🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢 @qmtu_express Channel on Telegram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

@qmtu_express


🚅Kanalda "Qoʻqon MTU" filialida amalga oshirilayotgan ish jarayonlari, temir yo'l tizimidagi yangiliklar yoritib boriladi!
Web-sayt:👉kokand.aitm.uz

Virtual murojaat: https://kokand-rju-priyomnaya.vercel.app/

Admin: @Alisher_Alimovich97

🚆QOʻQON MTU (Uzbek)

🚆QOʻQON MTU kanali Qoʻqon axborot express markazi tomonidan olib borilayotgan birinchi ofitsial kanaldir. Kanalda 'Qoʻqon MTU' filialida amalga oshirilayotgan ish jarayonlari, temir yo'l tizimidagi yangiliklar va yengil xabarlar haqida ma'lumotlar jamlangan. Bu kanal orqali siz Qoʻqon Muhandislik-transport Universiteti haqida so'nggi yangiliklarni, noma'lum ma'lumotlarni va tanlovlarni olishingiz mumkin. Kanalda har kuni yangi va ma'qulli ma'lumotlar, fotolavhalar va videolar bilan sizni ta'minlovchi tartibotlar paydo bo'ladi. Siz ham kanalga obuna bo'ling va Qoʻqon MTU dunyosiga kirib oling! Web-sayt: 👉kokand.aitm.uz Virtual murojaat: https://kokand-rju-priyomnaya.vercel.app/ Admin: @Alisher_Alimovich97

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

19 Feb, 07:35


Qo‘qon MTU filiali bosh muhandisi U.R.Majidov boshchiligida 17.02.2025 yil kuni Qo‘qon-Oxunboboyeva-Quvasoy uchastkalarida tekshiruv o‘tkazildi. Mazkur tadbir Qo‘qon MTU filiali boshlig‘i B.P.Milladjonovning 13.02.2025 yil kungi buyrug‘i ijrosini ta’minlash, poezdlar harakati xavfsizligini oshirish, ish unumdorligini ko‘tarish va mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida tashkil etildi. Tekshiruv davomida infratuzilma holati, texnik jihozlar va xavfsizlik choralari o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, xodimlarning mehnat sharoitlari, texnika xavfsizligi va ish jarayonlari nazoratdan o‘tkazildi. Ushbu tadbir bahorgi mavsumga tayyorgarlikni kuchaytirish va xizmat sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

17 Feb, 12:15


“Qo‘qon lokomotiv deposi”: Texnik holat va xavfsizlik bo‘yicha tekshiruv.

“Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘i B.P. Milladjonov “Qo‘qon lokomotiv deposi” filialida nazorat tekshiruvini amalga oshirdi. Tekshiruv davomida lokomotivlarning texnik holati, xavfsizlik choralariga rioya etilishi va ish jarayonining samaradorligi ko‘rib chiqildi.E’tibor asosan tormoz hamda yurish tuzilmalari va yoqilg‘i ta’minoti kabi muhim jihatlarga qaratildi. Xodimlarning mehnat sharoitlari ham ko‘zdan kechirilib, xavfsizlik qoidalariga amal qilinish darajasi o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.Bahorgi mavsum oldidan amalga oshirilgan ushbu tekshiruv depo ish faoliyatini yanada yaxshilash va harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

17 Feb, 11:19


Qo‘qon MTU filiali boshlig‘i B.P.Milladjonovning 13.02.2025 yil kungi buyrug‘i ijrosini ta’minlash, ish unumdorligini oshirish, poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash, mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishini nazorat qilish hamda korxona va stansiyalarni bahorgi ko‘rikka tayyorlash maqsadida 17.02.2025 yil kuni Qo‘qon MTU filiali bosh muhandisi U.R.Majidov boshchiligida Qo‘qon-Suvonobod uchastkasida tekshiruv ishlari amalga oshirildi. Tekshiruv davomida mavjud infratuzilma holati, ish jarayonlari va xavfsizlik choralari o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, xodimlarning mehnat sharoitlari, texnik jihozlarning holati ham ko‘zdan kechirildi. Mazkur tadbir bahorgi mavsumga tayyorgarlikni kuchaytirish, xizmat sifatini oshirish va harakat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

13 Feb, 04:33


2025-yil 13-fevraldagi “Temiryoʻlchi” gazetasining 6-soni mutolaa uchun havola qilinadi.

🌐railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

12 Feb, 14:24


“Qo’qon lokomotiv deposi” filialida mehnat muhofazasi va texnika va sanoat xavfsizligi yuzasidan o’tkazilgan taktik o’quv mashg’ulotidan lavxa.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

11 Feb, 09:06


“Qo’qon lokomotiv deposi” filialida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizli yuzasidan bo’lib o’tadigan o’quv mashg’ulot oldidan bo’lib o’tgan seminardan lavxalar.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

09 Feb, 07:04


Alisher Navoiy, o‘zbek adabiyoti va madaniyatining ulug‘ shoir va mutafakkiri sifatida tarixda o‘z o‘rnini egallagan. U 9-Fevral 1441-yilda Hirotda tavallud topgan, so‘ng o‘zining she’riy va nazmiy asarlari orqali dostonlar va hikoyalar yaratgan. Navoiy nafaqat she’riyat, balki falsafa, adabiyot va davlat boshqaruvida ham chuqur iz qoldirdi. Uning “Xamsa” asari turli mavzularni qamrab olib, insoniyatning ma’naviy merosini boyitgan. Alisher Navoiy o‘zbek tilini rivojlantirib, milliy adabiyotning asoschisi bo‘lib xizmat qilgan. U o‘zining so‘zlari bilan buyuk yurtimizning tarixiy va madaniy merosini abadiylashtirdi. Uning asarlari zamonaviy adabiyot va san’atga ta’sir ko‘rsatib, yuksak ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib etadi. Navoiy hayoti va ijodi butun dunyo adabiyoti uchun katta ilhom manbai hisoblanadi.

Uning izlari abadiy xotirada doimo saqlanadi.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

09 Feb, 05:13


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2024 yil 16 maydagi "Temir yo‘l ko‘priklarni va temir yo‘l osti sunʼiy inshootlarni qayta tiklash hamda kapital taʼmirlash to‘g‘risida"gi 363-N sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi oʻrinbosari E.A.Rizayevning 28.01.2025 yil kungi 12-УН sonli Farmoyishiga asosan Uychi – Mexnatobod peregoni PK1225+52 dagi temir-beton ko‘prigini rekonstruksiya qilish yaʼni 23,6 metrlik temir-beton konstruksiyalarini oʻrnatish ishlari Qo'qon MTU bosh muhandisi U.R.Majidov boshchiligida amalga oshirilmoqda.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

06 Feb, 14:34


Qo’qon-Andijon-1-Savay-Xonobod temir yo‘l uchastkalarida nazorat tekshiruvi o‘tkazildi

2025-yil 6-fevral kuni Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorati departamenti boshlig‘i O.K. Qarshiyev va “Temiryölinfratuzilma” AJ Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J.S. Yodikov rahbarligida nazorat tekshiruvi o‘tkazildi. Tadbirda Qo‘qon MTU filiali bosh muhandisi U.R. Majidov, mutasaddi xodimlar hamda “Andijon yo’l xo’jaligi korxonasi” filiali, “Qo’qon aloqa va signallashtirish distansiyasi korxonasi” filiali, “Qo’qon elektr taminoti korxonasi” filial rahbarlari ishtirok etdi.PS-№126-sonli yo‘l o‘lchash laboratoriya vagoni yordamida Qo’qon-Andijon-1-Savay-Xonobod temir yo‘l uchastkalaridagi texnik holat o‘rganildi. Temiryo‘linfratuzilmasi, signalizatsiya va elektr ta’minoti tizimlariga alohida e’tibor qaratildi. Mutaxassislar aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berishdi.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

06 Feb, 10:05


Namangan viloyati TXTB Uchqoʻrgʻon bekatidagi XTb XPG katta inspektori katta leytenant X.Rashidov Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumani, Islomobod MFY va 24-sonli umumtaʼlim maktabida oʻquvchi yoshlar va fuqarolar bilan temir yoʻlda boʻlishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalarni oldini olish va giyohvand vositalari va psixotrop moddalarni tarqalishini oldini olish, toʻgʻrisida profilaktik suhbatlar oʻtkazildi.Temir yoʻl ishchi hodimlariga ish vaqtida texnika havfsizlik qoidalariga amal qilishlari toʻgʻrisida qoʻshimcha yoʻriqnoma berildi.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

06 Feb, 07:15


“O’zbekiston temir yo’llari” AJ bosh muxandisi Sh. T. Qodirovning 2025-yil 23-yanvardagi 331-sonli shoshilinchnomasiga asosan “Qo’qon MTU” filialiga qarashli stansiyalarda faoliyat yuritayotgan poezd tuzuvchilar va bosh konduktorlar uchun mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilish bo‘yicha texnik o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.Mazkur mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi xavfsizlik choralarini kuchaytirish, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish hamda temir yo‘l transportida baxtsiz hodisalar oldini olishdan iborat. O‘quv jarayonida qatnov jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish tartiblari va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar berildi.Mashg‘ulotlar amaliy va nazariy shaklda olib borilib, tajribali mutaxassislar tomonidan o‘qitildi. Natijada ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalari oshdi hamda ular ish faoliyatida xavfsizlik me’yorlariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

24 Jan, 09:02


Qo‘qon Mintaqaviy temir yo‘l uzeli filialida rahbarlar va yoshlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishlash samaradorligini oshirish, innovatsion g‘oyalar yaratish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi vakillari ham so‘zga chiqib, ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berishdi.
Rahbarlar yosh mutaxassislarni o‘z sohalarida ilg‘or g‘oyalar bilan chiqishga va jamoaning umumiy rivojlanishiga hissa qo‘shishga chorladilar. Innovatsiyalarni qo‘llash orqali temir yo‘l tizimidagi samaradorlikni oshirish mumkinligi alohida ta’kidlandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari esa qonunbuzarliklarning oldini olishda yoshlar faolligining muhimligini qayd etdilar.
Uchrashuv ishtirokchilari o‘z takliflarini bildirishdi va kelgusida amalga oshiriladigan rejalar bo‘yicha fikr almashishdi. Tadbir yakunida innovatsiya va halollik har bir xodim uchun ustuvor yo‘nalish bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

23 Jan, 06:45


2025-yil 23-yanvardagi “Temiryoʻlchi” gazetasining 3-soni mutolaa uchun havola qilinadi.

🌐railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

22 Jan, 11:12


👍“Qo‘qon MTU” filialida yuk tashish tizimiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

“Temiryo‘linfratuzilma” AJ boshqaruv raisi S.A. Norqabilov, "O'ztemiryo'lhisob" markazi boshlig'i Z.I.Seydullayev tomonidan "Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli" filialida “Yagona darcha” tamoyili va yuk tashish tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda filial rahbariyati, mutaxassislar va yuk tashuvchilar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini oshirish, yuk tashish jarayonlarini raqamlashtirish va jarayonlarni soddalashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. S.A. Norqabilov “Yagona darcha” tizimi orqali xizmatlar ko‘rsatish muddatlarini qisqartirish va ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish zarurligini ta’kidladi.

Uchrashuvda soha vakillari yuk tashish hajmini oshirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda mijozlarga qulay sharoit yaratish bo‘yicha takliflar bildirishdi. Tadbir yakunida mavjud muammolarni hal etish va tizim samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

🌐railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

19 Jan, 06:18


☝️☝️☝️☝️☝️☝️☝️☝️

Hafta dayjesti: Haftaning eng muhim yangiliklarini taqdim etamiz.

🌐railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

18 Jan, 05:49


Temir yo’l harakati xavfsizligi nazorati kuchaytirildi.

“Temiryo’linfratuzilma” AJ Qo’qon MTU filialida harakat xavfsizligini ta’minlash va temir yo’l hududida amalga oshirilayotgan ishlarga nazoratni kuchaytirish maqsadida Farg’ona transport prokurori I.A. Akbarov, viloyat Transportda XTB boshlig’i, podpolkovnik M.A. Egamberdiyev hamda filial bosh muhandisi U.R. Majidov tomonidan keng qamrovli tekshiruv o’tkazildi.
Marg’ilon-Qo’qon-Pop1 temir yo’l uchastkalarini qamrab olgan mazkur nazorat chog’ida ushbu hududlarga xizmat ko’rsatuvchi korxonalar faoliyati, ularning ish sifati va xavfsizlik talablari bajarilishi o’rganildi. Uchastka bo’ylab olib borilgan tahlillar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari belgilandi.
Ushbu tekshiruv temir yo’l harakati xavfsizligini ta’minlashda muhim bosqich bo’lib, xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

14 Jan, 14:23


Qo‘qon Lokomotiv Deposi: Nazorat Tekshiruvi Natijalari

Xodimlarning mehnat sharoitlari, texnik qoidalarga amal qilish darajasi va ishlab chiqarish jarayonlari sinchiklab o‘rganildi. TO-1, TO-2, TO-3 turdagi elektrovoz hamda teplovozlarni ta’mirlash jarayoni alohida nazoratdan o‘tkazilib, mavjud kamchiliklar aniqlandi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularga zudlik bilan yechim topish bo‘yicha topshiriqlar yuklatildi. Ta’kidlanishicha, harakat xavfsizligi va texnik qoidalarga qat’iy rioya etish korxona faoliyatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.

