OCHUN.UZ | Rasmiy kanal @ochun_uz Channel on Telegram

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

@ochun_uz


🌐 OCHUN.UZ saytining rasmiy Telegram kanali
Murojaat va takliflar uchun:
@Ochun_Uzgamurojaat
Facebook facebook.com/profile.php?i
Instagram instagram.com/ochunuz
YouTube youtube.com/channel/UCPh4VJhpvzxyIMRrniF2e_g
Tel +998956626161

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal (Uzbek)

🌐 OCHUN.UZ saytining rasmiy Telegram kanalinnOCHUN.UZ kanali sizga eng so'nggi yangiliklardan va maqolalardan xabardor bo'ladi. Bu kanal orqali OCHUN.UZ saytidagi eng qiziqarli maqolalarni o'qishingiz mumkin. Siz bu kanal orqali yangi darsliklardan, ijtimoiy tarmoqlar so'nggi yangiliklaridan ham xabardor bo'lasiz

OCHUN.UZ saytidagi maqolalar haqida ko'proq bilib olish uchun kanalga obuna bo'ling va saytning eng so'nggi yangiliklari bilan yaqinroqroq bo'ling. Kanal orqali murojaat va takliflarda ham bulishingiz mumkin. Bo'lajak darsliklar, mashxurlar bilan intervyular, so'nggi xabarlar va ko'p qiziqarli maqolalar sizni kutmoqda

Agar sizda fikrlar, takliflar yoki savollar bo'lsa, undan Telegram orqali murojaat qilishingiz mumkin. OCHUN.UZ sayti va Telegram kanali sizning savollaringizni debatga chiqaradi va eng qiziqarli maqolalarni sizga taqdim etadi. Hozircha OCHUN.UZ kanaliga obuna bo'ling va dunyoning so'nggi yangiliklari bilan xabardor bo'ling!
Murojaat va takliflar uchun:n@Ochun_UzgamurojaatnnIjtimoiy tarmoqlar:nFacebook: facebook.com/profile.php?inInstagram: instagram.com/ochunuznYouTube: youtube.com/channel/UCPh4VJhpvzxyIMRrniF2e_gnnTelefon raqami: +998956626161

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

27 Jan, 11:21


Endilikda fuqarolar organ xodimlarini tasvirga olishi va tarqatishi mumkin

“Qonunning oldingi tahriridan farqli ravishda organ xodimlarini foto yoki videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatganlik uchun javobgarlik belgilanmayapti”, deydi senator Qutbiddin Burhonov.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

27 Jan, 06:57


1-fevraldan bolalar uylarida “Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi

2025 - yil 1- fevraldan og‘ir hayotiy vaziyatda va yaqin qarindoshlari ko‘magisiz qolgani natijasida farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo‘lgan onalar, shu jumladan, homilador ayollar uchun bolalar uylarida “Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

“Onalar maskani”da:
▪️og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalar va ularning bolalari (4 yoshga to‘lmagan) 1 yilgacha bo‘lgan muddatga ijtimoiy shartnoma asosida vaqtincha boshpana bilan ta’minlanadi;

▪️og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi, ularda onalik va kasbiy ko‘nikmalar shakllantiriladi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

27 Jan, 04:05


O‘zbekistonda 1 - apreldan gaz narxi ham oshadi

10 ming kub metrdan yuqori iste’mol uchun esa 3 000 so‘mdan bo‘ladi.

batafsil - ochun

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

26 Jan, 08:20


Farg‘onada giyohvandlik vositalari noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq jinoiy holat aniqlandi

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

26 Jan, 04:29


Gulistondagi “eski bozor”ning eski muammolari qachon yechim topadi?

Bir xalqning ahvolini bilmoqchi bo‘lsang, bozori va mozoriga boq, deyishadi donishmandlar.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

25 Jan, 17:34


Mol boqish ayb ish emas

Maqsadlaring yo‘lida hech qachon chalg‘ima! Ota-onang bildirgan ishonchni oqla.
O‘qi!

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

25 Jan, 11:45


“Paxtakor”ning Serbiya klubi bilan o‘rtoqlik o‘yini janjal bilan tugadi

87-daqiqada “Paxtakor” futbolchisi raqibiga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Ammo bundan jahli chiqqan Serbiya klubi vakili futbolchiga tashlandi va mojaro yuzaga keldi.
Nazoratni qo‘ldan chiqargan hakam o‘yinni tugatib qo‘ya qoldi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

25 Jan, 06:20


18 yoshga to‘lmagan va 60 yoshdan oshgan shaxslar pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka tortilmaydi

Senatning uchinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Amaldagi “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi Qonun bilan o‘rnatilgan ayrim cheklovlar fuqarolarning respublikamiz hududida erkin harakatlanishi, yashash joy va kelgan joyni tanlash bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlaridan to‘laqonli foydalana olmasliklariga sabab bo‘lmoqda.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

24 Jan, 14:01


“Fuqarolar organ xodimlarini tasvirga olishi va tarqatishi mumkin” — Senat bahslarga sabab boʻlgan qonunni maʼqulladi

“Qonunning oldingi tahriridan farqli ravishda organ xodimlarini foto yoki videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatganlik uchun javobgarlik belgilanmayapti”, deydi senator Qutbiddin Burhonov.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

24 Jan, 08:35


Endilikda hali bitmagan uyni ham imtiyozli ipoteka krediti va subsidiyaga olsa bo‘ladi

developerlar tomonidan ob’yektning 50 foizi qurilganda, fuqarolar kredit va subsidiya olishi mumkin bo‘ladi. Ushbu tartib nafaqat imtiyozli, balki tijorat ipotekasi uchun ham tatbiq etiladi.

Quruvchi tashkilotlar qurilishni boshlaganidan yakunlagunicha, lekin ko‘pi bilan 12 oy davomida yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi. Ob’yekt muddatida topshirilmasa, developer yer solig‘ini 2 karra miqdorda to‘laydi.

“Yangi O‘zbekiston” massivi uchun berilgan yerlarning 10 foizi developerlarga tijorat binolarini qurishi uchun yagona lot sifatida savdoga chiqariladi.

Bu uylarning pastki qavatida xususiy bog‘cha tashkil qilishga ruxsat berilishi, ular mulk solig‘idan ham ozod qilinishi ta’kidlandi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

24 Jan, 06:36


O‘zbekistonda imtihon sinovlarisiz diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan TOP-1000 talikka kirgan OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi

Mazkur ro‘yxat 2025-yil uchun e’lon qilingan bo‘lib, har yili yangilanadi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

24 Jan, 03:51


“Bu bosqichma-bosqich amalga oshiriladi baribir” — Qarshidagi maktab direktori uzr so‘rab chiqdi

Qarshidagi maktab formasi uchun 70 mingdan pul yig‘ilishini talab qilgan maktab direktori uzr so‘rab chiqibdi. Biroq videodan ma’lum bo‘lishicha, direktor opamiz hamon ahdlaridan qaytganlari yo‘q, bosqichma-bosqich maktab formasiga o‘tar ekanlar. Direktor opaga ko‘ra ularning gaplari andak “noto‘g‘ri talqin qilinibdi”.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

23 Jan, 08:55


Nukus, Buxoro, Fargʻona va Namangan texnika universitetlari tashkil etiladi

Talabalarning ilmiy-innovatsion jarayonlarda ishtiroki kengaytiriladi, oliygohlarga sanoat hamkorlari biriktiriladi. Mazkur yoʻnalishda 22 ta texnika universiteti tashkil qilinadi. Bu haqda prezident tanishgan oliy taʼlim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimotda taʼkidlandi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

23 Jan, 05:39


Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov Guliston shahar shifoxonasida bo‘ldi

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

23 Jan, 03:36


Mahallalarda maktab bitiruvchilari va talabalar bilan ishlovchi yangi lavozim joriy etiladi

Natijada – 5 tagacha mahalla mikrohududga birlashtiriladi va jinoyatchilik oldini olish bo‘yicha tezkor harakatlanish tizimi yaratiladi.

batafsil - ochun

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

22 Jan, 13:54


Endi Poytaxtda milliy liboslarda yurganlar rag‘batlantirilishi mumkin

Toshkent shahar hokimi qaroriga ko‘ra, davlat idoralarida milliy libosda yurish tavsiya etiladi, har juma “Milliy liboslar kuni” deb belgilanadi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

22 Jan, 07:56


Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi umumta’lim muassasalarida ruxsat etilmaydigan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Ushbu ro'yxatda ko‘rsatilgan 38 turdagi mahsulotlar sotuviga yo‘l qo'yish qonunchilik doirasida javobgarlikka sabab bo'ladi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

22 Jan, 04:27


Kambag‘al oilalar a’zolarini kasblarga o‘qitish maqsadida stipendiyalar ajratiladi

Bu borada joriy yil 17 yanvar kuni prezidentning PQ-12-son qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq 2025 yil 1 fevraldan kasblarga o‘qitish maqsadida ajratiladigan stipendiyalar nogironligi bo‘lgan shaxslarga, shuningdek, muddati 3 oydan ko‘p davom etadigan o‘quv kurslariga qabul qilingan Kambag‘al oilalar reyestridagi oilalarning ishsiz a’zolariga to‘lanadi.
2025 yil 1 maygacha ishsiz aholini, shu jumladan, ustuvor ravishda kambag‘al oilalar a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha vaucher tizimi joriy qilinadi.

