𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 | 𝐋𝐈𝐕𝐄 🚩 @samisi_live Channel on Telegram

𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 | 𝐋𝐈𝐕𝐄 🚩

@samisi_live


Ushbu kanalda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti faoliyatiga oid yangiliklar, e'lonlar va boshqa ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar yoritilib boriladigan kanal.

Aloqa uchun: @BotirErkinov

𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 | 𝐋𝐈𝐕𝐄 🚩 (Uzbek)

𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 | 𝐋𝐈𝐕𝐄 🚩 Telegram kanali Samarqand iqtisodiyot va servis instituti faoliyatiga oid yangiliklar, e'lonlar va boshqa ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar haqida ma'lumotlarni taqdim etadi. Bu kanal orqali Samarqand iqtisodiyot sohasida olib borilayotgan yangiliklardan xabardor bo'lib qoling. Agar sizga Samarqand iqtisodiyot va servis instituti faoliyati, yangiliklari va boshqa ma'rifiy tadbirlar bo'yicha ma'lumotlar kerak bo'lsa, @BotirErkinov bilan bog'lanishingiz mumkin. Sizni ham Samarqand iqtisodiyot sohasida rivojlantirishga yordam beramiz!

𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 | 𝐋𝐈𝐕𝐄 🚩

11 Feb, 06:24


#Tyutor_faoliyati

Kechki ta'lim fakulteti tyutori Sh.Bozorova talabalar turar joyida talaba-qizlar ishtirokida "Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shugʻullanishning foydalari" mavzusida davra suhbati oʻtkazdi. Suhbat davomida talaba qizlar ba'zi sport turlarida oʻzlarini sinab koʻrdi.

⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 | 𝐋𝐈𝐕𝐄 🚩

10 Feb, 09:49


#Profilaktik_tadbir

💫 "Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish" doirasida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida "Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish" oyligi doirasida targʻibot-tashviqot ishlari va davra suhbati tashkil etilib kelinmoqda. Mazkur tadbirlardan biri institut bank-moliya xizmatlari fakultetida boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi narkotiklarni nazorat qilish faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi Sh.G'ulomov, Samarqand viloyati hokimligi mas'ullari, Samarqand viloyat bosh narkologi N.Kenjayeva, Samarqand viloyati IIB tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi giyohvandlikka qarshi kurashish boshqarmasi mas'ullari, institut rahbariyati va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar narkotik moddalarning salbiy ta'siri, hozirgi kunda bu illatga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida talaba-yoshlarga ma'lumot va tushunchalar berishdi.

Shuningdek talabalarga mavzu yuzasidan videorolik namoyish etilib, giyohvandlik va psixotrop moddalar iste'molining salbiy ta'sirlarini aks ettiruvchi targ'ibot vositalari tarqatildi.

⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 | 𝐋𝐈𝐕𝐄 🚩

10 Feb, 06:14


#Maqom_kechasi

Yoshlar markazi binosida Alisher Navoiy hazratlari va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlab “Ikki buyuk siymoga ehtirom” nomli madaniy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rahbariyati, dekan oʻrinbosarlari, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Adabiy kechada Navoiy va Bobur gʻazallariga bastalangan qoʻshiqlar ijro etildi, ulugʻ bobokalonlarimiz hayoti aks etgan sahna koʻrinishlari namoyish qilindi.

⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 | 𝐋𝐈𝐕𝐄 🚩

10 Feb, 05:56


#Tyutor_faoliyati #Sport

Buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti tyutorlari tomonidan institut sport zalida sportning stol tennisi turi bo'yicha musobaqalar tashkil etildi...

⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 | 𝐋𝐈𝐕𝐄 🚩

09 Feb, 16:40


#samisi #kechki_talim

🇺🇿 Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Kechki ta'lim bo‘limi tyutorlari hamda koordinatori tashabbusi bilan bo'limda tahsil olayotgan talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Samarqand davlat universiteti qoshidagi ilmiy kutubxonaga tashrif buyurishdi.

Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing:
🔷 Telegram 🟣 Instagram
🟦 Facebook 🔴 YouTube

𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 | 𝐋𝐈𝐕𝐄 🚩

09 Feb, 13:46


#Navoiy_kuni

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti kechki ta'lim boʻlimi tyutorlari talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli o'tkazish hamda Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan talabalarga tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan "Alisher Navoiy" kinofilmini namoyish etishdi.

⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 | 𝐋𝐈𝐕𝐄 🚩

03 Jan, 10:16


4444 nafar obunachilarimiz👐

Sahifamizga obuna boʻling: https://t.me/+R1DVQFoCXwsA5Dp2

𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 | 𝐋𝐈𝐕𝐄 🚩

03 Jan, 04:55


#OAV_nigohida
#Deputat_minbari

Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, beshinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Samarqand MTRK

Telegram |Facebook |Instagram |

𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 | 𝐋𝐈𝐕𝐄 🚩

30 Oct, 12:31


#Milliy_kontent

Korrupsiya — millat taraqqiyotining kushandasidir. Unga birgalikda qarshi kurashamiz!

@SamTvr

𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 | 𝐋𝐈𝐕𝐄 🚩

24 Oct, 06:39


#Tyutorlar_faoliyati

Talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida iqtisodiyot fakulteti tyutori S.Temirova tomonidan "Milliy filmlar kechasi" tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Abdulla Qodiriy qalamiga mansub "O'tgan kunlar" asari asosida yaratilgan film namoyish etildi.

⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |

𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 | 𝐋𝐈𝐕𝐄 🚩

24 Oct, 05:59


#Ichki_turizm
#Tyutor_faoliyati

👍 Samarqand iqtisodiyot va servis institutida talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda

Servis fakulteti tyutorlari o'zlariga biriktirilgan guruh talabalari ishtirokida Samarqand viloyat oʻlkashunoslik muzeyiga ekskursiya tashkil qilishdi.

⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |

𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 | 𝐋𝐈𝐕𝐄 🚩

23 Oct, 04:00


#Milliy_kontent

- Menga qarang Hojimurod aka, mana bu toʻrtta qoʻyingizni aktiga yana ikkitani qoʻshib qoʻysangiz, olam guliston.
- Yoʻq, men bunday qilolmayman...

🎬 "Chinor ostidagi duel" filmidan parcha

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 | 𝐋𝐈𝐕𝐄 🚩

21 Oct, 04:00


#Milliy_kontent

- Haqqingiz yoʻq. Men otasiman!
- Bola tugʻdirganlarni hammasi ham, ota boʻlavermaydi!

🎬 "Bahor qaytmaydi" filmidan parcha

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 | 𝐋𝐈𝐕𝐄 🚩

17 Oct, 14:31


МУШАКБОЗЛИККА МАРҲАМАТ!

18 октябрь - Самарқанд шаҳри куни муносабати билан эртага "Мўжиза" амфитеатри ҳамда Қорасув массивидаги «Янги Ўзбекистон» боғида ГАЛА-КОНЦЕРТ бўлиб ўтади ва якуни билан «Янги Ўзбекистон» боғидан ўтган дарё бўйида БАЙРАМОНА МУШАКБОЗЛИК ташкил этилади.

Эслатиб ўтамиз, концерт дастурларида пойтахтдан келган таниқли санъаткорлар – Ботир Қодиров, Феруза Эгамова, Шоҳруххон, Гулинур, Дилноза Ҳакимова ҳамда сўз усталари ва шаҳримизнинг хушовоз хонандалари ўз чиқишлари билан иштирок этади.

💵 БАЙРАМ ТОМОШАЛАРИ БЕПУЛ...

Самарқанд шаҳар ҳокимлиги ахборот хизмати.

@SamTvr

𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 | 𝐋𝐈𝐕𝐄 🚩

17 Oct, 13:17


⚡️Самарқандда битирувчилар билан навбатдаги очиқ мулоқот ташкил этилди

Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги Самарқанд вилоят филиали томонидан Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институтининг битирувчи талабаларига “Давлат хизматига дастлабки қадам” мавзусида очиқ мулоқот ўтказилди.

Филиалнинг масъул ходимлари томонидан битирувчи талабаларга давлат фуқаролик хизматига кириш тартиби, давлат фуқаролик хизматчиларининг ҳуқуқ ва мажбуриятлари, уларга бериладиган ижтимоий кафолатлар тўғрисида батафсил тушунчалар берилди.

Шунингдек, талабаларга ривожланган хорижий давлатларда кадрларни ишга қабул қилиш тартиби, уларда мавжуд танлов тизимлари бўйича ҳам маълумотлар берилди.

Олий таълим муассасалари битирувчилари билан учрашувлар давом этмоқда.