— O’tgan yili mutaxassislarning fikrlarini o‘rganib, qulupnayning “Albion” navini tanladik, — deydi Raxmatillo Ochilov. — Bu nav issiqxonaga mosligi, serhosilligi va sifati bilan ajralib turadi. Har tupi bir yarim kilogacha meva beradi. Uzoq vaqt hosil berishi, mevalarining bir xil kattalikda bo‘lishi tufayli xaridorgirligi bilan ajralib turadi.
Gidroponika usulida yetishtirilayotgan qulupnay ko’chatlari kakos daraxti postlog’iga ekilgan. Ushbu uslubda dehqon bir kunda 2-3 kg hosil yig’ib olayapti.
Raxmatillo Ochilov mevalarni xaridorlarga o’rtacha 200-250 ming so’m atrofida topshirayapti. Bu bilan ham oila a’zolari bandligi ta’minlanayapti, ham oilaga qo’shimcha moddiy daromad bo’lmoqda.
✅@Qorakol_rasmiy