PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN) @pediatric_uz Channel on Telegram

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

@pediatric_uz


Shifokor pediatr Maqsud Muxtorovning shaxsiy telegram kanali

Donat uchun: https://tirikchilik.uz/pediatric_uz

Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin! Manba ko'rsatilmasa rozi emasmiz!

Reklama👉 @tibbiy_reklama1

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN) (Uzbek)

Salom, sevgan do'stlar! Sizga hozirgi kunda O'zbekistondagi eng yaxshi va sifatli pediatrik xizmatlarni taklif qiladigan telegram kanaliga murojaat qilmoqchiman - "PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)". Bu kanal shifokor pediatr Maqsud Muxtorovning shaxsiy telegram kanalidir. Doxtor Muxtorovning so'ngi tajribalarini, yangi ilmiy ma'lumotlarni va maslahatlarini bu kanalda olishingiz mumkin. Kanalda donat va muhim maslahatlarning havolalari mavjud. Ehtiyot bo'lishingiz kerak bo'lgan har bir narsa bu kanalda mavjud. Agar sizning chaqirishlaringiz va savollaringiz bo'lsa, ularni yuborish orqali fikrlaringizni o'zimizga yetkazishingiz mumkin. Sizga maqsad Muxtorovning yangi video darslarini ko'rish imkoniyatini berish va tibbiy maslahatlardan savollaringiz uchun javob olish imkoniyatini taqdim etiladi. Kanalimizga a'zo bo'ling va sog'ligingizga qiziqishsin!

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

14 Jan, 16:53


Bolaning sut tishlarining tushishi va doimiy tishlarining chiqishi bo‘yicha ko‘p beriladigan savollarga javoblar

Bolaning sut tishlari chiqishidan ko'ra, ularning tushishi og'riqsiz va odatda muammosiz kechadigan jarayondir.

Sut tishlari qachon tushishni boshlaydi?

✔️Ko'pincha sut tishlari bolaning 5-6 yoshiga kelib tushishni boshlaydi.

Tajribali onalarning aytishicha, sut tushlari necha oyda chiqishni boshlagan bo'lsa, o'sha yoshda tushishni boshlaydi. Ya'ni ilk sut tishlari 7 oyda chiqqan bo'lsa, ularning tushishi bolaning 7 yoshiga to'g'ri keladi.

Sut tishlari qanday tushadi?

✔️Vaqti kelib bolaning yangi tishlari chiqa boshlaganda sut tishlari sekin-asta qimirlay boshlaydi va bir kuni tushib ketadi. Ular o'rnida milklar orasidan oqish rangdagi yangi tish chiqayotgani ko'rinib turadi.

Yangi tish chiqayotgan davrda nimaga ahamiyat bermoq lozim?

✔️Bu davrda bolaga kamroq shirinlik yeyish, kalsiy va minerallarga boy ozuqalardan oziqlanish, antibiotiklarni kamroq qabul qilish tavsiya etiladi.

Yangi tishlar chiqayotgan davrda bolaning sut tishlari orasi biroz kengayib ochilib qolishi kerak. Bu degani iyak yangi tishlarni to'g'ri chiqishiga tayyorgarlik ko'rayotgan bo'ladi. Agar chiqayotgan yangi tishlarga bo'shliq joy yetmayotgan bo'lsa, u holda bolani stomatologga ko'rsatish lozim. Bunda kerakli muolajalarsiz yangi tishlar qiyshiq bo'lib chiqishi mumkin.

Ildiz tishlari chiqishi qachongacha davom etadi?

✔️Odatda 14 yoshga qadar ildiz tishlari chiqib bo'ladi.

Ildiz tishlari qanday tartibda almashadi?

✔️Sut tishlari qanday tartibda chiqqan bo'lsa, ildiz tishlari huddi shunday tartibda ular bilan o'rin almashadi.

Qaysi hollarda stomatologga ko'rinish lozim?

Tishlar ustma-ust qiyshiq bo'lib chiqayotgan bo'lsa;
Bolaning daxani deformasiyalanayotgan bo'lsa;
Bolaning gapirishi g'alati bo'lib o'zgarib qolgan bo'lsa.
Ildiz tishlari chiqayotgan davrda ora-orada jarayonning sekinlashuvi ham kuzatiladi. Bunda organizm yangi tishlar uchun muhit va joy tayyorlayapti desak bo'ladi.

Ba'zida sut tishlari tushmay turib yangi tish chiqa boshlaydi. Bunda ba'zida stomatolog yordamida joyni bo'shatmayotgan sut tishini olib tashlash lozim, aks holda ildiz tishlari chiqa olmay qiyshiq o'sa boshlaydi.

❗️Muhim tavsiya! Sut tishlari karies bo'lib og'riyotgan bo'lsa, ular tushib ketadi deb davolamasdan olib tashlash mumkin emas. Stomatologlarning ta'kidlashicha, sut tishlari vaqtli olib tashlanishi noto'g'ri. Shuning uchun ularni ham oddiy tish singari davolash kerak va ular o'z vaqtida ildiz tishlari tayyor bo'lganida tushgani ma'qul.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

14 Jan, 14:09


Ba’zan onalar savol berishadi. Bolam falon oylik nechta tishi bo‘lishi kerak?

Bu savolga quyidagi formula orqali javob topamiz.
X=(n-12)+8
Bu yerda:
8- 1 yoshgacha chiqishi kerak bo'lgan tishlar soni
X - 1 yoshdan katta bolalardagi tishlar soni
n - bolaning necha oyligi

Masalan, bola 18 oylik 
(18-12)+8=14

Demak, 14 ta tishi bo'lishi kerak ekan. Bu albatta absolyut raqam emas, ba'zi bir sabablarga ko'ra tishlar oldinroq yoki keyinroq chiqishi mumkin. Yuqoridagi suratda siz sut tishlarining chiqish va tushish vaqtlarini ko'rib turibsiz.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

28 Dec, 16:37


Bolalarda skoliozning kelib chiqish sabablari qanday?

▪️Tug'ruq travmalari
▪️Markaziy genezli bolalar paralichi
▪️Mushaklar distrofiyasi
▪️Poliomiyelit
▪️Orqa miyaning zararlanishi
▪️Skeletdagi o'zgarishlarga olib keluvchi metabolik buzilishlar
▪️Umurtqa pog'onasiga vertikal bosimning haddan tashqari ortishi
▪️Noto'g'ri tana holatida uzoq muddat turish

❗️Eslatma: Kasalik asosan bolaning parta yoki stulda noto'g'ri statik holat ya'ni bukchaygan holda o'tirishidan yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun ota-onalar va o'qituvchilar bola maktabda va uyda qanday holatda o'tirayotganiga e'tiborli bo'lishlari lozim!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

28 Dec, 15:28


Bolaning immunitetini ko‘tarish uchun nima qilish kerak?

▪️Uyqu rejimi. 7 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun kunduzgi uyqu sog‘lik garovi hisoblanadi. Tungi uyqu kechki soat 22:00 dan boshlanishi, ertalabki uyqu esa 9:00 dan kech bo‘lmasligi lozim.
▪️To‘g‘ri ovqatlanish: vitamin A, B guruh, C, D vitaminlari, sinkka boy bo‘lgan mahsulotlar, go‘sht va baliq mahsulotlari, sabzavot, mevalarni ko‘proq iste’mol qilish lozim.
▪️Ko‘proq suyuqlik qabul qilish lozim. Bir kunda bir marta na’matak suvi ichirish kerak.
▪️Sayr qilish. Bir kunda kamida 2 soat toza havoda sayr qilish lozim.
▪️Boladagi stress. Har qanday darajadagi stress immunitet pasayishiga olib keladi.
▪️Suvda chiniqtirish. Kichik yoshdagi bolalarni kuniga 1-2 marta cho'miltirish, katta yoshdagi bolalarni sport to'garaklariga berish.
▪️Gigiyenaga rioya qilish. Ovqatlanishdan oldin qo'llarni sovunlab yuvish.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

26 Dec, 10:02


6-9 oylikkacha bo‘lgan bolalarga qo‘shimcha ovqat berish

Birinchi marta qo‘shimcha ovqatni kunning birinchi yarmida, bola injiqlik qilmagan va kasal bo‘lmagan paytda berish kerak.

Qo‘shimcha ovqat berish tartibi

📌Davriyligi: 6-9 oylikda kuniga 2 marta qo‘shimcha ovqat beriladi.
📌Miqdori: har safar 2-3 osh qoshiq ovqat beriladi, 7-10 kunda 2 barobar ko‘paytiriladi.
📌Quyuqligi: ovqat quyuq bo‘lsa, bolaga yedirish uchun qulay bo‘ladi. Bola 8 oyga kelib, qo‘li bilan yeyish mumkin ovqatlarni berish mumkin.
📌Xilma-xilligi: bo‘tqa(guruch yoki grechka), sabzavot pyuresi (kartoshka, sabzi, kobachki), mevalar(olma, banan).

Kerakli tavsiyalar
▪️Sabrli bo‘ling! Bola o‘rganishi uchun vaqt kerak.
▪️Rag‘batlantirish va “o‘yin” sifatida ovqatlantiring.
▪️Bolani ovqat yeyishga zo‘rlamang.
▪️Alohida idishdan foydalaning. Qancha ovqat yeganini bilishingiz uchun.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish
👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

26 Dec, 07:00


"FrutoNyanya" pechenyesi — har bir ushoqda kichkintoyingizga g‘amxo‘rlik!

Quvonch bilan o‘sayotganlar uchun! Pechenyemiz kichkintoylar uchun maxsus yaratilgan va bolalar uni 6 oylikdan boshlab iste’mol qilishi mumkin! Pechenyening o‘lchami va shakli mitti barmoqlarda tutish uchun qulay. Mayin tekstura uvalanmaydi va og‘izda oson eriydi. Xavfsiz tarkibi vitaminlar bilan boyitilgan, palma yog‘i qo‘shilmagan. Yopiladigan qulay o‘ramida pechenyelar ochilganidan keyin ham yangiligini saqlaydi — har qanday sayr yoki sayohat uchun aynan mos keladi. "FrutoNyanya" bilan quvonch ulashish shunchalik oson!

Ko‘proq ma’lumot olish uchun havolani bosing!

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

25 Dec, 13:04


Bolaning so‘lagi oqsa gijjaga tekshirish kerakmi?

👶Bolalarda so‘lak oqishi gijja(askaridoz) kasalligi belgisi bo‘lishi mumkin. Buni aniqlash uchun qon yoki ertalabki najasni laborator tekshirish kerak bo‘ladi.

👨‍⚕Gijja kasalligi tasdiqlangandan so‘ng gelmintolog yoki pediatr ko‘rigi olib borib, davolash maqsadga muofiq. Chunki gijja kasalligi anemiyaga sabab bo‘ladi, bu esa boshqa oqibatlarni yuzaga chiqarishi mumkin.

👨‍👩‍👦Gijja kasalliklari ko‘pincha yurishni boshlagan bolalarda va bog‘chaga boradigan bolalar orasida ko‘p uchraydi. Kasallikni oldini olishning yagona usuli bu - shaxsiy gigiyena rioya qilish va bolani shunga o‘rgatishdir.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish
👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

25 Dec, 10:37


⚡️ Бугун конкурснинг охирги куни!
🎁 IgE анализини бепул ютиб олинг!

Бугун соат 23:59 га қадар Доктор Аллерголог | ЧАТ гуруҳига энг кўп яқинларини қўшган 5 нафар инсонга умумий IgЕ анализини бепул текширтириб бераман. Агар Тошкентда эмас, қайсидир вилоятда бўлса мен умумий IgЕ анализ харажатини ғолибнинг картасига ўтказиб бераман.

❗️Эслатма: Ким нечта одам қўшгани автоматик ҳисоблаб борилади. Бу қандайдир лоторея эмас, тўлақонли сизнинг ҳаракатингизга боғлиқ. Атига 2-3 дақиқангиз кетади нари борса!

Гуруҳ линки: https://t.me/allergologlar

Барчангизга омад! Саломат бўлинг!

💬Telegram 📹Instagram 📹YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

22 Dec, 05:07


🍌🍐 Banan va nok pyuresi
#6oylikdan #qoʻshimcha

Mahsulotlar:
• nok - 1 dona.
• banan - 1/2 dona.
• suv - 30 ml.

Tayyorlanishi:
1. Nokni 15 daqiqa davomida bug'da pishiring.
2. Kesilgan banan bo'laklarini qo'shing va pyure holiga keltiring.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

20 Dec, 11:02


Bolalarda gidrosele - Moyaklar istisqosi

Moyak atrofidagi tunica vaginalisning visseral va parietal pardalari orasidagi suyuqlik miqdorini ko’payib ketishiga Gidrosele deyiladi. Aslida juda kam miqdorda suyuqlik boladi, bu suyuqlik moyaklarni ba’zi tashqi ta’sirlardan saqlash va bemalol harakatlanishini ta’minlaydi. Suyuqlik bir tarafdan ishlab chiqariladi va bir tarafdan so’riladi shu holatda muvozanatda bo’ladi agar so’rilishni buzilishi ro’y bersa gidrosele rivojlanadi. Bolalar orasida 1% uchraydi.

Faqatgina gidrosele bolsa 2 yoshgacha kutish tavsiya etiladi, juda katta bo’lmagan o’lchamlarda. 2 yoshdan keyin qaytmaganlarini ochiq jarrohlik usulida davolanadi.

Gidroseleni uy sharoitida ham aniqlash mumkin. Telefoningiz fonarini yoqib, yorg‘oqdagi shishsimon hosilaga tutasiz. Agar undan yorug‘lik o‘tsa, demak gidrosele bo‘ladi, xuddi rasmdagidek.

Rasm uchun uzr! Boshqacha qilib ko'rsatishni iloji yo'q!

©Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

20 Dec, 11:00


Odimlagich (xodunok)ni qanday zararli tomonlari bor?

Ko‘rinishidan xodunok xavfsizdek tuyuladi, aslida ham shundaymi?

📌Oyoqlarga va umurtqaga ta‘siri - bola hali yurishga tayyor emas, lekin xodunokda tik yurganda butun tana og‘irligi oyoqlarga tushadi va oyoqlarda maymoqlik va yassioyoqlik rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Muddatidan avval tik yurish umurtqa pog‘onasida ham deformatsiyalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
📌Muvozanatga ta’siri - xodunokda bola muvozanatini xodunok ta’minlaydi va muvozanat organi yaxshi rivojlanmaydi.
📌Yurishga ta’siri - xodunokda yurganda bola emaklash bosqichini o‘tkazib yuboradi. Oqibatda muskul va paylar yaxshi rivojlanmaydi. Bu esa yurishni kechikishiga sabab bo‘ladi.

Bolani xodunokda yuritib, undagi tabiiy jarayonlar kechikishiga sababchi bo‘lmang!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

19 Dec, 08:49


Bolaning nima chizayotgani uning yoshiga bog'liqmi?

▪️12-18 oy - har xil tushunarsiz chiziqlar, aylanaga oxshash shakl va ma'nosiz zigzaglar;

▪️2 yosh - vertikal chiziqlar;

▪️2.5 yosh - gorizontal chiziqlar, spiral;

▪️3 yosh - doira, quyosh;

▪️3.5 yosh - birinchi odamcha, krestik;

▪️4 yosh - kvadrat, bola unga tanish bo'lgan narsalarni chizishga harakat qiladi;

▪️5 yosh - geometrik shakllar, kiyim kiygan odamcha;

▪️6 yosh - harakatdagi hayvon va odamlar, uy jihozlari, bog'cha.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

16 Dec, 14:02


Bolalar uchun sabzining foydali jihatlari

🥕Ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi
Sabzida beta-karotin juda ko‘p. Beta-karotin organizmda A vitaminiga aylanadi, bu esa ko‘zning to‘g‘ri ishlashi va ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi. Ayniqsa, qorong‘ida ko‘rishni kuchaytiradi.

🥕Immunitetni mustahkamlaydi
Sabzining tarkibidagi C vitamini va antioksidantlar bolalarning immun tizimini kuchaytiradi va kasalliklarga chidamliligini oshiradi.

🥕Terini sog‘lom saqlaydi
A vitamini va antioksidantlar terining sog‘lom va yumshoq bo‘lishiga yordam beradi, shuningdek, toshmalar va boshqa teri muammolarini kamaytiradi.

🥕Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi
Sabzi tarkibida kletchatka (oziq tolalari) ko‘p bo‘lib, ovqat hazm qilish tizimini yaxshilaydi, ich qotishining oldini oladi.

🥕Tish va milklar uchun foydali
Sabzini chaynash tishlar va milklar mushaklarini mustahkamlaydi, shuningdek, og‘iz gigiyenasini yaxshilaydi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

16 Dec, 05:50


Chaqaloqlarda iyak titrashi normal holatmi?

3-oygacha bo'lgan go'daklarda iyak titrashi normal holat hisoblanadi. Iyak titrashi ko'pincha oziqlantirish(emizish) yoki cho'miltirish vaqtida, yig'lash jarayonida, ba'zan esa uyqu vaqtida ham yuzaga keladi. 3 oydan katta bolalarda esa nevrologik yetilmaganlik yoki patologik holat belgisi bo'lishi mumkin.

Iyak titrashining fiziologik va patologik sabablari:

▪️Fiziologik titrash 3 oylikkacha bo'lgan go'daklar uchun xarakterli hisoblanadi. Asosan chala tug'ilgan chaqaloqlarda uchraydi. Sabablari: gormonlar ta'siri, ochlik, diskomfort xona harorati, yorqin yorug'lik, qattiq shovqin, tana holatini birdan o'zgartirish, og'riq his qilish.

▪️Patologik iyak titrashiga miyadagi gipoksiya, kalla ichi bosimining ortishi, qalqonsimon bez kasalliklari va boshqa buzilishlar sabab bo'lishi mumkin.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

16 Dec, 04:36


Bola nutqi rivojlanishi bosqichlari (1 yoshdan-7 yoshgacha)

💭1 yosh 3 oy - bola 6 taga yaqin so'zni biladi. Oddiy talablarni tushuna oladi, tanish so'zlarni rasmda ko'rsata oladi.

💭1 yosh 6 oy - badanining 1/2 qismini ayta oladi, 7-20 tagacha so'zni biladi.

💭1 yosh 9 oy - badanining 3-4 qismini aytadi. 20 ta so'zni biladi. Ikki so'zdan iborat bo'lgan iboralarni qo'llaydi ("choy ber", "ada keldi")

💭2 yosh - bu yoshda bola badanining 5 qismini ayta oladi. 50 ga yaqin so'zni biladi. Ikki bosqichli iboralarni tushunadi ("Oshxonaga borib", "sochiq olib kel"). "Men", "Sen", "U" kabi so'zlarni tushunadi. Iboralari ikki so'zdan iborat. p, b, m, f, v, t, d, n, k, g, h harflarni ayta oladi. s, z, sh, j, ch,r, l harflarni odatda qoldirib etadi.

💭2 yosh 6 oy - sonlarni tushuna boshlaydi. "Nima?", "Qayerda?" savollarni tushunadi. s,z,l harflarini ayta oladi.

💭3 yosh - bolaning so'z boyligi 250-700 gacha. Iboralari bir nechta so'zdan iborat. Ko'plikni biladi. "Chunki", "Agar", "Qachon" so'zlarni ishlata oladi. Qiyin talablarni tushunadi ("Piyolani ichiga qoshiq solib qo'y"). Yengil ertaklarni eshitib, tushunadi.

💭4 yosh - "Qancha", "O'rniga", "Keyin", "Qayerga" kabi so'zlarni iboralarda ishlata oladi. So'z boyligi 1500-2000 gacha. "Bolalarcha" harflarni yumshatib gapirishi yo'qoladi.

💭5 yosh - bolaning so'z boyligi 2500-3000 ga yetadi. Tildagi barcha harflarni bemalol ayta oladi. Qiyin iboralarni qo'llab, o'z fikrini, istagini ifodala oladi. So'zdagi harflar tartibini almashtirmay gapiradi.

💭5 yoshdan 7 yoshgacha - 7 yoshga kelib bola so'z boyligi 3500 ga yaqin bo'ladi. Bunda ta'surotli so'zlar soni ko'payadi. Bolada tilga e'tibori oshadi. Atrof- muhitni so'z bilan baholay olish qobiliyati bo'ladi. Bolaning psixologik holati maktabga tayyorlanadi.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

15 Dec, 06:46


Ko'kyo'tal (Pertussis) – bu o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, asosan nafas yo‘llariga ta'sir qiladi va kuchli, davomli yo‘tal xurujlari bilan xarakterlanadi. Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi Bordetella pertussis bakteriyasi hisoblanadi.

Ko'kyo'tal klinik belgilari:

1. Inkubatsion davr (7-10 kun):
Belgilarsiz davr, bakteriya organizmga kirib ko‘payadi.

2. Kataral davr (1-2 hafta):
Dastlab shamollash alomatlariga o‘xshash belgilar:

▪️Burun bitishi yoki oqishi
▪️Yengil yo‘tal
▪️Harorat ko‘tarilishi (ko‘pincha yengil)
▪️Umumiy holsizlik.

3. Paroksizmal davr (2-6 hafta):
Kuchli va xurujli yo‘tal xurujlari boshlanadi:

▪️Yo‘tal tutqanoq shaklida kelib, uzoq davom etadi.
▪️Nafas chiqarganda hushtakdek ovoz eshitilishi mumkin.
▪️Yo‘tal paytida yuz qizarishi yoki ko‘karishi mumkin.
▪️Ko‘p hollarda yo‘tal oxirida qayt qilish kuzatiladi.
▪️Kechasi xurujlar yanada kuchayadi.

4. Rekonvalessensiya davri (2-3 hafta):
Yo‘tal xurujlari asta-sekin kamayadi, umumiy holat yaxshilanadi.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

15 Dec, 04:48


Alisher va Gripp (virusi) suhbati

Alisher o‘z xonasi devorida o‘rmalab yurgan g‘aroyib maxluqchani ko‘rib qoldi. Yaqinlashib qarasa, gripp ekan. Chaqqon bola emasmi, oshxonadan tezda shisha idish olib kelib, grippni qamab qo‘ydi.
– Ushlab oldimmi?! Ana endi, singlim Nargizani kasal qilganing uchun ta’ziringni beraman!
– U men emas, boshqa gripp edi. Men yaqinda ish boshladim, hali ko‘p narsani bilmayman, – dedi qo‘rqib ketgan maxluqcha.
– Unda bu yerda nima qilyapsan? – so‘radi Alisher qovog‘ini uyib.
– Haligi... Seni kasal qilgani keluvdim, – dedi gripp uyalib.
– Hali shunaqami?! – Alisherning jahli chiqib ketdi.
U idishga qaynoq suv quyib grippni yo‘q qilmoqchi bo‘ldi.
– To‘xta, meni jazolama. Balki, kelisharmiz?.. – ko‘zlari yoshlanib iltimos qildi u.
– Kelishamiz, gripp bilan-a?!
– Nima qipti? Meni qo‘yib yuborsang, kasallikdan saqlanishning hech kim bilmaydigan sirlarini aytib beraman.
– Mayli, roziman, lekin shunda ham boshqalarni kasal qilmaslik sharti bilan, – dedi Alisher.
– Unda, eshit. Biz, asosan, havo orqali yuqamiz. Gripp bo‘lmaslik uchun quyidagi maslahatlarimga amal qil.
💊 Maktabda va avtobusda, albatta, dokali niqob taqib yur. Chunki bunday joylarda biz judayam ko‘p bo‘lamiz.
💊 Qo‘ling bilan burning va og‘zingni ko‘pam ushlayverma. Biz ko‘proq bolalarning qo‘llariga yopishib olamiz. Shu uchun ham qo‘lingni tez-tez sovunlab yuv.
💊 Kasal bo‘lib qolgan o‘rtoqlaring bilan masofa saqla. Chunki ular aksa urganda menga o‘xshagan grippchalar senga ham yopishib oladi.
💊 Xonangni tez-tez shamollatib tur. O‘shanda devor va buyumlarga joylashib olgan viruslar uzoqlarga uchib ketadi.
💊 Vaqtida ovqatlanib, vaqtida uxlashni unutma. Charchagan va qorni och bolalarni biz osongina kasal qilib qo‘yamiz.
– Agarda shu qoidalarga amal qilsang, hech qachon gripp bo‘lmaysan!
– Tushunarli. Albatta, bularga amal qilaman. Sen-chi, endi nima qilasan? – so‘radi Alisher.
– Ishdan bo‘shayman. Bolalarni kasal qilish o‘zimga ham yoqmaydi. Keyin esa sayohatga chiqaman. Kichkinaligimdan asalariga o‘xshab guldan gulga qo‘nib yurishni orzu qilardim. Sen esa, hech qachon kasal bo‘lma! Xayr, do‘stim.
Alisher bilan xayrlashgan gripp oyna orqali tashqariga chiqib, ko‘zdan g‘oyib bo‘libdi.

Qadrli onalar! Ushbu hikoyani bolalaringizga o‘qib bering! Va ularni grippdan asrang!

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

13 Dec, 04:18


Ko'krak yoshidagi bolalarda ovqat allergiyasiga sabab bo'ladigan top 5 oziq-ovqat mahsulotlari

▪️Sigir suti - 25 dan ortiq antigenlar saqlaydi, termik ishlov berilganda antigenlik xususiyati pasayadi. 75-80% holatda allergiya chaqirishi mumkin.
▪️Tovuq tuxumi - uning tarkibida bir qancha antigen oqsillar mavjud. Termik ishlov berilganda antigenlik xususiyatini saqlaydi. 60-90% holatda allergiya chaqirishi mumkin.
▪️Baliq - allergenlari termostabil bo'lib, allergenlik xususiyatini saqlaydi. 55-50% holatda allergiya chaqirishi mumkin.
▪️Bug'doy mahsulotlari - 12,5-40% holatda gliadin, glyuten va boshqa oqsillar hisobiga allergiya chaqirishi mumkin.
▪️Sitrus mevalar - ayniqsa apelsin, limon, mandarin 25-30% holatda allergiya chaqirishi mumkin.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

13 Dec, 03:29


Go'daklarda tish chiqish alomatlari

▪️Bolaning milklari bo'rtishni boshlaydi.
▪️Bolaning milklari och pushti yoki oqish rangga kiradi.
▪️Tish chiqishidan taxminan bir oy oldin ko'p so'lak oqishni boshlaydi
▪️Bola hamma narsani og'ziga olib chaynashni xohlaydi(milklardagi qichishish hisobiga).
▪️Tana harorati ko'tariladi ( ko'pi bilan 37-38 °C gacha) va ko'p vaqt o'tmay o'zi tushadi.
▪️Bola injiqroq bo'lib qoladi, ba'zan emishni ham xohlamasligi mumkin.
▪️ Bolaning uyqusi buziladi yoki uyqu rejimi o'zgaradi.
▪️Bola emayotganda ona ko'kragini yoki qo'lini tishlashni xohlaydi.
▪️ Bolaning ishtahasi pasayadi
▪️Bolaning najasi suyuqlashadi, ichi ketadi(najas rangi va hidi o'zgarmagan holda)

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

11 Dec, 08:07


💊Bolalarda shamollashni antibiotik bilan davolash qanchalik to'g'ri?

📜Ishonchli manbalardan qarab ko'ramiz.

