Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY @sayxunobod_yangiliklari_rasmiy Channel on Telegram

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

@sayxunobod_yangiliklari_rasmiy


Sayxunobod tuman hokimligining rasmiy kanali

•Web-site: Sayxunobodtuman.uz

•Facebook: https://www.facebook.com/share/vfMidc3

•YouTube: www.youtube.com/@Sayxunobod_tuman_hokimligi

📬📬 Murojaat uchun @say_hokim_bot

Ishonch raqami +99867-3332136

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY (Uzbek)

Sayxunobod tuman hokimligi rasmiy kanali Sayxunobod tumanining hokimligi rasmiy kanali sizga hokimlik faoliyati, yangiliklari va mahalliy vaqtinicha savdolari haqida eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lish imkoniyatini beradi. Kanalda Sayxunobod tumanining faoliyatiga oid matnlar, rasmiy e'lonlar, tadbirlar va boshqa yangiliklar mavjud. Kanal orqali Sayxunobod tumanining jamiyatga qanday xizmat ko'rsatish, fuqarolar bilan qanday aloqalar o'rnatish va sayxunobodlikning yanada rivojlanishi uchun qanday loyihalar amalga oshirilayotganligi haqida ma'lumotlar olishingiz mumkin. Agar siz Sayxunobod tumanining hokimligi faoliyatiga qiziqishni kutib turgan bo'lsangiz, ushbu rasmiy kanalga obuna bo'ling va so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling. Kanalga @say_hokim_bot orqali murojaat qilishingiz mumkin. Ishonch raqami +99867-3332136

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

19 Feb, 16:25


Aziz sirdaryolik jurnalist va blogerlar!

Siz kasbiy faoliyatingizni olib borish jarayonida davlat korxona va tashkilotlari tomonidan qandaydir to‘siqlarga duch kelayotgan bo‘lsangiz, bu haqda bizni xabardor qiling.

Viloyat hokimligi axborot xizmati Sizga qonun doirasida amaliy yordam berishga doimo tayyorligini ma`lum qilamiz.


📱 Murojaat uchun telegram manzilimiz: https://t.me/Sirdaryopressa

📞Telefon: (67) 236-81-18


Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

19 Feb, 16:15


Sayxunobod tumani hokimining 2025-yil 15-yanvardagi 3-9-126-F/25-sonli farmoyishining ijrosini ta’minlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Tuman hokimining "2025-yil I chorak davomida tumandagi barcha ijtimoiy soha tashkilotlarini tekshirish to‘g‘risida"gi farmoyishining ijrosini ta’minlash maqsadida, tuman hokimining o‘rinbosari Sh.Baratov boshchiligida ishchi guruh tuzilgan holda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Tumandagi barcha ijtimoiy soha korxona tashkilotlari shu jumladan, tuman Tibbiyot birlashmasi, OP, OShPlari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi va uning tasarrufidagi maktablar va davlat maktabgacha ta’limi tashkilotlari, DXSh, Oilaviy bog‘chalar va 1 va 2-sonli kasb-hunar maktablari faoliyatini, davlat tomonidan ajratilayotgan mablag‘larni sifatli va maqsadli sarflanishini nazorat qilish maqsadida, tuman hokimligi apparati xodimlari va soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi tomonidan maqsadli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Bugun ishchi guruh tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida, tibbiyot birlashmasidagi ijro intizomi, bemorlarga yaratilgan sharoitlar, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan amaliy ishlar, tibbiyot birlashmasida ma’naviyat va davlat tiliga oid targ‘ibot vositalarining mavjudligi, peshlavhalar holati va Davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish borasidagi faoliyatlar o‘rganildi.

Ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

19 Feb, 15:41


#Ochiq_muloqot

💥 Afg‘on urushi qatnashchilari va yoshlar uchrashuvi

Sayxunobod tumani hokimligi, Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi tuman bo‘linmasi va tuman Madaniyat bo‘limining hamkorligi bilan, Do‘stlik mahallasi hududida joylashgan 2-umumta'lim maktabida "Afg‘on urushi" qatnashchilari bilan yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazildi. Tadbirning maqsadi yoshlarni vatanparvarlik va milliy birdamlik ruhida tarbiyalash edi.

Uchrashuvda Afg‘on urushi qatnashchilari urush davridagi qiyinchiliklar va frontdagi hayot haqida gapirib, yoshlarni tinchlik va osoyishtalikni qadrlashga chaqirdilar. Yoshlar esa, o‘zlarining savollarini berib, urushning inson hayoti va ijtimoiy taraqqiyotga ta'siri haqida fikr almashdilar.

Bu kabi tadbirlar yoshlarning tarixiy xotirani saqlashda, yurtga bo‘lgan muhabbatni oshirishda va kelajakda ijtimoiy mas'uliyatli fuqarolar bo‘lib yetishishida muhim ahamiyatga ega.

Ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan tadbir kuy va navolar bilan davom etdi.

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

14 Feb, 06:45


Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan O‘zbekistonda to‘y tadbirlarini tashkil etishni baholashga bag‘ishlangan tadqiqot olib borilmoqda.

📊Mazkur tadqiqotning vazifalaridan biri aholining to‘ylardagi mehmonlar soniga bo‘lgan munosabatini aniqlash orqali tashkilotchilarga tadbirlarni yaxshiroq rejalashtirishga yordam berish.

💐 Aholining bu boradagi fikrlari va kutilmalari bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qilish to‘ylarni tashkil etishdagi hozirgi trendlarni aniqlashga yordam beradi.

⏱️ So‘rov 5 daqiqa vaqtingizni oladi.

‼️ Mazkur so‘rovnomada ishtirokingizni qadrlaymiz va oldindan minnatdorchilik bildiramiz.

▶️ So‘rovni o‘tkazish uchun havola

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

14 Feb, 05:09


Bugun shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevralda tavallud topgan.

Har kimki, vafo qilsa, vafo topqusidir,
Har kimki, jafo qilsa, jafo topqusidir,
Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonliq hargiz,
Har kimki, yomon bo‘lsa, jazo topqusidir!

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

14 Feb, 05:07


Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi boshlig‘i Nargiza Xolbayeva Prezident tomonidan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

Bugun viloyat hokimligida davlat mukofoti tantanali ravishda N.Xolbayevaga topshirildi.

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

13 Feb, 18:19


"Sirdaryo birinchi o'ringa chiqishiga men ishonaman" - Shavkat Mirziyoyev

Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Nargiza Xolbayevaning o‘quvchilarning sport bilan qamrovini oshirish bo‘yicha tajribasi Prezidentimiz tomonidan yuqori baholandi.

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

13 Feb, 17:50


Sayxunobod tumani "O'zbekiston" mahallasida joylashgan "Qaynar" xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalari

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

13 Feb, 09:47


Vatanga sadoqat – buyuklik belgisi 🇺🇿

Ajdodlarimiz azaldan yurtga muhabbat va sadoqatni eng oliy fazilat deb bilgan. Ular qalami va qilichi bilan Vatan himoyasida turgan, millat obodligi uchun kurashgan.

Zahiriddin Muhammad Bobur ham o‘z she’rlarida Vatanga sadoqat, uning obodligi va millatning buyukligi haqida ko‘p bora so‘z yuritgan. U yurtidan judo bo‘lsa-da, har doim Vatanini qalbidan chiqarmagan, ona tuprog‘ini qo‘msab, sadoqat va mehr bilan yod etgan.

Vatanga sadoqat – faqat so‘z bilan emas, amal bilan ko‘rsatiladi. Uni sevish – uning ravnaqi, taraqqiyoti, tinchligi uchun harakat qilish demakdir. Har birimiz el-yurtimizga fidoyilik bilan xizmat qilsak, millatimiz buyukligini yanada mustahkamlaymiz!

#VatangaSadoqat #MillatBuyukligi #YurtObodligi #Faxrlanaman

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

13 Feb, 07:48


Парижда эришилган натижалар билан хотиржамликка берилмаслик кераклиги кўрсатиб ўтилди.

Лос-Анжелес-2028 Олимпия ўйинларида кучли ўнталикка кириш мақсад қилинган. Бунинг учун мутасадди раҳбарлардан тортиб, туман ҳокимларигача барча қаттиқ ишлаши кераклиги қайд этилди.

Олимпия ўйинларидаги тарихимиз фақатгина яккакураш спорт турлари билан ёзилаётгани кўрсатиб ўтилди. Охирги Олимпиадада фақат 5 та спорт турибокс, дзюдо, таэквондо, оғир атлетика ва эркин кураш бўйича медаль қўлга киритилган.

Спорт федерацияларининг ҳар бирига вазирлар ва республика ташкилотлари раҳбарлари сайланган, лекин айримларининг фаолияти мавжуд салоҳиятга мос эмаслиги қайд этилди.

Вилоят, туман, маҳаллага борганда, спортчи ва тренерлар билан учрашиш, уларнинг муаммосини ҳал қилиш, хорижий ёки халқаро федерациялар раҳбарлари билан ҳамкорлик қилиш, спортчи ва мураббийларни ўқув машғулотларига юбориш ишлари сустлиги танқид қилинди.

Facebook|Instagram|X

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

13 Feb, 07:48


Президентимиз мавжуд салоҳият тўлиқ ишга солинмаётган спорт турларига алоҳида тўхталди.

Масалан, бадминтонда бирорта лицензия қўлга киритилмаган. Камондан отиш спорт тури бўйича бор-йўғи 3 та лицензия олинган.

Олимпия ўйинларида енгил атлетика турлари бўйича 48 та дастур бор. Лекин енгил атлетика федерацияси сўнгги олимпиадада 5 та лицензия қўлга киритди, холос.

Ядро, диск, найза улоқтириш, сакраш спорт турларида бирорта лицензия олинмади. Ёки, 49 та сув спорти дастуридан бор-йўғи 4 таси бўйича лицензия қўлга киритилган.

Ўқ отиш спортини ривожлантириш учун мудофаа тизими ва “Ватанпарвар” ташкилотида барча шароит яратилган. Лекин бирорта спортчимиз Олимпиадага бормади.

Юртимизда яккакураш спорт турлари, миллий кураш ривожланган бўлса-да, юнон-рум кураши бўйича атиги 3 та лицензия олинган.

