Manipulatsiya & Psixologiya @manipulatsiyatexnikalar Channel on Telegram

Manipulatsiya & Psixologiya

@manipulatsiyatexnikalar


🧠Psixologiya
😵Manipulatsiya
🧍Tana tili
👁️Profayling
🧒Fiziognomika

You tube kanalimiz👇 https://youtube.com/@psixologiya_1?si=LuitNnBrBTqLwQn-

Reklama: @psixolog_00000

Manipulatsiya & Psixologiya (Uzbek)

Bu telegram kanali 'Manipulatsiya & Psixologiya' nomi ostida faollik yuritadi. Kanal psixologiya sohasi bo'yicha qiziqarli va foydali ma'lumotlar bilan e'tibor qozonadi. 'Psixologiya' bo'limida siz psixologik bilimlardan, inson psixologiyasidan va bu soha bilan bog'liq boshqa ma'lumotlardan foydalanishingiz mumkin. 'Manipulatsiya' bo'limida esa siz o'zingizni yo'naltirish usullaridan va boshqalar bilan muloqotda foydalanishingizga yordam beradigan ko'rsatmalarga ega bo'lasiz. 'Tana tili', 'Profayling' va 'Fiziognomika' bo'limlari ham sizga insonlarni tushunish, ularga qarshi muomala qilish va ularning fizik qobiliyatlari haqida foydali ma'lumotlar taqdim etadi. Kanalda YouTube kanaliga havola bor, qandayki YouTube orqali ham psixologik va manipulyatsiya bo'yicha videolar bilan tanishishingiz mumkin. Sizda psixologik masalalar, insonlarni tushunish va yo'naltirish haqida qiziqishlar bo'lsa, 'Manipulatsiya & Psixologiya' kanaliga obuna bo'lishingizni tavsiya qilamiz. Agar siz reklama berishni xohlasangiz, shuning uchun 'Reklama: @psixolog_00000'ga murojaat qilishingiz mumkin.

Manipulatsiya & Psixologiya

17 Jan, 18:02


Qo'rquvlar ko'pincha ularga duch kelmagunimizcha yengib bo'lmaydigan bo'lib tuyuladi

Qo'rquvingizdan qochish o'rniga, to'g'ridan-to'g'ri "ularga qarshi turishga" harakat qiling. Bu qiyin bo'lishi mumkin, ammo bu ularni engishning yagona yo'li.

Har safar qo'rquvni yengsangiz, kuchliroq bo'lasiz. Bu sizning qo'rquvlaringiz butunlay yo'qoladi degani emas, lekin siz ular bilan kurashishni o'rganasiz. Kichikdan boshlang. Sizni qo'rqitadigan narsaga qadamlaringizni asta-sekin oshiring.

Manipulatsiya & Psixologiya

14 Jan, 14:46


3. Kuzgi bargli daraxt. Siz uzoq yo'lni bosib o'tdingiz. Atrofingizdagi odamlar sizni qo'rqmasligingiz, tavakkalchiligingiz va boshlagan ishingizni oxiriga yetkazish istagingiz uchun hurmat qilishadi. Oxirgi paytlarda o'zingizni juda ko'p his qilishingiz mumkin, lekin taslim bo'lmang! Har bir insonning hayotida ko'tarilish va pasayishlar bo'ladi.

4. Gullagan daraxt. Sizning mehribonligingiz va samimiyligingiz bilan siz atrofdagi hamma narsani tom ma'noda yoritasiz. Siz chidamlilikning timsolisiz, shuning uchun sizni hurmat qilishadi. Siz osonlikcha buzilmaydi, chunki siz to'siq shunchaki kuchliroq bo'lish yo'li ekanligiga ishonchingiz komil
.

Manipulatsiya & Psixologiya

14 Jan, 14:45


Rasmlarda birini tanlang va ichki yashirin hususiyatingizni bilib oling!

1.Shisha daraxti. Atrofingizdagilar uchun siz mutlaq donolik va ishonch namunasisiz. Ular sizga maslahat va yordam uchun kelishadi. Ammo shuni yodda tutingki, odamlarni tinglash uchun sarflagan kuchingiz kelajakda siz uchun etarli bo'lmasligi mumkin. Uni to'g'ri to'ldirishni o'rganing.

2. Mevali daraxt. Siz empatiya darajasi yuqori bo'lgan odamsiz. Siz odamlarni juda yaxshi tushunasiz, ular uchun sizni hurmat qilishadi va dono inson sifatida qabul qilishadi, ba'zan hatto yoshingizdan ham oshadi. Siz har doim yordam berishga tayyorsiz, lekin ehtiyot bo'ling, o'zingiz haqingizda unutmang!

