat boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur kelishuv doirasida yoshlarni sanʼat va madaniyatga keng jalb etish, yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan amaliy ishlarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

📌 Shuningdek, bugungi marosimda ushbu memorandum doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tuzilib, kelgusida hamkorlikda ushbu chora-tadbirlar bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib olindi.

#memorandum

🔹Telegram sahifamiz➡️ @Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

07 Feb, 12:32


“Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni”

📑11 fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan "Ilmli ayol-jamiyat ko'zgusi" shiori ostidagi qizlar forumi o’tkazildi.

🔹Telegram sahifamiz➡️
@Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

07 Feb, 10:26


#QVZ
#Zoʻr_Zoʻr

📑Siz kutgan kun keldi.
14-15-Fevral kunlari Shahrimizning istidodli yoshlaridan tashkil topgan Oliy liga Yarim final ishtirikchisi Zo'r Zo'r jamoasini 10 yillik SHOU dasturiga barchani taklif qiladi. . .

🟢Murojatlar uchun telefonlar:
+998 90 516 63 32
+998 93 266 86 76

🔹Telegram sahifamiz:➡️
@Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

06 Feb, 17:10


Ishchi guruh ta'lim muassasalari hamda aholi tomorqalari faoliyati bilan tanishdi.

✈️ O‘rganishlar Jizzax shahar “Bog’ishamol” hamda “Amir Temur” mahallalarida olib borilib, ishchi guruh vakillari subsidiya sifatida yordam berilgan yoshlarning daromadga chiqqanligidan quvonishdi.

🔹Telegram sahifamiz:➡️
@Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

30 Jan, 13:00


Bugun, 30-yanvar Jizzax Kiber Arenasida 8-12 yoshli bolalar orasida sportning Shaxmat turi bo'yicha O'zbekiston chempionatining 5-6-turlari bo'lib o'tmoqda.

Bizni kuzatib boring:
📱 t.me/djizakhcyberarena
📱 instagram.com/jizzaxcyberarena

JIZZAX YOSHLARI

30 Jan, 12:07


Yosh shaxmatchilar navbatdagi bahslarga kirishishdi

Ishtirokchilarni strategik fikrlash va muhim qarorlar qabul qilishga undayotgan chempionat mamlakatimizda shaxmatni millionlar o’yiniga aylantirmoqda.

🔹Telegram sahifamiz:➡️
@Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

30 Jan, 10:00


Haydovchilik kurslarida o‘qish xarajatlari kimlarga to‘lab beriladi?

Ko‘pchilik yoshlar haydovchilik kurslarida bepul o‘qish imkoniyati bor-yo‘qligi haqida savol berishadi. Ushbu videoda aynan shu masalaga aniqlik kiritamiz!

📥“Yoshlar daftari”ga kirish uchun yoshlardaftari.uz platformasi, 1093 qisqa raqami yoki mahalla yoshlar yetakchisiga murojaat qilishingiz mumkin!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

JIZZAX YOSHLARI

30 Jan, 08:13


Bu kayfiyat va hissiyotlar shaxmatning go‘zalligi – ichki kuch va yengilmas irodani himoya qilishning maxsus bir shaklidir.

Musobaqa boshlanishi bilan esa, g’alaba uchun kurash boshlanadi.

#Shaxmat #OzbekistonChempionati #ChessUzbekistan

🔹Telegram sahifamiz:➡️
@Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

30 Jan, 05:07


Bu gazeta faqat o‘qish uchun emas, balki yozish uchun ham!

“Yoshlar ovozi” gazetasi – yoshlarning fikri, tashabbuslari va izlanishlari aks etadigan gazetalardan biri bo‘lib, unda yoshlar hayoti, jamiyatdagi o‘zgarishlar va dolzarb ijtimoiy-siyosiy masalalar yoritiladi.

✏️Agar sizda ham shunday dolzabr masalalar, tashabbuslar yoki muhim mavzulardagi tadqiqotlaringiz bo‘lsa – “Yoshlar ovozi” sahifalarida maqolangizni chop etish imkoniyati bor!

Taklif va tashabbuslaringizni @yoshlarovozigazetasibot ga yozib qoldirishingiz mumkin!

🗞Gazetaning yangi sonini ushbu havola orqali o‘qishingiz mumkin 📥 Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish

#yoshlarovozi #Gazeta #Yoshlar #Yangiliklar

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

JIZZAX YOSHLARI

29 Jan, 16:30


O’zbekiston chepionatining 2-kuni yakunlandi

Chempionatning 2-kuni qizgʻin bahslar bilan oʻtdi. Ishtirokchilar murakkab kombinatsiyalar va strategik yondashuvlar bilan tomoshabinlarni hayratda qoldirishdi. Har bir yosh toifasidagi partiyalar murosasiz kurashlarga boy boʻldi.

