Super sinf rahbarlar (Rasmiy) @sinf_rahbarlar Channel on Telegram

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

@sinf_rahbarlar


Qo'lingdan kelguncha yaxshilik qil.
Hujjatlar
Rasmlar
Konspektlar
Dars ishlanmalar va hk.
Bizning guruh : @super_sinf_rahbarlar

Super sinf rahbarlar (Rasmiy) (Uzbek)

Super sinf rahbarlar (Rasmiy) guruhimizning mavzusi birinchi sinf o'qituvchilari uchun maxsus ravishda tuzilgan dastlabki o'quv yili davomida yordam berishni maqsad qiladi. Bu guruhda birinchi sinf rahbarlari o'z ishlarini oson va samarali qilish uchun kerakli hujjatlar, rasmlar, konspektlar, dars ishlanmalarini topishlari mumkin. Sizga kerak bo'lgan barcha qo'llab-quvvatlaydigan ma'lumotlar bu guruhda mavjud. Agar siz ham birinchi sinf o'qituvchilari to'g'risida ko'proq bilim va tajribaga ega bo'lishni istasangiz, unda bizning @sinf_rahbarlar guruhiga a'zo bo'ling va batafsil ma'lumotlardan foydalaning. Sizning yangi dastlabki o'qituvchilik yillaringiz oson va muvaffaqiyatli o'tsin!

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

06 Dec, 11:25


⚡️❄️ Қорга тайёрланамиз: Ўзбекистон бу дам олиш кунлари қор билан қопланади ва -10° гача совуқ бўлади.🥶

Мамлакатга совуқ ҳаво массаси яқинлашмоқда, ҳаво ҳарорати -10°C гача пасаяди, 8 декабрда қор ёғиши мумкин.

Байрам муносабати билан ўзбекистонликлар сешанба кунига қадар кетма-кет 3 кун дам олишади, тоғларга чиқиш ва атмосферадан завқланиш вақти келди.

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

04 Dec, 12:22


#ДИҚҚАТ #ОГОҲЛИК

❗️Ҳеч қачон охири "apk" билан тугаган файлларни очманг. У фирибгарлар

Агарда бирор танишингиздан (APK) билан тугалланган файл келдими, билинг унинг аккаунти ухлатилган бўлади.

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

01 Dec, 13:36


❗️🇺🇿Уч кун дам олинади

Қонунчиликка кўра, жорий йил 8 декабрь — Конституция куни якшанба — дам олиш кунига тўғри келиши муносабати билан ушбу дам олиш куни 2024 йил 9 декабрь — душанба кунига кўчирилади.

Шундай қилиб, ўзбекистонликлар шанба, якшанба ва душанба кунлари  — уч кун дам олади.

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

01 Dec, 13:36


ЎҚИТУВЧИГА ОСИЛМАНГ


Ҳой депутат оғаларим сотилманг,
Нишон кўрмас қийшиқ ўқдек отилманг,
Қиладиган йўқми бошқа ишингиз,
Ўқитувчининг ойлигига осилманг.

Устоз улуғ бўлган ҳамма замонлар,
Ноҳақ сўзлаб рангин қилманг сомонлар,
Вазирдан кўп маош берар японлар,
Ўқитувчининг ойлигига осилманг.

Ойлигини кўп кўрдими кўзингиз,
Ундан анча кўп оласиз ўзингиз,
Газ, светдан сўзланг ўтса сўзингиз,
Ўқитувчининг ойлигига осилманг.

Қаноти йўқ,, Тили" билан учганлар,
Ҳақдан кечиб ёлғонларни қучганлар,
Ҳой осмондан,, Саводли" бўп тушганлар,
Ўқитувчининг ойлигига осилманг.

Ҳаётга бир синчков назар солинг-чи,
Сиз ҳам бир кун устоз бўлиб қолинг-чи,
Бир августда талашиб дарс олинг-чи,
Ўқитувчининг ойлигига осилманг.

Кўксингизда йўқми номус, орингиз,
Бошқа куйга чалинг қўлда торингиз,
Осилгани йўқми уйда дорингиз,
Ўқитувчининг ойлигига осилманг.

Хуршид Карим

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

30 Nov, 11:38


Виждон!!!

Ота-оналаримиз қаерда ишламасин, "Фарзандимдан умидларим катта!" — дея орзу-ҳавасда бўладилар... Музли ва тошюракларни ҳам титратувчи видео (яқинларга улашинг) 🥹🤲

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

26 Nov, 16:54


BILASIZMI? "Maktabga bolasini yubormaydigan ota-onalar hatto qamoq jazosiga tortilishi mumkin...”
!!!!!Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik boshqarma boshlig‘i Xurshid Asrorov farzandlari sababsiz dars qoldirgan ota-onalarni ogohlantirdi.

P.S.: Ota-onalar guruhlariga yuborib qo'ying

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

26 Nov, 16:52


BOSHLANG'ICH USTOZLARGA

Boshlang'ichdan boshlanar hayot
So'zlaringiz tuganmas bayot,
Ko'zingizda mehr limmo-lim,
Siz buyuksiz ustoz muallim,
Sizga bo'lsin qadr va e'zoz,
Omon bo'ling boshlang'ich ustoz,
Hayotingiz nurlarga to'lsin,
Bayramingiz muborak bo'lsin.

✍️Xurshid Karim

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

26 Nov, 16:51


BILASIZMI? O‘qituvchilarni videoga olib ijtimoiy tarmoqda tarqatmang!

