uzdepo @tchuzbekistan Channel on Telegram

uzdepo

@tchuzbekistan


Локомотивное депо «Узбекистан».
+99871-299-68-05
Instagram: https://instagram.com/uzdepo?r=nametag

Facebook: https://m.facebook.com/depouzbekistan/

uzdepo (Russian)

Локомотивное депо "Узбекистан" - это канал в Telegram, который предлагает информацию о железнодорожной отрасли Узбекистана. На канале вы найдете актуальные новости о состоянии железных дорог, обновлениях в технике, а также интересные статьи о истории и будущем развитии отрасли. Мы предлагаем широкий спектр информации для всех, кто интересуется железнодорожным транспортом. Здесь вы также найдете контактный номер телефона для связи и ссылки на наши страницы в Instagram и Facebook. Присоединяйтесь к каналу "Узбекистан" и будьте в курсе всех событий в мире железнодорожного транспорта!

uzdepo

23 Jan, 04:33


"O'zbekiston" lokomotiv deposida "Sifat kuni" doirasida yig’ilish bo‘lib o‘tdi.

23-yanvar kuni, "O'zbekiston" lokomotiv deposi boshlig'ining ta’mirlash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari M.Y.Zulfiqorov boshchiligida harakatli tarkibni ta’mirlash xodimlari bilan "Harakat xavfsizligi va Sifat kuni" doirasida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilish davomida harakat xavfsizligini ta'minlash, harakat davomida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holatlar, foydalanishga taaluqli bo'lgan boshqa masalalar va lokomotivlarga yanada sifatli texnik xizmat ko’rsatish to'g'risida so'z olib borildi.

uzdepo

21 Jan, 03:11


"O'zbekiston" lokomotiv deposida nazorat ko'rigi bo’lib o’tdi

2025-yil 20-yanvar kuni "O'zbekiston" lokomotiv deposida korxona bosh muhandisi DJ.S. Ergashev boshchiligida hamda MM va TX bo’limi boshlig’i X.Muhamedov seh va bo’limlarning shart-sharoitlari va boshqa xo’jalik ishlarini ko’zdan kechirishdi. Jumladan, qozonxonalar, sexlardagi isitish tizimlari, sehlarning joriy ta’mirlash ishlari ko’zdan kechirildi.

Sexlarni ko’zdan kechirish davomida, sexning tuzilmasi, uskunalar joylashuvi, ish joylari MM va TX talablari javob berishi, asbob uskunalar yaroqligi va shu kabi boshqa masalalar o’rganib chiqildi. Undan tashqari mutassadi xodimlar, sexda faoliyat olib boruvchi ishch-xodimlar bilan suhbat o’tkazishdi.

Mutassadi xodimlarga yuzaga kelgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo’yicha tegishli topshiriqlar berildi.

uzdepo

14 Jan, 10:58


14 yanvar "Vatan himoyachilari kuni" va Qurolli kuchlarimiz tashkil topganligining 33 yilligi bayrami munosabati bilan korxonada bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Bayram tadbirida korxona boshligʻi N.M.Hamdamov barcha ishchi xodimlarni bayram bilan muborakbod etdi.

Shundan soʻng, korxona ishchi xodimlari tomonidan tayyorlangan Vatanni madh etuvchi sheʼrlar, qoʻshiqlar va vatanparvarlik ruhidagi sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

Ushbu tabdir doirasida, yillar davomida oʻzining mehnati bilan korxonaning rivojiga oʻz hissasini qoʻshgan bir qator faxriy xodimlarga korxona rahbariyati va kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan sovgʻalar bilan ragʻbatlantirildi.

Bundan tashqari 14-yanvar kuni har seshanba bo’lib o’tadigon kengaytirilgan yig’ilishda bugungi kun qo’shaloq bayram deya takidlab korxona ishlab chiqarish texnik bo’limi boshlig’i Sadiqov Aybek Utkurovich ni 59 yoshi bilan tabriklab sog’lik-salomatlik, kelgusi ishlariga zafarlar tilab qimmatbaho sovg’a bilan taqdirladi.

uzdepo

12 Jan, 11:20


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-iyundagi "Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-222-son qaroriga asosan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish hamda “O'zbekiston temir yo'llari" AJ rahbariyati topshiriqlari ijrosi hamda elektr energiyasini tejamkorlik bilan ishlatish va ekologik toza energiya manbalaridan foydalanishni ta'minlash maqsadida “O‘zbekiston” lokomotiv deposida quyosh energiyasidan quvvat oluvchi panellar o‘rnatilib, foydalanishga topshirildi!
Mamuriyat binosining tom qismiga o’rnatilgan quyosh panellari elektr energiyasini tejash, ekologik toza energiya manbalaridan foydalanish hamda zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish kabi maqsadlarni amalga oshiradi. Quyosh energiyasi - bu quyosh radiatsiyasida mavjud bo'lgan energiya. Qayta tiklanadigan energiyaning bu turi quyoshdagi yadro sintezi reaktsiyalari natijasida hosil bo'ladi. Bundan tashqari Korxona ishchilari yuvinish binosiga issiq suv bilan ta’minlash uchun zamonaviy suv isitish qozonlari o’rnatildi.

uzdepo

12 Jan, 10:15


“O’zbekiston” lokomotiv deposida korxona rahbariyati tomonidan haftaning juma kuni korxonada "Tozalik kuni" deb e'lon qilingan.

10.01.2025-yil juma tozalik kuni doirasida korxona hududini obodonlashtirish maqsadida ma'muriy binoning honalari va sexlarda tozalik ishlari olib borildi.
Uyushtirilgan obodonlashtirish ishlarida korxonaning barcha seh va bo’limlari faol qatnashdilar.

uzdepo

27 Dec, 12:03


YANGI YIL BAYRAMI ARAFASIDA “O‘ZBEKISTON” LOKOMOTIV DEPOSIDA BAYRAM TADBIRI

Joriy yilning 27-dekabr kuni “O‘zbekiston” lokomotiv deposida lokomotivlardan foydalanish sexining ishchi-xodimlarini kirib kelayotgan yangi 2025 yil bilan tabriklash va ularga xush kayfiyat bagʻishlash maqsadida, bayram dasturi tashkil qilindi. Bayram tadbirida depo boshlig‘i N.M.Hamdamov 2024 yil davomida korxonaning erishgan yutuqlari va kamchiliklari haqida qisqacha hisobot berdi va kelgusi yildagi rejalashtirilgan ishlar haqida qisqacha ma’lumot berdi.

Ushbu tabdir doirasida, yillar davomida oʻzining mehnati bilan korxonaning rivojiga oʻz hissasini qoʻshgan bir qator faxriy xodimlarga korxona rahbariyati va kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan sovgʻalar bilan ragʻbatlantirildi.

uzdepo

27 Dec, 08:34


Elektr energetika boshqarmasi tomonidan tayyorlangan ushbu video stansiyalarda, kontakt tarmoqlarida hamda yuqori kuchlanishdagi elektr tarmog’i bilan ishlaydigon hodimlarning xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishligi aks holda qanday baxtsiz hodisalar yuzaga kelishi mumkinligi mavzusida.

Videoni ko’ngli bo’shlar ko’rmasin ko’ngilni ozdiradigon kadrlar bo’lishi mumkin.

uzdepo

22 Nov, 13:39


"O'zbekiston" lokomotiv deposi Jizzax filialida kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo'yicha komission ko'rik bo’lib o’tdi

2024-yil 22-noyabr kuni "O'zbekiston" lokomotiv deposi bosh muhandisi J.S.Ergashev Jizzax filialiga tashrif buyurdi.

Seh va bo’limlarning shart-sharoitlar va boshqa xo’jalik ishlarini ko’zdan kechirishdi. Jumladan, qozonxonalar, sexlardagi isitish tizimlari, sehlarning joriy ta’mirlash ishlari va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko’mir zaxiralari ko’zdan kechirildi.

Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mutassadi xodimlarga kerakli topshiriqlar berildi.

uzdepo

22 Nov, 11:52


"O'zbekiston" lokomotiv deposi Xovos filialida kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo'yicha komission ko'rik bo’lib o’tdi

2024-yil 22-noyabr kuni "O'zbekiston" lokomotiv deposi bosh muhandisi J.S.Ergashev Xovos filialiga tashrif buyurdi. Xovos filiali hodimlari bilan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari bo’yicha yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilishtan so’ng, seh va bo’limlarning shart-sharoitlar va boshqa xo’jalik ishlarini ko’zdan kechirishdi. Jumladan, qozonxonalar, sexlardagi isitish tizimlari, sehlarning joriy ta’mirlash ishlari va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko’mir zaxiralari ko’zdan kechirildi.

Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mutassadi xodimlarga kerakli topshiriqlar berildi.

uzdepo

18 Nov, 11:29


“O’zbekiston” lokomotiv deposida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2024-yil kuz mavsumida archa daraxti ekildi.
Temir yo’l atrofida 350 dona
Korxona hududida 54 dona
Angren filialida 40 dona
Sirdaryo viloyatida 40 dona
Jizzax viloyatida 16 dona
Jami: 500 dona archa daraxti ekildi.

uzdepo

16 Nov, 13:12


2024-yil 15-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2024 yil 28 iyun kuni faol va tashabbuskor yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv videoselektor yig‘ilishining 31-sonli bayoni 20-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, faollar zalida hamda "ZOOM" platformasi orqali barcha filiallardagi 35 yoshgacha boʻlgan korxona ishchlari bilan depo rahbari N.M.Hamdamov boshchiligida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda sohani rivojlantirish, ratsionalizatorlik takliflari, innovatsion gʻoyalar va malakali kadrlarni aniqlash borasida tashkil etilayotgan tanlovlarni oʻtkazish borasida fikr mulohazalar, yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar muhokama qilindi.

Ochiq muloqot tarzida kechgan uchrashuvda depo boshlig’i yosh xodimlarni qiziqtirayotgan savollar, yuzaga kelgan kamchiliklar va ish faoliyatini yanada samarali tashkil etish borasidagi takliflarini tingladi va ushbu berilgan takliflar hamda savollar yechimi yuzasidan mutasaddi xodimlarga topshiriqlar berdi.

uzdepo

15 Nov, 07:15


Korxona rahbari N.M.Hamdamov tashabbusi bilan Kasaba uyushma raisi, korxona bosh xisobchisi va ekonomisti korxonada uzoq yillar davomida oʻzining samarali mehnati bilan xissa qoʻshib kelayotgan xozirda sog’ligida muammo bo’lganligi tufayli davolanayotgan hodimlarimiz Karimov Omonjon Ergashaliyevich Asbob uskunalarning nazorat qilish vagon laboratoriyasi boshlig’i(DKIL)
Raxmonov Baxodir Hamroqulovich Depo navbatchisi holidan xabar olishdi.

uzdepo

15 Nov, 07:15


“O’zbekiston” lokomotiv deposi boshlig’i N.M.Hamdamovning 2024-yil 11-noyabrdagi 76-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida haftaning payshanba kuni an’anaviy tarzda bo’lib o’tadigon “Harakat xavfsizligi va sifat kuni” doirasida korxonadagi Ispaniya davlatidan keltirilgan zamonaviy g’ildirak juftligini yo’nish “Talgo-3112” rusumli dastgohini ta’mirlashda o’z xissasini qo’shgan hodimlar taqdirlandi.

Yakubov Sunnat Xusanovich 21-sex,
Yoqubov Ismoil Ikromovich 21-sex,
Azizov Ahmad Abdulaziz o’g’li 21-sex hamda Rixsiboev Sanjar Asqar o’g’li 47-sex ish jarayonida o’z xizmat vazifasini sidqidildan bajarganligi munosabati bilan oylik maoshiga qo’shimcha 1 000 000 (bir million)so’mdan bir martalik mukofot puli berildi.

Ushbu hodimlarning oila azolariga ishiga shunday jonkuyar hodimlarni tarbiyalab berganlari uchun depo rahbariyati hamda kasaba uyushma tomonidan tashakkurnoma hamda qimmatbaho sovg’a bilan taqdirlandi.

Asos: “O’zbekiston” lokomotiv deposi ta’mirlash ishlari bo’yicha boshliq o’rinbosari M.Y.Zulfiqorovning bildirgisi ijrosini ta’minlash.

uzdepo

31 Oct, 09:36


"O'zbekiston" lokomotiv deposida "Sifat kuni" doirasida yig’ilish bo‘lib o‘tdi.

31-oktyabr kuni, "O'zbekiston" lokomotiv deposi boshlig'ining ta’mirlash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari M.Y.Zulfiqorov boshchiligida harakatli tarkibni ta’mirlash xodimlari bilan "Harakat xavfsizligi va Sifat kuni" doirasida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilish davomida harakat xavfsizligini ta'minlash, harakat davomida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holatlar, foydalanishga taaluqli bo'lgan boshqa masalalar va lokomotivlarga yanada sifatli texnik xizmat ko’rsatish to'g'risida so'z olib borildi.

uzdepo

31 Oct, 07:19


30-oktyabr kuni "O‘zbekiston" lokomotiv deposiga “O’zbekiston temir yo’llari” AJ bosh muhandisi Sh.T.Kadirov hamda Strategik rivojlantirish, sanoat faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshlig’i B.A.Baymanov tashrif buyurishdi.

Korxona rahbari N.M.Hamdamov boshchiligida tashrif buyuruvchilarga korxonada ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’mirlash ishlari tanishtirildi.

Jumladan, chora-tadbir asosida korxona va hududlarda olib borilayotgan qishgi tayyorgarlik ishlari, obodonlashtirish va bunyodkorlik hamda ta’mir talab binolar ko‘zdan kechirildi va rahbariyat tomonidan tegishli topshiriqlar berildi.

uzdepo

30 Oct, 14:23


2024 yil 30-oktyabr kuni "O'zbekiston" lokomotiv deposida navbatdan tashqari "Harakat xavfsizligi kuni" doirasida yig’ilish
“Temiryo’linfratuzilma” AJ boshqaruv raisi S.A. Norqabilov, Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli boshlig‘i O.N.Xudoyqulov, XT va MM nazorat departamenti boshlig’ining birinchi o’rinbosari hamda korxona rahbari N.M.Hamdamov boshchiligida hamda uzel stansiya boshlig‘lari lokomotiv brigadalar va boshqa mutassadi xodimlar bilan birgalikda bo‘lib o‘tdi.

Yig’ilish davomida, “Temiryo’linfratuzilma” AJ boshqaruv raisi S.A.Norqabilov, yil davomida sodir bo’layotgan holatlar to’g’risida, yoqilg'i-moy mahsulotlarini talon-taroj qilish holatlarini oldini olish hamda texnikalardan unumli foydalanish mavzusida suhbat bo’ldi.

Lavozim majburiyatlariga layoqatsizlik qilgan hamda harakat xavfsizligi qoidalariga rioya qilishda xatolarga yo’l qo’yadigan hodimlarga qat’iy chora ko’rilishi haqida ogohlantirish berildi.

“Harakat xavfsizligi kuni” doirasida o‘tkazilgan yig‘ilish davomida, lokomotiv brigadalar va murabbiylar tomonidan harakat xavfsizligini ta’minlashga oid, dolzarb bo‘lgan bir qator taklif va savollarning muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish yakunida, “Temiryo’linfratuzilma” AJ boshqaruv raisi S.A.Norqabilov, lokomotiv brigadalar tomonidan kelib tushgan savollarga yechim topish bo‘yicha mutassadilarga topshiriqlar berdi.

uzdepo

23 Oct, 09:12


Bugun, 23-oktyabr kuni "O‘zbekiston" lokomotiv deposida 1-N buyrug‘i asosida “Harakat xavfsizligi kuni” doirasida anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan yig‘ilishga Toshkent viloyati Yangiyo’l tumani Adliya bo’limi hodimi Jamolov Saidislom Saidg’aniyevich, Yangiyo’l tuman hokimligi devonxona mudiri Alimova Lola O’rinbayevnalar tashriv buyurdi va korxona rahbari N.M.Hamdamov boshchiligida bo’lib o’tdi.

Tashrif buyuruvchilar barcha yig’ilish qatnashchilarini 27-oktyabr kuni bo’ladigon saylovda faol bo’lishlari va har bir ovoz muhimligini takidladi.

Yig'ilish davomida harakat xavfsizligini ta'minlash, harakat davomida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holatlar va foydalanishga taaluqli bo'lgan boshqa masalalar to'g'risida so'z olib borildi.

Lokomotiv brigadalar va murabbiylar tomonidan harakat xavfsizligini ta’minlashga oid, dolzarb bo‘lgan bir qator taklif va savollarning muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish yakunida, berilgan taklif va kamchiliklar yuzasidan rahbariyat tomonidan tegishli topshiriqlar berildi.

uzdepo

18 Oct, 11:20


📌2024-yil 17-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2024 yil 28 iyun kuni faol va tashabbuskor yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv videoselektor yig‘ilishining 31-sonli bayoni 20-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, “Oʻzbekiston” lokomotiv deposida faollar zalida korxona rahbari N.M.Hamdamov hamda bosh muhandis J.S.Ergashev boshchiligida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Mamlakatimizda yoshlarga boʻlgan eʼtibor, oʻsib kelayotgan barkamol avlodga boʻlgan gʻamxoʻrlik davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani bilan ham juda ahamiyatlidir. Yoshlar uchun qaratilgan eʼtibor, ularni qoʻllab - quvvatlash darajasi kun sayin ortib borayotgani oʻgʻil-qizlar uchun koʻplab imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Zero yoshlar vatan kelajagi, ertangi kunning bunyodkorlaridirlar.

Shu jumladan, lokomotiv deposining yosh xodimlariga depo rahbariyati, kasaba uyushmasi qo’mitasi hamda yoshlar ittifoqi bo’limi tomonidan alohida etibor berilib kelinmoqda.

Ochiq muloqot tarzida kechgan uchrashuvda depo boshlig’i yosh xodimlarni qiziqtirayotgan savollar, yuzaga kelgan kamchiliklar va ish faoliyatini yanada samarali tashkil etish borasidagi takliflarini tingladi va ushbu berilgan takliflar hamda savollar yechimi yuzasidan mutasaddi xodimlarga topshiriqlar berdi.

Yig’ilishtan so’ng boshqarmada bo’lib o’tkan Boshqaruv raisining 2024-yil 26- apreldagi “Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish to‘g‘risida”gi N-312-sonli buyrug‘i asosida tashkil qilingan ZUKKO KITOBXON-2024 ko'rik tanlovining yakuniy Respublika bosqichida faxrli 3-o’rinni egallagan tahlil guruhi operatori Zarifa Tursunova hamda “Kasbim-faxrim-2024” ko’rik tanlovida turli yo’nalishlarda faxrli o’rinlarni egallagan korxona yoshlarini mehnatini yuksak baxolab depo rahbari va kasaba-uyushma raisi nomidan qimmatbaho sovg’a va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

3,128

subscribers

7,375

photos

285

videos