Psixologiya @psixologiya_azizoff Channel on Telegram

Psixologiya

@psixologiya_azizoff


98% aholidan ko’ra yaxshiroq va faolroq bo'ling💪

Psixologiya orqali odamlardan o'zizga kerakli bo'lgan narsalarni oling!

Reklama uchun — @azizoff_ad

Aloqa uchun —

Psixologiya (Uzbek)

Psixologiya kanalimizda sizning ruhingizga doimo g‘ayrioddiy ehtimol beradi! 98% aholidan ko’ra yaxshiroq va faolroq bo'lishingiz mumkin. Psixologiya orqali odamlardan o'zingizga kerakli bo'lgan narsalarni oling! Agar siz reklama uchun qiziqishlarga ega bo'lsangiz, @azizoff_ad ga murojaat qiling. Aloqa uchun esa, kanalimizga obuna bo'ling va o'z fikrlaringizni almashishingizga ruxsat bering. Ruhingizga zarramizni qo‘yishga hozir tayyormisiz?

Psixologiya

02 Jul, 18:18


#motivatsiya

💡Qisqichbaqa mentaliteti.

Tajribadan ma'lumki, agar biror paqir yoki idishga bir qancha qisqichbaqalarni solsak, u yerdan chiqmoqchi bo'lgan qisqichbaqa paqir og'ziga yetganida, boshqa qisqichbaqalar uni oyog'idan qisib orqaga tortishar ekan.

🧤Zoologlar aslida ular xam yuqoridagi tayanchga suyanib tashqariga chiqmoqchi bo'lishadi ammo alal oqibat xech qaysi qisqichbaqa idishdan chiqa olmaydi. Buni qisqichbaqa mentaliteti deyiladi.

🧤Odamlarda ushbu mentalitet kuchli rivojlangan. Masalan oddiy chekishni tashlamoqchi bo'lsangiz - Ovora bo'lma tashlolmaysan, yoki chekib ham uzoq yashab yurganlar bor deyishadi. YOki sport bilan shug'ullanib ozmoqchi bo'lsangiz sport bilan ozish mumkin emasligini ta'kidlashadi.

Aslida o'zlari sizning orqangizda qolishni istashmaydi. Ular qisqichli qisqichbaqalardir.

⭐️Xulosa 100 ta qisqichbaqa orqaga tortsada yanada kuchliroq bo'lib oldinga harakat qiling. Agar siz chiqsangiz ular baribir o'z idishlarini tark eta olmasligini ko'rasiz.

Psixologiya

22 Jun, 00:41


#FAKT

🧠Xotirani susaytiradigan holatlar haqida

🍰Ko'p shirinlik yeyish. Hozirgi kunda ko'plab oziq-ovqatlar tarkibida fruktoza yoki makkajo'xori siropi ishlatiladi. Ular ichimlik sodasi va boshqa alkogolsiz ichimliklar, shirinliklar, non, ziravorlar va hatto bolalar ovqatiga qo'shiladi.

🧁Fruktoza odatdagi shakarning o'rnini bosuvchi, xavfsiz, deb e'lon qilingan bo'lsa-da, uning xavfli ekanligi haqida dalillar mavjud. Fruktoza miyaning biz o'rganadigan va nimadandir xavotirlanadigan neyronlar o'rtasidagi aloqani sustlashtiradi.

📱Texnologiya asri. Ko'pchilik biron bir narsani qilishni unutmaslik uchun muhim sanalarni taqvimga qo'yadi va telefonga eslatmalar o'rnatadi, kalkulyatorga ishonishadi va GPS- navigatorlaridan foydalanishadi.

🧠Ma'lumotni o'zimiz emas, balki qidiruv tizimlaridan qidiramiz. Natijada, gipokampus, ya'ni xotirani konsolidasiya qilish bilan shug'ullanadigan miya maydoni juda ko'p harakat qilmaydi.

🛌Kam uxlash. CHarchagan miya ko'proq kuch sarf qilishi kerak. Uyqusizlik uzoq muddatli xotirani yomonlashtiradi.

🗓Bundan tashqari, diqqat, nimanidir rejalashtirish sustlashadi. Bu esa yangi g'oyalarni o'ylab topishga emas, shunchaki odatlarimiz doirasidan chiqib ketolmaslikka olib keladi.

🚶‍♀️Harakatsiz turmush tarzi xotiraga salbiy ta'sir qiladi. Tadqiqotchilar ko'p harakat qilmaydigan odamlarda xotirani shakllantirish va saqlash bilan bog'liq bo'lgan miyaning qisqarishini aniqladilar. Ushbu sohadagi o'zgarishlar Alsgeymer kasalligining dastlabki belgilaridan biridir.