Ertaga yanada muhim uchrashuvlar kutilmoqda.

🔹Telegram sahifamiz:➡️
@Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

29 Jan, 13:50


📝 Mirzachoʻllik yoshlar takliflari tinglandi

📍 Mirzachoʻl tumanida yoshlar taklif va tashabbuslari yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.

🤝 Masʼul rahbarlar tomonidan yoshlarning yangi g‘oya va tashabbuslari chuqur tahlil qilinib, har bir taklifning amaliy qiymati va imkoniyatlari atroflicha muhokama etildi.

🔹Telegram sahifamiz:➡️
@Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

25 Jan, 15:01


⚡️5.000.000+ marta o‘qilgan kitoblar!

😊 Yoshlar ishlari agentligining “Mutolaa” loyihasi orqali minglab yoshlar bilim olmoqda. Bugunga kelib ilovada 3000+ audio va elektron kitoblar mavjud. Eng quvonarlisi ushbu kitoblar 5.000.000+ marta o‘qildi!

Siz ham ilovani yuklab oling va bilim oluvchilar safida bo‘ling!

📱Play Market 🍏 App Store

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

JIZZAX YOSHLARI

25 Jan, 11:00


Jizzaxlik yoshlar kelajak uchun birlashmoqda!

🌱"Obod xonadon", "Obod koʻcha", "Obod mahalla" mezonlari doirasida
"Yashil makon" loyihasi amalga oshirildi. Sharof Rashidov  mahalla yoshlar yetakchilari va mahalla faollari tomonidan amalga oshirildi.

🌳 Barcha yoshlarni faollikka chorlab qolamiz!

🔹Telegram sahifamiz:➡️
@Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

25 Jan, 07:40


Jizzaxlik yoshlar kelajak uchun birlashmoqda!

🌱"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Sharof Rashidov tumani mahalla yoshlar yetakchilari va Yangidiyor mahalla yoshlari tomonidan ko‘chat ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

🌳Ushbu loyiha atrof-muhitni yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish va ekologik muvozanatni ta’minlashga qaratilgan.

🌳 Fuqarolar o‘z hududlarida daraxt ekish, bog‘lar va yashil maydonlar barpo etishda ko‘maklashishi orqali tumanni yanada ko‘rkam va yashil maskanga aylantirishda o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.

🔹Telegram sahifamiz:➡️
@Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

24 Jan, 09:20


🗣O‘rganishlar davom etmoqda

✈️Navbatdagi manzil Jizzax shahridagi “Madaniyat” mahallasi boʻldi, mahallada faoliyat ko‘rsatish tizimi atroflicha o‘rganildi. Yettilik a’zolari bilan o‘tkazilgan suhbatlar mahalla ahlining muammolari va mavjud imkoniyatlarini aniqlashga qaratildi.

🔍Qiziqarli jihati shundaki, ushbu mahallada 2024-yil 28-noyabr kunidan buyon profilaktika inspektori faoliyat olib bormayotgan bo‘lsa-da, jinoyatchilikning mutlaqo oldi olingan. Mahalla jinoyatchilikdan xoli hududga aylanganligi bu yerdagi mahalla jamoasining birgalikda amalga oshirilayotgan samarali ishlari natijasidir.

🔍Madaniyat mahallasi “Obod xonadon”, “Obod ko’cha”, “Obod mahalla” “Yashil makon” mezonlarini tadbiq etish yuzasidan namuna boʻlishi rejalashtirildi.

💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_K

JIZZAX YOSHLARI

24 Jan, 08:24


👍 Jizzaxda ishchi guruh o'rganishlari davom etmoqda

✈️Bugun Jizzax shahrida O'zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev boshchiligidagi ishchi guruh, Uyushmaning viloyat boshqarmasi, tuman-shahar bo'limlari boshliqlari, Yoshlar ishlari agentligining tuman-shahar bo'limlari rahbarlari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

🔍Muloqotda mahallalarda yoshlarni xatlovdan o'tkazish masalasi, mahallalarning moddiy texnik bazasidagi kamchiliklar, "Yashil makon" dasturi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔍"Obod ko'cha - obod mahalla - obod xonadon" dasturi doirasida 2025-yilda rejalashtirilgan loyihalar ham ko'rib chiqildi.

🗣Jizzax viloyatidagi 270 ming xonadon tomorqasini bahorgi mavsumga tayyorlash, ko'chalar obodligini ta'minlash masalalari "mahalla yettiligi" ishida ustuvor bo'ladi.

💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_K

JIZZAX YOSHLARI

23 Jan, 13:01


📝 Tashabbuskor yoshlar yangi Oʻzbekistonning chinakkam bunyodkorlari

📍 Sharof Rashidov tumanida yoshlar taklif va tashabbuslari yuzasidan qizg‘in muhokamalar tashkil etildi.

🤝 Bugun Sharof Rashidov tumani yoshlari tomonidan yangi g‘oya va tashabbuslar chuqur tahlil qilinib, har bir taklifning amaliy qiymati va imkoniyatlari muhokama etildi.

➡️Muloqot yakunida eng yaxshi taklif va tashabbus egalari ragʻbatlantirildi.


🔹Telegram sahifamiz➡️ @Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

23 Jan, 08:30


Shaxmat donalari harakatda!

✈️ 8-18 yosh toifasidagi yoshlar o'rtasida sportning shaxmat turi boʻyicha Jizzax viloyat chempionati "Yoshlar innavatsion" markazida start oldi.

🔍Barcha qatnashchilarga omad tilaymiz.

🔹Telegram sahifamiz➡️ @Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

22 Jan, 17:20


Taklif va tashabbuslar - yoshlar hayotida yangi burilish yasaydi

📍 Baxmal tumanida mazkur takliflar yuzasidan qizg‘in muhokamalar tashkil etildi.

✈️Jarayondan videolavha

🔹Telegram sahifamiz➡️ @Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

22 Jan, 11:03


Taklif va tashabbuslar - yoshlar hayotida yangi burilish yasaydi

💬 Jizzaxlik yoshlar tomonidan Yoshlarforumi.uz platformasi orqali yoshlarning huquqlari va global muammolari yo‘nalishlarida bir qator taklif va tashabbuslar bildirilgan.

📍 Baxmal tumanida mazkur takliflar yuzasidan qizg‘in muhokamalar tashkil etildi.

🔹Telegram sahifamiz➡️ @Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

20 Jan, 03:30


Hurmatli mahalla yoshlar yetakchilari!

🇺🇿Sizlarni yoshlar bilan ishlash tizimining vertikal boshqaruvi, xususan, Prezident vakillari – yoshlar yetakchilari lavozimining joriy etilganiga uch yil to‘lishi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!

Bugungi kunda sizlar, davlatimizning mahallalardagi ishonchli tayanchi sifatida yoshlar siyosatini hayotga samarali tatbiq etishda beqiyos rol o‘ynayapsiz. Yoshlarimizni kasb-hunarga o‘rgatish, bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish borasida olib borayotgan ishlaringiz tahsinga loyiq.

🇺🇿Sizning har bir sa’y-harakatlaringiz – bu Prezidentimiz ishonchini oqlash, kelajagimizni mustahkamlash yo‘lidagi ulkan hissa hisoblanadi. Sizlarga mustahkam sog‘lik, yangi yutuqlar va g‘alabalar tilaymiz!

🤝Hurmat bilan, Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Sa’dullayev

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

JIZZAX YOSHLARI

18 Jan, 09:30


Mahallalarda xatlov jarayonlari davom etmoqda

✈️Jizzax viloyatining barcha tuman (shahar)larida 14-30 yosh toifasida yoshlar xatlovi o‘tkazilmoqda. Xatlov jarayonlarida umumiy yoshlar balansini shakllantirish maqsadida belgilangan yo‘nalishlar doirasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔍Bugun Yangiobod va Arnasoy tumanlaridagi xatlov jarayonlari monitoring qilinib, suhbat xulosalari asosida yoshlarga manzilli yordam ko‘rsatish yuzasidan choralar belgilab olinmoqda.

🔹Telegram sahifamiz➡️ @Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

18 Jan, 07:00


➡️▶️◀️🆗⬅️

💚 Jizzax, IT Community Roadshowni kutib ol!

🟢26-yanvar, yakshanba kuni dunyo miqyosidagi IT-mutaxassislar Jizzaxga keladi. Ular IT sohasidagi karyera va professional brend, ish qidirish va frilanserlik, shuningdek, shaxsiy samaradorlik haqida so‘zlab berishadi.

Roadshow dasturida:
🎤 mahorat darslari va ma’ruzalar
🔥 netvorking sessiyasi va faol ishtirokchilar uchun sovrinli viktorina

💚 Tadbirga bot orqali ro‘yxatdan o‘ting - https://t.me/itcomuzbot. Ishtirok etish mutlaqo bepul!

IT Community Roadshowni qo‘llab-quvvatlagani uchun UZUM, Uzinfocom va School 21ga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

📅 26-yanvar (yakshanba)
🕒 11:00–17:00
📍 Jizzax Cyber Arena (Zargarlik MFY, Sharof Rashidov ko'chasi, 88A)

🔹Telegram sahifamiz➡️ @Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

11 Jan, 04:21


Yoshlar yetakchilari uchun bo’lib o’tayotgan o’quv-seminar davom etmoqda

📑Yoshlar yetakchilarini kasbiy kompetensiyalarini oshirish maqsadida tashkil etilgan forum qiziqarli hamda bilimga boy tarzda o’tmoqda.

#videolavha

🔹Telegram sahifamiz➡️ @Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

10 Jan, 17:05


Zomin tumanida yetakchilar forumi-2025 forumi ajoyib tarzda o’tkazilmoqda

📑Yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida tashkil etilgan forumda turli xil musobaqalar, jumladan “Shaxmat”, “Stol tennisi” musobaqalari o’kazildi.

🔍Undan so’ng Jizzax viloyati Prokurori B.Ibrohimov hamda Jizzax viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i M.Rahmonberdiyevlar tomonidan o’quv-seminar mashg’ulotlari o’tkazildi.

🔍Yetakchi yoshlar gulhan atrofida ham jam boʻlishdi.

🔹Telegram sahifamiz➡️
@Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

09 Jan, 17:35


"Yoshlar yetakchilari forumi-2025" loyihasida seminar-treninglar o‘tkazildi

✈️Forum davomida tajribali spikerlarimiz tomonidan yetakchilarimizga liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish, jamoani boshqarish va shu kabi boshqa qiziqarli hamda muhim mavzularda seminar-treninglar o‘tkazildi. Shu bilan birga mamlakatimizning yirik tadbirkorlari ishtirokida uchrashuv va muloqotlar tashkil etildi.

🔹Telegram sahifamiz➡️ @Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

09 Jan, 17:01


Jizzax tajribasi asosida "Yoshlar yetakchilari forumi-2025" loyihasiga start berildi

✈️ “Mahalladagi yoshlar yetakchilari faoliyatining samaradorligini oshirish, amalga oshirilgan ishlar tahlili va istiqboldagi rejalar” mavzusidagi “Yoshlar yetakchilari forumi” start oldi.

🔍Yoshlar sohasini 2025-yilda yanada rivojlantirish uchun ilk bora tashkil etilgan loyihada mahalla yoshlar yetakchilari uchun turli xil o‘quv seminarlar, musobaqalar va ularning bilim darajalarini sinash uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

🔹Telegram sahifamiz➡️ @Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

08 Jan, 07:44


Hurmatli yoshlar! Firibgarlardan ogoh bo‘ling!

📢 Ular “Yoshlar daftari” nomidan foydalanib, pul evaziga Sizni “Yoshlar daftari”ga kiritib berishni va’da qilishi mumkin.

💡 Eslatma:
“Yoshlar daftari”ga kiritish jarayoni faqat rasmiy va bepul tarzda amalga oshiriladi. Quyidagi usullardan birini tanlab murojaat qilishingiz mumkin:

yoshlardaftari.uz platformasi orqali elektron shaklda ariza qoldirish;
1093 qisqa raqami orqali operatorlar bilan bog‘lanish;
O‘z mahallangizdagi yoshlar yetakchisi yordamida murojaat qilish.

📲 Ariza topshirgandan so‘ng, mutaxassislar Sizning arizangizni ko‘rib chiqadi va natijasi 6500 qisqa raqami orqali SMS shaklida xabardor qilinadi.

❗️ Xizmat mutlaqo bepul!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

JIZZAX YOSHLARI

08 Jan, 05:05


8-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Prokuratura organlari xodimlari kuni!

🇺🇿Prokuratura organlari xodimlari – mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash, adolatni qaror toptirish va inson huquqlarini himoya qilish yo‘lida o‘z bilim va jasoratini namoyon etayotgan fidoyilardir. Sizlarning huquqiy savodxonlikni oshirish va yoshlarimizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishdagi xizmatlaringiz alohida eʼtirofga loyiq.

🤝Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan sizlarni 8-yanvar – Prokuratura organlari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

⚖️Adolat va qonun ustuvorligi yo‘lida xizmatlaringiz barchamiz uchun faxr va g‘ururdir!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

JIZZAX YOSHLARI

08 Jan, 04:39


“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2025-yilgi saralash bosqichiga start berildi!

Mazkur mukofot jamiyatimizning turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan, mardlik, jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlari bilan ajralib turgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taʼsis etilgan.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

🟢Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, loyihalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan;
🟢O‘z sohasida chuqur bilim, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni namoyon etgan;
🟢14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yigitlar.

📄 Hujjatlarni topshirish muddati:
Joriy yilning 1-martiga qadar, arizalarni yashash manzilingiz bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga topshirishingiz mumkin.