Manipulatsiya & Psixologiya

12 Jan, 15:52


#Ишонч

Ўзига бўлган ишонч - бир xонагa кириб ҳаммадан яхшироқ эканлигинг ҳақидa ўйлаш эмас.
Қайси хонага кирганингга қарамай ўзингни ҳеч ким билан қиёслаш эҳтиёжини сезмасликдир.

Manipulatsiya & Psixologiya

07 Jan, 04:38


Dangasalik, zang kabi, sizni mehnatdan ko'ra tezroq yeydi.

Benjamin Franklin


Ishda ko'p kuzataman, ishchilar bo'sh turadi, ozgina vaqtdan keyin o'tiradi, yana biroz vaqt o'tgach o'tirib uxlashadi.


Ish vaqti umr uyqi bilan o'tadi. Topgan pulda baraka bo'lmaydi. Tana kam xarakatlilik natijasida esa, tez qariy boshlaydi.


Diniy tomonlam: Shayton dangasa odamni yaxshi ko'radi, chunki u odamlar uchun xechqanday naf keltirmaydi. Bekor qolganimzda qulog'imizga yomon ishlarni qil deb shivirlaydi.


Yechim: Doimiy xarakatda bo'ling. Dam olish uchunxam biror yangi joyga boring. Qisqa dam olishlarga Uy tozalang, avtomabilingizni yuving. Uyingizda divan nimadurla singan uzilgan buyumlar bo'lsa to'g'rilang. Kitob o'qing, biror ilmli odam bilan suxbatlashing. Qarindoshlardan yoshi kattalarni yo'qlab keling.

Yaqinlaringizgaxam ulashing

Manipulatsiya & Psixologiya

02 Jan, 15:55


....Dahshatli bir jinoyatning guvohi bo'lgan ayolni so'roq qilganim yodimda muhrlanib qolgandi. Bir necha soat o'ta yoqimsiz, toliqtiradigan vazifa hech qanday natija bermadi. Bergan savollarimiz unga bi- ror bir o'zgarish, sezilarli ta'sir ko'rsatmas edi. Shun- da men ayol oyog'ining tinmay u tomon, bu tomon- ga harakatlanishiga e'tibor qaratdim.

  Uning bu atvor harakati doimiy bo'lishiga qaramay, kalavaning uchi- ni topishga yordam berdi. O'ylanib turib, unga bir savol berdim: «Siz Klayd ismli kimsa bilan tanishmi- siz?>> Ayol bu savolga tovush chiqarib javob bermagan bo'lsa ham, oyoq harakati birdan to'xtab, to'satdan tepa-pastga zarbali harakat qila boshladi. Men tushun- dimki, bu ishning kaliti shu savolda, yana savol ichi- dagi Klayd nomiga bog'langan.

   Ish yuzasidan mayda- lab berilgan keyingi savollar jinoyat fosh bo'lishiga olib keldi. Ayol Klayd ismli kishi uni Germaniyadagi harbiy bazadan davlat ahamiyatiga molik hujjatlarni o'g'irlab chiqishga majbur qilganini tan oldi.

Ongga bo'ysunmaydigan limbik miya boshqar- gan oyoq harakatining birdan o'zgarishi, takrorlan- gan zarbalar bizga buning zamirida qandaydir muhim ma'lumot yashiringanini ko'rsatdi va uning tan olini- shi taxminimiz to'g'ri ekanini tasdiq etdi. Yaxshi ham- ki, oyoqning «soʻzlagani»ni ayol bilmasdi. Bo'lmasa, bu sotqinligi uchun uni kaltaklagan bo'lardi, chunki ayolga yigirma besh yil qamoq jazosi berildi.



Odam nimanidir qilib qo'yib, fosh boʻlishi, xabar to- pilishidan xavfsiraydi. Tovon «qotishi» limbik miyaning oldinda turgan xavf roʻparasida ehtiyot bo'lish, qotib tu- rish buyruq berilgan ehtiyot choralaridan biridir.

📕 Jo. Novarro ,, Siz nimani o'ylasangiz, men o'shani ko'raman" kitobidan parcha... 🖊

Yaqinlaringizgaxam ulashing

Manipulatsiya & Psixologiya

02 Jan, 15:55


Yaqinlaringizgaxam ulashing

Manipulatsiya & Psixologiya

28 Dec, 17:03


Yangi Erkaklar Psixologiyasi kitobi tayyor ✔️ Kitob xaqida ko'p gapirmayman. Chunki nomidan ma'lum.

Ko'pincha biz ko'plab statistkalarni qanchalik to'g'ri ekanligiga shubha qilmasdan, shubhasiz qabul qilamiz. Afsuski, ishonchsiz ma'lumotlarga tayanib, biz ba'zan o'zimizni va boshqalarni idrok etishimizga ta'sir qiladigan noto'g'ri xulosalar chiqaramiz. Ushbu noto'g'ri tushunchalar bizning his-tuyg'ularimizga va xatti-harakatlarimizga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Ushbu kitob bizning hayot haqidagi tasavvurimizni buzishi mumkin bo'lgan erkaklar haqidagi umumiy stereotiplar va noto'g'ri qarashlar haqida fikr yuritishni rag'batlantirishga qaratilgan. Ehtimol u bu e'tiqodlarni qayta ko'rib chiqishga va ularga tuzatishlar kiritishga yordam beradi.

Anastasiya Kolendo - Smirnova

📕 ERKAKLAR PSIXOLOGIYASI kitobidan..

Lotin tilida
PDF formatda

Narxi: 33  000 so'm

To'lovlar:
💳 Uzcart: 
8600041784628449

📲  Paynet

    To'lovni amalga oshirib chekini va ism familyangizni
      
@Jaloldin42 ga yuboring.

Manipulatsiya & Psixologiya

02 Dec, 16:11


🔔 AJALNI YENGGAN QIZ!

🔴 TVda berilmagan «Jar yoqasidan qaytganlar» loyihasidagi shov-shuvli videolardan «Ajalni yenggan qiz» videosining to‘liq shakldagi videosini quyidagi ➡️ HAVOLA ⬅️ orqali ko‘rishingiz mumkin!

📝Telegram 💻 Instagram
🎞 YouTube 📝 Facebook

Manipulatsiya & Psixologiya

02 Dec, 12:42


Shu uchta kitob 55 000 so'm. Chegirmada Dekabr oyi oxirgacha..✔️

To'liq ma'lumotlar shu kanalimizda👇

https://t.me/KitoblarManipulyatsiyaProfayling

Yaqinlaringizgaxam ulashing

Manipulatsiya & Psixologiya

02 Dec, 08:10


Barmoqlar fe'l-a'tvor o'zgarishida muhim ma'lumotlarni izhor qiladi❗️
(Erkakning qimor o'ynashi bilinib qoldi)

Noverbal atvorning barcha hollarida qo'l panjalari harakatining to'satdan o'zgarishi, odam fikr va hissiyoti- da keskin burilish sodir bo'lganidan darak beradi.

Restorandagi stolda o'tirgan oshiqlar bir-biridan qo'lini tortishar ekan, ularning oralaridan qora mushuk o'tganini aniqlashadi. Tortilgan qo'llar bir necha soniya o'tgach, yana tortishadi, lekin ko'rsatilgan harakat aniq vaqt ichida ular nimani his qilganini namoyish etishga ulguradi.



Ohista siljitilgan qo'llarni ham e'tiborsiz qoldirmaslik kerak. Talabalik yillaridan beri tanish bir er-xotin kechki ovqatga taklif qildi. Stol atrofidagi suhbat erkin, samimiy davom etdi. Uchrashuv oxirida ish borib iqtisodga taqal- ganda, kelishmovchilik chiqdi. Do'stlarim pul masalasi- da qiynalib qolishganini tan olishdi. Xotini «pul barmoq- lar orasidan oqib ketayotganini» gapirgan sari erining qo'li stol chetiga qarab surilardi. Gap navbati erga yetib kelganda, u qo'lini mening nazarim tushadigan joydan olib, tizzalari ustiga qo'ydi.

Shu kabi uzoqlashish asabiy kurashning koʻrini- shidir (bizning limbik miyaning yashab qolish instink ko'rinishidir). Bu kurash bizga nimadir tahdid qilg. 227 da, qo'zg'alib turadi. Ushbu holat menga er nimanidir yashirishga uringanini ko'rsatdi. Keyin aniq bo'lishi- cha, u oilaning umum pulidan qarta o'yini uchun sarflar ekan. Uning bu pinhoniy ruju qo'ygan o'yini keyinchalik oilaning ajralib ketishiga sabab bo'lgan. Hozir esa xotini pinhoniy sirini bilib qolmasligi uchun qo'lini sekin-sekin siljitgan edi. Uning harakati sekin ro'y berdi, lekin men bu yerda qandaydir nojo'yalik borligini payqadim Qo'l panjalarining eng muhim nuqtasidan bir <<uyqu>>> holatiga oʻtishidir. Bunda qo'l barmoqları gan gaplarni aks ettirmay, hissiy bo'yoqni kuchaytirmay

qo'yadi. Odatda, miya faolligi o'zgarganda, shunday ho- lat bo'ladi (yetarli ishonch bo'lmagan hol). Bu chuqurroq o'rganishni talab qiladi. Qo'lning harakatsizligi yolg'on- ni ham ko'rsatadi, biroq hech qachon xulosa chiqarishga shoshilmang.