Ўтган йили байдарка ва каноэда эшкак эшиш бўйича жаҳон чемпионати илк бор юртимизда ўтказилди. Лекин унда юртимиз бирорта ҳам медаль қўлга киритмади.

Facebook|Instagram|X

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

13 Feb, 07:48


Ҳокимларнинг ҳам бу борадаги масъулияти умуман сезилмаётгани қайд этилди. Улар спорт федерацияларининг ҳудудий бўлимлари раҳбарларини танимаслиги, спортчи ва тренерларни қабул қилмаслиги, спортчилар халқаро мусобақада натижа қилганидан кейингина бундан хабар топиши кўрсатиб ўтилди.

Масалан, ўтган йили олимпия спорт турлари бўйича ўтказилган жаҳон чемпионатларида спортчиларимиз 58 та медаль қўлга киритди. Лекин Навоий, Сурхондарё ва Қашқадарё спортчилари бу чемпионатларда бирорта ҳам медаль олмаган.

Париж Олимпия ва Паралимпия ўйинларига қўлга киритилган лицензиялар Навоий ва Қорақалпоғистонда энг кам.

Шу боис ёндашувларни ҳозирдан ўзгартириб, ёшларни спортга, айниқса, олимпия спорт турларига тайёрлаш, уларни селекция қилиш, иқтидорли спортчи ва мураббийларни рағбатлантириш бўйича мутлақо янги тизим яратиш зарурлиги кўрсатиб ўтилди.

Спортда адолат ўрнатиш, спортчи ва мураббийларга манфаат олиб келиш ва соҳани рақамлаштириш мутасаддилар, спорт федерациялари раҳбарлари ва ҳокимлар фаолиятини баҳолашда бош мезон бўлиши белгилаб олинди.

Facebook|Instagram|X

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

13 Feb, 07:48


Президентимиз олимпия ва паралимпия ҳаракатини ривожлантириш, селекция тизимини такомиллаштириш бўйича янги ташаббусларни илгари сурди.

Лос-Анжелесдаги ёзги Олимпия ва Паралимпия ўйинларига тайёргарлик кўриш мақсадида Олимпия қўмитасининг ҳудудий бўлимларини ташкил этиш ташаббуси қўллаб-қувватланди.

Миллий Олимпия қўмитасига Президент раҳбар бўлганидек, ҳудудий бўлимларга вилоят ҳокимлари бошчилик қилади.

Ҳокимлар ҳар бир федерация билан ишлаб, олимпия цикли учун махсус стратегиясини ишлаб чиқади ва Миллий олимпия қўмитаси ҳузурида ҳимоя қилади.

Барча спорт федерациялари раҳбарлари ва вилоят ҳокимлари амалга ошираётган ишлари ва эришган натижалари ҳақида ҳар ойда Олимпия қўмитасида ҳисобот беради.

Спортчиларни келгуси Олимпиадага тайёрлаш учун зарур шароит ва инфратузилмага 300 миллиард сўм ажратилиши белгиланди.

Бу йилнинг ўзида камида 10 нафардан спортчи ва мураббийларни энг нуфузли хорижий спорт академияларида ўқитиш муҳимлиги таъкидланди.

Facebook|Instagram|X

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

13 Feb, 07:21


Йиғилишда таъкидланганидек, спорт соҳасини шунчаки ўйин ва мусобақалар эмас, миллат генофонди, мамлакатнинг қудрати ва обрў-эътиборини бутун дунёга тараннум этадиган энг таъсирчан восита, энг устувор вазифа деб билишимиз шарт.

Шу боис Олимпия ва Паралимпия ўйинларига тайёргарлик бўйича биринчи марта бундай катта йиғилиш ўтказилаётгани қайд этилди.

Ислоҳотларнинг илк кунлариданоқ бошқа соҳалар қатори жисмоний тарбия ва спорт ривожига ҳам катта эътибор берилмоқда.

Сўнгги тўрт йилда бюджетдан спортга ажратилаётган маблағ 1,5 триллион сўмдан 3 триллион сўмга ошди, мураббийларнинг ўртача маоши 2 баробар кўпайди, 101 та йирик спорт объектлари янгидан қурилди, 67 таси реконструкция қилинди.

Спортчиларимизнинг Парижда эришган ютуқлари бу ислоҳотларнинг ёрқин натижалари ҳисобланади.

Энг асосийси, бу натижалар ёшларимизни, ота-оналарни спортга бўлган муносабатини ўзгартирди. Кўп ёшларимизда “Мен ҳам чемпион бўламан”, деган шижоат пайдо бўлди.

Facebook|Instagram|X

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

13 Feb, 07:21


Кеча қишки Осиё ўйинларида спортчиларимиз сўнгги 26 йилда илк бор фигурали учиш бўйича жуфтликлар орасида олтин медални қўлга киритгани мамлакатимиз спорт тарихида янги саҳифа бўлди.

Шу билан бирга, футбол бўйича Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Бангладешда ўтган Осиё чемпионати ғолибига айланди.

Таиландда велоспорт ва пара велоспорт бўйича Осиё чемпионатида ёшларимиз умумжамоа ҳисобида 1-ўринни эгаллади.

Президентимиз барча спортчиларимиз, уларнинг мураббий ва ота-оналарини қўлга киритилган юксак ютуқлар билан табриклади.

Facebook|Instagram|X

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

13 Feb, 07:20


Sirdaryo viloyatidan 220 ta dehqon xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ijaraga oling

➤ Oqoltin tumanidan 33 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 4 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 8 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 116 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 42 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 2 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 15 ta (ko'rish)

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

13 Feb, 02:45


Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi

Bu savollarga javob berish uchun Agentlik mas’ul xodimi Davronov Saxobiddin sizga kerakli ma’lumotlarni taqdim etadi.

Videoni tomosha qiling va bu mavzuda batafsil ma’lumotga ega bo‘ling!

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

12 Feb, 17:15


🎞 Ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

12 Feb, 17:13


O‘zbek qizlariga milliy kiyim qanchalik yarashishini o‘zlari bilsa edi...

Videoni ko‘rib, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov she'ri yodga tushdi:

“Qayga bormay boshda do‘ppim,
Gʻoz yurarman gerdayib,
Olam uzra dong‘i ketgan
O‘zbekiston, o‘zbegim!”

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

12 Feb, 14:04


#Ochiq_muloqot

⚡️Sintob mahallasida aholi muammolariga yechim izlandi

Aholi muammolarini oʻrganish va ularga yechim topish maqsadida bugun Sayxunobod tumani hokimi Komiljon Mullajanov hamda sektor rahbari boshchiligida “Sintob” mahallasida sayyor qabul shaklida aholi bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri, mahalla yettiligi va 40 nafardan ziyod mahalla fuqarolari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Muloqotda aholi tomonidan, ichki ko‘chalarga tosh-qum yotqizish, moddiy yordam ajratishda amaliy yordam, ichki zovurlarni tozalash, tibbiy xizat va elektir ta'minotini yaxshilash kabi masalalar ko‘tarildi.

Aholi bilan yuzma-yuz suhbatlar davomida, fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaatlar va muammolar mas’ul tarmoq vakillari bilan joyida muhokama qilinib, o‘rganish talab qilinadigan muammolar joyida o‘rganildi. Shuningdek, murojaatlar ijrosi tegishli mas'ullarga biriktirildi va chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

11 Feb, 13:47


🎞 Viloyat tibbiyot tizimidagi muammolar muhokamasi

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

11 Feb, 07:26


«Yangi Sirdaryo» gazetasining 2025-yil 10-fevraldagi 5-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda

PDF formatda
Veb formatda

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

11 Feb, 05:43


e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyati bo'yicha 3543 ta yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi!

➤ Oqoltin tumanidan 690 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 621 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 288 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 155 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 233 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 474 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 54 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 698 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 103 ta (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 225 ta (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 2 ta (ko'rish)

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

10 Feb, 17:06


💥❗️Diqqat
😇Ham maroqli dam olib, ham yutuq egasi bo‘lishni istaysizmi?

"Sirdaryo" telekanalida shanba kunlari efirga uzatiladigan "Assalom, Sirdaryo!" ko‘rsatuvini tomosha qilib, jonli efirda berilgan savolga javob toping hamda qimmatbaho sovg‘alar egasiga aylaning.
Shartlar esa oddiy: instagram sahifamizga obuna bo‘lsangiz bas. 👇👇👇
🛑Instagram : https://www.instagram.com/tv.sirdaryo?igsh=MW01dW8za3Z4MHY3cA==

❗️To‘liq ma'lumot video lavhada.

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

10 Feb, 14:33


Millliy liboslarimiz xalqimizning milliy qadriyati sifatida qadrlidir!

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

10 Feb, 14:27


📹 #Hokim_yordamchilari

▪️Sayxunobod tumani Farovon mahallasi hokim yordamchisi Burxon Xamroyevning ish faoliyatidan lavha.

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

10 Feb, 14:24


🎞 Muammo va yechimlar: navbatdagi tadbirkorlar qabuli

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

06 Feb, 04:55


Sayxunobod tumanida haydovchilar o‘rtasida tartibli harakatni ta’minlash maqsadida, yo‘l-transport hodisasiga uchrab, ayanchli holatga kelib qolgan avtomobillardan iborat tashkil etilgan "avtokarvon" tuman avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlandi.

Barcha harakat ishtirokchilaridan Yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etishlarini so‘raymiz.

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

05 Feb, 13:04


Пенсионер Ўзбекистондан чиқиб кетганда пенсия қандай тўланади?

“Давлат пенсияларини тайинлаш ва тўлаш тартиби тўғрисидаги низом”га мувофиқ, бугунги кунда:

пенсионер Ўзбекистон Республикасидан ташқарига чиқиб 3 ойдан ортиқ вақт мобайнида Ўзбекистонга қайтиб келмаганида пенсияни тўлаш вақтинча тўхтатиб турилади.

🎚 Бунда вақтинча тўхтатилган пенсияни тўлаш пенсионер Ўзбекистонга қайтиб келгандан сўнг қайта тикланади.

Эслатиб ўтамиз, фуқаро Ўзбекистонга қайтиб келгандан сўнг олинмай қолган ойлардаги пенсиясини 24 ойлигини олиш ҳуқуқига эга.

Бунда пенсия пули пенсияни олиш мақсадида мурожаат этилганидан олдинги 24 ойдан ошмаган давр учун тўланади.

📞 12-71     🌐 pfru.uz

Telegram | 💬Facebook |📸 Instagram | 📹 Youtube |📱 X

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

04 Feb, 14:30


Sayxunobod tumanidagi investisiya loyihalarining amalga oshirish jarayonida duch kelayotgan muammoli masalalar Bosh prokuratura nazoratida.

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev tomonidan Sayxunobod tumanida xorijiy investisiya loyihalarning amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammoli masalalar bartaraf etilmoqda.

Batafsil ma'lumot

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

04 Feb, 13:00


#OGOHLIK_DAVR_TALABI

Firibgarlar tuzog'iga tushib qolmang, OGOH BO'LING!


🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

04 Feb, 13:00


🎞 Navbatdagi tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

04 Feb, 08:21


#Yangi tayinlov


Viloyat hokimining tegishli qarori bilan Xidirov Alisher Bo‘riyevich 2025-yil 4-fevraldan Sirdaryo viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

A.Xidirov mazkur tayinlovga qadar “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati marketing va servis xizmatlari bo‘yicha direktori vazifasida faoliyat olib borgan.

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

04 Feb, 08:21


Yangi tayinlov


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining tegishli buyrug’i bilan Mirrahimov Zafar Qahramonovich Sirdaryo viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig’i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Z.Mirrahimov mazkur tayinlovga qadar viloyat hokimining matbuot kotibi-axborot siyosati masalalari bo’yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat olib borgan.

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

04 Feb, 08:21


Yangi tayinlov


Sirdaryo viloyati hokimining tegishli qarori bilan Mirzayev Manuchehr Boborahimovich Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari, viloyat hokimining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo’yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

M.Mirzayev tayinlovga qadar Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari, viloyat hokimining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo’yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat olib borgan.

Lavozimga tayinlov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko’ra amalga oshirildi.

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

03 Feb, 12:29


Davlatimiz rahbarining aholini o‘zini o‘zi band qilish, kambag‘allikni qisqartirish, boqimandalik kayfiyatini yo‘q qilish borasidagi oqilona, izchil siyosatlari natijasida o‘z tomorqasidan yuqori daromad olayotgan tadbirkorlar soni ortib bormoqda.

Lavhada ana shunday tadbirkorlardan biri Genjemurat Turdimuratov tajribasi bilan bo‘lishadi.

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

29 Jan, 13:12


⚡️“Tashabbusli budjet”ning 2025-yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichiga start berilmoqda

“Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025 yilgi 1-mavsumi 1-fevraldan boshlanib, 20-martga qadar davom etadi. Bunda:

⁃ Loyiha kiritish bosqichi — 1–20 fevral;

⁃ Saralash bosqichi — 21 fevral–7 mart;

⁃ Targ‘ibot bisqichi — 8–10 mart;

⁃ Ovoz berish bosqichi — 11–20 mart kunlari o‘tkaziladi.

Joriy yildagi 1-mavsum g‘oliblari 21 mart — Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

29 Jan, 12:59


Сирдарё ва Сайхунобод тумани аҳолиси учун сайёр қабул бўлиб ўтди

Sirdaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

29 Jan, 02:41


⚡️Hokimlik soatida muhim masalalar muhokama qilindi

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

28 Jan, 15:50


Sayxunobod tumanida Yangi ishlab chiqarish korxonalar soni kun sayin ko‘paymoqda

Sayxunobod tumanida sanoat sohasida rivojlanish davom etmoqda. Yangi ishlab chiqarish korxonalari soni kun sayin ko‘payib, tuman iqtisodiyotini yuksaltirishga katta hissa qo‘shmoqda. Shu bilan birga, tumanning "Turon" mahallasida yangi ishlab chiqarish korxonasi – "PERFECT-INNOVATION-TEXTILE" faoliyatini boshlaydi. Ushbu yangi korxona ip kalavadan yarim tayyor mato ishlab chiqarish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi.

"PERFECT-INNOVATION-TEXTILE" korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha umumiy qiymati 9 milliard so‘mni tashkil etadi. Ushbu loyiha, tuman iqtisodiyoti va ish o‘rinlari yaratish nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. Yangi ishlab chiqarish korxonasi ochilishi bilan 50 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi. Bu bo‘lsa, o‘z navbatida, yoshlar va ishsiz aholining bandligini ta'minlashga yordam beradi.

Shu munosabat bilan, tuman hokimi Komiljon Mullajanov ushbu yangi ishlab chiqarish korxonasining qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi va loyihaning mohiyati hamda uning tumanning iqtisodiy rivojiga qo‘shadigan hissasi haqida ma'lumot oldi. Hokimning tashrifi doirasida, korxonani boshqaruv jamoasi bilan suhbatlashib, kelgusidagi rejalari haqida fikr almashdi.

Korxonaning ishga tushirilishi 2025-yil 25-fevralga rejalashtirilgan bo‘lib, bu sana Sayxunobod tumanidagi sanoat rivojlanishi uchun muhim bir qadam bo‘ladi. Yangi texnologiyalar va zamonaviy usullar orqali ishlab chiqariladigan yarim tayyor mato, nafaqat mahalliy bozorda, balki eksport imkoniyatlarini ham kengaytirishga xizmat qiladi.

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

28 Jan, 11:51


Davlat xizmatchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmat to‘g‘risida”gi qonunning 53-moddasiga muvofiq, davlat fuqarolik xizmatchisini ijtimoiy jihatdan himoya qilish maqsadida tibbiy xizmat ko‘rsatilishi alohida kafolatlangan. Joriy yilning yanvar oyida ham tumanimizda davlat xizmatchilarini sog‘lomlashtirish oyligi davom etmoqda.

Ayni kunlarda tumanimizdagi tashkilot hamda muassasalarda faoliyat yuritayotgan davlat fuqarolik xizmatchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tadbirlari tashkil etilmoqda. Sog‘lomlashtirish tadbirlarida davlat xizmatchilarini 10 dan ortiq birlamchi turdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, kasallik aniqlangan xodimlarga davolanishi uchun barcha zaruriy shart-sharoit yaratib beriladi.

Mazkur oylik doirasida Sayxunobod tuman hokimligi apparat xodimlari ham tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida to‘liq chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik davomida shifokorlar tomonidan sog‘lom turmush tarziga amal qilish, to‘g‘ri ovqatlanish, kasalliklarning oldini olish bo‘yicha maslahatlar berildi.

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

25 Jan, 06:27


Qog‘ozda zo‘r, hayotda... qani, borib ko‘r!

Erkinjon Turdimov tibbiyot xodimlari bilan uchrashdi.

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

25 Jan, 04:06


«Umra» tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari ro’yxati e’lon qilindi

Hurmatli fuqarolar! Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ziyoratchilarimizni «Umra» amallarini munosib va xavfsiz bajarishlari uchun ogoh bo‘lishlari va keyinchalik turli ko‘ngilsiz holatlarga tushib qolmasliklari maqsadida ishonchli va kafolatlangan xizmatlardan foydalanishlarini tavsiya etadi.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

24 Jan, 12:27


🎙 Sayxunobod tumani Tibbiyot birlashmasida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda

Sayxunobod tumani tibbiyot birlashmasi hududda sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, bemorlar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib bormoqda.

Tibbiyot birlashmasidagi bunyodkorlik ishlari faqat binolar bilan cheklanib qolmay, balki atrof-muhitni obodonlashtirishga ham katta e'tibor qaratilmoqda. Bu, albatta, bemorlar uchun ko‘proq dam olish va tiklanish imkoniyatlarini yaratadi, shuningdek, tibbiyot muassasalarida ishlayotgan xodimlar uchun ham qulay va yoqimli ish muhiti yaratadi.

Sayxunobod tumanidagi tibbiyot birlashmasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari hududdagi sog‘liqni saqlash tizimini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Bemorlarga yanada sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, sog‘lom yashash muhitini yaratish va tibbiyot infratuzilmasini takomillashtirish orqali tuman aholisi uchun sog‘lom va farovon hayot sharoitlari yaratilmoqda.

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

22 Jan, 17:11


Sayxunobod tumanida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash borasida yangi tashabbuslar amalga oshirilmoqda

Sayxunobod tumanida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan dasturlar doirasida, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.Zaxidov tuman hududida aholi tomorqasidan samarali foydalanish, shuningdek, har bir oilada kichik issiqxonalar tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Vazirning tashrifi doirasida, Sayxunobod tumani aholisi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi, aholining tomorqa yerlarini yanada samarali foydalanish, bu orqali ularning daromadini oshirish va bandligini ta'minlashga qaratilgan yangi tashabbuslar muhokama qilindi. Tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, ayniqsa, qishloq joylarida aholi farovonligini yaxshilashda katta o‘rin tutadi. Vazir B.Zaxidov ushbu jarayonni tizimli va rejalashtirilgan tarzda amalga oshirish zarurligini ta'kidladi.

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

22 Jan, 15:09


Noqonuniy o‘rnatilgan reklama qurilmalari bartaraf etilmoqda

Sayxunobod tumani hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tadbirkorlik subyektlari chiqarilgan tashqi reklama vositalarining qonunga mosligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi qonuni hamda  O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablariga javob bermaydigan reklama vositalari noqonuniy deb topilib olib tashlash choralari ko‘rildi.

Eslatma o‘rnida:
Hurmatli tadbirkorlar!

O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi qonunida tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzganlik bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz.

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

22 Jan, 13:29


Ахborot 24 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi qarorni imzoladi.

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

22 Jan, 12:16


⚡️Ogohlik davr talabi!

⁉️ I
jtimoiy tarmoqlardagi diniy materiallar: video, audio, matn va boshqa turdagi kontentlarga "layk" bosganlik yoki boshqalarga “ulashganlik” uchun javobgarlik bormi?

Tekshirilmagan audio-, foto- va videomateriallarni internetdan yuklab olishga ehtiyot bo‘ling!

