BUXORO VILOYATI SPORT BOSHQARMASI @buxorosport Channel on Telegram

BUXORO VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

@buxorosport


Rasmiy telegram kanali

BUXORO VILOYATI SPORT BOSHQARMASI (Uzbek)

Buxoro Viloyati Sport Boshqarmasi telegram kanali sizni sport dunyosiga olib keladi! Bu rasmiy kanal orqali sport sohasidagi eng so'nggi yangiliklardan va maqolalardan xabardor bo'lishingiz mumkin. Kanalda Buxoro viloyati sport tadbirlari, yangi sportchilar haqida ma'lumotlar, sportning yanada yaxshilanishi va rivojlanishi bo'yicha yangiliklar jamlangan. Har bir sport turi mavzusidagi yangiliklar va tadbirlar sizni qiziqtirib, ilg'orlikni oshiradi. Buxoro Viloyati Sport Boshqarmasi kanaliga obuna bo'lib, sportga qiziqishni yuksak darajada oshirishingiz mumkin! Siz ham kanalga obuna bo'ling va sport sohasining so'nggi yangiliklaridan xabardor bo'ling!

BUXORO VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

19 Nov, 13:43


#Kamondan_otish

🇺🇿Buxoroliklar kamondan otish bo'yicha Navoiyda 🥉3-o’rinni qo’lga kiritishdi!

⚡️2024-yilning 16-noyabr kuni Navoiy shahrida kamondan otish sport turi bo’yicha O’zbekiston kubogi musobaqasi bo’lib o’tdi.

⚡️Musobaqada Buxoro viloyati Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi jamoasi o’zining kuchli mahoratini namoyish etib, uchinchi o’rinni egallashga muvaffaq bo`ldi! 🥉

⚡️Mazkur natijalar sportchilarimizga kelajakda yanada katta yutuqlarga erishish uchun motivatsiya beradi. Sportchilarni, murabbiylarni va jamoa a'zolarini tabriklaymiz, kelajakda yanada yuqori marralarni zabt etishlariga ishonamiz! 👏

#Buxoro #KamondanOtish #O‘zbekistonKubogi #SportYutuqlari #BuxoroSport

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

BUXORO VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

19 Nov, 13:28


Para yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi yakunlandi

Xabar berganimizdek, Angren shahrida joylashgan “Yangiobod” sport bazasida para yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi o‘tkazildi.

Ikki kun davom etgan musobaqalarda jami 500 nafarga yaqin yosh sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Yakuniy natijalarga ko‘ra umumjamoa hisobida kuchli uchlik quyidagicha ko‘rinish oldi:

🥇1-o‘rin Toshkent shahri
Oltin - 20 ta
Kumush - 15 ta
Bronza - 14 ta


🥈2-o‘rin Farg‘ona viloyati
Oltin - 20 ta
Kumush - 15 ta
Bronza - 9 ta


🥉3-o‘rin Buxoro viloyati
Oltin - 13 ta
Kumush - 7 ta
Bronza - 7 ta


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

BUXORO VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

18 Nov, 16:08


“Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri kubogi uchun qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasining taqdirlash marosimi videotalqinda!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

BUXORO VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

13 Nov, 07:05


Спорт соҳасида коррупциянинг олдини олиш мақсадида Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодексига қўшимчалар киритилди

BUXORO YOSHLARI

Telegram | Veb-Sayt | Facebook |

– Telegraph
https://telegra.ph/Sport-so%D2%B3asida-korrupciyaning-oldini-olish-ma%D2%9Bsadida-%D0%8Ezbekiston-Respublikasining-ZHinoyat-kodeksiga-%D2%9B%D1%9Eshimchalar-kiritildi-11-13-2

BUXORO VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

13 Nov, 06:28


#live

Poytaxtimizda Markaziy Osiyo Startap Forumi start oldi


Ayni daqiqalarda poytaxtimizdagi UEnter Innovatsion markazida Markaziy Osiyo mamlakatlari startap ekotizimlarining asosiy ishtirokchilarini birlashtirgan Markaziy Osiyo Startap Forumi boshlandi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri, Toshkent shahridagi Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti rektori Adkham Ikramov, Markaziy Osiyo davlatlari hamda Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Polsha, AQSh, Malayziya, Turkiya, Shveytsariya, Buyuk Britaniya va shu kabi boshqa davlatlardan muvaffaqiyatli startaplar, venchur fondlari, akseleratorlar, universitetlar, davlat idoralari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

BUXORO VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

13 Nov, 06:03


#Sayyor_qabul
#Vobkent_tumani

🇺🇿Sayyor qabul murojaatlar yechimiga xizmat qiladi!