Ushbu nazorat jarayoni ishchi-xodimlar mehnat sharoitlarini yaxshilash va xavfsiz texnologik jarayonlarni ta’minlashga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

14 Jan, 08:31


Namangan viloyati TXTB Uchqoʻrgʻon bekatida XTb xodimlari tomonidan temir yo‘l ishchi hodimlariga "Temir yo‘lda baxtsiz hodisalarni oldini olish" va "Tehnika havfsizlik qoidalariga rioya qilishlari" toʻgʻrisida profilaktik davra suhbatlari o‘tkazildi. Tadbir davomida temir yo‘llarda reydlar o‘tkazilib, temir yo‘l qonun qoidalarini buzgan fuqarolar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi va tegishli moddalar bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

14 Jan, 07:30


14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali bosh muhandisi U.R.Majidov boshchiligida MTU rahbariyati tomonidan o‘zgacha tadbir tashkil etildi. Unda “Qo‘qon temir yo‘l bekati, shahobchasi va aeroporti harbiy harakatlar tarkibiy bo‘limi” xodimlari samimiy tabriklar va ezgu tilaklar bilan taqdirlandi. Tadbir doirasida xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning mehnati alohida e’tirof etildi. Rahbariyat harbiy xizmat vakillarining mamlakatimiz taraqqiyotidagi o‘rnini yuqori baholadi va ularning mashaqqatli faoliyatini qadrlash muhimligini ta’kidladi.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

12 Jan, 15:05


☝️☝️☝️☝️☝️☝️☝️☝️

Hafta dayjesti: Haftaning eng muhim yangiliklarini taqdim etamiz.

🌐railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

10 Jan, 07:32


O‘zbekiston temir yo‘llari: Ko‘priklarni rekonstruksiya qilish ishlari davom etmoqda.

2025-yil 10-yanvar kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Z. G‘. Narzullaevning 2024-yil 20-noyabrdagi №687-N-sonli buyrug‘iga binoan, Andijon va Jalaquduq oralig‘idagi uchastkalarda temir-beton ko‘priklarni qayta qurish ishlari o‘rganildi. Ishlar poezdlar harakatini to‘xtatmasdan amalga oshirilmoqda.
Joyiga chiqib o‘rganishda “Toshtemiryo‘lloyiha” MChJ rahbari R. Ro‘ziev, Qo‘qon MTU bosh muhandisi U. Majidov va “Temiryo‘linfratuzilma maxsus qurilish” vakillari ishtirok etdi. Ishlarning asosiy maqsadi xavfsizlik va sifatni ta’minlashdir.
Loyihaning amalga oshirilishi harakat jadalligini saqlab qolish va yuk tashishni rivojlantirishga xizmat qiladi. Mazkur uchastkalar uchun yangi texnologiyalar joriy etilib, barcha ishlar nazorat ostida olib borilmoqda.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

09 Jan, 06:18


2025-yil 9-yanvardagi “Temiryoʻlchi” gazetasining 1-soni.

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

09 Jan, 06:14


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari E.A.Rizaevning 07.01.2025 yil kungi 3-UN sonli farmoyishiga asosan “Qo‘qon MTU” filialiga qarashli Uychi – Mehnatobod 122+552 kmda 2 dona (11,5) konstruktiv shakldagi temirbeton to‘sinlarni (balka) montaj qilish ishlari uchun 2025 yil 09-yanvar kuni soat 05:00 dan 17:00 gacha “OKNO” ajratilgan bo‘lib, mazkur ishlar Qo‘qon MTU filiali bosh muhandisi U.R.Majidov boshchiligida og‘ir turdagi yo‘l mashinalaridan foydalangan holda konstruktiv shakldagi temirbeton to‘sinlarni (balka) montaj qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

08 Jan, 08:22


Joriy yilning 8-yanvar kuni Uchqoʻrgʻon bekatida XTb xodimlari tomonidan Uchqoʻrgʻon va Mehnatobod temir yo‘l bekatlarida “Temir yo‘lda xavfsiz kun” tadbiri doirasida temir yoʻl ishchi xodimlariga xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish va temir yo‘llarda sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

06 Jan, 03:02


Yo'lovchilar diqqatiga!

Ma’lumki, "O'zbekiston temir yo'llari" AJda amalga oshirilayotgan islohatlar natijasida yo'lovchi tashish sohasida bozor tamoyillariga asoslangan narxlar shakillantirildi. Bugungi kunda sohada temir yo‘l infratuzilmasi xarajatlari, elektr energiyasi, yoqilg‘i va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish va yo‘lovchi vagonlari parkini yangilash, temir yo‘l vokzallari faoliyatini yangicha zamonaviy talablariga muvofiq olib borish va yo'lovchilarga sifatli xizmat ko'rsatish maqsadida 2025-yil 1-fevral sanasidan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlarning VIP, Biznes toifadagi chipta narxlari 25% ga, Ekonom toifadagi chipta narxlari 20% ga hamda tez yurar yo’lovchi poyezdlar "Sharq", "Nasaf" va "O‘zbekiston" poyezdlarning chipta narxlari 30% ga oshirilmoqda.

"Afrosiyob" elektropoyezdlarni chipta narxlari quyidagicha:


Toshkent — Buxoro
VIP 994 000 so‘m
Biznes 751 000 so‘m
Ekonom 484 000 so'm


Toshkent — Qarshi
VIP 854 000 so‘m
Biznes 634 000 so‘m
Ekonom 406 000 so'm


Toshkent — Samarqand
VIP 619 000 so‘m
Biznes 450 000 so‘m
Ekonom 294 000 so'm etib belgilandi.


Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-329-sonli Qaroriga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan boshlab yuqori tezlikdagi va tezyurar yo'nalishdagi poyezdlarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechish, shuningdek, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga o'tildi.

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

05 Jan, 20:43


🟦🟦🟦🟦#jahon_tajribasi

🇨🇭Muzlik ekspressi — dunyodagi «eng sekin yuruvchi ekspress poyezdi»

Sakkiz soat davomida u sizni hayratlanarli, go'zal Shveysariya Alp tog'lari orqali olib o'tadi. Ekspress Sarmatt va Sankt-Morisni bog'laydi. Bu mashhur yo'nalish 291 km ni tashkil etib, u 91 ta tunnel va 291 ta ko'prik orqali o'tadi, shuningdek u baland tog'lar, yam-yashil vodiylar va maftunkor Alp qishloqlarining ajoyib manzaralarini yo'lovchilarga taqdim etadi.
Yo'nalishning eng diqqatga sazovor joyi bu YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan Landvasser viadugi bo'lib, u yerda poezd olti qavatli ko'prikdan o'tib, toshdan o'tgan tunnelga kirib ketadi. Poyezd shuningdek, 2033 metr balandlikdagi eng yuqori nuqta — Oberalp dovoniga ko'tariladi, bu dovon qorli cho'qqilar bilan o'ralgan.
Panoramali oynalar orqali sayohatchilar hashamatli qulaylikda Shveysariya taomlaridan bahramand bo'lib, go'zal manzaralardan zavq olishlari mumkin. Muzlik ekspressi tabiatni sevuvchilar va poyezd ixlosmandlari uchun juda mos keladi.

🌐railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

31 Dec, 09:19


Hurmatli hamkasblar, aziz temiryo‘lchilar!  
 
Sizlarni kirib kelayotgan Yangi 2025 yil bilan samimiy qutlayman! Bu kunlarda har birimiz o‘tgan yilni sarhisob qilib, kelajak sari yangi marralarga intilamiz va bu nafaqat yutuqlarning xulosasi, balki oldindagi katta maqsadlarni amalga oshirish uchun kuch yig‘ish vaqtidir.  

2024 yil biz uchun ulkan yangiliklar va muvaffaqiyatlar yili bo‘ldi. Kompaniyamiz nafaqat iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash, balki zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, infratuzilmani rivojlantirish va transformatsiya jarayonlarini amalga oshirishda katta qadamlar tashladi.  

2024 yilda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarixidagi eng muhim bosqichlardan biri — Transformatsiya jarayoni boshlangani desak adashmagan bo‘lamiz.  

Xolding tarkibida yangi tuzilmalar tashkil etildi.  Bu jarayon kompaniyada shaffoflikni taʼminlash, kuchli va zaif nuqtalarni aniqlash va ularni samarali boshqarish imkonini berdi.  

Transformatsiya va raqamlashtirish ishlari nafaqat biznes jarayonlarimiz samaradorligini oshirmoqda, balki umumiy tizimni global bozor talablariga moslashtirish imkonini ham beryapti. 

2024 yilda biz xalqaro miqyosda ham yirik loyihalarni amalga oshirishni boshladik. Ulardan eng muhimlaridan biri — “Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasiga start berilganidir. 

Bu loyiha uch davlat o‘rtasidagi transport aloqalarini yaxshilash, yuk tashish hajmini keskin oshirish, Markaziy Osiyoning global savdo zanjirlariga integratsiyasini taʼminlash,Mamlakatimiz logistika sohasidagi yetakchi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Prezidentimizning tashabbusi bilan 2024 yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi qonun bizga zamonaviy talablarga javob beradigan infratuzilmani rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va raqobatbardosh logistika tizimini yaratish imkoniyatini berdi. Bu qonun sohamizning qonuniy asoslarini yana-da takomillashtirdi va yangi investitsiyalarni jalb qilishga xizmat qiladi.  

Ushbu yutuqlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va Hukumatimizning tizimli ko‘magi natijasida amalga oshirildi. Davlatimiz rahbari va hukumatimiz bizga yaratgan imkoniyatlar kompaniyamizning barqaror rivojlanishi uchun mustahkam asos bo‘ldi.  

Bizning maqsadimiz — yuk va yo‘lovchi tashish xizmatlarini rivojlantirish hamda O‘zbekistonni mintaqaviy logistika markaziga aylantirishdir… BATAFSIL O'QISH BU YERDA⬅️

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

31 Dec, 06:10


Hurmatli hamkasblar!

Sizlarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklayman!
O‘tib borayotgan yil davomida sizlarning fidokorona mehnatingiz tufayli biz infratuzilmamizni yanada rivojlantirdik, temir yo‘l sohasida sifat va xavfsizlik darajasini oshirdik. Bu yutuqlar har bir xodimning xizmatidan dalolatdir.

Yangi 2025-yilda barcha reja va loyihalarimizni muvaffaqiyatli amalga oshirishda sizlarga kuch-g‘ayrat, mustahkam sog‘lik va oilaviy baxt tilayman. Temir yo‘l infratuzilmasi rivojida davomli yutuqlar va muvaffaqiyatlar hamrohingiz bo‘lsin!

Bayramingiz muborak, yangi yil omad va zafarlar yili bo‘lsin!

Hurmat bilan,
“Temiryo’linfratuzilma” AJ “Qo’qon MTU” filiali bosh muhandisi U.R.Majidov

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

27 Dec, 05:30


“Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘i B.P. Milladjanov Andijon mintaqasidagi vokzal va stansiyalar faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida hududga xizmat safari uyushtirdi. Safar davomida u Andijon vokzali va bir nechta stansiyalarni ko‘zdan kechirib, ulardagi infratuzilma holatini o‘rgandi.

Boshliq xodimlar bilan uchrashib, ularning faoliyatini muhokama qildi hamda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Shuningdek, stansiyalarning texnik jihozlanganligi va xavfsizlik choralariga alohida e’tibor qaratildi.

Milladjanov mavjud muammolarni joyida hal etish bo‘yicha topshiriqlar berib, kelgusida xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish uchun rejalar ishlab chiqilishini ta’kidladi. U mintaqa stansiyalarining iqtisodiy samaradorligi va yo‘lovchi tashishni rivojlantirish borasida o‘zgarishlar zarurligini qayd etdi.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

26 Dec, 09:14


Radikalizm – jamiyat barqarorligiga tahdid

“Jaholatga qarshi ma’rifat” bilan kurashish barcha davrlarda dolzarb ahamiyat kasb etgan.

Namangan viloyati temir yo‘l bekati xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbirda fuqarolar o‘rtasida zararli g‘oyalar ta’siriga tushib qolishning oldini olish, shuningdek, bu kabi illatlarga jamoatchilik hamjihatlikda, loqayd bo‘lmasdan, hamkorlikda kurashish lozimligi ta’kidlandi.

Tadbir qatnashchilariga
“Tinchlik qadri” nomli videorolik namoyish etildi.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

26 Dec, 06:46


2024-yil 26-dekabrdagi “Temiryoʻlchi” gazetasining 52-soni.

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

26 Dec, 01:30


2024-yilning 25-26 dekabrga o’tar kechasi “Qo‘qon MTU” filiali bosh muhandisi U.R. Majidov tomonidan SHCH, PCH va ECH rahbarlari bilan birgalikda Qo‘qon-Buvayda oralig‘idagi 7 km va 10 km, Lokomotiv depo hamda Qo‘qon stansiyalarida tungi tekshiruvlar o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar ko‘zdan kechirildi:
• Ishchi-xodimlarning tungi navbatchilik vaqtida bajarilgan faoliyati;
• Ish joylarida texnologik jarayonlarning bajarilishi va mehnat muhofazasi talablariga rioya qilinishi;
• Stansiya navbatchisining ish jarayoni va hujjatlar yuritilishi;
• Korxona va stansiyaning qishgi mavsumga tayyorgarligi;
• Korxona va stansiyalarda olib borilayotgan umumiy ishlar.

Tekshiruv yakunida uzel bosh muhandisi U.R. Majidov tomonidan tegishli ishchi-xodimlarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

25 Dec, 17:59


Temiryo‘l infratuzilmasini yanada takomillashtirish va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l filiali boshlig‘i B.P. Milladjanov Andijon mintaqasi yo‘nalishi bo’yicha elektravozda kuzatuv ishlari olib bordi. Jarayon davomida temiryo‘l bo‘ylab harakat xavfsizligi, signalizatsiya tizimlari, yo‘llarning texnik holati va infratuzilma ob’ektlari sinchiklab o‘rganildi. Kuzatuv natijasida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va texnik xizmat ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, yo‘lovchilar uchun qulayliklarni oshirish, poyezdlarning uzluksiz harakatini ta’minlash va xizmat sifatini yaxshilash yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. Mazkur kuzatuv ishlari temiryo‘l tarmog‘ining samaradorligini oshirish va kelgusi bayram mavsumiga tayyorgarlikni kuchaytirish maqsadida amalga oshirildi.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

06 Dec, 09:34


Farg‘ona transport prokurori I.A. Akbarov hamda Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l filiali boshlig‘i B.P. Milladjanov Temir yo‘l texnikumida bo‘lib o‘tgan 8-dekabr – O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etishdi. Tadbir davomida ular texnikum o‘quvchilari bilan uchrashib, Konstitutsiyaning mamlakat rivojlanishidagi ahamiyati haqida so‘z yuritishdi.Tadbirning tantanali qismida mehmonlar o‘quvchilarni bayram bilan tabriklab, ularga esdalik sovg‘alarini taqdim etishdi. Ushbu tashrif o‘quvchilarga katta ruhiy ko‘tarinkilik baxsh etdi va ularni bilim olishga undadi.Mazkur tadbir yoshlar uchun muhim motivatsiya bo‘ldi va ular Konstitutsiya qadriyatlarini chuqurroq anglashlariga yordam berdi.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

06 Dec, 08:53


Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l filiali boshlig‘i B.P. Milladjanov Qo‘qon lokomotiv deposi filialiga nazorat tashrifi uyushtirdi. Tashrif davomida filial faoliyati, xodimlarning ish jarayoni va texnik vositalarning holati o‘rganildi. Milladjanov, lokomotivlar ta’mirlanishi, xavfsizlik texnikasi va samaradorlik masalalariga alohida e’tibor qaratdi. U xodimlar bilan muloqot qilib, ish jarayonidagi muammolarni tingladi va ularni hal etish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Tashrif chog‘ida filialning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Milladjanov mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, xizmat sifatini yanada oshirish zarurligini ta’kidladi. U texnologik jarayonlarni modernizatsiya qilish muhimligini aytib, xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha takliflar bildirdi.

Mazkur tashrif Qo‘qon lokomotiv deposining ish samaradorligini oshirish va umumiy temir yo‘l tizimini mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

05 Dec, 17:08


Qo‘qon shahrida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha dolzarb va ahamiyatli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Qo‘qon xarbiylashtirilgan qo‘riqlash otryadining yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan nazorat yong‘in-texnik ko‘rik bu jarayonning muhim qismidir.

Mazkur ko‘rik davomida Qo‘qon vagon deposi va Qo‘qon temir yo‘l masofasi PCH-6 hududlarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga muvofiqlik tekshirilgan. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilgan va ushbu ob’ektlar xodimlari uchun maxsus mashg‘ulotlar tashkil etilgan.

Mashg‘ulotlarda yong‘in paytida to‘g‘ri harakat qilish tartibi, maxsus vositalardan foydalanish ko‘nikmalari va yong‘in xavfsizligini ta’minlashning amaliy usullari haqida tushuntirishlar berilgan. Ushbu tadbirlar davomida yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish nafaqat xodimlar, balki butun jamiyat uchun nechog‘lik muhim ekani alohida ta’kidlandi.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

25 Nov, 13:12


Namangan mintaqasi bo’yicha MTU boshlig’i o’rinbosari Q.B.Ahmadjonov tomonidan Namangan-Chortoq yo‘nalishida yo‘l harakati xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo‘yicha nazorat ishlari o‘tkazildi.

Aniqlangan texnik nuqsonlar va xavfsizlik talablariga zid holatlar joyida to‘liq bartaraf etildi. Bu orqali yo‘lovchilar va xodimlar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratilishiga erishildi,
faoliyat yuritayotgan barcha ishchi-xodimlarga yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari, texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo‘yicha maxsus tushuntirish ishlari o‘tkazildi.
Mazkur tadbir orqali Namangan-Chortoq yo‘nalishida mehnat muhofazasi va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir tizimli ishlar amalga oshirildi. Kelgusida aniqlangan kamchiliklarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik va xavfsizlik darajasini oshirish uchun har bir ishchi-xodim o‘z mas’uliyatini chuqur anglash zarurligi ta’kidlandi.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

25 Nov, 12:45


Ҳар бир хонадон, ҳар бир корхона табиатни асрашга ҳисса қўшиши керак

Президент Шавкат Мирзиёев 23 ноябрь куни “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида барпо этилаётган янги боққа кўчат экди.

Telegram |  Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

21 Nov, 10:14


2024-yil 21-noyabrdagi “Temiryoʻlchi” gazetasining 47-soni.

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

21 Nov, 07:18


11-Noyabr Kasaba uyushmasi qo‘mitasi kuni munosabati bilan Qo’qon MTU filiali Andijon mintaqasida o‘tkazilgan sport musobaqasi alo kayfiyatda va haqiqiy sport ruhida o‘tdi. Musobaqada turli korxona, stansiyalardan ishtirokchilar qatnashib, futbol, shaxmat, shashka kabi bir qancha sport turlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish qilishdi. Tadbirning asosiy maqsadi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy birdamlikni mustahkamlash va sport orqali do‘stlik rishtalarini mustahkamlashdan iborat edi. G‘olib jamoalar esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandi. Ishtirokchilar tadbirdan katta taassurotlar bilan qaytishdi. Ushbu musobaqa nafaqat sportni rivojlantirish, balki jamoalar o‘rtasida iliq munosabatlar yaratishga ham xizmat qildi.

Telegram |  Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

19 Nov, 05:11


Namangan mintaqasi bo‘yicha MTU filiali boshlig‘i o‘rinbosari  - Q.B.Ahmadjonov tomonidan harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Namangan stansiyasida tungi tekshiruv ishlari olib borildi.

Tekshiruv davomida xarakat xavfsizligi va mexnat muxofazasi talablarining bajarilishi ishchi xodimlarning shart-sharoitlari, texnik qoidalarga amal qilish, ichki tartibga jiddiy yondashishlarini  takidlab o’tildi.

Bundan tashqari,  ishlarni mehnat muhofazasi va harakat xavfsizligi talablari asosida bajarilishi va temir yo‘l inshootlari sozligini tekshirib nazoratdan o‘tkazdilar.

Telegram |  📸Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

18 Nov, 12:17


Bugun 18.11.2024 kuni Qoʻqon lokomotiv deposida Qo'qon MTU filiali rahbari B.P.Milladjanav, korxona rahbari Z.X.Abdullayev va korxona kasaba uyushmalari qomitasi raisi Sh.M.Madaliyevlar boshchiligida  yigʻilish boʻlib oʻtdi. Kun tartibidagi masala: depo faxriylari nafaqaga yoshiga yetganliklari sababli chin qalbdan  tabriklab, ezgu niyatlar bildirilidi va ularga korxona kasaba uyushmalari qomitasi tomonidan esdalik sovgʻalar taqdim etildi.  Yig'ilishda korxona rahbari Z.X.Abdullayev nafaqaga chiqqan faxriy ishchi-xodimlarga ularning faoliyatlari davomida qilgan fidokorona mehnatlari, tayyorlagan ko'plab malakali shogirtlari hamda depo ravnaqiga qo'shgan ulkan hissalari uchun  minnatdorchilik bildirib, ularning ko'p yillarga farzandlari, nabiralari ardog'ida bo'lib yurishlarini tiladi.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

16 Nov, 20:47


16/17.11.24 yil. Qo’qon MTU filiali boshlig’i o’rinbosari U.I.Nazarov boshchiligida tungi tekshiruv olib borildi.Tekshiruv davomida Qo’qon stansiyasi shimoliy parki va post МRS da tungi navbatchilikda faoliyat olib borayotgan ishchi xodimlarni ish texnalogiyasini bajarish bundan tashqari yo’llarda turgan vagonlarni tormoz bashmaklanganligi hamda tormoz bashmaklarni qanday xolatda saqlanishi boyicha ko’rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

14 Nov, 14:18


👍👍👍👍👍👍👍👍

“Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK filiali boshlig‘i B.P. Milladjanov boshchiligida Qaqir stansiyasida olib borilayotgan ish jarayonlari, shart-sharoitlar va xavfsizlik talablariga rioya etilishi holati o‘rganildi.
Tekshirish davomida ko‘mir tushirish jarayoni va uning xavfsizligi alohida e’tiborga olindi. Ishlar jarayonida barcha xodimlarning mehnat muhofazasi qoidalariga amal qilishi va jarayonlarning tizimli ravishda olib borilishi muhimligi qayd etildi.
B.P. Milladjanov mas’ul xodimlarga tizimli ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar va topshiriqlar berdi. Xodimlar bilan muloqot chog‘ida xavfsizlik choralari va mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Ishning sifatli va xavfsiz bo‘lishi – barchamizning ustuvor vazifamiz!

🌐railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

14 Nov, 11:10


PROFILAKTIK CHORA TADBIRLAR.
=============================
Namangan viloyati TXTB Uchqoʻrgʻon bekatida XTb xodimlari tomonidan "Xavfsiz hudud" profilaktik tadbiri doirasida jamoat joylarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalar hamda turli ko‘rinishdagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlarni samaradorligini yanada oshirish maqsadida temir yoʻl ishchi xodimlari va fuqarolarga profilaktik targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

14 Nov, 10:47


“Temiryo’linfiratuzilma” AJ “Qo’qon mintaqaviy temir yo’l uzeli” filiali boshlig’i B.P.Milladjanov boshchiligida bir guruh rahbarlar “Qo’qon lokomotiv deposi” filialida nazorat tekshiruvi olib borildi.

Nazorat davomida ishchi xodimlarning shart-sharoitlari, olib borilayotgan ish jarayonlari hamda ichki tartib qoidalarga amal qilishlari ko'rib chiqildi. Bundan tashqari qishki mavsumga tayyorgarlik qay darajada olib borilayotganini ko’zdan kechirildi va harakat xavfsizligi,mehnat muhofazasi talablarining bajarilishi texnik qoidalarga amal qilish, ichki tartibga jiddiy yondashishlarini  ta’kidlab o’tildi va Ishchi-hodimlar fikrlari va takliflari eshitildi.


Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

14 Nov, 08:24


2024-yil 14-noyabrdagi “Temiryoʻlchi” gazetasining 46-soni mutolaa uchun havola qilinadi.

🌐railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

13 Nov, 08:27


HARAKAT XAVFSIZLIGI KUNI

Chorshanba xarakat xavfsizligi kuni munosabati bilan "Qo‘qon MTU" UK filiali Bosh muhandisi U.R.Majidov, UTTK bosh revizori A.I.Toshmatov hamda depo rahbari Z.X.Abdullayev bilan birgalikda Qo‘qon Lokomotiv deposi filialida xarakat xavfsizligi kuni bo’yicha suhbat o’tkazildi.

Yig’ilish davomida xarakat xavfsizligi va mexnat muxofazasi talablarining bajarilishi ishchi xodimlarning shart-sharoitlari, texnik qoidalarga amal qilish, ichki tartibga jiddiy yondashishlarini  takidlab o’tildi va Ishchi-hodimlar fikrlari va takliflari eshitildi.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

01 Nov, 11:55


31.10.2024 yil kuni
Qo'qon MTU filiali
Qo'qon mintaqaviy temir yo'l uzeli filiali xududiy yoshlar yetakchilar Kengashi koordinatori X. Akramov, M. Sabirova va Andijon temir yo'l masofasi yoshlar yetakchisi M. Abdunabiyevlar birgalikda Andijon viloyati 15-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Xavfsiz xudud" targ'ibot ishlarini amalga oshirdilar.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

01 Nov, 09:45


“O’zbekiston temir yo’llari” AJ Toshkent shaxrida 11-Noyabr Kasaba uyishmalari kuni munosabati bilan o’tkazilgan “Zakovat” intellektual o’yinini yakuniy Respublika boshqichida Qo’qon MTU filiali azolari xam munosib ishtirok etishdi.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

31 Oct, 11:09


HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI KUNI TADBIRI.
========================
Xizmat hududimizda jinoyatchilik va huquqbuzarliklar, baxtsiz hodisalarning oldini olish, temir yo'lda tashiladigan ko'mir mahsulotlarini talon-taroj qilinishini oldini olish, bu borada profilaktika ishlarni tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi, xodimlar o'rtasida ijro intizomiga rioya etish yuzasidan bir qator topshiriqlar berildi.Shu bilan bir qatorda oʻquvchi yoshlar bilan temir yoʻl transporti bilan bogʻliq boʻlishi mumkun boʻlgan baxtsiz hodisalarni oldini olish yuzasidan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi.


Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

31 Oct, 08:39


30.10.2024 yil kuni
Qo'qon MTU filiali
Qo'qon mintaqaviy temir yo'l uzeli filiali hududiy yoshlar yetakchilar Kengashi koordinatorlari X.X.Akramov, M.Sabirova hamda Andijon Temir yo'l masofasi yoshlar yetakchisi M.Abdunabiyevlar Andijon temir yo'l masofasi korxonasida monitoring o'tkazdilar xamda "Uchqurg'on-Andijon-2 yo'nalishi 180 km" va "Andijon-1 Xonobot yo'nalishi 331km"da faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar bilan ish jarayonida uchrashdilar, ular bilan suxbatlashib, "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tizimida olib borilayotgan isloxootlar xaqida aytib o'tildi. Ularning takliflari eshitildi, ko'tarilgan kamchiliklar Qo'qon MTU filiali rahbariga yetkazildi.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

31 Oct, 06:28


Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga oid harakatlar to‘g‘risida xabar berish uchun mo‘ljallangan aloqa kanallari

📌DAVLAT KORXONALARI, AKSIYADORLIK JAMIYATLARI

▫️“Navoiy kon-metallurgiya kombinati”

▫️“Navoiyuran”

▫️“O‘zbektelekom”

▫️“Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati”

▫️“O‘zbekiston metallurgiya kombinati”

▫️“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”

▫️“Issiqlik elektr stansiyalari”

▫️“Hududiy elektr tarmoqlari”

▫️“Hududgaztaʼminot”

▫️“O‘ztransgaz”

▫️“O‘zbekko‘mir”

▫️“O‘zsuvtaʼminot”

▫️“O‘zbekneftgaz”

▫️“O‘zkimyosanoat”

▫️“O‘zagroservis”

▫️“O‘zagrosug‘urta”

▫️“O‘zagrolizing”

▫️“Toshshahartransxizmat”

▫️“O‘zavtosanoat”

▫️"O‘zbekiston temir yo‘llari"

▫️“Uzbekistan Airways”

▫️“Uzbekistan Airports”

▫️“O‘zbekgidroenergo”

▫️“O‘zbekekspertiza”

📌Eslatib o‘tamiz: Qonunchilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida ekanligi belgilangan.

——————
Agarda siz korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

30 Oct, 11:17


Raddiya

Ijtimoiy tarmoqlarda “Temiryo‘linfratuzilma” AJ Qo‘qon lokomotiv deposi filiali harakat tarkibini tashkil qilish lokomotiv brigadasi mashinist va mashinist yordamchilari nomidan noto‘g‘ri talqin qilinib, oylik maoshlari miqdori oshirilmagani va kamayib ketganligi to‘g‘risidagi xabar paydo bo‘lib, ushbu xabarning ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida noto‘g‘ri talqin qilinib eʼtirozlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.

Aslida “O‘zbekiston temir yo‘llar” AJning 2021 yildan shu kungacha 6 marotaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolanganidan keyin Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida jamiyat boshqaruv raisining 2021 yil 26 apreldagi 426-N sonli buyrug‘i asosida 10%ga, 2022 yil 27 may 484-N sonli buyrug‘i asosida 12 %ga, 2022 yil 26 oktyabr 1019-N sonli buyrug‘i asosida 15 %ga o‘rtacha yiliga 27 %ga ko‘tarilgan. 2023 yil 11 aprel 303-N sonli buyrug‘i asosida 7 %ga, 2023 yil 30 may 448-N sonli buyrug‘i asosida 8 %ga o‘rtacha yiliga 15 %ga ko‘tarilgan, 2024 yil 2 may 39-NGK sonli buyrug‘i asosida 10 %ga ko‘tarilib, unda ish haqi miqdorini oshirish belgilangan. Mazkur buyruqlarda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, Tarmoq jamoa kelishuvi va meʼyoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan moddiy yordam, mukofot, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni hisoblashda qo‘llaniladigan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori, bazaviy hisoblash miqdori va boshqa shu kabi to‘lov miqdorlarining yangi miqdorlari tasdiqlanib ishchi-xodimlarga to‘lanib kelinmoqda.

2021 yilga nisbatan 2024 yilda Qo‘qon Lokomotiv deposi filiali aynan mashinist va mashinist yordamchisi lavozimlari oylik ish haqilari qo‘shimcha ustamalar bilan qo‘shib hisoblanganda o‘rtacha 80-90 foizga oshganligini maʼlum qilamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-329-sonli Qaroriga muvofiq temir yo‘l sohasida transformatsiya, raqamlashtirish, yo‘lovchi va yuk tashishda xavfsiz va sifatli xizmat ko‘rsatishni taʼminlash, barqaror investitsiya muhitini yaratish, harakat tartibini yangilash va moliyaviy holatni mustahkamlash ustuvor vazifa etib belgilangan bo‘lib, hozirda bu borada Jamiyatda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shu sababli, qo‘shimcha daromad manbalari aniqlanib, Jamiyatning moliyaviy holati barqarorlashganda ish haqi miqdorlarini qo‘shimcha tarzda oshirish rejalashtirilgan.

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

30 Oct, 04:34


HARAKAT XAVFSIZLIGI KUNI

Chorshanba xarakat xavfsizligi kuni munosabati bilan "Qo‘qon MTU" UK boshlig‘i B.P.Milladjanov va bir guruh bo’lim boshliqlari birgalikda Qo‘qon Lokomotiv deposida xarakat xavfsizligi kuni bo’yicha suhbat o’tkazildi.

Yig’ilish davomida xarakat xavfsizligi va mexnat muxofazasi talablarining bajarilishi ishchi xodimlarning shart-sharoitlari, texnik qoidalarga amal qilish, ichki tartibga jiddiy yondashishlarini  takidlab o’tildi va Ishchi-hodimlar fikrlari va takliflari eshitildi.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

25 Oct, 13:58


"Qo'qon mintaqaviy temir yo'l uzeli" filialining joriy yildagi faoliyati natijalari hamda poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlash borasida bajarilgan ishlar yuzasidan yig'ilish o‘tkazildi.
Oʻtkazilgan yig'ilishda kuzgi ko'rik davomida aniqlangan kamchiliklarga yo'l qo'ygan xodimlarga aniq choralar ko'rildi va kelgusida bunday kamchiliklar takrorlanmasligi uchun qilinishi lozim bo'lgan ishlar aytib o'tildi.

❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

25 Oct, 12:56


Qo'qon mintaqaviy temir yo'l uzeli filialida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar uchun, Qo'qon MTU Kasaba uyushmasi, Xotin-qizlar qo'mitasi va yetakchilar Kengashi a'zolari bilan xamkorlikda, "Qadring baland bo'lsin, ona tilim", "Xodimlar o'rtasida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish", "Gender tengligi" mavzularida soxa mutaxassislari ishtirokida uchrashuv tashkil qilindi.
Uchrashuvda korxonalar va bekatlarda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar online tarzida ishtirok etishdi.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

25 Oct, 12:39


Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: Joylarda uchrashuvlar davom etmoqda
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari A.Kamildjanov boshchiligida "Temiryo‘linfratuzilma" AJ "Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli" filialiga qarashli stansiyalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida tadbirkorlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, yuk tashish jarayonini yanada samarali tashkil etish va xizmatlarning sifatini oshirish borasida muhim masalalar muhokama qilindi …BATAFSIL O'QISH BU YERDA⬅️

Открытый диалог с предпринимателями: Встречи на местах продолжаются
Под руководством заместителя председателя правления АО «Узбекистон темир йуллари» А.Камилджанова состоялся открытый диалог с предпринимателями на станциях, относящихся к филиалу АО «Темирйулинфратузилма» УП «Кокандский региональный железнодорожный узел». В ходе встречи были обсуждены важные вопросы по укреплению сотрудничества с предпринимателями, более эффективной организации грузоперевозочного процесса и повышению качества услуг …ПОДРОБНЕЕ ЧИТАТЬ ЗДЕСЬ⬅️

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

25 Oct, 11:37


"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tarkibidagi jamiyatlar va korxonalarning aksiya ulushlari (paketlari) hamda ko‘chmas mulk obyektlarini sotish to‘g‘risidagi e’lon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi "Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-168-son, 2023-yil 24-martdagi "Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-102-son, 2023-yil 10-oktyabrdagi PQ-329-son "O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hamda 2024-yil 19-apreldagi PQ-162-son "Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorlariga muvofiq, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning aktivlari, shu jumladan uning tarkibiga kiruvchi jamiyatlar va korxonalarning aktivlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o'tkazgan holda ommaviy savdolar orqali sotish amalga oshiriladi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tarkibidagi jamiyatlar va korxonalar aktivlarini sotib olishga qiziqish bildirgan investorlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga murojaat etishlari mumkin.

Ommaviy savdolar orqali sotuvga qo‘yiladigan aktivlar ro‘yxati ilovada keltirilgan.

Batafsil ma’lumotlarni +998712592059, +998712592037 raqamlariga murojaat qilish orqali yoki https://davaktiv.uz veb-saytidan olishingiz mumkin.
___

Объявление о продаже долей акций (пакетов) и объектов недвижимости обществ и предприятий в составе АО «Узбекистон темир йуллари»

На основании постановлений Президента Республики Узбекистан от 18 марта 2022 года № ПП-168 «О дополнительных мерах по дальнейшему сокращению государственного участия в экономике и ускорению приватизации», от 24 марта 2023 года № ПП-102 «О дополнительных мерах по сокращению государственного участия в экономике», от 10 октября 2023 года № ПП-329 «О мерах по коренному реформированию сферы железнодорожного транспорта Республики Узбекистан», а также от 19 апреля 2024 года № ПП-162 «О дополнительных мерах по сокращению государственного участия в экономике» реализация активов АО «Узбекистон темир йўллари», включая активы обществ и предприятий, входящих в его состав, будет осуществляться посредством публичных торгов с передачей их Агентству по управлению государственными активами Республики Узбекистан.

Инвесторы, заинтересованные в приобретении активов обществ и предприятий АО «Узбекистон темир йўлллари», могут обратиться в Агентство по управлению государственными активами Республики Узбекистан.

Перечень Активов, передаваемых на продажу через публичные торги, представлен в приложении.

Подробнее информацию можно узнать по номерам: +998712592059, +998712592037 или на сайте https://davaktiv.uz.

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

25 Oct, 11:07


Hurmatli Ichki ishlar organlari xodimlari!

"Temiryo'linfratuzilma" aksiyadorlik jamiyati Qo’qon Minaqaviy temir yo’l uzel filiali Sizlarni "25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni" bilan samimiy qutlaymiz! Sizlarning yurtimiz osoyishtaligi va xalqimiz xavfsizligini ta'minlash yo'lidagi mashaqqatli va sharafli mehnatingiz katta ehtirom va hurmatga loyiqdir.

Har kuni fidoyilik bilan amalga oshirayotgan xizmatlaringiz jamiyatimiz tinchligi va farovonligini saqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Sizlarga mustahkam sog‘lik, iroda va kuch-g‘ayrat, xizmatlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Har doim yurt tinchligi yo‘lida bardavom xizmat qilishingizni tilab qolamiz!

Hurmat bilan,
Qo’qon Mintaqaviy Temir yo’l uzel filiali Axborot markazi.

Telegram | Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

25 Oct, 07:14


👍👍👍👍👍👍👍👍

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruv raisining tegishli buyrug'iga asosan "O'zbekiston temir yo'llari" AJ hamda “Temiryo'linfratuzilma” AJ rahbariyati boshchiligidagi bir guruh komissiya a'zolari tomonidan “Temiryo'linfratuzilma” AJning "Qo’qon mintaqaviy temir yo'l uzeli" filialiga qarashli "Qo'qon lokomativ deposi" filiali, "Qo'qon vagon deposi" filiali, "Qo'qon aloqa va signallashtirish masofasi" filiali, "Qo'qon yo’l xo'jaligi masofasi" filiali, "Qo’qon elektr taminoti masofasi" filialida kuzgi ko'rik o'tkazildi.

🌐railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

19 Oct, 07:40


Joriy yilning 19-oktyabr kuni "Qo'qon MTU" filiali boshlig‘i B.P.Milladjanov tomonidan Orzu va Ko‘l stansiyalari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko'zdan kechirildi.

Telegram |  📸Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

19 Oct, 06:01


Joriy yilning 19-oktyabr kuni "Qo'qon MTU" filiali bosh muhandisi U.R.Majidov tomonidan Qo'qon lokomotiv deposida lokomotivlarni ta'mirlash jarayoni ko'zdan kechirildi.

Telegram |  📸Instagram

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

16 Oct, 12:22


HARAKAT XAVFSIZLIGI KUNI

Namangan mintaqasi bo‘yicha MTU boshlig‘i o‘rinbosari  - Q.B.Ahmadjonov tomonidan harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Pop-1 - Namangan yo‘nalishida tekshiruv ishlari olib borildi.

Tashrif davomida xarakat xavfsizligi va mexnat muxofazasi talablarining bajarilishi ishchi xodimlarning shart-sharoitlari, texnik qoidalarga amal qilish, ichki tartibga jiddiy yondashishlarini  takidlab o’tildi.

Bundan tashqari,  ishlarni mehnat muhofazasi va harakat xavfsizligi talablari asosida bajarilishi va temir yo‘l inshootlari sozligini tekshirib nazoratdan o‘tkazdilar.

Telegram |  📸Instagram