Mazkur tizim 2025 yil 1 fevraldan Samarqand viloyati va Toshkent shahrida sinovdan o‘tkaziladi.

Mahallalarda kambag‘al oila a’zolarining ishlash ishtiyoqini va tashabbuskorligini oshirishga qaratilgan “Farovon hayotga ilk qadam” , “Ishonch” loyihalari va “Ma’rifat orqali kambag‘allikni qisqartirish” dasturi amalga oshiriladi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

21 Jan, 14:46


2024 yilda hokim yordamchilari 309 ta korrupsion jinoyat sodir qildi

O‘tgan yili O‘zbekistonda 5 ming 716 ta korrupsion jinoyat sodir qilingan bo‘lsa, ularda qariyb 7 ming kishi ishtirok etgan. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimida 309 ta korrupsiyaga oid jinoyatlar esa hokim yordamchilari faoliyati bilan bog‘liq. Antikorrupsiya agentligi 2024 yilda sodir etilgan korrupsion jinoyatlar tahlilini e’lon qildi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

21 Jan, 09:59


O‘zbekistonda daraxt ekkan kambagʻal fuqarolarga subsidiya berish yo‘lga qo‘yiladi

Yurtimizda 2025-yil 1-iyuldan boshlab daraxt ekkan kambag‘al fuqarolarga subsidiya berish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarorida belgilandi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

21 Jan, 08:47


Umra va haj ziyoratchilariga emlanish talab etiladi

Viza turidan qat’i nazar 1-fevraldan boshlab Saudiyaga boradiganlar meningitga qarshi emlangan bo‘lishi shart. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga emlanish majburiy hisoblanmaydi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

21 Jan, 03:33


“Kutubxonada qulf degan narsa bo‘lmaydi, kitobni kelib o‘g‘irlab ketsa, men faqat xursand bo‘laman”

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov kitobxonlikni targ‘ib qilib, ajoyib fikrlar bildirdi.
“Kutubxonada qulf degan narsa bo‘lmaydi. Kitobni kelib o‘g‘irlab ketsa men faqat xursand bo‘laman. Qaniydi hamma kitob o‘g‘irlasa. Biz to‘ldiraveramiz, hech muammosi yo‘q” , deya ta’kidlagan viloyat rahbari.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

20 Jan, 12:40


Boysundagi M25 koni joylashgan hududda olovli maydonchalar yuzaga kelgani aytilmoqda

Surxondaryodagi “Mustaqillikning 25 yilligi” koni atrofida olingan videodan ko‘rinishicha, kondan chiqayotgan gaz hududda bir nechta olovli maydonlarni hosil qilgan. Mahalliy aholiga ko‘ra, gaz chiqishi oqibatida yopilgan yirik quduq atrofida o‘nlab tirqishlar paydo bo‘lib, ular yondirib qo‘yilgan.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

20 Jan, 04:22


Mudofaa vazirligi ogohlikka chaqiradi

Muddatli harbiy xizmatga yuborish, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish, mudofaa ishlari boshqarmasi va bo‘limlarida amalga oshiriladigan har qanday hujjat ishlari mutlaqo bepul. 

Ushbu masalalar yuzasidan ishingizni moddiy mablag‘ evaziga hal qilib berishni taklif etishdimi? Unday kimsalarga ishonmang! Jinoyatchilarga sherik bo‘lib, kelajagingizni barbod qilmang!

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

19 Jan, 09:22


Surxondaryoda yangi amaliyot loyihasi ishlab chiqildi

Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, qoidabuzarlar bilan profilaktik ishlar olib borish va haydovchilarga qoidalarga qat’iy amal qilish tushunchasini shakillantirish maqsadida viloyat hududida "Rasmiy ogohlantirish" orqali transport vositasini jarima maydonidan chiqarish amaliyotini joriy qilish loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

19 Jan, 04:12


O‘zbekistonga nechta telefonni bojsiz olib kirish mumkinligini bilasizmi?

Endi olib kelayotgan telefonlaringizni yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida albatta, ko‘rsating.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

18 Jan, 11:52


Uy-joy sotib olishda nimalarga e’tibor berish lozim?

Ushbu video orqali batafsil ma’lumotga ega bo‘ling

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

18 Jan, 06:37


O‘zbekistonda yovvoyi hayvonlarni noqonuniy saqlaganlik uchun jarima belgilandi

Fuqarolar 1 mln 875 ming so‘mdan 3 mln 750 ming so‘mgacha, bu odamlarning sog‘lig‘iga zarar yetishiga olib kelsa 11 mln 250 ming so‘mdan 18 mln 750 ming so‘mgacha jarimaga tortiladi. Hayvonlar esa musodara qilinadi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

18 Jan, 03:12


Moped va skuterlarga davlat raqam belgilarini olish tartibi bilan tanishib oling

1-martdan boshlab “A” toifali haydovchilik guvohnomasisiz moped va skuterlarlarni boshqarish jarimaga sabab bo‘ladi

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

17 Jan, 12:06


Ijtimoiy kartani qayerdan olish mumkin?

Tajriba-sinov bosqichida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida ijtimoiy karta ochish uchun elektron arizalar “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlari orqali qabul qilinmoqda.

Keyinchalik fuqarolar Yagona davlat interaktiv xizmatlari portali, “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali hamda ijtimoiy karta boʻyicha belgilangan Moliyaviy agentlarning boʻlinmalari (AT “Xalq banki”, AT “Aloqabank” ) orqali murojaat etishlari mumkin boʻladi.

Ijtimoiy karta 2025-yil 1-iyuldan bosqichma-bosqich respublikaning barcha hududlariga joriy etiladi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

08 Jan, 14:36


Endilikda mehnat shartnomalari elektron tartibda tuziladi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga muvofiq, ish beruvchi va xodim oʻrtasidagi mehnat shartnomalari...

batafsil - ochun

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

08 Jan, 10:00


Qoʻshkoʻpirda oilaviy poliklinikalar faoliyati qanday yoʻlga qoʻyilgan?

Tumandagi 16- oilaviy poliklinika shu hudda joylashgan bir nechta qishloqning 11800 nafar aholisiga tibbiy yordam ko‘rsatadi.

batafsil - ochun

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

08 Jan, 06:41


Mahalliy byudjet hisobidan xizmat avtomobillari xarid qilish taqiqlandi

“2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida” gi qonun bilan Birinchi darajali byudjet mablag‘lari taqsimlovchilar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga 2025 yilda “tejamkorlik va barqarorlikni ta’minlash” tamoyili asosida byudjet mablag‘larini tejash va samaradorligini oshirish bo‘yicha zururiy choralar ko‘rish vazifasi yuklangan.
Bunda, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining boshqaruv xodimlari ish haqi miqdorlarini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish taqiqlandi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar mahalliy byudjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan xizmat avtomobillari (maxsus avtotransport vositalari bundan mustasno), qimmatbaho yumshoq mebellar va ofis jihozlari (ta’lim, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida foydalanadiganlardan tashqari) xarid qilish ham taqiqlandi.

ochun.uz

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

08 Jan, 05:06


Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga qariyb 700 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va aybdorlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborildi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

07 Jan, 11:45


Germaniya o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga taklif qilmoqda

Germaniyada hozirda 70 ming nafar yuk avtomobili haydovchisi yetishmayapti. Shuning uchun Papenburg logistika kompaniyasi O‘zbekistondan haydovchilarni ishga jalb qilmoqchi. Ularni o‘qitishga ham tayyor.
Ushbu kompaniyada ishlayotgan o‘zbekistonlik yigitlardan biri amaliyot davrida 800 yevro olmoqda.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

07 Jan, 07:02


Jizzaxda kir mashina ichida qisilib qolgan bolakay FVV qutqaruvchilari tomonidan chiqarib olindi

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

07 Jan, 03:21


Fuqaro manfaatlari uchun yagona ma’lumotlar bazasi — “Ijtimoiy karta” ishga tushiriladi

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 27 dekabrdagi 897-sonli qarori bilan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda “ijtimoiy karta” tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar bеlgilandi
Ijtimoiy kartani berish va undan foydalanish uchun arizalar quyidagilar orqali murojaat qilish yo‘li bilan topshiriladi:
“Yagona interaktiv davlat xizmatlari” portali;
“Ijtimoiy karta” mobil ilovasi;
“Inson” ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlari;
moliyaviy agentlar.
Jismoniy shaxslarga ijtimoiy karta berish bo‘yicha bank xizmatlari uchun to‘lov BHMning 10 foizidan oshmasligi kerak. Hujjatda ijtimoiy karta uch ish kuni ichida bepul beriladigan shaxslar ro‘yxati keltirilgan.
2025 yil 1 fevraldan ijtimoiy kartalarni muomalaga chiqarish va foydalanishga taqdim etish masalalari bo‘yicha “1070” – “Ishonch telefoni” sinov tartibida ishga tushiriladi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

