Jaloliddin Rumiy 🕊 @rumiynoma Channel on Telegram

Jaloliddin Rumiy 🕊

@rumiynoma


بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم.

Shunchaki kuzatmang..!

Manfaat izlang..!

rumiynoma (Uzbek)

Assalomu alaykum, aziz do'stlar! Bugungi kunda, sizga jaloliddin ruhiyning aforizmlar va ma'noni ifodalovchi 'rumiynoma' kanalini taklif qilamiz. Bu kanalda siz, jaloliddin rumiyning dunyoqarash va ma'naviyatga oid fikrlarini va izohlarini topishingiz mumkin. nnRumiynoma kanali, ruhiy-ma'naviy matnlar ustida g'olib bo'lgan odamlar uchun mo'ljallangan. Bu erda, siz muhiti yangilaydigan, yuzaga chiqadigan dunyoqarashga oid yangi o'g'itlar topishingiz mumkin. nnRumiynoma kanalida, qadriyatli aforizmlar, ma'qullar, savollar va javoblar, ko'p yomonliklar birov kerak bo'lgan, olami o'ylarini o'z ichiga olgan bo'lishi mumkin. nnE'tibor bering, agar siz ruhiy-ma'naviy o'zlashtirmalardan qiziqoq, fikr-mulohazalardan zerikarlik qilmoqchi bo'lsangiz, rumiynoma kanali siz uchun eng muhim manba. Kanalga obuna bo'ling va jaloliddin ruhiyning dunyoqarash va ma'naviyatga oid o'z izhoringizni toping!

Jaloliddin Rumiy 🕊

01 May, 16:36


Kanal o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Fiy Amanillah, xayr.

Jaloliddin Rumiy 🕊

25 Apr, 15:47


@Rumiynoma

Jaloliddin Rumiy 🕊

01 Apr, 04:58


🍃

Uch narsa ortga qaytmaydi.
— Vaqt
— Aytilgan so‘z
— Umr.

Uch narsa hayotda vaqtinchalik.
— Mansab
— Muvaffaqiyat
— Boylik

Uch narsa insonni buzadi.
— Hasad
— Mag‘rurlik
— Jaxl

Uch narsani aytish juda qiyin.
— Kechir
— Yordam ber
— Men Seni Sevaman.

@Rumiynoma 🕊

Jaloliddin Rumiy 🕊

17 Mar, 05:38


– Nega siqilyapsan?
– Tashvishim bor...
– Hal qilsa bo‘ladimi?
– Ha.
– Unda siqilishdan nima foyda?

***

– Nega siqilyapsan?
– Tashvishim bor...
– Hal qilsa bo‘ladimi?
– Yo‘q.
– Unda siqilishdan nima foyda?

Har qanday holatda ham siqilishdan foyda yo‘q. O‘zingizning qadringizga yeting, qadarda nima yozilgan bo‘lsa, shu bo‘ladi..!


@Rumiynoma 🕊

Jaloliddin Rumiy 🕊

16 Mar, 09:52


To'xtadim, shunchaki kutyapman.
Nimani kutyayotganimni o‘zim ham bilmayman.
Hayotimda nimadir o‘zgaradimi?
Yoki men o‘zgaramanmi?
Yoki men har doim shunday qolamanmi?
Nima bo‘lishini bilmasdan hayotimda ilk bor kutyapman...
Hech sizda ham shunday bo‘ldimi?..

©Turk tilidan tarjima


#Tarjima

@Rumiynoma 🕊

Jaloliddin Rumiy 🕊

16 Mar, 04:30


IBROHIM ADHAMNING QULI
Ibrohim ibn Adham hazratlari oʻziga bir qul sotib oldi. Quldan:
–Isming nima? - deb soʻradi.
Qul:
–Nima deb chaqirishni istasangiz ismim shu, -dedi.
–Nima yeysan? - deb soʻraganda:
–Nima bersangiz shuni, – deb javob berdi.
–Nima ish qilasan?
–Qanday ish buyursangiz, oʻsha ishni?
–Nimani orzu qilasan?
–Kulning biror orzusi boʻlishi mumkinmi? Uning orzu bilan nima ishi bor? - degan javobni bergach, Ibrohim Adham hazratlari oʻziga oʻzi:
–Ey, Adham! Ajabo, sen umring boʻyi Robbingga shunday qul boʻla oldingmi? Qullikni mana shu quldan
oʻrgan, - deb yigʻladi.


@Rumiynoma 🕊

Jaloliddin Rumiy 🕊

15 Mar, 02:24


Yetaklashib jannatga kirsak..

Yashamoqning hikmatlari mo‘l,
Durdek go‘yo ummondan tersak.
Qiyomatda mahkam tutib qo‘l,
Yetaklashib jannatga kirsak.

Dunyo bir pul, ketgan ohori,
Qo‘ying, uni suramiz nari.
To‘yib hidlab kelsa ifori,
Yetaklashib jannatga kirsak.

Gʻamning bari dunyoda qolsa,
Kamning bari dunyoda qolsa,
Alloh qachon Huzurga olsa
Yetaklashib jannatga kirsak.

Gunohimiz kechirib Egam,
Qil ko‘priklar kengayib birdan,
Hech kim bo‘lmay safimizdan kam,
Yetaklashib jannatga kirsak.

Ko‘zimizdan o‘tib tursalar,
Obi Kavsar tutib tursalar,
Rasululloh kutib tursalar,
Yetaklashib jannatga kirsak.

Qaysimiz boy, qaysimiz faqir,
Kimdir aziz, kim esa xaqir.
Ammo bizni jam etib taqdir
Yetaklashib jannatga kirsak.

Neni ravo ko‘rsang, Rabbano,
Taslim bo‘ldik, rozimiz illo,
Bu dunyodan o‘tsagam ayro,
Yetaklashib jannatga kirsak.
Rasululloh kutib tursalar...

— Ummu Amina


@Rumiynoma 🕊

Jaloliddin Rumiy 🕊

14 Mar, 02:21


Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir muhim ish Allohga hamd aytish bilan boshlanmasa, oxiri kesikdir», dedilar. Abu Dovud va Ibn Moja rivoyatlari

Boshqa bir rivoyatda: «Har bir muhim ish «Bismillahir rohmanir rohiym» bilan boshlanmasa, u kesikdir», deyilgan.

Bulardan tashqari, yeb-ichgandan keyin, aksa urganda, ayolga sovchi qo’yganda, nikoh o’qilayotganida, hojatxonadan chiqayotganda, shuningdek, boshqa ishlarda ham Allohga hamd aytish mustahabdir. Biz bularni, inshaalloh, o’rnida zikr qilamiz.

Fasl: Duoning xotimasida ham, boshlanishida ham Allohga hamd aytish mustahab qilindi. Bunga dalil Alloh taoloning:

«Oxirgi istaklari Olamlar Rabbi Allohga hamd aytishdir» (Yunus surasi, 10-oyat), degan so’zidir. Biror ne’matga yetishganda yoki yomon ko’rgan narsasidan uzoqlashganda, Allohga hamd ham aytish mustahabdir. Hamd aytishning eng yaxshi iborasi «Alhamdu lillahi Robbil ‘alamiyn»dir.


@Rumiynoma 🕊

Jaloliddin Rumiy 🕊

13 Mar, 06:11


Qisqacha qilib tushuntiraman nomahramlar ket desam keting, kel desam kelmang.

@Rumiynoma 🕊

Jaloliddin Rumiy 🕊

13 Mar, 02:41


Nozik xilqat

— Qachon sen haqiqiy erkak bo‘lsang, shunda ayoling ham chinakam ayol bo‘ladi.

— Qachon sen podshoh bo‘lsang, shunda ayoling malika bo‘ladi.

— Qachon sen madrasa bo‘lsang, shunda ayoling iqtidorli o‘quvching bo‘ladi.

— Qachon sen hamiyatli, rashkli bo‘lsang, shunda ayoling iffatli va hayoli bo‘ladi.

— O‘zing hech narsa bo‘la turib, ayolingdan hamma narsa bo‘lishini talab qilma!

— Ayol shunday xilqatki, unga infoq qilganingda, tanasidagi ochlik hissi yo‘qolib, seni duo qiladi.

— Ayol shunday xilqatki, agar yig‘lasang, boshingni ko‘ksiga qo‘yib, senga tasalli beradi.

— Ayol shunday xilqatki, agar uni sevsang, qalbidan joy olasan.

— Ayol omonat bo‘lib, e’zoz va himoya uchun yaratilgandir.

— Ayol inson shaxsiyati shakllanadigan ilk madrasadir.


@Rumiynoma 🕊

Jaloliddin Rumiy 🕊

12 Mar, 17:23


Mendan rozimisiz?

@Rumiynoma 🕊

Jaloliddin Rumiy 🕊

12 Mar, 15:56


🍃🍃🍃

Gulni tabassum etganga ber!
Qalbingni sevganga ber!
Sevmoq go‘zal narsa!
Qiymatin bilganga ber!

— Mavlono Jaloliddin Rumiy


@Rumiynoma

Jaloliddin Rumiy 🕊

12 Mar, 05:24


🌿Bir kun Ali (r.a) bozorga kirib ketayotsa, eshik tagida turgan yupun, bechora bir odamni koʻrib qolibdi. Unga yordam bergisi kelibdi. Sadaqa berib, uyaltirgisi kelmabdi va “Mana bu jabdugʻni bozorga kirib chiqqunimcha ushlab tur, chiqib haqqingni beraman” debdi.

Haqqiga besh tanga berishni niyat qilibdi. Lekin, bozordan chiqsa, oʻsha odam yoʻq. Afsuslanibdi va sherigini bozorga, boshqa olib kelishga joʻnatibdi. Bozordan boshqa jabdugʻ olib kelishibdi. Besh tangaga. Ne koʻz bilan koʻrsaki, bu oʻsha oʻzi boya, haligi odamga berib ketganining aynan oʻzi edi. Xullas, 5 tanga oʻsha odamning belgilangan rizqi edi. Faqat u bu rizqni halol emas, harom yoʻl bilan topishni ixtiyor etdi. Har doim oldimizda ikki yoʻl turadi. Rizqning koʻpayishi yoki kamayishi aldab qoʻymasin, bilingki, har qaysi yoʻlni tanlamang, rizqingiz oʻzgarmaydi.

Tanlayotgan yoʻlingiz faqat sizning oxiratdagi rizqingizga taʼsir koʻrsatadi...


@Rumiynoma 🕊

Jaloliddin Rumiy 🕊

11 Mar, 17:08


O‘ziga xos dunyodir ― tun...

O‘zing bilan yolg‘iz qolganing, yuraging bilan hisoblashganing, ba’zan sukunat ichinda qahqahalar otganing, ba’zan zulmatni quchib, besas... ich-ichingdan o‘kirib yig‘laganing...
O‘ziga xos dunyodir ― tun!
Kechangiz xayrli bo‘lsin...


@Rumiynoma 🕊