🖥Ko'p vazifalarni birdan bajarish nafaqat mahsuldorlikni yomonlashtiradi, balki miyaga zarar yetkazishi mumkin.

Manba «Sog'lom hayot»

Psixologiya

20 Jun, 16:51


❗️#FAKT

AYOLLAR HAQIDA QIZIQARLI MAʼLUMOTLAR

• Kleopatra zahar solingan taomlarni sinab koʻrish uchun bir necha yuzlab choʻri ayollarni oʻldirgan.

• Ayol kishi erkakdan koʻra gʻam, mahzunlikka koʻproq bardoshli boʻladi.

• Ayol kishi erkakdan koʻra koʻproq uxlaydi.

• Bedorlik, uyqusizlik erkakdan koʻra ayolning jismiga koʻproq taʼsir qilarkan

• Onaning farzandlarga taʼsiri otaning taʼsiridan kuchliroq boʻlar ekan.

Sharq ayoli gʻarb ayolidan koʻra mehrliroq boʻlar ekan.

• Odatda erkaklar uyqudan ayollardan oldin uygʻonadilar.

• Erkakning miyasi ayolnikidan ogʻirroq boʻlar ekan.

• Ayol kishi ochlikka erkakdan koʻra chidamliroq, sabrliroq boʻlar ekan

• Ayol kishining tishlari erkaknikiga qaraganda kamroq yemiriladi.

• Ayol kishining goʻsht yeyishga moyilligi erkaknikiga nisbatan kam boʻlar ekan.

Ayol kishining fikrlari erkaknikiga nisbatan tez oʻzgaruvchan boʻlar ekan.

Ayolning goʻzalligi turmushga chiqqanidan keyin yana ziyoda boʻlar ekan

Psixologiya

19 Jun, 18:10


🧠 Келинг миямизга дам берамиз.

Одамчалардан биттасини танлаб охиригача кузатиб қўйинг ва буни 3 мартта такрорланг!
Натижасини кўрасиз.

Psixologiya

18 Jun, 14:45


#PSIXOLOGIK_FAKT

🏹Erkaklar - harakatlanayotgan mayda detallarni yaxshi farqlashadi, Shu sababli erkaklarda ovchilik xususiyati yaxshi rivojlangan.

(Ayollarda esa bunday hususiyat deyarli yo'q)

Psixologiya

18 Jun, 12:42


#PSIXOLOGIK_FAKT

👩‍🦰 Dunyodagi 2 foiz ayol o’zini chindan ham go’zal deb hisoblar ekan.

Psixologiya

18 Jun, 12:34


#PSIXOLOGIK_FAKT

🕰 7 soatdan kam uxlash insonda kuni bilan stress va uyqisirash alomatlarini keltirib chiqaradi

Psixologiya

18 Jun, 11:44


❗️#PSIXOLOGIK_FAKT

Kecha siz bilan sodir bo'lgan voqeaning bir qismini ya'ni 40 foizini siz abadiy unutasiz.

Psixologiya

18 Jun, 11:41


#USUL

Kamnamo bo'ling.

.Psixologiyada o'zingni boshqalar uchun defisit xolatga keltirish degan usul bor. Siz xar kuni yonida bo'ladigan odam asta sekin sizni qadrlamay qo'yadi.

.Buni u atay qilmaydi. Birinchidan bir xillikdan zerikadi ikkinchidan sizni unga muxtoj ekaningizni ochiq sezib xukmronlikka o'tadi.

.O'zingizni defisit qiling. Kamroq boring, kamroq ko'rishing. Toki sizni izlasin, qidirsin va osonlikcha erishmasin.

.Bo'lmasa bu ketishda qadrim bir tiyin deb afsuslanasiz
.

Psixologiya

18 Jun, 11:35


❗️#PSIXOLOGIK_FAKT

📲 90% odamlar o'zlari ifoda eta olmagan narsalarni SMS orqali yuborishadi

Psixologiya

27 May, 13:24


Тез жаҳли чиққадиган инсонлар аслида жуда меҳрибон ва нозик бўлади

Уларнинг бу ҳолатларинг асл сабаби эса ҳаёт давомида кўп ноҳақликка учраган, депрессия ҳолатларини кўп кўрганликлари ҳисобланади.

Psixologiya

24 May, 08:19


Siz hamma narsada mutaxassis bo'la olmaysiz

Ha, va bu juda zarur emas. Siz juda yuqori darajada tushunadigan sohalar bor, siz uchun unchalik oson bo'lmagan narsa bor. Hech qachon o'rganmagan yoki chuqurlashtirmagan sohadan biror narsani bilmasangiz, yomon narsa yo'q.

Darhaqiqat, o‘zini muayyan sohada “mutaxassis” sifatida ko‘rsatayotganlar ham ko‘pincha faqat nimanidir tushungandek ko‘rsatishadi. Demak, sizning bilimingiz taxminan bir xil bo'lishi mumkin, shunchaki siz o'zingizni juda kam bilaman deb o'ylaysiz va kimdir uning "mutaxassis" ekanligiga ishonch hosil qiladi.

Psixologiya

21 May, 12:08


SIZNI RUHLANTIRUVCHI MASLAHATLAR

1. Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang.

2. Siz ko’pchilik odamlar dangasa bo’lganligi sababli muvaffaqiyatga erishasiz - dangasa bo`lmang.

3. Har doim ko’zingizni ochib yuring. Kuzating. Chunki Siz ko’radigan har qanday narsa Sizni ruhlantirishi mumkin.

4. Maqsadga erishib oladigan narsangizdan maqsadga erishib yetishadigan darajangiz muhimroqdir.

5. Agar reja ish bermasa, rejani o’zgartiring. Ammo maqsadni emas.

Psixologiya

20 May, 15:01


TEST NATIJALARI!

Karta 1️⃣

Boshqalarning koʻziga: siz yuragingizni kimgadir ochishingiz juda qiyin, lekin barcha sizga ishonish mumkin deb hisoblaydi va kimdurning ishi tushganda "YOʻQ" deb ayta olmasligingizni ham bilishadi.

Siz haqingizdagi haqiqat: agar kimdir sizga yaqin boʻlmasa, sizning kuchli tomonlaringizni anglashi, bilib olishi qiyin boʻladi. Siz boshqalarni bezovta qilishni yoqtirmaysiz, siz hamma ishni har doim oʻzingiz qilasiz.

Karta 2️⃣

Boshqalarning koʻziga: siz ajoyib rahbar, aqlli va masʼuliyatli, hamma tomonlama hurmatga egasiz. Siz begonalarga sovuqqon va begona boʻlib tuyulasiz, lekin aslida siz juda doʻstonasiz, boshqalar sizning zaif tomonlaringizni koʻrishini istamaysiz.

Siz haqingizdagi haqiqat: siz juda yetuk insonsiz, lekin baʼzida siz oʻz temperamentingizni boshqarish qiyin kechadi, chunki sabrli emassiz. Bu sizning dushmanligingizni anglatmaydi, aksincha sizning chegaralaringizdan oʻtib ketishini istamaysiz xolos.

Karta 3️⃣

Boshqalarning koʻziga: siz boshqalarga gʻamxoʻrlik qilayotgan, hatto oʻzini qurbon qiladigan mehribon odamsiz. Siz sirli tuyulasiz va birinchi taʼssurotga ishonmaysiz.

Siz haqingizdagi haqiqat: siz haqiqatan ham juda kam tushunasiz, yuragingizni kamdan-kam tinglaysiz, qaror qabul qilishni istmaysiz.

Karta 4️⃣

Boshqalarning koʻziga: siz mustaqil shaxssiz. Siz kuchli va baquvvat insonsiz, siz juda quvnoq va juda masʼuliyatlisiz.

Siz haqingizdagi haqiqat: siz biroz dangasasiz, lekin juda aqlli va muammolarni qanday hal qilishni bilasiz. Siz hamma narsalarni qidirib topasiz, sirli, shu oʻrinda boshqalar sizning ichki kechinmalaringiz haqida bilishini istamaysiz.

Psixologiya

20 May, 12:18


Kartalardan birini tanlang va butun hayotingizni oʻzgartirib yuboradigan xabarni oling!

Boshqalar uchun siz qanday koʻrinasiz? Atrofingizdagi odamlar siz haqingizda qanday fikrda? Kartalardan birini tanlang va boshqalar sizni qanday koʻrayotganini bilib oling!
#psixologik_test

Psixologiya

20 May, 07:52


#Motivatsiya

.Har kuni o'zingizga eng yaxshilariga loyiq ekanligingizni ta'kidlang.

.Siz qachonki, loyiqlik hissini o'zingizda rivojlantirsangiz, Sizning olamingizda shu narsalar mavjud bo'lishni boshlaydi.

.Dunyoni o'zgartirishdan foyda yo'q. Uni o'zgartirishning ham iloji yo'q. Shunchaki har bir insonda o'zi uchun "O'Z OLAM"ini yaratib olish imkoni mavjud.

.Siz baxtli bo'ladigan olam mavjud emas. Siz baxtli bo'ladigan olamni faqat va faqat Siz yaratasiz.

.Unutmang, Siz dunyoga keraksiz. Kim bo'lishingizdan, qayerda bo'lishingizdan qat'iy nazar Siz kerakligingiz uchun mavjudsiz.

.Siz hech bir narsaga majbur emassiz. Lekin shuni unutmang Siz baxtli bo'lishga majbursiz va chin dildan haqlisiz.

Psixologiya

20 May, 07:49


Hayotning 7 muhim qoidalari.

Ushbu 7 qoidaga hayotini behuda sarflamoqchi bo'lmagan har bir kishi amal qilishi kerak deb o‘ylaymiz.

1. Ibodat qilishdan oldin - ishoning.
2. Aytishdan oldin - tinglang.
3. Pul sarflashdan oldin - ishlang.
4. Yozishdan oldin - o'ylab ko'ring.
5. Ketishdan oldin - sinab ko'ring.
6. O'limdan oldin - yashang.
7. So'zlashdan oldin - tushuning.

Psixologiya

19 May, 17:08


#JAVOBLAR

1⃣ Uy 🏠
Sizni hayotingizda jiddiy o'zgarishlar kutmoqda, tayyorlaning.
Sizning hayotingiz noldan boshlanadi.Sizga keskin o'zgarishlar kerak.
O'zingizning xayol va stereotiplaringiz bilan xayrlashish vaqti keldi.
Muvaffaqiyatga erishish yo'lida turgan yagona odam bu o'zingizdir.

2⃣ Qiz 👩
O'zgarishlar tom ma'noda sizning eshigingizni taqillatmoqda.
Ulardan qo'rqmang, ikkilanmang, bu o'zgarishlar yaxshi tomonga bo'ladi.
Siz, albatta, to'g'ri yo'ldan yurasiz, tez orada kerakli joyda bo'lasiz.Siz koʻproq o'zingiz haqingizda o'ylashingiz kerak.
Sizga munosib bo'lgan narsaga erishish uchun o'zingizni ko'proq qadrlashingiz kerak.

3⃣ Bir odam bilan yelkanli qayiq
Siz hayotingizni o'zgartirish arafasida turibsiz. Sizning qalbingiz qo'shiq aytishga tayyor.
Ayni paytda atrofingizdagi odamlarga sevgi va e'tibor bering.Siz bergan narsalar sizga ikki barobar boʻlib qaytib keladi va siz barcha muammolarni hal qilasiz.

4️⃣ Qushlar 🕊️
Siz muhim va qiyin qaror qabul qilishingiz kerak.
Sizga bir nechta variantlardan bitta yechimni tanlash qiyin bo'lishi mumkin.
Boshqalarning maslahatiga quloq solmang.O'zingizning sezgingizni yaxshiroq tinglang, bu sizga to'g'ri tanlovni aytib beradi.Maqsadlaringizni aniqlab olish va harakatlaringizga ustuvor ahamiyat berish vaqti keldi.Avvalo, rejalaringizni amalga oshirishga e'tibor qaratish uchun sizda iroda kuchli bo'lishi kerak.
Sizning shubhalaringiz to'sqinlik qilmasligi uchun yetarlicha g'ayratli bo'lishingiz kerak.

5️⃣ Daraxtlar🌳
Ba'zida hatto ahamiyatsiz narsalar ham sizni hissiyotlar bo'roniga olib kelishi mumkin.Tuyg'ularni bostirmang, ularni ichkariga haydamang, dam olishni va tinchlanishni o'rganing.Yaqin kelajakda siz uzoq vaqt davomida istagan narsangizga erishishingiz mumkin, lekin avval siz tuyg'u va aql o'rtasida muvozanatni saqlashingiz kerak.

Psixologiya

19 May, 16:21


#PSIXOLOGIK_TEST

Agar siz hozirgi holatingizni bilmoqchi bo'lsangiz, shunchaki rasmga qarang va birinchi boʻlib nimani koʻrdingiz???

1⃣ Uy
2⃣ Qiz
3⃣ Yelkanli qayiq va bir odam
4⃣ Qushlar
5️⃣Daraxtlar

Psixologiya

19 May, 16:14


#PSIXODIOGNOSTIKA

Oq rang koʻrish va endokrin tizimiga ijobiy taʼsir qiladi. Oq rangli kiyim terini mayinlashishiga yordam beradi.

Oq rang avvaliga jizzakilikni olib tashlashga yordam beradi, lekin uzoq vaqt bu rangdan foydalanish charchoq hissini ortishiga sababchi boʻladi.