06 Jan, 15:46


🇺🇿🇹🇭O‘zbekistonliklar Tailandga vizani endi onlayn olishi mumkin

Buning uchun onlayn platforma orqali murojaat qilish kerak. Tailandning diplomatik va konsullik idoralariga pasportning asl nusxasini va tasdiqlovchi hujjatlarni shaxsan taqdim etish talab qilinmaydi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

06 Jan, 12:11


Xitoyda tarqalayotgan virus O‘zbekistonda ham aniqlandi

Ayni vaqtda respublikada o‘tkir respirator infeksiyalarga chalinish holatlarining mavsumiy ko‘tarilishi kuzatilmoqda.
Sanepidqo‘mitaga ko‘ra, ushbu respirator infeksiyalarning so‘nggi laboratoriya tahlillari natijasiga ko‘ra: 36,9 foizida gripp virusi, 30,2 foizida rinovirus, 28,6 foizida respirator-sinsitial virus, 1,2 foizida metapnevmovirus va 3,1 foizida boshqa viruslar aniqlangan.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

06 Jan, 08:48


O‘zbekistonda 1-fevraldan temiryo‘l chiptalari narxi oshiriladi

“Afrosiyob” poyezdlari chipta narxlari 20-25 foizga, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” poyezdlari chipta narxlari 30 foizga qimmatlaydi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

06 Jan, 05:45


Ertaga 7- yanvar kuni soat 10:00 da yana Cobalt uchun shartnoma ochiladi

“UzAuto Motors” AJ 7-yanvar kuni soat 10:00 dan boshlab Chevrolet Cobalt GX-STYLE AT PLUS va GX-MIDNIGHT AT avtomobillari uchun kontraktatsiya boshlanishini ma’lum qildi.
Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomalar faqat savdo.uzavtosanoat.uz veb-sayti va UzAvtoSavdo ilovasi orqali onlayn tarzda tuzilishi mumkin bo‘ladi.
Telegram-bot navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

06 Jan, 03:56


Endilikda qo‘shimcha qabul asosida magistraturaga kirganlarga ta’lim krediti berilmaydi

2025 yilgi davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun ijrosini ta’minlashga oid prezident qarori bilan hukumatning 2021 yil 18 avgustdagi 527-son qarori 1-ilovasi 3 bandi 4-xatboshisiga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, ta’lim tashkilotida tahsil olish maqsadida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik boshqa to‘lovlarni hamda davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qo‘shimcha qabul parametrlari asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyent va talabalarning to‘lov-kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish uchun ta’lim krediti ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 527-son qarori bilan ta’lim kreditlari ajratish tartiblariga doir Nizom tasdiqlangan va 3-bandida “super kontrakt” uchun ta’lim krediti ajratilmaslik belgilangan.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

05 Jan, 14:26


Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlarida suyultirilgan gaz taʼminotidagi “bunker”lar faoliyatiga chek qoʻyildi

Ko‘kdala tumanida 110 dona maishiy gaz ballonni belgilangan tartibda tarqatmasdan, bitta xonadonga 34 dona tushirilayotgani aniqlangan. Qoʻqondagi xonadonda suyultirilgan gaz bilan toʻldirilgan 35 dona va boʻsh holdagi 48 dona gaz balloni topilgan.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

05 Jan, 09:27


O‘zbekistonda ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari belgilandi

Xususan, Toshkentda
🔹turar joyni ijaraga berish bo‘yicha eng kam stavka (1 kvadrat metr uchun oyiga) — 28 000 so‘m;
🔹noturar joyni ijaraga berish bo‘yicha eng kam stavka — 45 000 so‘m.

Avtomobil transporti:
🔹yengil avtomobil uchun — 858 000 so‘m;
🔹mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk mashinalari uchun — 1 750 000 so‘m.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

05 Jan, 07:14


Qashqadaryoda operatsiya uchun bemoridan 3,5 mln so‘m olgan shifokor 17 mln so‘m jarimaga tortildi

Bu haqda 2024-yilning 27-dekabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudi sudyasi Eshimovning hukmi e’lon qilingan. 
Ma’lum bo‘lishicha, shifokor bemorning o‘t qopidagi toshni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlagani evaziga undan pul talab qilgan. 
Holat 2024-yil 3-dekabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudida ko‘rib chiqilgan. 52 yoshli jarroh O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 214-moddasi 2-qismining “b” bandi (davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda ta'magirlik yo‘li bilan moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi) bilan ayblangan. 
Sud shifokorni ushbu jinoyat ishida aybdor deb topib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida ya’ni 17 million so‘m jarima jazosi tayinladi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

05 Jan, 04:19


O‘zbekistonliklar Germaniyaga mavsumiy ishga taklif etilmoqda

Ish haqi — 1700 yevrogacha.

batafsil - ochun

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

04 Jan, 16:07


Sobiq mahkumalarga imkoniyatlar bor, biroq...

Umrining gullagan davrini panjara ortida o‘tkazgan ayollar tilidan.

batafsil - ochun

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

04 Jan, 09:59


Mahalla raislari va xodimlarining oylik maoshi kamaytiriladi

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan beriladigan ustamalar bekor bo‘ldi.

batafsil - ochun

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

04 Jan, 06:22


2025-yili atoqli adib va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi keng nishonlanadi

Adibning “Tanlangan asarlar” to‘plami, uning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop kitoblar nashrga tayyorlanadi va chop etiladi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

03 Jan, 10:42


O‘zbekistonda 2025-yil 1-fevralga qadar tuman banklari filiallarida mahallabay ishlash bo‘limlari tashkil etilib, ularga “mahalla bankirlari” tayinlanadi

Shuningdek, har bir mahallada ular bilan birga ishlaydigan “yordamchi-agentlar” tanlab olinadi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

03 Jan, 07:36


Joriy dekar oyida suyultirilgan gaz ta’minotida 2570 dona maishiy gaz balloni noqonuniy saqlanayotgani aniqlangan 32 ta “bunker” faoliyatiga chek qo‘yildi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "Hududgazta’minot" AJ Axborot xizmati rahbari Dilorom Jumaniyozova ma’lum qildi.

“Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2024 yilning dekabr oyida aholi va ulgurji iste’molchilarga 3 milliard 104 million 668 ming kub metr tabiiy gaz yetkazib berildi.
Suyultirilgan gaz iste’molchilari dekabr oyida 58 ming tonna suyultirilgan gaz bilan ta’minlandi. Qish mavsumida iste’molchilarning maishiy gaz ballonlariga bo‘lgan ehtiyoji oshishidan kelib chiqib, joylarda 24 ming dona maishiy gaz ballonlari va 2,4 ming tonna suyultirilgan gaz hajmlari zaxirasi yaratildi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

03 Jan, 04:43


Atrof-muhitni ifloslantirgan blogerga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Jasjan” nomi nomi bilan mashhur bloger J.Sh. tomonidan olingan Toshkent tumanida hayot uchun xavfli holat aks etgan video tarqaldi. Bu video ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari keskin e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

Mazkur holat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganilganida J.Sh. atrof-muhitni ifloslantirib, belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bog‘liq huquqbuzarlikni qasddan, jamoaviy sodir etgani ma’lum bo‘ldi.

Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 91-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari — 1 million 875 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

02 Jan, 10:43


2024 - yilning TOP-10 ta voqeasi

Joriy yil 31- dekabr kuni O‘zbekiston 24 telekanalida har soatda xalqimiz hayotini yangi o‘zanga burib yuborgan 10 ta olamshumul voqelik haqida hujjatli filmlar taqdimoti

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

02 Jan, 07:51


Chiqindilarni boshqarish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi

Qonun loyihasiga muvofiq “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi qonunlarga chiqindini olib chiqib ketish xizmatlari uchun to‘lovlarni elektr energiyasi uchun to‘lovlar bilan birga undirish mexanizmlarini joriy qilish nazarda tutilgan.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

02 Jan, 04:38


Ona tili va tarix oʻqituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama berish toʻgʻrisida koʻrsatma berilgan

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2025-yil 1-yanvardan boshlab ona tili va tarix fani oʻqituvchilariga milliy sertifikat uchun 50 foiz ustama toʻlash toʻgʻrisida 2024-yil 19-dekabr kuni hududiy MMTVlarga yuqoridagi koʻrsatma xatni yuborgan.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

01 Jan, 14:08


Vazirlik va idoralarda endilikda bir nafar surdotarjimon faoliyat yuritadi

Qonunchilikka ko‘ra: vazirlik va idoralar, ularning tizim tashkilotlari hamda davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar fuqarolar qabuli va sayyor qabullarni o‘tkazishda majburiy tarzda surdotarjimon ishtirokini ta’minlaydi;

vazirlik va idoralar, ularning tizim tashkilotlari hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha bir nafar xodimi surdotarjimonlik kurslarida o‘qitiladi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

01 Jan, 11:01


Ayrim yer uchastkalari bo‘yicha soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi

Qonunchilikka ko‘ra: yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilish tarzidagi imtiyozni bekor qilgan holda, mazkur yer uchastkalari bo‘yicha soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

01 Jan, 02:38


Ochun.uz saytining aziz obunachilari!

Barchangizni kirib kelgan yangi 2025 yil bilan samimiy muborakbod etamiz! Yangi yil barchangizga baxt, omad, quvonch olib kelsin. Xonadoningizdan qut-baraka arimasin.
Biz siz uchun 2025 yilda ham xizmat qilishda davom etamiz!

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

28 Dec, 09:14


Buxoro viloyatining Romitan tumanidagi kanalda cho‘kib ketayotgan 16 yoshli qiz qutqarildi

Qiz tuman shoshilinch tez-tibbiy yordam bo‘limiga yetkazilgan. Hozirgi vaqtda uning ahvoli yaxshi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

28 Dec, 04:42


Sovuq suv bilan aralashtirilgan asalning foydali xususiyatlari

🔸asal suvi ovqat hazm qilishini normallashtiradi;

🔸immunitetni oshiradi. Surunkali tumov, bronxitni davolaydi, suyuq va shilimshiq balg‘amni o‘pkadan haydaydi;

🔸parazitlardan himoyalaydi;

🔸antibakterial, virusga qarshi ta’sirini kuchaytiradi;

🔸yo‘g‘on ichak ishini normallashtiradi;
Tibbiy va profilaktik maqsadda asal suvini ertalab och qoringa ichish kerak. Bir yutishda bir stakan asal suvini iching. Bu juda muhim. Oshqozon sfinkteri darhol ochiladi va suyuqlik ichakka kiradi, shundan keyin u qonga singib ketadi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

27 Dec, 15:14


Qibrayda Qozog‘istondan tortilgan yashirin yer osti quvuri aniqlandi

Qibray tumanida Qozog‘istondan O‘zbekiston hududiga tortilgan yashirin quvur aniqlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 26 dekabr kuni Bojxona qo‘mitasi va uning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan O‘zbekiston va Qozog‘iston tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda transchegaraviy jinoiy guruh fosh qilingan. Ushbu guruh Qozog‘istondan O‘zbekistonga noqonuniy yo‘llar bilan yonilg‘i mahsulotlarini olib o‘tish bilan shug‘ullangan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan qoramol fermasi ko‘zdan kechirilganda Qozog‘iston hududidan O‘zbekiston hududiga yonilg‘i mahsulotlarini noqonuniy o‘tkazishga mo‘ljallangan, O‘zbekiston tomondagi qismi taxminan 500 metr uzunlikda bo‘lgan yashirin quvur borligi aniqlangan.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

27 Dec, 11:41


Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi boshlandi

Loyihani ishga tushirish marosimida Jamshid Xo‘jayev so‘zga chiqib, Shavkat Mirziyoyevning qutlov so‘zlarini o‘qib eshittirdi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

27 Dec, 04:33


Navoiyda alimentdan qochgan ota dalahovlidan topildi

Navoiy viloyati Karmana tumanida farzandi uchun aliment to‘lamasdan qochib yurgan ota 2,5 yillik qidiruvdan so‘ng dalahovlidan topildi. U 2022 yil 7 apreldan buyon yashash manzilini o‘zgartirib, yashirinib yurgan.

Tezkor tadbirlar davomida qarzdor ota Karmana tumanidagi «Yubiley» dalahovlisida ushlandi. Otaning aliment bo‘yicha qarzi 49,8 mln so‘mni tashkil etgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi uni 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qildi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

26 Dec, 14:06


1-yanvardan bolalar bog‘chasi uchun ota-onalar to‘lovi oshiriladi

Xususan, O‘zbekiston bo‘yicha 2025-yil 1-yanvardan boshlab bolalar bog‘chasi uchun to‘lov o‘rtacha 8,5−10,8 foizga oshiriladi.

batafsil - ochun

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

26 Dec, 12:09


Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatning yangi misoli ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi: kimdir tovuqqa nos chektirgan va tovuq o‘lib qolgan. Bu nafaqat axloqiy jihatdan qabul qilib bo‘lmaydigan harakat, balki parrandaga nisbatan zo‘ravonlik hisoblanadi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

26 Dec, 04:03


Zarafshon shahrida nogironligi bor fuqarolar uchun 2 ta yangi avtobus olib kelindi

Shu paytgacha aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlami uchun shaharda 5 ta avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi. Endi bunday transportlar soni 7 ta bo‘ldi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

25 Dec, 07:06


Endi sport maydonchasi qurish uchun aholi ovoz beradi

“Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra:
—sport maktablari xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga ustamalar to‘lab borish tartibini takomillashtirish;

—sport maydonchalari barpo etiladigan mahallalarni aholi tomonidan ovoz berish yo‘li bilan aniqlash tartibini belgilash;

—sport maydonchalarini barpo etish va ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish;

—yoshlar siyosati va sport sohasidagi ayrim amaldagi farmon va qarorlardan eskirgan va takrorlanuvchi normalarni chiqarib tashlash hamda huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish ko‘zda tutiladi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

25 Dec, 04:15


2025/26-oʻquv yilida 100 dan ziyod maktablar tashkil etilib, 257 ming oʻquvchi oʻrni ochiladi

Ikkinchi xorijiy til oʻqitiladigan maktablar 420 taga, kasb-hunar oʻrgatiladiganlari 400 taga yetkaziladi. Bu haqda prezidentga maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida 2025-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar boʻyicha berilgan axborotda maʼlum qilindi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

24 Dec, 12:37


Uy olishda aldanib qolmaslik uchun nima qilish kerak?

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan xonadon xarid qilgan fuqarolarning turli mazmundagi e’tirozlari, jumladan, kadastr hujjatini ololmayotgani bilan bog‘liq murojaatlari e’lon qilinmoqda.
Bu kabi muammoli holatlar nima sababdan yuzaga kelmoqda, aslida yangi kvartira sotib olishda nimalarga e’tibor berish kerak?

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

24 Dec, 10:00


O‘zbekistonda davlat raqami belgilari uchun to‘lov miqdori o‘zgardi

- elektromobillar (gibrid avtomobillar), mototransport vositalari (motosikl, elektromotosikl, moped va skuterlar) va tirkamalarni (yarim tirkamalarni) ro‘yxatdan o‘tkazish uchun BHMning 1,5 baravari miqdorida belgilandi — 562 500 so‘m;

- yuqoridagilardan boshqa barcha avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun BHMning 6,84 baravari miqdorida belgilandi — 2 565 000 so‘m.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

24 Dec, 06:10


Xalq banki tomonidan joriy yil 1 dekabr holatiga 10 mingdan ortiq talabaga 145 mlrd. so‘mga yaqin onlayn kredit ajratildi

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

24 Dec, 03:50


Ayrim tadbirkorlarga kommunal xarajatlari 50 foizi qoplab beriladi

Umumiy o‘rta ta’lim faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik sub’yektlariga 5 yil muddatga ushbu ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan kommunal xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

batafsil - ochun

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

23 Dec, 14:06


Abduqodir Husanov O‘zbekistonda yilning eng yaxshi yosh sportchisi bo‘ldi

Ayni paytda “Milliy sport mukofoti-2024” marosimida g‘oliblarni taqdirlash bo‘lib o‘tmoqda. Unga ko‘ra, milliy terma jamoa hamda "Lans" klubi futbolchisi Abduqodir Husanov "Yilning eng yaxshi yosh sportchisi" nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

29 Nov, 09:40


16 yil avval Okeanga tashlangan xat 13 ming kilometr olisdan topildi

Okeanga 16 yil avval tashlangan shisha idishdagi xat Avstraliya sohillarida topildi, deb xabar berdi Daily Mail.
Piterborolik erkak kishi o‘z topilmasi haqida ijtimoiy tarmoqda yozdi. Aytilishicha, xat AQSHning Merilend shtatida yashovchi Jo Jonsonga tegishli.
Jonson shisha idishga solingan xatni 2008 yilda Braziliya sohillaridan taxminan 50 kilometr olisda, Atlantika okeaniga tashlagan. Ajablanarlisi, butilka 13 ming kilometr olisga borib qolgan. Xat muallifi uni topib, qaytarib jo‘natgan odamga 20 dollar va’da qilgan.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

29 Nov, 06:21


Buxorodagi “Varnet” bog‘i haqida bilasizmi?

Buxorolik kuzatuvchimiz Shohinur Muhammedova tomonidan taqdim etilgan videoda bog‘ bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

29 Nov, 04:35


Namanganda avtomobil yo‘llarining holati maxsus mashinalar yordamida o‘rganilmoqda

Bugungi kunga qadar maxsus mashinalarda viloyatning 2700 kilometr masofadagi avtomobil yo‘llari ko‘zdan kechirilib, diagnostika ishlari yakunlandi.

Namanganda umumiy foydalanishdagi 3377 kilometr avtomobil yo‘llari bo‘lib, ularning qariyb 900 kilometri ta’mirtalab holatda.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

28 Nov, 11:24


Abdulla Aripov va Samarqand viloyati sobiq hokimi Erkinjon Turdimov

Bosh vazir 28-noyabr kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etdi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

28 Nov, 06:50


Pedagoglar bir vaqtda ikkita taʼlim muassasasida asosiy xodim boʻlib ishlashi mumkinmi?

batafsil - ochun

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

28 Nov, 05:18


Google Kaliforniyada o‘zining birinchi yog‘ochdan qurilgan ofisini ochdi

Besh qavatli bino butunlay presslangan yog‘ochdan qurilgan va kompaniyaning ta’kidlashicha, po‘lat va beton konstruksiyalarga qaraganda 96% kamroq uglerod chiqindilarini ishlab chiqaradi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

28 Nov, 03:20


1- dekabrdan ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish boshlanadi

Yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash maqsadlari uchun 120 mln soʻmgacha, 20 yilgacha muddatda ipoteka kreditlari ajratish yoʻlga qoʻyildi.
U kimlarga, qay tartibda beriladi?
Bu jarayonda dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun kredit muddatining birinchi besh yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya toʻlanadi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

27 Nov, 13:01


Toshkentda qalbaki 1 400 dollarni bankomatdan so‘mga ayirboshlab olgan uch kishi ushlandi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

27 Nov, 09:36


Farg‘onada ichida uch kishi bo‘lgan Damas kanalga tushib ketdi

Ular avtomobil suvga tushgan vaqtda oʻz harakatlari bilan quruqlikka chiqib olgan.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

27 Nov, 04:21


Toshkentda ikki yuk mashinasi ishtirokidagi YTHda bir kishi halok bo‘ldi

Qayrilib olish joyida BKA yuk transport vositasiga Isuzu yuk mashinasi kelib urulgan.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

26 Nov, 08:46


Toshkentda jamoat transporti yo‘lkirasi 3000 so‘mga o‘zgarishi kutilmoqda 

2025 yil 1 yanvardan Toshkent shahrida jamoat transporti (avtobus va metro) uchun yo‘lkira haqining yangi tariflari joriy etilishi rejalashtirilmoqda: 
- Bir yo‘lovchi qatnovi uchun – 3 000 so‘m. Elektron to‘lov tizimi orqali to‘langan taqdirda – 1 700 so‘m. 
- Bagaj tashish xizmati uchun – 4 000 so‘m. 
- Transport kartalari uchun tarif hisoblash asosi – 1 600 so‘m. 
Shuningdek, barcha avtobuslarda naqd to‘lov bekor qilinib, yo‘lkira haqi faqat elektron tarzda qabul qilinadi. Qatnovlar soniga bog‘liq bo‘lgan imtiyozli va bepul tariflar o‘zgarishsiz qoladi. 
Qaror loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida joylashtirilgan.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

26 Nov, 03:54


Onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi — Prezident qarori

30–65 yoshdagi ayollar har 2 yilda bir marotaba tibbiyot xodimlari tomonidan birlamchi saralashdan o‘tkaziladi.

batafsil - ochun

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

25 Nov, 11:16


JUDA MUHIM. VIDEONI SAQLAB QO'YING!

Kadastr agentligi
Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi Shuhrat Ro‘zmatov videomurojaat bilan chiqdi.

O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-sonli Qonuni doirasida mahallalarda xatlov o'tkazilmoqda.
Xatlov jarayonida kadastr xodimlarining noqonuniy harakati haqida ma'lumotga ega bo'lsangiz quyidagi raqamlarga qo'ng‘iroq qilishingiz mumkin:
+998712316851 (ichki 246)
+998974110115.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

25 Nov, 07:08


25-noyabr Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni

“Bu mening hayotim emas. Men zo‘ravonlikka qarshiman. Biz o‘zimiz va farzandlarimiz hayoti uchun kurashamiz. Birinchi qadamni qo‘yishdan qo‘rqmang” Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakili Diyora Keldiyorova

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

25 Nov, 04:54


Dars vaqtida oʻquvchining oʻqituvchiga qilgan hurmatsizligi uchun qanday chora koʻriladi?

Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasiga koʻra...

batafsil - ochun

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

24 Nov, 05:32


Endi yurtimizda xususiy bog‘cha va maktablar 2030-yil 1-yanvargacha barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

24 Nov, 02:21


Tadbirkorlar faoliyati tekshirilganda biznes-ombudsman xabardor etiladi

2025 yil 1 yanvardan jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima bekor qilinadi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

23 Nov, 11:56


Davlat rahbari “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

23 Nov, 03:20


Navoiyda 8 kilometrli “yashil belbog‘” tashkil etiladi

Mamlakat bo‘ylab davom etayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumi doirasida Navoiy viloyatida 5 million 600 mingdan ortiq daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, jarayonlar viloyatda uyushqoqlik va yuqori saviyada amalga oshirilmoqda. Ekologiya va atrof-muhitni “salomatlashtirish” maqsadida sanoat va ishlab chiqarish korxonalari atrofida “yashil belbog‘” lar tashkillashtirilyapti.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

21 Nov, 15:22


2024/2025 o‘quv yilidan boshlab, Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik liseyiga qiz bolalar ham qabul qilinadi

Toshkent “Temurbeklar maktabi”da o‘qish davomiyligi ikki yil bo‘lib, liseyning yillik qabul kvotasi 150 kishini tashkil etadi.

batafsil - ochun

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

21 Nov, 06:17


Quyoshning yuqori aniqlikdagi suratlari namoyish qilindi

Tasvirlar Solar Orbiter zondi tomonidan olingan, ularda quyosh dog‘lari aniq tasvirlangan.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

21 Nov, 04:20


Yangi yildan 65 turdagi ijtimoiy xizmat va yordamlar, 50 ga yaqin imtiyozlarni o‘zida mujassam etadigan yagona “Ijtimoiy karta” tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish borasida katta dasturlar amalga oshirilmoqda.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

20 Nov, 13:02


O‘zbekistonda “zapravkalar” haqida ma’lumot beruvchi ilova test rejimida ishga tushdi

Ilova “Avto24” deb nomlangan bo‘lib, unda yoqilg‘i quyish, gaz to‘ldirish va elektr quvvatlash shoxobchalarini topish, narxlarni taqqoslash, borar manzili hamda vaqtini aniq rejalashtirish mumkin.
Ilovani Android va iOS orqali bepul yuklab olish mumkin.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

20 Nov, 10:19


Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida salkam 7 kilolik o‘g‘il chaqaloq tug‘ildi

Bu haqida Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar berdi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

20 Nov, 04:44


Samarqandda narkotik sotayotgan 68 yoshli otaxon qo‘lga tushdi

Samarqand viloyati Urgut tumanida ilgari giyohvandlik moddasi savdosi bilan shug‘ullangani uchun qamalib chiqqan 68 yoshli fuqaro yana shu ishni qilayotgan vaqtda qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Qayd etilishicha, ilgari giyohvandlik moddasi savdosi bilan qo‘lga tushib, qamalgan va joriy yilning may oyida 3-mintaqaviy hudud 37-son manzilli koloniyadan ozod bo‘lgan 68 yoshli fuqaro yana narkotik savdosi bilan shug‘ullanayotgan vaqtida ushlangan. Manzil koloniyasi tezkor qidiruv xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida fuqaro ozodlikka chiqqanidan so‘ng mo‘may pul topish maqsadida yaqin qarindoshlari orqali qo‘shni Tojikiston Respublikasidan giyohvandlik moddasini aylanma yo‘llar orqali olib kelgani aniqlangan.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

19 Nov, 14:30


Buxoro viloyatining Romitan va Olot tumanlari choʻllaridan saksovullarni chopib olib ketayotgan shaxslarga qariyb 40 mln soʻm jarima belgilandi

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

19 Nov, 10:13


Ellikqal’a va Gʻijduvon tumanlarida hokim yordamchilariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

batafsil - ochun

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

19 Nov, 06:35


Shavkat Mirziyoyev: Bundan keyin ham siyosat shunday bo‘ladi. Yoshlarni, ayollarni qo‘llab-quvvatlashni dаvom ettiramiz

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

19 Nov, 04:57


Urganchga olib kelingan 50 ta Zong tong avtobusi haydovchilarga topshirildi

Yil oxirigacha ushbu rusumdagi avtobuslardan yana 30 tasi keltiriladi. Va shaharda 16 ta yoʻnalishda 148 ta avtobus harakatlanib, har kuni 136 ming nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratiladi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

18 Nov, 15:57


Dekret dekretga ulanganda ish beruvchi homiladorlik nafaqasi bermaydimi?

Batafsil videoda

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

18 Nov, 12:11


Prezident majburiy tibbiy sugʻurta tizimini albatta qonun bilan mustahkamlab qoʻyish vaqti kelganini taʼkidladi

Franchayzing, kapital bozori, “startap”lar sohasidagi munosabatlarning qonuniy asoslarini yaratish zarurligi taʼkidlandi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

18 Nov, 05:48


Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishida sinov tariqasida yangi poyezd qo‘yiladi

Poyezd harakat vaqti 6 soatdan iborat bo‘lib, 592 kilometr masofani bosib o‘tadi

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

18 Nov, 03:35


18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

Bayroq qadim-qadimdan har bir xalqda mustaqillik, ozodlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo‘lib kelgan.

Bayrog‘imizdagi har bir rang, har bir belgi o‘ziga xos ma’noga ega:
Moviy rang – kuch-qudratni, tinchlik va barqarorlikni o‘zida aks ettiradi;
Oq rang – poklik, beg‘uborlikni ifodalab kelgan;
Yashil rang – yasharish va yangilanish ramzi, shuning barobarida ona tabiatimiz, asriy qadriyatlarimiz, iymon-e’tiqodimiz timsoli hisoblanadi.
Qizil chiziqlar tomirimizdagi ajdodlar qoni – mangulik nishonasidir.
Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq. Ayni paytda u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

17 Nov, 08:42


IIO xodimlariga pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida Ichki ishlar organi xodimiga 3000 AQSH dollari pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi.

batafsil - ochun

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

17 Nov, 04:37


Uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad soligʻidan ozod qilinadi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Soliq kodeksiga qoʻshimcha kiritildi.
Qonunga koʻra, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda:
— jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirish (kasanachilik) faoliyatidan olingan daromadlarini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilinadi;
— uy sharoitida tirik pilla yetishtiruvchi kasanachilar mehnatiga haq toʻlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi;
— tutzorlar bilan band boʻlgan yer uchastkalari uchun yer soligʻi belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyent qoʻllanilgan holda hisoblab chiqariladi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

16 Nov, 18:01


Saida Mirziyoyeva talaba yoshlar bilan uchrashuv o'tkazdi

“Bugungi kunda xalqimizning ham, Prezidentimizning ham ko‘nglida yoshlarga nisbatan katta ishonch va umid bor.
Qadrli yoshlar, sizlarni katta hayot, butun O‘zbekiston kutib turibdi” , deydi prezident yordamchisi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

16 Nov, 09:21


Navoiy viloyati hokimi kubogi musobaqasining final bosqichiga bo‘lib o‘tmoqda

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani To‘dako‘l hududida joylashgan Xalqaro Shaxmat maktabida “Navoiy viloyati hokimi kubogi” musobaqasining final bosqichiga bo‘lib o‘tmoqda.
Final musobaqasida butun viloyat bo‘yicha turli yosh toifalaridagi professional va havaskor shaxmatchilar ishtirok etmoqda.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

16 Nov, 05:49


O‘qituvchi maktabda pullik kurs ochishi mumkinmi?

Agar kurs maktab binosida o‘tiladigan bo‘lsa, bu holatda hududiy ijara markazi bilan ijara shartnomasi tuzilishi lozim.

batafsil - ochun

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

16 Nov, 04:06


3 yoshga to‘lmagan farzandi bor ayollar haftasiga nechi soat ishlaydi?

batafsil videoda.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

15 Nov, 11:36


2024-yilda Toshkent shahri mahallalarida o‘tkazilishi belgilangan xatlov ishlari jadvali

Kadastr agentligining tasdiqlangan reja-grafigi asosida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida” gi 937-sonli Qonuniga binoan xatlov ishlari boshlangan.
Mazkur videoinfografika orqali 2024-yilda Toshkent shahri boʻyicha xatlov ishlari qaysi mahallalarda boshlanishi belgilanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

15 Nov, 07:18


Ipoteka subsidiyalarini olish uchun arizalarni baholash mezonlari o‘zgardi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan arizalarni ko‘rib chiqish endi subsidiya.idm.uz maxsus platformasida amalga oshiriladi. Yagona portal (my.gov.uz) orqali murojaat qilinganda arizalar avtomatik ravishda unga yo‘naltiriladi, davlat xizmatlari markazlari esa murojaat qilingandan keyin bir soat ichida ularni tizimga kiritishi kerak.

Ularni baholashda ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i (eri)ning daromadlari bilan bir qatorda endi kafillik qiluvchilarning yaqin qarindoshlari daromadlari ham hisobga olinadi. Baholash uchun 12 oygacha bo‘lgan davr uchun o‘rtacha daromaddan foydalaniladi.

Arizalarni baholashda foydalaniladigan ijtimoiy mezonlarning yangi tizimi tasdiqlanmoqda.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

15 Nov, 03:12


Xpeng modulli uchar mashinasi birinchi parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi

Sinov parvozidan so'ng kompaniya 2000 dan ortiq oldindan buyurtmalar qabul qilgan. Seriyali ishlab chiqarish 2026-yilga mo'ljallangan.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

14 Nov, 10:15


Olimlar bakteriyalar yordamida ekologik xavfsiz plastmassa yaratdi

Laboratoriya tahlillariga ko‘ra, yangi biomaterial plastik idishlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan polietilentereftalatdan qolishmaydi, biroq tabiiy sharoitda ancha tezroq parchalanadi

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

14 Nov, 08:01


Tojikiston va Qirg‘izistondan yashirincha keltirilgan qariyb 65 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

14 Nov, 06:44


Sigir sutini har kuni iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklari va infarkt xavfini oshiradimi?

Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

batafsil - ochun

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

14 Nov, 04:44


Xorazmda pravaga imtixonlar Dushanba, Chorshanba, Juma va Shanba kunlari bo‘lib o‘tadi

Haydovchilikka nomzodlardan nazariy va amaliy imtihonlarni qabul qilish tartibi yuzasidan tushuntirish.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

13 Nov, 14:23


Grippdan so‘ng organizm qancha vaqtda tiklanadi?

Savolga Toshkent shahar 4-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Shaxlo Isamuxammedova javob berdi

batafsil - ochun

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

13 Nov, 11:28


O‘zbekiston prezidenti Qozog‘iston va Ozarbayjon prezidentlari bilan birgalikda “yashil” energetikani rivojlantirish loyihasiga start berdi

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

13 Nov, 08:45


Tatariston delegatsiyasi Navoiyga tashrif buyurdi

Tatariston Respublikasi Bosh Vaziri o‘rinbosari, Sanoat va savdo Vaziri Korobchenko Oleg Vladimirovich boshchiligidagi 16 ta kompaniya rahbarlaridan iborat delegatsiya Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Delegatsiya dastlab Navoiy shahri Erkin iqtisodiy zonasidagi qator korxonalar, shuningdek Qiziltepa tumanidagi “SVS NAVOIY” MCHJ faoliyati bilan tanishtirildi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

13 Nov, 05:14


Qamchiq dovonida yo‘llarni qordan tozalash ishlari

Haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni meʻyordan oshirmasdan harakatlanish so‘raldi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

13 Nov, 04:01


Xorazmda maktab hududida guruh bo‘lib harakatlangan haydovchilar jazolandi

Transport vositalari vaqtincha ushlab turishi uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

batafsil - ochun

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

12 Nov, 17:13


Andijon viloyatida Qo‘rg‘ontepa tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi va kadrlar bo‘limi boshlig‘i ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘rg‘ontepa tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tuman tibbiyot birlashmasining kadrlar bo‘limi boshlig‘i N.X. fuqaro X.M.ni ushbu tibbiyot birlashmasiga ishga qabul qilish masalasini hal qilib berishi evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda Qo‘rg‘ontepa tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Ya.A. fuqaro X.M.ni yuqumli kasalliklar bo‘limiga ishga qabul qilishi evaziga o‘z xizmat xonasida kadrlar bo‘limi boshlig‘idan 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

12 Nov, 04:41


30 yoshdan oshgan 7,5 mln nafar xotin-qizlar xatlovdan o‘tkazilib, 1 mln 265 nafari “Ayollar daftari”ga kiritildi

Daftarga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan manzilli ro‘yxatlari, “Individual dasturlar” va “Yo‘l xaritalari” Xalq deputatlari tuman/shahar Kengashlariga kiritildi va sessiyalarda tasdiqlandi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

11 Nov, 13:42


Ko‘p xonadonli uylar hududidagi avtoturargohlarni loyihalashga qo'yilgan talablar haqida bilasizmi?

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

11 Nov, 09:11


O‘zbekistonda g‘iybat va tuhmat uchun 22 million so‘m jarima belgilangan

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 40-moddasiga ko‘ra, boshqa shaxsni sharmanda qiluvchi yolg‘on uydirmalarni tarqatish 22,5 million so‘mgacha jarima yoki 15 sutkagacha qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

11 Nov, 04:13


Yangiyo‘llik 10-sinf o‘quvchisi IELTS imtihonidan 8 ball, SAT testlaridan 1550 ballni qo‘lga kiritdi

Bu haqda Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

batafsil - ochun

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

10 Nov, 12:19


“Chinor” YPX maskanida yuk avtomobili 157 ta pirotexnika vositalari olib ketayotgani aniqlandi

Haydovchi va aniqlangan pirotexnika vositalari Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlariga topshirilgan.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

10 Nov, 08:19


Joriy yilning 6-7 noyabr kunlari Urganch davlat universitetida “Yoshlar va turizm” festivali boʻlib oʻtdi

Ushbu festivalda Urganch davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti hamda Xitoy Xalq Respublikasining Gansu qishloq xoʻjaligi universiteti talabalari ishtirok etishdi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

10 Nov, 03:23


O'zbekistonlik o'qituvchi 3 yilda salkam 1 mlrd so’m mukofot oldi

23 yoshli Mohira Boltayeva kimyo fani bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi rahbari hisoblanadi. U o’quvchilik paytida kimyo fanidan xalqaro olimpiadada kumush medalni qo’lga kiritgan. Hozirda ustozlik qilib, o’quvchilarni xalqaro fan olimpiadasiga tayyorlaydi.
Mohira ham 3 yildan buyon shogirdlarining muvaffaqiyati sababli ana shunday pul mukofotlarini oladi. U 2022, 2023 va 2024-yillarda jami 900 mln so’m mukofot olgan.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

09 Nov, 14:41


⚡️Musiqa o‘qituvchilariga toifa berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Maktablardagi musiqa o‘qituvchilarining 21 foizi o‘rta maxsus ma’lumotli. Ba’zilarining o‘zi cholg‘u chala olmaydi. Sababi musiqa o‘qituvchilarining amaliy malaka oshirish tizimi yo‘q, bu borada san’at maktablari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagan. Madaniyat institutlari bitiruvchilari o‘qituvchilikka qabul qilinmaydi.

Shu bois maktablarda saboqlar sifatini oshirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar taklif etilmoqda.

Xususan, musiqa madaniyati fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahorati baholanib, malaka oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu yo‘nalish bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalari, o‘qituvchilarga toifa berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

09 Nov, 09:29


“Yashil makon” umumilliy loyihasi bo‘yicha joriy yilda kuz mavsumida 7 500 tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan

AOKAda "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda qurilish materiallari sohasida ekologik nazorat yuzasidan ma’lumot berildi.
Respublikada faoliyat yuritayotgan xavflilik darajasi 1-toifaga mansub ishlab chiqarish korxonalari tomonidan avtomatik stansiyalar va stasionar kuzatuv punktlarini o‘rnatish muntazam monitoring qilib borilmoqda.
Shuningdek, syement korxonalarining atrof muhitga tashlamalari va ekologiyaga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha doimiy o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

09 Nov, 06:10


Ayrim tadbirkorlarga toʻlangan soligʻining bir qismi qaytarib beriladi

2024-yil 1-oktyabrdan boshlab turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga — byudjetga toʻlangan soliqning 20 foizi qaytariladi.

batafsil - ochun

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

08 Nov, 17:05


Hududiy suv ta’minoti korxonasi nazoratchisi 36 nafar shaxsning ishonchini suiiste’mol qildi(mi?)

Bir qator dolzarb savollarga “O‘zsuvta’minot” AJ Axborot xizmati rahbari Akmal Murodov o‘z rasmiy bayonotida javob berdi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

08 Nov, 11:35


Jismoniy shaxslar saqlashi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tasdiqlandi

Hukumat qaroriga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan boshlab:

— ro‘yxatda keltirilgan yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sun’iy muhitda yoki tutqunlikda saqlash;

— yovvoyi hayvonlardan davlat yoki mobil sirklarda tomoshalar o‘tkazish maqsadida foydalanish va ularni tutqunlikda saqlash taqiqlanadi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

08 Nov, 08:19


Qo‘qonda to‘xtab turgan Nexia ustiga daraxt qulab tushdi

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

08 Nov, 06:55


O‘qituvchi maktabda pullik kurs ochishi mumkinmi?

Agar kurs maktab binosida o‘tiladigan bo‘lsa, bu holatda hududiy ijara markazi bilan ijara shartnomasi tuzilishi lozim.

batafsil - ochun

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

08 Nov, 04:30


Yo‘llarda hushyor va e’tiborli bo‘ling

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

07 Nov, 14:09


Joriy yilning 10 oyi davomida vakant lavozimlarga 30 670 ta tanlov e’lon qilingan, bitta vakant lavozimga o‘rtacha 34 nafar nomzod to‘g‘ri kelmoqda

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova ma’lum qildi.
vacancy.argos.uz ga bugungi kunda 68 ta davlat organi va tashkilotlari, hamda 208 ta tuman (shahar) hokimliklari, ularning hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlari ulangan.
Joriy yilning 4 noyabr kuni holatida, vacancy.argos.uz portalida davlat organlari va tashkilotlaridagi 310 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlariga ochiq tanlovlar e’lon qilingan.
O‘tgan 10 oy davomida mavjud vakant lavozimlarga 30 670 ta tanlov e’lon qilinib, jami 1 mln 50 ming nafar nomzod tanlovda ishtirok etish uchun ariza yuborgan.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

07 Nov, 11:16


O‘zbekistonga nechta telefonni bojsiz olib kirish mumkinligini bilasizmi?

Endi olib kelayotgan telefonlaringizni yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida albatta, ko‘rsating!

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

02 Nov, 04:34


Namanganda III-xalqaro asal festivali boshlandi

“Afsonalar vodiysi” bog‘ida bo‘lib o‘tayotgan festivalda O‘zbekistonning turli viloyatlari va Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Rossiyadan kelgan asalarichilar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

01 Nov, 13:51


Shavkat Mirziyoyev   2025-yilni Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi

Bu yil doirasida “Hazrat Navoiyni anglash – o‘zligimizni anglash” mavzusida prezident sovg‘asi uchun respublika tanlovi o‘tkaziladi. Navoiyga atab yangi bog‘lar, xiyobonlar, yashil hududlar tashkil etiladi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

01 Nov, 10:00


Toshkent shahriga to‘rtta kirish darvozasi quriladi

Ularning dizayni bo‘yicha tanlov e’lon qilindi. Bu haqda Toshkent Invest kompaniyasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, darvozalar Rohat, Bektemir, Erkin va Uchqahramon postlarida quriladi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

01 Nov, 07:13


Xonqa tumanidagi oilaviy shifokorlik punktlarida qanday tibbiy xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan?

Ijodiy jamoamiz bilan birga Xorazm viloyati Xonqa tumaniga qilgan safarimiz davomida tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Al- Xorazmiy nomli oilaviy shifokorlik punkti faoliyati va unda yaratilgan shart - sharoitlar bilan tanishdik.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

01 Nov, 05:17


Talaba OTMdagi o‘qishini davom ettira olmasa, to‘lagan kontrakt puli qaytarib olinadimi?

Talabgor bu masalada fuqarolik sudiga kontrakt pulini qaytarish va ko‘rilgan zararni undirishni talab qilish bo‘yicha da’vo arizasi bilan murojaat qilishi mumkin.

batafsil - ochun

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

31 Oct, 16:48


Mahalla raisi maktablarda dars sifatini tekshirishi mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra...


batafsil - ochun

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

31 Oct, 12:42


O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonun mazmun-mohiyati nimalardan iborat?

Ushbu savolga Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani filiali boshlig'i O‘.Saliyev javob berdi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

31 Oct, 09:31


Prezident Navoiyda vodorod peroksidi ishlab chiqaruvchi korxonada

Prezident bu korxona misolida shunday loyihalarni ko‘paytirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

31 Oct, 07:36


Noyabr oyiga ob-havo pragnozi e’lon qilindi

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

31 Oct, 04:27


O‘zbekistonda yuk mashinasi yo‘lning chetki chap qatorida harakatlansa, jarimaga tortiladi

Ushbu harakat BHMning ikkidan bir qismi miqdorida (187 ming 500 so‘m) jarima solishiga olib keladi .
Ruxsat etilgan hollar bundan mustasno.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

30 Oct, 12:41


O‘zbekistonda 2025-yilda asosiy soliq stavkalarini o‘zgartirmasdan saqlab qolish rejalashtirilgan

foyda solig‘i (15 foiz);
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (12 foiz);
ijtimoiy soliq (12 foiz, byudjet tashkilotlari uchun 25 foiz);
QQS (12 foiz);
yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i (1,5 foiz);
aylanmadan olinadigan soliq (4 foiz);
qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliqlarni yetishtirish (o‘stirish) uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (100 so‘m).

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

30 Oct, 09:31


Paxta terimini rag‘batlantirish shartnomasi “CropAgro” AT orqali tuziladi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2024 yil hosili paxta xomashyosining qo‘lda terish puli 1 kg uchun 2500 so‘mdan haq to‘lanishi, bunda har bir kg uchun 2000 so‘mdan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kredit ajratilishi 500 so‘mdan esa klaster korxonasi qo‘shimcha to‘lab berishini qayd etgan.
Paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan fermer xo‘jaliklariga har bir kg paxtani terishga 500 so‘mdan qo‘shimcha to‘lov to‘lanishining kafolati sifatida “Terimni rag‘batlantirish to‘g‘risida shartnoma” loyihasi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan ishlab chiqilgan.
Kengashning ta’kidlashicha, fermerlarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida mazkur shartnomani “CropAgro” AT orqali rasmiylashtirish imkoniyatini yaratish haqida Qishloq xo‘jaligi vazirligiga murojaat kiritgan.
Mazkur jarayon quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

30 Oct, 06:11


Toshkentda ikki talaba taksichini o‘ldirib, mashinasini olib qochmoqchi bo‘ldi

Sud hukmi bilan D.M.ga jinoyatni sodir qilgan paytida 18 yoshga to‘lmagani sababli 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

batafsil - ochun

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

30 Oct, 04:22


Tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun

Xorazm viloyati Xiva tumanidagi 43-oilaviy poliklinikada qanday tibbiy xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan? Batafsil videodan bilib olishingiz mumkin.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

29 Oct, 19:30


Maktab direktori ham “direktor jamg‘armasi” dan moddiy yordam olsa bo‘ladimi?

