Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими @shaffof_qurilish Channel on Telegram

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

@shaffof_qurilish


Аxborot kommunikattsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi
Manzil: Toshkent shahri, Аbay koʼchasi, uy :6 "a"

Mavzuga tegishli savollarni yuborishingiz mumkin. @SHaffofQurilish_Komplayens

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими (Uzbek)

Ҳуш келибсиз! Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими каналига хуш келибсиз! Бизнинг каналимизда ёзилган барча ички ва ташқи фуқаролик сўнгги янгиликлари ва тарихий маълумотлар билан танишасиз. Миллий ахборот тизимида озгартиришлар, ривожлантиришлар ва янгиликлар бўйича маълумотлар, асосида жамиятнинг иқтисодий, психологик, сиёсий жиҳатлари ҳақида маълумотлар берилади

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими булар дегани англиашави олдинда теришда кундалик тарих ахборотлари ва жамият ички ва ташқи сиёсий жараёнлар деган туманда ажратилади. Бу ерда, мустақил навбатлар СССР ва МҒАР тарихи билан шуни билишим керакки, ўзбекистондаги янгиликларга етакчи бўлиши имкон этишкаси бўлуши мумкин

Бизнинг каналда кўра окамиз. Янгиликларни кенг алоқа билан кўришингиз мумкин. Ҳар бир мазкур ҳамкорчиликни бақо ва қадрлаш ҳамда ҳизматингизни сифатли ва мунтазам олиш керак.

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

14 Jan, 02:21


#Bayram_tabrigi

☺️Barcha Vatan himoyachilarini ushbu muborak bayram bilan tabriklaymiz hamda oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog‘liq-salomatlik tilaymiz.

💥Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga to‘liq bo‘lsin. Vatanimiz osmoni doimo musaffo bo’lishi uchun kuch-g‘ayratingizni ayamang!

🧠Bayramingiz muborak, azizlar!!!
Biringiz o‘g‘ilsiz, biringiz yorsiz,
Biringiz inimiz, ishda hamkorsiz.
Og‘irimiz yengil qilib doimo,
Yaxshi hamki baxtimizga siz borsiz!

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

13 Jan, 10:15


#video_darslik

🖥 Elektron kalit bilan kiriladigan tizimlarda e'tiborli bo'ling!

💻 Batafsil videoda tanishing.

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

📱Facebook  📱 Instagram 📱 Youtube

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

13 Jan, 04:44


#Bir_savolga_bir_javob

Savol: Reytingda zarur bo‘ladigan sertifikatni olish uchun qayerga murojaat qilish kerak?

❗️Kompetensiyani rivojlantirish institutida shaharsozlik va uy-joy kommunal soha mutaxassislarini o‘qitish uchun oflayn va masofaviy ta’lim shakllari joriy etilgan. Masofaviy ta’lim shakli uchun institutda maxsus elektron platforma yaratilgan. Bu bilan hududlardagi soha mutaxassislarining vaqti va mablag‘i tejalmoqda.

Tinglovchilardan olinadigan yakuniy test sinovlarini Bilim va malakalarni baholash agentligi o‘tkazadi.

2024 yilda soha mutaxassislarini o‘qishi uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida Namangan va Samarqand shahrida Kompetensiyani rivojlantirish institutining filiallari ochildi.

Ushbu filiallarda buyurtmachi tashkilotlarning texnik nazoratchilari, pudrat tashkilotlarining ichki nazoratchilari, loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini olib boruvchi mutaxassislar, shuningdek loyiha bosh arxitektori va bosh muhandislar o‘qitilmoqda.

Joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatida filial ochish rejalashtirilgan.

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

11 Jan, 08:22


#amaliy_seminar #oav_biz_xaqimizda

🤔 Nukus shahrida 8-10-yanvar kunlari  o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

🔃 Bu kabi amaliy o'quv seminarlarini kelgusida barcha viloyatlarda o'tkazish rejalashtirilgan. 

🗂 Agar sizda tizim borasida savol tug'ilsa bizga murojaat qiling.

Mutaxassislarimiz 24/7 rejimida faoliyat yuritmoqda.

🔵Anjuman xaqida batafsil bilishni istasangiz, yoritilgan OAVlarga havola.

      
😄 UZA - lavha
😄 My5 - lavha
    Jaslar - lavha
Renesans TV
Qoraqalpog'iston MTRK


Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

📱Facebook  📱 Instagram 📱 Youtube

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

10 Jan, 13:18


⚠️ Hurmatli pudratchilar!

🖋 2020–2024 yillar uchun foydalanishga topshirish dalolatnomasi yuklanmagan barcha obyektlarda 5% chegirma 2025 yil boshidan tiklandi.

🖥 Sizdan qurilish-montaj ishlari yakunlangan obyektlar bo‘yicha 5% chegirma olib tashlash uchun tender platformasida shaxsiy kabinetida "Foydalanishga topshirilganlik haqida dalolatnoma"ni yuklashni so‘raymiz.

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

********

(РУ
🇷🇺) Уважаемые подрядчики!

❗️ Уведомляем, что с начала 2025 года восстановлены 5% ограничения для всех объектов за 2020–2024 годов, где не загружены акт ввода в эксплуатацию.

🗓 Просим вас загрузить в личном кабинете тендерной платформы "Акт ввода в эксплуатацию" для объектов, на которых завершены строительно-монтажные работы, чтобы снять 5% ограничение.

Республиканский центр развития информационно-коммуникационных технологий

📱Facebook  📱 Instagram 📱 Youtube

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

10 Jan, 05:29


#video_darslik

✈️ Fuqarolarning savollaridan kelib chiqqan holda, Kompetensiyani rivojlantirish institutiga test uchun masofadan turib onlayn to'lovni amalga oshirish bo'yicha video qo'llanma.


Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

📱Facebook  📱 Instagram 📱 Youtube

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

09 Jan, 09:21


#amaliy_seminar

🤔 Xabar berganimizdek, Nukus shahrida 8 yanvardan boshlangan 3 kunlik o‘quv seminar davom etmoqda.

⚙️ Unda tizim haqida to‘liq maʼlumotlar berilmoqda.

🤑 Hozirda reytingda 17 mingdan ortiq korxona bo'lsa, mingtadan ortig‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri keladi.

Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

📱Facebook  📱 Instagram 📱 Youtube

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

08 Jan, 13:35


#OAV_BIZ_XAQIMIZDA

Qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini belgilash bo'yicha anjuman
"Mening yurtim - MY5" telekanalining muxbirlari nigohida.

