Dernières publications de Mehnat huquqi (@mehnathuquqi) sur Telegram

Publications du canal Mehnat huquqi

Mehnat huquqi
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaat, reklama va advokat xizmati uchun:
@MuhammadaminKarimjonov
@MehnathuquqimurojaatBot
31,322 abonnés
987 photos
276 vidéos
Dernière mise à jour 28.02.2025 10:20

Canaux similaires

Kadrovik.uz
2,655 abonnés

Le dernier contenu partagé par Mehnat huquqi sur Telegram


#savolimbor? Intizomiy jazosi bor xodimga 8-mart bayrami uchun mukofot bersa bo'ladimi? Agar mumkin bo’lmasa, qandaydir yo’li bormi berishni?

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

👉 MK 299-moddasi 5-qismiga ko’ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo‘llanilmaydi.

👉 MK 315-moddasi 1-qismiga ko’ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati u qo‘llanilgan kundan e’tiboran 1 yildan oshmasligi kerak.

👉 MK 252-moddasi 3-qismiga ko’ra, mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilmagan rag‘batlantiruvchi mukofot bir marta beriladigan xususiyatga ega bo‘lgan hamda ish beruvchining qaroriga ko‘ra xodimning oldindan belgilangan ko‘rsatkichlar va shartlarga erishganligi uchun emas, balki muayyan voqealar (yubileylar, bayram sanalari va boshqalar) yuz berganligi yoki xodim tomonidan muayyan harakatlar amalga oshirilganligi (ish beruvchining alohida muhim topshirig‘ini bajarish, ratsionalizatorlik taklifini kiritish va boshqalar) munosabati bilan to‘lanadigan pul mukofotidir.

Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, bayram sanalari bilan beriladigan mukofotlar mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydi va mehnat natijalariga asoslanmaydi. Shuning uchun ham, intizomiy jazo amal qilayotgan xodimga bayram mukofoti berilmaydi.

Agar xodimga bayram mukofoti bermoqchi bo'lsangiz, u holda intizomiy jazoni olib tashlang❗️MK 315-moddasi 3-qismiga ko'ra, ish beruvchi intizomiy jazoni istalgan vaqtda olib tashlashga haqli. Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

❗️Ha, yana bir gap👉 Intizomiy jazoni olib tashlash uchun, xodim qandaydir jasorat yoki karomat ko'rsatishi shart emas. Ish beruvchi intizomiy jazosi bor istalgan xodimning jazosini bir yil o‘tguniga qadar muddatidan oldin olib tashlash huquqiga ega.

Batafsil👉 https://t.me/mehnathuquqi/8470

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov



️Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi

Rahbar xodimga “bolnichniy” ochtirma deyishga haqlimi?

#savolimbor Ассалому алайкум мен сизга бир мурожат билан чикяпман мени мурожатим бизи ташкилотимиз 3 нафар фарзанти бор оналарга балнишний 100 % толик тушади шунинг учун Директоримиз менга 1 йил давомида коп балнишнийга чикишсанг болмайди 3 фарзантим бор деб балнишний килишма деб айтди огохлантиряпман деб шу конунга тогрими

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

MK 281-moddasiga ko’ra, ish beruvchi quyidagi kafolatli qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishi shart:

… qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rtacha ish haqi yoki uning bir qismi miqdorida vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lashi.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga 1-ilova “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani (keyingi o‘rinlarda — nafaqa) tayinlash hamda to‘lash tartibini belgilaydi.

Nizomning 22-bandiga ko’ra, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qat’i nazar, o‘rtacha ish haqining 100 foizi miqdorida quyidagilarga to‘lanadi:
baynalminal jangchilarga;
qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga;
Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga;
Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va ko‘chirilgan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o‘tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan xodimlarga;
mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz bo‘lgan xodimlarga;
pandemiya, texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda, ushbu favqulodda vaziyatlarga sababchi bo‘lgan infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan va 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarish qilayotgan ota-onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar).

Direktorning “bolnichniy”ga chiqma degan gaplari asossiz. Agar qonunchilikda belgilangan asoslar bo’lsa, xodim “bolnichniy” ochtirishga haqli. Quyidagilar “bolnichniy” ochtirishga asos hiosblanadi: xodimning kasalligi, shikastlanganligi, homiladorligi, tuqqanligi, oilaning betob a’zosini parvarishlaganligi, protez qo‘ydirganligi, sanatoriy-kurortda davolanganligi, shuningdek sog‘lig‘i holatiga ko‘ra boshqa ishga o‘tkazish uchun va karantin tufayli mehnatga vaqtincha layoqatsizligini ekspertiza qilish natijalariga ko‘ra aniqlangan mehnatga vaqtincha layoqatsizligi mehnatga layoqatsizlik varaqasi bilan tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015-yil 20-martdagi 25-son buyrug‘iga ilova “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2667) O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibini belgilaydi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi

🌙 РАМАЗОН ТАҚВИМИ – 2025

Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати

#ramazon #taqvim #2025
🌐 MUSLIM.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING VA ULASHING🗣

▶️ YouTube | 📷Instagram | 🔵 Facebook

#Эксперт_шарҳи

Мурожаат: Мен аттестациядан ўтолмадим. Менга қандай кафолатли тўловлар бор?

Тошкент давлат юридик университети катта ўқитувчиси, ҳамкоримиз Муҳаммадамин Каримжонов ушбу мурожаатга батафсил жавоб беради.

Расмий саҳифаларимиз
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Murojaat

#namuna
Xodim ish beruvchi taklif etgan boshqa ishga o‘tishni rad etganligi haqida dalolatnoma (shtat qisqarganda)


📑 Jamlanmada:
O‘zbek (kirill va lotin yozuvi) tilidagi dalolatnoma namunalari
Video tushintirish (https://youtu.be/noDeEcMjFsM?si=QGgNHq8VPdVwvD7f)

🔒 Xususiyatlari:
Bitta qonun hujjati bilan asoslangan
Tez va oson foydalanish uchun WORD formatda
2 betli to‘liq hujjat

💵 Narx: 10 ming so‘m
💳 Karta raqami: 6262730098638887

🗂Paket hujjatlar bu yerda
📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

🛒 Parolni olish uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov

Xususiy notariuslar ham "dekret puli" to'laydimi

#savolimbor Assalomu alaykum, xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariusda ishlayman. Yaqinda dekretga chiqaman, menga ham dekret puli to’lanadimi?
https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

Albatta to’lanadi, buni quyida asoslab beramiz.

MK 237-moddasi 2-qismiga ko’ra, xodimlarga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ijtimoiy ta’tillarni berish xodimning mehnat stajiga, u bajaradigan ishning joyi va xususiyatiga, ish beruvchining tashkiliy-huquqiy shakliga bog‘liq emas.

MK 19-moddasiga ko’ra, jismoniy shaxslar quyidagi hollarda ish beruvchilar bo‘lishi mumkin:

… agar qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ularning kasbiy faoliyati ro‘yxatdan o‘tkazilishi va (yoki) litsenziyalanishi lozim bo‘lsa hamda ular mazkur faoliyatni amalga oshirish maqsadida xodimlar bilan mehnatga oid munosabatlarga kirishgan bo‘lsa.

MK 404-moddasiga ko’ra, ayolga tug‘ruqqacha yetmish kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda yetmish kalendar kun) homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanadi.

Homiladorlik va tug‘ish ta’tili ayolga jamlangan holda hisoblab chiqarilib, tug‘ruqqacha haqiqatda foydalanilgan kunlar sonidan qat’i nazar, to‘liq beriladi.

Homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga 1-ilova vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani (keyingi o‘rinlarda — nafaqa) tayinlash hamda to‘lash tartibini belgilaydi.

Yuqoridagilardan xulosa qilsak, xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius ham o’z xodimlariga qonunchilikda belgilangan tartibda “dekret puli”ni to’lashi shart.

⚠️ Diqqat!
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 49-3-moddasiga ko’ra, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlarda to‘lash bo‘yicha majburiyatdan bo‘yin tovlash bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi

Ramazon oyida xodimlar uchun qanday imtiyozlar bor

#savolimbor Assalomu alaykum, barchangizga kirib kelayotgan Ramazon oyi muborak bo'lsin. Men tashkilot rahbariman. Xodimlarimizga Ramazon oyida qonuniy tartibda qanday yengilliklar qilib berishim mumkin?

https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

Bu kabi savollar juda-juda kamyob. Sizdek xodimparvar rahbarlar ko’payishini so’rab qolamiz.

Salmon Forsiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sha’bon oyining oxirgi kuni bizlarga xutba qildilar. Aytdilar... Kim Ramazon oyida qo‘l ostidagilarga yengillik yaratib bersa, Alloh uni mag‘firat qilib, do‘zaxdan ozod qiladi”. Bayhaqiy rivoyati.

Sizdek xodimparvar rahbarlarga Ramazon oyida xodimlarga yengillik berish maqsadida quyidagi ayrim usullarni taklif qilamiz (yana boshqa qo'shimcha kafolatlarni keyingi postlarimizda berib boramiz):

1️⃣-usul. Mehnat kodeksining 13-moddasiga ko’ra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda xodimlar uchun mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanganiga nisbatan qo‘shimcha huquqlar va kafolatlar nazarda tutilishi mumkin.

Mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga nimalar kiradi

MK 12-moddasiga koʼra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar quyidagilardan iborat:
jamoa kelishuvlari;
jamoa shartnomalari;
ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʼmitasi bilan kelishuvga koʼra qabul qilinadigan ichki hujjatlar;
ichki hujjatlar, shu jumladan ish beruvchi oʼz vakolatlari doirasida yakka oʼzi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar.
Demak, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda Ramazon oyida xodimlar uchun alohida kafolatlar nazarda tutilishi mumkin.

Agar tashkilotning jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida Ramazon oyi uchun alohida kafolatlar nazarda tutilmagan bo’lsachi

⚠️ Eʼtibor bering, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar jumlasiga, ish beruvchi oʼz vakolatlari doirasida yakka oʼzi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar ham kiritilmoqda.

❗️Ya’ni jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida ramazon oyida xodimlar uchun kafolatlar nazarda tutilmagan boʼlsada, ish beruvchi oʼz vakolatlari doirasida yakka oʼzi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlarda (buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar) ham alohida kafolatlarni nazarda tutilishi mumkin. Chunki yuqorida tahlil qilib oʼtganimizdek, ish beruvchi oʼz vakolatlari doirasida yakka oʼzi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar ham mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar jumlasiga kiradi.

2️⃣-usul. Mehnat kodeksining 204-moddasiga ko’ra, ish kuni (smena) davomida xodimga dam olish va ovqatlanish uchun davomiyligi ko‘pi bilan 2 soat va kamida 30 daqiqa bo‘lgan, ish vaqtiga kiritilmaydigan tanaffus berilishi kerak. Ichki mehnat tartibi qoidalarida yoki mehnat shartnomasida, agar xodim uchun belgilangan kunlik ishning (smenaning) davomiyligi to‘rt soatdan oshmasa, unga mazkur tanaffus berilmasligi nazarda tutilishi mumkin.

Dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus berish vaqti va uning aniq davomiyligi ichki mehnat tartibi qoidalarida yoki xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi.

❗️Demak, Ramazon oyida ro’zador xodimlar uchun biz amaliyotda ko’nikib qolganimiz dam olish va ovqatlanish uchun 1 soatlik tanaffus o’rniga ularga dam olishi uchun 30 daqiqa berilsa, shunda ro’zador xodimlar 30 minut vaqtli ketishlari mumkin bo’ladi.

3️⃣-usul. Ramazon oyida xodimga to‘liqsiz ish vaqti belgilanishi mumkin. MK 186-moddasi

4️⃣-usul. Ta’tildan foydalanishning jadvalda belgilangan vaqtidan oldin ham ta'til berish mumkin. MK 228-moddasi.

5️⃣-usul. Ramazon oyida xodimga qisqartirilgan ish vaqti belgilanishi mumkin. MK 183-moddasi va yana boshqa yengilliklar berilishi mumkin ...

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi

#автоматик_пенсия_тайинлаш

🖥 2025 йил 1 мартдан бошлаб ёшга доир пенсиялар автоматик шаклда тайинланиши амалиётга жорий этилади.

Бунда ёшга доир пенсия тайинланиши учун:

🔴 бугунги кунда меҳнат фаолиятларини давом эттираётган фуқароларга меҳнат фаолиятларига оид барча маълумотларини рақамлаштириб, текшириб боришлари тавсия этилади.

🔴 Шунингдек, ҳозирда ишламаётган фуқаролар меҳнат дафтарчаларидаги маълумотларни туман Бандликка кўмаклашиш марказларига мурожаат қилган ҳолда бепул рақамлаштириб олишлари мумкин.

🎞 Видеони ушбу ҳавола орқали YouTube'да томоша қилинг.

📞 12-71     🌐 pfru.uz

Telegram | 💬Facebook |📸 Instagram | 📹 Youtube 📱 X

Мурожаат: Бир масалада ҳуқуқий ёрдам керак эди. Давлат фуқаролик хизматида ишлаётган қайси тоифадаги кадрлар ўриндошлик асосида ишлаши мумкин эмас? Шу ҳақда маълумот бера оласизларми?

P.S. Texnik xatolik uchun uzr! Savol mavzusi boshqa, video boshqa ketib qolibdi! Xatolik bartaraf etildi!

#Эксперт_шарҳи

Мурожаат:
Бир масалада бизга ҳуқуқий маслаҳат керак эди. Қайси тоифадаги ходимлар аттестациядан ўтказилмайди?

Тошкент давлат юридик университети катта ўқитувчиси, ҳамкоримиз Муҳаммадамин Каримжонов ушбу мурожаатга батафсил жавоб беради.

◽️Сизда ҳам ҳуқуқий соҳада, фаолиятингиз билан боғлиқ мурожаат бўлса, бизга йўлланг!

Расмий саҳифаларимиз
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Murojaat