1. Mayo Clinic - "Bakterial infeksiya borligi isbotini topmaguncha, antibiotiklarni shamollashda ishlatish kerak emas".

2. JAMA(Amerika tibbiyot assotsatsiyasi jurnali) - "Antibiotiklar shamollashni davolashda foyda bermaydi, chunki ular viruslarni emas, faqatgina bakteriyalarni o'ldiradi".

3. CDC(AQSH kasalliklarni oldini olish va nazorat qilish markazi) - "Shamollash chaqiradigan viruslarga qarshi antibiotiklar ta'sir qilmaydi va holatingizni yaxshilamaydi".

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

11 Dec, 06:02


Qizamiq kasalligining klinik belgilari

Kataral davri belgilari:
▪️konyuktivit
▪️isitma 37,5 dan 39,5 °C gacha
▪️holsizlik
▪️bosh og'rig'i
▪️tumov
▪️quruq yo'tal
▪️tomoq qizarishi

Toshma toshishidan 1-2 kun oldin lunjlar shilliq pardasida oq rangli qizil halqa bilan o'ralgan Koplik dog'lari(chapdagi rasm) paydo bo'ladi. Qizamiq kasalligini erta tashxislash uchun xos belgi hisoblanadi.

Toshma toshish davri:
Qizamiq toshmasi kasallikning 4-5 kunidan 3 kun davomida toshadi.
▪️1-kun toshmalar dastlab quloq orqalariga bir kecha-kunduz davomida davomida yuz, bo'yin va ko'krak yuqori qismi yelkagacha toshadi.
▪️2-kun tana(o'ngdagi rasm) va qo'llarning yuqori qismiga toshadi.
▪️3-4 kun qo'l va oyoqning barcha qismiga toshadi. Dog' va papulalar kattalashib bir-biriga qo'shilib ketadi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

10 Dec, 15:17


Chaqaloqning burni qanday tozalanadi?

Chaqaloqlar burnini tozalash uchun bizga aspirator, pipetka, maxsus suyuqlik (NaCl yoki akvalor) va steril salfetkalar kerak bo‘ladi.

Avvalo chaqaloq burni ichida tiqilib qolgan moddalar yumshatiladi. Buning uchun chaqaloq burniga maxsus suyuqlikdan 1-2 tomchi tomiziladi. 5-10 daqiqa kutiladi va burnidagi tiqilmalar maxsus aspirator yordamida tortib olinadi.

❗️Eslatma. Muolaja o‘tqazilldigan paytda bola uyg‘oq bo‘lishi kerak. Aspirator va pipetka ishlatib bo‘lgandan keyin dezinfeksiya qilinishi lozim!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish
👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

06 Dec, 15:53


Bolalar amaliyotida isitma tushuruvchi va yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida qo‘llaniladigan 💊Ibuprofen(Ibufen D, Sinepar) tarkibli siroplarni qanday dozada berish kerak?

💠3 dan 6 oylikkacha bo‘lgan ko‘krak yoshidagi bolalarga(5-7,6 kg)
sutkasiga 2,5 ml dan 3 mahal

💠6 dan 12 oylikkacha bo‘lgan ko‘krak yoshidagi bolalarga(7,7-9 kg)
sutkasiga 2,5 ml dan 3-4 mahal

💠1 yoshdan 3 yoshgacha (10-15 kg)
sutkasiga 5 ml dan 3 mahal

💠4 yoshdan 6 yoshgacha (16-20 kg)
sutkasiga 7,5 ml dan 3 mahal

💠7 yoshdan 9 yoshgacha (21-29 kg)
sutkasiga 10 ml dan 3 mahal

💠10 yoshdan 12 yoshgacha (30-40 kg)
sutkasiga 15 ml dan 3 mahal

❗️Yuqoridagi dozalar ma’lumot uchun berildi. Preparatni qo‘llashdan oldin vrach Pediatr bilan maslahatlashing!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

06 Dec, 15:47


Vitamin D3 (Xolekalsiferol) tomchilari

Ikki ko‘rinishda bo‘ladi:
-suvli eritmasi(akvadetrim,koledan)
-moyli eritmasi(vigantol)

Ko‘pincha yoz oylarida suvli eritmasi, qish oylarida esa moyli eritmasi buyuriladi. Ingichka ichakda suvli eritmasi moyliga nisbatan yaxshiroq so‘riladi.

1 ml eritmada 30 tomchi saqlaydi. 1 tomchi eritmada 500 XB vitamin D3 bo‘ladi.

Profilaktika uchun 1 oylikdan 2-3 yoshgacha 1-2 tomchidan buyuriladi. Yoz oylarida 1 tomchigacha kamaytiriladi.

Raxitni davolash uchun 2 dan 10 tomchigacha kasallikni og‘irlik(I, II va III) darajasiga qarab 4-6 hafta davomida buyuriladi.
Suyakdagi yaqqol o‘zgarishlarda 10 tomchi buyuriladi.

Preparat ertalab (8:00 gacha) 1 qoshiq suyuqlik(suv, sut) bilan beriladi.

❗️Yuqoridagi dozalar faqat ma’lumot uchun berildi. Bolaga preparatni berishdan oldin vrach Pediatr bilan maslahatlashish zarur.

©Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

30 Nov, 07:05


Belgilari:

Blennoreya odatda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda hayotining birinchi haftasida rivojlanadi:

▪️Ko‘zning qattiq qizarishi.
▪️Ko‘zdan ko‘p miqdorda, ko‘pincha sarg‘ish-yashil rangdagi yiringli ajralma ajralishi.
▪️Ko‘z qovoqlarining shishishi va yopilib qolishi.
▪️Qichishish, achishish.

Davolash:

Blennoreya xavfli kasallik bo‘lib, o‘z vaqtida va to‘g‘ri davolashni talab qiladi:

1. Antibiotiklar:
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda intravenoz yoki mushak ichiga sefalosporinlar yuboriladi. Shuningdek, ko‘zlarga maxsus antibiotik malhamlar suriladi yoki tomchilar (masalan, eritromitsin) tomiziladi.

2. Ko‘z gigiyenasi:
Ko‘zdan ajralayotgan ajralmalarni iliq fiziologik eritma bilan muntazam ravishda tozalash tavsiya etiladi.

3. Shifoxonada kuzatish:
Og‘ir holatlarda yoki chaqaloqlarda kasallik asoratlarini oldini olish uchun statsionar davolash zarurati bo‘lishi mumkin.

Profilaktika:

▪️Tug‘ruqdan keyin chaqaloqlarning ko‘zlariga antibiotik malham (odatda eritromitsin) surtish.
▪️Homiladorlik paytida onaning jinsiy yo‘ldagi infeksiyalarini (xususan, gonoreya va xlamidiya) aniqlash va davolash.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

30 Nov, 07:04


Blennoreya qanday kasallik?

Blennoreya (yoki gonoblenoreya) — bu ko‘zning shilliq qavatining yallig‘lanishi bo‘lib, ko‘pincha gonokokk bakteriyasi (Neisseria gonorrhoeae) tomonidan chaqiriladi. Kasallik odatda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda uchraydi.

Onaning tug‘ruq yo‘llaridagi gonokokk infeksiyasi chaqaloq ko‘zining infeksiyalanishiga olib keladi. Tug‘ruq paytida bakteriyalar bola ko‘zining shilliq qavatiga tushadi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda infeksiya rivojlanishini oldini olish uchun ko‘zlariga profilaktik antibiotik tomchilar tomiziladi yoki malham suriladi.

Davomi keyingi postda.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

29 Nov, 04:06


Odimlagich (xodunok)ni qanday zararli tomonlari bor?

Ko‘rinishidan xodunok xavfsizdek tuyuladi, aslida ham shundaymi?

📌Oyoqlarga va umurtqaga ta‘siri - bola hali yurishga tayyor emas, lekin xodunokda tik yurganda butun tana og‘irligi oyoqlarga tushadi va oyoqlarda maymoqlik va yassioyoqlik rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Muddatidan avval tik yurish umurtqa pog‘onasida ham deformatsiyalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
📌Muvozanatga ta’siri - xodunokda bola muvozanatini xodunok ta’minlaydi va muvozanat organi yaxshi rivojlanmaydi.
📌Yurishga ta’siri - xodunokda yurganda bola emaklash bosqichini o‘tkazib yuboradi. Oqibatda muskul va paylar yaxshi rivojlanmaydi. Bu esa yurishni kechikishiga sabab bo‘ladi.

Bolani xodunokda yuritib, undagi tabiiy jarayonlar kechikishiga sababchi bo‘lmang!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

27 Nov, 11:39


Bolaning ilk qo‘shimcha ovqati nimalardan iborat bo‘lishi kerak?
Olti oyga to‘lgan o‘g‘il-qizlar rasioniga qanday oziq-ovqat mahsulotlari kiritilishi zarur?

Manba: unicef.uz

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

27 Nov, 10:34


Jamiyat farovonligi yo‘lida har kuni mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlariga bo’lgan hurmat va minnatdorchilik sifatida "Golden House" kompaniyasi turar joy majmualarimizda xonadon sotib olish uchun alohida shartlarni taklif etadi.

2024-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha barcha tibbiyot xodimlari uchun "Harizma", "Assalom Jomiy", "Assalom Havo", "Assalom Sohil" va "Assalom Do‘stlik" turar-joy majmualaridan foydali shartlar asosida uy-joy sotib olish imkonini beruvchi aksiya amal qiladi. Barcha xonadonlar tayyor ta'mirlangan holda topshiriladi, bu esa darhol ko'chib o'tish va qulay sharoitlarda yashashni boshlash imkonini beradi.

Aksiya shartlari:
Boshlang‘ich toʻlov uchun foizsiz 6 oygacha muddatli toʻlov.
To‘lovni to‘liq amalga oshirish yoki ipotekani rasmiylashtirishda qo'shimcha 5% chegirma.

📞 +(998) 78-113-02-42
🌐 gh.uz
💛 Telegram

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

26 Nov, 17:04


🌡Bolalar isitma qilgan paytda parasetamol(Sefekon D) shamchalari va tabletkasini qanday dozalarda qo‘llash kerak?

Shamchani bir martalik qo‘llash dozalari:

-1 oylikdan 3 oylikgacha - 50 mg
-3 oylikdan 3 yoshgacha - 100 mg
-3 yoshdan kattalarga - 250 mg

❗️Bir kunda 3 tagacha shamcha qo‘llash mumkin!

Tabletkani bir martalik qo‘llash dozalari (Parasetamol 200 mg tabletkasi uchun):

-1 oylikdan 3 oylikgacha - 50 mg (1/4 tab yoki chorak tab)
-3 oylikdan 3 yoshgacha - 100 mg ( 1/2 tab yoki yarimta tab)
-3 yoshdan kattalarga - 200 mg (1 tab )

❗️Tabletkani ham yuqoridagi dozada kuniga 3 mahal berish mumkin!

‼️Eslatma! Tabletka va shamchalarni bola tana harorati 38 °C dan oshgandan keyin qo‘llash mumkin!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

25 Nov, 15:47


Bolalar virusli Gepatit Aga qarshi necha yoshdan boshlab emlanadi?

Virusli Gepatit Aga qarshi emlash bolalarda 1 yoshdan boshlab amalga oshiriladi.

Bizda 1 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan bolalarga asosan Gepatit Aga qarshi vaksinatsiya uchun "Havriks"(720TB/1 doza) qo'llaniladi.

Preparat 2 yoshdan katta bolalarning yelka mushaklariga, 2 yoshdan kichik bolalar sonining old-lateral yuzasiga inyeksiya qilinadi.

Bolalarda gepatit Aga qarshi vaksinatsiya qilish sxemasi bo'yicha preparat ikki dozada yuboriladi. Birinchi dozadan 6-12 oy vaqt o'tib ikkinchi doza kiritiladi. Dozalar orasidagi interval 5 yildan oshmasligi kerak.

❗️Eslatma: Vaksinatsiya pediatr ruxsati va nazorati ostida amalga oshiriladi! Gepatit Aga qarshi emlash respublika profilaktik emlashlar kalendarida mavjud emas.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

22 Nov, 11:07


ARLEKIN SINDROMI

Ko‘proq chala tug‘ulgan chaqaloqlarda qon-tomir fenomeni ko‘rinishida ko‘zga tashlanadi. Ehtimol, bu vegetativ regulyatsiya mexanizmi disbalansi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

Yonbosh holatda yotgan chaqaloqlar terisida, tanasining yuqori yarmida oqarish va pastki yarmida esa yorqin qizil rang aniqlanadi.

U bola holatini o‘zgartirishi bilan almashinadi.

Davolash shart emas, bir necha daqiqadan so‘ng o‘tib ketadi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

21 Nov, 16:00


Bola qanday rivojlanadi?

1-oylik - tur xil ovozlar chiqaradi, oyoq-qo‘llarda tartibsiz harakatlar

2-oylik - harakatdagi narsalarni kuzatadi, jilmayadi.

3-oylik - kuladi, gu-gulaydi, vertikal holatda boshini ushlaydi.

4-oylik - tovush kelgan tomonga boshini buradi, yaqinlar ovozini faqlaydi. O‘yinchoqni ushlaydi, og‘ziga olib boradi.

5-6-oylik - qo‘lidan ushlasa yoki ba'zan mustaqil o‘tiradi, chalqancha holatdan yonboshga yoki qorniga o‘griladi, o‘yinchoqlarni kuzatadi va ko‘taradi.

7-8-oylik - mustaqil o‘tira oladi, oyoqqa turishga harakat qiladi, onasiga va tanishlar qo‘l cho‘zadi va chapak chaladi, ma-ma, da-da deya oladi.

9-10-oylik - emaklaydi, tizzasiga tura oladi, kattalar yordamida oyoqqa turadi va ushlab yuradi, qoshiqdan ovqat yeydi. Dada, mama so‘zlarini ayta oladi

11-12-oylik - qo‘lidan ushlasa o‘zi yuradi, lekin ko‘p yiqiladi, mustaqil ovqat yeyishga harakat qiladi, ba'zi so‘zlarni ayta oladi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish
👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

20 Nov, 15:09


Bolalarda bo'y va vazn normalari

Manba: Doctor Ziyod

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

20 Nov, 06:46


O'zbekiston Respublikasida profilaktik emlashlar kalendari

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

19 Nov, 15:06


Toshkent viloyatida 7 kilogrammlik chaqaloq tug‘ildi

Nurafshon shahar tug‘ruq kompleksida vazni deyarli 7 kg bo‘lgan chaqaloq dunyoga keldi.

Ayni damda onaning ham, bolaning ham ahvoli yaxshi. Bunday holat Toshkent viloyatida  birinchi bor kuzatilayotgani aytilmoqda.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

19 Nov, 14:06


Bolalarda adenoid borligini kasallik belgilariga qarab aniqlaymiz.

📌Tez-tez burun bitishi, davolash yordam bermaydi.
📌Burun orqali nafas olishni qiyinlashishi
📌Og‘zini ochib uxlash
📌Xurrak otish
📌Uyqu buzilishi
📌Ovoz tembrining o‘zgarishi
📌Ko‘z qizarishi va yosh oqishi
📌Eshitishning pasayishi
📌Quruq yo‘tal, asosan ertalab
📌Qo‘zg‘aluvchanlik va tez charchab qolishi
📌Bosh og‘rig‘i
📌Nevrologik tiklar yoki ko‘zini tez-tez ochib yumish

❗️Yuqorida belgilar aniqlanganda bolani darhol vrach LOR ko‘rigiga olib boring!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

18 Nov, 15:52


Chaqaloqlarda qorin dam boʼlishi sababi nima?

Ichaklarda gaz hosil boʼlishi –3 oylikkacha bo‘lgan chaqaloq organizmi uchun normal holat hisoblanadi. Gazlar oshqozon-ichak tizimida quyidagi sabablar natijasida paydo boʼladi:

Bolakay emish vaqtida havo yutishi;

Kislotali oshqozon shirasi ichakka tushishi va ichakda oshqozon osti bezi ishlab chiqaradigan fermentlar natijasida neytrallanishi;

Аyrim bakteriya mikroflorasi koʼpayishi natijasida ovqat mahsulotlarining parchalanishi.

Sun'iy oziqlantirish;

Ona hamda bolaning antibiotiklar qabul qilishi;

O'tkir ichak infeksiyalari;

Sutdagi laktozani parchalaydigan ferment yetishmovchiligi;

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

15 Nov, 07:31


Chaqaloqlarda tug‘ruq travmalaridan keyin yuzaga keladigan - kefalogematoma

https://telegra.ph/Chaqaloqlarda-kefalogematoma-06-03

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

07 Nov, 08:14


Chaqaloqlarda kindik churrasi

Kindik churrasi–qorin old devori mushaklari paylarining rivojlanishi va o‘zaro bitishidagi buzilishlari tufayli bitmay qolgan kindik halqasidan charvi yoki ichakning teri ostiga chiqishidir. Kindik halqasi, ya’ni churra darvozasi turli o‘lchamlarda bo‘ladi. Ayrim bolalarda u 1-2 smni, boshqalarda esa 3-4 sm tashkil qiladi. Odatda bu hosilani bola tinchlanganida osonlik bilan barmoqlarimiz orqali qorin bo‘shlig‘iga tushirish imkoniyati mavjud.

Tug‘ruq paytidagi travmalar, ich kelishi va siydik chiqarishdagi qiyinchiliklar, yo‘tal tufayli bola bezovtaligining kuchayishi hisobiga churra o‘lchami kattalashib boradi. Bu esa mavjud klinik belgilar yanada chuqurlashishiga sabab bo‘lishi mumkin.

❗️Eslatma: Agar bolada qisilgan churra belgilari ya'ni churra qorin bo'shlig'iga to'g'rilanmasa, qusish, meteorizm, qattiq yig'lash kuzatilsa, zudlik bolani shifokor ko'rigiga olib borish zarur!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

07 Nov, 04:02


Bolajonlarga yogurtni necha yoshdan berish mumkin?

Bir yoshgacha bo'lgan bolalar uchun yogurt qo'shimcha ovqatlar tarkibiga kiradi.