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

📱Facebook  📱 Instagram 📱 Youtube

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

08 Jan, 10:06


#Online #Jarayon

Habar berganimizdek Nukus shahrida “Loyihalash va qurilish tashkilotlarining reytinglarda ishtiroki va xatolari” mavzusida seminar tashkil etildi.


☺️ Maʼlumki,Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi qurilish va kommunal sohani raqamlashtirish faoliyatini olib boradi. Markaz tomonidan yaratilgan platformalar orasida qurilish–pudrat tashkilotlari reytingi alohida ahamiyatga ega. Mazkur tizim inson omilisiz ishlaydi. Asosiy maqsad esa qurilish sohasida shaffoflikni taʼminlash hamda qog‘ozbozlik va korrupsiyaga chek qo‘yishdan iborat.

💻 Qurilish–pudrat tashkilotlari nima  uchun reytingda ishtirok etishi zarur?

🖋 Maqsad quruvchi-pudrat tashkilotlari o‘rtasida yolg‘on va noto‘g‘ri maʼlumotlar tarqalishini oldini olish, shaffoflik va ishonchlilikni taʼminlash bo‘lgani uchun ham ijtimoiy soha obyektlarini qurish istagidagi har bir tashkilot reytingda ishtirok etishi shart. Aholining  xavfsizligini taʼminlash uchun ham ijtimoiy soha obyektlari, xususan maktab, bog‘cha, yo‘l va suv inshootlari qurilishi va taʼmirlanishini munosib nomzodga topshirishda mazkur reyting ko‘rsatkichlariga alohida eʼtibor qaratiladi.

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

📱Facebook  📱 Instagram 📱 Youtube

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

08 Jan, 09:54


#BAYRAM_MUBORAK

☺️ Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi huzuridagi Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlarini va faxriylarni samimiy muborakbod etadi!

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

📱Facebook  📱 Instagram 📱 Youtube

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

08 Jan, 07:48


Hurmatli pudratchilar!!!

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida 28.12.2024 sanasida reyting yangilanishida Soliq qo‘mitasining va Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vazirligining elektron ma’lumotlar bazasidan olish jarayonida texnik xatolik bo'lganligi aniqlandi, shu sababli mezonlar bo'yicha qurilish-pudrat tashkilotlari reyting ko'rsatkichlari qayta yangilanganligini ma'lum qilamiz.

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

****

Уважаемые подрядчики!!!

Сообщаем вам, что в Национальной информационной системе "Шаффоф курилиш" при обновлении рейтинга 28.12.2024 года была выявлена техническая ошибка в процессе получения данных из электронных баз данных Налогового комитета и Министерства сокращения бедности и занятости. В связи с этим рейтинговые показатели строительно-подрядных организаций по данным критериям были обновлены.

Республиканский центр развития информационно-коммуникационных технологий

📱Facebook  📱 Instagram 📱 Youtube

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

08 Jan, 06:00


#online

🇺🇿 Ayni damda Nukus shahridagi "Yoshlar markazi"da "Shaffof qurilish" tizimidagi reyting baholash bo'yicha kiritilgan o'zgartirishlarga bag'ishlangan uchrashuv bo`lib o`tmoqda.

💻 Yig`ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi ma’sullari, qurilish pudrat va loyiha tayyorlash yoʻnalishidagi tadbirkorlar ishtirok etmoqda.

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

📱Facebook  📱 Instagram 📱 Youtube

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

07 Jan, 07:48


⚠️ Diqqat

🖋 08.01.2025 soat 10.00 da Nukus shahridagi "Yoshlar markazi"da "Shaffof qurilish" tizimidagi reyting baholash bo'yicha kiritilgan o'zgartirishlarga bag'ishlangan uchrashuv oʻtkaziladi.

🏘 Unda qurilish pudrat va loyiha-qidiruv yoʻnalishidagi tadbirkorlar va soha mutaxassislari ishtirok etadi.

Anjuman mavzusi: “Loyihalash va qurilish tashkilotlarining reytinglarda ishtiroki va xatolari”

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

📱Facebook  📱 Instagram 📱 Youtube

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

06 Jan, 05:02


👍Tenderda g‘olib bo‘lib, yangi barpo etiladigan obyektlarni qurish huquqini olishni istaysizmi?

🔵Mabodo, kimdir sizga pul orqali tenderda g‘oliblikni va’da qilsa, aslo ishonmang! U firibgardir!

☺️Agar sizga ana shunday takliflar va murojaatlar bo‘layotgan bo‘lsa, ijtimoiy tarmoqdagi - - Facebook,  Instagram,  Youtube sahifalarimiz orqali xabar berishingizni so‘raymiz.

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

📱Facebook  📱 Instagram 📱 Youtube

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

04 Jan, 06:00


Assalomu aleykum hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari!

➡️Sizlarni qiziqtirgan savollarga o‘z vaqtida javob berish, masalalarning yechimini topishda ko‘maklashish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda - Facebook,  Instagram,  Youtube kabilarda o‘z sahifamizni yaratdik.

🔵Endi siz yangiliklardan birinchi xabardor bo‘lishingiz va o‘zingizga qulay bo‘lgan tarmoqlar orqali bizga murojaat qilish imkoniga ega bo‘ldingiz.

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

📱Facebook  📱 Instagram 📱 Youtube

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

03 Jan, 06:10


#OAV_nigohida

➡️Qurilish sohasida raqamlashtirish borasida qanday yutuqlarga erishilmoqda?

☺️Tizimning afzalliklari haqida batafsil “Yoshlar” TVning "Rostini ayting" tok-shousida

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

02 Jan, 06:40


#Diqqat

☺️Umumqurilish, ijtimoiy soha obʼektlarini loyihalashtirishda loyiha-qidiruv tashkilotlarining reytingini aniqlash mezonlariga yana bitta muhim oʼzgartirish kiritildi.

📉Hozirda qurilish sanoati jadallik bilan rivojlanmoqda. Shu bois ham mezonlarga loyiha ishlarilarni chet davlatga eksport qilinganligi (Oxirgi 365 kun hisobida) yoʼnalishi ham kiritildi.

📣Bundagi ball Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq qoʼmitasining maʼlumotlari asosida beriladi. Xoʼsh bu yoʼnalishdagi 5,0 bal qanday hisoblanadi?

❗️Maksimal bal interpolyatsiya usuli orqali hisoblanadi:
Bunda loyiha ishlarini kamida 100 ming dollar ekvivalentida eksport qilingan eng koʼp loyihaparga 5 ball beriladi.
B = (M / X) * Y

B - ushbu mezon boʼyicha interpolyatsiya usulida hisoblangan ball; M mezon boʼyicha maksimal ball; X - ushbu reytingdagi loyiha tashkilotining eng koʼp eksport qilingan loyihalar soni;
Y - reyting bali hisoblanayotgan loyiha tashkloti eksport qilingan loyihalar soni...

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

01 Jan, 05:24


#Diqqat

☺️Xabaringiz bor, yaqinda umumqurilish, ijtimoiy soha obʼektlarini loyihalashtirishda loyiha-qidiruv tashkilotlarining reytingini aniqlash mezonlariga oʼzgartirishlar kiritildi.

✔️Unda aks etgan yangi talablardan biri - Raqamli modellashtirish usulida (BIM-texnologiya) loyihalarga ekspertiza xulosasi olinganligi (oxirgi 365 kun hisobida) va mana shu yutuq uchun 5 ball berilishi boʼldi.

❗️Jahon tajribasi shuni koʼrsatmoqdaki, qurilishda BIM texnologiya­larini qoʼllash sof foydani 25 foizgacha, rentabellik indeksini 14-15 foizgacha ortishiga xizmat qiladi. Investitsiyalarning oʼzini oqlash davrini 17 foizga kamaytirib, qurilish xarajatlarining qisqarishi hisobiga loyihaning tannarxini 30 foizgacha arzonlashtiradi.

📌Eslatma: BIM – bu qurilish obʼektining koʼp oʼlchovli modelini yaratishga imkon beradigan texnologiya boʼlib, barcha maʼlumotlarni oʼz ichiga oladi. Ushbu model nafaqat qurilish uchun, balki obʼektning ishlashi uchun ham qoʼllaniladi. Shuning uchun uni faqat grafik 3D proektsiyasi deb oʼylash mutlaqo notoʼgʼri. BIM qisqartmasi ingliz tilidan (Building Information Model ili Modeling) “binolarni axborot modellashtirish” deb tarjima qilingan.

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

31 Dec, 04:01


2024 yilda sanoat, qurilish, raqamli texnologiyalar sohalari jadal rivojlandi. Shahar va qishloqlarimiz, butun yurtimiz har tomonlama obod bo‘ldi.

Inson qadrini ulug‘lash, xalqimizni rozi qilish borasida yangi qadamlar qo‘yildi.

Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi jamoasi kelayotgan yil har bir oilaga faqat va faqat xushxabarlar, zafarlar olib kelishini tilaydi. Hayotimiz tinch, ko‘nglimiz xotirjam bo‘lsin.

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

30 Dec, 10:15


#qisqa_satrlarda

🗓2024 yil davomida qiymati 12,33 trln so‘mlik tender o‘tkazilib, 11,71 trln. so‘mlik shartnomalar tuzildi.

➡️Elektron tender platformasida o‘tkazilgan 13,4 mingta tenderda 3,4 mingta tashkilot ishtirok etdi.

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

28 Dec, 08:11


Hurmatli pudratchilar!!!

Qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi yangilash jarayoni to'liq yakunlanganligini ma'lum qilamiz.

"Shaffof qurilish" milliy axborot tizimi

***

Уважаемые подрядчики!!!


Сообщаем, что процесс обновления рейтинга строительно-подрядных организаций полностью завершен.

Национальная информационная система "Прозрачное строительство"

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

27 Dec, 10:15


#Bir_savolga_bir_javob

Tashkilotimiz logotipini tizimga kiritish uchun nima qilish kerak? Sizlar uni yuklashda yordam berasizlarmi?

✔️Tashkilotingiz logotipini Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini o‘tkazish hamda qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi axborot tizimiga kiritish juda oson.

📌Buning uchun O‘zbekiston Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi yoki “Shaffof-qurilish” markaziga murojaat qilish yoki xat yozish ham shart emas.

➡️Faqatgina shaxsiy kabinetingizga kirib, o‘zingizga tegishli logoni yuklaysiz, bas.

🔴Ma’lumot o‘rnida: logotipning eng asosiy vazifasi sizning biznesingizni boshqa
korxonalardan ajratib turadigan noyob belgidir.

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

26 Dec, 09:07


#bir_savolga_bir_javob

Reyting mezonlarini baholashda kadrlar siyosatiga tegishli ballar qanday jamlanadi?

💬Reytingda ishtirok etish sodda va oson. Ortiqcha qog‘ozbozlik yoki ovoragarchilik talab etilmaydi. Reyting.mc.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tib, IIN raqami bilan ariza yuborib, reyting ishtirokchisiga aylanish mumkin.

✔️Loyiha-qidiruv va pudrat tashkilotlari reytingini aynan kadrlar siyosati bilan bog‘liq ballari O‘zbekiston Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi bilan integratsiya qidingan portaldagi ma’lumotlar asosida baholanadi.

❗️Unda xodimlari soni, ma’lumoti, ish haqi, soliqlar tushumi, mutaxassisligi, mehnat muhofazasi tashkil etilganligi va boshqa zarur ma’lumotlar mavjud.

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

25 Dec, 11:07


#halqaro hamkorlik

🗓O‘zbekiston qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Rossiya qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi vakillari qurilish sohasini raqamlashtirish borasida o‘zaro tajriba almashishda davom etmoqda.

✔️O‘zaro uchrashuvlarda raqamli texnologiyalarni buyurtmachilar faoliyatiga va qurilishda davlat nazoratiga joriy qilish asosiy mavzu bo‘ldi.

📌Jarayonlar haqida batafsil Rossiya qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy telegram kanalida tanishing.

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

25 Dec, 06:10


#Bir_savolga_bir_javob

Qurilish tashkilotimiz yangi tashkil etilgan va biz reyting haqida bilmoqchi edik?

📌Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingini reyting.mc.uz portaliga kirib, tashkilot STIR raqamini kiritish orqali ko‘rish mumkin. Hozirda reytingda 17 mingdan ortiq korxona ko‘rsatilgan.

✔️Qurilish-pudrat kompaniyasining ishonchliligini aniqlash uchun malakali mutaxassislar, moliyaviy ko‘rsatkichlar, bajarilgan ishlarning sifati, ish tajribasi, texnik baza va raqobatbardoshlik kabi mezonlar asosida ballar belgilangan.

📌Qurilish-pudratchi tashkilotlar reyting natijalari ishonchlilik toifasi bo‘yicha A, B, C, D darajalariga, ular o‘z navbatida reyting bahosiga ajratilgan.

🔔DDD reytingi- reytingda eng past ishonchlilik darajasi sifatida aniqlanadi va yuqori darajadagi xavfni anglatadi, ishonchlilik darajasi 7% dan 20% gacha.

🥇AAA reytingi yuqori darajadagi ishonchlilik sifatida tavsiflanadi va minimal xavfni anglatadi, ishonchlilik darajasi 85% dan 100% gacha.

Tender savdolari aynan mazkur reyting natijalariga ko‘ra o‘tkaziladi va savdolarda reytingi yuqori tashkilotlar ustunlikka ega bo‘ladi.

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

24 Dec, 09:14


🇺🇿🇷🇺 Xabaringiz bor, ayni vaqtda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jalik vazirligi, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi hamda Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti vakillaridan iborat delegatsiya Moskva shahrida uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

✔️Bugun Rossiyaning Omsk viloyatida amalga oshirilgan raqamlashtirish ishlarining o‘ziga xosligi, Moskva viloyatida davlat nazorat yuritish va raqamlashtirish borasida erishilgan yutuqlar muhokama qilindi.

📌Kun tartibidagi masalalar orasida obyektlarning qurilish narxini belgilash tartibi, turlari, qurilish materiallariga indekslarni shakllantirish va qo‘llash yo‘nalishlarida ham tajriba almashish ko‘zda tutilgan.

https Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

23 Dec, 10:30


🇺🇿🇷🇺Ayni vaqtda O‘zbekiston qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi va “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi vakillaridan iborat delegatsiya Moskva shahrida uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

😀Maqsad Rossiya qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda buyurtmachi xizmati faoliyatini va arxitektura-qurilish nazorati jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha tajriba almashish.

☺️Uchrashuvlarda sohada shaffoflikni ta’minlash va raqamlashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirish masalalari ham muhokama qilinmoqda.

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

23 Dec, 05:00


#Bir_savolga_bir_javob

⁉️Ishchilarimiz soni koʼp, lekin qurilish-pudrat tashkilotlari reytingining kadrlar siyosati yoʼnalishida ballimiz past. Sababi nima?

‼️Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 12 avgustda qabul qilingan “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʼgʼrisida”gi farmoni bunda muhim ahamiyatga ega.

✔️Unga koʼra yurtimizda mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdori — oyiga 1 million 155 ming soʼm etib belgilangan. Аgarda qurilish-pudrat tashkilotlari ishchilarga ushbu soʼmmadan kam ish haqi yozgan boʼlsa, ball berilmaydi. Qachonki, shtatdagi har bir ishchi-xodimga mazkur soʼmma va undan yuqori miqdorda mablagʼ toʼlab berilsa, reytingda ball qoʼshiladi.

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

20 Dec, 05:04


#Diqqat

✏️Loyiha-qidiruv tashkilotlari reytingida mezonlarni yanada takomillashtirish maqsadida oʼzgartirish kiritildi.

🗓Аyni vaqtda eʼtiboringizga havola qilinayotgan ushbu yangi mezonlar asosida tegishli vazirlik va idoralar bilan integratsiya ishlari amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan joriy yilning dekabr oyida loyiha reytingida yangilanishlar boʼlmaydi.

✔️Integratsiya ishlari keyingi yilda yakunlangach, platforma Sizning loyiha tashkilotingiz boʼyicha maʼlumotlarni tortishni boshlaydi.

📌Hurmatli loyiha-qidiruv tashkilotlari! Kelajakda tushunmovchiliklar boʼlmasligi uchun tashkilotingizni yangi reyting mezonlari hamda undagi hisoblash metodikalari asosida qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etgan holda tayyorlashingizni tavsiya etamiz!

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

19 Dec, 06:04


#OAV_nigohida

📌Billingda har bir qozonxona bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar mavjud.

✏️Qozonxona mijozlari soni, isitadigan maydoni, mijozlarning isitish, issiq suv bo‘yicha balanslari shular sirasidan.

🔍Qayerda va nimani hisobiga yo‘qotishlar kuzatiladi. Yo‘qotishlarni qisqartirish uchun quvurlarni almashtirish qanchalik samarali?

🔈Bu kabi masalalar haqida "O‘zbekiston 24" TVning "Iqtisod 24" ko‘rsatuvida batafsil bilib olasiz.

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

18 Dec, 06:04


#Bir_savolga_bir_javob

Nima uchun lotni tugash sanasi bilan tekshiruv muddati bir-biridan farq qiladi?

❗️Bu tartib Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 10 iyulda qabul qilingan “Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va unda kichik tadbirkorlik subʼektlari ishtirokini ragʼbatlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorida keltirib oʼtilgan.

✔️Unga koʼra davlat buyurtmachilari toʼgʼridan-toʼgʼri shartnomalar tuzilishidan oldin kamida bir ish kuni, shuningdek, tender savdolari natijalariga koʼra rasmiylashtirilgan bayonnomalar davlat xaridlari maxsus axborot portaliga joylashtirish orqali kamida ikki ish kuni davomida jamoatchilik muhokamasidan oʼtkaziladi.

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

17 Dec, 05:05


#OAV_nigohida

Qurilish sohasida joriy qilingan reyting qanday ishlamoqda?

💬Tizimning afzalliklari haqida batafsil "O‘zbekiston 24" TVning "Axborot 24" dasturida

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

16 Dec, 05:06


#OAV_nigohida

⚠️ Uy-joy xarid qilishda firibgarlar yoki soxta quruvchilarga aldanib qolmaslik uchun nima qilish kerak?


☺️ Axborot kommunikatsiya-texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazida bu borada olib borilayotgan choralar haqida "Uzreport" TVda.

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

14 Dec, 05:07


#bilasizmi

✏️nazorat.mc.uz saytidan fuqarolar qanday foydalana oladi?

🤔Bu savolga Axborot kommunikatsiya-texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazini "Biznes jarayonlarni raqamlashtirish bo'limi" boshlig'i Eldorbek Sidiqov javob berdi.

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

13 Dec, 05:10


#OAV_nigohida

📌Qurilish loyihalarini amalga oshirishda  ochiqlik taʼminlanadi.

📹Bu borada olib borilayotgan ishlar haqida batafsil "Sevimli" TVning "Zamon" dasturida

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

12 Dec, 06:10


📌AOKAda  Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

▶️2024-yilning 23-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti  raisligida boʻlib oʻtgan “Qurilish industriyasi va qurilish materiallarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish”ga oid videoselektor yigʻilishida qurilish-montaj ishlari sifati masalasiga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada bajarilishi shart boʻlgan aniq vazifalar belgilab berilgan edi.

Ushbu vazifalar ijrosini taʼminlash, xususan, mamlakatimiz qurilish sohasidagi jarayonlarni samarali va shaffof boshqarish maqsadida yangi qurilishlarda davlat nazorati tizimi joriy etilmoqda. Mazkur tizim zamonaviy raqamli yechimlar asosida ishlab chiqilgan boʻlib, qurilish jarayonlarini boshqarish, hujjatlashtirish va nazorat qilishda qulay imkoniyatlar yaratadi. Tizimning asosiy maqsadi qurilish jarayonlarini izchil boshqarish, ortiqcha qogʻozbozlikka yoʻl qoʻymaslik va inson omili taʼsirini kamaytirish orqali sifat va xavfsizlikni taʼminlashdan iborat.

Xoʻsh, tizimning oʻziga xos yangiligi va imkoniyatlari qanday omillarda koʻrinadi? 

Dastlab cheklist tizimiga toʻxtalamiz. Ushbu tizim bilan qurilish jarayonlari bosqichma-bosqich tekshiriladi va har bir ish turi uchun toʻldiriladigan cheklistlar orqali sifat nazorati amalga oshirilib, hujjatlashtirish jarayoni soddalashtiriladi. Tizim qurilish korxonalarining holatini avtomatik baholaydi va reytingi past boʻlgan yoki talabga javob bermaydigan korxonalarga ruxsatnoma bermaydi.

✔️Muhim yangiliklardan yana biri har bir obyekt uchun “QR” kodli pasport joriy etilgan boʻlib, ushbu kod orqali obyekt haqidagi barcha maʼlumotlarni real vaqt rejimida olish mumkin. Bu respublikadagi barcha fuqarolar va jamoat nazorati vakillariga qurilish obyektlar holatini qulay tarzda kuzatish imkonini beradi.

 Obyektni foydalanishga qabul qilish jarayoni ham ancha soddalashtirildi. Eski tizimdagi 27 ta cheklist bandi oʻrniga, yangi tizimda faqat 7 ta band qoldirilib, jarayonni tezlashtirish va ortiqcha kechikishlarni oldini olishga yordam beradigan tizim ishga tushdi.

Qurilish ishtirokchilari uchun interaktiv va qulay kabinetlar ishlab chiqildi. Har bir kabinet foydalanuvchiga moslashtirilgan boʻlib, bu orqali ichki nazorat, texnik nazorat, mualliflik nazorati va inspektorlar uchun alohida imkoniyatlar taqdim etilmoqda.

Qurilish jarayonlari tizim orqali raqamlashtirilib, qoʻshimcha ravishda obyektlar real vaqt rejimida kuzatib boriladi. Yaʼni, inspektor obyektni joyiga chiqib monitoring qilish bilan birgalikda elektron hujjat va fotosuratlar orqali obyektni holati boʻyicha qoʻshimcha oʻrganishlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻldi. Barcha xulosa, yozma koʻrsatma va tasdiqlar elektron hujjat aylanishi orqali amalga oshiriladi. Bu esa qogʻoz hujjatlariga boʻlgan ehtiyojni kamaytirib, jarayonlarni tezlashtirishga yordam beradi.

📌Eng muhimi, qurilish jarayonlari "Shaffof qurilish" milliy axborot tizimiga integratsiya qilinib, jarayonlarning shaffofligi oshirildi va korrupsiya xavfi kamaytirildi.

Umuman olganda yangi tizim qurilish jarayonlarini shaffoflashtirish, sifat nazoratini kuchaytirish va jarayonlarni soddalashtirishga xizmat qiladi. Bu innovatsion yechimlar quruvchilar va nazorat organlari uchun qulaylik yaratib, obyektni oʻz vaqtida va sifatli tayyorlab foydalanishga topshirishga imkon beradi.

https://t.me/shaffof_qurilish

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

21 Nov, 06:01


#BU_MUHIM

📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 38-bandi

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

19 Nov, 09:01


Hurmatli pudratchilar!!!

Qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini navbatdagi yangilash maqsadida tasdiqlangan mezonlar asosida integratsiya orqali maʼlumotlar tortish ishlari 25 noyabr sanasidan boshlanishini maʼlum qilamiz.

"Shaffof qurilish" milliy axborot tizimi

******

Уважаемые подрядчики!!!

Сообщаем, что в целях очередного обновления рейтинга строительно-подрядных организаций с 25 ноября начнутся работы по обновлению данных посредством интеграции на основе утвержденных критериев.

Национальная информационная система "Прозрачное строительство"

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

19 Nov, 03:15


19-NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

Bugun kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida  ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunning ikkinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 16-18° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda  yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi.

https://t.me/shaffof_qurilish

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

18 Nov, 10:16


🤑 Bilasizmi?

🖥 Reytingda ishtirok etish sodda va oson bo‘lib, sizdan ortiqcha qog‘ozbozlik yoki ovoragarchilik talab etilmaydi.

☺️ Reyting.mc.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tib, tashkilotingizni IIN raqami kiritiladi va yo'nalishini tanlagan holda o'zingizga tegishli uyali aloqa raqamini kiritib, arizani yuborish tugmasini bosasiz.

Shu orqali Siz reyting ishirokchisiga aylanasiz.

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

18 Nov, 04:29


#Tabrik

Har vatanning dilkash tug‘i bor.
El-yurt uchun yalov iftixor,
Dilga yaqin ko‘zim qarog‘i,
Sarbaland bo‘l, Vatan bayrog‘i!

🇺🇿 1991 yil 18 noyabr — O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun.

🤔 Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu sana bilan tabriklaydi! O‘zbekistondagi tinchlik va osoyishtalik bardavom bo‘lsin, bayrog‘imiz baland-balandlarda hilpirayversin!

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

13 Nov, 05:30


⚙️ Bilasizmi?

🔵 Savol: Hozirda “billing”, “billing tizimi” iboralari koʼp ishlatilmoqda. Uning aholiga qulayligi nimada? «Issiqlik taʼminoti billingi» tizimida qanday yangiliklar bor?

☺️ Mazkur savolga Biznes jarayonlarini raqamlashtirish boʼlimi yetakchi mutaxassisi Аysuluv Аydarova javob berdi.

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

25 Oct, 05:41


Hurmatli pudratchilar!!!

Qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini navbatdagi yangilsh maqsadida tasdiqlangan mezonlar asosida integratsiya orqali maʼlumotlar tortish ishlari boshlanganligini maʼlum qilamiz.
Reytingni yangilash ishlari yakunlangandan so'ng qo'shimcha ma'lumot beriladi.

"Shaffof qurilish" milliy axborot tizimi

******

Уважаемые подрядчики!!!

Сообщаем, что в целях очередного обновления рейтинга строительно-подрядных организаций начаты работы по обновлению данных посредством интеграции на основе утвержденных критериев.
После завершения работы по обновлению рейтинга будет предоставлена дополнительная информация.

Национальная информационная система "Прозрачное строительство"

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

17 Oct, 12:44


Hurmatli loyihachilar!

Loyiha-qidiruv tashkilotlari reytingini yangilash ishlari olib borilayotganligini haqida xabar beramiz.

Tender savdolarida ushbu o‘zgarishlarni e'tiborga olishingizni so‘raymiz.

"Shaffof qurilish" milliy axborot tizimi

********

Уважаемые проектировщики!

Уведомляем, о том, что ведутся работы по обновлению рейтинга проектно-изыскательных организаций.

Обратите внимание на эти изменения в процессе торгов.

Национальная информационная система "Прозрачное строительство"

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

16 Oct, 06:41


Ассалом алайкум!
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирлиги ҳузуридаги Компетенцияни ривожлантириш институтида қуйидаги йўналишдаги мутахассисларни сертификациядан ўтказиб, малакаси оширилади:

Қурилиш объектларида техник назоратни олиб бориш;
Қурилиш объектларида қурилиш-пудрат ташкилотининг ички назоратини амалга ошириш;
Шаҳарсозлик ҳужжатларини ишлаб чиқиш ва муаллифлик назоратини олиб бориш;
Лойиҳа ташкилотларида лойиҳа бош муҳандиси сифатида фаолиятни амалга ошириш;
Лойиҳа ташкилотларида лойиҳа бош архитектори сифатида фаолиятни амалга ошириш.
Қурилиш обектларида назорат ўлчови.
Шаҳарсозлик ҳужжатларини экспертизаси.
Архитектура ва қурилиш бошқаруви.
Қурилиш ва шаҳарсозлик соҳасида давлат назоратини олиб бориш.
Кўп квартирали уйларни бошқарувини амалга ошириш.


📍Манзил: Тошкент шаҳри, Абдулла Қодирий кўчаси, 7-уй.

❗️📞 Маъсул ходимлар тел рақами:
🔹71-241-11-73
🔹 93-761-97-11
🔹94-636-64-74
🔹90-914-53-52
🔹94-660-40-24

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

10 Oct, 12:35


Hurmatli pudratchilar!!!

Qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini yangi mezonlar bo‘yicha yangilash joriy yilning 25-oktabriga rejalashtirilmoqda.

Izoh: Aksar qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan yangi mezon talablariga asosan mutaxassislarni MXSK kodlariga muvofiq XALIKK-2020 jadvali bo‘yicha to‘g‘ri tartib raqami bilan kiritilmagan. Oqibatda korxonada faoliyat olib boruvchi qurilish sohasidagi mutaxassislar soni (mutaxassisliklar kodi bo‘yicha va soliq hisoblangan xodimlar) ning maʼlumotlarini tizim avtomatik ravishda ballarni xisoblamagan.

Eslatma: Qurilish-pudrat tashkilot rahbarlari va kadrlar siyesati xizmati mutaxassislari, sizlardan takror va takror shuni so‘rab qolamizki, tasdiqlangan yangi mezon bilan yaqindan tanishib chiqib, mazkur mezon talablariga muvofiq qunt bilan korxonangizda ishlovchi xodimlar rasmiylashtirish kodlarini va texnikalarning turiga diqqat bilan eʼtibor berishingizni so‘raymiz.

Aloxida eslatib o‘tish kerakki: Shaffof qurilish milliy axborot tizimiga oid murojaatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiy yo‘llash imkoniyati sizlarda mavjud bo‘lib, savollaringizga mutaxassislarimiz aniq va ishonchli hamda rasmiy tarzda belgilangan tartibda javob berishadi. Fursatdan foydalanib, sizlarni ogohlikka chaqiramiz, ishonchsiz manbalarga tayangan holda qo‘shtirnoq ichidagi “mutaxassis”lardan ehtiyot bo‘ling. Rasmiy manbalar, sizning murojaatingiz tezroq yechim topishiga zamin yaratadi.

"Shaffof qurilish" milliy axborot tizimi

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

09 Oct, 13:32


Hurmatli pudratchilar!!!

Qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi yangi mezonlar bo'yicha yangilash jarayoni to'liq yakunlanganligini ma'lum qilamiz.

"Shaffof qurilish" milliy axborot tizimi

***********

Уважаемые подрядчики!!!

Сообщаем, что процесс обновления рейтинга строительно-подрядных организаций по новым критериям полностью завершен.

Национальная информационная система "Прозрачное строительство"

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

04 Oct, 15:20


Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими pinned «Hurmatli foydalanuvchilar!!! Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariy tizimidan aksiyador jamiyat tashkilotlarning affillanganligini tekshirish imkoniyati mavjud emas, shu munosabati bilan barcha ishtirokchilarga teng sharoitlarni ta'minlash maqsadida 2024…»

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

04 Oct, 15:11


Hurmatli foydalanuvchilar!!!
Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariy tizimidan aksiyador jamiyat tashkilotlarning affillanganligini tekshirish imkoniyati mavjud emas, shu munosabati bilan barcha ishtirokchilarga teng sharoitlarni ta'minlash maqsadida 2024 yil 04 oktabr tugaydigan tender savdolari 2024 yil 07 oktabrga uzaytirildi.

*******

Уважаемые пользователи!!!
В связи с невозможностью проверки аффилированности акционерных обществ получаемых от Центрального депозитария ценных бумаг, в целях обеспечения равных условий для всех участников тендерных торгов, торги завершающиеся 04 октября 2024 г., будут продлены до 07 октября 2024 г.

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

12 Sep, 15:18


Hurmatli qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reyting saytida joylashtirilgan yangi reyting mezonlari bo‘yicha integratsiya orqali maʼlumotlar tortilganligini maʼlum qilamiz.

Tortilgan maʼlumotlar bo‘yicha shakllangan qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron reyting natijalari loyihasi (hali amaliyotga joriy etilmagan) platformaga joylashtirildi.

Ushbu yangi reytingda o‘z natijalaringizni ko‘rib chiqishingiz tavsiya etiladi. Nomuvofiqliklarni aniqlagan taqdiringizda integratsiya orqali maʼlumotlarni elektron yuborgan vazirlik va idoralarga murojaat etishingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Elektron reyting natijalari loyihasi bo‘yicha joriy yilning 18 sentabridan boshlab yakuniy maʼlumotlarni qaytadan tortish boshlanib, shakllangan reyting natijalari amaliyotga joriy etilishini maʼlum qilamiz.

"Shaffof qurilish" milliy axborot tizimi

*****

Уважаемые строительно-подрядные организации, сообщаем Вам, что в настоящее время сформирован проект рейтинга (ещё не введен в действие) по обновлённым критериям, который размещён на сайте электронного рейтинга.

Рекомендуется изучить свои рейтинговые показатели на предмет достоверности. В случае выявления несоответствий, целесообразно обратиться в министерства и ведомства от которых по интеграции были получены электронные данные.

Сообщаем, что с 18 сентября текущего года начнется повторный запрос электронных данных от министерства и ведомства, по результатам которых будет сформирован и введен в действие рейтинг.

Национальная информационная система "Прозрачное строительство"

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

04 Sep, 12:37


💬 VIDEO QO'LLANMA

🖥
Umumqurilish, melioratsiya va irrigatsiya, avtomobil yo'llari va ko'priklar qurilishi yo'nalishidagi, qurilish pudrat tashkilotlari reytingini aniqlash mezonlari hamda baholash metodikasi bo'yicha yangi mezon loyihasi, korxonada faoliyat olib boruvchi qurilish sohasidagi mutaxassislar sonini hisobga oluvchi mezonni kiritish bo'yicha video qo'llanma.

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

30 Aug, 11:29


Hurmatli foydalanuvchilar!

"
MUSTAQILLIK BAYRAMI" nishonlanishi munosabati bilan, 2-3 sentabr kuni tugaydigan e'lonlar muddati ko‘chiriladi:

2 sentabr dushanba kunidan - 4 sentabr chorshanba kuniga;
3 sentabr seshanba kunidan - 5 sentabr payshanba kuniga.

Izoh: "INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH INJINIRING KOMPANIYASI" DM buyurtmachi lotlariga ushbu ko‘chirish tatbiq etilmaydi.

Tender savdolarida ushbu o‘zgarishlarni e'tiborga olishingizni so‘raymiz.

**************

Уважаемые пользователи!

В связи с празднованием "ДНЯ НЕЗАВИСИМОСТИ", срок окончания объявлений истекающих 2-3 сентября переносятся:

С понедельника 2 сентября - на среду 4 сентября;
Со вторника 3 сентября - на четверг 5 сентября.

Примечание: на лоты заказчика ГУ "INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH INJINIRING KOMPANIYASI" этот перенос не распространяется.

Обратите внимание на эти изменения в процессе торгов.

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

29 Aug, 14:28


Hurmatli loyihachilar!!!

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida oxirgi yillik reyting yangilanishida Soliq qo‘mitasining elektron ma’lumotlar bazasidan loyiha tashkilotlari bo‘yicha faqat qo‘shimcha qiymat solig‘i bilan bajarilgan realizatsiya qilishdan tushgan sof tushumi bo‘yicha ma’lumotlar olinganligi natijasida, yagona soliq to‘lovchi tashkilotlardan kelib tushayotgan murojaatlar soni ko‘payib ketganligini inobatga olib, ushbu mezonlar bo'yicha loyiha-qidiruv tashkilotlari reyting ko'rsatkichlari navbatdan tashqari qayta yangilanganligini ma'lum qilamiz.

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

27 Aug, 13:48


Hurmatli foydalanuvchilar!

Kapitalbank ATB
"Internet Bank" sistemasida olib borilayotgan profilaktika ishlari qisman yakunlash jarayonida va to'ldirilgan mablag'lar tender platformasining hamyonda ko'ringanligini ma'lum qilamiz.

Tender savdolarida ushbu o‘zgarishlarni e'tiborga olishingizni so‘raymiz.

"Shaffof qurilish" milliy axborot tizimi

*****

Уважаемы
е пользователи!

Информируем о скором завершении профилактических работ проводимых в системе "Интернет Банк" АТБ Капиталбанк, а также о пополнении средств в кошельке на тендерной платформе.

Обратите внимание на эти изменения в процессе торгов.

Национальная информационная система "Прозрачное строительство"

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

26 Aug, 14:06


Hurmatli foydalanuvchilar!

Kapitalbank ATB
"Internet Bank" sistemasida davom etayotgan texnik ishlar olib borilayotganligi sababli, tashkilotlar tomonidan tender platfomasida tenderda qatnashish uchun elektron hamyonga o’tkazilgan pul mablag’lari ko’rinmay qolmoqda. Tender savdolarining barcha loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat ishtirokchilari uchun teng sharoitlarni ta'minlash maqsadida 26 avgust kuni yakunlanadigan tender savdolari muddati uzaytirildi:

26 avgust dushanba kunidan - 27 avgust seshanba kuniga.

"Shaffof qurilish" milliy axborot tizimi

*************

Уважаемые пользователи!

В связи с продолжающимися техническими работами, в системе "Интернет Банк" АТБ Капиталбанк у организаций пополнивших свой электронный кошелек не видно на тендерной платформе для участия в тендерных торгах. В целях обеспечения равных условий для всех проектно-изыскательных и строительно-подрядных участников тендерных торгов, сроки тендеров завершающихся 26 августа продлеваются:

С понедельника 26 августа - на вторник 27 августа.

Национальная информационная система "Прозрачное строительство"

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

23 Aug, 12:25


Hurmatli foydalanuvchilar!

Kapitalbank ATB
"Internet Bank" sistemasida davom etayotgan texnik ishlar olib borilayotganligi sababli, tashkilotlar tomonidan tender platfomasida tenderda qatnashish uchun elektron hamyonga o’tkazilgan pul mablag’lari ko’rinmay qolmoqda. Tender savdolarining barcha loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat ishtirokchilari uchun teng sharoitlarni ta'minlash maqsadida 23 avgust kuni yakunlanadigan tender savdolari muddati uzaytirildi:

23 avgust juma kunidan - 26 avgust dushanba kuniga.

"Shaffof qurilish" milliy axborot tizimi

*************

Уважаемые пользователи!

В связи с продолжающимися техническими работами, в системе "Интернет Банк" АТБ Капиталбанк у организаций пополнивших свой электронный кошелек не видно на тендерной платформе для участия в тендерных торгах. В целях обеспечения равных условий для всех проектно-изыскательных и строительно-подрядных участников тендерных торгов, сроки тендеров завершающихся 22 августа продлеваются:


С пятницы 23 августа - на понедельник 26 августа.

Национальная информационная система "Прозрачное строительство"

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

22 Aug, 13:58


Hurmatli foydalanuvchilar!

Kapitalbank ATB
"Internet Bank" sistemasida davom etayotgan texnik ishlar olib borilayotganligi sababli, tashkilotlar tomonidan tender platfomasida tenderda qatnashish uchun elektron hamyonga o’tkazilgan pul mablag’lari ko’rinmay qolmoqda. Tender savdolarining barcha loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat ishtirokchilari uchun teng sharoitlarni ta'minlash maqsadida 22 avgust kuni yakunlanadigan tender savdolari muddati uzaytirildi:

22 avgust payshanba kunidan - 23 avgust juma kuniga.

"Shaffof qurilish" milliy axborot tizimi

*************

Уважаемые пользователи!

В связи с продолжающимися техническими работами, в системе "Интернет Банк" АТБ Капиталбанк у организаций пополнивших свой электронный кошелек не видно на тендерной платформе для участия в тендерных торгах. В целях обеспечения равных условий для всех проектно-изыскательных и строительно-подрядных участников тендерных торгов, сроки тендеров завершающихся 22 августа продлеваются:


С четверга 22 августа - на пятницу 23 августа.

Национальная информационная система "Прозрачное строительство"

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

21 Aug, 13:50


Hurmatli foydalanuvchilar!

Kapitalbank ATB
"Internet Bank" sistemasida davom etayotgan texnik ishlar olib borilayotganligi sababli, tashkilotlar tomonidan tender platfomasida tenderda qatnashish uchun elektron hamyonga o’tkazilgan pul mablag’lari ko’rinmay qolmoqda. Tender savdolarining barcha loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat ishtirokchilari uchun teng sharoitlarni ta'minlash maqsadida 21 avgust kuni yakunlanadigan tender savdolari muddati uzaytirildi:

21 avgust chorshanba kunidan - 22 avgust payshanba kuniga.

"Shaffof qurilish" milliy axborot tizimi

*************

Уважаемые пользователи!

В связи с продолжающимися техническими работами, в системе "Интернет Банк" АТБ Капиталбанк у организаций пополнивших свой электронный кошелек не видно на тендерной платформе для участия в тендерных торгах. В целях обеспечения равных условий для всех проектно-изыскательных и строительно-подрядных участников тендерных торгов, сроки тендеров завершающихся 21 августа продлеваются:


Со среды 21 августа - на четверг 22 августа.

Национальная информационная система "Прозрачное строительство"

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

20 Aug, 14:59


Hurmatli foydalanuvchilar!

Kapitalbank ATB
"Internet Bank" sistemasida davom etayotgan texnik ishlar olib borilayotganligi sababli, tashkilotlar tomonidan tender platfomasida tenderda qatnashish uchun elektron hamyonga o’tkazilgan pul mablag’lari ko’rinmay qolmoqda. Tender savdolarining barcha loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat ishtirokchilari uchun teng sharoitlarni ta'minlash maqsadida 20 avgust kuni yakunlanadigan tender savdolari muddati uzaytirildi:

20 avgust seshanba kunidan - 21 avgust chorshanba kuniga.

"Shaffof qurilish" milliy axborot tizimi

*************

Уважаемые пользователи!

В связи с продолжающимися техническими работами, в системе "Интернет Банк" АТБ Капиталбанк у организаций пополнивших свой электронный кошелек не видно на тендерной платформе для участия в тендерных торгах. В целях обеспечения равных условий для всех проектно-изыскательных и строительно-подрядных участников тендерных торгов, сроки тендеров завершающихся 20 августа продлеваются:


Со вторника 20 августа - на среду 21 августа.

Национальная информационная система "Прозрачное строительство"

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

19 Aug, 17:24


Hurmatli foydalanuvchilar!

Kapitalbank ATB
"Internet Bank" sistemasida texnik ishlar olib borilayotganligi sababli, tashkilotlar tomonidan tender platfomasida tenderda qatnashish uchun elektron hamyonga o’tkazilgan pul mablag’lari ko’rinmay qolmoqda. Tender savdolarining barcha loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat ishtirokchilari uchun teng sharoitlarni ta'minlash maqsadida 19 avgust kuni yakunlanadigan tender savdolari muddati uzaytirildi:

19 avgust dushanba kunidan - 20 avgust seshanba kuniga.

"Shaffof qurilish" milliy axborot tizimi

*************

Уважаемые пользователи!

В связи с техническими работами, в системе "Интернет Банк" АТБ Капиталбанк у организаций пополнивших свой электронный кошелек не видно на тендерной платформе для участия в тендерных торгах. В целях обеспечения равных условий для всех проектно-изыскательных и строительно-подрядных участников тендерных торгов, сроки тендеров завершающихся 19 августа продлеваются:


С понедельника 19 августа - на вторник 20 августа.

Национальная информационная система "Прозрачное строительство"

Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими

30 Jul, 13:45


Hurmatli loyihachilar va pudratchilar!!!

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida oxirgi reyting yangilanishida bir nechta korxonalar bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati elektron tizimi orqali transport vositalarining texnik soz holatda ekanligi to‘g‘risida maʼlumotlar, shuningdek, Texnik jihatdan tartibga solish agentligining elektron tizimidan ISO sertifikatlar bo‘yicha ma’lumotlari to‘liq kelmaganligi natijasida loyiha va pudrat tashkilotlaridan kelib tushayotgan murojaatlar soni keskin ko‘payib ketganligini inobatga olib, ushbu mezonlar bo'yicha navbatdan tashqari qayta reyting yangilanganligini ma'lum qilamiz.

"Shaffof qurilish" milliy axborot tizimi