Latest Posts from Mehnat huquqi (@mehnathuquqi) on Telegram

Mehnat huquqi Telegram Posts

Mehnat huquqi
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaat, reklama va advokat xizmati uchun:
@MuhammadaminKarimjonov
@MehnathuquqimurojaatBot
31,322 Subscribers
987 Photos
276 Videos
Last Updated 28.02.2025 10:20

The latest content shared by Mehnat huquqi on Telegram


#qonunbilan
Xodimning qonuniy kafolatlangan dam olish huquqini cheklaydigan va mehnat to‘g‘risidagi qonunchiligidagi dam olish vaqtining davomiyligini qisqartirishni nazarda tutadigan jamoa kelishuvlarining hamda jamoa shartnomasining va ish beruvchining boshqa ichki hujjatlarining qoidalari, mehnat shartnomasining shartlari haqiqiy emas.

Mehnat kodeksi 203-modda
https://www.youtube.com/watch?v=y2b77qSWo7E

#namuna

Nogironligi bo‘lgan shaxsga yillik mehnat ta’tilini berish to‘g‘risida
📑 Jamlanmada:

O‘zbek (kirill va lotin yozuvi) tilidagi buyruq namunalari
Uchta qonun hujjati ro‘yxati
Video tushintirish (https://youtu.be/3MEsAxLgKbw?si=mBPBZooIzAXQ9Qks https://youtu.be/_sEeJ7o2W4E?si=rs_ZPbHGi-uL7YTL)

🔒 Xususiyatlari:
Bitta qonun hujjati bilan asoslangan
Tez va oson foydalanish uchun WORD formatda
2 betli to‘liq hujjat

💵 Narx: 10 ming so‘m
💳 Karta raqami: 6262730098638887


📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

🛒 Parolni olish uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov

#savolimbor Ассалому алайкум хурматли устозлар,ходим узи ишлаб турган ташкилот мулкини угирлаб камалди, ишдан бушатиш кандай тугри амалга оширилади бунака холларда ?, илтимос ёрдам берворсангизлар

https://t.me/mehnathuquqi audio javobi

Qo'shimcha ma'lumot uchun: https://t.me/mehnathuquqi/8760

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi

🔉 Diqqat! Diqqat! Diqqat! Elektron amaliy qo'llanmalar uchun AKSIYA!

Kadrlaru kadrlar, eshitmadim demanglar! “Qisqarish”ga bag’ishlangan qo’llanmamiz tayyor bo'ldi! Qo’llanmada qisqarish jarayoni bilan bog’liq hujjatlardan namunalar keltirilgan. Video va audiokontentlar ham ilova qilinadi.

Elektron qo'llanmalarni sotib olmoqchi bo'lganlar, muallifga telegram ijtimoiy tarmog'i orqali murojaat qilishlari mumkin: @MuhammadaminKarimjonov

Shuningdek, boshqa mavzulardagi qo’llanmalar bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin https://t.me/mehnathuquqi/8470

Oylik obuna paketi shartlari haqida esa ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin https://t.me/mehnathuquqi/8717

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi

#savolimbor Assalomu aleykum ustoz yaxshimisiz? Xodim 9-fevral yakshanba sanasidan o’z xohishiga ko’ra ishdan bo’shashga ariza yozib ketdi, arizani qayta yozishga esa rozi bo’lmadi. Shunda qanday yo’l tutsak to’g’ri bo’ladi? Dushanba kuni shartnomani bekor qilsak, sudda muammo bo’lmaydimi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

MK 9-moddasi oxirgi qismiga ko’ra, agar muddatning so‘nggi kuni ishlanmaydigan kunga to‘g‘ri kelsa, undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddat tugaydigan kun deb hisoblanadi.

Bundan tashqari, MK 170-moddasi oxirgi qismiga ko’ra, oxirgi ish kuni mehnat shartnomasi bekor qilingan kundir. Agar oxirgi ish kuni dam olish kuniga yoxud ishlanmaydigan bayram kuniga yoki boshqa ishlanmaydigan kunga to‘g‘ri kelsa, undan keyin keladigan birinchi ish kuni oxirgi ish kuni deb hisoblanadi.

❗️Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, mehnat shartnomasini 10-fevral dushanba kuni bekor qilaverasiz, sudda hech qanday muammo bo’lmaydi.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi

#namuna

Ta’tilda bo‘lgan xodimning majburiyatlarini boshqa xodimga yuklatish to‘g‘risida buyruq
📑 Jamlanmada:

O‘zbek (kirill va lotin yozuvi) tilidagi buyruq namunalari
Zarur qonun hujjatlari ro‘yxati
Video tushintirish (https://youtu.be/60Rpx3evCW8?si=vaSfpeE6UIMI-rF)

🔒 Xususiyatlari:
Bitta qonun hujjati bilan asoslangan
Tez va oson foydalanish uchun WORD formatda
2 betli to‘liq hujjat

💵 Narx: 10 ming so‘m
💳 Karta raqami: 6262730098638887

📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

Huquqiy maslahatga uchun quyidagiga yozing
https://t.me/MehnathuquqimurojaatBot

🛒 Parolni olish uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov

⚠️ Diqqat! Oliy ta’lim tashkilotlarining mavjud resurslaridan samarali foydalanish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida bir qator Prezident qarorlari qabul qilindi (Masalan, PQ-22, PQ-25 va boshqalar).

Masalan, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti negizida Buxoro davlat texnika universiteti, Farg‘ona politexnika instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali negizida Farg‘ona davlat texnika universiteti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filiali negizida Qo‘qon davlat universiteti va boshqalar tashkil etilmoqda.

❗️Hech qanday tugatish bo’lgani yo’q! Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro, Namangan, Farg‘ona viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi jami 23 ta institut va universitetlar negizida, ularni birlashtirgan holda 10 ta yirik davlat universitetlari tashkil etilishi belgilandi. Ularda hozir qayta tashkil etish jarayoni yuz bermoqda.

❗️E’tibor bering, negizida deyilmoqda ya’ni tugatish haqida gap-so’z yo’q! MK 156-moddasiga ko’ra, tashkilot qayta tashkil etilganda (qo‘shib yuborilganda, qo‘shib olinganda, bo‘linganda, ajratib chiqarilganda, o‘zgartirilganda) yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar xodimning roziligi bilan davom ettiriladi.

Shuning uchun MK 161.2.1 bo’yicha ogohlantirish bermanglar!

Tashkilot qayta tashkil etish jarayonida ayrim shtatlar qisqarishi mumkin! Lekin hozircha qayta tashkil etilayotgan universitetlarning shtat jadvallari tasdiqlangani yo’q! Shuning uchun MK 161.2.2 bo’yicha ham ogohlantirish bermanglar!

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi

#yangilik Minimal iste’mol xarajatlari qiymati o’zgardi …

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi “Minimal isteʼmol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibini amaliyotga joriy etish toʻgʻrisida”gi 544-son qaroriga asosan minimal iste’mol xarajatlari qiymati (MIX) qayta hisoblandi.

2024-yil dekabr oyida may oyiga nisbatan hisoblangan iste’mol narxlari indeksidan kelib chiqib, 2025-yil uchun hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 669 ming so‘mni tashkil etdi (2024-yil 1-mayda e’lon qilingan qiymat 648 ming so’mni tashkil etgan).

Jahon tajribasida minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichidan kambag‘allik chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan bo‘lib, mazkur ko‘rsatkichdan:

davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy ko‘maklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlash;

kambag‘allikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oshirish, shuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritish;

pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambag‘al oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy ko‘maklarni ko‘rsatishda mezon sifatida foydalaniladi. Manba: https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/59855-minimal-iste-mol-xarajatlari-qiymati-to-g-risida-3

#savolimbor
Savolim shundan iboratki. Menga vazirlikni hududiy bo'linmasida 2019 yildan buyon xodim bolib ishlayman. 2023 yilda vazirimiz buyrug'i bilan meni shtatim 0.5ga tushirildi. Aytingchi vazir buyrug'i adliya vazirligidan royhatdan otkazilmasa qonuniy kuchga ega boladimi? Agar qonuniy kuchga ega bolmasa men sudga davo kiritsam boladimj Buyruqni haqiqiy emas deb topish yuzasidan?


Javob
O‘zbekiston Respublikasining 20.04.2021 yildagi O‘RQ-682-son Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonunning 37-moddasiga asosan, vazirliklar va idoralar normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi.

Vazirliklar va idoralarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlari tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas hamda huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.

Yuqoridagilardan anglashiladiki, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faqatgini vazirliklar va idoralar normativ-huquqiy hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi. Sizni holatingizdagi vazir buyrug'i normativ-huquqiy xarakterga ega buyruq emas. Aksincha shtatlar jadvali bilan bog'liq mehnatga doir tashkiliy buyruq sanaladi.

Bu vaziyatda sizning sudga shikoyat qilish huquqingizni hech kim cheklamaydi. Biroq sud yuqoridagilarni hisobga olgan holda sizning vajlaringizni ko'rib chiqadi.

📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

Huquqiy maslahatga uchun quyidagiga yozing
https://t.me/MehnathuquqimurojaatBot

Xodim ta'tilga chiqishdan bosh tortmoqda?

#savolimbor Ассаломуалайкум, ходим график асосидаги мехнат татилига чикишдан бош тортяпти, нима килиш кк

Aloqador moddalar: MK 214, 228, 230- moddalar.

https://t.me/mehnathuquqi audio javobi 📤:

Elektron amaliy qo'llanmamizda batafsil tushuntirilgan: buyruqlar va boshqa hujjatlar ilova qilingan👉 https://t.me/mehnathuquqi/8470

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov



💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi