Últimas Postagens de Sarvinozdan chizgilar (@sarvinoz_omonova) no Telegram

Postagens do Canal Sarvinozdan chizgilar

Sarvinozdan chizgilar
• Ruhiy qóllab-quvvatlovchi postlar
• Kasbiy va ijodiy rivojlanish haqida fikrlar

Psixolog Sarvinoz Omonova

Konsultatsiyaga yozilish uchun: @ps_sarvinoz_omonova

Kurs va leksiyalar: @sara_kurslar

Instagram: sarvinoz.umar
2,855 Inscritos
453 Fotos
39 Vídeos
Última Atualização 01.03.2025 04:53

Canais Semelhantes

Darveshona
2,527 Inscritos
Shisha bino
2,009 Inscritos
Yevropa sarguzashtlari
1,522 Inscritos

O conteúdo mais recente compartilhado por Sarvinozdan chizgilar no Telegram


Nechta follower xohlaysiz?

Odam har doim koʻprogʻini xohlashi kerakday tuyuladi hozirgi zamonda. Masalan, blog yurityapsanmi, borgan sari kuzatuvchilaring soni oshib borishini xohlashing — tabiiy holatday, boshqacha boʻlishi mumkin emasday. Agar yuz minglab follower istamasang, oʻzingni muvaffaqiyat yoki blog ortidan keladigan yaxshiroq narsalarga noloyiq deb hisoblashingni anglatadi goʻyo. Sotsial xavotir yoki komplekslari bor odam ekaningdan shubhalanashing mumkin.

Har bir odamning aloqada boʻlishga kuchi yetadigan ma’lum miqdordagi odamlar soni bor degan fikr haqida oʻylab yuribman oxirgi paytlarda. Bu real hayotga ham, ijtimoiy tarmoqlarga ham tegishli. Bir necha yildan beri kuzatuvchilari 100-200 tadan oshmaydigan kichik kanallarda borman, muallifi post yozishdan toʻxtamaydi. Yana shunaqa blogerlar bor, kuzatuvchilari ma’lum bir songa yetganidan keyin yozgisi kelmay qoladi, blogini toʻxtatib qoʻyib, boshqa kam sonli kuzatuvchilari bor sahifa ochadi.

Hozir bularga normal qarayapman. Hatto “koʻprogʻini xohlash” trendidan tushib qololgani, oʻziga quloq sololgani uchun olqishlayman. Ha, mashhurlikning foydalaridan mosuvo boʻlar, lekin zararlariga oʻzini munosib koʻrmaydi, imkoniyatlarini toʻgʻri baholaydi. Shu bilan birga, koʻproq followerga ega boʻlish istagini ham qoralamayman.

Ta’sirchan nerv sistemasiga ega kishilar uchun kutilmaganda nooʻrin savol olish, heytga uchrash, qoʻpollikni koʻrish oson emas. Har kuni minglab odamga saslanar ekan, bunday holatlarning yuz berish ehtimolini oshirishi mumkin. Emotional burnoutga uchrab, odamlardan nafratlanib yurganidan koʻra, kichik davrasi bilan kontaktdan lazzatlanib yashagani — yaxshiroqdir unga.

Ertaga (juma) soat 14.00da aybdorlik hissi haqidagi "GUILT-FREE" mini-kursining ilk leksiyasi bólib ótadi.

Kurs haqida tóliqroq ma'lumot olmoqchi bólsangiz, https://t.me/+stqyQZoA6xphMDAy 👈🏻shu link orqali yopiq kanalga a'zo bóling va postlarni kuzatib boring🌝

Postlarimning ostidagi kommentlarda reklama joylaydiganlar, kanaliga odam yig'ish uchun gif qoldiradiganlar. Sizlar odam yig'ishingiz mumkin bo'lgan eng noto'g'ri joydasizlar😀

Ўзбек тилида лидерлик ҳақида китоблар тиқилиб кетди. Селф-импрувмент ҳақидаги китобларнинг бир йўналиши бўлган лидерлик аслида олдиндан ҳам жуда оммабоп эди, лекин биз кўпроқ русча ўқирдик.

Хуллас, шундай китобларни ўқиш тажрибасидан келиб чиқиб, уларни ўқиш нега бефойдалигини бандма-банд тушунтириб бераман. Майли, бутунлай демай, бундай китоблар муаллифлари ичида танишлар бор. Асосан бефойда.

- умумий тавсиялар — "кучли бўл", "эринма", "қатъиятли бўл" қабилидаги умумий гапларнинг фойдасига нолга тенг; уларни ўзимиз ҳам биламиз, лекин бунга эришиш йўлларини билмаймиз, бу йўлларни лидерлик китоблари ўргатмайди;

- кучли бўлиш, қатъиятли бўлиш аслида ҳамма вазиятда ҳам ишламайди. Ҳаёт мураккаб, лидер баъзида қаттиққўл, баъзила юмшоқ, баъзида айёр, баъзида самимий бўлиши керак. Қолаверса, лидер ҳам одам, баъзан эриниши, қўрқиши, ўзига ишонмаслиги табиий ҳол. Лидерлар фақат ўзига ишонар экан деб ўйлаб қолган одамлар бир марта ишончсизликка тушиб қолса, шу билан қурган олами вайрон бўлади ва тушкунликка тушиб қолади;

- ўзи лидерлар ҳам ҳар хил бўлади, ҳар хил хислат талаб қилинади, қандайдир умумий рецепт йўқ. Конкрет соҳа ва вазиятга қараб талаблар ўзгаради, керакли кўникмалар эса тажрибадан келиб чиқиб ўзлаштирилади;

- ҳамма ҳам лидер бўлиши шарт эмас аслида. Кимдир бир чеккада ишини қилиб юришни хоҳлайди ва бундан ўзини бахтли ҳис қилади. Лидерликни универсал ва ягона ютуқли стратегия деб ўйламаслик керак;

- одам ўзини қайта ясаб, қайта тарбиялаши жуда қийин. Буни уддалаган одам аслида ич-ичидан ўзини синдириб қўйиши ва энг майда хатодан сўнг ичдан зил кетиши мумкин. Шунга одам ўзини мажбуран лидерлаштириши эмас, феъл-атворига қараб касб ва соҳа танлаши керак. Қаердадир тартибли ҳаракатчан бюрократлар, қаердадир бетартиб эринчоқ ижодкорлар керак;

- машҳур одамларнинг омад ҳикоялари негадир кимнидир лидерликка илҳомлантириши керак деб ўйлашади. Лекин ҳаммани ҳар хил одам илҳомлантириши мумкин. Айтайлик, лидерлик ҳақидаги китоблардан олимларнинг муваффақият ҳикояларини топмаганман, тижоратчиларнинг ҳикоялари эса менга мутлақо қизиқ эмас;

- қолаверса, бу ҳикоялар ҳам универсал эмас, ўта шахсий ҳолатларга асосланади. Генри Форд учун ишлаган принциплар бошқалар учун ишламаслиги мумкин. Фордни юксакка кўтарган тасодифлар сенда бўлмаслиги мумкин, сенгача ҳам минглаб одам худди унинг йўлидан юриб, омадга эришмаган бўлиши мумкин (мумкин эмас, аниқ);

- китобларнинг аксарияти юзаки ва бир-бирини такрорлайди.

Инсон табиатини чуқурроқ ўрганадиган китоблардан ўқинг. Масалан, бадиий адабиётдан. Фойдаси кўпроқ бўлади.

@AsanovEldar

Kecha “Am I OK?” filmini koʻrdim. Bu meni ingliz tilida tomosha qilgan ilk filmim💅🏻

Filmni yoʻqotish tufayli yuzaga keladigan krizis haqida desa boʻladi. Hayotingda bitta ustuning boʻlsa, uning yiqilishi juda katta talofatlar keltiradi. Bu ustun — odam, ish yoki qanaqadir obyekt boʻlishi mumkin. Filmda yagona doʻstining chet elga koʻchib ketayotgani tufayli 32 yoshli qizda paydo boʻlgan katta boʻshliqning identifikatsion krizisga ulanib ketganini koʻramiz.

Krizislarning foydalari ham bor-kuya, lekin shundogʻam zamonaviy hayotimizda ularning soni yetarli (yoki ortiqcha) ekani uchun ba’zilarining oldini olgan maqulroq. Masalan, hayotni faqat bitta inson yoki obyektgagina bogʻlamaslik orqali.

Sevgan insoni bilan munosabatlar yakunlangani uchun juda ogʻir qaygʻu yoki depressiyaga tushadigan insonlarda umumiy kuzatiladigan shu jihat bor: hayotida boshqa yaqin munosabatlar yoʻq, yaxshi koʻradigan ishi va xobbilari yoʻq, ba’zida daromad manbasi ham yoʻq. Bulardan tashqari, oʻzida qobilyat va kuchli jihatlar borligiga ishonch ham yoʻq. Bunday vaziyatda odam sevgan insoniga har tomonlama qaram boʻlib qoladi va munosabatlarning yakunlanishi ehtimoli oshib boradi. Chunki kuchli xavotir his qiladigan va senga qattiq bogʻlangan juft bilan boʻlishni hamma ham koʻtarolmaydi. Ayriliq yuz bergach esa, qaram kishida yoʻqotish qaygʻusi oʻta kuchli boʻladi.

Bitta odamga qattiq bogʻlanish — xavotirchan bogʻlanganlik tipidagi kishilarga xos. Ularga terapiyada odatda yangi hayot ustunlari yaratish tavsiya qilinadi: qiziqishlarini aniqlash, yangi doʻstlar orttirish va hk. Biroq qochuvchi (inkor qiluvchi) bogʻlanganlik tipidagi kishilar ham bitta obyektga qattiq bogʻlanishi mumkin, bu odam emas, ish boʻladi koʻpincha. Ular esa yaqin munosabatlar qurishni oʻrganishi foydalidir.

“Am I OK” filmini tomosha qilsangiz, xavotirchan bogʻlanganlikka ega qizning terapiya yordamida va ‘gentle’ emas (bundan keyin inglizcha soʻzlarni aralashtirib yozishimga koʻniking😁), yoʻqotish zarbasi tufayli qanday yoqimli oʻzgarishlarga qadam qoʻyganini koʻrasiz.

Giperkompensatsiya va ózini qabul qilolmaslik

Ózini boricha sevish, boricha qabul qilish g'oyasi har doim ham hammaga maqul kelavermaydi, qiziq tuyulmaydi. Chunki ózidagi nimanidir ózgartirish, tuzatish, rivojlantirish — hayotining katta qismini tóldirayotgan, yónalish berayotgan bólsa, odamga "war is over" (ichki sadist va mazoxistning kurashi tugagan) holati qo'rqinchli, keraksizdir.

Tashqi kórinishini ózgartirish, gózal bólish uchun hamma pulini sarflaydigan, ozish uchun ekstremal diyetalar qiladigan ayollar odatda bodipozitivga, tashqi kórinishini qabul qilish g'oyasiga xayrixohlik, qiziqish tuymaydi. Ular uchun gózal bólish — boshqa sohalaridagi ojizlik, kamchiliklarni neytrallashtiradigan yoki aynan gózallik masalasidagi kuchli uyatni kamaytiradigan giperkompensatsiyasidir.

Giperkompensatsiya ishdagi muvaffaqiyatga qaratilganida ózini boricha — charchagan, motivatsiyasiz, depressiyada, kuchsiz holatlarida qabul qilish juda qiyin bóladi odamga. Tag'in muvaffaqiyatli bólishning qanchalik kóp foydalarini sanash mumkin va giperkompensatsiyadan voz kechish imkonsizday tuyuladi.

Giperkompensatsiya mexanizmi — odamni kuchli uyat, qoniqmaslik hissidan himoya qiladi. Lekin uning zararlari ham bor: doimiy zóriqish odamni ham ruhan, ham jismonan toliqtiradi; bitta sohaga kuchli e'tibor boshqa sohalarda katta muammolar yaratadi; giperkompensatsiya vositasiga erisholmaslik — juda og'ir ruhiy holatlarga (masalan depressiyaga) olib keladi.

Giperkomantsiyaga moyil kishilar terapiyaga kelganida ham ózini qabul qilishga qiynalishi, terapevtdan nimanidir yaxshilash, rivojlantirish bóyicha yól-yóriqlar kutishi mumkin. Biroq uzoq muddatli terapiyani davom ettirolsa — ichki g'amxór ota-onaning shakllanishi, ovozining kuchayishi tufayli ósha mashhur "ózini qabul qilish" nimaligini his qilib, ulkan yutuqlar va idealliksiz ham ózini yaxshi his qila boshlashi mumkin.

Kimgadir/hech kimga óxshashni istamayman

Hayotimizdagi ba'zi tanlovlarga qarasak, ularning orqasida "kimgadir óxshamaslik" istagi turgan bóladi — ehtimol ota-onamizga, ehtimol ular qoralaydigan kishilarga, ehtimol bizdan farqli odamlarga.

Onamday nazoratchi bólmayman.
—Otamday ziqna bólmayman.
—Ularday kambag'al bólmayman.
—Akamday ichuvchi bólmayman.


Bunday qarorlar odamni boshqa qutbga uloqtiradi va erkinligini cheklaydi. Masalan, otasiday ziqna bólishni istamagan kishi doim saxiy bólish majburiyati bilan yashaydi va bu óziga zarar beradigan "qutqaruvchilik"ka aylanib ketishi mumkin.

"Hech kimga óxshashni istamayman" degan istak ham bor ba'zi insonlarda. Nostandart yashash, har masalasa ilg'or, ijodkor bo'lishni xohlashadi ular. Biroq bu istak ham odamning erkini ancha cheklaydi. Chunki kimgadir óxshamaslik uchun nigohi boshqalarga qaratiladi — ular ilgarilab ketgan-ketmaganini tekshirish uchun. Zavq keltirishi mumkin bólgan juda kóp narsalar, mashg'ulotlardan voz kechadi — boshqalarda allaqachon bular borligi, bularni qilib kórgani uchun. Yangilik yarataman deya kishi haddan ziyod kóp kuch sarflashi, yaratgan taqdirda ham tasavvuridagiday "vaaauuu" bólib chiqmasligi mumkin.

Bu holatlarni ózingizda sezganmisiz? Sa'y-harakatlaringiz qanday natija keltirgan?

Aybdorlik hissidan koʻp qiynaladigan odamlar odatda inversiya mavjud oilalarda ulgʻayishgan va oʻziga taalluqli boʻlmagan vazifalarni olishga oʻrgangan boʻladi. Inversiya — rollar almashinuvi boʻlib, ota-ona bola rolida, bola ota-ona rolida, oʻgil er rolida, qiz rafiqa rolida, bobo-buvi ota-ona rolida va hk. koʻrinishlarda yashaydilar. Ya’ni hech kim oʻzining oʻrnida emas.

Odatda erta ulgʻayishgan hamda ota-onasiga ota-onalik qilishga majbur boʻlgan farzandlar nimalar uchun aybdorlik his qilishi mumkin?

Bolaga xos ehtiyojlar, istaklarga ega boʻlishdan. Yoshimiz nechida boʻlmasin, psixikamizda “ichki bolakay” mavjud boʻladi va odatda “bolalarga yarashadigan” xohishlarni bildirib turadi. Erta ulgʻayganlar odatda — oʻyinqaroq boʻlish, kimgadir muhtoj boʻlish, “keraksiz” (unchalik ham funksional boʻlmagan, estetik zavq beradigan, noodatiy, qimmat) narsalarni xohlash, dam olish, insoniyatni qutqarishga qaratilmagan ishlar bilan shugʻullanish, kasal boʻlish, charchash, qoʻrquv his qilish kabilar uchun aybdorlik his qiladi.
“Mehrsiz” ekanligidan. Erta ulgʻayganlarning ba’zilari yaqinlarini sogʻinmagani, ularning ahvoliga qiziqmasligi, kimgadir mehr, muhabbat yoki hurmat his qilmayotgani, ota-ona boʻlishni (farzand koʻrishni) istamayotgani uchun oʻzini ayblaydi.

Bu holatlar sizda boʻlsa, “GUILT-FREE” kursiga taklif qilaman. Aybdorlik hissiningizni kamaytiradigan fikr-mulohazalar, yechimlar topasiz. Kurs haqida ma’lumotlar shu postda: t.me/sarvinoz_omonova/1410

Dam ololmaslik

Ongsiz aybdorlik hissini sezish qiyin, lekin uning borligini koʻrsatuvchi koʻp belgilar bor. Shulardan biri dam olishga ichki ruxsat yoʻqligidir.

Dam olishga vaqt, pul, imkon topilmasligi uchun istagancha sabab topiladi:
— “ukamning kontraktini toʻlashim kerak”
— “dadamga mashina olib berishim kerak”
— “ishda mensiz proyektlar oldingi siljimaydi”
— “jiyanlarim ta’tilga chiqqanida ularga ingliz tilini oʻrgatishim kerak”
— “onam kasal paytida (10 yildan beri kasal va davolanishga istagi ham yoʻq) men chet elga chiqolmayman”
— eng avval yangi lavozimga koʻtarilishim kerak, shunda biratoʻla zoʻr joyga dam olgani ketaman”

Boshqalarni “qutqarish”, ularning istaklari va hislarini birinchi oʻringa qoʻyish ham ongsiz aybdorlik hissining belgisi boʻlib, dam olishga resurs qoldirmaydi. Dam oladiganlar, ta’tilni oromgohlarda, chet elda oʻtkazadiganlarda aybdorlik hissi boʻlmaydi deganimi bu? Yoʻq. Dam olish vaqtida ham ongsiz aybdorlik hissi dam olishga yoʻl qoʻymasligi mumkin. Masalan shunday:
— dam olish paytida ham ishlash
— ta’tilda kasal boʻlib qolish, kim bilandir urushib qolish
— juda koʻp ishlarga oʻzini koʻmish
— xavfli yoki noqulay joylarga borish
— shoshish, asabiylashish tufayli nimalarnidir (hamyon, telefon, sumka) yoʻqotib qoʻyish, sindirib qoʻyish
— oʻziga toʻgʻri kelmaydigan dam olish turi, koʻngilxushlikni tanlash


Ongsiz aybdorlik hissim kamayib borgani sari dam olishimda ham oʻzgarishlar yuz berdi. Avvallari:
▪️ faqatgina “burn-out”lar, haddan ziyod charchoqlargina tanaffus qilishimga sabab boʻlar edi. Shunda ham dam olishdan koʻra, oʻzimni tiklab olish bilan band boʻlar edim.
▪️Turkiyaning boshqa shaharlariga sayohatlar qilayotib, ishlashda (konsultatsiya va kurslar oʻtishda) davom etardim.
▪️Sayohatlarga oxirgi pullarimni sarflardim. Bu esa xotirjam dam olishim, kezishimga imkon bermasdi. Qaytib kelgach, aybdorlik hissidan qiynalardim va xavotir bilan kundalik hayotga qaytardim.

Hozir:
▫️Ta’tillarni oldindan rejalashtiraman. Kutilmaganda “ertadan boshlab ishlolmayman” deb ishni toʻxtatib qoʻymayman.
▫️Sayohat, safarlar paytida ishlamayman. Qaytganda ham bir necha kun dam olaman.
▫️Sayohatlarga ehtiyojim avvalgiday kuchli emas. Shuning uchun spontan sayohatlar qilib, rejamdan tashqari pul sarflab yubormayman. Sayohatlar, dam olish kunlari uchun pul yigʻib boraman va ularni xavotirsiz oʻtkazaman.
🌞Hali oldinda yana dam olish boʻyicha bajarishni istagan punktlarim bor.

Sizda vaziyat qanday? Dam olish borasida nimalarni oʻzgartirgansiz yoki oʻzgartirolmayapsiz?

💫 Nihoyat uzoq oylardan keyin yangi kurs oʻtishga qaror qildim. Birorta mavzu meni koʻp oʻylantirsa, hayajonlantirsa — shundagina kurs oʻtgim keladi. Hozir aybdorlik hissi borasida shunday: uni aniqlash, kuzatish, tahlil qiziq boʻlyapti. Demak, aybdorlik hissi borasida “GUILT-FREE” kursini kutib oling.

Kurs qanday mavzulardan iborat:
1. Aybdorlik hissining mohiyati. Aybdorlik hissining turlari: sogʻlom va nosogʻlom aybdorlik hissi.
2. Ongsiz aybdorlik hissining belgilari. Qaysi xarakter tiplarida aybdorlik hissi koʻproq boʻladi?
3. Ota-ona bilan munosabatlardagi aybdorlik hissi. Yaqinlaringizning ayblovlariga qanday javob berish mumkin?
4. Hozirgi zamon va tizimlarning talablari bilan bogʻliq aybdorlik hissi. Ommabop psixologiyaning ayblovlari
5. Aybdorlik hissidan qanday xalos boʻlish mumkin?
6. Ishtirokchilar bilan suhbat va savol-javob

Aybdorlik hissi — eng koʻp azob beradigan hislardan boʻlib, depressiya, qaramliklar va xavotir buzilishlari singari muammolarning markazida turadi. Aybdorlik hissiga moyil boʻlsangiz, yuqoridagi muammolardan qiynalsangiz, ota-onangizdan separatsiya boʻlish va yaqinlaringiz bilan shaxsiy chegaralar oʻrnatishga intilayotgan boʻlsangiz, kurs siz uchun foydali boʻladi.

Darslarning ba’zilari 40-80 daqiqalik jonli zoom-uchrashuvlar, ba’zilari 20-30 daqiqalik tayyor video va audo materillar koʻrinishida boʻladi.
Kurs 21-fevral — 2-mart oraligʻida oʻtiladi. Darslarning aniq kunlari va soatlari haqida keyinroq ma’lumot beraman.

Kurs narxi:
🏷4-5-6-fevral kunlari toʻlov qilsangiz 370 ming soʻm
🏷 7—10-fevral davomida 450 ming soʻm
🏷 11-fevraldan boshlab 530 ming soʻm

A’zo boʻlish uchun @ps_sarvinoz_omonova akkuntimga yozing💌