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, yechimini kutayotgan dolzarb muammolarni joyida aniqlash, o‘rganish hamda bartaraf etish maqsadida Buxoro viloyati sport boshqarmasi boshlig'i Utkir Nadjimidinov Vobkent tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

Mazkur sayyor qabul jarayonlari Vobkent tuman sport maktabida bo'lib, bunda boshqarma boshlig'i boshchiligida, hudud fuqarolari muassasa mutasaddilari ishtirok etishdi. Qabulda fuqarolarning murojaatlari, fikr-mulohazalari, muammolari tinglandi hamda boshqarma boshlig'i tomonidan muammo va masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

BUXORO VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

12 Nov, 17:23


🥳 Buxoroga katta futbol qaytmoqda!

⚽️Buxoro futbol assotsiatsiyasiga qarashli viloyat futbol akademiyasi maydoni katta futbol uchrashuvlarini qabul qilishga deyarli tayyor!

Bugun O’zPFL xodimi Oybek Yunusov hamda viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse prezidenti Farrux Xamrayev hamrohligida o’yingohning umumiy holati ko’zdan kechirildi va ijobiy baho berildi. Stadion o’z bag’riga 10 ming muxlisni sig’dira oladi.

Qayd etish lozimki 22-noyabr kuni Pro-liganing 27-turidan o’rin olgan “Buxoro” - “Aral” uchrashuviga aynan mazkur o’yingoh mezbonlik qilishi ko’zda tutilgan!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

BUXORO VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

12 Nov, 13:08


#Mотивация_спорт
#Кун_фотоси
#Фото_дня😊

🔹 Murabbiylar faqat eshiklarni ochadi, keyin siz o'zingiz borasiz!

————————————————-

🔹 Тренеры просто открывают двери, дальше вы идете сами!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

BUXORO VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

09 Nov, 11:31


#Yashil_makon
#Kogon_tuman

🌳 Bugun, 9-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi sport vazirligi tizimidagi barcha tashkilotlar va muassasalarda “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida koʻchat ekish aksiyasiga bir vaqtda start berildi.

🌿“Daraxt o‘tqaz-bog‘ yarat” shiori ostida o‘tayotgan mazkur loyiha havoning tozaligiga, o‘zining sog‘lig‘i va kelajagiga bee'tibor bo‘lmagan Kogon tuman sport maktabining o'quvchi-sportchilari ham faol ishtirok etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

BUXORO VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

09 Nov, 11:29


#Yashil_makon
#Qorako‘l_tuman

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 23-noyabrdagi “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, "Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-199-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 9-noyabr kuni Qorako‘l tuman sport maktabiga qarashli bo‘lgan Suzish xavzasi va Yangibozor sport majmualarida trener-o‘qituvchilar hamda sport maktabi rahbariyati xodimlari ishtirokida🪴 “Yashil makon” umummilliy loyihasi tashkil etildi.

🍀 Loyixa davomida turli xildagi mevali va manzazari bo‘lgan 62 tup ko‘chatlar ekildi hamda ekinlar maxalliy o‘g‘itlar bilan oziqlantirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

BUXORO VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

09 Nov, 11:26


#Yashil_makon
#Buxoro_tuman

🌳🌿"YASHIL MAKON" umummilliy loyihasida “Yashil makon” umummilliy loyihasida Buxoro tuman sport maktabi ham faol ishtirok etdi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

BUXORO VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

24 Oct, 13:39


Markazda 2023-2024 yil investitsiya dasturi doirasida qurilgan yangi binolar ko‘zdan kechirildi.

Bugun, Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida, Prezident administratsiyasi vakillari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Tashrif davomida 2023-2024 yillar davomida investitsiya dasturi doirasida qurib foydalanishga topshirilgan binolar ko‘zdan kechirildi.

Bunda yangidan qad ko‘targan
kamondan otish xonasi va oshxona, undan tashqari qayta kapital ta'mirdan chiqqan 100 o‘ringa mo‘ljallanga yotoqxona qurilish ishlari va talab darajalari ko‘zdan kechirildi.

Ushbu binolar investitsiya dasturi doirasida qurib bitkazilib, sportchi yoshlar uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad, ta'mirlangan binolarning sifatini, infratuzilmasini va foydalanuvchilarga taqdim etiladigan qulayliklarini baholashdan iborat edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

BUXORO VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

24 Oct, 13:18


#Jahon_chempionati
#boks

🥊Kuni kecha yana bir buxorolik bokschimiz Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirokini boshladi.

63,5 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Abdulaziz Jo‘raqulov Poliniziya vakili Kailoa Atgerni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

BUXORO VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

24 Oct, 12:42


❇️ Sportning shaxmat turi boʻyicha umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʼquvchilari oʼrtasida "Maktab ligasi" musobaqasining Buxoro viloyat bosqichi joriy yilning 23-oktyabr kuni "Shaxmat markazi" binosida oʼtkazildi.

📃Musobaqa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi "2026-yil Oʻzbekistonda boʼlib oʼtadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik koʻrish hamda shaxmatni ommaviy harakatga aylantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida" gi PQ-150-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasining 2023-yil 17-avgustdagi 23-Q/Q, 31-Q/Q-sonli qarori, Oʼzbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 13-sentabrdagi 01/1373-A-F-son buyrugʼi ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil qilindi.

🔹Musobaqada viloyat hududiga qarashli shahar va tumanlardan tashrif buyurgan 51 nafar oʼquvchilar ishtirok etishdi.

🔸Musobaqaning yakkalik bahslari shveytsarcha tizimida, jamoaviy bahslari esa aylanma tizimda 7-tur blits yoʼnalishi boʼyicha 3+2 vaqt reglamentida oʻtkazildi.

Musobaqaning yakuniy jadval natijalariga koʻra:

🔹1-11 sinf oʼgʼil bolalar guruhida:
🥇1-oʼrin: Ergashev Zufar (Qorakoʻl tuman 53-maktab)
🥈2-oʼrin: Rahmonov Nazar (Buxoro shahar 18-maktab)
🥉3-oʼrin: Shavqiyev Sherbek
(Kogon tuman 3-maktab)

🔹1-11 sinf qiz bolalar guruhida:
🥇1-oʼrin: Norqulova Malika
(Buxoro shahar 34-maktab)
🥈2-oʼrin: Obidova Nozima (Kogon tuman 14-maktab)
🥉3-oʼrin: Mulina Mariya
(Buxoro shahar 21-maktab)

🔹Jamoaviy bahslarda:
🥇1-oʼrin: Kogon tuman 2-maktab jamoasi
🥈2-oʼrin: Shofirkon tuman Idrok School jamoasi
🥉3-oʼrin: Kogon shahar 4-maktab jamoasi egalladilar.

🏆Musobaqa gʼolib va sovrindorlariga Buxoro viloyat sport boshqarmasi tomonidan ajratilgan medal va diplomlar topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

BUXORO VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

23 Oct, 16:27


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda sportga qaratilayotgan e'tibor o'z samarasini bermoqda. Aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzi keng targ'ib qilinib, sport bilan shug'ullanuvchilar soni tobora ortib bormoqda. 

Ushbu yo'nalishdagi ishlarning izchil davomi sifatida yurtimizdagi 15 ta olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida tahsil olayotgan sportchi-o‘quvchilarga Sport vazirligi tomonidan yuborilgan 7000 ta maxsus sport formalari tarqatildi.

Jumladan Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o'quvchilariga ham  sport formalari berildi.

Bu esa kelajagimiz bo'lgan yoshlarni yanada ruhlantirib, ularni yangi g'alabalar sari chorlaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube