📚 Har bir erkak o‘qib chiqishi kerak bo‘lgan kitoblar:
1. Robert Kiyosaki – “Boy ota, kambag‘al ota”.
Hayotda omadga erishish haqidagi eng mashhur kitoblardan biri. Nima uchun maktab va oliy ta’limda olingan bilimlar yetarli emas, kambag‘al odamlarning xatosi nimada, insonalarning qadriyat va fikrlashlaridagi tafovut natijasi nimalarni keltirib chiqaradi, shu va shu kabi savollarga tushunarli, sodda usulda javob berilgan. Juda oddiy va motivasion kitob.
2. Jim Ron – “Muvaffaqiyatning 5 asosiy kaliti”.
Insonning shaxsiy falsafasi, qanday qilib omadliroq va yaxshiroq bo‘lish mumkinligi haqida ajoyib kitob. Kimdan, nimani o‘rganish, turli vaziyatlarda o‘zini qanday tutish va boshqa ko‘plab foydali ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.
3. Napoleon Xill- “O‘yla va boy bo‘l”.
Hayratlanarli kitob. U shunchalik kuchli motivasiya beradiki, bularni oddiy so‘z bilan tushuntirish qiyin. Asarda dunyoning eng omadli odamlarning tarixi hikoya qilinadi. Ularning umumiy jihatlari , o‘z sohasida va umuman hamma sohada nima ularni kuchli qilishi tavsiflanadi. Barcha makonlar va zamonlarning ajoyib kitobi.
4. Deyl Karnegi. “Qanday qilib do‘st orttirish va odamlarga ta’sir etish mumkin?”
Bu kitob, odamlar bilan muloqotni qilishni, ularni o‘z fikringizga qiziqtirish va ishontirishni o‘rgatadi. Karnegi o‘z ishining ustasi bo‘lgan psixolog edi. Kitobni o‘qib tugatgach odamlar hursat qiladigan va diqqat bilan eshitadigan suhabatdoshga aylanasiz.
5. Djeyson Frayd i Devid Xaynemayer Xensson –“Rework: Bid’atlardan holi biznes”
Bu kitobning mohiyati - agar biror narsa qilishni xohlasangiz, uni oling va bajaring, sizga ko‘p pul yoki bilim kerak yemas, kichikdan boshlang va olg‘a boring, rivojlaning. Kitobda hamma narsani puxta bajarish bilan birga, tadbirkorning ishini soddalashtirish va pulni tejash bo‘yicha maslahatlar juda ko‘p. Kitob juda sodda va tushunarli yozilgan.
6. Ernest Xeminguey- “Chol va dengiz”.
Xemingueyning dunyoga mashhur va ma’lum asari. Asar qat’iyat, ishga va hayotga muhabbat, xursandchilik va tuyg‘ular haqida bo‘lib, uni shunchaki o‘qib chiqish va fikr qilish kerak.
7. Selindjer Djerom – “Javdarzordagi ovchi”.
Kitob hech kimni tushunmaydigan yosh yigit haqida. Unga hech kim qiziq emas va u nima uchun odamlar bunchalik zerikarli ekanligini tushunolmaydi.Yosh bo‘lishiga qaramasdan u kattalardek va xech kimga o‘xshamagan tarzda fikrlaydi. U har bir odam o‘z fikrlashiga ega ekanligini anglamaganligi sabab ko‘p sarguzashtlarni boshdan kechiradi.