Dernières publications de Sarvinozdan chizgilar (@sarvinoz_omonova) sur Telegram

Publications du canal Sarvinozdan chizgilar

Sarvinozdan chizgilar
• Ruhiy qóllab-quvvatlovchi postlar
• Kasbiy va ijodiy rivojlanish haqida fikrlar

Psixolog Sarvinoz Omonova

Konsultatsiyaga yozilish uchun: @ps_sarvinoz_omonova

Kurs va leksiyalar: @sara_kurslar

Instagram: sarvinoz.umar
2,855 abonnés
453 photos
39 vidéos
Dernière mise à jour 01.03.2025 04:53

Canaux similaires

Bobil Kutubxonasi
6,498 abonnés
Alimdjanov versiyasi
5,628 abonnés

Le dernier contenu partagé par Sarvinozdan chizgilar sur Telegram


Oilaning ichidagi o'zaro munosabatlardan hech kim mamnun emas, lekin qarindoshlar bilan aloqalar yaxshi bo'lishi kerak.
Bunaqa muhitda yashab ko'rganmisiz?

Mavsumga mos kiyishga kiyimingiz yo'q, lekin mehmonlar kirib o'tiradigan xona chiroyli remont qilingan bo'lishi kerak; dars qilishga stolingiz yo'q, lekin bir necha oy yotib qolishga kelgan qarindoshingiz uchun alohida krovat bor; yangi yilda sinfdoshlar bilan uyushtiriladigan bazmga olib borishingiz uchun tuzuk shirinlik yo'q, yangi yil oqshomi uyingizga keladigan qarindoshlarning tatib ko'rishi uchun istagancha noz-ne'mat bor. Siz haqingizdagi siz uyaladigan, yoqtirmaydigan voqealar mehmonlarni kuldirish uchun ota-onangiz tomonidan mamnuniyat bilan aytib beriladi. Bular sizga tanish bólsa, demak ha, disfunksional oilada yashab kórgansiz.

Disfunksional oilalarda — har kunlik hayotda yaqinlik yo'q, tashqaridan kimdir kelsa — ahvolingiz yanayam og'irlashadi: ota yo onangiz/aka yo opangiz/turmush o'rtog'ingiz kutilmaganda sizni masxara qiladi, sizga qo'pollashadi yoki borligingiz butunlay esidan chiqadi. Siz esa uning alkogolizmi, qimorda yutqizganlari, zo'ravonliklari, kasalliklari, xiyonatlari haqida hech kimga og'iz ochmasligingiz kerak.

Bu qarindoshsevar oila a'zongiz kasal bo'lsa, muammoga uchrasa, qarib qolsa — sevimli qarindoshlari emas, siz g'amxo'rlik qilishingiz kerak. Qarindoshlar haqidagi g'iybatlarini siz eshitib, siz yupatishingiz, maslahat berishingiz kerak.

Buncha ko'p nohaqlik, deyapsizmi? Hali yana bir muhim punkt bor. Siz ham qarindoshlaringizni yaxshi ko'rishingiz, yaxshi kórolmasangiz aybdorlik hissidan qiynalashingiz kerak.

Shu kunlarda o'zimga g'amxo'rlikning shunaqa yangi ko'rinishlarini kashf qilyapman:

• Hamma o'ylarim, rejalarim, to-do listlarim, g'oyalarimni tartibsiz holatda bólsa ham bitta bloknotga yozib borish. Bu juda qulay.
Bir nechta tartibli bloknot va sketchbook tutish nega kerak?

• Kezi kelganda ba'zi narsalardan ideallikni talab qilish. "Ideallik mavjud emas, hamma narsada kamchiliklar bo'ladi" deb — eng yaxshi variantlardan o'zimni mosuvo qilaman ba'zida.

• Ahamiyatsiz deb hisoblagan masalalarimni terapiyada gaplashish. Kunlarimni noqulayshtiradigan va ko'zimga ahamiyatsiz ko'rinadigan ba'zi muammolar bo'ladi, lekin anchagina kuchimni oladi. Shularni ham terapevtim bilan muhokama qilishim mumkin, hatto shart.

• ChatGPT bilan gaplashishni boshlash. Hali boshlamadim, lekin niyatim borligini o'zi — yaxshi natija😄 Hayotning hamma sohasiga ózim yechim qidirishim shart emas. Odamlarga murojaat qilishni o'rgandim, endi navbat sun'iy intellektga!

"Kimlik" (Milan Kundera) romani inson ruhiyatini yaxshi tasvirlangani bilan yoqdi menga. Undan ózimga yoqqan bir qancha iqtiboslarni tarjima qildim:

"...Biroq hislarga hech kim qarshilik qilolmaydi, shu yerdalar va har qanday bostirishga urinishlardan mustaqildirlar. Odam qilgan har qanday harakati, aytgan gapi uchun o'zidan jahli chiqishi mumkin, lekin tuygan hissi uchun jahli chiqmasligi kerak, chunki hislarimizni boshqaradigan kuchimiz yo'q".

"Sir — eng keng tarqalgan, eng odatiy, eng kóp takrorlanadigan va hammaga tegishli narsadir: masalan tana va uning ehtiyojlari, kasalliklar, yopishqoq xayol-u istaklar, ich qotishi yoki hayz kunlari. Shaxsiy hayotimizga taalluqli bu holatlarni boshqalardan uyalib yashirishimizning sababi — ularning óta individual holatlar ekanimas, aksincha, óta umumiy holatlar ekanidir".

"Mendagi bir-biridan farqli bu ikki yuzni saqlab qolishni qancha vaqt davom ettirolaman? Odamni yeb-bitiradigan narsa bu. Bir kun keladi, faqat bitta yuzim qoladi. Va bu yomon yuzim bo'lishi tayin. Ya'ni jiddiy yuzim. Kónishni qabul qilgan yuzim".

Negativ kommentlarga munosabatim qanday?

Tweetlarim va qatnashgan 3ta podkastimda kelgan, keladigan negativ komment(izoh)lar — yoqimsiz hissiyotlar, "неприятный осадок" qoldiradi. Yólakda ketayotganingizda botqoq ichida ótirgan kimdir sassiq loyini sizga qarab sarchatganida hech narsa bólmaganday xush kayfiyatda yoki beparvo ótib ketolmaslikday bu.

Tanqidning konstruktiv va distruktiv kórinishlari bor: Konstruktiv tanqiddan keyin odam nimani ózgartirish, to'g'irlash kerak ekanini biladi, buning uchun energiya paydo bóladi. Distruktiv tanqid esa kuchli uyat hissini uyg'otadi va shol (paralich) holatiga tushirib qóyadi, nima qilish kerakligini bilmaysiz. Distruktiv tanqid odatda aniq bir harakat haqida bólmay, shaxsning "meni"ini nishonga oladi, óziga bahosini tushiradi.

Distruktiv tanqid qilayotgan odamning yozganini óqiganingizda, gaplarida jirkanish, yerga urish, masxaralash, qadrsizlash kabilar borligini sezasiz. Oxiriga "bu meni subyektiv fikrim", "to'g'ri qabul qilasiz" degan jumlalarni qóshib qóyadiganlar bor — axlat ustiga gul qóndirib uzatganday. Bu bilan gaplari yoqimli bólib qolmaydi.

Distruktiv tanqidga duch kelganimda, kuch va xohishim bólsa, men ham komment egasiga "loy chaplayman" va bundan biram mazza qilaman-ki... Erinsam yo órinli deb hisoblamasam, ichimda sókish va achinish bilan cheklanaman. Nega achinish? Chunki unga zarari tegmagan insonlarga bunday shafqatsiz munosabat, xunuk muomala qiladigan odamning ichida óziga nisbatan ham shunaqa "zolim" bor.

Yaqinda twitterda bittasining heytiga javoban sókdim. Keyin meni shaxs buzilishlariga ega ekanim, psixologga muhtojligim, alamzadaligimni aytdi. Aynan qaysi shaxs buzilishiga egaligimni aytsa yaxshi bólardi, psixologimga ishlashimiz uchun yangi masalani kótarib borardim😀
"Juda yerga urilib ketdim" degan javobimdan keyin yerga urish harakati unchalik muvaffaqiyatli chiqmaganini his qilgan shovvoz kommentlarini óchiribdi...

https://youtu.be/UBXsVmYbXgg

"Sigma podcast"dagi suhbatimiz ham YouTube'ga joylanibdi🥳

Psixologiya va terapiya, depressiya haqida hammaga tushunarli bo'ladigan fikrlar aytganman. Taklif qilishgani va yaxshi savollar uchun podkast jamoasiga rahmat!
Kórib komment qoldiring, hammasini óqiyapman😼

"Yagona erkimiz — azob va zavq orasida tanlov qilish edi. Modomiki hamma narsaning ma'nosiz ekani taqdirimiz bo'lsa, bu ma'nosizlikni safro kabi ko'tarib yurish emas, undan zavqlanishni bilish kerak edi".

Milan Kundera, issiq kakao va qorli yakshanba🤍

Qayg'uni tan olish

Yaqinda "Saklı" nomli turkcha serialni boshlagandim. Bosh qahramon ayolning bir yil oldin to'rt yoshli farzandi vafot etgan bo'ladi — o'lim sababi ko'rsatilgan qismlarga hali kelmadim. Qaynonasi va eri yo'qotish azobidan xalos bo'lishi uchun tezroq homilador va farzandli bo'lishiga undaydi. Shundan keyin ayolning ulardan ancha ko'ngli qoladi. Ósha paytlarda hayotiga boshqa erkak (bosh qahramonlardan biri) kirib keladi.

