MSecurity.Pro @msecuritypro Channel on Telegram

MSecurity.Pro

@msecuritypro


Bu kanalda Hacking mavzulari bo’yicha maqolalar, qo'llanmalar, tavsiyalar, yangiliklar joylab boriladi.

Website: www.msecurity.pro

MSecurity.Pro (Uzbek)

MSecurity.Pro Telegram kanali – bu erkinlik va xavfsizlik mavzulari bo'yicha biror foydali ma'lumot topish uchun eng yaxshi manba. Kanalda Hacking mavzulari bo'yicha maqolalar, qo'llanmalar, tavsiyalar, yangiliklar va ko'p qo'shimcha ma'lumotlar joylab boriladi. Agar siz internet xavfsizligi va hacking sohasida yangiliklarni kuzatishni istaysiz, uni qidirishni to'g'ri manzil ko'rsatilgani MSecurity.Pro kanaliga azo bo'ling! Bu erkin va ishonchli manba siz uchun bo'sh vaktlaringizni qimmatli ma'lumotlar bilan to'ldirishga imkoniyat beradi. Sizga eng yangi xavfsizlik vositalari, tavsiyalar va muhim ma'lumotlar taqdim etiladi. Kanalga azo bo'lib, IT sohasida yangiliklardan xabardor bo'ling va xavfsizlikni oshiring! Sizga yordam berishga tayyor MSecurity.Pro kanali – sizning yaxshi do'stingiz bo'lishi mumkin!

MSecurity.Pro

08 Dec, 07:55


🔈 Diqqat super yangilik!

🛍 Yangi chiqadigan kursimizga 90% chegirma! ➡️ Link

🔥 3 oyda noldan middle darajasiga olib chiqadigan kiberxavfsizlik bo'yicha kurs. Narxi atiga 999.000 so'm ➡️ Link

☄️ 5-6 oyda kuchli mutaxassisga aylaning va oyiga 5000$ dan daromad qiling. Kurs narxi atiga 1.499.000 so'm ➡️ Link

Yuqoridagi kabi mantiqga to'g'ri kelmaydigan fishing xabarlar hozirda ko'pchilikni firibgarlarga aldanib qolishiga sabab bo'lib kelyapti. Sizchi qaysi xabarga aldanib qoldingiz? Izohlarda fikringizni qoldiring.

🌐 Instagram ✈️ Telegram ▶️ YouTube 🌐 Facebook

MSecurity.Pro

23 Nov, 14:28


🔥 Pentesterning uch hil ish formati.

⁉️ Qaysi format sizga yaqinroq?

✍️ Izohlarda o'z fikringizni qoldiring!

🌐 Instagram ✈️ Telegram ▶️ YouTube 🌐 Facebook

MSecurity.Pro

16 Nov, 10:21


🔥 Yangi raqamli yordamchimiz Aida bilan tanishing!

📈 Bu faqat boshlanishi, biz kelgusida uni rivojlantirishda davom etamiz.

👍 Aida, "Miss Code" tahallusi bilan rivojlanishda davom etadi. Ayni damda u faqat tez kunda chiqishi rejalashtirilayotgan yangi kursimiz talabalari bilan salomlasha oladi holos.

🔍 Kelgusida esa u talabalar savollariga yordam berishi va ko’plab xususiyatlarni o’zida jamlaydi.

🎉 Raqamli dunyoga xush kelibsan, Aida!

🌐 Instagram ✈️ Telegram ▶️ YouTube 🌐 Facebook

#aida #miss_code #assistant

MSecurity.Pro

11 Nov, 16:42


⚠️ Notanish kishilardan kelgan fayllarni ochishga shoshilmang!

🍏 IOS tizimlarida Jailbreak ni o'rnatmang - bu IOS tizimining xavfsizligini chetlab o'tishga imkon yaratib berishi mumkin.

🟣 To'liq video Instagram sahifamizda ➡️ Link🖱

🌐 Instagram ✈️ Telegram ▶️ YouTube 🌐 Facebook

#phishing #kiberxavfsizlik #trojan #firibgarlik

MSecurity.Pro

09 Nov, 16:43


Bepul Telegram Premiumga ega bo’lishni istaysizmi?

⚠️ Ehtiyot bo’ling - bu virus bo’lishi mumkin.

🟣 Batafsil Instagram sahifamizda ➡️ Link🖱

🌐 Instagram ✈️ Telegram ▶️ YouTube 🌐 Facebook

#phishing #malware #firibgarlik #virus

MSecurity.Pro

08 Nov, 13:18


🔒 Kiberxavfsizlik sohasiga kirish uchun eng yaxshi 3 ta kitob.