🗂 Qo‘shimcha maʼlumot uchun nizom bilan tanishishingiz mumkin:
👉 Nizomni ko‘rish

Jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘shayotgan iqtidorli yoshlarni eʼtirof etish va rag‘batlantirish bizning burchimiz. Mukofot uchun daʼvogarlik qilayotgan barcha nomzodlarga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

#MardOʻgʻlon #MardlikVaJasorat

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

JIZZAX YOSHLARI

06 Jan, 11:31


Ta'til vaqtini besamar o‘tkazmang

✈️Qishki ta’til mavsumida bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, siyosiy-huquqiy dunyoqarashlarini shakllantirish hamda ma’naviy hordiq olishlarini tashkil etish maqsadida Jizzax viloyati Axborat kutibxona markazida “Kitobxon bolalar viktorinasi” loyihasi va “Zakovatda” intellektual o‘yinlari tashkil etiladi.

🔹Telegram sahifamiz➡️ @Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

04 Jan, 15:00


Shaxmat chempionati davom etmoqda

Ayni kunlarda Jizzax shahridagi "Yoshlar innavatsion" markazida 7-17 yosh toifasidagi shaxmatchilar ishtirokida navbatdagi musobaqa — “Jizzax viloyati” chempionati bo’lib o’tmoqda.

📸Jarayondan sara lavhalar.

🔹Telegram sahifamiz➡️ @Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

04 Jan, 05:03


Jizzax viloyati chempionati start oldi

✈️Kuni kecha bo’lib o’tgan 7-17 yosh toifasidagi umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari o'rtasida sportning shaxmat turi start oldi.

🔍Bolajonlar o’z tajriba va murabbiylaridan olgan sir-sinoatlarini ishga solib g’oliblik tomon qadam bosishdi.

🔹Telegram sahifamiz➡️ @Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

03 Jan, 13:11


Qadrli yoshlar qishki ta'til mavsumini qaynoq loyihalar bilan davom eting

Vaqtingizni mazmunli va maroqli o'tkazing buning uchun esa:
🌍"Ibrat Farzandlari" bilan o’zbek va xorijiy tillarni bepul, oson va kreativ usulda o’rganing!
📚“Mutolaa” - bilan siz eng sara audio va elektron kitoblardan bahramand bo'ling!
"Uzchess" orqali shaxmatni bepul, tez va oson o'rganing!
📹"Ustoz AI" zamonaviy kasblar va fanlarni bepul videodarslar platformasida o'rganing!
🎓“Qizlar akademiyasi” loyihasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga va shaxsiy, kasbiy hamda intellektual rivojlanishiga ko'maklashuvchi platforma orqli o'rganing!
👼"Bek va Lola" - O'zbek milliy multfilmi bolajonlar uchun!

🔹Telegram sahifamiz➡️ @Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

03 Jan, 07:35


📝Forish tumanining "Bogʻdon", "Qoʻlba" va "Oybek" MFYlari yoshlar yetakchilari faoliyati oʻrganilib, yil boshidan qilinishi lozim boʻlgan rejalar belgilab olindi.

📝 Yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻrgatish, bandligini taʼminlash, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, Jinoyatchilik bilan murosasiz kurashish, tartibli migratsiyani amalga oshirish borasida tegishli tavsiyalar berib oʻtildi.

🟢Mahalla yettiligi hamkorligi doirasidagi ishlar kelishib olindi.

🔹Telegram sahifamiz➡️ @Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

27 Dec, 15:36


⚡️"Yoshlar forumi - 2024" doirasida Jizzaxda Yangi yil bayrami munosabati bilan "Qorbobo karvoni" loyihasi davom etmoqda.

✈️ Jizzax bolajonlari Yangi yil taftini his qila boshladilar.

🔍Yoʻl-yoʻlakay ular ota-onalar hamda yoshlarga Yangi yilning ilk shukuhini hadya etishni sovgʻalar ulashishdan boshlashdi.

🔹Telegram sahifamiz➡️ @Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

30 Nov, 15:02


Tayinlov

🇺🇿 Rahmonberdiyev Murodbek Karimberdiyevich - O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

📑Tayinlovga qadar, Murodbek Rahmonberdiyev O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

#tayinlov

🔹Telegram sahifamiz➡️
@Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

30 Nov, 08:01


🇺🇿 Jizzax viloyatida “Bolalar harakati” hududiy sardorlari saylandi

🏆 Jizzax viloyati sardori etib saylangan bolalarga O‘zbekiston bolalar tashkiloti Boshqaruv Kengashi raisining “Ishonch yorlig‘i” hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

🔹Telegram sahifamiz➡️
@Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

30 Nov, 07:30


🇺🇿 Jizzax viloyatida “Bolalar harakati” hududiy sardorlari saylandi

⚡️28-noyabr kuni Jizzax shahrida Sardorlar forumi tashkil etildi. Forumda tuman (shahar)lardan saralangan mahalliy sardorlar ishtirok etib, ulardan 7 nafar eng kuchli va tashabbuskor sardorlar saralab olindi.

