Tarix | Kun.uz @tarixkunuz Channel on Telegram

Tarix | Kun.uz

@tarixkunuz


Tarix | Kun.uz (Uzbek)

Tarix | Kun.uz - Bu kanalda O'zbekistondagi tarixiy voqealarni va o'zimizning milliy yodgorliklarini o'rganishga bo'ling! Bu erga imkon beruvchi va qiziqarli ma'lumotlardan foydalaning, milliy boyliklarimiz va o'zraq qadimiyatlarimiz haqida yangi narsalarni bilib oling. Tarix | Kun.uz kanali siz uchun O'zbekistondagi tarixiy bog'larini ochadi va o'zimizning butunliklarini qator qator tushadi. Bu kanal orqali O'zbekistonning kunidan kuniga o'zraq tarixiy voqealarini o'rganish imkoniyatiga egasiz. Tarix | Kun.uz kanaliga a'zo bo'ling va O'zbekiston tarixi boyicha yangi ma'lumotlar bilan tanishing!

Tarix | Kun.uz

11 Aug, 15:02


Vladimir Lenin: Zulm saltanatining paydo bo‘lishi

Lenin – XX asrdagi eng mashhur siyosiy arboblardan. Dunyodagi birinchi sotsialistik davlat asoschisini bu davlat qulamaguncha “proletariat dohiysi” deb kelishgan. Aslida esa Lenin nafaqat SSSR, balki butun dunyo tarixida ham eng shafqatsiz hukmdorlardan biridir. Uning davrida ko‘plab rus ziyolilari mamlakatdan chiqib ketgan, sud tizimi ommaviy otuvga hukm qilishga almashtirilgan.

📹👉 TOMOSHA QILING

Tarix | Kun.uz

31 Jul, 15:03


Urushning eng katta xoini – general Vlasov nega o‘z armiyasi bilan nemislar tomonga o‘tib ketgandi?

Nemislar tuzgan Rossiya ozodlik armiyasi qo‘mondoni bo‘lgan general Vlasov 1945 yil bahorda sovet harbiylari tomonidan hibsga olinadi. So‘ng yashirincha Moskvaga keltirilib, sud qilinadi va 1946 yilda o‘lim jazosiga hukm qilinadi. Generalni sud qilib jazolagan sovetlar bu ishni SSSR parchalanib ketgunicha ommadan yashirishadi.

📹👉 TOMOSHA QILING

Tarix | Kun.uz

16 Jul, 14:28


Gitlerning fashistlarga qarshi jang qilgan jiyani

1937-yil noyabr oyida Londondagi Sovet elchixonasiga bir yigit kelib, Gitlerning jiyani ekanligini aytadi. Maʼlum boʻlishicha, unda amakisini obroʻsizlantiradigan hujjatlar boʻlgan.

Tarix | Kun.uz

11 Jul, 13:46


O‘zbekistonning birinchi rahbari. Fayzulla Xo‘jayev kim edi?

Dunyo xaritasida O‘zbekiston nomli davlat rasman 1924-yil 27-oktyabrda paydo bo‘ldi. Shu kuni Buxorodagi Oq uyda Fayzulla Xo‘jayev yangi O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganini e’lon qildi. Xo‘sh, amir Olimxon hokimiyatiga qarshi chiqqan, uch marta o‘limga hukm etilgan, 13 yil O‘zbekiston SSR hukumatini boshqarib so‘ng qatag‘onga uchragan Fayzulla Xo‘jayev kim edi? Kun.uz siyosatchining hayot yo‘li haqida hikoya qiladi.

📹👉 TOMOSHA QILING

Tarix | Kun.uz

10 Jul, 15:33


1,5 mlnga yaqin inson dahshatli oʻlim topgan konslager — Osvensim haqida

Ikkinchi jahon urushida natsistlar asir olingan mahbuslar ustidan oʻlim amaliyotlarini amalga oshirgan. Buning uchun ular maxsus konslagerlar qurgan. Mana shunday konslagerlardan biri – Osvensim. U yerda oʻzbeklar ham boʻlgan.

📹👉 TOMOSHA QILING

Tarix | Kun.uz

09 Jul, 13:08


Narita aeroportining ichida yashovchi fermer

Takao Shito – yaponiyalik fermer. U Tokiodagi eng katta aeroportning o‘rtasida sabzavot yetishtiradi. Fermer aeroport ma’muriyati bilan bir necha marotaba sudlashgan va boshqa joyga ko‘chish evaziga taklif qilingan katta miqdordagi tovon pulini rad etib keladi.

📹👉 TOMOSHA QILING

Tarix | Kun.uz

31 Dec, 07:01


Qon bilan yuvilgan adovat Amir Temur va To‘xtamishxon jangi

Bir vaqtlar sohibqiron ko‘magi bilan kuchga to‘lgan To‘xtamishxon, vaqt yetib Temurning dushmaniga aylandi. O‘rtaga tushgan sovuq adovat alal oqibat bu ikki sarkardani o‘zaro jang maydoniga yetakladi. Eng qonli janglardan biri sifatida tarixga kirgan bu voqea qanday kechgani haqida Ko‘hna tarixning ushbu sonida batafsil bilib olasiz.

📹👉 TOMOSHA QILING

Tarix | Kun.uz

24 Dec, 11:27


Boburning shaxsiyati va vafoti borasidagi haqiqatlar

Temuriylar sulolasiga mansub boʼlsa-da, oʼzining qatʼiyat va matonati bilan Dehli tomonlarda Boburiylar sulolasini yarata olgan benazir hukmdorning shaxsiyati borasida “Koʼhna tarix”ning navbatdagi sonida bilib olasiz.

📹👉 TOMOSHA QILING

Tarix | Kun.uz

17 Dec, 11:03


Turon taraqqiyoti: Amir Temur davlati qanday boyidi?

Sohibqiron taxtga kelgach 27 davlatni “yagona makon” g‘oyasi ostida birlashitirib, buyuk Turon imperiyasini vujudga keltirdi. Saltanat qisqa vaqt ichida iqtisodiy, ijtimoiy yo‘nalishlarda taraqqiyotga erishdi. Yevropa ham, qo‘shni chegaradosh davlatlar ham Turon iqtisodiga bog‘landi. Samarqand esa, dunyo etirof etgan “malika shahar”ga aylandi.

📹👉 TOMOSHA QILING

Tarix | Kun.uz

15 Dec, 13:28


Qamoqxonadagi noma’lum yozuvchi hikoyasi

Panjara ortiga tushib qolib, xayollarida kechganlarini tushirish uchun bir parcha qog‘oz ilinjida bo‘lgan sirli adibning mash’um qismati. Kun.uz shoir Muhammad Yusufning shu haqdagi nomsiz qisqa hikoyasini sahnalashtirdi.

📹👉 TOMOSHA QILING

Tarix | Kun.uz

13 Dec, 11:26


Beklikdan hukmdorlikkacha: Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi

Mo‘g‘ullar 150 yil davomida Movarounnahr, Xuroson diyorlarini tamomila o‘ziga tobe qilib, davlatlar erkini o‘z iznida boshqardi. Bu istibdod Xo‘ja Barlos urug‘i va yana ko‘plab bekliklarning ozodlik uchun kurashi hamda buyuk Temurning qahramonlarcha olib borgan harbiy yurishlari oqibatida parchalanishga yuz tutdi. Biroq, Movarounnahrning yangi sultoni uchun bu voqeliklar hali boshlanishi edi.

📹👉 TOMOSHA QILING

Tarix | Kun.uz

13 Dec, 09:01


Bir yarim asrlik tanazzul — mo‘g‘ullar bosqinidan keyingi Mavorounnahr

Xorazmshohlar mag‘lub bo‘lib, saltanat parokandalikka yuz tutgach, mo‘g‘ullar barcha hududlarni vayronaga aylantirdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Buxoro 7 yil davomida bo‘m-bo‘sh qolgan, o‘troq aholi jon saqlash ilinjida shahar-u qishloqlarni tark etishga majbur bo‘lishgan. Xorazm, Samarqand va boshqa hududlar batamom o‘lik shaharlarga aylantirilgan. Natijada Xuroson diyori qariyb bir yarim asrlik tanazzulga uchragan.

📹👉 TOMOSHA QILING

Tarix | Kun.uz

13 Dec, 06:00


Tarixdagi eng g‘alati va ahmoqona o‘limlar

Bir tomondan qaraganda, insonning joni juda qattiq, umri davomida juda ko‘p qiyinchiliklarga duch kelsa yoki qancha zahmat cheksa ham barchasiga bardosh beradi. Ikkinchi tomondan, insonning jonidan mo‘rt narsa yo‘q, sal narsaga vafot etishi mumkin. Qolaversa, g‘alati ishlari yoki ahmoqligi tufayli o‘ziga ajal sotib olganlar ham yetarlicha bor.