📚 Bugun biz boshlang‘ich kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislarga yordam beradigan kitoblarni ko‘rib chiqamiz.

1 - Kali Linux библия пентестера:
🏙 Yangi boshlaganlar uchun mukammal kitob
🏙 Pentest olamiga to‘liq kirib borish
🏙 Barcha asosiy mavzularni qamrab oladi: veb-ilovalarni tekshirishdan tortib tarmoq xavfsizligigacha
🏙 Amaliy misollar va mashqlar juda ko‘p
⚡️ Asosiy afzalligi: Mutaxassislikni yaxlit tushunishga imkon beradi
🔗 Kitobni yuklab olish uchun ➡️Link

2 - The Web Application Hacker's Handbook:
🏙 Veb-ilovalar xavfsizligiga chuqur kirib borish
🏙 Zaifliklarning batafsil tahlili: SQL inyeksiyalaridan CSRF gacha
🏙 Burp Suite bilan ishlash bo‘yicha amaliy maslahatlar
⚡️Pro tip: Asosiy tushunchalarni o‘zlashtirganingizdan keyin o‘qishni boshlang
🔗 Kitobni yuklab olish uchun ➡️Link

3 - Red Team Field Manual (RTFM):
🏙 Komandalar va toollar ma’lumotnomasi
🏙 Pentesterning qo‘llanmasi
🏙 Real ishda ishlashni boshlaganingizda asqotadi
💡 Muhim: Bu kitob asoslarni o‘zlashtirgandan so‘ng foydali bo‘ladi
🔗 Kitobni yuklab olish uchun ➡️Link

⚡️ Maslahat:
Birinchi kitobdan boshlang - u sizga keyingi bosqichlarga o‘tish uchun zarur bo‘lgan asosni beradi. Qolgan kitoblarni asosiy bilimlarda o‘zingizga ishonch hosil qila boshlaganingizdan keyin boshlasangiz bo'ladi.

Siz kiberxavfsizlik yo‘lingizni qanday kitobdan boshlagansiz? O‘z tajribangizni izohlarda ulashing!

🌐 Instagram ✈️ Telegram ▶️ YouTube 🌐 Facebook

#kiberxavfsizlik #pentest #hacking #books

MSecurity.Pro

05 Nov, 14:05


📌 Vebinarda qatnasha olmaganlar uchun uni yozib oldik.

👀 Vebinarni ko'rish ➡️ Link

🌐 Instagram ✈️ Telegram ▶️ YouTube 🌐 Facebook

#ctf #pentest #dasturlash #steganografiya #vebinar

MSecurity.Pro

05 Nov, 12:44


Live stream finished (44 minutes)

MSecurity.Pro

05 Nov, 12:00


Live stream started

MSecurity.Pro

05 Nov, 12:00


Live stream scheduled for

MSecurity.Pro

31 Oct, 14:20


🎸 BEPUL VEBINAR: CTF JONLI EFIRDA!

👩‍💻 "Pentesterga dasturlash nima uchun kerak? Amaliyotda ko'rib chiqamiz!"

📆 Sana: 05.11.2024

Vaqt: 17:00

🗺 Manzil: Shu kanalning o‘zida

VEBINARDA:

Jonli efirda steganografiyaga oid 3 ta CTF topshirig‘ini ko‘rib chiqamiz. Dastlabki ikkita masalani klassik usullarda yechamiz.

Uchinchi masalada Python yordamida yechimni qanday avtomatlashtirish kerakligini ko‘rib chiqamiz.

Va natijada nima uchun dasturlashni bilish pentesterga zarur ekanligini tushunib olasiz.

KIMLAR UCHUN:

- Boshlang‘ich pentesterlar
- Dasturlashni o‘rganish kerakmi-yo‘qmi, deb shubhalanuvchilar
- O‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishni istagan CTF ishtirokchilari

🌐 Instagram ✈️ Telegram ▶️ YouTube 🌐 Facebook

#ctf #pentest #dasturlash #steganografiya

MSecurity.Pro

29 Oct, 14:02


🔥Yangi pentester bilishi kerak bo'lgan 5 ta ko'nikma 🔥

Siz Pentester bo'lishni xohlaysizmi? Bu yerda siz o'rganishingiz kerak bo'lgan 5 ta asosiy ko'nikma:

👩‍💻 Dasturlash va skript yaratish:
Python, Bash, PowerShell-ni bilish sizning asosiy vositalaringiz bo'lishi kerak.

🌐 Tarmoq texnologiyalari:
TCP/IP, HTTP, DNS va boshqa protokollarni tushunish. Bularni bilmasdan hech qayerga borolmaysiz!

🔍 Zaifliklarni tahlil qilish:
Tizimlar va ilovalardagi zaif tomonlarni topish qobiliyati.

🛠 Insrumentlar bilan ishlash:
Nmap, Metasploit, Wireshark - bu ro'yxatning boshlanishi. Qanchalik ko'p vositalarni o'zlashtirsangiz, mutaxassis sifatida shunchalik qadrli bo'lasiz.

🧠 Tanqidiy fikrlash:
Xaker kabi fikrlash, kelib chiqishi mumkin bo'lgan hujumlarni oldindan bilish va innovatsion yechimlarni topish qobiliyati.

💡 Ushbu ko'nikmalarni ustida ishlang va siz uchun kiberxavfsizlik sohasiga eshiklar ochiladi!

👀 Kanalimizni kuzatib boring - tez orada sizga ushbu ko'nikmalarni qanday tez va samarali o'zlashtirishingiz mumkinligini aytib beramiz.

🌐 Instagram ✈️ Telegram ▶️ YouTube 🌐 Facebook

MSecurity.Pro

28 Oct, 14:50


✉️ G‘alati xabar oldingizmi?

⚠️ Uni ochishga shoshmang - bu fishing bo'lishi mumkin.

✍️ Siz fishingdan qanday himoyalanasiz? Izohlarda o'z fikrlaringizni qoldiring.

To’liq video instagramda

🌐 Instagram ✈️ Telegram ▶️ YouTube 🌐 Facebook

MSecurity.Pro

25 Oct, 15:10


🚀 Pentesting bo'yicha karyerani qanday boshlash kerak: bosqichma-bosqich ko'rsatma🚀
Siz Pentester bo'lishni hoxlaysizmi? Sizga muvaffaqiyat sari yo'l xaritangizni tuzishda bir nechta ko'rsatmalar beramiz:

📚 Asoslarni o'zlashtiring:
Tarmoq texnologiyalari, Linux va Windows operatsion tizimlari, dasturlash asoslarini o'rganing. Bu sizning kelajakdagi karyerangizning asosi bo'ladi.

🛠 Texnik ko'nikmalaringizni oshiring:
Master pentester vositalari: Nmap, Metasploit, Burp Suite. HackTheBox yoki TryHackMe kabi platformalarda mashq qiling.

👥 Networking:
Konferensiyalar, xakatonlarda qatnashing, onlayn hamjamiyatlarga qo'shiling.

💼 Amaliyot va loyihalar:
Haqiqiy amaliyot uchun imkoniyatlarni qidiring. Kompaniyalarga yordam taklif qiling, CTF va Bug bounty dasturlarida ishtirok eting.

📈 Doim o'rganishdan to'xtamang:
Kiberxavfsizlik sohasi har kuni o'zgarib boradi. Yangi tahdidlar va himoya usullaridan xabardor bo'ling.

💡 Esingizda bo'lsin: Pentesterning yo'li doimiy o'rganish va takomillashtirishdan iborat.
Ushbu sohada professional bo'lish haqida ko'proq ma'lumot olishni xohlaysizmi? Yangiliklarimizni kuzatib boring - biz tez orada eksklyuziv ma'lumotlarni e'lon qilamiz! 😉

🌐 Instagram ✈️ Telegram ▶️ YouTube 🌐 Facebook

MSecurity.Pro

24 Oct, 15:12


🔜 Yangiliklar yaqin kunlarda.

👀 Kiberxavfsizlik sohasida foydali ma’lumotlarni bilishni xohlasangiz, bizni kuzatishda davom eting…

🌐 Instagram ✈️ Telegram ▶️ YouTube 🌐 Facebook

MSecurity.Pro

17 Oct, 09:09


🔐 Kiberxavfsizlik nima uchun kerak?

❗️ Raqamli texnologiyalar davrida hayotimiz internet bilan chambarchas bog‘liq. Lekin nima uchun kiberxavfsizlik shunchalik muhimligini bilasizmi? 🤔

- Shaxsiy ma’lumotlar himoyasi: Suratlaringiz, yozishmalaringiz, bank ma’lumotlari - bularning barchasi kiberjinoyatchilarning nishoniga aylanishi mumkin.

- Moliyaviy xavfsizlik: Bank kartalari va elektron hamyonlardan pul o‘g‘irlash hozirgi zamonda real xatar hisoblanadi.

- Reputatsiya: Ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarni buzilishi kompaniya obro’siga jiddiy zarar yetkazishi mumkin..

- Biznes xavfsizligi: Korporativ ma’lumotlarning sizib chiqishi katta moliyaviy yo‘qotishlar va kompaniyalarning inqiroziga olib kelishi mumkin.

💡 Kiberxavfsizlik shunchaki zamonaviy so‘z emas. Bu har birimiz raqamli iz qoldirayotgan zamonaviy dunyoda zarur hisoblanadi.

⁉️ Siz o‘z kiberxavfsizligingiz haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Ma’lumotlaringizni himoya qilish uchun qanday choralarni ko‘rishingizni izohlarda qoldiring! 👇

🌐 Instagram ✈️ Telegram ▶️ YouTube 🌐 Facebook

MSecurity.Pro

01 Aug, 15:00


🆓 Kursimizning Bepul qismini MSecurity platformamizda ko'rishingiz mumkin.

❗️ Yodda tuting:

- Haqiqiy pentester - bu shunchaki xaker emas. U kiber jinoyatchilarning barcha texnikasini yaxshi biladigan va ularni himoya qilish uchun ishlatadigan himoyachi.

❗️ Muhim eslatma:

- Shuni yodda tutish muhimki, katta bilim bilan katta mas’uliyat keladi. Har doim bu ko‘nikmalardan faqat ruxsat bilan va axloqiy maqsadlarda foydalanishingiz kerak.

⌛️ Bizni kuzatishda davom eting va maxsus chegirmalarni o’tkazib yubormang.

Spoyler: Asosiy praktika 3-moduldan boshlanadi.

🌐 Instagram ✈️ Telegram ▶️ YouTube 🌐 Facebook

MSecurity.Pro

29 Jun, 16:07


✔️ Ancha ishlar yakunlandi. Kelasi hafta kursga ro’yhatdan o’tishni boshlab yuboramiz InshaAlloh.

🛍 Birinchi ro’yhatdan o’tganlar uchun albatta maxsus chegirmalar qilib beramiz.

🗓 Sizlarni xohish istaklaringizni eshitdik va kursni faqat 3 oyga emas 6 va hatto 10 oygacha mutlaqo foizsiz, banksiz bo’lib bo’lib to’lash tartibini ham ishlab chiqdik.

⚡️ Hozir o’qib, ishga joylashib kurs pulini keyin to’lash tartiblarini ham ishlab chiqyabmiz.

Bizni kuzatishda davom eting va maxsus chegirmalarni o’tkazib yubormang.

🌐 Instagram ✈️ Telegram ▶️ YouTube 🌐 Facebook

MSecurity.Pro

17 Jun, 17:11


🧷 Diqqat, xakerlar va obunachilar!

⚡️ MSECURITY uchun yangi qiziqarli treylerni taqdim etamiz!

❗️Ushbu sohada eng kuchli mutaxassislar qatoriga qo'shilish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

✈️ Telegram ▶️ YouTube

MSecurity.Pro

25 May, 14:04


Live stream finished (52 minutes)

MSecurity.Pro

25 May, 13:12


Live stream started

MSecurity.Pro

21 May, 12:46


🎸 Diqqat! 25-May kuni soat 17:00 da jonli efir o'tkazamiz.

🆕 Yangi kurs haqida batafsil ma'lumot va MSECURITY platformasi bilan yaqindan tanishib chiqamiz.

💬 Qatnasha olmaydiganlar kurs yoki platforma bo'yicha savollaringizni izohlarda yozib qoldiring, albatta javob berib o'tamiz. Jonli efir yozib olinadi.

✈️ Telegram

MSecurity.Pro

20 May, 15:46


Endi MSECURITY Platformasi orqali ro’yhatdan o’tishingiz va shaxsiy kabinetingizga kirib ko’rishingiz mumkin.

🛠 Hozirda platformada texnik ishlar olib borilayotgani sabab bir nechta sahifalar vaqtincha yopiq holatda. Baza bilan bog’liq texnik ishlar yakunlanganidan so’ng barchasi ishga tushuriladi.

Barcha ishlarni o’zim noldan qilayotganim sabab biroz vaqt ko’proq sarflandi. Kamchiliklar albatta bartaraf etiladi.

✍️ Platformada ro’yhatdan o’tish uchun quyidagi ➡️ Link ustiga bosing.

✈️ Telegram

MSecurity.Pro

16 May, 12:44


🔜 Baho beramiz.

📝 Talab va takliflarni izohlarda yozishingiz mumkin.

✈️ Telegram

MSecurity.Pro

15 May, 16:27


🆕 Kiberxavfsizlik haqidagi fikringizni mutlaqo o'zgartiradigan yangi kurs.

📈 Yangi bosqichga tayyorlaning.

🔜 Juda ham oz qoldi...

🖥 Kurs haqida ma'lumot ➡️ Link

✈️ Telegram