Dernières publications de Sarvinozdan chizgilar (@sarvinoz_omonova) sur Telegram

Publications du canal Sarvinozdan chizgilar

Sarvinozdan chizgilar
• Ruhiy qóllab-quvvatlovchi postlar
• Kasbiy va ijodiy rivojlanish haqida fikrlar

Psixolog Sarvinoz Omonova

Konsultatsiyaga yozilish uchun: @ps_sarvinoz_omonova

Kurs va leksiyalar: @sara_kurslar

Instagram: sarvinoz.umar
2,855 abonnés
453 photos
39 vidéos
Dernière mise à jour 01.03.2025 04:53

Canaux similaires

Allaev Uz
14,426 abonnés
Nodirabegim
2,800 abonnés
Life after death
1,682 abonnés

Le dernier contenu partagé par Sarvinozdan chizgilar sur Telegram


Psixologik mavzularda gapirayotganda sózlarni tanlashda ehtiyotkor bólishga harakat qilaman. Ham kópchilik tushunsin deya ilmiy fikrlarni sózlashuv tiliga moslashim kerak. Ham tinglovchilardan kimdir ózini ayblanayotganday his qilmasin deb kontekstni kengaytiraman. Ham sof ózbekchada gapirish uchun turk va rus tilidagi sózlarni chetga surish bilan mashg'ul bólaman.

Podkast va leksiyalarda sekin gapirganim uchun aybga buyurmaysizlar 🦦

"Qo'shtirnoq podcast"da sekin gapirishim haqida kommentlar yozishibdi. Órtoqlar, men ham ózimni eshitolmayman. Eshitishimga tóg'ri kelib qolsa, 2x ni bosaman.

🌶

Ósmirligimda turk tiliga qiziqib, turkcha-ózbekcha sózlashgich sotib olgandim. Ósha paytlar bólajak turmush órtog'im bilan turkcha gaplashishimiz haqida orzu qilardim. Orzum amalga oshdi, hozir shu postni yozayotganimda u turk tilidan dars ótyapti hatto😄

Hozir Turkiyada birorta ishni hal qilayotganimizda 'power couple'ga aylanganmiz. U óta bemalol va turklarga xos ohanglar bilan gapirib, suhbatdoshlarning ko'nglini zabt etadi. Men esa passiv sóz boyligimning kattaligi va xotiramning kuchli ekani hisobiga uning yodidan chiqqan ba'zi sózlarni eslatib, gapini tóldirib turaman. Qarabsizki, muammolarimiz ancha oson hal bóladi. Ancha yugur-yugur va xarajatlardan xalos bólamiz.

Ikkimiz kundalik hayotda gaplashayotganda ham ba'zida turkcha jumla va sózlarni ishlatib, fikrimizni yana-da aniqroq ifodalaganimizdan maza qilamiz. Sózlarning tarjimasi haqida bahslashgan, bir-birimizni sinagan paytlar bóladi. Sheriklarning bitta xorijiy tilni bilishi munosabatlarni ham qiziqarliroq, yaqinroq qilar ekan.

Bu ózi tavsiya niyatida yozilayotgan post. Avval ham, menga kim bólishini ochiqlamasdan, yaqinda turmush o'rtog'imga aylangan Sherzod Davlatovning online turk tili kursini bir necha marta tavsiya qilganman😀 Meni kanalimdan ótib yozilgan va turk tilidan C1 sertifikat olgan kuzatuvchilarim ham bor. Hozir yangi guruh ochyapti. Yozilishni istaganlar, tóliq ma'lumotni ózidan olishingiz mumkin.

Turk tilidan tajribasi ancha katta va tartibli dars ótadigan óqituvchi qidirib yurgan bólsangiz, Turkiyada yashashga tayyorgarlik kórayotgan bólsangiz, marhamat: t.me/sherzoddavlatov

Nihoyat bir necha oy kutgan tongim keldi: Yangi uyimizning kichik va shinam oshxonasida 'New York' yozuvli kulrang oversize futbolkamdaman, french pressda filtr qahva damladim va kecha Starbucksdan olgan pirogim bilan nonushta qilaman, Leo atrofimda óralashib yuribdi, birozdan keyin yoga qilib, konsultatsiyalar va boshqa ishlarimga kirishaman ☕️📝

"Turkiyaga borishim bilan sotvolib, óqiyman" degan 2ta kitobim bor edi. Biri Sally Rooney'ning yangi "Intermezzo" nomli romani, keyingisi sevimli podkasterim Deniz Dülgeroğluning "Merdiven altı terapi" kitobi edi.

Lekin kecha kitob dókoniga kirib ikkalasini ham olmay chiqdim.

Chunki chet el nashridagi kitoblarning ba'zilari katta chegirma bilan sotilayotgan ekan. Orasidan rasmdagi 2 ta kitobni topvodim. Shundog'am wish-list'imda bor kitoblar edi. Narxi bor-yo'g'i 135 tl (50 ming sóm) bóldi. Normal narxda 1000 tl bólardi. Buni haqiqiy Black Friday chegirmasi desa bóladi🤌🏼

Bundan keyin ingliz tilida romanlar óqimoqchiman. Normal kitobxonlarning an'anasiga sodiq qolib, óqishdan oldin kolleksiya qilishni boshladim. Shu paytgacha chet tillarini órganishimda eng yaxshi vosita — ósha tillarda kitob óqishim bólgan. Balki endi ingliz tilimni rivojlantirishga hamlalarim yakin topar va qachon, qanday qilib órganganimni sezmay qolarman🥲

"Hislarim bilan garmoniya" kursining yozib olingan variantini 28, 29, 30-noyabr kunlari chegirmali narxda sotib olishingiz mumkin🙌🏻
Qancha barvaqt tólov qilsangiz, narxi shunchalik pastroq bóladi:

28-noyabrda — 200 ming sóm
29-noyabrda — 250 ming sóm
30-noyabrda — 300 ming sóm

Kurs mavzulari róyxati 👉🏼 https://t.me/sara_kurslar/99

Murojaat uchun akkauntim: @ps_sarvinoz_omonova

Ayollarga nisbatan zóravonlikka qarshilik haqidagi mana bu video twitterdagi ba'zi erkaklarga yoqmabdi. Kambag'allar zóravonlik qiladimi faqat, boy erkaklar orasida ham zóravonlar bor-ku, deyishyapti. Bishimbayevni misol qilganlar bor.

Ha, ba'zi shaxslar boy bólsa ham, kambag'al bólsa ham, zóravonlikka moyil bóladi. Ular odatda psixopat va nartsisstik xarakter vakillaridir. Bishimbayev kabilar, masalan. Daromadi oshgani sayin "buyuk men"i (грандиозная Я) kattalashib, boshqalarni qadrsizlashi oshib boradiganlari bor.

Bundan tashqari, zóravonlik norma deb qabul qilingan jamiyatda har qanday qatlam vakillari jahli chiqqan paytda zóravonlikka ózini haqli deb hisoblashi mumkin.

Kambag'allarning orasida zóravonlik kóproq bólishi mumkinmi? Ha.
Chunki kambag'al qatlam orasida yashash sharoiti og'ir bólib kelgani va bunga chidash uchun shakllangan psixikaning himoya mexanizmlari (masalan, kambag'allarni boylardan moral ustun hisoblash) keng yoyilgani hisobiga — mazoxistik xarakter egalari kóproq bóladi. Mazoxist erkakka ayolining yaxshiroq hayotga intilish, komfort yaratish, nozik va yuqori darajadagi ehtiyojlar haqidagi istaklari yoqmaydi. Moliyaviy cheklash, gazlaytingdan tortib jismoniy zóravonlik orqali uni tiyib turishga urinishi mumkin. Shuningdek, daromad kamligi tufayli stressdan xalos bólish yóllari (dam olish, kóngilochar mashg'ulot va xobbilar) kamligi hisobiga — yig'ilib qolgan jahl hissini boshqalarga (zaifroq qatlam bólgan ayol va bolalarga) yónaltirish qulay yechim bólib qoladi.

Boy mamlakatlar va kambag'al mamlakatlardagi zóravonlik qurboni bólgan ayollar soni statistikasini solishtirsak, nimalarga isyon qilish to'g'riroqligini bilib olamiz.

Yuqoridagi tweet'dan keyin shu fikrlar tug'ildi: internetdagi psixologik kontentning aksar qismi — "jabrdiyda"lar yoki odamlarning "qurbon" tarafiga qaratilganday. Ózini sevish, qadrlash, shaxsiy chegaralarini himoya qilish haqida kóp gapiriladi. Balki bu odatda travmalovchi munosabatlardan qiynalgan ta'sirchan insonlarning psixologiya bilan shug'ullanishi, psixologlik kasbini tanlashi va óziga óxshagan odamlarga murojaat qilib kontent yaratishi bilan bog'liqdir.

Boshqalarga noqulaylik va zarar keltiradigan darajada "ózini sevadigan"lar uchun esa psixologik kontent yaratishdan unchalik foyda yóq. Ular psixologlarni ham, psixologiyani ham pisand qilmaydi.

Men psixologik kontent yaratish va qabul qilish vaqtida shuni ham e'tiborga olish kerak deb óylayman: "qurbon"lar ('Karpman uchburchagi'dagilarni nazarda tutyapman, zóravonlik qurbonlari va real qurbonlarni emas) — 100% qurbon bólmaydi. Ularda ham olamga/boshqalarga nisbatan distruktiv munosabat, agressiya, shaxsiy chegaralarni buzish kabi xususiyatlar yetarlicha bor. Ya'ni ózlariga kórinmaydigan yoki bostirishga harakat qiladigan "zolim" tomonlari mavjud.

"Hayotimdan hamma zararli odamlarni chiqarishim kerak" deb óylab yurgan kishi ham — ósha odamlarning joniga tegib ketgan bólishi mumkin. "Meni borimcha sevishsin" deb yurgan kishining ózi hech kimni sevmasligi, sevgi deganda giperg'amxórlik va gipernazoratini nazarda tutib yurgan bólishi mumkin("qutqaruvchi"larga xos ravishda).

Shuning uchun ommabop psixologiyadan kóra ilmiy psixologik nazariyalar va psixoterapiyaga murojaat qilgan foydaliroq — voqelikka va ózimizga keng nazar solish, yuzaki xulosalar bilan yuzaki qarorlar qilmaslik uchun.

"Ommabop psixologiyaning qisqacha mazmuni shu: Odam hech qanday muammoga duch kelmasin, hech qanday tósiqdan ótmasin, uni baxtsiz qiladigan hamma narsani hayotidan chiqarsin, doim kulib yursin, qoidalar uni cheklamasin, doim hozirgi lahza bilan yashasin, dunyo va insonlar uni baxtli qilish vositasiga aylansin"