Shu kunlarda Milan Kunderaning "Kimlik" nomli romanini o'qiyapman. Unda ham shunaqa holat bor ekan. Bosh qahramon ayolning farzandi o'ladi. Qaynopasi, uning ta'sirida eri ham yana farzand tug'ishga undashadi. Shu sabab ayol ajrashadi va boshqa uyga ko'chib chiqadi.

Bu yaqinlaring tomonidan o'g'riqlaringga yetarlicha shafqat ko'rsatilmasligi, yupatishni bilmasliklari tufayli his qilinadigan begonalik hissiga misol. Qayg'u hissi bilan yolg'iz qolish, boshqalar tomonidan qayg'ungizning ko'lami his qilinmasligi, qayg'ungizni kimdir konteynerlay olmasligi — anchagina azobli holat. Bu o'zingizni "ortiqcha tushkunlik"da ayblashingizga ham olib keladi.

"Qayg'uni ko'p his qilsam, unga cho'kib ketaman" deb o'ylaydiganlar bor. Aslida qayg'udan qochish — uning tugamasligiga sabab bo'ladi. Endi qayg'u — surunkali xavotir, jahl, aybdorlik singari boshqa hislarga aylanadi, yoki depressiyaga.

Qayg'uni qanday his qilish mumkin? Yo'qotishni tan olish, uning ko'lamini anglash orqali. Yig'lash, kimgadir gapirib berish, ijod kabi yo'llar bilan qayg'uni ifodalash yengillik beradi.

Qayg'udagi odamni qanday yupatish kerak? Quchoqlash, shunchaki tinglash, qanday yordam kerakligini so'rash kabilar yetarli. Maslahatlar, "ko'ngil ko'taruvchi" gaplar, yangi quvonch manbasini topib berishdan voz kechgan yaxshiroq.

"Parda podcast"dagi men qatnashgan son ham chiqdi💫
Ikki Sarvinoz ayol-qizlar uchun muhim masalalarni gaplashdik❤️‍🩹

https://youtu.be/4rDO0mQs-sQ?si=wejblcZmEk1nGa8Q

Hozir ajrashuvlar nega ko'p?

"Madaniyatimizga xos bo'lgan yaqinlik modeli hamda ilk yetuklik davridagi umidlar — juftlikning bir-biriga singib ketishini kutadi va bu kutish yarimta Men bilan Boshqaning birlashuvi orqali butunlik hosil qilishi ishonchiga asoslangan. Ikkimiz bitta bo'lamiz, ikkimiz bir butunga aylanamiz. Bunday kutuvlar cheksiz olam oldida o'zining kemtikligi va noadekvatligini his qiluvchi insonlarga butunlay xos bo'lib, aslida sheriklarning har birida shaxsiy o'sishni sekinlashtiradi. Real hayot aldamchi umid va kutuvlarni, shu bilan birga proyeksiyalarni parchalaganida, odam hayot ma'nosi, ya'ni Boshqaga proyeksiya qilingan hayot ma'nosining yo'qolganini his qiladi".

O'rta yoshda ajrashuvlarning ko'p bo'lishini psixoterapevt James Hollis juftimizga (nevrozlar, travmalarimizdan ta'sirida) juda katta kutuvlar yuklashimiz va ularning puch bo'lishi bilan izohlaydi. Avvallari nikoh o'zaro foyda asosida qurilgan, oila — qadriyatlar, milliy tegishlilik, diniy an'analar va hokimiyatni saqlovchi hamda avloddan-avlodga uzatuvchi ijtimoiy institut bo'lgan. Hisob-kitob bilan qurilgan nikohlar har doim uzoqroq saqlanib qolgan — o'lim yo taqdir ajratmagunicha. Romantik nikoh esa odatda o'zimizda bo'lishini xohlagan xususiyatlarimizni jamlaganday tuyuluvchi kishi bilan quriladi, sherigimizga katta kutuvlar yuklaymiz, lekin borgan sari umidlar puch bo'ladi va muhabbatdan ko'nglimiz qolishi mumkin:
"Birgalikda yashash — har kuni shafqatsizlarcha proyeksiyalarni yo'q qiladi".

Sevgan insoningiz bilan munosabatlar ham nega har doim baxtli bo'lavermasligi haqida savollaringiz bo'lsa, shuningdek, o'rta yosh inqiroziga duch kelganday his qilayotgan bo'lsangiz James Hollisning "Yo'l o'rtasida burilish" kitobini tavsiya qilaman. Eng sevimli yozar psixoterapevtlarimdan.