!!!!!! Javobgarlik bor!

P.S.: Ota-onalar va o'quvchilarga yuborib qo'ying

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

26 Nov, 16:49


BILASIZMI? Oʻqituvchilar haqida haqiqatlar va ularga nasihatlar 👨🏻‍🏫👩🏻‍🏫

-Dunyoda bitta kasb bor: oʻqituvchilik. Qolgan kasblar uning hosilasidir.

-Millatning ertasi maktablardan boshlanadi.

-Oʻqituvchi bir umr bola boʻlib qoladi.

-Oʻqituvchi bir vaqtning oʻzida ona, ota, bobo, buvi, aka, opa, doʻst boʻla oladi.

-Oʻqituvchida otaning qattiqqoʻlligi, onaning mehri boʻlishi kerak.

-Hech kimning 30 nafar farzandi yoʻq. Oʻqituvchida esa bor.

-Hamma oʻz bolasini sevadi. Oʻzganing bolasini sevish, unga taʼlim-tarbiya berish esa har kimning ham qoʻlidan kelmaydi.
Buning uchun insonda katta yurak kerak boʻlishi kerak.

-Bolalarni seva olmagan kishidan oʻqituvchi chiqmaydi
.

-Oʻqituvchilik-bu hali ustozlik degani emas.

-Oʻqituvchilik-bu kasb.
Ustozlik esa baxtdir
.

-Hayotingiz davomida hech boʻlmasa bitta shogirdingiz sizni ustoz sifatida tan olmasa, umringiz shamollarga sovrilibdi.

-Oʻquvchilarim meni ustoz sifatida emas, avvalo, inson sifatida yaxshi koʻrishlarini istayman.

-«Darsimda pashsha uchsa bilinadi»
-deydigan oʻqituvchilar rost gapiradi. Ularni faqat pashsha qiziqtiradi.

-Amir Temur dunyoni tigʻ bilan, Navoiy qalam bilan olgan boʻlsa, ustozlar dunyoni boʻr bilan oladi.

-Bu hayotda oddiy sinf rahbar boʻlmaydi. Sinf rahbar boʻldingmi, chida. Mushtni mushtga tugib chida, tishni tishga qoʻyib chida. Sinf rahbarlikni chidaganga chiqargan.

-Bugun sinf rahbarlik olib, uning masʼuliyatiga chidolmay, ertaga tashlab yuboradigan oʻqituvchining oʻzini «tashlab» yuborish kerak.

-Ustoz yaqinmi, ota?
-Ota. Agar u ustoz boʻlsa.

-Haqiqiy oʻqituvchining qahrida ham bolaga nisbatan mehr ufurib turishi kerak.

-Eng yomon oʻquvchimni boshqa sinfdagi 10 nafar eng yaxshi oʻquvchiga alishmayman.

-Oʻquvchingiz hayotiy masalada sizdan maslahat, yordam soʻrayapdimi, demak, ustoz darajasiga yetibsiz, muborak boʻlsin.

-Hech qachon oʻquvchilaringizga odam boʻlmaysan, demang. Uningku tanlash imkoniyati bor. Sizda esa hatto shu ham yoʻq.

-Bugungi jinoyat kechagi tarbiyaning mahsulidir.

-Biz ustozlar oʻquvchilarimizga maktabda emas, hayotda aʼlochi boʻlishlari uchun koʻmak berishimiz kerak.

-Ustozning hattoki qadam tashlashi ham tarbiya boʻlishi kerak.

-Shogirdlariga faqat taʼlim bergan oʻqituvchi mutaxassis tayyorlaydi. Shogirdlariga taʼlim-tarbiya bergan oʻqituvchi insonni yetishtiradi.

-Oʻquvchingiz sizni ota-onasining nooʻrin aybidan himoya qilayapdimi, demak siz uning qalbidan joy olibsiz.

-Ustozlar farzandlarining yutuqlaridan koʻra, shogirdlarining yutuqlariga koʻproq quvonadi.

-Yuksaklarga chiqmoqchi boʻlsangiz, pastga tushib oʻquvchilar bilan birga boʻling. Kun kelib ularning oʻzi sizni yuksaklarga olib chiqadi.

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

18 Nov, 03:33


🇺🇿 Бугун ватанимиз байроғи қабул қилинган кун!!!

1991 йил 18 ноябрь —
Ўзбекистон Республикасининг “Давлат байроғи тўғрисида”ги қонуни қабул қилинган кун.

Барча юртдошларимизни ушбу сана билан табриклаймиз! Ўзбекистондаги тинчлик ва осойишталик бардавом бўлсин, байроғимиз баланд-баландларда ҳилпирайверсин! 🤲

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

17 Nov, 10:58


18-noyabr O'zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan diktantlar, tanlovlar uchun shablonlar

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

17 Nov, 07:14


❗️Телефонни телевизорга улаш усули.

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

17 Nov, 06:27


Bayrog'im -faxrim

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

17 Nov, 06:27


Bayroq foni

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

17 Nov, 06:27


🇺🇿Ranglarining ma'nosi,
🇺🇿Xalqning ruhi, navosi,
🇺🇿O‘zbekiston havosi –
🇺🇿Aks etgan Bayrog‘imda,
🇺🇿Bayrog‘im – ko‘z qarog‘imda.

1991-yil 18-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 8-sessiyasida O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i  to’g’risidagi qonun qabul qilindi.  Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Buyuk ajdodlarimiz ham yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uni ardoqlaganlar, ko‘z qorachig‘idek asraganlar. Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan. Vatanimiz mustaqillikka erishgach, Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan 1991-yilning 18-noyabrida "O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi.

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

17 Nov, 06:27


Bayroq foni

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

13 Nov, 18:05


❄️❄️❄️    Қ О Р   Х А Т
Биринчи Қор муборак бўлсин!

❗️Республикамизнинг кўплаб ҳудудларида биринчи қор ёғмоқда

☃️ Аввало сизни биринчи қор билан табриклайман.  Сизга мустаҳкам соғлиқ, битмас туганмас бойлик, чинорнинг умридек умр, сермазмун ҳаёт, чиройли бахт ва савлатли тахт тилайман. Илоҳим қалбингиз манашу ❄️ қор каби оқ ва соф бўлишини, шу ❄️ қор каби одамларга азиз бўлишингизни тилаб қоламан...

Биринчи қорнинг қадами қутлуғ бўлсин

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

12 Nov, 10:01


👍👍👍👍👍👍YANGI BAHOLASH TIZIMIGA O'TGAN (BSB VA CHSB) MAKTABLAR UCHUN ISH REJALAR 2-CHORAK ISH REJALAR UYGA VAZIFALARI TAYYOR HOLATDA

☺️O'zingizga kerakli bo'lgan reja ustiga bosing va yuklab oling. Boshqalarga ham ulashishni unutmang.

😝
Adabiyot 5-11-sinf
😝 Biologiya 7-11-sinf
😝 Fizika 7-11-sinf
😝 Geografiya 7-11-sinf
😝 Huquq 8-11-sinf
😝 Informatika 5-11-sinf
😝 Ingliz tili 5-11-sinf
😝 Kimyo 7-11-sinf
😝 Matematika 5-6-7-sinf
😝 Algebra+Geomet. 8-11-sinf
😝 Musiqa 5-6-7-sinf
😝 Ona tili 5-11-sinf
😝 Rus tili 5-11-sinf
😝 Tabiiy fan 5-6-sinf
😝 Tarbiya 5-11-sinf
😝 Tarix(O'zb+Jahon) 5-11-sinf
😝 Tasviriy san'at 5-9-sinf
😝 Texnologiya(1-2-yo'nal.) 5-9-sinf
😝 CHQBT 10-11-sinf

P.S.: Yangi baholash tizimiga o`tgan maktablarga yuboring qo`ying

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

10 Nov, 11:54


❗️Эртага барча мактабларда 2-чоракнинг биринчи ўқиш куни бошланади

Мактаб ўқувчилари учун кузги таътил 6 календарь кун, яъни 10 ноябргача давом этади, II чорак эса 11 ноябрь (душанба) кунидан бошланади. II чорак дарслари эса 27 декабрь кунига қадар давом этади, қишки таътил 28 декабрдан бошланиб, 14 календарь кун давом этади.

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

09 Nov, 18:53


#Диққат
Хакерлар видео визов қилиб сизнинг юзингиздан фойдаланган ҳолда кредит олишлари мумкин 😱

Яқинларга юбориб огоҳлантириб қўямиз

👉
@SHOPIRLAR канали

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

07 Nov, 16:56


#Расман
Энди Чақириққача бошланғич тайёргарлик (ЧЁТ) ўқитувчиси штати Мудофаа вазирлигига ўтади.

Бу вазифага Қуролли Кучлар захирасидаги ҳарбийлар ишга қабул қилинади. Шунингдек, ҳар бир туман ва шаҳарда биттадан мактаб негизида "Жасорат мактаби" фаолияти йўлга қўйилади.

Ўқитувчиларга юбориб қўямиз.

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

06 Nov, 17:47


#Тест_жавоблари

🥖Пластилин. Сиз барча соҳада тараққиётга, ривожланишга интилувчан, ўз орзу умидларингизни тезроқ ҳаётга татбиқ қилишга ҳаракат қиладиган инсонсиз. Сиз учун ҳамма нарса мукаммал бўлиши керак. Кўпинча атрофингиздаги инсонлар сизни тушунолмайдилар ва қачондир хом хаёлларга берилмасдан, "катта қиз ёки йигит" бўлишингизга умид қиладилар. Лекин сиз улар истаганидек ўзгаришни эмас, балки бошқаларни ўзгартиришга, ўз яқинларингизга яшашлари, ишлашлари, дам олишлари учун имкон қадар яхши шароит яратиб беришга харакат қиласиз. Сизнинг жасурлигингиз ва мардлигингизга барча бирдек ҳавас қилса арзийди.

🛠Конструкторлар. Агар сиз болалигингизда соатлаб ўтириб нималарнидир ясаган бўлсангиз, табиатан ўта босиқ, сабрли, кези келганда ўжар ва қайсар инсонсиз. Танлаган йўлингиздан ортга қайтмайсиз. Инсонларга ҳамишаям ишонавермайсиз, шунинг учун хамма нарсанинг исботини талаб қилишга ҳаракат қиласиз тўсатдан юз бериши мумкин бўлган ишларни ёқтирмайсиз. Барча янги нарса ва ҳодисалар сизни ўзига тортса ҳам, сиз уларнинг домига киришга шошилмайсиз.
Сиз учун хамма нарса уз мароми билан кечгани мақъул. Энг муҳими, табиатингиз ўзингизга ёқади ва уни ўзгартиришни хоҳламайсиз.

📚Китоблар. Сизга табиатан хаёлпараст деса бўлади!
Сиз уйингизни тарк этмасдан ҳам етти иқлимга "саёҳат" қилишингиз мумкин. Ақлингиз ҳам мақтагулик даражада.
Чунки ҳар нарсанинг мағзини чақишни, ҳар нарсанинг мохиятини тушуниб олишни истайсиз. Сиз узоқни кўра оласиз, лекин баъзан кундалик ишларингизни ташлаб қўйишингиз мумкин. Келажак бугундан бошланишини эсингиздан чиқармаслигингизни истардик.

🎨Бўёқ. Болалалигингизда бўёқ билан расм чизиш жонудилингиз бўлса, сизни бемалол нозик дид эгаси дейиш мумкин. Агар ўйлаган режаларингизни амалга оширсангиз, ҳаётдан завқ ола бошлайсиз. Сизнинг яқинларингизга ҳавас қилса арзийди. Илиқ муомалангиз, инсонларни қадрлашингиз барчани бирдек ром қилиши тайин.

🔹Юмшоқ ўйинчоқлар. Сиз табиатан агрессив одамсиз. Қандай бўмасин, янги туйғуларни бошдан кечиришни ёмон кўрасиз. Шу сабабли ҳам ҳаётингиз янги таассуротларсиз зерикарли ўтади. Бирор нарсанинг моҳоятини тушунишга, фикрлашга умуман қизиқмайсиз. Ҳисоб-китобли ишларни ҳам ёмон кўрасиз. Болалигингиздан турли ўйинларни ёмон кўрасиз.

💃Қўғирчоқ. Янги инсонлар билан танишишни жуда яхши кўрасиз. Лекин бу танишувларингиз кўпинча узоққа бормайди. Сиз одамлар билан нафақат гаплашасиз, балки уларнинг шаҳсий ҳаётларига ҳам қизиқасиз. Келажакда инсонлар билан боғлиқ бўлган касбни эгаллашингиз мумкин. Ишонч билан айтиш мумкинки, буни аъло даражада эгаллашингиз мумкин.

📷Фотоаппарат. Агар фотоаппарат болаликдан яхши кўрган ўйинчоғингиз бўлган бўлса, сиз табиатан бир марта кўрган инсонларни ёдда сақлаб қоладиган инсонлар тоифасига кирасиз. Сизда барча нарсаларни эсда сақлаб қолиш қобилияти яхши ривожланган. Лекин ўзингизнинг ички ҳисларингизни айтишга қийналасиз. Атрофдагиларнинг сиз ҳақингиздаги билдирган фикрлари ҳам сиз учун катта аҳамиятга эга.

⚽️Копток. Сиз табиатан узоқ кутишга ва яхши ўйлаб кейин қарор қилишга мойил эмассиз. Бир нарсани режалаштирсангиз уни тезда амалга оширишга интиласиз. Бўлиб ўтаётган воқеаларни кўришни эмас, уларда қатнашишга ҳаракат қиласиз. Бундан ташқари мусобақаларда қатнашиш ҳам сизга завқ бағишлайди, шунингдек ҳар қандай шароитга тез кўникувчансиз...

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

06 Nov, 17:47


#Психологик_тест

Болалагингизни бир эслаб кўрингчи?
Ўша пайтларда нима қилишни яхши кўрардингиз?
Нима билан шуғулланиш сизга кўпроқ завқ бахш этарди?

Психологлар фикрича, катталарнинг табиати нималарга мойиллигини уларнинг болаликда яхши кўрган машғулотларидан ҳам билиб олиш мумкин экан 😄

🥖Пластилин
🛠Конструктор
📚Китоб
🎨Бўёқ
🔷Юмшоқ ўйинчоқ
📷Фотоаппарат
💃Қўғирчоқ
⚽️Копток

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

06 Nov, 17:45


МЕВАЛАР ИНСОН ХАРАКТЕРИДАН СЎЗЛАЙДИ

🔹Дунё руҳшунослари шунчалик ўз касбларига берилиб кетишдики, ҳаттоки инсон характери ва мевалар ўртасидаги боғлиқликни ҳам аниқлаб чиқишди. Инсон севиб истеъмол қилаётган мевалар унинг характерларидаги кўпгина қирраларини очиб бериши мумкин экан. Буни кўплаб тажрибалар яққол исботлаб берди. Сиз қайси мевани яхши кўрасиз?🔹

Қовун севар инсонларни йўриғингизга юргизаман деб хомтама бўлманг. Кўплаб ўтказилган тажрибаларда улар довюрак инсонлар деб топилган. Шунингдек улар бошқаларнинг таъсирига ҳам тушиб қолишмайди. Бундай инсонларнинг феъл-атвори мустаҳкам қўрғонга ўхшайди. Қанча ҳаракат қилсангиз ҳам буни ўзгартира олмайсиз. Қовунни хуш кўрувчи инсонлар сахий, олийжаноб бўлиб, саёҳат қилишни яхши кўрадилар.

🍉Тарвузни севувчилар камдан кам ўтган умрларига афсусланадилар. Улар барча хатоларни ўзлари билиб қиладилар, тез хулоса чиқарадилар ва ҳеч қачон афсусланмайдилар. Бундай инсонлар ҳаётда таваккалчи инсонлардир.

🍓Қулупнайни ёқтирадиганлар қувноқ, самимий, хушмуомала, одамлар билан тез тил топишадиган бўлишади. Уларни ўзига хос жиҳати шуки — башанг ва хушбичим кийинишни яхши кўришади. Улар бироз ҳасадгўй инсонлар тоифасига ҳам кирадилар. Баъзида эса ҳасаддан ўт бўлиб ёнишлари ҳам ҳеч гап эмас. Бундай инсонлар фақат ўз ички сезгисига ишонадилар.

🍑Шафтолини севиб истеъмол қилувчилар доим атрофдагилар диққат марказида бўлишади. Уларнинг атрофида дўстлари кўп бўлади. Яширин ҳаракатларини кўрмайсиз, ҳаммаси ошкора. Баъзида уларнинг ҳазил ва чинини ажратиш қийин. Мағрур бўлишларига қарамай осон кечирувчидирлар. Аммо нафсониятига текканларга муносиб жавоб қайтармай қўймайдилар. Улар идеал инсонлар тоифасига кирадилар. Софдил ва ишончли кишилар бўлишади.

🍋Лимонни хуш кўрувчилар кўпроқ кўнгилга қулоқ солувчи инсонлар бўлишади. Жуда раҳмдил. Бошқаларнинг ўзи ҳақидаги танқидини кўтара олишмайди. Бундай инсонлар «гуноҳкорлар албатта жазосини олади» деган фикрга таяниб иш кўришади. Улар меланхолик характерга эга инсонлар тоифасига кирадилар. Аммо яхши ижодкордирлар.

🍊Хурмо мевасини севувчилар ҳар қандай шароитга мослашувчан, сабр-матонатли, кучли инсонлардир. Улар шошиб иш қилмайдилар, қийинчиликлардан асло қўрқмайдилар. Атрофдагилар билан тез муносабатга киришувчан инсонлар сирасига кирадилар. Умуман олганда уларни ҳам идеал инсонлар дейишимиз мумкин.

🍒Гилосни севувчи инсонларнинг ҳаёти доим ҳам бир текисда кечмайди. Ҳаётлари паст-баландликлардан иборат. Уларнинг тасаввури кенг ва ҳамма ишда ишончли ҳамкор саналишади. Бундай инсонлар ҳис туйғуларга асир бўлишни умуман хушлашмайди. Шунинг учун ҳар доим яқинлари даврасига шошиладилар.

🍇Узумни ёқтирадиган инсонлар ёлғизликда ўзларини яхши ҳис қилишади. Ҳис-ҳаяжонга тез бериладилар. Мулоқотга киришувчандирлар. Кўпинча машҳурликка эришадилар. Мевалар ичида узумни яхши кўрувчилар ҳаётнинг ҳар бир кунидан қувонч топишга қодир бўладилар. Кутилмаган совғаларни ёқтирадилар.

🍎Олмани севувчилар ғайриоддий хусусиятларга эга бўлишади. Фавқулотда ҳолатларда ички сезиш қобилиятлари ишга тушиб, ёмон ҳодисалардан ҳимояланишади. Ўзлари учун барча имкониятларни ишга солмасликлари мумкин, амма жамоага етакчилик қилишда уларга етадигани йўқ. Жуда ғайратли инсонлар тоифасига кирадилар ва барча муаммолар ечимини тезда топадилар.

🍊Ўрик мевасини кўп истеъмол қилувчилар эркинликни хуш кўрувчи, бировдан яхшиликни аямайдиган инсонлар бўлишади. Уларни эркинлигига халал берган ҳар қандай одамга қаттиқ қаршилик кўрсатишдан қайтмайдилар. Атрофдаги инсонларни ишонтириш хусусиятига эгадирлар. Шунингдек ижодкорлик қобилиятига эга бўлиб, шеър, ҳикоялар ёзишни қойил қиладилар. Мулоқот қилиш ва дўст орттиришга уста бўладилар. Аммо уларнинг ички дунёсига фақат яқин инсонларигина кира оладилар.

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

06 Nov, 17:23


Минг афсус

1. "Камерадан дарсимни кузатишяпти" - деб эмас, "Аллоҳ ҳар доим дарсимни кузатиб турибди" - деб дарс ўтганимда эди, на кузатувчилардан, на текширувчилардан қўрқардим

2. "Тенгдошларимдан қолиб кетмай" - деб эмас, "одамларга манфаатим тегсин" - деб дарс берганимда эди — иккисига ҳам эришардим

3. "Раҳбарларга яхши кўринай" - деб эмас, "Аллоҳга яхши кўринай" - деб ишлаганимда эди, ҳам Аллоҳга ёқардим, ҳам бошлиқларга

4. "Ота-онаси устимдан ёзиб юбормасин" - деб эмас, "Сабр қилиш — Пайғамбарлар йўли" - деб ўзимни бақиришдан тийганимда эди, ҳам ҳеч ким гапирмасди, ҳам чексиз савобга эга бўлардим.

5. "Кеч келсам ойлигим кесилади" - деб эмас, "Ишхонани ҳаққига хиёнат қилмай" - деб ишга вақтида келганимда эди, ҳам ойлигим кесилмасди, ҳам савобни тагида қолардим.

6. "Текширувчи келса шарманда бўламан" - деб эмас, "Аллоҳ ишини мукаммал қилувчиларни севади" - деб дарсга тайёрланганимда эди — ҳам текширувчиларга, ҳам Аллоҳга ёқардим

7. "Ижарачилар гапирмасин" - деб эмас, "Аллоҳ гўзалликни ва покликни севади" - деб синфхонамни йиғиштирганимда эди, ҳам ҳеч ким гапирмасди, ҳам савобга қолардим

Мусулмон устозга афсусланиш ярашмайди.

Аммо, ўйлаб қарасам, кўплаб ибодатларни ниятимиз сабабли — оддий бир кунлик машғулотга айлантириб қўйяпмиз..

Ниятни тўғирлаб олиш кераклигини биламиз, фақат эсдан чиқиб қоладида..

Қиссадан ҳисса:

Ниятларинга бир қараб қўй!

Яхши ният билан ушбу постни яқинларинга улашиб қўйишни ҳам унутма! 😉

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

01 Nov, 10:48


Fan o'qituvchilari emaktab.uz tizimida qanday tartibda 1-chorakni yopishlari kerak?

1-chorakda:


👉 1-sinf va Sinf soati (Ma'naviyat soati), 0.5 va 1 soatlik fanlarda 1-chorakda "OZ" belgisi qo`yiladi.
👉1.5 va undan yuqori soatli fanlarga 5 ballik tizimda baho chiqariladi.

#eslatma

1-sinflarda 1 va 2-chorakda barcha fanlarga chorak grafasiga "OZ" belgisi qo'yilishi kerak

Videoni shaklida ko'rish uchun pastagi tugmaga bosin
g👇👇👇

1-chorak chiqarish tartibi

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

26 Oct, 09:55


#qiziqarli

Сунъий интеллект Рим императорлари тириклигида қандай кўринишга эга бўлганини кўрсатди.

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

26 Oct, 09:07


​​​​ОТА-ОНАГА ЯХШИЛИК ёки ФАРЗАНДЛИК БУРЧЛАРИ.

1. Тану вужудингиз билан ота-она хизматида ҳозиру нозир туринг.

2. Гуноҳ бўлмайдиган ишга буюришса, буйруқларини шу заҳоти сўзсиз бажо келтиринг.

3. Ҳатто ҳажга ёки илм излаб кетаётган бўлсангиз ҳам уларнинг розилигисиз сафарга чиқманг.

4. Бирор ишни бажаришдан қайтаришса (агар бу қайтиш гуноҳ бўлмаса) дарров қайтинг.

5. Уларни кўрганда ўрнингиздан туринг ва ўлтирганларидан кейингина ўлтиринг.

6. Ота-она билан кўчада кетаётганда олдинга ўтиб кетмай бир қадам орқада юринг. (Фақат лой, музгарчиликда ёки қўриқлаш маъносида олдинда ёки ёнда юришга ижозат берилади).

7. Уларнинг номларини айтиб чақирманг, ҳазил-мазаҳ қилманг.

8. Улар ҳузурида қовоқ солманг, ҳўмрайиб қараманг.

9. Чақиришса «лаббай» деб ҳузурларига тез етиб боринг.

10. Улар хизматида бўлганда иш буюришса эринчоқлик билан малол кўрманг.

Қуръони каримдаги Аллоҳ таолонинг «раҳимдиллик юзасидан ота онангга камтарлик қанотингни қоқиб тур», мазмунидаги сўзини Ҳишомнинг отаси Урват ибн аз-Зубайр розияллоҳу анҳу: «ота-онанг нимани истаса, ўшани ижро қилишдан монелик қилма», деб тафсир қилган эдилар.

❗️Ҳикмат
Ота-онага яхшилик қилиш ҳаётингизни янада яхшилаш учун ажойиб қувватдир. Уларни рози қилсангиз, Аллоҳ ҳам сизга ажр - мукофотини зиёда қилади.


®internet

PS. Ота-онага яхшилик қилишни ҳамма маданиятлар, барча динлар тарғиб қилиши бежиз эмас. Қолгани бекордир...

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

26 Oct, 09:01


Ўқувчини жазолашнинг дунё тажрибаси (ривожланган давлатлар мисолида)

АҚШ

Энг даҳшатли жазо — бу дарсларга боришни тақиқлаш. Америкада мактаб ўқувчиси учун бу фожиа. Чунки ёмон баҳо олганлар кейинги йилга қолдириб юборилади. Баҳолар эса компьютер дастури ёрдамида қўйилади. Жиддий мактаб қоидабузарликлари билан полиция ва суд тизими шуғулланади.

Япония

Японлар болани кичик ёшидан меҳнатга ўргатади. Синфхоналар ва мактаб ҳовлисига қўшиб ҳожатхонани ҳам ўзлари тозалайди. Мактабларда интизомга қатъий риоя қилинади. Кеч қолиш, бўяниш ёки формасиз дарсга кириш жисмоний меҳнат ёки дарра билан жазоланади.

Германия

Ўқувчи дарсдан  қочса, вояга етмаганлар хизмати аралашади. Агар таълим интизоми бузилган бўлса, мактаб маъмурияти полицияга хабар беради. Ойига 3 кундан ортиқ сабабсиз дарс қолдирганларга 1000-2500 евро жарима солинади.

Жанубий Корея

Ўқитувчи итоатсиз ўқувчиларни жисмоний жазолаш ҳуқуқига эга. Масалан, кафтларга калтак билан уриши мумкин. Бунинг учун ота-оналар ҳеч қандай эътироз билдира олмайди.

Буюк Британия

Дарс пайтида ўқувчиларни мактаб ҳудудидан чиқариш тақиқланади. Фақат ота-оналар ёки кураторнинг ёзма илтимоси билан рухсат этилади. Шу билан бирга, ота-оналар ўз фарзандини мактабдан олиб кетгани учун жаримага тортилиши мумкин. Агар жарима 28 кунда тўланмаса, жиноий жавобгарликка тортилади.

Франция

Агар ўқувчи ойда тўрт мартадан кўп дарс қолдирса 150 долларгача жарима солиниши мумкин. Агар ўқишни қолдириш боланинг таълимига таъсир қилаётган бўлса, ота-оналар 2 йиллик қамоқ жазоси ва 33 минг доллардан ортиқ миқдорда жаримага тортилади.

ЎЗБЕКИСТОН

Бизда ўқувчини жазолаган ўқитувчи жазоланади...

®internet

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

21 Oct, 15:28


Maktabda o‘quvchilarga quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi:

Telefonini bo‘yniga osib olish, ko‘krak cho‘ntaklarida, shim, yubkalari cho‘ntaklarida va shu kabilarda saqlash;
Telefon akkumulatorini zaryadlash uchun ta’lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;

Telefoni yordamida:
atrofdagilarga zo‘ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;
ta’lim muassasasining nufuziga, shu jumladan, zo‘ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo‘li bilan zarar yetkazish;

O‘quv mashg‘ulotlari vaqtida:
telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish;
telefonni stol ustiga qo‘yish;
musiqa tinglash;
surat va video tasvirlarni ko‘rsatishda telefondan foydalanish, tasvir ko‘rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;
suratga olish va video tasvirga tushirish;
telefon orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.

⭕️ Agarda tartib buzilsa:

Ushbu talablar buzilgan taqdirda ta’lim muassasasining har qanday pedagog xodimi ta’lim oluvchidan telefonni olib qo‘yish, bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga ta’lim muassasasining direktoriga yoki direktor o‘rinbosariga, keyinchalik uni ota-onalarga berish huquqiga ega.

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

21 Oct, 15:26


2024/2025-o'quv yili uchun kalendar

Bayram va qo'shimcha dam olish kunlar hisobiga o'zgarishi mumkin.

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

07 Oct, 11:48


1⃣ Sinf soati ishlanmalari 2024-2025-o'quv yili ish rejasi asosida tayyor bo‘ldi!

‼️ Eng arzon narxlarda

👇👇👇
1-2-3-4-5-6-7-8-9-10-11-SINFLAR
UCHUN

2⃣ Sinf rahbarlik daftari

3⃣ Metodbirlashma rahbari hujjatlari

4⃣ To'garaklar (ayrim sinflar tayor)

5⃣ 1 soatli ochiq darslar (slaydi bn)

6⃣ O'qituvchilarning ilgʻor tajribasini OMALASHTIRISHning yangi tartibi

📌 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 7 -fevraldagi 32-sonli buyrug'i.

OMALASHTIRISH uchun dars ishlanma, taqdimot, metodik tavsiya tayorlab beramiz
@Abdullayev_Shavkatjon ga yozing. Amaliy yordam beriladi.

Murojaat uchun tel:👇👇
+998901511177

Kanalga ulanish: ⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://t.me/jonajon_ustozlar_kanali

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

02 Oct, 06:15


❗️Ота-оналар огоҳ бўлинг!

Оғир портфель(сумка)лар мактаб ўқувчиларининг ўсиши ва ривожланишига жиддий таъсир қилади

Ёшликда узоқ вақт оғир сумка кўтариб юриш сколиозга, умуртқа поғонасининг эгрилигига ва оёқларнинг қийшайиб ривожланишига олиб келади.

🎒 Портфель вазни стандартлари:
• 1-2 синф - 1,5 кг дан ортиқ эмас;
• 3-4 синф - 2 кг дан ортиқ эмас;
• 5-6 синфлар - 2,5 кг дан ортиқ эмас;
• 7-8-синфлар - 3,5 кг дан ошмаслиги керак;
• 9-11 синфлар - 4 кг дан ортиқ эмас.

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

01 Oct, 12:02


Aziz oʻqituvchilar, hurmatli ustozlar, qadrli oilam, 1-oktabr "Oʻqituvchi va murabbiylar kuni" bu yil butunlay oʻzgacha shukuh bilan kutib olindi. Toʻgʻrimi?

Avvaliga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Pedagogik mahorat milliy institutida oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqot oʻtkazdilar. Muloqotdagi bayramona muhit muhtasham “Hilton” mehmonxonasiga koʻchib oʻtdi.

Tantanada bir guruh oʻqituvchi va faxriylarimizga mukofotlar topshirdik. Bayramona dasturxon va yulduzlar ishtirokidagi konsert dasturi hayajonga toʻla kunimizni yakunlab berdi.

Oʻylaymanki, biz bir-birimizga faqat mehr va shodlik ulashdik. Qadrli ustoz va oʻqituvchilar aslida bundan ortigʻiga arziysizlar. Sizlarni yaxshi koʻraman, bir safda ekanimizdan faxrlanamam hamda bayramingiz bilan yana bir bor tabriklayman!

Davlatimiz rahbari aytganlaridek, har biringiz taʼlim sohasidagi islohotlarimizda yanada faol ishtirok etib, “Yangi Oʻzbekiston – maʼrifiy jamiyat” degan olijanob gʻoyamizni amalga oshirishga munosib hissa qoʻshasiz.

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

01 Oct, 11:55


Ойликдан гапирсанг ҳаммаси қочадия 😂

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

01 Oct, 11:49


1 октябрдан педагог ходимлар иш ҳаққи 15 фоизга оширилади

Келгуси ўқув йилидан халқаро стандартлар асосида малака сертификатини бериш йўлга қўйилади.

Синовларда 86 ва ундан юқори балл олган педагоглар қўшимча 70 фоиз устама олади.

Мисол учун, олий тоифали биология ўқитувчиси ўз фани бўйича халқаро сертификати бўлса – 50 фоиз, директор жамғармасидан 40 фоизгача ва янги талабга жавоб берса, яна 70 фоиз устама олади.

Шу тариқа унинг умумий ойлик маоши 4 миллион 500 минг сўмдан 12 миллион сўмга етади.

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

01 Oct, 11:49


«Таълим – соҳалар ичида энг долзарби, мактаб – энг муҳими бўлса, ўқитувчилик касблар орасида энг улуғидир. Мен сизларни жуда ҳурмат қиламан» — Шавкат Мирзиёев.

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

01 Oct, 11:48


Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига байрам табриги

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

01 Oct, 11:47


1-октябрдан қанча маош олишингизни биласизми?

Мактаб директори:
— 4 млн 696 минг 805 сўм (400 ўқувчигача);
— 5 млн 015 минг 054 сўм (401-880 ўқувчигача);
— 5 млн 317 минг 901 сўм (881-1600 ўқувчигача);
— 5 млн 625 минг 394 сўм (1600 дан ортиқ).

Директор ўринбосарлари: (ММИБДЎ, ЎТИБДЎ)
— 4 млн 386 минг 677 сўм (400 ўқувчигача);
— 4 млн 696 минг 805 сўм (401-880 ўқувчигача);
— 5 млн 015 минг 054 сўм (881-1600 ўқувчигача);
— 5 млн 317 минг 901 сўм (1600 дан ортиқ).

Директорнинг хўжалик ишлари бўйича ўринбосари:
— 1 млн 779 минг 871 сўм (400 ўқувчигача);
— 2 млн 030 минг 275 сўм (401-880 ўқувчигача);
— 2 млн 111 минг 025 сўм (881-1600 ўқувчигача);
— 2 млн 286 минг 447 сўм (1600 дан ортиқ).

ЧҚБТ раҳбари:
— Мутахассис - 3 млн 390 минг 824 сўм;
— Иккинчи тоифали - 3 млн 796 минг 213 сўм;
— Биринчи тоифали - 4 млн 230 минг 138 сўм;
— Олий тоифали - 4 млн 674 минг 594 сўм.

Психологлар:
— Олий маълумотли психолог - 3 млн 051 минг 742 сўм;
— Иккинчи тоифали психолог - 3 млн 268 минг 047 сўм;
— Биринчи тоифали психолог - 3 млн 489 минг 865 сўм;
— Олий тоифали психолог - 3 млн 702 минг 280 сўм.

Ўқитувчилар:
— Ўрта махсус маълумотли ўқитувчи - 3 млн 169 минг 623 сўм;
— Олий маълумотли ўқитувчи - 3 млн 390 минг 824 сўм;
— Иккинчи тоифали ўқитувчи - 3 млн 796 минг 213 сўм;
— Биринчи тоифали ўқитувчи - 4 млн 230 минг 138 сўм;
— Олий тоифали ўқитувчи - 4 млн 674 минг 594 сўм.

Мактаб лаборанти: 1 млн 604 минг 647 сўм.

Кадрлар бўйича менежер: 1 млн 598 минг 520 сўм.

Кутубхона мудири:
— Ўрта махсус маълумотли - 2 млн 135 минг 861 сўм;
— Олий маълумотли 2 млн 330 минг 402 сўм.

Кутубхоначи:
— Ўрта махсус маълумотли - 1 млн 852 минг 107 сўм;
— Олий маълумотли - 1 млн 949 минг 589 сўм.

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

01 Oct, 03:47


1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni! 🎉

Ushbu kun munosabati bilan yurtimizdagi barcha oʻqituvchi va murabbiylarni chin dildan samimiy muborakbod etamiz!

Aziz ustozlar, ilm yoʻlidagi shijoatingiz, metin irodangiz, togʻdek sabringiz, bilim ummonidagi sabogʻingiz doimo sarbaland boʻlsin! Sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, tinchlik va farovon hayot hamisha hamrohingiz boʻlsin!

Kasb bayramingiz muborak boʻlsin hurmatli ustozlar!

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

30 Sep, 18:32


#Тезкор #Хушхабар

⚡️ Ўқитувчининг маоши 12 миллионга чиқади - Президент

Келгуси ўқув йилидан халқаро стандартлар асосида малака сертификатини бериш йўлга қўйилади.

Синовларда 86 ва ундан юқори балл олган педагоглар қўшимча 70 фоиз устама олади.

Мисол учун, олий тоифали биология ўқитувчиси ўз фани бўйича халқаро сертификати бўлса – 50 фоиз, директор жамғармасидан 40 фоизгача ва янги талабга жавоб берса, яна 70 фоиз устама олади.

Шу тариқа унинг умумий ойлик маоши 4 миллион 500 минг сўмдан 12 миллион сўмга етади.

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

30 Sep, 18:32


#Ибратли

"Жаннатий УСТОЗ"

Муаллимнинг ҳар дарси ибодатга тенг экан!

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

30 Sep, 18:23


Устозга эҳтиром!

Устозларга юбориб келаётган байрамлари билан табриклаб қўямиз!