Latest Posts from Mehnat huquqi (@mehnathuquqi) on Telegram

Mehnat huquqi Telegram Posts

Mehnat huquqi
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaat, reklama va advokat xizmati uchun:
@MuhammadaminKarimjonov
@MehnathuquqimurojaatBot
31,322 Subscribers
987 Photos
276 Videos
Last Updated 28.02.2025 10:20

Similar Channels

🇺🇿Bankxabar
57,794 Subscribers

The latest content shared by Mehnat huquqi on Telegram


#savolimbor Assalomu alaykum. Bir masala bo’yicha bahs ketib qoldi. Bu yil 8-mart shanba kuniga to’g’ri kelyapti. Shunda 10-mart dushanba kuni 5 kunliklar uchun dam olish kuni bo’ladimi, ayrimlar ish kuni bo’ladi chunki yakshanba kuniga to’g’ri kelsagina dam olish kuni bo’ladi deyishyapti…

MK 208-moddasiga ko’ra, dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmaydi.

MK 207-moddasiga ko’ra, xodimlarga har haftada dam olish kunlari beriladi.

5 kunlik ish haftasida xodimlarga haftada ikki dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida esa bir dam olish kuni beriladi. Aynan bitta ish beruvchida mehnat shartnomasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlar uchun bajariladigan ishning o‘ziga xos xususiyatlariga qarab ish haftasining har xil turlari belgilanishi mumkin.

5 kunlik va 6 kunlik ish haftasida umumiy dam olish kuni yakshanbadir. 5 kunlik ish haftasidagi ikkinchi dam olish kuni jamoa shartnomasida yoki ichki mehnat tartib qoidalarida yoxud smenalarga bo‘linib ishlash jadvallarida, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida belgilanadi.

❗️E’tibor bering, MK 208-moddasida umumiy dam olish kuni yakshanba haqida emas, balki dam olish kuni haqida gap ketgan.

⚠️ Demak, ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi “8-mart — Xotin-qizlar kuni” bayrami 2025-yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun shanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi munosabati bilan ushbu dam olish kuni mos ravishda 2025-yil 10-mart — dushanba kuniga ko‘chiriladi.

Shuning uchun 10-mart — dushanba kuni 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni hisoblanadi. 6 kunliklar uchun esa ish kuni bo’ladi.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi

#qonunbilan
Давлат нотариал идораси нотариусини лавозимига тайинлаш бўйича танлов ва хусусий нотариал фаолият билан шуғулланиш ҳуқуқини бериш бўйича малака имтиҳонини ўтказиш тартиби тўғрисидаги низомга ўзгартиришлар киритилди.
Ўзбекистон Республикаси адлия вазирининг буйруғи, 06.02.2025 йилда рўйхатдан ўтган, рўйхат рақами 3114-4

📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

#namuna
Homilador ayolni vaqtincha boshqa yengilroq ishga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq

📑 Jamlanmada:

O‘zbek (kirill va lotin yozuvi) tilidagi buyruq namunalari
Uchta qonun hujjati ro‘yxati
Video tushintirish (https://youtu.be/noDeEcMjFsM?si=QGgNHq8VPdVwvD7f
https://youtu.be/PSLVrvnAbU0?si=a5tCHiYpuaE0-CdH
https://youtu.be/f-MdGbgkbYg?si=FShHrHAcNNIDX5w9)

🔒 Xususiyatlari:
Bitta qonun hujjati bilan asoslangan
Tez va oson foydalanish uchun WORD formatda
2 betli to‘liq hujjat

💵 Narx: 10 ming so‘m
💳 Karta raqami: 6262730098638887

📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

🛒 Parolni olish uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov

#savolimbor Assalomu alaykum. Obedga chiqmasdan, obed payti ham ishlab 1 soat vaqtliroq ketsam bo'ladimi?

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Asos: MK 204-moddasi.

https://t.me/mehnathuquqi audio javobi  📤:

#bildirish

Barcha ish beruvchilar diqqatiga!

Viloyat Davlat mehnat inspeksiyasi ogohlikka chaqirmoqda

O‘zbekiston Respublikasi “Aholi Bandligi to‘g‘risida”gi qonunining 13-moddasiga asosan, ish beruvchilar aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda quyidagilarga amal qilishingiz lozim:

▶️Ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish va unga aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini joylashtirish;

▶️Bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mahalliy mehnat organiga har oy «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali elektron tarzda taqdim etib borish;

▶️Bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni milliy bazaga kiritib borish so‘raladi.

Aks holda, yuqoridagi qonun talablarini bajarmaslik O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 229-moddasiga ko‘ra, ma’muriy jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

Aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda faol bo‘lishingiz so‘raladi.

Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Telegram|YouTube|Facebook|Website

2985-sonli Yo‘riqnoma o‘z kuchini yo‘qotdi

#savolimbor Ассалому алайкум, 2985 йурикнома таътилни хисоблаш учун уз кучини йукотган булса. Энди кандай хисобланади?


https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori bilan tasdiqlangan “Yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (17.03.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2985) o'z kuchini yo'qotdi. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining qarori, 07.02.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2985-1 https://lex.uz/pdfs/7367260

MK 233-moddasiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan o‘rtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanadi.

Ya’ni har yilgi mehnat ta’tili davrida saqlanib qoladigan o‘rtacha ish haqi MK 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqiladi!

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qaroriga 5-ilova “Alohida hollar uchun xodimlarning o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida”gi nizom ish vaqti jamlab hisobga olinganda, uni hisoblab chiqarish uchun qabul qilingan davrda ish vaqti to‘liq ishlab berilmaganda, ushbu davrda ish haqi bo‘lmaganda va boshqa alohida hollar uchun xodimlarning o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarish tartibini belgilaydi.

Mazkurning nizomning 3-bobi 8-11-bandlari ta’til vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlashni tartibga soladi!

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi

Korxona Kadrlari Uchun Eng Zarur Buyruqlar To‘plami!
Hujjatlarini rasmiylashtirish endi yanada oson va qulay! Biz sizga:
Yangi Mehnat kodeksi asosida ishlab chiqilgan
Rasmiy uslubda va tushunarli shaklda yozilgan
MKning har bir moddasi bo‘yicha YouTube video sharhlar mavjud
Oson tahrirlash uchun Word formatdagi
buyruqlarni taqdim etamiz:

B U Y R U Q N A M U N A L A R I
1) Ishga qabul qilish haqidagi buyruq

2) Ta’tildan chaqirib olish to‘g‘risidagi buyruq

3) Hayfsan intizomiy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi buyruq

4) Xizmat tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq

5) Xodimni doimiy boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq

6) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyruq (xodimning malakasi yetarli bo'lmay qolishi)

7) Xodimni ishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi buyruq

8) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyruq (shtatlar qisqarishi asosida)

9) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyruq (xodimning tashabbusi asosida)

10) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyruq (mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzganligi)

11) O‘quv ta’tili berish to‘g‘risida buyruq

12) Tashqi o‘rindoshni asosiy ishga o'tkazish to‘g‘risida

13) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyruq (mehnat shartnomasini uning muddati tugashi munosabati bilan)

14) Har yilgi mehnat ta’tilini berish to‘g‘risida

15) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyruq (taraflarning kelishuviga ko‘ra)

16) Jarima intizomiy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi buyruq

17) Ishdagi yutuqlar uchun xodimni rag‘batlantirish to‘g‘risidagi buyruq

18) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (o‘rindosh bilan) buyruq

19) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (dastlabki sinov natijasi qoniqarsiz bo‘lib, xodim sinovdan o‘tmagan deb e’tirof etilganda) buyruq

20) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (xodim vafot etganligi) buyruq

21) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyruq (xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi)

22) Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash to‘g‘risida buyruq

23) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (xodimning harbiy xizmatga chaqirilganligi) buyruq

24) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning avvalgi ishga tiklanganligi) buyruq

25) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (xodim sudning qaysi hukmi bilan avvalgi ishini davom ettirish imkoniyatini istisno etadigan jazoga hukm qilingan bo‘lsa) buyruq

26) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (ishga qabul qilishga doir belgilangan qoidalarning buzilganligi) buyruq


O G O H L A N T I R I SH X A T I N A M U N A L A R I
1) Ogohlаntirish xаti (shtatlar qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risida)

2) Ogohlаntirish xаti (tashkilot tugatilganligi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilish)

3) Ogohlаntirish xаti (xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli egallab turgan lavozimiga muvofiq emasligi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilish)

4) Ogohlаntirish xаti (muddatli mehnat shartnomasini bekor qilish haqida)

5) Ogohlаntirish xаti (xodim o‘z mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi)

6) Ogohlаntirish xаti (o‘rindosh bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida)

A R I Z A N A M U N A L A R I
1) O'z xohishiga ko'ra ishdan bo'shash haqidagi ariza namunasi

2) O‘quv ta’tili (kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha) berish haqidagi ariza namunasi

3) Homiladorlik va tug‘ish ta’tili berish haqidagi ariza namunasi

J A D V A L N A M U N A L A R I
1) Ta’tillar jadvali (Mehnat kodeksi 12, 228-moddalar)

💰 Arzon narxda, barcha uchun qulay (bitta hujjat narxi 10 ming so'm)!
📊 20 tadan ortiq hujjat sotib olinsa 10 foiz chegirma beriladi.

💼 To‘plamni qo‘lga kiriting va ish jarayonlarini yengillashtiring!
🛒 Murojaat qiling: @miryoqubraximov

📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

https://t.me/mehnathuquqi

Korxona Kadrlari Uchun Eng Zarur Buyruqlar To‘plami!
Hujjatlarini rasmiylashtirish endi yanada oson va qulay! Biz sizga:
Yangi Mehnat kodeksi asosida ishlab chiqilgan
Rasmiy uslubda va tushunarli shaklda yozilgan
MKning har bir moddasi bo‘yicha YouTube video sharhlar mavjud
Oson tahrirlash uchun Word formatdagi
buyruqlarni taqdim etamiz:

B U Y R U Q N A M U N A L A R I
27) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (qonunchilikka muvofiq mehnatga oid munosabatlarni davom ettirishga monelik qiladigan holatlar yuzaga kelganligi) buyruq

28) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (tashkilotni tugatish to‘g‘risidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi) buyruq

29) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (xodimni ishga tiklash haqidagi sud qarori bekor qilinganligi) buyruq

30) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (tashkilot o‘z muassislarining qarori bilan tugatilganligi) buyruq

31) Ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq

32) Bir necha kasbda (lavozimda) ishlash vositasida qo‘shimcha ish yuklash to‘g‘risida buyruq

33) Ta’tilda bo‘lgan xodimning majburiyatlarini boshqa xodimga yuklatish to‘g‘risida buyruq

34) Nogironligi bo‘lgan shaxsga yillik mehnat ta’tilini berish to‘g‘risida


📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda

💰 Arzon narxda, barcha uchun qulay (bitta hujjat narxi 10 ming so'm)!
📊 20 tadan ortiq hujjat sotib olinsa 10 foiz chegirma beriladi.

💼 To‘plamni qo‘lga kiriting va ish jarayonlarini yengillashtiring!
🛒 Murojaat qiling: @miryoqubraximov

https://t.me/mehnathuquqi

#savolimbor Assalomu alaykum, men bankda ishlayman. Grafik bo'yicha fevralda ta'tilga chiqishim kerak edi. Lekin rahbar ish ko'pligi tufayli, ta'tilga chiqarmayman deyapti.

https://t.me/mehnathuquqi audio javobi

Batafsil ma'lumot uchun: https://t.me/mehnathuquqi/8470

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi

#lekinbufakt Alisher Navoiy o’zi barpo etgan madrasalarning mudarrislari, hatto oshpaz va farroshiga ham sersaxovatlik bilan maosh to’lagan. Talabalar uchun nafaqa (stipendiya) joriy qilgan. Eng ilmli talabalarga shaxsan Navoiyning o’zi oyiga 24 oltin pul va yiliga 5 qop oshlik bergan.

O’sha vaqtda talabaning bir oylik nafaqasiga 🐏🐏🐏🐏🐏 5ta semiz qo’y olish mumkin bo’lgan. Hozirda o'rtacha semizlikdagi qo'y narxi taxminan 4 mln deb olsak, 20 mln stipendiya olgan ekan ilmi-toliblar... Tayanch doktorantlarning stipendiyasi ham ip esha olmas ekan))

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi