MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV @onatili_kurslari Channel on Telegram

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

@onatili_kurslari


🎯BMBA testlari
🖥️Attestatsiya kurslari
📚Milliy sertifikat kurslari
📝Testlar tahlili
💻Audio va Videodarslar
🔔Reklama xizmati mavjud

☎️Murojaat uchun: @Mr_repitetor_norqulov

Biz bilan aslo yengilmaysiz!

ONA TILI KURSLARI || MILLIY SERTIFIKAT || JAVLON NORQULOV (Uzbek)

ONA TILI KURSLARI || MILLIY SERTIFIKAT || JAVLON NORQULOV Telegram kanalimizga xush kelibsiz! Bizning kanalda o'z ona tilingizni o'rganish va sertifikatga ega bo'lish imkoniyatiga ega bo'lasiz. BMBA testlari, attestatsiya kurslari, milliy sertifikat kurslari, testlar tahlili, audio va videodarslar, reklama xizmati va ko'p qilmagan bir qator imkoniyatlar sizni kutmoqda. Bizning kanalda qiziqarli, maqbul va professional darslar orqali o'z bilimlarizni kengaytirishingiz mumkin. Agar savollaringiz bo'lsa yoki qiziqishlaringizni birlashtirishni xohlasangiz, @Mr_repitetor_norqulov ga murojaat qiling va bizning xizmatlardan foydalaning. Biz bilan birga o'rganish jarayonida aslo yengilmaysiz! Yengilish uchun sizni kutib qolamiz!

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

04 Dec, 05:09


Milliy sertifikat imtihoniga roʻyxatdan oʻtish tartibi

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

04 Dec, 05:00


🔴Iltimoslarga binoan PREMIUM guruhimizga atigi 10 kishi uchun qabulni ochamiz. Boshqa qabul boʻlmaydi. Shu bilan toʻliq yopiladi!

🔔Eslatma!!! Hozirda Premium jamoasi 85 kishini oʼz ichiga olgan boʻlib, darslar oʻta bomba darajada ketyapti.

➡️Murojaat uchun: @Mr_repitetor_norqulov

💯Premiumda faqat kuchlilar bilan boʻling!!!

🚨@onatili_tilsimi

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

03 Dec, 08:22


Ona tili va adabiyot fanidan 9-sinflar uchun 2.12.2024-yilda tushgan III bosqich olimpiada testi.

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

03 Dec, 08:22


Dekabrdagi Milliy sertifikat imtihoniga ro'yxatdan o'tish kecha boshlandi.
To'lov qilish: 9-dekabrga qadar. [9-dekabr kuni soat 12 ga qadar]

Dekabrga topshiruvchilar qolib ketmaylik. 😊

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

02 Dec, 05:01


#Rasman 2-dekabrdan boshlab dekabr oyidagi ona tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti fanidan o'tkaziladigan milliy sertifikat imtihoniga ro'yxatga olish boshlandi

👉 Ro'yxatdan o'tish 8-dekabrga qadar davom etadi, to'lov qilish muddati esa 9-dekabr. To'lov narxi 506ming so'm.
Ro'yxatdan o'tish
my.gov.uz sayti orqali amalga oshiriladi!

Noyabr oyida o'zi kutgan natijaga erisha olmagan qadrdonlar, siz uchun yana bir imkon berilganda, uni qo'ldan boy bermang. Imkoniyatingiz bo'lsa, o'ylab o'tirmay qayta topshiring!

Yaqinlarga ulashib qo'ying!


@ONATILI_TILSIMI
@ONATILI_KURSLARI

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

02 Dec, 03:34


#test #javoblari

1.a   2.d   3.d   4.a   5.d   6.d   7.c   8.a   9.d   10.a   11.a   12.a   13.b   14.b   15.d   16.a   17.d   18.a   19.b   20.b   21.b   22.c   23.c   24.d   25.c   26.a   27.c   28.a   29.d   30.b   31.a   32.c   33.d   34.a   35.b 
36  tezkor
37   : " , . " .
38   -ish
39   kiritma
40  a) putur yetkazuvchi       b)  ko'rsatish
41  a) chunki      b) ergashgan qo'shma gap
42  a) tanosub      b) bir-biriga aloqador so'zlarni qo'llash
43  a)   o    b)   muqayyad
43  a)  mansabparastlik     b)  kamtarlik yoki barchani birday ko'rishlik

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇

@ONATILI_TILSIMI
@ONATILI_KURSLARI

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

30 Nov, 21:25


🤔✍️Qish • 1-dekabr 😬🌡️

😑Hammaga muborak boʻlsin!!!

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

30 Nov, 05:59


ESSENING TUZILISHI

1.Kirish
Kirish – mavzuni mantiqiy va uslubiy jihatdan bog‘lab oydinlashtirish. Bu bosqichda qalamga olingan mavzuni yoritish uchun savolni to‘g‘ri qo‘yish muhim. Chunonchi, bu o‘rinda esse yozuvchi  "Kirish qismida ushbu mavzuga ma’lumot berish kerakmi?", "Men tanlagan mavzuning dolzarbligi  qay darajada?", "Men esse yozish davomida o‘z fikrimni dalillash uchun qanday manbalarga tayanaman?", "Men kalit so‘zdan kelib chiqqan holda tezis qo‘ya olamanmi?" kabi savollarni o‘z oldiga qo‘yishi va shuning tevaragida fikr yuritgani ma’qul. Essening kirish qismi kamida, ikki xatboshidan iborat bo‘lishi va har bir xatboshida ikki-uch gap ifodalanishi mumkin. O‘quvchini qiziqtirish, uning e’tiborini jalb etish maqsadida essening kirish qismi jonli va aniq yozilishi kerak. Bunda xitob, undov, shaxsiy tajribaga ishora, ritorik so‘roq kabilardan  foydalanish o‘rinlidir.
           Kirish qismida o‘quvchi esse mavzusiga tushuncha beradi, shu orqali uning esse mavzusini qanday tushunganligi aniqlanadi va bu mavzu nima uchun dolzarb ekanligi yoritiladi. Mavzu va uning dolzarbligi yoritilgandan  keyin tezis qo‘yiladi. Tezisdan keyin asosiy qismga bog‘lovchi gap yoziladi. Agar tezis aniq va yaqqol berilsa, gap yozilmasligi ham mumkin. 

Tezis qo‘yish essening eng muhim shartlaridan biridir. Tezis – essening kaliti. Kaliti topilmasa, essening asosiy maqsadiga yetish qiyin. Tezis – muallifning shaxsiy nuqtayi nazarini bildirib, u asosiy qismda isbotlanadigan fikrni yo‘naltiruvchi g‘oya hisoblanadi. Tezis essening kirish qismida yoziladi.

📲 @ONATILI_TILSIMI

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

30 Nov, 05:59


2.Asosiy qism.
Asosiy bo‘lim – mavzuning nazariy asosi va savolning mazmunini bayon etuvchi bo‘lim. Bunda mavzuga mos barcha bilimlar, asosiy fikr va muammoga bog‘liq dalil va faktlar jamlangan bo‘lib, unda dalillar, xabarlar, turli statistik ma’lumotlardan foydalanib, mavzu yoritiladi, ko‘tarilgan muammoning kelib chiqish sabablari oydinlashtiriladi. Bu jarayon birmuncha murakkabroq kechadi. Shu sababli, asosiy bo‘limni bir necha kichik qismlarga bo‘lish mumkin. Har bir qismni dalillar asosida yoritish asosiy savolga javob topishga ko‘maklashadi. O‘quvchining keltirilgan fakt va dalillarni taqqoslab, o‘z qarashlarini tahlil orqali ko‘rsatib borishi asosiy bo‘limning to‘liq yoritilishiga imkon beradi.
Qismlarga to‘g‘ri ajratish va izchillik bilan bayon etish mavzuning yoritilishidagi mantiqiylikni ta’minlaydi.  
           Dalillar – o‘quvchi tomonidan aytilgan fikrni isbotlash uchun keltiriladigan ko‘chirma (maqol, tsitata, hikmatli so‘z, rivoyat, she’riy parchalar va h.k.). Qo‘yilgan tezisga kamida ikkitadan dalillar keltirilishi kerak.
Asosiy qismni yoritish uchun kerakli ma’lumotlarni keltirish jarayonida qo‘yilayotgan masalaga o‘quvchining shaxsiy munosabatini bildiruvchi, shuning bilan birga, menimcha, mening fikrimcha, birinchidan, ikkinchidan, shu kabi, demak, biroq, unday  bo‘lsa kabi kirish so‘zlardan foydalanish o‘rinli bo‘ladi.