Moddiy yordam olish uchun xodim shu tashkilotda mehnat shartnomasi asosida ishlashi va moddiy yordam olish uchun asos bo‘ladigan holatlar sodir bo‘lishi lozim.

batafsil - ochun

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

29 Oct, 13:14


Yashnobod tumanida sayyor qabul

Bugun rejaga muvofiq, Davlat kadastrlari palatasining rais o'rinbosari R.Nishanov boshchiligida Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'i A.Yunusov ishtirokida poytaxtimizning Yashnobod tumanida tadbirkor va fuqarolarning kadastr sohasiga oid savol va murojaatlarini tinglash hamda ko'rib chiqish maqsadida sayyor qabul o'tkazildi.
Qabulga yig'ilganlarga avvalo,  «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi Qonuni haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Shundan so'ng, mazkur uchrashuvga tashrif buyurgan 10 nafardan ortiq fuqarolardan 7 tasining murojaatlari shu joyning o'zida o'rganildi va hal etish choralari ko'rildi. Qolgan yechimi biroz vaqt talab etadigan murojaatlar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi va ijrosini ta'minlash nazoratga olindi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

29 Oct, 10:37


Olis hududdagi tibbiyot muassasalari faoliyati Xorazm viloyati Gurlan tumani misolida

Xorazm viloyatiga bo‘lgan ijodiy safarimiz davomida viloyatning Gurlan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli bir nechta oilaviy poliklinikalarida bo‘ldik.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

29 Oct, 06:13


28-oktyabr kuni xonanda va aktrisa Ruxshona ikkinchi marta turmushga chiqdi

Uning nikoh kechasida shou-biznesning ko‘plab taniqli vakillari mehmon bo‘lishdi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

29 Oct, 04:23


Maktablarda kuzgi ta’til 4 noyabrdan boshlanadi

Maktab o‘quvchilari uchun chorakning so‘nggi kuni 2 noyabrga to‘g‘ri kelib, 4 noyabr kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi. Ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9 noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 11 noyabrdan boshlanadi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

23 Oct, 15:37


Tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun

Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi 14- Oilaviy poliklinika misolida.

batafsil - ochun

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

23 Oct, 12:50


Qaysi oʻqituvchilarga malaka toifasi attestatsiyadan oʻtkazilmasdan beriladi?

Oliy malaka toifasini (bosh oʻqituvchi lavozimini) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga...

batafsil - ochun

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

23 Oct, 08:28


Senat yangi tahrirdagi “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi qonunni maʼqulladi

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

23 Oct, 05:40


Korrupsiyaga qarshi kurash agentligiga ko‘ra, 4 vazirlikning 160 nafar boshqaruv xodimi 170 ta tadbirkorlik sub’yektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va tashkilotlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilganda 4 vazirlikning 160 nafar boshqaruv xodimi 170 ta tadbirkorlik sub’yektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelayotgani ma’lum bo‘ldi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

23 Oct, 04:16


Oktyabr-noyabr oylarida mahallalarda 40 million dona manzarali va mevali daraxt yangi tizim asosida ekilishi belgilandi

“Mahalla yettiligi” har bir mahallada 30 tadan kambagʻal oila xonadoniga 20 tupdan, 20 ming yakka yolgʻiz keksalar xonadoniga 10 tupdan mevali daraxtlar tarqatadi. Shuningdek, yettilik oʻziga biriktirilgan koʻchalarda jami 6 million dona manzarali daraxt, koʻchalar, uylar, koʻp qavatli uylar atrofiga jami 3 million mevali va manzarali daraxt ekishni tashkillashtirishi muhimligi qayd etildi.
Taʼlim tizimi rahbarlariga 20 mingdan ziyod bogʻcha, maktab, oliygoh va shifoxonalar hududida 2,5 million dona koʻchat ekishni tashkil qilish topshirildi. Yoshlar ishlari agentligi 155 ming yoshlarga boʻlib berilgan 60 ming gektar yerda jami 1,5 millionta mevali daraxt ekishga koʻmaklashadi.
Barcha mahallalarda koʻchat yarmarkasini tashkil qilib, 30 millionta koʻchat yetkazib berish muhimligi taʼkidlandi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

22 Oct, 13:58


O'zbekistonda temir yoʻl, havo transporti va avtobusga chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platforma yaratiladi

Bu bo'yicha Transport vaziri Ilhom Mahkamovning tegishli buyrug‘i eʼlon qilindi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

22 Oct, 10:16


Bolalarga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi

Zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi ariza faqat sud muhokamasi bosqichida berilishi mumkinligi belgilanmoqda.

batafsil - ochun

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

22 Oct, 08:09


Jizzaxda 800 ming so‘m qarz tufayli bir guruh erkaklar mushtlashdi

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

22 Oct, 06:14


Toshkentda 14 mingga yaqin pulli avtoturargoh qurilishi rejalashtirilmoqda

Kelgusida esa jami 84 mingta parking maydoni tashkil etilishi koʻzda tutilmoqda.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

22 Oct, 04:12


Prezident 2025-yilda “Yashil makon” dasturi uchun 100 milliard soʻm ajratilishini eʼlon qildi

Endilikda daraxtlarni 3 yil parvarishlash, kasallikdan saqlash, sugʻorish xarajatlari ham investitsiya dasturiga kiritiladi. Sugʻorish tizimi boʻyicha 2 ta tajriba amalga oshiriladi. Xususan, 27 ta tumanda sugʻorish tizimi yaratish uchun 1 tadan quduq qazishga ruxsat beriladi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

21 Oct, 13:58


Gʻijduvonda soxta pul yasab uni o‘tkazishga uringan shaxslar qo‘lga olindi

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

21 Oct, 10:28


Prezident Shavkat Mirziyoyev “Green University”da yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, talabalar bilan suhbatlashdi

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

21 Oct, 08:18


Sirdaryoda o‘quvchi qizlar o‘qituvchisini urdi

Holat viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va soha mas’ullari nazoratga olingan.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

21 Oct, 05:45


Gaz va elektr energiyasi to‘lovlari uchun kompensatsiya ajratiladi

Aholining muhtoj qatlamlarini isitish mavsumida qo‘shimcha ijtimoiy himoyasini ta’minlash uchun 2024 yil noyabr oyidan “Ijtimoiy himoya” yagona reyestri orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlangan oilalarga 270 ming so‘m miqdorida bir martalik kompensatsiya ajratiladi.
Gaz va svetdan bazaviy me’yordan ortiq foydalanilganda xarajatlarning bir qismi qoplanadi

Elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha quyidagi miqdorlardagi iste’mol uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:
tabiiy gaz uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;
elektr energiyasi uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 150 kWh'gacha.
Mazkur kompensatsiya to‘lovlari davlat budjeti mablag‘lari hisobidan, Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali to‘lab beriladi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

21 Oct, 04:30


O‘zbekistonda jonli ijroda konsert o‘tkazgan san’atkorlarga imtiyoz beriladi

Bu bo‘yicha Qonunchilik palatasi tomonidan qonun qabul qilindi.
O‘z konsert dasturlarini jonli ijro usulida amalga oshiruvchi xonandalar, sozandalar va boshqa ijrochilar faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish vakolati Madaniyat vazirligiga beriladi.
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jonli ijro san’atini yanada rivojlantirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun jonli ijroni rivojlantirishga xizmat qiladi.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

20 Oct, 12:15


JSST salomatlik uchun xavfli bo‘lgan besh turdagi oziq-ovqatlar ro‘yxatini e’lon qildi

- Transyog‘lar va margarin
- Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari

batafsil - ochun

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

20 Oct, 09:11


Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida yo‘lga qo‘yilgan pullik xizmatlardan xabaringiz bormi?

Qashqadaryolik 955 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar ushbu xizmatdan foydalanib kelmoqda.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

20 Oct, 06:36


Bakalavr diplomini olish uchun 3 yil tahsil olinadigan yoʻnalishlar qaysi?

Ushbu roʻyxatda ko‘rsatilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish muddati 3 yil etib belgilangan:

🔹Musiqa taʼlimi;
🔹 Jismoniy madaniyat;
🔹Chaqiriqqacha harbiy taʼlim;
🔹Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi;
🔹 Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport;
🔹 Sport faoliyati.

bizga obuna bo‘ling

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

20 Oct, 04:04


Ohangaronda 22 bosh qo‘yni urib yuborgan Spark yonib ketdi 

Haydovchi transport vositasini to‘xtatib, tushganidan so‘ng, avtomobil salonida yong‘in kelib chiqqan.

batafsil - ochun

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

19 Oct, 17:03


Xorijdagi o‘zbekistonliklar 1500-2000 dollardan kam maosh olsa, ular uchun shu yerda sharoit yaratishimiz kerak - prezident

“Toshkent viloyatida 157 ming aholi chetda yuribdi. Agar ular 1500-2000 dollar olsa, nur ustiga nur, ularga ko‘makchi-yelkadosh bo‘lamiz. Lekin undan kam oylik olsa, o‘zimizda sharoit yaratib ishlatsak, o‘ylaymanki, ana shunda adolatli tizim bo‘ladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

bizga obuna bo‘ling