⛔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi tekshirilmagan diniy mazmundagi materiallarga “layk” bosish yoki “ulashish”dan saqlaning!

Batafsil videorolikda shu haqida so'z boradi.

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

22 Jan, 09:08


Бугун Халқ депутатлари Сирдарё вилояти кенгашининг навбатдан ташқари сессияси бўлиб ўтди.

Унда Ўзбекистон Республикаси Бош вазири Абдулла Арипов иштирок этди.

Сессияни Халқ депутатлари вилоят Кенгаши раиси Покиза Ахмеджанова олиб борди.

Кейинги йилларда ҳудудда қишлоқ хўжалиги, иқтисодиётини ривожлантириш, инвестиция ва тадбиркорлик муҳитини яхшилаш, аҳолининг ижтимоий шароитларини юксалтириш ва бошқа йўналишларда йўл қўйилган камчиликлар танқидий муҳокама этилиб, қўшимча вазифалар белгиланди.

Кун тартибига мувофиқ ташкилий масала кўрилди.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг тегишли фармонларига асосан Турдимов Эркинжон Оқбўтаевич Сирдарё вилояти ҳокими вазифасини бажарувчи этиб тайинланди.

Sirdaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

18 Jan, 12:45


Sayxunobod tumanida obodonlashtirish ishlarida yoshu keksa faol qatnashmoqda

Bugun erta tongdan Sayxunobod tumanining barcha mahallalarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hashari uyushqoqlik bilan boshlandi.

Umumxalq xayriya hasharida tuman aholisi faol ishtirok etib, o‘zlari yashayotgan, mehnat qilayotgan hududlarni, ariqlar, ko‘chalar, qabristonlarni tozalash ishlarini amalga oshirmoqda.

Tumanimizning har bir go‘shasini ozoda va orastaligi, pokiza va obodligini ta’minlash, xalqimizning azaliy qadriyatlari davomiyligining yorqin namunasi bo‘lmoqda.

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

18 Jan, 09:36


Sayxunobod tumanida olib borilayotgan hashar ishlarida faol ishtirok etayotgan yoshlarga tuman hokimining o'rinbosari Sh.Baratov tomonidan "coffee break"lar tashkil etildi.

Tumanda keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarida faol ishtirok etayotgan yoshlarga kofe, issiq choy va shirinliklar ulashildi. Yoshlarning mehnati e'tirof etilib, ularning ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirildi. Bunday e'tirof va rag'batlar ularga kelajakdagi loyihalarda yanada faol qatnashish uchun ilhom bag'ishladi.

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

18 Jan, 08:36


Sayxunobod tumanida hashar ishlari qizg’in davom etmoqda

Xalqimizda azaldan tozalik va orastalikka, obodonchilik ishlariga alohida eʼtibor qaratilgan. Obod yurtning fayzi, tarovati o‘zgacha bo‘ladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yana-da ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim o‘rin tutadi.

Bugun erta tongdan Sayxunobod tumanida ham hashar ishlari qizg’in davom etmoqda. Hududlarda yig‘ilib qolgan qurilish hamda maishiy chiqindilar olib chiqildi. Daraxtlarga shakl berilib, oqlandi. Qurilish ishlari olib borilayotgan inshootlarda qo‘shimcha hasharchilar jalb etildi.

Shuningdek, dehqonlar dala chetlari va ariq-zovurlarni tozalash, sho‘r yuvish, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlash kabi ishlarga ham e’tibor qaratildi.

Barcha fuqarolarni ushbu hasharda faol ishtirok etishga hamda mahallamiz obodligiga hissa qo‘shishga chorlab qolamiz.

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

18 Jan, 08:36


Sayxunobod tumanida hashar ishlari qizg’in davom etmoqda

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

14 Jan, 04:13


Assalomu alaykum yurtimizning mard o‘g‘lonlari, aziz harbiylar, vatanparvar, qat’iyatli va jasur o‘g‘lonlar!

Vatanimiz sarhadlarini qo‘riqlash, tinchligini saqlash har bir erkakning Vatani oldidagi muqaddas burchidir! Shu munosabat bilan siz azizlarni, 14-yanvar—Vatan himoyachilari kuni hamda Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 33 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.

Jonajon O'zbekistonimizni himoya qilishdek g‘oyat sharafli hamda mas’uliyatli vazifani ado etishda yurtimizning jasur va mard posbonlariga sihat-salomatlik, ulkan yutuqlar, kuch-g‘ayrat va oilaviy baxt-saodat tilayman.

Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz Vatan himoyachilari !

Hurmat bilan,
Komiljon Mullajanov
Sayxunobod tumani hokimi.


🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

14 Jan, 04:10


Вилоят ҳокими Акмалжон Махмудалиевнинг байрам табриги

Sirdaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

13 Jan, 17:41


🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Abu-Dabi shahriga keldi.

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

13 Jan, 16:10


❗️Ertaga, 14 yanvar — barcha uchun ish kuni

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonda keng nishonlanadi, biroq bu kun dam olish kuni hisoblanmaydi.

Mehnat kodeksining 208-moddasiga ko‘ra, quyidagi 9 ta ishlanmaydigan bayram kuni bor:

1-yanvar — Yangi yil;
8-mart — Xotin-qizlar kuni;
21-mart — Navro‘z bayrami;
9-may — Xotira va qadrlash kuni;
1-sentabr — Mustaqillik kuni;
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
8-dekabr — Konstitutsiya kuni;
Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;
Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

13 Jan, 14:53


Yuqumli kasalliklarning oldini olish va profilaktika qilish maqsadida seminar bo‘lib o‘tdi.

Sayxunobod tumani hokimining o'rinbosari Sh.Baratov boshchiligida tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda yuqumli kasalliklarning oldini olish va profilaktika qilish maqsadida seminar tashkil etildi.

Seminarda yuqumli kasalliklarning oldini olish bo'yicha zamonaviy usullar, ularning tarqalishining oldini olish va aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish masalalari muhokama qilindi.

Tuman hokimininh o'rinbosari Sh.Baratov nutqida, bunday tadbirlarning ahamiyati va aholi salomatligini saqlashda o'z vaqtida profilaktika choralarini ko'rish zarurligini ta'kidlab o'tdi.

Seminar yakunida qatnashchilar savollarga javob berishdi va tibbiyot sohasidagi yangiliklar bilan tanishdilar. Bu kabi tadbirlar nafaqat mutaxassislar, balki oddiy fuqarolar uchun ham juda foydali ekanligi ta'kidlandi.

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

13 Jan, 13:32


🫴 Joylarda Paraosiyo va Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari ishtirokida "Matonat maktabi" uchrashuvlari tashkil etilmoqda

👍Jumladan, Sayxunobod tumanida bo‘lib o‘tgan ana shunday uchrashuvda 2023-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tgan IV yozgi Paraosiyo o‘yinlarida sportning eshkak eshish turi bo‘yicha 2-o‘rinni egallagan Otabek Qo‘chqorov o‘z hayot yo‘lida qiyinchiliklarni qanday yengib o‘tganligi haqida so‘zlab berdi.

👥 Shuningdek, tadbir davomida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayniqsa, yoshlarda halollik, vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxs sifatlarini, qolaversa, milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirishga ko‘maklashish borasida fikr-mulohazalar o‘rtaga tashlandi.

🔮Bundan tashqari, qatnashchilarning jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayniqsa yoshlar ijtimoiy hayotining turli masalalariga doir tashabbuslar, taklif va tavsiyalari ham tinglandi.

🖋 Bu kabi tadbirlar alohida ishlab chiqilgan reja-jadval asosida viloyatning barcha tuman va shaharlarida, taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari hamda mahallalarda tashkil etiladi.

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

13 Jan, 13:20


e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyati bo'yicha 3473 ta yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi!

➤ Oqoltin tumanidan 661 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 635 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 287 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 155 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 322 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 483 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 52 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 546 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 105 ta (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 225 ta (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 2 ta (ko'rish)

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

13 Jan, 13:10


Hurmatli fuqarolar!

Xonadoningiz xavfsizligini va mol-mulkingiz daxlsizligini tajribali 😂 Qoʻriqlash xizmatiga ishonib topshiring.

Hoziroq 📞1131 raqamiga qoʻngʻiroq qiling va batafsil ma'lumot oling.

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

12 Jan, 10:23


⚡️Matbuot kotiblari uchun seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

12 Jan, 05:06


🇺🇿 Vatanni mardlar qoʻriqlaydi!

14-yanvar - Vatan himoyachilar kuniga bagʻishlanadi.

🚀Telegram 🟦Web-site 🔵Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

11 Jan, 09:15


⚡️So'rovnoma | Sayxunobod tumanidagi qaysi Maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori 2024-yil davomida na'munali faoliyat olib bordi deb hisoblaysiz?

Sayxunobod tumani hokimligining Telegram'dagi rasmiy sahifasi orqali tuman aholisi o'rtasida jamoatchilik so‘rovnomasi o‘tkazilmoqda. Unda faol ishtirok eting va munosiblar Sizning e’tirofingiz orqali 2025-yil 21-yanvar kuni e’lon qilinadi.

Albatta ovoz bering, Sizlarning har bir ovozingiz muhim:👇👇
https://t.me/Sayxunobod_yangiliklari_RASMIY/11393

Sayxunobod tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

11 Jan, 08:51


#Matbuot_anjumani

Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.


Sayxunobod tumani hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshligʻi tomonidan "Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda salomatligini mustahkamlash sohasida erishilgan natijalar va kelgusidagi rejalar" mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjuman joriy yilning 11-yanvar kuni Sayxunobod tuman 1-son kasb-hunar maktabida binosida tashkil etildi. Unda tuman hokimining o‘rinbosari, Axborot xizmati rahbari ishtirok etdi.

Tadbir davomida tuman hokimining o‘rinbosari tomonidan xotin-qizlar bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish va salomatlikni mustahkamlash sohasida erishilgan natijalar va kelgusidagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Anjumanda ishtirok etgan jurnalistlar va blogerlar o‘z savollarini berishdi, ularga javoblar berildi hamda kelgusidagi rejalar haqida fikr almashildi. Matbuot anjumani qizg‘in mulohaza ruhida o‘tdi.