3. Xulosa
Xulosa – mavzu bo‘yicha chiqariladigan yakuniy jumlalar bo‘lib, unda yangi fikr-mulohazalar bildirilmaydi, balki dalillarga suyangan holda yakun chiqarilib, uni yechish yo‘llari ko‘rsatiladi. Essening yakuniy qismida asosiy qismda berilgan muammoning yechimi tasdiqlanadi va mazmunning mohiyati ochiladi, ya’ni «Esse boshida ko‘tarilgan masala bo‘yicha nima deyish mumkin?» degan savolga aniq va tushunarli javob tarzida yozilishi kerak. Xulosa qismida quyidagi kirish so‘zlardan foydalaniladi: men shunday xulosaga keldimki.., qisqasi, asosiy fikrim shuki.., xulosa qilib aytganda... va boshqalar.

📲@ONATILI_TILSIMI

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

29 Nov, 19:14


👀Dekabr uchun kursimiz deyarli yakunlanish arafasida. 90 % i toʻldi. Bu holat 2 kun ichida qabul toʻlishi hisobida mutlaq rekord natijadir.

💯Bizni tanlaganingizdan xursandmiz. Albatta ishonchingizni oqlaymiz va bunga kafolat beramiz!!!

🗓Eslatma! Ushbu guruhda darslarni ertadan boshlaydigan boʻldik!!!

🚨Ulgurib qoling!!!

⬇️Murojaat uchun: @Mr_repitetor_norqulov

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

29 Nov, 16:49


Eng muammoli savollaringizga aynan bugun yechim topasiz!!!

Dars manzili:
@onatili_tilsimi

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

29 Nov, 16:02


150 ga yaqinlashyapti kuzatuvchilar

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

29 Nov, 15:49


🙂Deyarli 100 ga yaqin talabgorlar qatnashayotgan darsda siz ham bormisiz?

💯Malakali repitetor ORTIQALI TOʻLANBOYEV tomonidan olib borilayotgan darsdan qolib ketmang!!!

📍Dars manzili: @onatili_tilsimi
🔖Hamkor kanal: @onatilitestlar

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

29 Nov, 15:45


https://t.me/onatili_tilsimi?livestream=fe64f2e82cc68bcaa1

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

29 Nov, 13:03


Kecha guruhlar deyarli toʻlgandi. Hammangizni oʻqitaylikmi? 😁

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

29 Nov, 08:08


‼️Qabul deyarli yakunlanish arafasida. Bugun yakunlab darslarni 1-dekabrdan emas ertagayoq boshlab yuborishni hamda har kuni jonli darslar tashkil qilishni rejalashtirdik.

🌐Premium -cheksiz imkoniyatlar eshigi.

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

21 Nov, 05:12


Assalomu alaykum, mana shu odamni kim taniydi? Bu bola haqida ma'lumot yozinglar taniganlar. Sudga beraman.❗️

Kanal sotaman deb 500 ming so‘mdan Xasanov Xudoybergan nomidagi kartaga pul tashlatgan. Hozir qora ro‘yxatga tiqqan.

"
4073420010397176  shunga toʻlov qilaversInlar meni kartam visa tashay olmaydilar."

Bu kabi holatlar boshqa kuzatilmasligi uchun ona tili kanallari yoki guruhlariga ushbu ogohlantirishni tarqating. Aldanib qolishmasin. Bu kanalga spam berib yuborsangiz ham bo'laveradi.

@Abdusaid0511 ga murojaat qiling.
Bu manba Online dars beruvchi ustozlar kengashi orqali taqdim etildi.

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

21 Nov, 05:04


Bunaqalar pul desa oxiratidan ham kechadi.

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

21 Nov, 04:51


Mana shu boladan kanal sotilishi iltimosi kelsa, javob yozmanglar. Aldanib, pulingizga kuyib qolishingiz mumkin. Yaqinda IIB bu bilan shug'ullanadi. Umuman kanal sotish so'rovi kimdan kelsa ham, mehnati samarasini buncha arzon narxga pullamaydi.

Ogohlik -davr talabi.

P.c. Online ustozlar kengashi bilan shu bolani kanalida kim bo'lsa, chiqarib olishga qaror qildik.
Kim bu kanal a'zosi bo'lsa, spam bersin.

@onatili_tilsimi

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

21 Nov, 04:29


Adabiyotshunos olim ustoz Rahimjon Rahmat mana bu yerda 👈🏻
kutilmagan baxtsiz hodisa sabab uylari yonganini aytib, xalqdan yordam so’rabdilar.
Alloh qodir qilganicha, yordam bering, azizlar.
Sovuq kunlarda uysiz qolish azobini Alloh hech kimga yashatmasin. 🤲🏻

Moddiy yordam, duo, hech bo’lmaganda xabarni tarqatish. Siz sabab ehson qilganlarning ehsonidan sizga ham savob keladi, inshaallah! 🙌🏻

https://t.me/Rahimjon_rahmat/1436 👈🏻

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

17 Nov, 10:17


🎉Bugun 17-noyabr Talabalik bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etamiz!!!

🔔Shu munosabat bilan "Agar siz talaba boʻlsangiz-u, milliy sertifikat boʻyicha tayyorgarlik koʻrish ilinjida boʻlsangiz, biz sizga faqatgina bugun kurslarimizda 30 % chegirma asosida qabul qilamiz. Bunday imkoniyatni qoʻldan boy bermang!

➡️Murojaat uchun: @Mr_repitetor_norqulov

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

16 Nov, 06:12


#Mumtoz_adabiyot_vaqti

Bu kun vaslingni tark ayla, tilar jannat
zohidlar,
Berurlar nasyag‘a naqdni, u ne nodon
xaloyiqtur?

Ushbu baytda ajratib ko’rsatilgan
so’zlar qaysi she’riy san’atni yuzaga
keltirgan?


A) tanosib
B) tashbeh
C) tazod
D) ta’did

📲@onatili_tilsimi
📲@onatili_kurslari

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

09 Nov, 08:08


#Test_vaqti
1) sava – sava; 2)
nash
a – nasha;
3) tana – tana; 4) qala –
qala.
Berilgan paronimlarning qaysilari bir so‘z turkumi doirasida kuzatiladi?
A) 1, 2
B) 2, 3
C)1, 4
D) 3, 4

@onatili_tilsimi

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

09 Nov, 03:36


🎲"Imlo savodxonlik testi"
"Imlo savodxonlik testi-" @onatili_tilsimi kanali uchun maxsus @Mr_repitetor_norqulov tomonidan tuzildi. "Ilmning avvali sukut, so’ng eshitish, so’ng yod olish, so’ng amal qilish, so’ng uni tarqatish." (Imom G'azzoliy) testi
🖊 10 ta savol · 45 soniya

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

08 Nov, 20:32


👀Tungi bedorlar uchun test:
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️

🚨Imlo savodxonligi testidan 10x10 ishlay oladiganlar bormi?

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

08 Nov, 18:26


📣🔔Agar 🔥🔥🔥 (olovchalar) mana shu reaksiyalar soni 100 taga yetsa, kanalimizda bepul Mumtoz adabiyot saboqlari boʻyicha dars tashkil etiladi.

🔍Qani ketdik, qadrdonlarim!!!

Mayli, birinchisini oʻzim boshlab beraman
🙂

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

08 Nov, 18:10


Dars judayam qiziqarli böldi. İnsholloh shundey davom etsak natijayam shunga yarasha boladi .

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

08 Nov, 18:10


Nihoyat 2,5 soatdan koʻproq davom etgan darsimiz ham yakunlandi. Dars qanday boʻlganligini yuqoridagi fikrlardan ham koʻrib olishingiz mumkin.

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

08 Nov, 18:10


Dars ajoyib, qiziqarli bo'ldi. Rahmat

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

08 Nov, 18:10


Bugungi dars juda qiziqarli bòldi. ustoz judayam yaxshi tushuntirdilar
Menga judayam yoqdi dars. Rahmat😇

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

08 Nov, 18:10


Dars ajoyib boʻldi 🥰 Rahmat 😊

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

08 Nov, 17:07


🔔Bugun yopiq guruhimizda darslarimiz boshlandi.

🙂Bir gap aytaymi: Tayyorgarlik yonyapti, boshlanishiga shundaymi demak imtihonda portlaydi. 💥💥💥💥💥💥💥💥💥

Kursimizda atigi 12 kishiga joy qolgan!!!
⬇️Qatnashish istagida boʻlganlar Ulgurib qoling!!!

50 kunlik kurs narxi: 350 ming

🗓Bugun 00:00 ga qadar roʻyxatdan oʻtib qoʻshilganlar uchun 1-toʻlov 200 ming toʻlov qilib, keyinroq 150 ming toʻlov shaklida boʻlib toʻlash imkoniyati taqdim etiladi!!!

➡️Murojaat uchun: @Mr_repitetor_norqulov

🔥3 ta ustoz, 3 barobar kuchli nazorat va sifatli taʼlim!!!

@onatili_tilsimi
@onatili_kurslari

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

07 Nov, 15:57


Darsimiz boshlanish kuni ertaga koʻchirildi. Maslahatim, qolib ketmangizlar. Ishonavering, bizni tanlaganingizdan afsus qilmaysiz.

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

07 Nov, 15:57


Murojaat uchun: @Mr_repitetor_norqulov

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

07 Nov, 03:39


#Tonggi_Motivatsiya

Har bir tajriba — bu bir umr.
Unda yashab o'ta olsangiz,
muvaffaqqiyat sizniki!


@onatili_tilsimi

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

06 Nov, 04:37


Guruhimizning 30 % i toʻldi, oʻzi. Ulgurib qoling!!!

MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI KURSLARI || JAVLON NORQULOV

06 Nov, 03:43


🌟 Irsoli masal- gapda yoki she'rda xalq og'zaki ijodida mashhur bo'lib ketgan biror maqol, matal, ibora yoxud hikmatli so'z keltirib, nutq ta'sirchanligini oshirish usulidir.

🌟 Irsol keltirish, masalmisol, tamsil, maqol, matal va ibora ma'nolarini anglatadi.

🌟 Eski o'zbek tilida maqol, matal va iboralar masal yoki zarb ul masal deyilgan.

🌟 Hozirgi tilshunosligimizda ular frazeologizmlar deb yuritiladi.

Lutfiyning:

Ayoqingg'a tushar har lahza gisu, Masaldurkim: "Charog' tubi qorong'u" matlali g'azali boshdan oxirigacha irsoli masal bilan ziynatlangan.

🌟 Shoir she'rda o'z fikrini ta'sirchan va xalqona bo'lishiga erishish maqsadida xalq maqollariga murojaat qiladi.

Ko'zum yoshig'a nazar qil, ko'ngul bo'lur ravshan, Ey sarvinoz, oqar suvg'a qilsa nazzora. (Sakkokiy)

Yuzingni tuttum ortuq oy-u kundin, Kishining ko'zidur, ore tarozu. (Lutfiy)

@onatili_tilsimi
@onatili_kurslari

ONA TILI KURSLARI || MILLIY SERTIFIKAT || JAVLON NORQULOV

27 Oct, 16:48


90 ga yaqin ishtirokchi bepul darsga qatnashyapti

Siz ham qoʻshilib oling

https://t.me/onatili_tilsimi?livestream=faf2fa50b84f65517b

ONA TILI KURSLARI || MILLIY SERTIFIKAT || JAVLON NORQULOV

27 Oct, 13:55


ONA TILI KURSLARI || MILLIY SERTIFIKAT || JAVLON NORQULOV pinned «💥Ilk bepul marafon darsimiz bugun 21:00 da boshlanadi! 🔍Kutayotganlar nechtamiz? ⭐️Reaksiya qoldiring! 🔔Dars boʻladigan kanalimiz manzili: @onatili_tilsimi»

ONA TILI KURSLARI || MILLIY SERTIFIKAT || JAVLON NORQULOV

27 Oct, 13:55


💥Ilk bepul marafon darsimiz bugun 21:00 da boshlanadi!

🔍Kutayotganlar nechtamiz?

⭐️Reaksiya qoldiring!

🔔Dars boʻladigan kanalimiz manzili: @onatili_tilsimi

ONA TILI KURSLARI || MILLIY SERTIFIKAT || JAVLON NORQULOV

25 Oct, 08:36


25.10.2024

Ona tili va adabiyot olimpiada topshiriqlari (II tuman bosqichi) 9-sinf

ONA TILI KURSLARI || MILLIY SERTIFIKAT || JAVLON NORQULOV

25 Oct, 03:56


Azizlarim juma muborak bo‘lsin🤲

« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!.

@onatili_kurslari

ONA TILI KURSLARI || MILLIY SERTIFIKAT || JAVLON NORQULOV

24 Oct, 08:32


Yaxshi kitob ol.Bir choynak choy damla va dunyoning ovozini o'chirib qo'y..)

@onatili_kurslari

ONA TILI KURSLARI || MILLIY SERTIFIKAT || JAVLON NORQULOV

24 Oct, 03:43


#tonggi_motivatsiya

🍁 Yangi maqsadlar bilan yana bir kunni qarshi olamiz, hammaga Omad!

@onatili_kurslari

ONA TILI KURSLARI || MILLIY SERTIFIKAT || JAVLON NORQULOV

23 Oct, 03:01


#tonggi_motivatsiya

☀️ Uyg’oning, maqsad sari manzil yaqin…

@onatili_kurslari

ONA TILI KURSLARI || MILLIY SERTIFIKAT || JAVLON NORQULOV

22 Oct, 11:53


ONA TILI KURSLARI || MILLIY SERTIFIKAT || JAVLON NORQULOV pinned «»

ONA TILI KURSLARI || MILLIY SERTIFIKAT || JAVLON NORQULOV

22 Oct, 06:37


⚡️ Talabgorlarga qulaylik!

❇️ Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tili hamda umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan talabgorlar to‘lovni endi my.gov.uz sayti orqali murojaat yo‘llagan holda qaytarib olishlari mumkin.

❗️Bunda talabgorga Bilimni baholash agentligining hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lov miqdori qaytariladi.

Mazkur xizmat sinov tariqasida ishga tushirilgan!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

ONA TILI KURSLARI || MILLIY SERTIFIKAT || JAVLON NORQULOV

22 Oct, 03:03


#tonggi_motivatsiya

❤️ Eng muhimi tashqi ko’rinish emas, ichki xolatingiz go’zal bo’lsin

@onatili_kurslari

ONA TILI KURSLARI || MILLIY SERTIFIKAT || JAVLON NORQULOV

21 Oct, 06:25


☀️Qaysi qatоrdagi bоg‘lоvchisiz qo‘shma gap qismlari
оrasida ikki nuqta qo‘yiladi?

A) To‘rt mashina o‘g‘it yubоrdik // fеrmеrlarga
vaqtida taqsimlansin.
B) Mеning bir jaydari falsafamdir shu // hargiz
iltimоsga kuning qоlmasin.
C) Eshakni yaydоq minib bo‘lmaydi // yiqiladi kishi.
D) Yuragida qanday dard bоr // manabu mеnga sir.

🛫 @onatili_kurslari

ONA TILI KURSLARI || MILLIY SERTIFIKAT || JAVLON NORQULOV

21 Oct, 04:43


☀️Uchta yasama so’z ishtirok etgan gapni aniqlang. 

A)Semizlikni qo‘y ko’ tarar deganlaridek, Omonga badavlatlik yoqmas edi. 
B)Ha, bu yurtlar chiroyli, daraxtzor bo‘lgani bilan sovuq. 
C)U bolalikdan dorbozlarning o'yinlarini yoqtirar edi. 
D)Mehmon jiddiylashdi, nimanidir isbotlamoqchi bo‘lganday keskin gapirdi.

@onatili_kurslari

ONA TILI KURSLARI || MILLIY SERTIFIKAT || JAVLON NORQULOV

21 Oct, 04:06


Millatimiz aslini aks ettiruvchi - Oʻzbek tili bayrami muborak boʻlsin!

Navoiy bobomiz aytganidek, "Tilga eʼtiborsiz, elga eʼtiborsiz" boʻlmaylik. Tilimizni boshqalar hurmat qilishi uchun avval oʻzimiz ona tilimizni hurmat qilishni boshlaylik!

@onatili_kurslari

ONA TILI KURSLARI || MILLIY SERTIFIKAT || JAVLON NORQULOV

21 Oct, 03:00


#Tonggi_motivatsiya

🌤️ Mo’jizali tong va go’zal kun boshlandi…

https://t.me/onatili_kurslari

ONA TILI KURSLARI || MILLIY SERTIFIKAT || JAVLON NORQULOV

19 Oct, 05:37


Asosiy fan olimpiadasining TUMAN bosqichi o‘tkazilish sanalarida o‘zgarish bo‘ldi va quyida keltirilgan kunlarda tashkil etilishi belgilandi.

▶️21-oktabr kuni Tarix, Geografiya, Qozoq tili, Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan;
▶️22-oktabr kuni Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Davlat va huquq asoslari fanlaridan;
▶️23-oktabr kuni Kimyo, Rus tili va adabiyoti, Tojik tili fanlaridan;
▶️24-oktabr kuni Biologiya, Fizika, Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan;
▶️25-oktabr kuni Matematika, Ona tili va adabiyoti, O‘zbek tili fanlaridan.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

ONA TILI KURSLARI || MILLIY SERTIFIKAT || JAVLON NORQULOV

19 Oct, 04:25


🔔Bugun attestatsiya uchun rad qilingan murojaatlarni tahrirlab qayta yuborish mumkin.

Murojaatlari rad qilingan pedagoglar shaxsiy kabinetlariga kirib, “tahrirlash va qayta yuborish” (rasmda koʻrsatilgan) tugmachasini bosib, murojaatlarini tahrirlab, qaytadan yuborishlari mumkin.

✔️Tahrirlab boʻlgach “Saqlash” tugmachasini bosishni unutmaslikni tavsiya qilamiz.

🔴Oʻz faoliyatingizga hamda oʻzingiz toʻgʻringizdagi maʼlumotlarga befarq boʻlmang!
@onatili_kurslari
@Ona_tilichilar_uchun_quizlar

ONA TILI KURSLARI || MILLIY SERTIFIKAT || JAVLON NORQULOV

19 Oct, 03:24


Sintaksisni oson o‘rganishda 7 ta tavsiya

1️⃣ Asosiy qoida: Sintaksisning asosiy tushunchalari va terminologiyasi bilan tanishing. Gap, so‘z, sintaktik tuzilmalar haqida biganingiz yaxshi.

2️⃣ Misollar bilan ishlash: Har bir sintaktik qoidani o‘rganayotganda, misollar keltiring. O‘qiganingizni amaliyotda qo‘llash muhim.

3️⃣ Diagrammalar chizish: Gapning tuzilishini grafik ko‘rinishda chizish, bu sintaktik tuzilmani yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

4️⃣ Savollar berish: O‘rgangandan soʻng o‘zingizga savollar bering. Nima uchun shunday? Qanday qilib bu qoidalar ishlaydi?

5️⃣ Qo‘shimcha manbalar: Kitoblar, video darsliklar yoki onlayn kurslardan foydalaning. O‘z bilimlaringizni kengaytiring.

6️⃣ Mashq qilish: Sintaksis bo‘yicha mashq va testlarni yechish orqali o‘rganganingizni mustahkamlashingiz mumkin.

7️⃣ Muloqot qilish: O‘rganganingizni do‘stlaringiz yoki o‘qituvchilaringiz bilan muhokama qiling. Fikr almashish, bilimlarni kengaytiradi.

Maqolani oxirigacha oʻqigan boʻlsangiz, izohlarda men deb yuboring.

@onatili_kurslari

3,272

subscribers

531

photos

104

videos