Sevgi haqida sherlar @sevgi_haqida_sherlarimiz Channel on Telegram

Sevgi haqida sherlar

@sevgi_haqida_sherlarimiz


Assalomu alaykum hurmatli obunachilar
Kanalimizga hush kelibsiz
Agar sevgan insoniz bulsa unga ishoning
Chunki ishonch bulsa sevgi buladi

Bosh admin👉 @Kamol_oka

Admin @Zahriddin2004

Sevgi haqida sherlar (Uzbek)

Sevgi haqida sherlar kanali - bu sizning yurtingizga muhabbatni o'rgatadigan joy. Kanalimizda sevgi haqida eng zo'r sherlar va hikoyalar jamlangan. Bu yerda muhabbatning eng qadimgi so'zlariga, eng do'stlik tuyg'ulariga ega bo'lishingiz mumkin. Agar sizda sevgan inson bo'lsa, unga ishonishingizning qadrini bilasiz. Chunki ishonch, sevgi asosda bo'ladi. Kanalimizga obuna bo'ling va muhabbatni o'rganing, ulug'laying! Assalomu alaykum hurmatli obunachilar! Sevgi haqida sherlar kanaliga hush kelibsiz! Kanalimizning adminlari @Kamol_oka va @Zahriddin2004. Obuna bo'ling va muhabbatni bilib oling!

Sevgi haqida sherlar

03 Dec, 03:49


Shu koʻngilning dastidan dod demas bormi,
Yo mendami faqat uning ozorlari.
Alloh aslo unutmaydi umidvorni,
Omon boʻling muxabbatning bemorlari!

Sevganlarga togʻdan ulkan yurak kerak,
Koʻz yosh kerak yana bitta ummonchalik.
Oʻshalardek baxtiyori balki yoʻqdur,
Qadri ham yoʻq bir bor kelar mehmonchalik!

Sevganlaru, va shul sabab zaifdirlar,
Oʻtdan olib, sovuq suvga solar qismat.
Balki faqat shu ishq deya omondirlar,
Kunda ming bor oʻldiradi oʻsha neʼmat!

Alloh faqat suyganiga berar sinov,
Suyganini sogʻinadi nidolarin.
Aziz tutar kimdir uchun joni garov,
Kimdir uchun bor jahoni fidolarin!

Tugab borar adolati armon Dunyo,
Nurab borar koʻnglimizning devorlari.
Shifosi yoʻq shu muxtasham ogʻriq aro,
Omon boʻling muxabbatning bemorlari!

Malika Tavfiq

@sevgi_haqida_sherlarimiz

Sevgi haqida sherlar

02 Dec, 03:09


Hayotimning bir qismi
Aybim bõldi uzun kiyganim
Rõmolimni õrab yurganim
Bu dunyoda dinim tan olib
Allohimga sajda qilganim

Birinchi bor kõrib ustozlar
Rosa koyib urushgan edi
Maktabiga qabul qilmasdan
Kõkragimdan yuritishgan edi

Men õshanda chorasizlikda
Ustozlarga gapirolmadim
Onam bergan nasihatlarin
Kõzlariga tik qarolmadim

Olti kun-u oltmish besh soat
Maktabiga qabul qilmadi
Xõrlanganim qilolmay toqat
Yurakkinam tinchlik bermadi

Kõzlarimda duv-duv yoshlarim
Õz õzimga savol berardim
Aytsin kimdir shunchalik aybim
Bir gunohim rumol õrardim

Balki aybim qishloqdan bõlib
Shaharga mos kelmasligimmi
Mine-yupka ,tor shim kiymagan
Õzgalardan bõlakligimmi

Yaxshiyamki boshimda onam
Yechimini bir taraf qildi
Haqiqat chun yugurib yanam
Maktabimda yomon ot bõldi

İloji yõq maktablariga
Xullas meni qabul qilishdi
Qat'iy turib talablariga
Har kun darsda tergab turishdi

Men Allohga ishongan bõlib
Toqatimga sabr tiladim
Barchasiga kõzimni yumib
Maqsadimga bilim kõzladim

Mana bugun nolalarimni
Yaratganim eshitgan ekan
Olgan har bir baholarimni
Ustozlarim oqlashar ekan

Maktabimda faol qatnashib
Õz õrnimni joyiga qõydim
Hatto maktab direktorini
Tabrigiga sazovor bõldim.

✍️Shermatova Shabbona

@sevgi_haqida_sherlarimiz

Sevgi haqida sherlar

30 Nov, 23:16


🖤Sovub qoldi yuragimdek qo'llaringiz
Siz uchragan kundan buyon yoz kelmadi
Meni sodda deya to'g'ri o'yladingiz
Qismatimiz ahdingizga mos kelmadi

❤️Choralarni izlamang jim o'yga cho'mib
Orzularsiz qoldirdingiz baxtga ko'mib ,
Eslab qo'ying... ko'zlaringiz asta yumib
Qismatimiz ahdingizga mos kelmadi

🖤Sen bo'lmasang o'larman deb yashaganmiz
Bir seniki bo'larman deb yashaganmiz
Ikkimiz ham yolg'onchiga o'xshaganmiz
Qismatimiz ahdingizga mos kelmadi

❤️Kuyunaman, biz qayerda xato qildik
G'urur bilan sabrimizni ado qildik ,
Endi qarang, begonani shaydo qildik,
Qismatimiz ahdingizga mos kelmadi

🖤 Sevgimizga qiyos oppoq libosingiz,
Armonlarda qoldirdi-ku shu nozingiz,
Endi nahot tinglolmasam ovozingiz ,
Qismatimiz ahdingizga mos kelmadi.

❤️Bu olamda osmon yerga egilmagan,
Xazonlar – chi, axir bejiz to'kilmagan ,
O'jarlikdan kechmas ko'ngil sevilmagan,
Qismatimiz ahdingizga mos kelmadi

Sug'diyona

@sevgi_haqida_sherlarimiz

Sevgi haqida sherlar

30 Nov, 05:31


❤️)

Boshqa paytda emas..ayni dam hozir..
Yurakning shaklini qilamiz hosil..
Bir butun bo'lmoqlik qanday zavqli ish..
Ishning oxirida kutib turar ishq..

Tasvirning ta'siri teng asli zarga..
Sen sabab qalbimga harorat to'ldi..
Muhabbat qadrini bilmaganlarga..
Sevgining borligin anglatsak bo'ldi...

Faxriyor Baxtiyorov

@sevgi_haqida_sherlarimiz

Sevgi haqida sherlar

29 Nov, 08:05


DILNOZA

Birga boʻlsam bir ajib his tuyganimni,
Yiroqlasam yurakkinam uyganimni,
Haddan ziyod, jondan ortiq suyganimni,
Yolgʻizgina Dilnozamni asra Alloh!

Yosh toʻkmasin meni oʻylab firoqlarda,
Yurakkinam yonib ketar firoqlarda,
Mayli meni qoldirsang ham qiynoqlarda,
Yolgʻizgina Dilnozamni asra Alloh!

Men deb tashvish, iztiroblar yutganimni,
Ancha vaqtlar yoʻllarim zor kutganimni,
Sevgisini qalbda pinhon tutganimni,
Yolgʻizgina Dilnozamni asra Alloh!

Men yomonman, chindan yaxshi boʻlgan oʻsha,
Suyganim chin oʻzingsanku bunga guvoh.
Orzusiga baxt-u omad qoʻsha-qoʻsha
Yolgʻizgina Dilnozamni asra Alloh!

Mumtozbegim

22,11,2024 y 17:36

@sevgi_haqida_sherlarimiz

Sevgi haqida sherlar

29 Nov, 05:02


Seving....❤️

Sevgi haqida sherlar

29 Nov, 03:18


🐾 PAWS listing sanasi 30 dekabr.

🗿 Oxirgi taskni hamma bajardimi? Kimda qancha boʻldi maqtaninglar…

Pawsga qoʻshiling: 👉🏼@PAWSOG_bot

Sevgi haqida sherlar

28 Nov, 07:52


***

Biroz charchabsiz-a koʻzingiz horgʻin,
Suyangani yelka tutmapti hech mard.
Oʻshal charaqlagan kulguyingizda,
Ming bitta sinoat, million bitta dard!

Erta-kech chopdingiz, yurdingiz halak,
Pul bilan obroʻ deb har dardga dori.
Tilingiz aytmaydi rostlaringizni,
Ichingizdan qiynab turibdi bori.

Dunyoda baxt bormi? Tugal baxt bormi?
Vaqtimiz bormikan oʻzimiz uchun?
Quvladik qancha yoz, qancha bahorni?
Qanchalari qoldi? Barchasi mavhum!

Biroz charchabsiz-a? Biroz tolibsiz,
"Juda" demoqlikdan, "yoʻq" soʻzi oson.
Dunyoga soʻzimni oʻtkazaman deb,
Oʻzini aldolmay qolarkan inson.

Shunchalik kuchlisiz, shunchalar ojiz,
Yigʻlab olishni ham eplolmayapsiz.
Millionlab insonlar ichida yolgʻiz,
Koʻnglingiz baxt bilan seplolmayapsiz.

Ehh dardosh, oʻzim ham charchadim rosti,
Alamim yana shu baytimdan oldim.
"Anchayam toliqdim" deyolmay sizga,
"Biroz charchabsiz-a?" deb qoʻyaqoldim!😔

Mumtozbegim

@sevgi_haqida_sherlarimiz

Sevgi haqida sherlar

28 Nov, 04:32


✈️ Kim qachondan beri telegramga kirarkan screen tashimiz, menda 3213kun bo'libdi 😎

👉 Buni bilish uchun BOSING

Sevgi haqida sherlar

28 Nov, 03:31


Yuribsanmi sen ham men kabi
Hayollaring bilan bo'lib ovvora
Asrab yurgin o'zingni men kabi
Taqdirimga yozilgan yor

Sen uchun mingdan kechaman
Qo'llaringa gullar tutaman
Kut desang gar ming yil kutaman
Taqdirimga yozilgan yor

Kelsang yo'llaringa gullar to'shayman
Sen bilan har kuni baxtni kuchay man
Mayli, hozir yolg'izlikka ko'nib yashayman
Taqdrimga yozilgan yor

Yuribsanmi sen ham men kabi
Hayollaring bilan bo'lib ovvora
Asrab yurgin o'zingni men kabi
Taqdirimga yozilgan yor

Qayerda bo'lsang bo'lgin sog' omon
Sherlarimni bitdim olis sen tomon
Sen uchun o'zimni asrayin har on
Taqdrimga yozilgan yor


♡ atalgan turkumidan

(muallif ruxsatisiz foydalanilmasin)

Mashrabbek Rakhimjonov

@sevgi_haqida_sherlarimiz

Sevgi haqida sherlar

27 Nov, 08:39


"Musofirda yurib otasidan ayrilgan, otasini ko'rolmaganlar uchun she'r yozib bering, iltimos  sizdan🥺"
(Otajonim baxtimga omon bo‘lsin talablarga binoan yozildi. )

Uzr so‘rab quchib jonajonimni,
Qilgan xatolarim tuzatolmadim.
Musofirda bo‘lib otajonimni,
So‘ngi manzil sari kuzatolmadim.

Jonini olibdi paymona to‘lib,
Vaqtida o‘lgurib boraolmadim.
Kechiring otajon o‘g‘lingiz bo‘lib,
So‘ngi manzil sari kuzatolmadim.

Musofirda meni yo‘qchilik yiqib,
Yoningizda har dam bo‘laolmadim.
Janoza nomozin ko‘p bilan o‘qib,
So‘ngi manzil sari kuzatolmadim.

O‘g‘il bo‘lolmadim burchimni oqlab.
Musofirda bo‘lib bormadim yo‘qlab.
Qolib ketaverdim yuragim dog‘lab,
So‘ngi manzil sari kuzatolmadim.

Yuzim qaro bo‘ldi onam oldida.
Yaqinlarim akam, ukam oldida.
Kutarib otamni yog‘och otida.
So‘ngi manzil sari kuzatolmadim.

Endi gap-so‘zlarga chidamas yuzim.
Eh bari befoyda ming bitta so‘zim.
Men noshud o‘g‘ilman gunohkor o‘zim,
So‘ngi manzil sari kuzatolmadim.

Alloh sabr bergin onam sabriga.
So‘ngi bor otamni ko‘raolmadim.
Tobutin kutarib borib qabriga.
So‘ngi manzil sari kuzatolmadim.

Sobitjon Eshtemirov. 26.11.2023.

@sevgi_haqida_sherlarimiz

Sevgi haqida sherlar

26 Nov, 10:39


Qalb yaqin-u, masofa uzoq...

Ba'zan jonni armon tirnasa,
Ba'zan dilni oʻrtarkan firoq,
Qiyin ekan koʻngling kulmasa,
Qalb yaqin-u, masofa uzoq...

Koʻrishmaymiz koʻrgimiz kelar,
Boray desak har yoʻlda tuzoq.
Qachon visol shamoli yerlar?
Qalb yaqin-u, masofa uzoq...

Biz shundayin devonalarmiz,
Toʻkislarday yuramiz biroq.
Dil chambarchas, begonalarmiz,
Qalb yaqin-u, masofa uzoq...

Somonxona manziligacha,
Yugurarkan chiranib buzoq.
Qismat shuda oʻlgunigacha,
Qalb yaqin-u, masofa uzoq...

Hazon sochar kuzak shamoli,
Yomgʻirlarday dillarda titroq.
Asli shuda oshiq hayoli:
Qalb yaqin-u, masofa uzoq...

Mumtozbegim

22,11,2024 y 18:32

@sevgi_haqida_sherlarimiz

Sevgi haqida sherlar

26 Nov, 03:45


Azizlarim...

Sevgi haqida sherlar

25 Nov, 12:38


Ajralishga kelishmagandik😔❤️‍🔥

Muhabbatni paymoni to'lsa,
Biz shunchaki tanishmagandik.
Esla, agar, esingda bo'lsa,
Ajralishga kelishmagandik.

Dardim eshit, eshitgil samo
Qanday buni ko'rmoqda ravo?
Sevgi izhor qilgandik, ammo
Ajralishga kelishmagandik.

Qo'lda bevaqt gullar so'lsa ham,
Ishq atalmish hislar o'lsa ham,
Har ne bo'ldi nima bo'lsa ham,
Ajralishga kelishmagandik.

Ich etimiz tilishgandigu,
Loyqalanib tinishgandigu,
Ahdi-paymon qilishgandigu?
Ajralishga kelishmagandik!

O'ylar edim har lahza, har on
Gar so'rasa berar edim jon.
Meni tashlab ketmoqda oson,
Ajralishga kelishmagandik.

Alam bilan chekarman-da oh,
Bu azobga bormikan panoh?
Gapim rostki, Allohim guvoh,
Ajralishga kelishmagandik.

Bahor sevgi sayli edi-ya,
Majnun suygan layli edi-ya,
Hohlasam ham mayli edi-ya,
Ajralishga kelishmagandik.

Undan ko'ra qizg'on havoni,
Chiqar edi tanamning joni.
Aldamagin Sarvar Mirzoni,
Ajralishga kelishmagandik!

Muallif✍️Sarvar Mirzo
❌️Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin
@sevgi_haqida_sherlarimiz

Sevgi haqida sherlar

25 Nov, 07:54


Hali meni ko‘p eslaysan.
Meni qadrim bilmagan yor.
Alam ila dil tig‘laysan.
Ko‘ngliga men sig‘magan yor.

Kechir meni sevgim bilan.
Yuraginga berdim ozor.
Dunyodagi hamma sig‘ib.
Ko‘ngliga men sig‘magan yor.

Ishq neligin bilmaganga.
Muhabbat zo‘r bo‘ldi bozor.
Arzimaysan o‘ylashimga.
Ko‘ngliga men sig‘magan yor.

Bahorimda gullar so‘ldi.
Qara bog‘im bo‘ldi mozor.
Senga bo‘lgan ishonch o‘ldi.
Ko‘ngliga men sig‘magan yor.

Bevafoning qo‘llarida.
Kuni kelib bo‘lasan xor.
Yig‘lamagin afsus qilib.
Ko‘ngliga men sig‘magan yor.

Albad menga kular tole.
Olloh menga berari bor.
O‘zgasini mayli yor de.
Ko‘ngliga men sig‘magan yor.

Muallif: Komila Qiz.

@sevgi_haqida_sherlarimiz

Sevgi haqida sherlar

25 Nov, 06:39


https://t.me/Meme_uzbek_bot/Uzbek?startapp=519396704
7 yarim mingta odamdan
Mingta bulsa ham paddishka qiladigani chiqib qolar

Sevgi haqida sherlar

25 Nov, 03:21


Онам учун. 😢

Севги дея шерлар битдим,
Бевафо деб қонлар ютдим,
Қайтмайди деб йўлин кутдим.
Нима қилдим онам учун.

Дўстим дея бердим жонни,
Бўлиб едим бурда нонни,
Айтмоқликка эҳ осонми,
Нима қилдим онам учун.

Ёрим дея борим бердим,
Жонимдаги жоним дедим,
Қадрингизни энди билдим,
Нима қилдим мен сиз учун.

Фарзандимга меҳрим бердим
Кам бўлмасин улар дедим,
Мол - дунёнинг ғамин едим,
Нима қилдим онам учун.

Касал бўлсам парвонам ким,
Бошим узра гирёнам ким,
Мени дея сарсонам ким,
Нима қилдим онам учун.

Бир бор йўқлаб боролмадим,
Ҳолингизни сўролмадим,
Тўртта нонга ололмадим,
Нима қилдим мен сиз учун.

Ишим тушса дедим: она,
Дардга тўлсам дедим: она,
Ҳол сўрмадим, лек бир бора,
Нима қилдим онам учун.

Тингла ҳаёт дардларимни,
Ювиб кетгин ғамларимни,
Мен ҳам энди фарзандманми,
Нима қилдим онам учун.

🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀

Робия Расулова Андижоний

21. 11. 2024. 18: 47

@sevgi_haqida_sherlarimiz

Sevgi haqida sherlar

24 Nov, 11:35


CHAROS

Ish buyursam nuqul, har doim,
Nega  yuzing  burasan,  Charos,
Eding-ku mening erkatoyim,
Endi mendan koʻrasan, Charos.


Ne desam ham jimgini koʻnib,
Chizigʻimda  yurasan  Charos,
Holing boʻlar kundan-kun battar,
Endi mendan koʻrasan, Charos.


Oʻrganasan  reja  tuzishni,
Tong saharlab oltidan tursang,
Koʻrsataman  asab  buzishni,
Endi mendan koʻrasan, Charos.


Topolmaysan mensizlikka kuch,
Qancha boʻldim sinovlarga duch,
Indamadim shu kungacha hech,
Endi  mendan  koʻrasan,  Charos.


Sinovimdan oʻtolmading sen,
Emassan sen Karimbekka mos,
Sevgan edim sendan koʻproq men,
Endi mendan koʻrasan, Charos.


Oʻrganasan  reja  tuzishni,
Tong saharlab oltidan tursang,
Koʻrsataman asab buzishni,
Endi mendan koʻrasan, Charos.

✍🏻_ Karimbek Asatullayev

    20.11.2024

@sevgi_haqida_sherlarimiz

Sevgi haqida sherlar

23 Nov, 07:53


Ketmaydi...

Bir parcha kiymsiz tugʻildim,
Boshlandi soʻngra koʻp kamlarim.
Toʻgʻildim demak men tutildim,
Men bilan ketmaydi gʻamlarim.

Boshimni urdim xoʻp toshlarga,
Mol dunyo yigʻdimda jamladim.
Ne kunlar tushmadi boshlarga,
Men bilan ketmaydi kamlarim.

Yurishni boshlamay yugurdim,
Yonsin deb yorqinroq shamlarim.
Bilmadim nega ham ulgurdim,
Men bilan ketmaydi damlarim.

Oʻttizni koʻrmayin sochda oq,
Soʻnishni boshladi shamlarim.
Gunohlar koʻp boʻldi yoʻlim dogʻ,
Men bilan ketmaydi gʻamlarim.

Sheriksiz tugʻildim ulgʻaydim,
Koʻzimdan quridi namlarim.
Men shuni kimligin bilsaydim,
Men bilan ketmaydi gʻamlarim...

Bir oʻzim keldimmi ketaman 😢

Nurullo Nurliy

@sevgi_haqida_sherlarimiz

Sevgi haqida sherlar

21 Nov, 12:43


Миш-мишлари кўп бу дунёга.
Парво қилма қилма кўзинг нам.
Севгин жоним севиниб яша.
Бир сеники бўлиб қоламан

Kamron Nur

@sevgi_haqida_sherlarimiz

7,515

subscribers

478

photos

530

videos