Yogurt tarkibida quyidagilarni saqlaydi:
• Oqsillar
• Yog'lar
• Kalsiy va fosfor
• Prebiotik va probiotik
• A, B1, B2, B12 vitaminlari

Bolalarga yogurtni 8 oylikdan boshlab berish mumkin. Yogurtni dastlab 1 choy qoshiqdan berishni boshlang. Agar bolada hech qanday allergik belgilar aniqlanmasa, kunlik miqdorni asta-sekin oshirib borsa bo'ladi.

❗️Sigir suti oqsiliga allergiyasi bor bolalarga yogurt berish tavsiya etilmaydi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

07 Nov, 03:17


Guruchli bo‘tqa qovoq bilan - 1 yoshdan oshgan bolalar uchun
#taomnoma #nonushta

Mahsulotlar:
•Sut - 2 stakan
•Guruch - 3 osh qoshiq
•Qovoq - 5 osh qoshiq
•Shakar - 2 choy qoshiq
•Tuz - ta‘bga ko‘ra

Tayyorlanishi:
1.Guruch sovuq suvda yuviladi, kub shaklida kesilgan qovoq va sut qo‘shiladi, olovga qo‘yiladi.
2.Qachonki sut qaynashni boshlagandan keyin shakar va tuz qo‘shiladi. Past olovda 15-20 daqiqa qaynatiladi, ora-orada kovlab turiladi.
3. Tayyor bo‘lgan bo‘tqaga saryog‘ qo‘shish mumkin.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

28 Oct, 16:01


🤧Yurtimizda mavsumiy gripp kasalligi yana bo‘y ko‘rsatishni boshladi

🤒Gripp kasalligining birinchi belgilari paydo bo‘lgunga qadar bir necha soatdan 3 kungacha vaqt o‘tadi. Kasallik to‘satdan boshlanadi.

Bolalarda gripp kasalligi belgilar qanday?

•bolada tana harorati 38-40 darajaga ko‘tarilishi,
• bosh va tomoq og‘rishi,
• burun bitishi,
• burundan suyuqlik ajralishi,
• yo‘tal,
• mushaklarda og‘riq,
• holsizlik,
• ishtahaning buzilishi,
• ba’zi hollarda qusish holatlari kuzatiladi.

Yuqoridagi belgilar aniqlanganda bolani darhol vrach pediatr ko‘rigiga olib borish zarur!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

28 Oct, 14:40


Shamollash mavsumi boshlanyapti – unga bolalarni qanday tayyorlash va himoya qilish kerak?

Sovuq kunlar yaqinlashishi bilan shamollash va gripp mavsumi ham boshlanadi. Bu davrdan, ayniqsa, bolalarni kasal qilmasdan o‘tib olish ota-onalarni tashvishlantirishi aniq. Kun.uz nega qishda gripp ko‘payishi, immunitetni yaxshilash va kasallik yuqtirmaslik uchun qanday ehtiyot bo‘lish hamda tumov yuqib qolsa, qilish kerak bo‘lgan choralar haqida muhim ma’lumotlarni to‘pladi.

Manba: kun.uz

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

27 Oct, 13:35


#massaj_video

Chaqaloqlarda qiyshiqbo‘yinlikni oldini oldini olish uchun bajariladigan mashqlar va massaj

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

19 Oct, 09:26


Bolalar uchun massajning foydali jihatlari

📌Bolaning o‘sish rivojlanishini tezlashtiradi.

📌Bola mushaklarini mustahkamlaydi. Ularning tonusini kamaytiradi.

📌Hazm tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Qorinda og‘riq va dam bo‘lishi kamayadi.

📌Butun tana bo‘ylab qon aylanishi yaxshilanadi. Kislorod kelishi ko‘payadi.

📌Immun tizimini mustahkamlanishiga va ishtahasini yaxshilanishiga sabab bo‘ladi.

📌Ayrim kasalliklarni davolash va oldini olishda foydalaniladi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

18 Oct, 14:18


🤱Ko‘krak suti bilan ovqatlantirishning afzalliklari

1. Ovqatlantirish turining o‘ziga xosligi (Ona o‘z farzandini ona 
suti bilan boqadi).
2. Bolalar yuqumli kasalliklari va oshqozon-ichak infeksiyalarining passiv immunoprofilaktikasi (Agar ona suvchechak, qizamiq, parotit va shu kabi kasalliklarni boshdan kechirgan bo‘lsa, bolada bunday infeksiyalar rivojlanmaydi).
3. Intellektual (aqliy) rivojlanish Ko‘krak suti tarkibida mavjud 
bo‘lgan polito‘yinmagan yog‘ kislotalari 6–9 oy davomida tabiiy usulda boqiladigan bolalarda yuqori aqliy qobiliyatlar rivojlanishiga xizmat qiladi.
4. Onada sut bezi saratoni profilaktikasi (Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, bolasini emizib boqayotgan onaning sut bezi saratoniga chalinishi ehtimoli 30 % ga kamayadi, mastopatiya holati yuzaga kelmaydi).
5. Tug‘ruqdan keyin bachadondan qon ketishi profilaktikasi (Bola 
ko‘krak emayotgan vaqtda ona organizmida ajralib chiqadigan oksitosin gormoni bachadonning silliq mushaklari qisqarishiga olib keladi, bu esa tug‘ruq yo‘llaridan qon ajralib chiqishini kamaytiradi).
6. Yaqinlik (tug‘ishganlik) his-tuyg‘ulari paydo bo‘lishi (Tabiiy 
usulda boqiladigan bolalar katta boʻlganda keksa ota-onalarini qariyalar uylariga tashlab ketmaydilar, emizikli onalar esa o‘z farzandlarini bolalar uylariga topshirmaydilar).
7. Kontrasepsiya (saqlanish) Laktatsiya yetarli darajada bo‘lganda, yangi hayz davri va homiladorlik boshlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Gipoallergenlik (Ona sutidagi oqsillarning 1/3 qismi oshqozonda 
parchalanmay soʻriladi, begona oqsilga nisbatan oziq-ovqat allergiyasi xavfi kamayadi).
9. Iste’mol qilish osonligi (Ona suti doimo iste’mol qilish uchun tayyor, sterillangan, isitilgan, ko‘krak uchini qaynatish, idishlarni sterilizatsiyalash va qaynatish kerak emas).
10. Bepullik (Emizikli ona to‘g‘ri ovqatlanishini tashkil qilish kifoya – ikki kishi ovqatlanadi, bolalar uchun mo‘ljallangan sun'iy aralashmalar esa – bu anchagina qimmatga tushadigan ozuqa hisoblanadi). 

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

18 Oct, 11:31


💥FAQAT 2 KUN QOLDI!💥
SERTIFIKAT OLISH UCHUN 20-OKTYABRGA QADAR ONLAYN KURSNI TUTISHGA ULGURIB QOLING!


doc.doriclub.uz platformasida “Aholining vitamin ta’minotini optimallashtirish” kursi taklif etadi.

Kurs barcha ixtisoslik shifokorlari uchun mavjud!

💥LINK yordamida o’ting, modulni qayta ishlang va sertifikat olish uchun testdan o’ting.

🔔Platformada 2ta kurs 6soatlik THKMRM (TashIUV) sertifikatiga ega kurs mavjud.

⚡️Barcha modullarni yakunlang va 12 soat oling⚡️


💥ОСТАЛОСЬ ВСЕГО 2 ДНЯ!💥
УСПЕЙТЕ ПРОЙТИ ОНЛАЙН КУРС ДО 20 ОКТЯБРЯ ЧТОБЫ ПОЛУЧИТЬ СЕРТИФИКАТ!

На платформе doc.doriclub.uz проходит курс "Оптимизация витаминной обеспеченности населения"
Курс доступен для ВРАЧЕЙ ВСЕХ СПЕЦИАЛЬНОСТЕЙ!

Переходите по 💥ССЫЛКЕ, проходитете модули и тестирование чтобы получить сертификат.

🔔На платформе доступно 2 курса с сертификатами ЦРПКМР (ТашИУВ) на 6 часов каждый.
⚡️Пройди все модули и получи 12 часов⚡️

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

15 Oct, 07:47


Yangi tug’ulgan chaqaloqlar najasini yashil bo’lish sabablari:

📌Onaning tarkibida xlorofill(yashil) pigmenti tutuvchi sabzavot va ko’katlarni ko’p miqdorda iste’mol qilishi hisobiga
📌Onaning temir preparatlari va antibiotiklarni qabul qilishi hisobiga
📌Onadagi gormonal o’zgarishlar hisobiga
📌Najasning havoda oksidlanishi hisobiga (bu holat “pampersni to’ldirib qo’ygan” bolani ota-ona tomonidan bir necha soat e’tiborsiz qoldirilishi hisobiga yuzaga keladi)
📌Laktozani o’zlashtira olmaslik hisobiga(kamdan-kam hollarda)
📌Disbakterioz – bu holat ichak mikroflorasini yetilmaganligi va ular orasidagi balansni shakllanmaganligi tufayli yuzaga keladi.
📌Yashil ko’pikli najas. Sut tarkibida yog’ va uglevodlarni kamligi hsobiga yuzaga keladi.
📌Salmonelyoz kasalligida (to’q yashil rang)

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

11 Oct, 13:27


Chaqaloqlarda dakriosistit

Dakriosistit - ko‘z yosh qopchasining yallig‘lanishi.