🔹Telegram sahifamiz➡️
@Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

21 Nov, 05:01


“O‘zbekiston va Turkiya yoshlari uchun yangi imkoniyatlar!”

📹 Yoshlar ishlari agentligi binosida bo‘lib o‘tgan uchrashuv jarayonlaridan video.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

JIZZAX YOSHLARI

21 Nov, 04:01


Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi

Jizzax "Yoshlar innovatsion markazi"da shahar, tumanlardagi namunali ish faoliyatiga ega 64 nafar yoshlar yetakchilari 10 ta yo'nalish bo'yicha bellashdi. G'olib bo'lgan yoshlar yetakchilari munosib taqdirlanib, tanlovning Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

🔹Telegram sahifamiz➡️ @Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

20 Nov, 12:01


“Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovinining Jizzax viloyat bosqichi o'tkazildi

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 608-son qaroriga asosan “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovini o‘tkazish belgilangan.

📑 Bugun Jizzax shahridagi "Yoshlar innovatsion markazi"da shahar, tumanlardagi namunali ish faoliyatiga ega 64 nafar yoshlar yetakchilari 10 ta yo'nalish bo'yicha bellashdi. G'olib bo'lgan yoshlar yetakchilari munosib taqdirlanib, tanlovning Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

🔹Telegram sahifamiz➡️ @Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

19 Nov, 10:49


Prokuror va yoshlar uchrashuvi

Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida “Prokuror va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu bo'lib o'tgan uchrashuvda talabalarga tavsiyalar ochiq muloqot va savol-javoblar asosida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Jizzax viloyat prokurori Baxtiyor Ibrohimov mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida Qonun, Farmon, qaror va barcha me’yoriy hujjatlar va keng ko‘lamli amaliy islohotlari mazmun-mohiyatini aytib o‘tdilar.

Telegram sahifamiz
@Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

13 Nov, 06:35


Umid kutubxonasining kitoblari yanada ko‘paydi

📑G‘allaorol tumanining Jiydali mahallasida yashovchi Nargiza Qo‘shmonova o‘zidagi cheksiz imkoniyat va jasorat bilan mahalla yoshlariga mo‘jazgina kutubxona tashkil etib, atrofdagi yoshlarga bilim olishga imkon yaratdi.

🔍Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ham qahramonimizga o‘z minnatdorchiligini bildirib, yangi kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi.

🔍Yangi kitoblar bilan boyigan Umid kutubxonasi endi yoshlar uchun yanada keng bilim va ilhom maskani bo‘lmoqda!

🔹Telegram sahifamiz:🔹
@Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

11 Nov, 14:00


Brokkoli karami navbatdagi daromadimiz manbai

✈️Jizzaxning Do'stlik tumani, Manas mahallasida yashovchi yoshlarning 20 nafariga 1 gektar yer ajratilgan bo'lib, dastlab ular ajratilgan yerga qovun, tarvuz, kungaboqar, mosh kabi maxsulotlarni ekib daromadga ega bo'lishdi. Ikkinchi ekin sifatida yoshlar brokkoli karamini tanlab, hamjixatlikda mehnat qilishmoqda.

🔍Bu haqda batafsil qaxramonimiz Dostonbek Qo'ldoshevdan tinglaymiz.

🔹Telegram sahifamiz:➡️
@Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

11 Nov, 08:01


Kelajak uchun nihol eking!

🌱"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida G‘allaorol tumani hamda Jizzax shahar mahalla yoshlar yetakchilari va mahalla yoshlar faollari ko‘chat ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

🌳Ushbu loyiha atrof-muhitni yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish va ekologik muvozanatni ta’minlashga qaratilgan.

🌳Fuqarolar o‘z hududlarida daraxt ekish, bog‘lar va yashil maydonlar barpo etishda ko‘maklashishi orqali shaharni yanada ko‘rkam va yashil maskanga aylantirishda o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.

🔹Telegram sahifamiz:➡️
@Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

11 Nov, 05:37


Kitobxonlar sektor bosqichiga tayyormisiz?

📚 Xabaringiz bor, joriy yilning 30-oktabr kuni “Yosh kitobxon” tanlovining mahalla bosqichi test shaklida o‘tkazildi. Tanlovning birinchi bosqich natijalariga ko‘ra 28 203 nafar ishtirokchi sektor bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

💬Sektor bosqichi joriy yilning 16-noyabr sanasida bo‘lib o‘tadi. Tanlovning o‘tkazilish manzili va mas’ullari haqidagi ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin:

➡️ Qoraqalpog’iston Respublikasi;
➡️ Andijon viloyati;
➡️ Buxoro viloyati;

➡️ Jizzax viloyati;
➡️ Qashqadaryo viloyati;
➡️ Navoiy viloyati;

➡️ Namangan viloyati;
➡️ Samarqand viloyati;
➡️ Sirdaryo viloyati;

➡️ Surxondaryo viloyati;
➡️ Toshkent viloyati;
➡️ Farg‘ona viloyati;

➡️ Xorazm viloyati;
➡️ Toshkent shahri.

📚 Adabiyotlar ro‘yxatini quyidagi havolada.

#yoshkitobxon2024

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

JIZZAX YOSHLARI

11 Nov, 05:29


Sardorlar saylovi start olmoqda

🇺🇿 Joriy yilning 12-16-noyabr kunlari mamlakatimizning barcha umumta’lim muassasalarida “Bolalar harakati” maktab sardorlari saylovi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu saylovlarning o‘tkazilish manzili va mas’ullari haqidagi ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin:

➡️ Qoraqalpog’iston Respublikasi;
➡️ Andijon viloyati;
➡️ Buxoro viloyati;

➡️ Jizzax viloyati;
➡️ Qashqadaryo viloyati;
➡️ Navoiy viloyati;

➡️ Namangan viloyati;
➡️ Samarqand viloyati;
➡️ Sirdaryo viloyati;

➡️ Surxondaryo viloyati;
➡️ Toshkent viloyati;
➡️ Farg‘ona viloyati;

➡️ Xorazm viloyati;
➡️ Toshkent shahri.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

JIZZAX YOSHLARI

11 Nov, 04:31


Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari!

💐Sizlarni “O‘zbekiston kasaba uyushmalari xodimlari” kuni bilan chin dildan tabriklaymiz! Yoshlari ishlari agentligi jamoasi nomidan barchangizga mustahkam sog‘liq, oilangizga fayz-baraka va mas’uliyatli faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz. Sizning oliyjanob mehnatingiz tufayli yosh avlod huquqlari himoyalanib, ular o‘z kelajagini ishonch bilan qurmoqda.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!


Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

JIZZAX YOSHLARI

09 Nov, 13:20


Yurtdoshim, bog‘ingga bir nihol qada

🌱 G’allaorollik bir guruh yoshlar ham nuroniylar duosini olib “Baxt” mahallasi hududida 2000 tup manzarali va mevali daraxt ko’chatlarini ekishdi.

#Yashilmakon

🔹Telegram sahifamiz:➡️
@Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

09 Nov, 11:46


Jizzax shahar yetakchilari “Yashil makon” loyihasida faol ishtirok etishga chorlamoqda

🌳Ushbu loyiha atrof-muhitni yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish va ekologik muvozanatni ta’minlashga qaratilgan.

🌳Fuqarolar o’z hududlarida daraxt ekish, bog’lar va yashil maydonlar barpo etishda ko’maklashishi orqali shaharni yanada ko‘rkam va yashil maskanga aylantirishda o’z hissasini qo‘shishi mumkin.

🌳Bu tashabbus shahar aholisini birlashtirgan holda, tabiiy muhitni saqlab qolishga va kelajak avlodlar uchun barqaror yashash joylarini yaratishga qaratilgan.

🔹Telegram sahifamiz:➡️
@Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

08 Nov, 17:05


Kutubxonachi qizning hikoyasi

📑G‘allaorol tumani Jiydali mahallasida yashovchi Nargiza Qo‘shmonova o‘z uyidan mahalladoshlari va yoshlar foydalanishi uchun kutubxona tashkil qildi.

🔍Bu haqda qahramonimizning hikoyasini tinglaymiz.

🔹Telegram sahifamiz:➡️
@Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

04 Nov, 11:02


Bolajonlar uchun tarixiy sarguzashtlar

Ajdodlarimizning bizga qoldirgan madaniy va ma’naviy merosini asrab-avaylash va uni yosh avlodga yetkazish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Ayni shu maqsadda, Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan buyuk ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy siymosini gavdalantiruvchi “Beruniy sarguzashtlari” animatsion multfilmi yaratildi.

📹Kuni kecha Agentlik binosida mazkur multfilmining keng ko‘lamli taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu multfilm Abu Rayhon Beruniyning bolaligidagi sarguzashtlarini bolajonlarga qiziqarli tarzda yetkazishni maqsad qiladi. Ayniqsa, Beruniyning bilimga bo‘lgan intilishi, o‘sha davr madaniy va ilmiy ta’sirini aks ettiradi. Shu bilan birga, qadimgi Kot shahridagi hayot manzaralari, karvonsaroy va bozorlarni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishga imkon yaratadi.

👥Taqdimotga jamoatchilik faollari, adabiyotshunoslar, yozuvchilar, shoirlar, nashriyot vakillari, faxriy mehmonlar va ommaviy axborot vositalari vakillari tashrif buyurishdi.

📹 Multfilmning kichik tizeri ➡️ “Beruniy sarguzashtlari”

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

JIZZAX YOSHLARI

02 Nov, 14:30


Mahorat darslari o'ziga hos tarzda yakunlandi

👍👍👍👍👍

🔹Soat 15:00 da xorijiy til o‘qituvchilari uchun "Ibrat Academy" mobil ilovasidagi o‘zgarishlar taqdimoti hamda "Ingliz tilini bilish darajasini oshirish" mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

🔹Ustozlar uchun o'tkazilgan mahorat darslaridan sara lavhalar

🔹Telegram sahifamiz:➡️
@Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

31 Oct, 16:21


Jizzax farzandi, yuksak ishonch muborak!

27-oktabr kuni yurtimizda o'tkazilgan saylovlar xalqimiz birdamligini va siyosiy faolligini yana bir bor ko'rsatdi. Bo'lib o'tgan saylovlarda Jizzax viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig'i Musurmonov Otabek Sobirjon o'g'li - Yagona saylov okrugi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga OʻzLiDeP roʻyxati asosida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi deputati etib saylandi.

😎 Shu munosabat bilan, Otabek Sobirjon o'g'lini xalqimizning yuksak ishonchi va e’tirofi bilan Jizzax viloyati yoshlari nomidan samimiy muborakbod etamiz! Vatanimiz va yurtimiz kelajagi, insonlarimizning baxtli va farovon hayot kechirishlari uchun o'z oldiga qo'ygan ulkan maqsad va vazifalarini sidqi dildan bajarishda omad va zafarlar tilaymiz!

🔹Telegram sahifalarimiz:➡️
@Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

31 Oct, 14:29


Fotoreportaj: “Fidjital festivali”dan sara lavhalar

#FidjitalFestivali

🔹Telegram sahifamiz➡️
@Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

31 Oct, 14:17


#FidjitalFestivali

🙋 Jizzax “Kibersport arenasi”da “TroPhyGital Tour (Road Show)” xalqaro road-shousi doirasida “Fidjital festivali” bo’lib o’tdi.

📍 Tadbir davomida ishtirokchilarga road-shou haqida ma'lumotlar berildi. Shuningdek, “Kelajak o’yinlari” kubogi namoyish etildi.

👥 Ma’lumot o’rnida, ushbu tadbirlar klassik sport va kibersportni uyg‘unlashtirishga asoslangan fidjital harakatini targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, “Yoshlar ishlari agentligi”, “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi, Yoshlar ittifoqi va Butunrossiya Fidjital sporti federatsiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

🔹Telegram sahifamiz➡️
@Jizzax_yoshlar_agentligi

JIZZAX YOSHLARI

22 Oct, 14:50


Yoshlar saylgoh ko'chasi "Yoshlar sayliga" mezbonlik qildi

🗂“Yoshlar va saylov” forumi doirasida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan interaktiv uchrashuvlar, qiziqarli viktorinalar o‘tkazilib, yoshlarning saylov jarayonlaridagi ishtiroki keng muhokama qilindi.

🗂Qolaversa, yigit-qizlar uchun foydali bo‘lgan 10 ga yaqin loyihalar, platformalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Forumda mingdan ortiq faol yoshlar ishtirok etishdi.

#kelajaguchun #saylov24 #saylovgaboraman #ovozberaman

JIZZAX YOSHLARI

22 Oct, 07:36


Sardorlar sayloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

🇺🇿 O‘zbekiston bolalar tashkiloti vatanparvar, tashabbuskor va shijoatli yoshlarni bir safda jamlashni maqsad qilgan “Bolalar harakati” sardorlar saylovini e’lon qildi.

10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari “Bosh sardor”, “Sport”, “Ta’lim”, “Ekologiya”, “Media va IT”, “San’at“ va “Saxovat” yo‘nalishlaridan ishtirok etishlari mumkin.

📝Saylovda ishtirok etish uchun ➡️ havola orqali ro‘yxatdan o‘ting!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

JIZZAX YOSHLARI

21 Oct, 15:10


Fotoreportaj:huquqiy, intellektual va sport loyihalari orqali yoshlarning huquqiy, siyosiy, intellektual bilimlarini yuksaltirishga imkoniyat yaratildi va saylov qonunchiligidagi islohotlar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

#kelajakuchun #saylov24 #saylovgaboraman #ovozberaman