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

07 Jan, 20:23


Сирдарё вилояти, шунингдек, туман ва шаҳарларнинг 2025 йил учун бюджет кўрсаткичлари

😮 Сирдарё вилояти
😮 Гулистон шаҳар
😮 Ширин шаҳар
😮 Янгиер шаҳар
😮 Гулистон тумани
😮 Боёвут тумани
😮 Сайхунобод тумани
😮 Сардоба тумани
😮 Мирзаобод тумани
😮 Ховос тумани
😮 Оқолтин тумани
😮 Сирдарё тумани
Sirdaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

07 Jan, 20:18


Bugun 8-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi Prokuratura organlari xodimlari kuni

Prokuratura organlari xodimlarini kasb bayramlari munosabati bilan muborakbod etamiz va xalqimizning haqiqiy himoyachisi, adolat va qonuniylik posboni bo‘lib, xalq manfaati yo‘lida og‘ishmay xizmat qilishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

07 Jan, 20:16


#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | «Sayxunobod tajribasi»: tomorqa va xonadonlar imkoniyatlaridan samarali foydalanish choralari

#7jan #uzbekiston24

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

07 Jan, 13:07


Sayxunobod tumaniga kimlar hokim bo‘lgan?

Mustaqillik yillarida tumanga 11 kishi rahbarlik qilgan. Ular:

▪️ Doulonov Bozorboy Doulonovich
(1991-1993);
▪️ Ergashev Gʻanijon Abduvoitovich 
(1993-1997);
▪️ Raxmonqulov Sulton Xatamovich
(1997-2001);
▪️Normurodov Raxmatulla Murotqulovich
(2001-2004);
▪️Turdiboyev Abduvoxid To‘xtaboyevich
(2004-2015);
▪️Suvanov Zufar Abdurasulovich
(2015-2016);
▪️Egamberdiyev Nosirjon Maxmudovich
(2016-2018);
▪️Mirzakulov Batirjan Kazakbayevich
(2018-2020);
▪️O‘ktamjonov Farrux O'ktamjonovich
(2020-2023);
▪️Karimov Anvar Rasulovich
(2023-2024);
🔹Mullajanov Komiljon Xusan oʻgʻli
(2024 - h.v).

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

06 Jan, 14:36


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlardagi bolalarning metapnevmovirusga chalingani xususidagi ma’lumotlar mutlaqo asossiz - Sog‘liqni saqlash vazirligi

Vazirlik rasmiy xabarida aytilishicha, Yangi yil arafasida Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining jami beshta — Chaqaloqlarni parvarish qilish, Chaqaloqlar patologiyasi va reanimatsiyasi, Gepatologiya, Nefrologiya hamda Umumiy pediatriya bo‘limlarida profilaktik yuvish-tozalash va zararsizlantirish ishlari amalga oshirilgan.

Mazkur bo‘limlarning barchasi bugun, 6-yanvar kunidan qayta ochildi va bu holat tabiiy ravishda bemorlar oqimi nisbatan ortishiga sabab bo‘ldi.

Qolaversa, markaz ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarda qayd etilgan yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarni qabul qilish va davolashga ixtisoslashtirilmagan.

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

06 Jan, 14:33


🇺🇿 Davlatimiz rahbari mehnat ta’tiliga chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qilishicha, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bugun 2025-yil 6-yanvardan navbatdagi qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

06 Jan, 11:02


#Tayinlov

Saliyeva Feruza Kaxramanovna Sayxunobod tumani hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.

U mazkur tayinlovga qadar Oila va xotin-qizlar bo‘limi bosh mutaxassisi vazifasida faoliyat olib borgan.

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

04 Jan, 13:21


⚡️Qishda elektr energiyasini tejash bo‘yicha 10 ta maslahat.

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

04 Jan, 13:13


🔈 “Men Gʻolib” musobaqasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

✔️ 3-yanvar kuni Yugur.uz platformasida “Men Gʻolib” harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.

✔️“Men Gʻolib” yugurish musobaqasining o‘zi 12 yanvar kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘lib o‘tadi, u yerda mamlakat qurolli kuchlarining mingdan ortiq vakillari, kuch tuzilmalari xodimlari, professional sportchilar va havaskor yuguruvchilar to‘planishadi.

✔️Vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi 3 km va 10 km masofada o‘tkaziladi.

✔️Ishtirokchilar uchun slotlarni 8 yanvargacha Yugur.uz platformasidagi havola orqali sotib olish mumkin.

✔️Yugurish ishqibozlari yakka tartibda, idoraviy tuzilmalar uchun jamoaviy musobaqalar tashkil etiladi.

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

03 Jan, 12:36


#yashil_energiya

Yil voqeasi: Saudiya Arabistonining «ACWA Power» kompaniyasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak tumanida 100 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi qurilmoqda.

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

03 Jan, 12:01


Xitoydan munosabat: O‘zbekiston Markaziy Osiyoda maishiy chiqindilarni energiyaga aylantiradigan zavodlarga ega bo‘lgan birinchi davlatga aylanadi

Tom Shi, “Shanghai SUS Environment Co. Ltd” kompaniyasi vitse-prezidenti.

Batafsil / Батафсил

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

03 Jan, 09:46


🌴🏘 Sayxunobodda sitrus tropik ko‘chatlari parvarishlanmoqda

“Ittifoq” mahallasida istiqomat qiluvchi Nosirjon Dusmatov xonadoniga "Mahalla yettiligi" ko‘magi bilan 40 million so‘mlik imtiyozli kredit ajratilib, 2 sotix tomorqasiga issiqxona qurib berilgandi.

Ushbu xonadonda gulchilikni rivojlantirish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 10 ming tup palma va 1000 tup qimmatbaho archa ko‘chatlari yetishtirilmoqda. Xonadon sohibi dastlabki kutilayotgan daromad 60 million so‘mdan ziyod ekanligini taʼkidlamoqda. Shuningdek, joriy yilda Dusmatovlar xonadoni baliqchilik sohasini ham rivojlantirishni maqsad qilishgan.

Sirdaryo viloyatining barcha mahallalarida qahramonimiz kabi to‘rt faslda ham to‘kinlikda yashayotgan ishbilarmon hamyurtlarimiz talaygina. Biz ular haqida hikoya qilishda davom etamiz.

@SirdaryoMahalla
https://t.me/+K0f2uXAj-aRmNmE6

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

03 Jan, 06:02


Ijtimoiy tarmoqlarda “Elektr energiyasi iste’moli 200 kilovatdan oshsa, har bir kilovatt uchun 900 sо‘m emas, 540 sо‘mdan tо‘lanadi” mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur xabar mutlaqo asossiz ekanligini ma’lum qiladi.

Xabarda "Hisob-kitob davrida iste’molchilar tomonidan (maishiy iste’molchilardan tashqari) elektr energiyasi iste’moli shartnomaviy miqdordan 20 foiz va undan ortishiga yо‘l qо‘yilgan taqdirda, ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning ikki baravari miqdorida qо‘shimcha tо‘lov undiriladi." keltirilgan jumlani о‘zidayoq maishiy iste’molchilardan tashqari deb aniq ifoda etilgan

Hukumatning tegishli qaroriga asosan bu tartib faqatgina yuridik shaxslar uchun amal qiladi.

"Ijtimoiy tarmoqdagi turli xil kanallar adminlari va egalaridan bunday asossiz xabarlarni tarqatmaslikni sо‘rab qolamiz" — deyiladi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Axborot xizmati xabarida.

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

03 Jan, 06:02


Tadbirkorlik qilish uchun bino kerakmi? e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyatidan 131 ta ko'chmas mulk binolarni sotib oling va o'z biznesingizni boshlang!

➤ Oqoltin tumanidan 7 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 10 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 8 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 9 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 11 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 4 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 9 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 16 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 40 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 4 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 13 tа (ko'rish)

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

02 Jan, 05:20


1-yanvardan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekiston qonunchiligida 2025-yil 1-yanvaridan bir qator o‘zgarish va yangiliklar kuchga kiradi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/673769

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

31 Dec, 19:14


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

31 Dec, 19:14


#Live Вилоят ҳокими Акмалжон Махмудалиев барча юртдошларимизга табрик йўллади

Sirdaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

31 Dec, 12:44


KENG JAMOATCHILIK VA JURNALIST, BLOGERLAR E’TIROFI

Пресс-пул - telegram kanali orqali o‘tkazilgan "ENG NAMUNALI VA FAOL HOKIM" tanlovi nihoyasiga yetdi.

Keng jamoatchilik, xususan jurnalist va blogerlar e’tirofiga ko‘ra:

🔴"Eng namunali shahar hokimi" nominatsiyasida;
Jamoliddin Xojimanov

🔴«Eng namunali tuman hokimi» nominatsiyasida:
Komiljon Mullajonov
ko‘p ovoz to‘pladi va g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tanlovni e’tiborsiz qoldirmay, labbay deb javob bergan hamkasblarimiz, shuningdek, jarayonlarda faollik ko‘rsatgan barcha-barchaga tashakkurimizni bildiramiz!

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

31 Dec, 08:21


Sayxunobod tumani hokimi Komiljon Mullajanovning Yangi 2025-yil bayrami munosabati bilan tumanimiz aholisiga yo‘llagan bayram tabrigi.

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

29 Dec, 16:56


🎄Sayxunobod tumanida yangi yil shukuhi davom etmoqda.

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

29 Dec, 16:37


#bayram_shukuhi

Quvonchli kayfiyat ulashib...

Yangi yil bayrami munosabati bilan Sayxunobod tumani hokimi Komiljon Mullajanov boshchiligida tuman tibbiyot birlashmasida davolanayotgan bolajonlarga bayram kayfiyatini ulashdi. Ularning har biriga bayramona sovg‘alar taqdim etilib, yaxshi tilaklar bildirishdi.

Bayramda ishtirok etgan bolalar va ularning ota-onalari uchun unutilmas lahzalar yaratildi.

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

29 Dec, 16:11


Bir asr bilan yuzlashgan ulug' otaxon va onaxonlar holidan xabar olindi.

Sayxunobod tumani hokimi Komiljon Mullajanov 100 yoshdan oshgan Xoldorov Otaxon ota hamda 102 yoshli onaxon Xayri Safarovaning holidan xabar olib, kirib kelayotgan 2025-yil Yangi yil bayrami bilan samimiy tabrikladi.

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

29 Dec, 15:57


Yorug‘ kunlar shukronasi

Tinchlik, osoyishtalik, sabr va qanoat, shukronalik xalqimizda azaldan e’zozlagan qadriyatlardan sanaladi. Shu kunlarda yangi yil bayrami arafasida Sayxunobod tumanida bayram shukuhi o‘zgacha ko‘tarinki ruh bilan nishonlamoqda.

Xususan, Sayxunobod tuman hokimi Komiljon Mullajanov tashabbusi bilan an'anaviy tarzda tuman hududidagi yordamga muhtoj oilalar va yolg‘iz keksalar holidan xabar olinmoqda.

Ana shunday xayrli ishlar davomi sifatida tumandagi mahallalarda istiqomat qiluvchi 200 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj va "Temir daftar" ro'yxatida turuvchi oilalarga kirib kelayotgan 2025-yil Yangi yil bayrami munosabati bilan 15 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari sovg‘a sifatida tuman hokimi, o'rinbosarlari hamda korxona va tashkilot rahbarlari tomonidan manzilli yetkazib berildi.

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

27 Dec, 21:41


ПРЕСС-ПУЛ telegram kanalida «ENG NAMUNALI VA FAOL HOKIM» tanlovi e’lon qilindi.

Joriy 2024-yilda OAVda eng faol yoritilgan, tizimda ochiqlik va shaffoflikni namoyon etgan, xalq bilan ishlashda samarali natijalarga erishgan Sirdaryo viloyati tuman va shahar hokimlari o‘rtasida «ENG NAMUNALI VA FAOL HOKIM» tanlovi e’lon qilindi.

Sayxunobod tumani so‘nggi yillarda “Sayxunobod tajribasi” bilan yanada dong taratdi. Bugungi kunda esa nafaqat tomorqadan unumli foydalanish balki investisiya kiritish, aholini ish bilan ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni turli jabhalarda yanada rivojlantirish borasida ham boshqa hududlarga o‘rnak va namuna bo‘lmoqda desak, mubolag‘a emas.

Shu o‘rinda tumanimiz hokimi Komiljon Mullajanovning tashabbuslari va g‘oyalari asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar nafaqat tumanimiz balki viloyatimizning ham iqtisodiy o‘sishiga xizmat qilmoqda.

Hurmatli tumanimiz furarolari ushbu so‘rovnomada ishtirok etib, birgalikda biz tumanimiz sha'ni va obro'si uchun tumanimiz hokimi Komiljon Mullajanovning samaradorligini yanada oshirishga hissa qo‘shaylik!

Tanlov natijalar 29-dekabr kuni ПРЕСС-ПУЛ telegram kanalida e’lon qilinadi.

So‘rovnomada ishtirok etish uchun — ENG MUNOSIBIGA OVOZ BERING!

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

27 Dec, 15:37


Ҳурматли мижозлар!

Дам олиш кунлари
тижорат банкларидаги халқаро пул ўтказмалари ва валюта айирбошлаш шохобчалари юқорида кўрсатилган жадвалга асосан фаолиятини давом эттиради.

Қўшимча маълумот учун телефон:
📞 972756688 | 949162515

Банкоматларда юзага келадиган ноқулайликлар бўйича:
📞 972779511 | 972242207 | 972770060

Sirdaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

27 Dec, 14:28


⚡️Joriy yilning 27-dekabr kuni Sayxunobod tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Sayxunobod tuman Kengashining Yettinchi chaqiriq to'rtinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

Shuningdek, bo'lib o'tgan sessiya ishida tuman hokimi, mutasaddi tashkilot rahbralari va OAV vakillari ishtirok etib, 5 ta masala muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Sayxunobod tumani kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

27 Dec, 14:28


🎄Sayxunobod tumanida yangi yil shukuhi davom etmoqda.

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

27 Dec, 11:17


2024-yilda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida qanday ishlar amalga oshirildi?

Xabaringiz bor, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ekologik holatni yaxshilash maqsadida Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan va bugun yaxshi an’anaga aylangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda. Xo‘sh, ushbu loyiha doirasida 2024-yil davomida qanday ishlar amalga oshirildi?

👉 Batafsil

Telegram | Web-site | Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

27 Dec, 09:45


Youtube sahifasi orqali qilingan fuqaro Q.Xidirovning video murojaat yuzasidan Sayxunobod tumani hokimligining rasmiy munosabat.

Fuqaro Q.Xidirovning videomurojaati bundan avval ham Sayxunobod tumani hokimi Komiljon Mullajanov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganilgan.

Fuqaroning 5 nafar farzandi bor. Ularning barchasini uy-joyi mavjud. Qolaversa fuqaroning o‘zining ham alohida yashash hovli-joyi bor.

"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan elektron yuritmali aravacha berilgan.

Shuningdek, fuqaro qo‘shimcha daromad manbaiga ega. Bog‘dorchilikka ixtisoslashgan 4 gektar yer maydonini egasi.

Ishchi guruhi tomonidan hashar yo‘li bilan fuqaroning hovlisidan zamonaviy shart-sharoitlarga ega uy qurib berish taklif qilingan. Ammo fuqaro buni rad qilgan. Va tuman markazida qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylardan berilishini talab qilgan.

Fuqaroga ayni vaqtda tuman markazida qurilayotgan uy-joylar xususiy tadbirkorlar tomonidan tijoriy maqsadlarda qurilayotgani, hokimlik balansida bo‘sh uy-joy yo‘qligi tushuntirilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, ixtiyoriy homiylik qiluvchi tadbirkorlik subyektlari aniqlansa fuqaroga amaliy yordam berilishi mumkinligini maʼlum qilamiz.

Telegram | Web-site | Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

26 Dec, 18:28


Сирдарё вилояти маҳаллани қўллаб-қувватлаш кенгашининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди.

Sirdaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

26 Dec, 08:08


"Payshanba - jismoniy tarbiya va sport kuni"

O‘zbekiston mahallalari uyushmasining 2024-yil 26-dekabr kuni “Payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni” munosabati bilan Sayxunobod tumanida nuroniylar va mahalla faollari ishtirokida "5000 qadam" aksiya marafoni o'tkazilib va shu bilan birga sport maktabi binosida shaxmat va shashka bo'yicha musobaqalar tashkil etildi.

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

05 Dec, 15:20


Gʼallaorol MGKB tomonidan GTSlarga termodatchik va qoʼshimcha aylanma tarmoq (baypas) oʼrnatish ishlari olib boriladi.

Shu sababli 6 dekabr kuni soat 12:00 dan 15:00 ga qadar "Haqiqat-2" GTSni va "Oqoltin" GTSdan tabiiy gaz bilan taʼminlovchi;

Sirdaryo tumanining Paxtakor, Shirin, Аdolat, Kamolot va Bunyodkor mahalallarida;

Sayxunobod tumanining Paymard, Farovon mahallalarida;

Guliston tumanining Tajribakor, Oqoltin, T.Аzizov, Madaniyat, X.Olimjon-1 mahallalarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʼxtatiladi.


Jami aholi isteʼmolchilari soni
- 5 511 ta
Jami ulgurji isteʼmolchilari soni - 61 ta

Noqulayliklar uchun "Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

05 Dec, 07:29


Yangi ishlab chiqarish korxonasining qurilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

Xabaringiz bor, Sayxunobod tumani "Farovon" kichik sanoat zonasida joylashgan "Beshefar group" MChJ tomonidan bug'doyni qayta ishlash va un mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasining qurilish ishlari boshlangan edi.

Umumiy loyiha qiymati 25 million dollar bo‘lgan korxonaning qurilish ishlarini viloyatdagi qurilish korxonasi quruvchilari amalga oshirayotgan bo‘lsa, 15.5 million dollarga eng so‘nggi rusmdagi tegirmon va silos uskunalari Tukiyadagi “Alapros Grain Milling Technology” korxonasidan keltiriladi. Buning uchun korxona ta’sischilarining 25 million dollar miqdoridagi pul mablag‘i yo‘naltirildi.

Yiliga 328 ming tonna un ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan korxona to‘lig‘icha ishga tushsa, 200 nafar ishsiz va daromadi yo‘q yoshlar muqim ish joylariga ega bo‘lishadi. 

Bugungi kunda korxonada 22000 kv.metr maydonda joylashgan omborxona, korxona ofisi va tegirmonini qurilish ishlari esa jadal suratlarda davom etmoqda.

Telegram | Web-site | Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

05 Dec, 07:16


Tomorqa tufayli aholi farovonligi oshmoqda.

Sayxunobod tumanining "Mustaqillik" mahallasida "Kambag‘allikdan farovonlik sari" tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar aholining daromadi oshishiga, kam daromadli aholi soni kamayishiga xizmat qilmoqda.

Batafsil O'zbekiston Milliy axborot agentligi saytida

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

05 Dec, 06:35


9 dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

Korrupsiyani birlashib yengamiz!

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

22 Nov, 19:09


Янги Ўзбекистонимиз янги парламенти билан бирга ўз тараққиётининг ҳал қилувчи босқичига қадам қўймоқда

Sirdaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

22 Nov, 14:50


Sayxunobod tumanida 50 tonnagacha mahsulotni saqlaydigan muzlatgich qurilishi natijasida muzlatgich soni yana bittaga ko‘paydi. Buning natijasida dehqonlarimiz daromadini yanada oshirishga oshiqmoqda.

Ma’lumki, Davlatimiz rahbari joriy yilning 14-mart kuni Sayxunobod tumaniga tashrifi davomida tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish orqali aholi daromadli qilish maqsadida “Sayxunobod tajribasi”ni yo‘lga qo‘ygan edi.

"Sayxunobod tajribasi" aholi va tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlarni yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va tumanning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu tajriba orqali aholi o‘z biznesini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Tadbirkorlar esa davlatdan ko‘mak olish, innovatsion g‘oyalarini amalga oshirish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlariga ega bo‘lishdi.

Ma’lum qilganimizdek, joriy yilning 20-iyul kuni tuman hokimi Komiljon Mullajanov tomorqadan unumli foydalanib, yuqori daromad olib kelayotgan “O‘zbekiston” mahallasida istiqomat qiluvchi Muhammadiyev Kamol xonadoniga tashrif buyurib xonadon egasi bilan uchrashgan edi.

Uchrashuv davomida fuqaro 10 sotix yer maydonida uzumchilikni yo‘lga qo‘yib yuqori daromad olib kelayotganini ta’kidladi. Biroq, “Sayxunobod tajribasi” asosida yaratilgan imkonyatlardan unumli foydalanish maqsadida qo‘shimchasiga 10 sotix yer maydoniga 1 ming 500 dona uzum ko‘chatlarini ekib uzumzorimni kengaytir, bundan tashqari xonadonida uzumni saqlash uchun “Muzlatgich” qurish maqsadida kredit olish istagi borligini bildirgan edi.

Tuman hokimi Komiljon Mullajanov tomonidan bu g‘oya har tomonlama qo‘llab-quvvatladi va “Asaka bank” Aj Guliston BXM tomonidan 100 mln so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.

Bugungi kunga kelib ushbu xonadonda 50 tonnagacha mahsulotni saqlaydigan muzlatgich qurildi. Ushbu muzlatgichning bunyod etilishi tufayli tumanda yetishtiriladigan meva-sabzavotlarni sifatli saqlash va yilning istalgan vaqtida eksport qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu o‘z navbatida shuncha mahsulotni chet davlatlariga talab ko‘proq bo‘lgan davrda, ya’ni qish faslida yetkazib berish uchun qulaylik tug‘diradi.

Telegram | Web-site | Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

22 Nov, 14:50


Bugun Sayxunobod tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda mahalliy yoshlar, tumandagi tashkilot va korxona xodimlari va sportchilar o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Musobaqalar turli sport turlari bo‘yicha tashkil etilib, ishtirokchilarga o‘zaro raqobatlashish imkoniyati yaratildi.

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iborat.

Sayxunobod tumanidagi bunday tadbirlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga, shuningdek, jamoaviy ruhni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Musobaqa so'ngida g'olib va sovrindorlar diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Telegram | Web-site | Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

22 Nov, 10:28


Nogironlik pensiyasini qanday qilib qayta hisoblatish mumkin?

👩🏻‍🦽Fuqaro I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lsa, uning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiyasi har 2 yilda bir marotaba qayta hisoblab beriladi.

Huquq paydo bo‘lgan shaxs qanday hujjatlarni taqdim qilishi kerak?

Pensiyani qayta hisoblashga asoslar vujudga kelganda shaxs Pensiya jamg‘armasiga faqatgina pasport bilan murojaat qilishi mumkin.

Telegram | Web-site | Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

22 Nov, 08:18


Sayxunobod tumaniga yuz ming dona ko‘chatlar olib kelindi

Joriy yilning 20-oktyabridan 1-dekabr kuniga qadar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish bo‘yicha "Dolzarb 40 kunlik" e’lon qilingan bo'lib, bu borada Sayxunobod tumanida ham keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Hududlarda iqlim sharoitiga mos mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.

Sayxunobod tumani Qishloq xo'jaligi bo'limi tashabbusi bilan Namangan viloyatidan tumanimizga yana 100 ming dona daraxt ko‘chatlari olib kelinib, belgilangan yer maydonlariga ekilmoqda.

Sayxunobod tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Web-site | Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

18 Nov, 09:19


#kouching
#ijtimoiy_himoya

Sayxunobod tumani aholisi uchun "Xalqqa yordam - oliy qadriyat" mavzusida seminar-kouching bo‘lib o‘tdi


Unda Ijtimoiy himoya milliy agentligi, tuman “Inson” markazi mutaxassislari fuqarolardan kelib tushayotgan dolzarb masalalar yuzasidan taqdimot o‘tkazdi. Ularni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat va yordamlar to‘g‘risidagi flayerlar tarqatildi.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

18 Nov, 07:08


❗️ Korrupsiya — u qonunchilik yetarli darajada mukammal ishlab chiqilmagan, tartib-taomillar shaffof bo‘lmagan joyda ildiz otadi.

Bu kabi korrupsion holatlarning oldini olish uchun nimalar qilish lozim?

1. Mustaqil jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, davlat organlari va alohida davlat xizmatchilarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish;

2. Manfaatlar to‘qnashuvi, noqonuniy homiylik holatlarini aniqlash va javobgarlikka tortish;

3. Mansabdor shaxslar, tadbirkorlar va fuqarolarning noqonuniy xatti-harakatlariga imkon beruvchi qonunchilikdagi bo‘shliqlarni bartaraf etish lozim.

Telegram | Web-site | Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

18 Nov, 07:00


🇺🇿 Bugun, 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!

Mustaqil Oʻzbekistonning ramzlaridan biri boʻlmish Davlat bayrogʻi oʻzbek xalqining shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini oʻzida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga cheksiz gʻurur, faxr va iftixor bagʻishlaydi.

Sayxunobod tumani hokimligi hamda tuman faollari barcha yurtdoshlarimizni bugungi sana bilan samimiy muborakbod etadi. Bayrog‘imiz — faxrimiz, g‘ururimiz!

Telegram | Web-site | Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

18 Nov, 06:41


🇺🇿 Bugun vatanimiz bayrog‘i qabul qilingan kun!!!

1991-yil 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun.

Barcha yurtdoshlarimizni ushbu sana bilan tabriklaymiz! O‘zbekistondagi tinchlik va osoyishtalik bardavom bo‘lsin, bayrog‘imiz baland-balandlarda hilpirayversin! 🤲

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

17 Nov, 10:09


Ҳудудларда "Маҳалла" боғлари яратилмоқда

Президентимиз ташаббуси билан илгари сурилган «Яшил макон» умуммиллий лойиҳаси доирасида Маҳаллалар уюшмаси вилоят бошқармаси томонидан ҳудудларда "Маҳалла" боғлари ташкил этилмоқда.

Бугун Гулистон шаҳри Сайқал маҳалласида ана шундай хайрли тадбирлардан бири бўлиб ўтди. Унда кўплаб кўнгиллилар, "маҳалла еттилиги" аҳоли вакиллари иштирок этиб, турли хил дарахт кўчатларини ерга қадади.

Sirdaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

16 Nov, 14:54


Sayxunobod tumanida Chorvachilik toboro rivojlanmoqda.

Bugun mamlakatimizda qishloq xo‘jaligiga, xususan bu soha bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan oziq-ovqat xavfsizligiga eʼtibor borgan sari ortmoqda. Aholini sifatli va xavfsiz go‘sht, sut mahsulotlari bilan taʼminlayotgan chorvachilik yo‘nalishida ham tadbirkor va chorvadorlarga davlatimiz tomonidan imkoniyat va imtiyozlar hamda qator subsidiya va kreditlar ajratilmoqda.

Sayxunobod tumanining "Paxtaobod" mahallasidagi “Sayxun mollari” fermer xo‘jaligi vakillari ham bugun ushbu imtiyozlardan foydalanib, Qirg'iziston Respublikasidan 170 dan ortiq qora mol olib kelib, aholi dasturxonini to‘kin qilishga va agrar soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shayotgan yurtdoshlarimizdir.

Ushbu fermer xo‘jalik tadbirkorlikni yanada kengaytirish maqsadida sutni qayta ishlash mini korxonasini tashkil etdi. Sutni qayta ishlovchi yangi korxona tomonidan Xitoy davlatidan 5 ming dollarga eng so'ngi rusumdagi qurt ishlab chiqarish uskunasi olib kelindi. Aholi va chorva fermerlardan sut yig‘ib olib 10 dan ortiq turdagi mahsulotlari tayyorlab, aholi va ichki bozorlarga sifatli sut mahsulotlarini yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydi.

Quvonarlisi, mazkur korxonada 7 nafar yoshlarni doimiy ish bilan ta'minlab, yuqori daromad olib kelmoqda.

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

10 Nov, 18:06


Sayxunobod tumanida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

An’anaga ko‘ra, mamlakatimizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi - Tibbiyot xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan bugun "Baxtiyor” tantanalar majmuasida bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda tuman hokimi Komiljon Mullajanov, tuman sektorlari rahbarlari, tibbiyot xodimlari, faxriylar ishtirok etdi.

Inson salomatligini asrashdek ezgu va savobli ishga o‘zini bag‘ishlagan tibbiyot xodimlarini bayram bilan qutlash uchun so‘z olgan tumani hokimi Komiljon Mullajanov mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustahkam qaror toptirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, har bir fuqaroning sog‘lig‘ini asrab-avaylash, ularni malakali tibbiy xizmat bilan to‘liq qamrab olishga katta eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlab, Sayxunobod tumanida ham so‘nggi yillarda bu sohaning jadal rivojlanib borayotgani, erishilayotgan natijalar va yangi marralar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Yig‘ilganlarning barchasiga bayram sovg‘alari topshirildi.

Bayram kuy-qo‘shiq va raqslarga ulanib, ko‘tarinki ruhda davom etdi. Hush ovoz san’atkorlarning qo‘shiqlari yig‘ilganlarga ajoyib bayram kayfiyatini ulashdi.

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

10 Nov, 06:19


Yashil makonda birlashaylik!

Ma'lumki, keyingi yillarda mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muammolarni hal etish va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf qilish borasida ham izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Yurtimizda ham atrof-muhitga salbiy ta'sirni kamaytirish, tabiiy ekotizimlarni saqlash va tiklash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, bugun Sayxunobod tumani Sport maktabi xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ishtirok etib, mevali va manzarali daraxtlar ekishdi.

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

09 Nov, 16:13


Sayxunobod tumanida kuzgi daraxt ekish mavsumi boshlandi.

Bu davrda tumanimizda 641 ming dona manzarali, mevali va boshqa turdagi daraxt hamda buta ko‘chatlarini ekish belgilangan.

Ma'lumki, keyingi yillarda mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muammolarni hal etish va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf qilish borasida ham izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugun erta tongdan Sayxunobod tuman hokimligi, "Asaka bank" Aj Guliston BXM hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida «Yashil makon» umummilliy loyihasining kuzgi mavsumiga start berildi. Unda qatnashgan tuman hokimi Komiljon Mullajanov "Yashil makon" vijdonimiz, bo‘lajak hayotimiz, farzandlarimiz oldidagi mas’uliyat ekanini ta’kidladi. Barchani astoydil bel bog‘lab, ushbu xayrli ishlarga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishga chaqirdi.

Sayxunobod tumani "Ittifoq" mahallasi hududidan o‘tgan 4R25 avto yo'lining chetidagi 2 gektar maydonga 5 mingdan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

08 Nov, 07:34


Xalq deputatlari Sayxunobod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Batafsil:
Saxunobodtuman.uz

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

08 Nov, 02:33


А.А.Махмудалиевни Сирдарё вилояти ҳокими лавозимига тайинлаш тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони

Батафсил: https://uza.uz/posts/654800

Sirdaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

07 Nov, 14:35


Tayinlov

O‘rinboyev Anvar Azimjon o‘g‘li Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sayxunobod tumani bo‘linmasi rahbari lavozimiga tayinlandi.

O‘rinboyev Anvar Azimjon o‘g‘li - tayinlovga qadar Sayxunobod tumani “Ittifoq” mahallasi yoshlar yetakchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Sayxunobod tumani hokimligi jamoasi nomidan O‘rinboyev Anvar Azimjon o‘g‘lini yangi mas’uliyatli vazifa bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaydi!

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

07 Nov, 14:10


#Diqqat Hurmatli tumanimiz aholisi!

Sayxunobod tumani Ichki ishlar bo‘limida kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida uzluksiz navbatchilik shtabi tashkil etildi.

Shtabga Sayxunobod tumani hokimligi, Ichki ishlar bo‘limi, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Milliy gvardiya, "Sayxunobodtumangaz", tuman elektr tarmoqlari, Suv ta’minoti hamda Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari navbatchilik asosida biriktirilgan.

Shtabning asosiy vazifasi - Favqulodda holatlarni (operativ) ravishda bartaraf qilish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.

Murojaat uchun telefon: +99867-225-00-54

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

07 Nov, 13:28


Халқ депутатлари Cирдарё вилояти Кенгашининг еттинчи чақириқ биринчи сессияси ўтказилди.

Унда вилоят Ҳудудий сайлов комиссияси раиси Зафар Хакимовнинг жорий йил 27 октябрда бўлиб ўтган сайлов якунлари тўғрисидаги ахбороти тингланди.

Сессияда депутат Ахмеджанова Покиза Шавкатовна Халқ депутатлари Cирдарё вилояти Кенгаши раиси этиб сайланди.

Шунингдек, сессияда халқ депутатлари Cирдарё вилояти Кенгашига сайланган депутатларнинг партия гуруҳлари рўйхатдан ўтказилиб, вилоят Кенгашининг регламенти ва доимий комиссиялар тўғрисидаги Низом тасдиқланди.

Маслаҳатлашувда Президент томонидан Cирдарё вилояти ҳокими лавозимига Махмудалиев Акмалжон Азимжонович номзоди кўрсатилганлиги билдирилди.

Халқ депутатлари Cирдарё вилояти Кенгашининг қарори билан Акмалжон Махмудалиев Cирдарё вилояти ҳокими лавозимига тасдиқланди.

Sirdaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

07 Nov, 13:26


Firma nomini Milliynom.uz platformasi orqali tanlang

Savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’yektlariga nom berishni takomillashtirish maqsadida «Milliynom.uz» platformasi yaratilgan.

Mazkur platforma fuqarolar ayniqsa, yoshlar orasida yozma savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada oshirish, uning ijtimoiy mavqeyini mustahkamlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Mazkur platformada foydalanish yoshi chegaralanmagan bo‘lib, unda o‘zbek tilida yozishni biladigan barcha xohlovchilar diktant yozish yo‘li orqali imlo savodxonligi bo‘yicha o‘z bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari firma, xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini nomlashda mazkur platformadan foydalanishingiz mumkin.

Platformaga ulanish: . 👉https://www.milliynom.uz

Telegram I Web-site I Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

06 Nov, 08:59


Бугун премьера

Соат 17:00 да вилоят мусиқали драма театрида Усмон Азим асари асосида режиссёр Валихон Умаров томонидан саҳналаштирилган «Алпомишнинг қайтиши» спектакли премьера қилинади. Кириш бепул.

Қўшимча маълумот учун телефон:
+998973403553|+998507577257

Sirdaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

05 Nov, 13:47


Podpolkovnik Ummatqulov Rustambek Ubadullayevich — Sayxunobod tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.

Bunga qadar u Jizzax viloyati Arnasoy tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Telegram | Web-site | Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

05 Nov, 07:29


e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyati bo'yicha 3265 ta yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi!

➤ Oqoltin tumanidan 626 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 494 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 289 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 163 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 308 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 497 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 46 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 507 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 105 ta (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 229 ta (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 1 ta (ko'rish)

Telegram | Web-site | Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

05 Nov, 07:26


⚡️Taqdirlash marosimi davomida bir guruh tuman shahar hokim o’rinbosarlari, yoshlar ishlari bo’lim boshliqlari, hamda viloyat boshqarma boshliqlari 9 oy yakuni bo’yicha samarali mehnat faoliyati munosabati bilan viloyat hokimligi tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Telegram | Web-site | Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

25 Oct, 19:07


"Yangi hayot" ijtimoiy-siyosiy, huquqiy gazetasining navbatdagi sonini PDF formatda mutolaa qiling!

Telegram | Web-site | Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

25 Oct, 15:37


⚠️ Эртага "Сукунат" куни

🔛 Бугун Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва маҳаллий Кенгашлар депутатлари сайлови бўйича депутатликка номзодлар ва сиёсий партияларлар учун белгиланган сайловолди ташвиқотнинг охирги куни.

Сайлов куни 27 октябрь ва овоз беришга бир кун қолганида 26 октябрь кунлари сайловолди ташвиқотига йўл қўйилмайди.

Шу билан бир қаторда, сайлов куни ва овоз бериш бошланишидан бир кун олдин:

🟢жамоатчилик фикри сўровлари натижаларини;

🟢сайлов натижалари прогнозларини;

🟢ўтказилаётган сайлов билан боғлиқ бошқа тадқиқотларни эълон қилиш (ҳаммага маълум қилиш);

🟢шу жумладан ахборот тармоқларига, шунингдек Интернет жаҳон ахборот тармоғига жойлаштириш ТАҚИҚЛАНАДИ.

Биноларга, иншоотларга ва бошқа жойларга илгари жойлаштирилган сайловолди ташвиқоти материалларини сайлов куни ва овоз беришдан бир кун олдин олиб қўйилиши мажбурий ҳисобланмайди.

Sirdaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

25 Oct, 15:27


Kambag‘allikdan farovonlik sari

Bugun Sirdaryo tumani Taraqqiyot mahallasining bir guruh fuqarolari tajriba almashish maqsadida tumaning Quyosh mahallasi hamda Sayxunobod tumanida bo‘lishdi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ushbu mahalla fuqarolaring "Sayxunobod tajribasi" asosida daromadlarini oshirishga qaratilgan.

Telegram | Web-site | Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

25 Oct, 15:16


⚡️Yurtimiz posbonlari munosib taqdirlandi

Bugun, Sayxunobod tumani Ichki ishlar bo‘limida 25-oktabr – "O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlari kuni" munosabati bilan tuman IIB xodimlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Unda sektor rahbarlari va huquqni muhofaza qiluvchi tashkilot rahbarlari, sohaviy xizmatlar xodimlari hamda faxriylar ishtirok etdilar.

Tuman hokimining o‘rinbosari Sh.Baratov so‘zga chiqib soha xodimlarining kasb bayrami bilan qizg’in tabriklab, xizmat vazifasini bajarayotgan bir guruh IIB xodimlari va mehnat faxriylariga tashakkurnoma va esdalik sovg’alarini topshirdi.

Telegram | Web-site | Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

24 Oct, 13:07


Sayxunobod tumanida "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashining deputatlar saylovi" tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish, shuningdek, ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida mexanizatsiyalashtirilgan yig‘ma komandalar tashkil etildi.

Mazkur o'quv seminari davomida FVB (Favqulodda vaziyatlar bo'limi) xizmatchilarining tayyorgarlik darajasini oshirish, shay holatga keltirish va navbatchilikni tashkil etish bo'yicha amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi. Seminar ishtirokchilari favqulodda vaziyatlarga tayyor turish, muammolarni tezkor hal qilish va aholi xavfsizligini ta'minlash borasida kerakli bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishdi.

Ushbu tadbirlar orqali saylov jarayonlari davomida xavfsizlikni ta'minlash va aholining farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Telegram | Web-site | Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

24 Oct, 13:06


«Йўл қурилиши: ютуқ ва муаммолар» мавзусида матбуот анжумани ва пресс-тур бўлиб ўтди

Sirdaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

24 Oct, 07:03


Sayxunobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining aholi hamda tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlariga
MUROJAATNOMASI

Batafsil ma'lumot: Sayxunobodtuman.uz

Telegram | Web-site | Facebook

Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY

24 Oct, 05:13


Sunʼiy intellekt sohasidagi etika bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Beruniy nomidagi YUNESKO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi. Ushbu qaror 2024-yil 22-oktabr kuni Parij shahrida bo‘lib o‘tgan YUNESKO Ijroiya kengashining 220-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbus doirasida bir ovozdan qabul qilindi.

Mukofot ikki yilda bir marotaba sunʼiy idrok sohasida odob-axloq va inklyuzivlikni rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi zalvorli loyihalarga beriladi. Gʻoliblar mustaqil xalqaro hakamlar hayʼati tomonidan saralab olinadi va jahon ilm-faniga qoʻshgan hissasi eʼtirofi ramzi sifatida pul mukofoti, sertifikat va medal bilan taqdirlanadi.

Ilk taqdirlash marosimi 2025-yilning noyabr oyida Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Telegram | Web-site | Facebook

3,549

subscribers

9,945

photos

1,180

videos