Sabablari:
-Ko‘z yosh yo‘llari o‘tkazuvchanligini tug‘ma buzilishi
-Tug‘ruq jarohatlari
-Infeksion kasalliklar

Chaqaloq tug‘ulganida ko‘z yosh suyuqligi oqib chiqishi uchun barcha yo‘llar o‘tkazuvchanligi yaxshi bo‘ladi. Faqat burun-ko‘z yosh kanalida embrional to‘qima elementlari turib qolishi hisobiga, ko‘z yosh qopchasidan ko‘z yosh suyuqligini oqib chiqishi qiyinlashadi. Oqibatda ko‘z yosh yig‘ilishni boshlaydi va o‘zining himoya funksiyasini yo‘qotadi. To‘plangan suyuqlikka mikroblar tushib, yiringli yallig‘lanish boshlanadi.

Belgilari:
-Ko‘z ichki burchagi qizarishi
-Ko‘z yosh oqishi
-Shish
-Ko‘z yosh qopchasi sohasiga bosganda yiring ajralishi

Kasallik chaqaloq hayotining 8- yoki 10-kunida namoyon bo‘ladi.

❗️Yuqoridagi holat aniqlanganda bolani kechiktirmasdan vrach oftalmolog ko‘rigiga olib borish zarur.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

11 Oct, 13:26


🍑 Shaftoli va kabachki pyuresi
#6oylikdan #qoʻshimcha

Mahsulotlar:
• kabachki - 1 dona.
• shaftoli - 2 dona.

Tayyorlanishi:
1. Kabachkini sovuq suv bilan yuvib tashlang, qobig'ini tozalang, mayda bo'laklarga bo'ling, qaynoq suv quying, pishganicha mahkam yopiq qopqoq ostida qaynating.
2. Sabzavotlarni suzgichdan o'tkazing, yana qaynatib oling.
3. Yaxshi pishgan shaftolini tanlab, uni yaxshilab yuving, po'stini yupqa qatlam bilan olib tashlang, qirg'ichdan ingichga qilib o'tkazing. Shaftoli va kabachkini pyure ko'rinishida aralashtiring.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

06 Oct, 08:46


🍎Olmaning bolalar organizmi uchun foydali jihatlari

🍏Ichakda foydali bakteriyalar miqdorini oshiradi. Dizbakterioz paytida pektin prebiotik vazifasini bajaradi va mikroflorani normallashtiradi. Ich kelishini yaxshilaydi.
🍏Immunitetni oshiradi va astma xavfini kamaytiradi. Antioksidantlar oʻpkani oksidlovchilar bilan zararlanishdan himoya qiladi. Tez-tez olma yeyish astmaga boʻlgan xavfni 10%gacha kamaytiradi. Kversetin flavonoidi immun tizimi faoliyatini yaxshilaydi.
🍏Kislotali reflyuksni kamaytiradi. Gastroezofagial reflyuks kasalligida ovqat ratsioniga olmani kiritish kasallik simptomlarini kamaytiradi.
🍏Suyaklarning mustahkamligi va zichligini oshiradi. Olmadagi kalsiy suyaklarni mustahkamlaydi.
🍏Turli xil preparatlardan oshqozonni himoya qiladi. Xlorogen kislota va katexin oshqozonni yemirilishdan saqlaydi.
🍏Miya kasalliklarini oldini oladi. Olma sharbati miyadagi zararli faol birikmalar miqdorini kamaytiradi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

05 Oct, 07:45


Bola qachon yurishni boshlaydi?

Bolalarning deyarli 50% 1 yoshga kelib yurib ketadi. Lekin yurish davri normada 9 oydan 16 oygacha cho'zilib ketishi mumkin. Yurish - bola organizmidagi 3 faktorning mutanosibligini talab etadi:

☑️mushak kuchi
☑️muvozanat saqlash
☑️xarakter.

Odatda bolaning xarakteri uning yurib ketishida asosiy rolni o'ynaydi.
Yumshoq xarakterga ega bo'lgan bosiq bolalar yurish, emaklash kabi jismoniy o'zgarishlarda asta-sekinlik bilan o'tadilar. Emaklashni yaxshi bilgan bolalar yurishga urinmaydilar, chunki o'z maqsadiga emaklab tez yetib olish imkoni borligini yaxshi tushunadilar.
Kech yurishni boshlagan bolalar odatda bir joyda o'tirib mayda buyumlarni tomosha qilib, ularni qo'llari bilan o'rganib o'tirishdan lazzat oladilar. Kech yurgan bola birinchi emaklaydi, keyin ushlab turib yuradi, keyin tura oladi, undan keyin esa mustaqil qadam tashlashni boshlaydi. Lekin kech yurgan bolalar odatda juda yaxshi, muvozanatni saqlab yuradilar.
Vaqtli yurishni boshlagan bola, aksincha, impulsiv, bir joyda o'tirmaydigan, injiq bola bo'lishi mumkin. Odatda vaqtli yurgan bolalar boshqa jismoniy o'zgarishlarni ham tez uddalashni istab ota-onasini ko'p yugurtirib qo'yadi.
Bolaning erta yoki kech yurishiga uning vazni ham ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ya'ni, ozg'in bolalar og'ir bolalardan ko'ra tezroq yuradi.
Bolaning yurgan vaqti uning intellekti, jismoniy rivojlanishi, kelajakdagi yutuqlari qanday bo'lishini aslo ko'rsatmaydi. Bolaning qachon va qanday yurgani uning xarakteri singari boshqalardan o'zgacha bo'ladi xolos.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

03 Oct, 16:30


Yo‘rgaklash(pampers) dermatitini oldini olishdagi Yevropa qoidalari - ABCDE standart profilaktikasi.

Air - aeratsiya(shamollatish)

Barrier - Epidermisning barier xususiyati saqlash va himoya qilish:
agressiv gigeyenik vositalardan, spirt saqlovchi los’onlar, aromatizatorlar va prisipkalardan foydalanishni to‘xtatish. Yallig‘lanishga qarshi va regeneratsiyani ta’minlovchi, terini barier funksiyasini qayta tiklovchi mazlardan(Bepanten) foydalanish.

Cleaning - Tozalash

Diapper - Tagliklarni to‘g‘ri tanlash va defekatsiyadan so‘ng taglikni tez almashtirish

Education - Ota-onalarga to‘g‘ri parvarishni o‘rgatish.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

28 Sep, 11:45


Uch oylik bolaning psixomotor rivojlanishi

▪️Qo‘l-oyoqlardagi, ayniqsa yelkadagi harakat hajmi ortib boradi.
▪️Vertikal holatda boshini yaxshi tutadi.
▪️Tovush kelgan tomonga boshini 
buradi.
▪️Kishilar yuziga tikilib qaraydi, qo‘liga berilgan o‘yinchoqqa 
qiziqib qaraydi.
▪️Kuladi, gu-gulaydi.
▪️Unli tovushlarni uzoqroq cho‘zadi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

28 Sep, 10:43


Anglyani mini drop firmasidan0-5 yoshgacha bulgan bolalar uchun vitaminlar tuplami

Iron gemoglabini kutarish uchun🩸

vitamin D3 soch, tish, va suyaklarni mustahkamlab terlashni kamatradi🌞

mutivitamin 9 ta muhum vitaminlarni uz ichiga olgan immuntetni kotarib ishtahani ochadi🔋

Omega DHA normal kurish va miya folyatni rivojlantrishga hisa qushadi🐟

https://t.me/maryam_4872

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

28 Sep, 10:42


Bolangiz qaysi yoshda qanday tovush(harf)larni talaffuz qila olishi kerakligini bilasizmi?

Bolalar talaffuzida tovushlarni paydo bo‘lish normalari:

📌 1 yoshdan 2 yoshgacha:
A, O, E
P, B, M

📌 2 yoshdan 3 yoshgacha:
I, U
F, V
T, D, N
K, G, X,

📌 3 yoshdan 5 yoshgacha:
S, Z
SH
J, CH

📌 5 yoshdan 6 yoshgacha:
L, R

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

25 Sep, 11:56


🌡Bolalar isitma qilgan paytda parasetamol(Sefekon D) shamchalari va tabletkasini qanday dozalarda qo‘llash kerak?

Shamchani bir martalik qo‘llash dozalari:

-1 oylikdan 3 oylikgacha - 50 mg
-3 oylikdan 3 yoshgacha - 100 mg
-3 yoshdan kattalarga - 250 mg

❗️Bir kunda 3 tagacha shamcha qo‘llash mumkin!

Tabletkani bir martalik qo‘llash dozalari (Parasetamol 200 mg tabletkasi uchun):

-1 oylikdan 3 oylikgacha - 50 mg (1/4 tab yoki chorak tab)
-3 oylikdan 3 yoshgacha - 100 mg ( 1/2 tab yoki yarimta tab)
-3 yoshdan kattalarga - 200 mg (1 tab )

❗️Tabletkani ham yuqoridagi dozada kuniga 3 mahal berish mumkin!

‼️Eslatma! Tabletka va shamchalarni bola tana harorati 38 °C dan oshgandan keyin qo‘llash mumkin!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

23 Sep, 14:54


Qaysi holatlarda bolaning qusishi kasallik belgisi bo'lib, darhol vrach Pediatrga murojaat etishini talab qiladi?

📌Bola og'irligi kamayib ketsa yoki bola vazni yetarlicha oshmasa;
📌Qusishlar soni va miqdori oshib borsa;
📌Qusish darajasi kuchaymoqda (fontan bo'lib otilib chiqmoqda);
📌Qayt qilingan massaning rangi yashil yoki to'q sariq bo'lsa;
📌Qusish bilan bir qatorda bolaning qornida og'riq bo'lsa;
📌Bola ovqatlanish jarayonida doim qaqalib, yo'talsa.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

20 Sep, 04:28


Qanday holatlarda bolani beshikka belash tavsiya etilmaydi yoki qat'iyan rad etiladi?

📌Chanoq-son displaziyasi yoki sonning tug‘ma chiqishi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni beshikka belash tavsiya etilmaydi. Chunki beshikka belash jarayonni og‘irlashtiradi va bolaning tuzalishi kechikadi. Shuning uchun bu kasalliklarda bola oyoqlari orasini keng ochib qo‘yish tavsiya etiladi.

📌Tug‘ma yurak nuqsonlari(Fallo tetradasi) bilan tug‘ulgan chaqaloqlarni beshikka belash tavsiya etilmaydi. Chunki ularda nafas olish va kislorod bilan bog‘liq muammolar bo‘ladi.

📌Tug‘ruq travmalari(ayniqsa miya ichi gematomalari va kefalogematoma) bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni ham beshikka belash tavsiya etilmaydi. Kalla suyagi ichida bosim baland bo‘ladi, tebratish vaqtida bola qattiq bezovta bo‘lishi va ko‘ngilsiz oqibatlar olib kelishi mumkin.

©Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

19 Sep, 15:35


Massaj qaysi kasalliklarda buyuriladi?

📌Mushaklar gipertonusi
📌Yassi oyoqlik
📌Raxit
📌Chanoq-son displaziyasi
📌Qiyshiq bo‘yinlik
📌G‘ilaylik
📌O‘pka-bronx kasalliklarida
📌Skolioz
📌Nevrologik buzilishlarda
📌Jismoniy rivojlanishdan orqada qolish
📌Ichak kolikasida
📌Travmalarda(sinish, chiqish)

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

15 Sep, 06:08


Tug‘ma stridor nima o‘zi?

Bola nafas olganida normada ovoz eshitilmaydi. Ba'zi bolalarda nafas olayotganda shovqin eshitiladi. Tug‘ma stridor bu-chaqaloqlardagi shovqinli, qattiq, dag‘al nafas(xuddi videodagidek).

Buning asosiy sababi nafas yo‘llaridagi anomaliyadir. Ya'ni hiqildoq va traxeyadagi torayish hisobiga o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi shovqinli bo‘ladi(hushtakni eslang).

❗️Agar shovqinli nasaf bilan birga og‘iz atrofi ko‘karishi, marmarsimon teri, yutishga qiynalish va ozib ketish kuzatilsa, bolani darhol shifokor pediatr va lor ko‘rigiga olib borish lozim.

©Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

10 Sep, 15:58


💉Bolalar gripp vaksinasi(inflyuvak)ni necha yoshdan olsa bo‘ladi?

☑️14 yoshdan katta bolalarga -
0,5 ml(bitta doza) bir marta
☑️3 yoshdan 14 yoshgacha -
0,5 ml bir marta
☑️6 oylikdan 3 yoshgacha -
0,25 ml bir marta.
☑️6 oylikdan kichik bolalarni
onasiga olish tavsiya etiladi. Hosil bo‘lgan gumoral immunitet, ona suti orqali bolaga o‘tadi.

📌Oldin gripp bilan kasallanmagan va vaksinatsiya qilinmagan bolalarga 4 hafta oralig‘ida 2 marta qilinadi.
Preparat himoya effekti inyeksiyadan so‘ng 14 kunda namoyon bo‘ladi. Davomiyligi 6-12 oy.


📌Vaksinani yaroqlik muddati bir yil. Qutisiga “2024-2025 sezon” uchun deb yozilganini xarid qiling.

📌Vaksinatsiya paytida bola mutlaqo sog‘lom bo‘lishi kerak. Shuning uchun muolajani vrach Pediatr bilan maslahatshib keyin amalga oshiring.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

10 Sep, 15:04


🤒Bolalarda O'RVI(O'tkir respirator virusli infeksiya) paytida nimalar qilish mumkin emas:

Uyda o'zboshimchalik bilan davolash;
Pediatr tavsiyasi bo'lmasdan turib antibiotiklarni qo'llash;
Pediatr maslahatini olmasdan burunga tomizadigan dorilarni qo'llash;
Shifokor maslahati bo'lmasdan o'zboshimchalik bilan turli xildagi tomchilatib quyiladigan (osma ukollar) preparatlardan foydalanish;
Pediatr yoki Lor ko'rigi bo'lmasdan, tibbiy ilmi yo'qlarga tomog'ini arttirish;
Bolada isitma yuqori vaqtda oyog'ini vanna qilish;
Agar bolada yo'tal, xansirash bo'lsa, ovozi bo'g'ilib, xirillab nafas olib turgan bo'lsa, isiriq tutatish;
Ko'krak qafasiga turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlarini (qo'y yog'i, lavlagi, asal, tuz, turp va h.k) surtish va bog'lash;
Tomog'iga yoki ko'krak qafasiga yod surish.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

09 Sep, 15:47


Bolaning immunitetini ko‘tarish uchun nima qilish kerak?

▪️Uyqu rejimi. 7 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun kunduzgi uyqu sog‘lik garovi hisoblanadi. Tungi uyqu kechki soat 22:00 dan boshlanishi, ertalabki uyqu esa 9:00 dan kech bo‘lmasligi lozim.
▪️To‘g‘ri ovqatlanish: vitamin A, B guruh, C, D vitaminlari, sinkka boy bo‘lgan mahsulotlar, go‘sht va baliq mahsulotlari, sabzavot, mevalarni ko‘proq iste’mol qilish lozim.
▪️Ko‘proq suyuqlik qabul qilish lozim. Bir kunda bir marta na’matak suvi ichirish kerak.
▪️Sayr qilish. Bir kunda kamida 2 soat toza havoda sayr qilish lozim.
▪️Boladagi stress. Har qanday darajadagi stress immunitet pasayishiga olib keladi.
▪️Suvda chiniqtirish. Kichik yoshdagi bolalarni kuniga 1-2 marta cho'miltirish, katta yoshdagi bolalarni sport to'garaklariga berish.
▪️Gigiyenaga rioya qilish. Ovqatlanishdan oldin qo'llarni sovunlab yuvish.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

06 Sep, 17:40


🤱Ko‘krak suti bilan ovqatlantirishning afzalliklari

1. Ovqatlantirish turining o‘ziga xosligi (Ona o‘z farzandini ona 
suti bilan boqadi).
2. Bolalar yuqumli kasalliklari va oshqozon-ichak infeksiyalarining passiv immunoprofilaktikasi (Agar ona suvchechak, qizamiq, parotit va shu kabi kasalliklarni boshdan kechirgan bo‘lsa, bolada bunday infeksiyalar rivojlanmaydi).
3. Intellektual (aqliy) rivojlanish Ko‘krak suti tarkibida mavjud 
bo‘lgan polito‘yinmagan yog‘ kislotalari 6–9 oy davomida tabiiy usulda boqiladigan bolalarda yuqori aqliy qobiliyatlar rivojlanishiga xizmat qiladi.
4. Onada sut bezi saratoni profilaktikasi (Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, bolasini emizib boqayotgan onaning sut bezi saratoniga chalinishi ehtimoli 30 % ga kamayadi, mastopatiya holati yuzaga kelmaydi).
5. Tug‘ruqdan keyin bachadondan qon ketishi profilaktikasi (Bola 
ko‘krak emayotgan vaqtda ona organizmida ajralib chiqadigan oksitosin gormoni bachadonning silliq mushaklari qisqarishiga olib keladi, bu esa tug‘ruq yo‘llaridan qon ajralib chiqishini kamaytiradi).
6. Yaqinlik (tug‘ishganlik) his-tuyg‘ulari paydo bo‘lishi (Tabiiy 
usulda boqiladigan bolalar katta boʻlganda keksa ota-onalarini qariyalar uylariga tashlab ketmaydilar, emizikli onalar esa o‘z farzandlarini bolalar uylariga topshirmaydilar).
7. Kontrasepsiya (saqlanish) Laktatsiya yetarli darajada bo‘lganda, yangi hayz davri va homiladorlik boshlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Gipoallergenlik (Ona sutidagi oqsillarning 1/3 qismi oshqozonda 
parchalanmay soʻriladi, begona oqsilga nisbatan oziq-ovqat allergiyasi xavfi kamayadi).
9. Iste’mol qilish osonligi (Ona suti doimo iste’mol qilish uchun tayyor, sterillangan, isitilgan, ko‘krak uchini qaynatish, idishlarni sterilizatsiyalash va qaynatish kerak emas).
10. Bepullik (Emizikli ona to‘g‘ri ovqatlanishini tashkil qilish kifoya – ikki kishi ovqatlanadi, bolalar uchun mo‘ljallangan sun'iy aralashmalar esa – bu anchagina qimmatga tushadigan ozuqa hisoblanadi). 

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube