Doctor Ziyod 🩺 @doctor_ziyod Channel on Telegram

Doctor Ziyod 🩺

@doctor_ziyod


Doktor Ziyod Fatxullayev - Salomatligingiz uchun faqat isbotlangan maslahatlar!

YouTube 👉 https://youtube.com/channel/UCbZo2xOf0f9GQ0bi-aMECpg

Instagram 👉 https://instagram.com/doctor_ziyod?utm_medium=copy_link

Doctor Ziyod 🩺 (English)

Are you looking for reliable health advice from a trusted professional? Look no further than Doctor Ziyod 🩺! This Telegram channel is run by Doktor Ziyod Fatxullayev, who provides verified tips for your well-being.

Doctor Ziyod's channel is dedicated to sharing valuable insights on maintaining good health and preventing illnesses. With a background in medicine and a passion for helping others, Doktor Ziyod offers evidence-based advice that you can trust.

In addition to his Telegram channel, Doctor Ziyod also shares informative content on YouTube and Instagram. You can follow him on YouTube at https://youtube.com/channel/UCbZo2xOf0f9GQ0bi-aMECpg and on Instagram at https://instagram.com/doctor_ziyod?utm_medium=copy_link.

Join Doctor Ziyod's Telegram channel today and start prioritizing your health with expert guidance! Stay informed, stay healthy with Doctor Ziyod 🩺.

Doctor Ziyod 🩺

08 Jan, 06:22


⚡️Xitoylik virus haqida tezkor xabar!

Doctor Ziyod 🩺

07 Jan, 16:48


⚡️Izohlarda reklama, ishga yollash e’lonlari, guruhlarning havolasini joylashtirgan va boshqa “tirikchilik” qilganlar ogohlantirishsiz bloklanadi.

Doctor Ziyod 🩺

07 Jan, 11:39


Laringit haqida bir chimdim

Doctor Ziyod 🩺

05 Jan, 19:47


Bugungi kursdagi jonli darsimiz ❤️
(1 dona jonli dars bor va u yozib olinib, onlayn ham beriladi)

Doctor Ziyod 🩺

04 Jan, 15:20


Tomoqni davolash

Doctor Ziyod 🩺

04 Jan, 10:26


Tomoqdagi og'riqni nima bilan davolaysiz?

Doctor Ziyod 🩺

31 Dec, 22:18


☃️Urrreee!!!

Doctor Ziyod 🩺

28 Dec, 13:44


🫣Iltimos, oxirigacha ko’rmay hulosa qilmang☝️

Doctor Ziyod 🩺

26 Dec, 17:53


Yangisi💥
Faqat izohlarda to’palon qilmanglar
😅

Doctor Ziyod 🩺

25 Dec, 10:42


☝️Foydali narsaning ortiqchasi zararli bo’lishi mumkin. Keragidan ortiq bo’lsa, suv ham o’ldiradi.

Doctor Ziyod 🩺

24 Dec, 03:09


O’lim yoqasigacha olib kelgan vitamin D dan zaharlanish 🫤

Doctor Ziyod 🩺

24 Dec, 03:08


Qo’shimcha ma’lumot. Endokrinologning to’liq videosi ⬇️

Doctor Ziyod 🩺

22 Dec, 07:57


Qoshimcha

Doctor Ziyod 🩺

27 Nov, 08:20


1 yosh atrofidagi bolalar tunda tez-tez uyg’onib ko’krak so’rashi haqida.

Doctor Ziyod 🩺

17 Nov, 10:16


❗️DIQQAT ❗️

Aferistlar kursimni taklif qilishyapti. Ishonib pulingizni yo'qotib yurmang. Arzonroq va hokazo deb odatiy ishontiradigan sxemalarda taklif qilishadi.

Yoki adminlariman deydi.

Kurs faqat yagona administratorim orqali olinishi mumkin.
@doktor_ziyod_admin

Doctor Ziyod 🩺

17 Nov, 03:31


Assalamualaikum men USA da NYU da yashiyman yaqinda Yani shu yil onalik maqomiga erishdim alhamdullilah
Farzandim ham 6 oylik buldilar
Tugrisini etsam bu yerda sistema umuman boshqacha ekan Yani
Farzandimni tugishimdan oldin qorqular bor edi qanday Yaqinlarim tuqqanimgdan keyin parhez qil diyishkaan kopnarsalani yema kop suyuq icgishing kk degan gapalni kop eshtardim hayron bulardim
Farzandim tugilganidab keyin raddomni uzida manga burger steyk lani beishkan esimdan hech ham chiqmidi hamshira olib kelganida
Yu bu mumkinmas deb hamshira etganman keyin hamshira nega mumkinmas deb suragan bolaga zarar qorni Dam buladi dib etkandim ular esa yuq bemalol yesang buladi diyishkan shundan kegin hammasini yeganman hattoki Pediatrimizdan suraganam parhez qilmoqchiman deb u ham hech ham hojati yuq degan
Hammanarsa yesang buladi digan
Faqat bolani holatiga qaragin degan
Keyin sekin sekin hamma narsa yeyaboshlaganman eng kop Sir yeganamn 😁 mana shunaka qilib kotta bulyapmiz Bu ora marotaaba mazamiz bumadi Yani virus buldik qandaydir turi lekin doktorga borganimda istmasiga Tylenol kids yokida ibuprofen ham deyiladi shuni bergan boshqaa hech nima yozib bermagan faqat yahshi kop kop emizdirgin digan chunki bu yerda 1 yoshgacham bolalarga antibiotics berish mumkin mas ekan 2 chi si dayam shunaka istma qilgan shundayam shu Tylenol kids bergan buldi shu bilam hech nima yozib bermagan Uzim ham COVID bb qoganimda faqat istma tushurishga bergan i kop kop suv ichgin degan nu
Keyin uzimni uzim tuzatib boshlaganman qanday avvalo Ong ostidan boshlanar ekan man Kop Uylab Hozir Duhtirga borishni foydasi yuq chunk borsam barbir Usha istma tushiradigon beradi va kop suv ichgin diydi shuni ongimga sindirdim hozirgacham alhamdullilah yahshi hech narsa deyarli ichmiman faqat Paracetamol va yahshi ovqat kop suv ichamn shunaqa qilib uzimizni uzimiz tuzatamiz shunaka gapalar .
Shu yerigagacha uqigan bulsangiz illohim siz ham USA ga keling😊

Doctor Ziyod 🩺

16 Nov, 15:19


🔥10 daqiqa qoldi!

https://t.me/webinar_ziyod/75

Doctor Ziyod 🩺

16 Nov, 10:11


Бундан 20 йил олдин ўзбекистондан чиқиб кетмаганимда 5 та болам фармацевтика складига айланарди балким, чунки қариндошларимни холига ачиниб кетаман. Онлайндан туриб, табиий чораларни ўргатиб турсам ҳам, барбир аптекага югуришади.

Энг катта фарзандим 27 ёш, энг кичиги 8 ёш. Шу оралиқда 2-3 марта антибиотик олган бўлсак керак, тўгриси уни ҳам аниқ эслолмаяпман.

Doctor Ziyod 🩺

16 Nov, 10:03


🔤Kecha Instagram da chetda yashaydiganlarga savol bergan edim. Endi sizga savol:

Nimaga ular va ularning bolalari 1-2 ta oddiy dorilar bilan shamollashdan tuzaladiyu, lekin O’zbekistondagilar bir shoda preparatlarni ichmasa, orqasiga tiqmasa, tomiridan olmasa bo’lmaydi?

Doctor Ziyod 🩺

13 Nov, 17:02


❗️Vebinarga bog'liq barcha yangiliklar mana bu kanalda berib boriladi ⬇️

https://t.me/webinar_ziyod/75

Doctor Ziyod 🩺

13 Nov, 14:24


☝️Shu va shunga o’xshash uslub, dorilar, irimlar haqida shanba kuni 20:30 da onlayn seminarimda aytib beraman.

Efir yozib olinmaydi. Ishtirok etasizmi (👍) yoki yo’q (😢)?

Doctor Ziyod 🩺

04 Nov, 07:06


Qon tahlillarining ko’pini och qoringa topshirish shart emas. Bilarmidingiz?

Doctor Ziyod 🩺

31 Oct, 13:35


🧔🏻‍♂️Juftingiz tug’ruqqa kirishi foydali! (aynan tug’ruq zaliga)

❗️Ammo eringiz bilan munosabatingiz tarang bo’lsa, albatta, u tug’ruqqa kirmagani maqqul. Onangiz, opangiz yoki dugonangiz ham hamroh rolini yaxshi bajarishadi.

☝️Karantin tufayli qo’shimcha odamlar kiritilmasligi mumkin.

Manbaa:
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST)

Doctor Ziyod 🩺

31 Oct, 11:35


☝️Aynan tug’ruq zalida jarayonni kuzatgani nazarda tutilgan. Tug’ruqxonaning hovlisida kutib o’tirgani emas 🥲

Xato qilgan bo’lsangiz, ustiga bosib, ovozingizni qaytarsangiz bo’ladi.

Doctor Ziyod 🩺

26 Oct, 07:48


ANGINANING DAVOSI HAQIDA

Doctor Ziyod 🩺

24 Oct, 11:04


🎃 Qovoq urug’larini iste’mol qilib gijjalarni davolashga urinamiz. Ammo hattoki ularni qancha miqdorda yeyish kerakligini bilmaymiz. Shuning hisobiga samarasiz davolab, muammodan qutilmaymiz.

O’zi gijjani davolashdan avval va davodan keyin 3 marotaba axlat topshirib, tekshirasizmi?

Manbaalar:
https://bit.ly/3ziTfnM
https://bit.ly/3Xs1SnV
https://bit.ly/3zwbdmF

☝️BU VIDEO HOZIRCHA BEPUL 🥲

Doctor Ziyod 🩺

24 Oct, 07:25


🔊 Ichki ishlar vazirligi xabar berishicha, bolasiga telefon bergan bir nechta xavfli jinoyatchi onalar hibsga olindi.

😱 Aytishlaricha, g’arbda ixtiro qilingan bu balo aholi orasida tez tarqaloyotgan emish.

👿 Albatta, bu sionistlar tomonidan buzg’unchi g’oyalarni eksport qilib, biz o’zbeklarning bolasini manqurtlashtirish maqsadida qilinyapti.

👨‍✈️1-noyabrdan bunday onalarga 15 sutkaga qamash jazosi tadbiq etiladi.

☝️Ogoh bo’ling!
kun.uz


Hozir kulguli bo’ldi, a?

Lekin bu hazilning asosida real muammo. Siz esa o’zingizni zararli odatlaringizga qarshi emas, nimaga qarshisiz? To’ppa-to’g’ri, o’sha o’ylaganingiz ahamiyatsiz narsaga.

Doctor Ziyod 🩺

24 Oct, 07:15


O’zingizni bir oqlangchi? Bahona emas, aynan isbotlari bilan keltirib bering, zararli ota yoki ona emasligingizni. Izohlarda kutaman 🙂

Doctor Ziyod 🩺

24 Oct, 04:57


🔅Endi esa, mening zamonaviy, ammo sizlar uchun doimgidek noodatiy, g’alati, huddiki hammaga teskari fikrlarim va bilimlarim hali ham qiziq bo’lsa, izohlardagi ba’zi savollarga javob beraman.

Yo’q, bolaning (va hammaning) qulog’ini tozalash kerak emas. Agar probka bo’lib, eshitishi pasayib qolgan bo’lmasa (o’ta kam uchraydigan holat).

Yo’q, 4-5 tomchi (2000-2500 XB) vitamin D normal doza emas. Agar qon tekshirilib, yetishmovchilik aniqlangan bo’lmasa. Analiz topshirmay shu dozada beryapsizmi, demak zaharlashga qarab ketyapsiz.

Yo’q, poliklinikadagilar 1 oygina o’tib yana emlashga chaqirsa, bu zararli emas. Emlash xalqaro darajada ishlangan juda jiddiy qoidalar bo’yicha bajariladi. Bir vaksinaning ikki dozasining orasi kamida 4 hafta bo’lishi kerak. Shu sababli 1 oyda chaqirishi mumkin.

Yo’q, vaksinadan oldin va keyin qandaydir dorilar berilishi kerak emas. Soatlab tinchlanmasa, og’riq kuchli bo’lsa yoki Isitma 38 dan oshsa, paratsetamol yoki ibuprofen berasiz.

Yo’q, inyeksiya joyi bezdek bo’lib qolsa, kompress qo’yish kerak emas. Bir necha haftada o’zi o’tib ketadi.

Doctor Ziyod 🩺

24 Oct, 04:33


😐
Buyuk bobolaringizni ham tanishmaydi. Chunki dunyo darajasida buyuk emas.

Musulmonlar Buxoriyni bilishadi, lekin u O’zbekiston hududida yashaganini bilishmaydi aksari.

Ba’zilar Amir Temurni bilishi mumkin (Tamerlan desangiz).

Bo’ldi.

Doctor Ziyod 🩺

24 Oct, 04:27


Rostan Uzbni chetda juda kam odam biladi. Hafa bo‘laman bundan. Asli qayerliksan deb fransuzlar so‘rasa, ehheee rosa uzoq tushuntiraman. O‘zbekiston deyman. Pokistonmi deyishadi, miyam qiziydi.
Keyin yo‘q, Markaziy Osiyo deyman. Afg'oniston deydi.
Keyin hijjalayman. Rossiya, uni pastida Qozog'iston, uni pastida O‘zbekiston deb.
Keyin bechora fransuz haaaa deydi 😭😭😭😭

Doctor Ziyod 🩺

24 Oct, 04:12


👮 Sizlar Instagram, TikTok, Telegramda ko’rayotgan 99% roliklar chet el blogerlaridan ko’chirilgan.

Sababi - “aqllilik qilma”, “bo’ladigan ishni qil”, “nega hezalakka o’xshab rangba-rang kiyinib olding?”, “bu mentalitetimizga to’g’ri kelmaydi” kabi gaplarning ta’sirida kreativlik so’ngan.

3-4 ta xalqaro darajada ishlaydigan blogerimiz bor halos.

Masalan,
Littos Instagram
Littos Telegram

Agar u boshlagan paytlari xalqqa quloq solganida, ishini to’xtatib qo’yar edi. “Uni o’ldirvorish kerak”, “xalqimizni, ayollarimizni sharmanda qilyapti” deganlar juda ko’p bo’lgan.

Butun dunyo taniganidan keyin esa “Malades, malades!”, “O’zbekistonlikda!” deb qo’yamiz. Chet elliklarni oldida g’ururlanamiz.

Ammo oq-qoralikka ko’nikkan olamonning fikriga qarshi chiqishni faqat juda kuchli irodali, o’ziga ishonchi tog’dek bo’lgan sanoqli insonlar eplay oladi.

Shu cheklangan fikrlashimizni ozgina xatlab o’tib, kengaytirsak. Yangi, notanish jarayonlarga birdan taqiq bilan tashlanmasak (hammasini qabul qilish kerak demayapman, avval ilmiy tahlil qilish kerak), o’zbeklar dunyoni yaxshi ma’noda portlatib yuborishar edi.

Ungacha esa, chetga borsak, “A? Pakistan?” deb davlatimizni ham tanishmaydi. Biz esa miyamizga singdirilgan “Buyuk bobomiz falonchi!” degan gaplar bilan o’zimizni aldab yuramiz.

Qachon bobolarimiz emas, o’zimiz buyuk bo’lamiz?

Menimcha, qachonki erkinroq fikrlay boshlasak, boshqa fikr, hayot tarzi, boshqa millat, din egalariga toqatli bo’lsak.

Doctor Ziyod 🩺

23 Oct, 18:25


Yana bir daxshat misol🔥

Men toshkentlikman. 90-yillarda endi-endi viloyatlardan odamlar ko’chib kela boshlagan payt ularga munosabat juda yomon edi.

“Qishloqi”, “xarip” dep haqorat qilar edi kattalar. Va bolalar ham shuni o’zlashtirishgan. Boshqacha munosabat bo’lmas edi ham.

Bu KSENOFOBIYA deyiladi - notanish odamlar, narsalar, jarayonlarga nisbatan toqatsizlik.

Bu odamzod uchun tabiiy instinkt. Huddi siyish, axlat chiqarish, jinsiy aloqa qilishdek. Lekin rivojlangan jamiyatlarda odamlar bu instinktlarni nazorat qilishadi.

Hullas, bolaligimda jamiyatning ta’sirida juda yomon munosabatda bo’lganman viloyatliklarga. Keyinchalik ular bilan muloqotda bo’lib, chuqurroq o’rganib, tahlil qilib, huddi o’zimdek normal inson ekanini tushunganman. Yana kechroq shunday xilma-xillik jamiyat uchun juda foydali ekanini tushunganman.

Bolaligimdagi boshqa ko’p insonlar esa, hali ham viloyatliklarni odam o’rnida ko’rmaydi (shu sababdan “avatar”, “indeys” kabi zamonaviy so’zlar paydo bo’lgan).

Ho’sh, sizga hozirgidek fikrlaydigan doktor Ziyod maqqulmi yoki toshkanlik ksenofob Ziyod?

P.S.: Endi mening ta’sirimda bolalarim avvalidanoq viloyatliklarga yaxshi munosabatda bo’ladi.

Doctor Ziyod 🩺

23 Oct, 18:20


Faktlarga yuzlansak

Orangizda 99,9% odamlar kvadroberlarni hayotda ko’rmagan va ularning zarari haqida asosli ma’lumotga ega emas.

Boshqa tarafdan, juda yaxshi bilasizki, bola qanday inson bo’lishi, siz bergan tarbiyaga bog’liq. O’zimdan misol, maktabda atrofimda o’sha gotlar ham, narkomanlar ham bo’lgan. Har tanaffusda 8 ta yigit dokonga borar edik va 7 tasi sigaret chekar edi, yillar davomida, har kun. Buni ta’sirida men chekishni boshlamaganman, ichmaganman, narkotik tatib ko’rmaganman.

“Tashqi kuchlar”ni ayblayvermasdan, mas’uliyatni ozimizga olishni bilishimiz kerak. Tarbiyani maktabdan, o’qituvchilardan, jamiyatdan emas, o’zimizdan talab qilishimiz kerak.

Bolangiz kvadrobermi, bu sizning bolangiz. Bolangiz giyohvandmi, bu ham sizning bolangiz.

Yana bir fikr, siz bolangizni chekishini oldini oling, javob beraman ming karra ko’proq foyda qilasiz. Bolangizga, o’zingizga, jamiyatga. Millionlab chekuvchilar bor O’zbekistonda. Nega buni ham shu darajada agressiv qoralamaymiz?

Undan tashqari, hayotimizda aniq zararga ega minglab omillar bor va soliqlaringiz aynan o’sha narsalarni yaxshilashga sarflanishini xohlar edik:
- korrupsiya
- byudjet o’marilishi
- yo’llarning xavfsizligi
- maktablarni ko’paytirilishi
- elektr va gaz ta’minoti
- tibbiyotning sifatini oshirish
- ko’changizdagi asfalt
- ekologiya

Lekin maydalashib yurmayapmizmi?

Endi sizga bitta konspirologik variant (sevamiz-ku, a?) - balki shunday mayda narsalar bilan sizni tepadagi real muammolardan chalg’itishmoqchidir?

Nima bo’lganda ham, yangi, notanish narsalarga yovvoyilardek tashlanishimiz yaxshi emas deb hisoblayman. Avval uni tahlil qilib, foydali, zararli yoki neytral ekanini sovuqqonlik bilan aniqlashtirish kerak.

Aks holda “oq ko’ylak, qora shimlik” inkubatordan chiqqan jamiyat bo’lib qolamiz. Shundoq ham kreativlik juda past darajada. Chunki atrofdagilarning ayblovlaridan qo’rqib, chizilgan chiziqdan chiqishga qo’rqamiz (“Shunaqa aqllimisan?”, “Aqllilik qilma!”, “Ota-bobong qilgan ishni qilsangchi!” degan gaplarni ko’p eshitasiz-a?).

Tepadagi “shayton arava” misolida oxirigacha bir birimizdan qo’rqib avtomobillarga qarshi bo’lganimizda, hozir rivojlanishimiz qanday bo’lar edi? Shunchaki foyda-zararini kimdir anglab, shuni boshqalarga tushuntirgan, misol bo’lgan.

Doctor Ziyod 🩺

23 Oct, 17:10


⬆️ Endi “Sigir nima deydi, mushuk nima deydi?” deb bolangizdan so’rashga ham qo’rqib qolasiz 😂

Doctor Ziyod 🩺

23 Oct, 17:09


Togʻri ayteptila biza o'zbelada shunaqa narsa bor notanish narsani korse daro yomon fikrga boramiz huddiki oʻzimz mukammal madanyatga ega jamiyate😁 kun boʻyi telefon yoki tv oldidan ketme oʻtirgandan koʻra bola qiziqib sport bn shugʻullanadi yani oddiy sport uni qiziqtrmedi lekn hayvonlaga taqlid qilish albatta qiziq. Masalan endi tili chiqsa nima db oʻrgatamiz babo nima dedi vov vov mushuk miyav miyav geylar haqida gapiraszu lekin bolezga endi tili chiqsa allox de db o'rgataszmi jilla qursa . Bola toza muhita togʻri tarbiya koʻrib katta busa albatta yomonli qimedi. Kvadrober boʻlib kimgadr tashlangan bola unaqa maska kiymasa ham usha yomon ishini qiladi.

Doctor Ziyod 🩺

23 Oct, 16:47


Gotlar esingizdami?

Orangizda ko’pchilik ularni ko’rmagan ham (bog’cha bolasi bo’lgansizlar).

🤔 Shu qurg’urlar nima bo’ldi?

Maktabimda va institutda bir nechta got tanishlarim bor edi. Shularni misolida aytsam, hammasi tuppa-tuzik odamlar hozir. Ba’zilariga borib davolanasizlar ham 😄

O’sha paytlar qamab yuborishsa nima bo’lar edi?

Doctor Ziyod 🩺

23 Oct, 16:38


Hali hech nima demadim-ku 😅

Doctor Ziyod 🩺

23 Oct, 16:36


Doktor biz endi kvadroberlarga unchalik ham qarshi emasmiz devoray deyapmane😅🤣