Qo'lning «uyqu>> holatiga o'tishida yagona va to'g'ri sabab miyada qandaydir o'zga fik, his o'rin olganidir.



Bundan tashqari, mazkur holat odam qandaydir bir vaj tufayli o'zining holati, ishiga ishonchini yo'qotgani- ni yoki muayyan mavzu, shaxsga qiziqmay qo'yganini bildiradi. Unutmang, qo'lning oddiy, odatiy holatdan har qanday o'zgarishi, xoh harakat kuchayishi, xoh pasayishi bo'lsin yoki o'zgacha holat bo'lsin, uning ahamiyati sa- babini o'rganish kerak.


📗Jo Navarro. "Siz nimani o'ylasangiz, men o'shani ko'raman kitobidan,,

Yaqinlaringizgaxam ulashing

Manipulatsiya & Psixologiya

02 Dec, 08:10


Yaqinlaringizgaxam ulashing

Manipulatsiya & Psixologiya

26 Nov, 17:20


🩷🩷🩷

🔔 ODAMLARNI BOSHQARISH VA MANIPULYATSIYANI TUSHUNISHINGIZ UCHUN BEPUL KITOBLARNI QO‘LGA KIRITISHNI XOHLAYSIZMI?

🔴 Odamlarni boshqarish va manipulyatsiyani tushunishni o‘rganish uchun ushbu to‘rtta kitobni o‘qing. Bir oy ichida siz odamlarni o‘qishni va ularning niyatlarini tushunishni bilib olasiz. 📚🧠

1️⃣ «Psixoanaliz asoslari» — ta’sir o‘tkazish va ishontirish sirlarini ochib beradi. 🤝
2️⃣ «Odamlarni boshqarish san’ati» — kitobidan liderning nigohi bilan boshqaruv sirlarini o‘rganing. 🎯👔
3️⃣ «Manipulyatsiya va bo‘ysundirish» — kitobidan manipulyatsiyani tanish va himoyalanish usullarini o‘rganing. 🛒🛡 
4️⃣ «Ong qudrati» — yolg‘onni aniqlash va muloqot samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘llanma. 🔍🗣 

📚 Kitoblarni BEPUL qo‘lga kiritish uchun sahifalarimizga obuna bo‘lib, izohda KITOB so‘zini yozib qoldiring!

📱📱📱🌐 Barcha sahifalarimizga obuna bo‘lganlar uchun barcha kitoblar to‘liq BEPUL tashlab beriladi!

Shaxsiy(lichka)dan javob kelmasa, telegramdan @manipulyatsiya_admini ga KITOB so‘zini yozib, obuna bo‘lganiz haqida skrinshot bilan birga qo‘shib yuboring!

🔴Eng yaxshilari hali oldinda! 👍

👍REAKSIYALAR AYAMAY BOSILO‘RADI! 😎

📝Telegram 💻 Instagram
🎞 YouTube 📝 Facebook

Manipulatsiya & Psixologiya

24 Nov, 13:49


Haqiqatdan ham jertvalar ularga achinishlarini, hamdardlikni qidirib psixolog qabuliga kelishadi.
Unga achinishlari, unga kimnidir rahmi kelishi uchun, Chunki jertvalar uchun achinish = sevgi bõladi.
Uning nuqtai nazarida achinish - bu sevgi degani va jertva aslida bechora va mehrga tõymagan bolacha, nima uchundir unga achinishganida meni yaxshi kõrishadi deb xulosa qilib olgan. Shuning uchun u har doim hammaga shikoyat qiladi, õziga hayotda qandaydir qiyinchiliklar va muammolarni tuğdiradigan odamlarni jalb qiladi - tortadi (yoki provokatsiya qiladi).
Õz hayotida unga qiyinchilik tuğdirayotgan muammolarni hal qilmaydi, buni õrniga har qanday kichkina muammodan qõshimcha tashvishlarni yaratib oladi va hammaga hayoti qanchalik oğir ekani haqida gapirib, doim õziga hamdard qidirib yuradi.
Qurbonning tushunchasidagi hamdardlik shunday kõrinishda bõladi :
"voy bechora, bunchayam peshonang shõr ekan a🥺🥺. Atrofdagilar esa hammasi eshshak ekan. Qaynonang ham daxshatni õzi ekan, ering ham ğirt eshshak ekan. Ajrash, boshingga urasanmi bunaqa erni. Seni kõrib achinib ketyapman".
Jertva psixologdan tahminan shunday reaksiyani kutadi.
Agarda siz unga achinsangiz, unga rahmingiz kelib uni qanchalar baxtsiz ekanini gapirsangiz - siz jertva uchun ideal psixologga aylanasiz. U sizga qaram bõlib qoladi. Sizni oldingizga doimiy qatnaydigan, jon deb pulingizni tõlab atrofdagi odamlar qanday ablax ekanligi haqida sizga shikoyat qilib, sizdan resurs olib ketadi (huddi mashinani zapravka qilgandek).
Ya'ni Siz eng zo'r psixolog ekaningizni ta'kidlab yuradi, siz u uchun hamdard, sirdosh bõlasiz lekin aslida esa ideal ota ona rolini õynab beryotgan bõlasiz.
Lekin bunday terapiyadan natija 0 bõladi.

Jertva pozitsiyasidagi insonlar ham nartsis bõladi, chunki nartsislarning ham har hili -jertvasi bor, zolimi bor.

Davomi bor...

Manipulatsiya & Psixologiya

24 Nov, 13:49


Nartsistik qurbonlar bilan qanday taktikada ishlaymiz ?

Jertva pozitsiyasidagi nartsislar bilan hamdardlik yõlidan borish mumkin emas.
Agarda õziga achinmaydigan, õzi haqida qayğurmaydigan odam bilan ishlasak - unda hamdardlik kõrsatamiz, lekin jertvalar bilan bu ishlamaydi.
Ular bilan "mas'uliyatni o'ziga qaytarish - õziga yuklash" ishlaydi. U bizni oldimizga kelib kimdandir yoki nimadandir nolib shikoyat qilishi, uvillab yiğlashi ham mumkin.
Biz esa bunaqa paytda aytishimiz mumkin : qara, men seni kõz yoshlaringni kõryapman lekin ular qandaydir samimiy emasdek tuyilyapti.

Shu yerda bir sirni aytib ketaman : jertvalar kelib uvillayotgan paytida ularning yiğisi haqiqiy bõlmaydi. Uning kõz yoshlari haqiqiy yoki haqiqiy emasligini qanday bilib olsa bõladi, bilasizmi ?
Chunki ular manipulyator bõladi, judayam õxshatib rol õynaydi, kõz yoshi tõkadi. Kõzi u yoqqa bu yoqqa, yuqoriga qaraydi, Hõrsinadi. Bu hammasi juda chiroyli ijro etiladi.

Lekin bu teatrning asosiy jixatini - birinchidan ichki javobdan sezish mumkin, ikkinchidan esa uning kõzlaridan. Samimiy yiğlayotgan odamni kõzlari qanday bõladi, bilasizmi ?
Inson haqiqatdan qayğu chekyotgan paytda nigohlari huddi õziga, õzining ichki olamiga ketyotgandek bõladi.
Ya'ni ğamga botgan odam atrofdagilarga befarq kõrinadi, e'tibori õzining ichidagi qayğuga qaratilgan bõladi.

Manipulatsiya & Psixologiya

24 Nov, 13:49


Haqiqatdan qayğu chekyotgan odamning nigohi sizga yengilga qarab, yana õzining ichki olamiga ketyotgandek bõladi. Va qayğu chekyotgan odam kõz yoshlarini nazorat qilishga harakat qiladi, kõz yoshlarini chiqarmaslik uchun õzini arang bosib turadi. Unda kõz yoshlar keladi, lekin u ularni tõxtatishga harakat qiladi. Va qaysidir daqiqada siz uni kõndirganingizda unda huddi yiği qopqoği ochilib ketgandek bõladi va u kõz yoshi tõkishni boshlaydi.
Nartsis qurbonlarda esa bunaqa qiyinchilik bõlmaydi, ular yiğlashi uchun siz uni kõndirishingiz shart emas. Ular kelibla yiğlashni boshlaydi va ular yiğlayotganida ularning kõzi u yoqqa bu yoqqa yuguradi, yoki yuqoriga qaratiladi va ora orada sizga bir qarab õtadi.

Nima uchun u bunday qiladi ?
Bu aslida nazorat, ya'ni siz ishonyapsizmi yõqmi - u shuni tekshiradi, chunki ular õzining emotsional xolatini nazorat qiladi , shuning uchun mijozning kõzini u yoqqa bu yoqqa yugurishi - bu nazorat hisoblanadi. Yuqoriga qarab yiğlashi esa bu rõl õynash holos.
Shuning uchun sizni qabulingizga mijoz kelishi bilan yiğlashni boshlasa, hayotning yomonligidan-atrofdagi odamlardan shikoyat qila boshlasa, kõzlari õziga, õzining ichki olamiga (pastga)ketishni õrniga u yoqqa bu yoqqa yugursa yoki rõl õynayotgandek yuqoriga qarab gapirsa - oldingizda juda mohir aktyor õtirgan bõladi. Ular judayam muğombir va qallob bõladi. Lekin eng qiziq joyi bu narsani ular õzlari sezishmaydi.
Ular bu rõlni shu darajada qoyilmaqom qilib ijro etishadiki, hayotlari shunaqa yomon ekaniga xatto õzlari ham ishonishadi va men chinakam kõz yoshi tõkyapman deb õylaydi.

Bu dard, bu oğriqlar haqiqiymi yoki teatrmi, buni bilish uchun yana bir usul bor. Siz mijozdan "nimani his qilyapsan" deb sõrab kõringda. "Sen bu ğamni tanangni qayerida sezyapsan" deb sõrang. "Buni ifodalab berishga harakat qil" deb ayting.
Va haqiqatdan qayğu chekyotgan odam buni õzining tanasida his qiladi, yo kõkrak qafasida oğirlik-oğriq bilan, yoki bõğzidagi oğriq bilan ifodalab beradi.
Qayğu chekyotgan odamning kõkrak qafasida huddi bir oğir yuk bordek tuyiladi.

Davomi bor...

Manipulatsiya & Psixologiya

24 Nov, 13:49


Qachonki siz nartsis qurbondan "tanangda nimani sezyapsan yoki bu ğamni qayeringda sezyapsan" deb sõrasangiz u birdan tõxtab qoladi va hayratlangan holda bir lahzaga sizga qaraydi, õziga (yuragiga yoki kõksiga) teginib nimanidir sezishga harakat qiladi. Va sizga javob bera olmaydi, faqat qayğu chekyotganini aytadi- mana bu usul judayam samarali test hisoblanadi. Chunki qurbonlar tashqarida kõz yoshi tõkkani bilan ichida hech nimani his qilmaydi, uning ichidagi õz hislari bilan aloqasi yõq, ularning ichi bõm bõsh bõladi.

Bunday vaziyatda sizning vazifangiz bu teatrga ishonmaslik. Chunki u bunda shunchaki unga hamdard bõlishingiz, u qanchalar baxtsiz ekanini va atrofdagilar hammasi tiran ekanini aytishingizni hohlaydi holos.
Bunday qurbon insonlar bilan ishlashda eng yaxshi taktika javobgarlikni o'ziga qaytarish bõladi. Siz aytishingiz kerak : "qara, men seni eshtib, senga hamdard bõlgim kelyapti, lekin menga huddiki sen õz dardingni rosdakam his qilmayotgandek tuyulyapsan. Kõz yoshlaringni kõryapman, lekin sen huddi õz qayğuingni his qilmayotgandeksan. Õz ğamlaringni anglashga hali yetib bormagandeksan".

Agarda siz bu voqeani barcha tafsilotlari bilan eshtib kõrsangiz - aslida u provakator ekanini kõrasiz.
Siz shu vaziyatgacha bõlgan jarayonni sõrasangiz aslida qurbon agressorni provokatsiya qilgan, agressor unga zaxrini sochgan, qurbon esa bundan azoblangan va kein kelib shikoyat qilyotgan bõladi. Agarda siz shunday qilib shu momentgacha bõlgan voqealarni surishtirsangiz, qurbonning õzida juda katta javobgarlik borligini kõrasiz.
Chunki qurbon nartsislar manipulyator bõladi va ular bilan ishlashdagi tõgri yõl - javobgarlikni o'ziga qaytarish bõladi.

Davomi bor...

Manipulatsiya & Psixologiya

18 Nov, 02:21


Hayotingizda uch xil odam bo'lishi kerak:

- Sizni ilhomlantira oladiganlar

- Siz uchun xursand bo'ladiganlar

- Va sizdan minnatdor bo'ladiganlar.
Sizda shunday odamlar bormi?


Hayrli tong azizlarim kuningiz mazmunli oʻtsin!

Manipulatsiya & Psixologiya

15 Nov, 15:51


Go'zal, samimiy va romantik sevgini xohlaydigan qizlar ...

💫Avval o'zingni sev, qadringni, e'tiboring, harakating, so'zing va birovning hayotida borligingning narxini bil!❤️‍🔥

Manipulatsiya & Psixologiya

09 Nov, 15:00


Psixologik test

Oyna 1. Siz o'z xatolaringizni eslamaslikka va kamchiliklaringiz haqida o'ylamaslikka harakat qilasiz. Shubhasiz, siz o'zingizni barcha ijobiy va salbiy jihatlari bilan qabul qilasiz va o'zingizni xatolar uchun tanqid qilmaysiz.

Oyna 2. Siz o'z yutuqlaringizni e'tiborsiz qoldirasiz, o'zingizning jozibali va ijobiy fazilatlaringizni anglamaysiz. Ehtimol, siz mukammallik izlovchisiz yoki o'zingizga juda qattiqqo'l yoki mutlaqo befarqsizsiz.

Oyna 3. Shubhasiz, siz nizoga olib kelishi mumkin bo'lgan barcha narsalarni e'tiborsiz qoldirasiz. Qarama-qarshiliklardan qochasiz va tortishishni yoqtirmaysiz. Ko'pincha tinch muhitda bo'lish uchun mojarolarni yumshatasiz.

Oyna 4. Shubhasiz, siz ko'p hollarda o'z manfaatlaringizni e'tiborsiz qoldirasiz va istaklaringizni bostirasiz. Ehtimol, siz o'zingizning emas, balki yaqinlaringiz hayotini yashayotgan odamsiz.

Oyna 5. Ehtimol, siz shaxsiy hayotingizni tahlil qilmaslikka va voqealarni o'zingiz xohlagan tomonga o'zgartirishga harakat qilmaslikka intilasiz. Balki siz munosabatlar psixologiyasi mavjudligiga ishonmaysiz.

Manipulatsiya & Psixologiya

09 Nov, 14:51


Oynalardan birni tanlang va xarakteringizdagi yashirin xususiyatlarni bilib oling!

Manipulatsiya & Psixologiya

06 Nov, 04:00


📚 Миттигина китоб жавони

Турфа манзаралар, турфа оламлар,
Ранг-баранг жилдларда, рангин саҳифа.
Гуëки бутун бир оламни олиб,
Митти жавончага жойламиш хассос.
Ҳар бирида бордир мутлақо хитоб,
Ҳар бири бир дунë, у митти Китоб...

🔴Eng yaxshilari hali oldinda! 👍

👍REAKSIYALAR AYAMAY BOSILO‘RADI! 😎

📝Telegram 💻 Instagram
🎞 YouTube 📝 Facebook

Manipulatsiya & Psixologiya

05 Nov, 02:57


Bizni boshqalarga ko'rinib turgan xarbir bizga tegishli narsalarimiz biz xaqimizda axborot uzatib turadi.

Yaqinlaringizgaxam ulashing

Manipulatsiya & Psixologiya

19 Oct, 12:24


Assalomu alaykum qadirli obunachilarim.

Bizda yangilik❗️AYOLLARNI O'QISH SAN'ATI kitobi tayyor.

Bu kitob kimlar uchun
🔺 18 yoshdan kattalar
🔺 Faqat Erkaklar uchun


Bu qo'llanma kitobni o'qib siz nimalarga ega bo'lasiz
Ro'parangizdagi ayolga siz yoqyapsizmi yoki teskarisimi bilib olasiz.
Va asosan ayollarni erkakni jalb qilish signallarini o'qishni o'rganasiz.

Bu kitobni o'qib tushinib olsangiz, xarqanday ayolni o'qiy olasiz va unga ta'sir qila olasiz. Chunki biz ayolni tushunsakgina unga samarali ta'sir eta olamiz.

💶 Narxi juda qulay. Ma'lum vaqtdan keyin, avvalgi kitoblardek  chegirma tugaydi.

To'liq ma'lumot @Jaloldin42 lichkamda.

Yaqinlaringizgaxam ulashing

Manipulatsiya & Psixologiya

09 Oct, 05:55


Bular qanday tana xolati?

Yaqinlaringizgaxam ulashing

Manipulatsiya & Psixologiya

06 Oct, 14:01


🛑🛑🛑
#New
#Books

Kanalimiz hamda kanalimiz obunachilari rivoji uchun kelgan yangi kitoblar bilan tanishing!

Eng yaxshilari hali oldinda! 🔥

REAKSIYALAR AYAMAY BOSILO‘RADI! 😎

📝Telegram 💻 Instagram
🎞 YouTube 📝 Facebook

Manipulatsiya & Psixologiya

05 Oct, 16:29


Bu qanday tana tili?



Yaqinlaringizgaxam ulashing

Manipulatsiya & Psixologiya

03 Oct, 07:37


Bu tana tili nima deyapti

Yaqinlaringizgaxam ulashing

Manipulatsiya & Psixologiya

01 Oct, 07:37


Bu Tana tili nima deyapti

Yaqinlaringizgaxam ulashing

Manipulatsiya & Psixologiya

27 Sep, 06:12


____ Yumshoq so'zlar va mehribonlik bilan siz
Filni ip bilan boshqarishingiz mumkin.✔️


Jaloldin

Manipulatsiya & Psixologiya

24 Sep, 09:24


Yaqinlaringizgaxam ulashing

Manipulatsiya & Psixologiya

16 Sep, 18:30


16-sentabr Muhabbat va Do‘stlik kuni!

SIZ BUNI BILMOQCHIMISIZ?

Bugun aynan Siz kutgan kun!

Ushbu bayram dunyoning barcha odamlarini, yoshi va jinsidan qat’iy nazar, bugun yangi do‘st topishga yoki o‘zlarining turmush o‘rtog‘i (sevganlari) bilan yaqinlashishga undaydi.

Yangi tanishuvlardan aslo qo‘rqmang, chunki bitta yangi tanish hayotingizni butunlay o‘zgartirishi mumkin!

Videoni yaqinlaringizga jo‘natib qo‘ying!

Hechdan ko‘ra kech yaxshi! 😎

Eng yaxshilari hali oldinda! 🔥

REAKSIYALAR AYAMAY BOSILO‘RADI! 😎

📝Telegram 💻 Instagram
🎞 YouTube 📝 Facebook

Manipulatsiya & Psixologiya

15 Sep, 03:00


❤️Dunyodagi eng suyuklik ayol bo‘lishni istaysizmi? ❤️

Unda ushbu maslahatlarga amal qilib ko‘ring! ❤️

Hech qachon erning oilasini o‘ziga va boshqalarga yomonlamaslik! ⛔️
⭐️ Erning onasini o‘z onasidan ham ortiq ko‘rishi va aka-ukalariga o‘z jigarlariday g‘amxo‘r bo‘lishi!
Erning qarindosh-urug‘, yaqinlarini oqibatli bo‘lishlari uchun o‘z hissasini qo‘shishi! 🕹
🍱 Haftada yoki oyda bir yaxshi taomlar qilib uyga chaqirib turishi
🤫 Erning uyidagi gap-so‘zlarni hech qachon ota uyiga tashimasligi zarur! ☝️

Eng yaxshilari hali oldinda! 🔥

REAKSIYALAR AYAMAY BOSILO‘RADI! 😎

📝Telegram 💻 Instagram
🎞 YouTube 📝 Facebook

Manipulatsiya & Psixologiya

10 Sep, 09:04


XARIZMA

Xarizma — bu nafaqat tashqi ko‘rinish, balki ichki dunyoning o‘ziga xosligi, boshqalarni o‘ziga tortuvchi kuchdir.

Xarizmatik odamlar har doim atrofdagilarning eʼtiborini o‘ziga jalb qila oladi, ularning so‘zlari va harakatlari boshqalar uchun ilhom manbaiga aylanadi.

Buning siri nimada?

Xarizmatik bo‘lish uchun, avvalo, o‘z kuchli tomonlaringizni bilish va ularga ishongan holda harakat qilish kerak. Sizda bo‘lgan energiya, ishonch, mehribonlik va samimiyat odamlarga sirli taʼsir ko‘rsatadi.

Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun xarizma zarurmi?

Albatta! Xarizmatik odamlar odatda rahbar bo‘lib, ularning fikri, harakati boshqalar uchun yo‘ldoshga aylanadi.

O'z ichingizdagi xarizmaga ishonib, uni rivojlantirish orqali siz ham boshqalar uchun yo'l ko'rsatuvchi liderga aylanishingiz mumkin.

Xarizmani qanday rivojlantirish mumkin?

Xarizma — bu odamlarni o'ziga tortish qobiliyati, lekin bu faqat tug‘ma qobiliyat emas. Xarizmatik bo‘lishni o‘rganish va rivojlantirish mumkin
.

Manipulatsiya & Psixologiya

09 Sep, 03:09


Javob: Empatiya

Psixoanalitiklarning aytishicha psixikaning quyi ong darajasidagi o'zini namoyon qilishlarining barchasi u haddan tashqari katta bo'lganligi sababli bizning "Men"imiz, aqlimiz, verbal fikrlashimiz tomonidan o'zlashtirilishi mumkin emas. Ushbu holatning kompensatsiyasi sifatida tabiat bizga boshqa odamning holatiga o'z psixikasining shunga yaqin bo'lgan holatini o'zi anglamagan holda moslashtirishi qobiliyatini bergan. Ushbu "rezonansga kirishish" holati empatiya deb ataladi.

Empatiya odamni va barcha mavjudotni bog'lab turadi. Hech qaysi hayvon, qush yoki hashorot sizga o'z hissiyotlarini verbal tarzda bera olmaydi. Lekin siz nimagadir ularning qachon biror joyi og'riyotganini, qachon xafa bo'lganligini, qachon xursand ekanligini bilasiz. Huddi mana shu narsa tabiatning odamga bergan boshqalarni his qilish qobiliyatidir.

Manipulatsiya & Psixologiya

09 Sep, 03:06


Savol: Empatiya nima ekanligini bilasizmi?