📹👉 TOMOSHA QILING

Tarix | Kun.uz

12 Dec, 15:39


Yashirilgan tarix: Shayboniyxon Movarounnahrni qanday qo‘lga kiritdi?

O‘zbek davlatchiligi tarixida muhim o‘rin tutadigan Shayboniyxon shaxsiyati borasida tarixchilar turlicha fikrga ega. Zahiriddin Muhammad Bobur bilan bir necha bor jang olib borgan, biroq, maqsadi buyuk Temur barpo etgan Turonni qayta tiklash bo‘lgan Shayboniyxon shaxsiyati nega bunchalar ziddiyatli? “Ko‘hna tarix”ning navbatdagi sonida ushbu savolga javob izlab ko‘ramiz.

📹👉 TOMOSHA QILING

Tarix | Kun.uz

12 Dec, 13:13


Xorazmshohlar: qonli davr va ayanchli qismat (2-qism)

Mo’g’illar bosqiniga munosib qarshilik ko’rsata olmagan Xorazmshohlar oxir-oqibat yermirilishga yuz tutdi. Biroq diyorining erki va ozodligi uchun kurashgan Jaloliddin dunyo e’tirofiga loqib bir sulton sifatida tarixda qoldi. U umrining so’ngi kuniga qadar Chingizxon boshliq mo’g’illar bilan kurashdi. Biroq, qismat uning istaganidek kechmadi.

📹👉 TOMOSHA QILING

Tarix | Kun.uz

12 Dec, 11:01


Xorazmshohlar: saltanatni qulatgan xato va xiyonatlar

Xorazmshohlar davri tarixning oq-qora sahifalarini o‘z ichiga oladi. Uning rivoji, ravnaqi, dunyo miqiyosida tutgan o‘rni bir tomon bo‘lsa, keyinchalik davlat boshqaruvidagi noo‘rin qarorlarning ortishi uning tanazzuliga sabab bo‘ldi.

📹👉 TOMOSHA QILING

Tarix | Kun.uz

12 Dec, 06:31


“Jadidlar ochiqcha yozgan” – Kristofer Fort

Amerikalik tadqiqotchi Kristofer Fort bir necha yil O‘zbekistonda yashab, o‘zbek tilini o‘rgangan va Abdulhamid Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanini ingliz tiliga tarjima qilgan.

📹👉 TOMOSHA QILING

Tarix | Kun.uz

11 Dec, 18:03


Muammolarimiz hamon jadidlarnikiga juda o‘xshash — Bahrom Irzayev

“Butun dunyo bo‘yicha insoniyat g‘oyaviy jihatdan juda uzoqqa ketgani yo‘q. Vaqt jihatdan 100 yil o‘tdi, lekin muammolar, g‘oyalarimiz hamon jadidlarnikiga juda o‘xshash”, deydi tarixchi Bahrom Irzayev. Professor Saidakbar A’zamxo‘jayev jadidlar avvalo ta’limga asosiy urg‘u bergani, bu esa hozir ham eng muhim muammolarimizdan biri ekanini ta’kidladi.

📹👉 TOMOSHA QILING

Tarix | Kun.uz

11 Dec, 17:32


22 kishining qotili – rossiyalik ashaddiy jinoyatchi ozod qilindi

Bundan bir necha kuni oldin rossiyalik ashaddiy jinoyatchi, 90-yillardagi eng taniqli yollanma qotil «Sasha Soldat» ozodlikka chiqarilgani haqida xabar tarqaldi. Bir paytlar yigirmadan oshiq odamni o‘ldirganlikda ayblangan bu yigitga marhumlarning yaqinlari umrbod qamoq jazosi so‘ragan, biroq sudya unga 24 yil qamoq jazosi bergandi.

📹👉 TOMOSHA QILING

Tarix | Kun.uz

11 Dec, 17:11


Abdulla Qodiriy: Oldinga intilmoq ko‘p yaxshidir. Kelajakka qo‘l bermoq xo‘p foydalidir. Ammo shuni unutmangki, moziyga qarab ish ko‘rmoq xayrlidir

Bugun Toshkent shahrida «Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari» mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya o‘z ishini boshladi. Konferensiya 12 dekabr kuni ham davom etadi.