Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali) @rmmm_gijduvon_bolinmasi Channel on Telegram

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

@rmmm_gijduvon_bolinmasi


Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir.
Shavkat Mirziyoyev.

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali) (Uzbek)

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali) Telegram kanali sizga ma'naviyat va ruhiy zavqlar dunyosida ajoyib sayohatga taklif qiladi. Bu kanal sizga insoniyatning eng o'ziga xos tomonlarini o'rganishga yordam beradi va ma'naviyatning keskinligini his qilishingizga ko'mak qiladi. Kanalda Shavkat Mirziyoyevning ifodalaridan iborat an'anaviy so'zlar ham mavjud. Shuningdek, g'ijduvonlik haqida fikrlar va maslahatlar qo'llanib boriladi. Sizning ruhingizni toza qilish va o'z hayotingizda yangiliklar paydo bo'lish uchun Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori kanaliga obuna bo'ling!

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

10 Jan, 05:43


Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi 48-umumiy o'rta ta'lim maktabida 10-yanvar Juma kuni ayol o'qituvchilar o'rtasida jamoalar tashkil qilinib, 6 ta shart bo'yicha "Qadriyatlarni qadrlaymiz" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇
👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

10 Jan, 05:41


HAFTANING HAR JUMASI "MILLIY LIBOSLAR KUNI"

Xon atlas, adras va beqasam matolardan betakror did bilan tikilgan liboslar latofatli ayollarimiz egnida yanada chiroy ochish bilan birga necha asrlik milliy va ma’naviy an’analarimizni ham yodga soladi.

Mamlakatimizda boshqarma va tashkilotlar hamda mahallalarda haftaning har juma kuni “Milliy liboslar kuni” etib belgilandi.

Ushbu kunda tashkilot va muassasalar ayol xodimlari o‘z ish joylariga milliy liboslarda kelishi tavsif etilmoqda.

Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash insoniylik burchimizdir.

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇
👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

08 Jan, 10:32


#5_qism

Tuman hokimi ota-onalarga ijtimoiy himoyaga muhtoj va oilasida yetishmovchiligi bo‘lgan fuqarolarga bepul tashkil etilgan "Jadidlar" maktabini tanishtirdi.

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇

👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

08 Jan, 10:32


#6_qism

♻️Shuningdek, maktabda jamoat ishlarida faol qatnashgan o‘quvchilarning ota-onalari tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇

👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

08 Jan, 10:32


#1_qism

⚜️Gʻijduvon tumani hokimi 24-maktabda zoom platformasi orqali 28 ming o‘quvchilarning ota-onalari bilan uchrashdi

🔰Tuman hokimi bilan uchrashuvda zoom platformasi orqali jami 28 mingdan ortiq farzandlarning ota-onalar ishtirok etib, ta’lim-tarbiya sifati va ularning kelajakdagi muvaffaqiyati borasida muhim masalalar muhokama qilindi.

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇

👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

08 Jan, 10:32


#3_qism

♻️Uchrashuv davomida 61-IDUMning 10-sinf o‘quvchisi Shoxjahon Fazliddinov o‘zining hayratlanarli yutuqlari bilan barchaga o‘rnak bo‘ldi. Shoxjahon koreys tilini bor-yo‘g‘i bir yil ichida mustaqil o‘rganib, xalqaro til imtihonlarida eng yuqori 6-darajani qo‘lga kiritgani haqida so‘zlab berdi.

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇

👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

08 Jan, 10:32


🔰Gʻijduvon tumanidagi 24-maktabda oʻtkazilgan muhim uchrashuvda taniqli tadbirkor va ma’naviy rivojlanish bo‘yicha mutaxassis Javohir Hakimov ham ishtirok etdi. U uchrashuv davomida o‘zining shaxsiy rivojlanish brendi va uning yoshlarga ta’siri haqida so‘zlab, ota-onalar va farzandlarni ta’lim olishga ilhomlantirdi.

❇️Uchrashuv davomida Hakimov o‘zining shogirdi Go‘zal Botirovani yorqin misol sifatida tilga oldi. Go‘zal o‘z mehnatsevarligi va bilimga chanqoqligi bilan oddiy oiladan chiqib, ulkan natijalarga erishgan. Uning hikoyasi ota-onalarni farzandlariga ishonch va qo‘llab-quvvatlash berishga undadi.

♻️Uchrashuv davomida 61-IDUMning 10-sinf o‘quvchisi Shoxjahon Fazliddinov o‘zining hayratlanarli yutuqlari bilan barchaga o‘rnak bo‘ldi. Shoxjahon koreys tilini bor-yo‘g‘i bir yil ichida mustaqil o‘rganib, xalqaro til imtihonlarida eng yuqori 6-darajani qo‘lga kiritgani haqida so‘zlab berdi.


🏠Rasmiy sahifalarimiz👇
👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

08 Jan, 10:32


⚜️Gʻijduvon tumani hokimi 24-maktabda ota-onalar bilan uchrashdi

❇️Ushbu uchrashuv nafaqat ota-onalar, balki butun tumanning ta’lim va kelajak rivoji yo‘lidagi yana bir ulkan qadam bo‘ldi. Gʻijduvon yoshlari uchun yorqin istiqbolni yaratish yoʻlida hammamiz birlashishimiz lozim!

♻️Shuningdek, maktabda jamoat ishlarida faol qatnashgan o‘quvchilarning ota-onalari tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇

👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

08 Jan, 10:32


#2_qism

⚜️Gʻijduvon tumani hokimi 24-maktabda zoom platformasi orqali 28 ming o‘quvchilarning ota-onalari bilan uchrashdi

♻️Uchrashuv davomida tuman hokimi farzandlarini xorijda, jumladan, rivojlangan davlatlarda tahsil olish istagida bo‘lgan ota-onalar uchun kerakli yo‘l-yo‘riq va tavsiyalarni berdi. Shu bilan birga, u yaqinda Koreya Respublikasiga tashrifi chog‘ida orttirgan tajribalari va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. U yerda ta’lim tizimi, yoshlarning ilmga bo‘lgan e’tibori va texnologiyalar rivojini alohida ta’kidladi.

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇

👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

08 Jan, 10:32


#4_qism

♻️61-IDUMning 10-sinf o‘quvchisi Shoxjahon Fazliddinov koreys tilida so‘zlab, kelajakdagi maqsadlari bilan o‘rtoqlashdi.

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇

👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

07 Jan, 12:09


Premyera: “Uy” qisqa metrajli animatsion filmi

Filmni koʻrish:
https://youtu.be/Fbb9ORcLHpI

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇
👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

07 Jan, 07:24


#Marifat_soati

Bugun Buxoro tumanidagi barcha korxona va tashkilotlarda "2025-yil - Atrof muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili" mavzusida ma'rifat soati o'tkazildi.

Jumladan, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo'linmasi hamkorligida tuman AKM hamda Barkamol avlod bolalar maktabi xodimlari ishtirokida o'tkazilgan ma'rifat soatida "2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili”ning falsafiy va zamonaviy talqini" mavzusida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyati bo‘limi rahbari M.D.Pardayevaning maqolasi o'qib eshittirilib, mavzu yuzasidan fikrlar bildirildi.

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇
👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

07 Jan, 04:06


Elektr energiyasini tejash ikki sababdan barchamizning burchimiz. Birinchidan, elektr energiyasi tabiiy boyliklarimiz mahsuli. Ikkinchidan, uning ortida minglab odamlarning mehnat yashirin.

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇
👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

07 Jan, 04:02


“Bekat” qadimda beklar dam oladigan joy bo‘lgan – etimologik tahlil

“Beklemek” fe’lidan yasalgan “bekçi” posbon va poyloqchi ma’nolarida kelar ekan, demak, so‘z ma’nosi hozirgidek “kutish” bo‘lmagan.

Batafsil:
https://oyina.uz/uz/article/3369

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇
👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

06 Jan, 12:05


🔰Bugun, tuman hokimi Sherzod Ashurov boshchiligida 61-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ota-onalar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va Jadidlar maktabining Koreys tili o‘quv kursi tashkil etildi

Uchrashuvda ota-onalarning farzand tarbiyasiga bo‘lgan e’tibori, o‘quvchilarning bilim salohiyati, ularning kelajakdagi faoliyati, yoshlarga kitob o‘qitish, maktabdagi ta’lim jarayonida ota-onalar navbatchiligining nechog‘lik muhim ekanligi to‘g‘risida suhbatlashildi.

♻️Xususan, xorijiy tillarni o‘rganishlilari,  ularga har oyda bir kitob olib berishligi ta’kidlandi. Kitob o‘qigan bolaning tafakkuri, dunyoqarashi boyib borishi aytib o‘tildi.

♻️Shuningdek, maktabda jamoat ishlarida faol qatnashgan o‘quvchilarning ota-onalari tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇

👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

06 Jan, 11:51


❄️"QISHKI TA'TIL BARKAMOL AVLOD BILAN"!

🔰Bugun G'ijduvon tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida "RAQSLAR JILOSI!" nomli ko'rik tanlov milliy raqs yo'nalishi  bo'yicha bo'lib o'tdi.

Ko'rik tanlovida 10-18-yoshgacha bo‘lgan o'quvchilar ishtirok e'tishdi. Tanlovda o'quvchilar milliy va jahon raqslardan yakkaxon hamda jamoa bo'lib ishtirok etdilar.

📌Tanlovdan maqsad: o'quvchi yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, iste'dodlarini namoyon etishlarida  zamin yaratishdan iborat.

🛑 Ko'rik tanlov  g'oliblari diplom hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇

👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

27 Dec, 09:45


#Bayram_shukuhi

⚡️ G'ijduvon tumanida qorbobolar sayli tashkil etildi.

Yurtimizda bayram shukuhi kezmoqda. Yangi yil bayramini qorbobo va qorqizlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi, albatta. Shu sababli bugun tumanimizning “Nodirabegim” mahallasida qorbobolar sayli tashkil etildi.

50 dan ortiq qorbobo va qorqizlar ko‘chalar bo‘ylab yoshu-qariga bay ram kayfiyatini ulashishdi.

Tadbirlar davomida mahalladagi imkoniyati cheklangan, nogironligi bor hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari holidan xabar olindi.

Qorbobo va qorqiz tomonidan bolajonlarga sovg’alar taqdim etilganligi esa, ularga bir olam quvonch bag’ishladi.

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇
👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

27 Dec, 06:39


💢💢YIL SARHISOBI!💢💢

Bugun 26 -dekabr kuni Buxoro viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabida 2024 - 2025 o'quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar va ularning sarhisobi  yuzasidan  bo'lib o'tgan pedagogik kengashda maktabimiz direktori Aziza Mirjonovna 2024 yil sarhisob qilinganligi yuzasidan    maktabning yuqori ko'rsatkichlariga erishishida, to'garaklar faoliyatini to'g'ri tashkil qilganligida, o'quvchi yoshlarning bo'sh vaqtini  mazmunli tashkil qilishda o'zining munosib hissasini qo'shganligi hamda 
📌14 ta tuman ichida  yil davomidagi mehnatlari samarasi  tufayli 9 - o'rindan 2 - o'ringa ko'tarilganligi  uchun

❇️ Buxoro viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar. Direktorimiz Aziza Mirjanovnaning kelgusida bundanda yuqori natijalariga erishishlariga tilakdoshmiz.

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇
👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

27 Dec, 06:30


Bugungi insoniyat erishgan texnika taraqqiyoti jamiyatlar hayotiga kirib borayotgan axborot texnologiyalar va elektron qurilmalar umrning asosiga aylanib ulgurdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Lekin insoniyatning shu davrgacha erishgan bilimlari jamlangan kitoblar jamiyat va ayniqsa yosh avlod uchun, ahamiyatlilik darajasini qo‘ldan boy bermoqda. Lekin mamlakatimizda, ayniqsa, yoshlar orasida kitobxonlik an’anasining yo‘lga qo‘yilishi, kitob
mutolaasiga keng e’tibor qaratish, uni rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan sayharakatlar diqqatga sazovordir.
Bugun 5-IDUM da ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Jamolova Shohida tomonidan 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇
👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

27 Dec, 06:08


📓 “Hammamizdan kitob qolsin!” – kitob marafoni boshlandi!

G‘ijduvon Yuksalish maktabida kitobsevarlik va bilimga chanqoqlikni oshirish maqsadida “Hammamizdan kitob qolsin” shiori ostida kitob marafoni boshlandi.

Marafonning tantanali ochilishida maktab direktori Hamdamov Farrux va bosh koordinatorimiz Halilov Abdujamil ustozlarimiz boshchilik qildilar. Ustozlarimiz o‘quvchilarga ilm va ma’naviyat manbayi bo‘lgan foydali kitoblarni sovg‘a qildilar.

⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇
👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

26 Dec, 08:43


“Stop korrupsiya» chellendji o‘tkazildi.

G'ijduvon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida rahbar xodimlar, o‘qituvchilar va ishchi xodimlar ishtirokida “Stop korrupsiya» chellendji o‘tkazildi. Agar har bir inson o‘z xizmat vazifasini amalga oshirishda  ochiqlik, oshkoralik, shaffoflik, erkinlik va adolat kabi prinsiplarga tayansa, biz albatta yaqin kelajakda korrupsiyadan xoli sohaga erishamiz.

Talaba yoshlar ongiga halollik va ezgulik tushunchalari singdirib borilsa, ular korrupsiyaga qarshi kurashda faol bo‘lishadi va har doim adolat tarafida bo‘ladilar.

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇
👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

26 Dec, 05:08


⚡️Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 25-dekabr kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi, tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi, va tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari bilan hamlorlikda G‘ijduvon tuman "Ko‘lijabbor" MFY da joylashgan 52-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘qituvchilari o‘rtasida "Jadidlar izidan" nomli "Zakovat" intelektual o‘yini tashkil etildi.

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇
👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

25 Dec, 12:11


O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligiga hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni yuqori saviyada o'tkazish to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi F - 62   24 -yil 12- dekabr.

🔘" YANGI O'ZBEKISTON ARMIYASI - MAMLAKAT  TAYANCHI , XALQIMIZ FAXRI ! " shiori ostida yuksak saviyada hamda ko'tarinki ruhda o'tkazilishini ta'minlash maqsadida hamda yangi O'zbekistonni barpo etishda tinchlik va osoyishtalik naqadar muhimligi, shuningdek, " XALQ VA ARMIYA - BIR TANU BIR JON ! " tamoyilining mazmunini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlar hamda davra suhbatlari, Buxoro viloyati G'ijduvon tuman  55-umumta'lim maktabida "" Vatan tayanchi" harakati a'zolari bilan keng koʻlamda uchrashuv "Zakovat" turnirlari oʻtkazildi.

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇
👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

08 Dec, 07:20


Konstitutsiya huquq uchun, himoya uchun, qadr uchun xizmat qiladi

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇
👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

08 Dec, 07:17


⚜️Paxtaobod MFYda "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun" shiori ostida turli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Ushbu tadbirlar orqali jamoatchilikka zo‘ravonlikning oldini olish, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va jamiyatda gender tengligini ta’minlash maqsadlari ko‘zlangan.
Tadbirlar davomida taqdimotlar, muhokamalar va seminarlar o‘tkazilib, ishtirokchilarga zo‘ravonlikka qarshi kurashish, uning oqibatlarini bartaraf etish va xotin-qizlarga nisbatan hurmatni oshirish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
❇️Bunday tadbirlar jamiyatimizda xavfsizlik va mehnat huquqlarini mustahkamlashga, shuningdek, barcha fuqarolarni zo‘ravonlikka qarshi birlashishga chaqirishga xizmat qiladi. Jamiyatimizda yoqimli muhit yaratish maqsadida har ketayotgan qadam bizning mas’uliyatimiz!


🏠Rasmiy sahifalarimiz👇
👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

08 Dec, 07:14


Choʻlponning yangi kitobi nashr etildi

Asarning arabiy imlodagi qoʻlyozma varianti Davlat adabiyot muzeyi fondidan topilgan.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/25886

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇

👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

06 Dec, 08:20


Live stream finished (35 seconds)

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

06 Dec, 08:20


Live stream started

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

06 Dec, 07:17


Joriy yilning 6-dekabr kuni Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani "A.Qahhor" mahallasida joylashgan 61-IDUMning 2-sinf o‘quvchilari ortasida " Konstitutsiya baxtimiz qomusi " nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda oʻquvchilar turli sheʼr va raqslar orqali mustaqil Vatan hissi nima ekanliklarini angladilar. Tadbir koʻtarinki ruhda oʻtdi!

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇
👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

05 Dec, 10:11


#Gijduvon_tumani

🎥 "KINOKARVON" LOYIHASI

Joriy yilning 3-dekabr kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi G‘ijduvon tuman boʻlinmasi hamda 23-umumta'lim maktabi MMIBDO‘ bilan hamkorlikda  "Chag‘dare" MFYda joylashgan 23-umumiy o'rta ta'lim maktabi 10-sinf o‘quvchilari uchun
"Kinokarvon" loyihasi doirasida Ma’naviyat va ma’rifat markazi “O’zbekiston tarixi” telekanali bilan buyuk tariximizni yosh avlodga yetkazishga qaratilgan "Buyuk sarkardalar" haqida 10 ta fakt videoroligi namoyish etildi.

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇

👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

05 Dec, 09:57


🔰Joriy yilning 5-dekabr kuni G‘ijduvon tumani "Paxtaobod" mahallasida joylashgan 48-umumiy o'rta ta'lim maktabi 4-sinf o‘quvchilari o'rtasida "Konstitutsiya-huquq va erkinliklarimiz kafolati! Madhiya-shuhrating porlasin toki bor jahon" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Shuningdek tadbirga yoshlarga yangi tahrirdagi konstitutsiyaning moddalari haqidagi batafsil tushuntirildi. Konstitutsiyada ko‘rsatilgan prinsiplarning inson hayotidagi muhim o‘rni va har bir norma inson manfaatlari uchun xizmat qilishi lozimligi tushuntirildi. Jamiyatda o‘sib borayotgan yosh avlodning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish borasida ko‘plab islohotlar olib borilayotgani haqida so‘zlab berildi. Konstitutsiyaga oid flayer va bukletlar tarqatildi. O'quvchilar o'zlarini qiziqtiradigan savollarga javob olishdi.

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇
👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

05 Dec, 09:50


G'ijduvon tuman 56-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 7-sinf o'quvchilari tomonidan 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tayyorlangan chellenj.

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇
👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

31 Oct, 10:12


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 7-sentabrdagi “Hududlarda Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini yuqori saviyada nishonlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va davra suhbatlarini o‘tkazish bo‘yicha reja-grafik” ijrosini ta’minlash maqsadida G‘ijduvon tumanida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi tomonidan "Dilkusho" mahallasida joylashgan tuman Axborot kutubxona markazida "Imom Termiziy" ning 1200 yilligini munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir va seminar tashkil etildi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

31 Oct, 08:29


#farzand_tarbiyasi

Kelajakka qanday voris qoldirmoqchisiz: qo‘rqoqmi yo kuchlimi?

Bu videoni oxirigacha ko‘rsangiz jur’atsiz, qo‘rqoq, sotqin, laganbardor, ikkiyuzlamachi odamlar qayerdan paydo bo‘lishini, bunday jamiyatda qonunlar nega ishlamasligi, nega inson qadri bo‘lmasligini tushunib yetasiz.

Agar siz ham baqirib farzand tarbiya qilayotgan bo‘lsangiz, bilingki, kelajakka o‘z haqini talab qilolmaydigan, qo‘rqoq, huquqsiz, latta voris qoldiryapsiz.

Rasmiy sahifalarimiz👇

👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

31 Oct, 08:22


Yetti yoshimda otamdan:
— Qachon bizning ham Maykl Jeksonnikiday katta uyimiz bo‘ladi? — deb so‘rardim. Otam menga qarab:
— Bu amalga oshmaydigan orzu — derdi.

Vaqtlar o‘tib men, hatto, undanda katta uyga ega bo‘ldim, biroq endi unda otam yo‘q edi. Shu payt:
— Katta uyim bo‘lmasada, qaniydi otam qaytib kelsa! — deya orzu qila boshladim.

Pul bu xamma narsa degani emas ekan...

©️ Krishtianu Ronaldu

P.S.: Vaqt o‘tib, hashamatli uylar ham solarsan, qimmatbaho mashina ham olarsan. Biroq, ota-onangni topa olmasliging mumkin...

Rasmiy sahifalarimiz👇

👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

30 Oct, 15:18


"O‘g‘limning muhtaram o‘qituvchisi!

…Men o‘g‘limga hayotni bo‘yab-bejab ko‘rsatishingizni istamayman. U hayotda hamma ham adolatli va samimiy bo‘lavermasligini bilishi shart.

Siz unga hayotda ablahlar ham qahramonlarga aylantirilishi mumkinligini, uquvsiz va takabbur rahbarlarga ham sodiq xodimlar uchrashi mumkinligini tushuntirishdan qo‘rqmang.

Unga uqtiringki, modomiki dushmanlari bor ekan, demak do‘stlari ham bo‘ladi.

Bilaman, bunga ancha vaqt sarflanadi, lekin imkoningiz bo‘lsa, unga nohalol yo‘l bilan topilgan o‘n dollardan ko‘ra, halol yo‘l bilan topilgan bir dollar ko‘proq foyda keltirishini o‘rgating.

Shunday ta’lim beringki, u g‘alaba nashidasini surish uchun oldin yutqazish alamini totib ko‘rish kerakligini anglasin.

Qo‘lingizdan kelsa, uning tabiatiga hasad chang solmasligining chorasini ko‘ring.

Unga maqtanchoq odamlar ustidan g‘alaba qozonish juda ham oson bo‘lishini his etishga sharoit yarating. Yana imkoningiz bo‘lsa, uni kitoblarga oshno qiling…

Shunday ta’lim beringki, u jasur, kuchli, temir irodali yigit bo‘lib ulg‘ayish bilan birga, ko‘kdagi qushlardan, qirlar uzra ochilgan gullardan va bu gullardan bol yig‘ib yurgan asalarilardan, qo‘yingchi tabiatning betakror go‘zalliklaridan ta’sirlana oladigan nozik qalbga ham ega bo‘lsin.

Shunday o‘qitingki, u hayotdagi eng mayda holatlar yuzasidan ham mulohaza qilib ko‘rishni o‘rgansin.

Men uning shu kichik yoshidanoq hayotda qalloblik qilib g‘alabaga erishgandan ko‘ra, halollik tufayli omadsizlikka uchrash afzal ekanini anglab yetishini istayman.

Uni atrofdagilar har qancha o‘z yo‘riqlariga yurgizishga urinishmasin, o‘z shaxsiy fikrlarida sobit tura olishga ham o‘rgatasiz, degan umiddaman.

Uni yumshoq fe’llilar bilan – yumshoq, qahrlilar bilan qahrli bo‘lishga o‘rgating.

O‘g‘limga mohiyatni anglamasdan turib, g‘alaba qozonganlar tarafiga o‘tib ketadigan olomonga ergashmaslikni uqtirishga harakat qiling.

Uni hammani eshitishga va har bir eshitganlarini mulohaza qilib, haqiqatni ajratib olishga o‘rgating.

O‘rgata olsangiz, mahzun vaqtda kulish kerakligiga o‘rgating.

Vaqti kelganda ko‘z yoshi to‘ka bilishni va buning hech uyatli emasligini o‘rgating.

Unga o‘ziga ortiqcha zeb bermaslik kerakligini o‘rgating.

Zarurat bo‘lganida o‘z aqli va tanasidagi mushaklar kuchini eng qimmat narxda sotishi mumkin-u, lekin o‘lsa ham yuragi, ruhi, vijdonini sotishga haqqi yo‘qligini anglating.

Unga jasur bo‘lish uchun eng avvalo sabrli bo‘lish lozimligini uqtiring. O‘tda qattiq toblangan po‘latgina yuqori sifatga ega bo‘lishini tushuntiring.

Unda o‘ziga ishonch hissini shakllantiring, shundagina u boshqalarga ham ishonch bilan munosabatda bo‘ladi.

U bilan yumshoq, lekin ortiqcha muloyimliksiz muomala qiling.

…Bilaman, Sizdan istayotganlarimni bajarish oson ish emas, lekin, har holda so‘raganlarim orasidan qo‘lingizdan nima kelishini ajratib olsangiz ham bo‘ladi.

U ajoyib bola, yaxshi bola — mening o‘g‘lim!.. Balki u ham kelajakda dunyoning yetakchi liderlaridan bo‘lar…

Sizga cheksiz hurmat va ishonch bilan Abraham Linkoln, 1855 yil".

AQShning o‘n oltinchi prezidenti Abraham Linkolnning besh yoshli o‘g‘li Uilyamning o‘qituvchisiga yozgan maktubidan parcha.

Rasmiy sahifalarimiz👇

👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

28 Oct, 11:01


#tafakkur_qiling

Sen ham to'g'ri yo'lni tanla!

Rasmiy sahifalarimiz👇

👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

28 Oct, 10:36


#Jarayon

✔️Joriy yilning 28-oktabr kuni Buxoro viloyat G‘ijduvon tuman umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari bilan “Kinokarvon loyihasi” doirasida 2024-yil 28-oktabrdan 8-noyabrga qadar yosh toifasi doirasida tavsiya etilayotgan filmlar namoyish etish tartibi hamda keyingi haftada rejalashtirilgan tadbirlarni o‘tkazish rejasi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi boshchiligida ZOOM yig‘ilishida kelishib olindi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

28 Oct, 07:14


Ilmga yetaklovchi uch yo‘l mavjud:
tafakkur yo‘li - eng ezgu yo‘l,
taqlid yo‘li – eng oson yo‘l,
tajriba yo‘li – eng mashaqqatli yo‘ldir.

Konfutsiy

Rasmiy sahifalarimiz👇

👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

28 Oct, 03:49


— Odam uchta narsaning qadrini doim kechikib biladi. Yoshlik. Sog‘liq. Tinchlik.
— Do‘stni xo‘rlash – gunoh. Umr yo‘ldoshini xo‘rlash – yuz hissa gunoh. Ota-onani xo‘rlash – ming hissa gunoh. Go‘dakni xo‘rlash – cheksiz gunoh...
— Ish ko‘pligi-yu, vaqt yo‘qligidan nolimang. Vaqt ko‘pligi-yu, ish yo‘qligidan qo‘rqing. Odamni abgor qiladigan narsa – bekorchilik.
— Hatto, bulbul ham bola ochganidan keyin sayrashni bas qilib, polaponlariga yemish tashiydi.
— Ertalab turganingda, kunduzi yurganingda, kechasi uxlaganingda hech qayering og‘rimasa shuning o‘zi baxt!
— Aql bilan mansabga erishish mumkin. Mansab bilan aqlga erishib bo‘lmaydi.
— Dunyoda mukammal narsa yo‘q. Hatto Muhabbat deb atalmish oliy tuyg‘uda ham adolatsizlik bor. Kim qattiqroq sevsa, o‘sha ko‘proq iztirob chekadi.
— Insonning bahosi bu dunyoda o‘zi olgani bilan emas, o‘zidan qolgani bilan belgilanadi.

©️ O‘tkir Hoshimov

Rasmiy sahifalarimiz👇

👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

28 Oct, 03:45


IQTIBOS

Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy tadbirkor va hushyor bir kishi minglab tadbirsiz loqayd kishilardan yaxshidir.

✍️ Аmir Temur

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇

👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

25 Oct, 09:15


Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi tomonidan Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan, tashkilot va muassasalarda amalga oshirilayotgan tashkiliy-amaliy ishlar holati reja-grafigi asosida tuman Milliy bank, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘kinmasi hamda tuman kadastr agentligi va palatasi bo'linmalari tanqidiy-tahliliy o‘rganildi.

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇

👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

25 Oct, 06:16


⚡️"Siyosiy-ma’rifat soati

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari "Siyosiy-ma’rifat soati" haftaning har juma kuni davlat rahbari, Respublikada Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va qator vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan Siyosiy-maʼrifiy sohasidagi ishlar haqidagi maʼlumotlar berib boriladi.
Bugun G‘ijduvon tumani barcha tashkilot va muassasalarda "Siyosiy-maʼrifat" soatlari oʻtkazildi.

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇

👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

23 Oct, 06:25


Telegram asoschisi Pavel Durov pul haqida.

«Mening hayotimda qasrlar, sport avtomobil va shaxsiy samolyotlar jamlanmasini qidirayotganlar juda qattiq yanglishadilar.

Menda na avtomobil, na shaxsiy samolyot va na uyim bor. Mening dunyom - bu piyoda, metroda yurish, 18-20 kvadrat metrdan iborat ijara uydan iborat. Mening o‘rnimda bo‘lishni xohlaydiganlar butunlay alkogoldan, go‘sht va qimmat kiyimlardan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.

Hali kambag‘al talaba bo‘lib oliygoh yotoqxonasida turganimdan beri takrorlayman, pul bu juda katta baho berilgan material dunyo elementi xolos. Hammasi ichki holatga bog‘liq va u har narsadan ustun. Milliardlab pullari bor korrupsionerlarga qarang, ularda ichki xotirjamlik yo‘q, topgan pullarini yo‘qotib qo‘ymaslik uchun barcha narsadan hatto hayotidan voz kechadi.

Pulni asosiy element deb hisoblashni boshlagan zahoti siz ichki xotirjamlik va hayotni qimorga tikasiz va qimorda yutqizib qo‘ymaslik uchun yana va yana hayot degan xazinadan qarz olaverasiz. Bir kun hayot sizga qarz berishdan charchaydi va siz hammasini yutqizasiz. Qimor stoli atrofiga boshqalar keladi.

Kapitalistik jannat deb nomlangan dunyo sizga qanchalik ko‘p narsang bo‘lsa, shunchalik baxtli bo‘lasan degan g‘oyani sotadi.

Qadimdan shunday gap bor: “Qul hech qachon ozod bo‘lishni xohlamaydi, u o‘z shaxsiy qullari bo‘lishini xohlaydi”. Inson “qul va xo‘jayin” paradigmasida qolar ekan, hech qachon baxtli bo‘la olmaydi. Bu sistemada “har qanday odam kimningdir quli, har qanday qul esa kimningdir xo‘jayini” hisoblanadi.

Pulning quli bo‘lar ekansiz, hech qachon o‘z hayotingizning xo‘jayini bo‘la olmaysiz. Qimor stolida esa navbat kutib turganlar kun sayin ortib bormoqda. »

Hozirda Pavel Durovning boyligi 3,4 mlrd dollar. Uning birorta ham o‘z uyi yo‘q. Avtomobili ham yo‘q. Samolyoti ham yo‘q. Asosiy transport vositasi metro. Asosiy mashg‘uloti kitob o‘qish. Go‘sht umuman yemaydi. Asosan arzon va qulay kiyim do‘konlaridan kiyinadi.

Ibrat oling va tafakkur qiling!

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇

👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

22 Oct, 09:26


📚MA'RIFAT SOATI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-5040-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda 2024-yil “Ma’rifat soati” ni tashkil etish va o‘tkazish rejasiga asosan, joriy yilning 22-oktyabr kuni tumandagi barcha korxona, tashkilot, muassasa,  bo‘lim va mahallalarda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan “Til -millat ko‘zgusi” mavzuida “Ma’rifat soati” tashkil etildi.

Jumladan, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tumani bo‘linmasi tomonidan tuman Axborot kutubxona markazida “Ma’rifat soati” o‘tkazildi.

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇

👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

22 Oct, 07:16


1989-yilning 21-oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo’yicha “Davlat tili to’g’risida”gi qonun qabul qilinib, unga ko’ra o’zbek tiliga – Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo’lgan ona tilimiz o’zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo’ldi.
Jumladan, G‘ijduvon tumanidagi 56-umumiy o‘rta ta'lim maktabida O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligiga bag‘ishlab "Til-millatning g‘ururi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇

👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori (G‘ijduvon rasmiy kanali)

22 Oct, 07:10


G‘ijduvon tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta'lim maktabida O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligiga bag‘ishlab "Til-millat ko‘zgusi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

🏠Rasmiy sahifalarimiz👇

👉Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi