Magnit @magnitofficial Channel on Telegram

Magnit

@magnitofficial


🔥 Kichik sahifamda katta ma'lumotlar beraman.
🖋 Muallif: Abdullajon Yusupov
Hamkorlik: @abdullastation

📲 Bizni tarmoqlarda kuzatib boring:
Insta: instagram.com/abdullajon.yusupov/
Youtube: youtube.com/@magnit_uz

Magnit (Uzbek)

Magnit kanaliga xush kelibsiz! Bu kanal Kichik sahifamda katta ma'lumotlar beraman. Agar sizga yangiliklar va foydali ma'lumotlar kerak bo'lsa, bu kanal siz uchun. Obuna bo'ling va eng so'nggi ma'lumotlardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling! Magnit kanali - o'ylanganidan ham katta!

Magnit

18 Jan, 08:54


Futbol olamini o‘z iqtidori bilan portlatib yuborayotgan yosh futbolchi Lamin Yamal 2030-yilda 23 yoshda bo‘lar ekan.

Magnit

18 Jan, 07:56


Bu ma'lumotdan aytmoqchi bo'lgan asosiy gapim, eshitgan ma'lumotingizni albatta faktchek qilib ko'ring.
Informatsiyalar to'lib-toshib ketgan zamonda yashayapmiz va ularning qay biri rost qay biri haqiqat albatta ajratib olishimiz kerak.

Magnit

18 Jan, 07:53


1895-yilda Ogayo shtatida bor-yo‘g‘i ikkita mashina bor edi va ular aql bovar qilmaydigan tarzda bir-birini topib, yo' transport hodisasini keltirib chiqarishgan.

Bu voqea internetda ko‘p yillardan beri aylanib yuradi, lekin aslida bu, albatta, feyk! Avtomobillarni rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish Ogayo shtatida faqat 1908-yilda paydo bo'lgan. Bungacha qancha mashina bo‘lgan - noma’lum.

Bu g‘alati voqea tasvirlangan maqola faqat 1967-yilda "Life" jurnalida paydo bo‘ldi. Illyustratsiya uchun ishlatilgan fotosurat sahnalashtirilgan bo‘lib, ExxonMobil neft kompaniyasining reklamasi uchun tayyorlangan.

Ogayo shtatidagi birinchi haqiqiy hujjatlashtirilgan yo'l transport hodisasi 1891-yilda sodir bo‘lgan, unda Jeyms Uilyam Lambert va Jeyms Svouvlend bo‘lgan bir silindrli benzinli mashina daraxt ildiziga ilinib, nazoratdan chiqib ketgan va ot bog‘lamiga urilgan edi. Diqqat u yerda biz bilgan avtomobillar qatnashmagan.

@magnitofficial

Magnit

18 Jan, 06:24


SpaceX Starship kemasi yettinchi sinov parvozi paytida portlab ketdi

Raketa bo‘laklari Karib dengizi uzra sochilib ketdi va hayratga tushgan guvohlar g‘aroyib videolar suratga olishdi. Ilon Mask buning sababini yoqilg‘i sizib chiqishini sabab sifatida ko'rsatdi.

Starship - SpaceX kosmik dasturining asosiy loyihasi bo‘lib, Ilon Mask uning yordamida Marsni o‘zlashtirmoqchi.

@magnitofficial

Magnit

16 Jan, 06:37


Kuni kecha, dunyoning eng baland binosi Burj Halifa Oʻzbekiston bayrogʻi ranglariga burkandi 🇺🇿

⬛️ @baxtiishod

Magnit

16 Jan, 06:00


Starlink Afrika internet-provayderlar bozorini sindirdi - 16 mamlakatdan 5 tasida sun’iy yo‘ldoshli internet an’anaviy telekommunikatsiyalarga qaraganda arzonroq bo‘lib chiqdi.

Maskning Keniyadagi kompaniyasi oyiga atigi 10 dollarga yuqori tezlikdagi hatto antenna past joyda ishlaydigan 50 GB internet taklif qilmoqda. Mijozlar shu qadar ko‘payib ketdiki, kompaniya hozircha yangi foydalanuvchilarni internetiga ulamayapti.

Mahalliy provayderlar esa vahimaga tushib, narxlarni pasaytirishga majbur bo‘lishmoqda. Masalan Vodacom kompaniyasi raqobatbardoshlikni oshirish maqsadida koinotga o‘z antennalarini uchirish maqsadida SpaceMobile kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganini e’lon qildi.

Bir tomondan bu holat rivojlanishga va sog‘lom raqobatga olib kelishi mumkin. Lekin sizning raqobatchingiz xarizmatik milliarder bo‘lsa bu g‘oya sizga yoqib tushmasligi mumkin.

@magnitofficial

Magnit

15 Jan, 09:11


Eynshteynni nega daho deyishadi bilasizmi?

@magnitofficial

Magnit

15 Jan, 06:06


Hozirgina nemis tiliga oid bo‘lgan antiqa so‘zga duch keldim.

Drachenfutter — turmush o‘rtog‘ingiz bilan urishganingizdan keyin yarashish maqsadida taqdim qilinadigan sovg‘aga shu so‘z ishlatilinar ekan.
So‘zni har bir qismini aniq tarjima qiladigan bo‘lsak Drachenfutter ajdarho uchun yemak degan ma’noni anglatar ekan.

Hammamiz janjaldan keyin drachenfutterlik qilamiz🥲

@magnitofficial

Magnit

15 Jan, 04:55


Yodingizda bo‘lsa o‘tgan yili O‘zbekistonliklarning koinotga qo‘shgan hissasi mavzusida youtube uchun kontent tayyorlagan edim va unda yurtimizda ishlatilmay qolib ketgan ulkan ilmiy nuqtalar haqida gap ketgan. Qiziqarlisi bunday ilmiy ulkan qurilmalar Rossiya Federatsiyasi hududida ham bor ekan.

Sovet davrining ulkan teleskoplari hozirning o‘zidayoq qadimgi qudratli sivilizatsiyaning post-apokaliptik dunyodagi qoldiqlariga o‘xshab ketadi. Ularning haqiqiy tarixi ba’zan bu taassurotni to‘liq tasdiqlaydi. Kalyazin RT-64 radioteleskopi Venera va Marsga yuborilgan robotlashtirilgan missiyalar bilan aloqani ta’minlash hamda ushbu sayyoralarga bo‘lishi mumkin bo‘lgan insonli ekspeditsiyalarga tayyorgarlik ko‘rish uchun yaratilgan. U hozir ham faoliyat yuritmoqda - uning ilmiy vazifalari orasida uzoq kosmosda aloqa o‘rnatish va astrofizik tadqiqotlar olib borish bor. Teleskop Moskvadan 200 kilometr shimolda, Kalyazin shahri yaqinida joylashgan.

@magnitofficial

Magnit

14 Jan, 20:31


Senariy yozyappan Magnitga)

Magnit

14 Jan, 08:00


Ekraningizda "British photography awards 2024"ning eng zo‘r fotosuratlari.

Menimcha bunday foto tanlovlarni O‘zbekistonda ham o‘tkazish kerak. Turizm vazirligi yurtimizni ommalashtirish borasida bosh qotirayotgan mana tayyor life hack)

@magnitofficial

Magnit

14 Jan, 07:32


O‘zbekistonda aerotaksi paydo bo‘lishi haqidagi yangilik meni hayratga soldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra bunday loyihalar odatda tirband yo‘llarga boy bo‘lgan shaharlarda ishlar ekan. Xo‘p, shahrimiz chindan ham tirband, lekin bunday loyihalarni iqtisodiy imkoniyatlari katta bo‘lgan davlatlar amalga oshirayotganini ham unutmaslik kerak.
Bu uchar taksilar asosan premium hisoblanib, oddiy xalqqa unda harakatlanish deyarli imkonsiz bo‘lishi ham aniq. Uni asosan kimlarga xizmat qilishini taxmin ham qilgandirsiz...
Yetmaganiga uning har bir parvozida atrofni chang qilib tashlashini o‘ylasam asablarim biroz buzilmoqda.
Albatta investitsiyalarga negativ qarash noto‘g‘ri, lekin o‘rinli investitsiya maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

@magnitofficial

Magnit

13 Jan, 10:52


Biz Mars sayyorasida iz qoldirishga ulgurganmiz

@magnitofficial

Magnit

10 Jan, 21:06


Abduqodir Husanov Manchester City futbolchisi.
Chin yurakdan hursandman va o’zbek millati va futboli rivojlanishiga ulkan hissasini qo’shgan Abduqodirning o’ziga atrofidagi hammaga rahmat.
Endi yorish kerak.

Chinakam muhlis sifatida Abduqodirning akkauntini screen qilib oldim, 10 million obunachi bo’lganida Who is Khusanov deydiganlarga ko’rsatish uchun))))

@magnitofficial

Magnit

10 Jan, 16:51


Shunchaki bitta xato toping

@magnitofficial

Magnit

10 Jan, 11:04


Aktiv ko‘tarishdan mashhur futbol agenti Fabrisio Romano ham foydalanmoqda. U odatda eng ko‘p tomosha qilingan tvitlarni profilining boshiga mixlab qo‘yadi.

Taxminan yarim yildan buyon Trent Aleksandr Arnoldning Liverpuldan Realga o‘tishi haqidagi yangiligi eng ko‘p tomosha qilingan post edi, endi Husanov birinchi raqamli post bo‘ldi.

@magnitofficial

Magnit

10 Jan, 10:41


Juda ham ko‘plab chet elliklar o‘zbeklardan aktivni ko‘tarib olishmoqda.

Xalqimiz juda ham aktiv, ko‘pgina hamyurtlarimiz, asosan yoshlar Instagram ijtimoiy tarmog‘ida juda ham faol. Reelsdagi mavzularga shu qadar kreativ javoblar berishadiki, men uchun xalqimizdan ko‘ra kreativ mamlakat bu dunyoda yo‘q deb o‘ylab qolaman.

Men sezib qolgan holat esa biroz boshqa mavzuda. Gap shundaki, Yevropa yoki dunyoning boshqa nuqtasidagi insonlar O‘zbekistonliklar juda ham aktiv ekanligini sezib qolishgan.

Masalan, Rossiyaning SSKA futbol klubida to‘p surayotgan yurtdoshimiz Abbos Fayzullayevni olaylik. Klub SMM mutaxassislari undan foydalangan holda o‘z aktivlarini topga olib chiqmoqdalar deyish qiyin emas.

Klub akkauntiga o‘tib tahlil qilishingiz mumkin, boshqa futbolchilar bilan qo‘yilgan postlarda o‘rtacha 40.000 tomosha bo‘lsa Abbos ishtirokidagi postlar kamida 400.000! YA’NI 10 BAROBAR!!!

Abduqodir Husanov borasida ham xuddi shunday natijalarni keltirish mumkin. Klub o‘rtacha 100.000 tomoshalar oladi. Lekin aynan Husanov bilan qo‘yilgan postlarning ba’zilari 1.000.000 dan oshgan.

Demoqchi bo‘lganim, Rossiya chempionati ham Fransiya ligasi ham Yevropaning top musobaqalari qatoriga kiradi. Vatandoshlarimiz bu mintaqalarda borib to‘p tepishidan juda ham mamnunmiz.

Lekin, meni hayron qoldiradigan holat shundaki, bizni qanday aktiv inson ekanligimizni xalqimizning o‘zi hali anglab yetmagan.

Boshqalar doim bizdan oldin buni tushunib, bundan foydalanmoqda...

Albatta bu maqola uyg‘oninglar deyish uchun yozilmagan, lekin shu aktivlikni boshqa joylarda ham ko‘rsatishini chin ko‘nglimdan istagan bo‘lardim...

@magnitofficial

Magnit

10 Jan, 09:04


🎲Oʻzim foydalanadigan , foydali kanallarni sizga ham tavsiya qilaman :


@Harbiy_texnik - Siyosiy hamda harbiy yangiliklar 💯


@historia13_off - viktorinalar hamda qiziqarli savollar


@Siyosiy_Geografiya_uz - Geografiyasiz hayot qiziq emas ✈️


@Bilimlar_koni_official - IQ qiymati 100 baland insonlar uchun ajoyib kanal 💯


@tarixi_dunyo - Tarixsiz kelajak aslo boʻlmas 💣


@magnitofficial - qiziqarli maʼlumotlar hamda faktlar kanali 🧲


@Tarix_va_biz_official - Bizda son emas sifat muhim 😉


@Kadrdagi_Tarix - Siyosiy va Tarixiy


Yuqoridagi barcha kanallar sifatli hamda bilim yoʻlagidir

Magnit

08 Jan, 19:17


Xitoyliklar esa sakraydigan mashina ishlab chiqarishni boshladi)

@magnitofficial

Magnit

08 Jan, 19:16


Biz 30 yilda Damas dizaynini tayinli o’zgartira olmadik…

Magnit

07 Jan, 06:34


1963-yilda AQSH prezidenti Jon Kennedi o‘ldirilishi butun dunyoda jiddiy aks-sado bergan. Kimlardir bunda SSSR qo‘lini ko‘rgan, ba’zilar vitse-prezident Lindon Jonsonni ayblagan, ko‘pchilik FQB rahbari Edgar Guverni qotil deb atagan. Ko‘plab nashrlar ushbu qotillikni asr jinoyati va siri deb ta’riflagan. Lekin bari ancha oson, Kennedini o‘ldirgan odam buni o‘zi ham tan olgan.

Bu — Gaiti prezidenti Fransua Dyuvalye. U Kennedini o‘ldirishini bir necha oy oldindan e’lon qilgan va AQSH prezidenti halok bo‘lgandan so‘ng yanada mashhurlikka erishgan.

Bu qanday bo‘lganini bilish uchun Dyuvalye va Gaiti tarixini bilish lozim. Afrika va mahalliy hindular avlodi bo‘lgan gaitiliklar katolizm hamda majusiy dinlar qorishmasi — vuduga topinadi. Uning o‘ziga xos tomoni, unda sehrgarlarga alohida ishonch bor va ular insonlarni sehrlashiga to‘la ishoniladi. Sehrlangan insonlar “zombi”lar (bizdagi “manqurt”ning muqobili) deb ataladi.

Hokimiyatni egallagan Dyuvalye umrbod diktatorga aylanish uchun aholining diniy his-tuyg‘ularidan ustalik bilan foydalangan. U o‘zini “zombilar hukmdori”, buyuk sehrgar sifatida tanitgan. Bu yo‘lda mushuk qoni bilan to‘ldirilgan vannada cho‘milgan, echki ichaklariga qarab fol ochgan va hokazo. Vudu afsonlaridan kelib chiqib, o‘zining sehrgarlar gvardiyasi — tonton-makutni tuzgan. Ushbu nom bolalarni o‘g‘rilab, keyin ularni yeydigan qahramon nomidan olingan va aholiga qo‘shimcha qo‘rquv bergan. Diktator gvardiyasi haqiqatdan ham fuqarolar va siyosiy raqiblar shafqatsiz usullar bilan yo‘q qilgan.

Xullas, Dyuvalye hokimiyatda AQSH yordamiga suyangan. SSSR bilan raqobatdagi AQSH ittifoqdoshlarni yo‘qotmaslik uchun ulardagi har qanday xunrezliklarga ko‘z yumardi (masalan, Vetnamdagidek). Qolaversa, ma’lumotlarga ko‘ra, kohin Dyuvalye va uning shotirlari har kuni minglab gaitiliklardan majburan qon olib, uni AQSH’ga donorlik uchun sotgan.

AQSH rahbariyati Dyuvalyening qilmishlariga ko‘z yumgan. Faqatgina barchadan ajralib turuvchi Jon Kennedi Dyuvalyedek qonxo‘rni qo‘llashni istamagan. U Vashingtonning Gaitiga barcha yordamini to‘xtatishga buyruq bergan. AQSH bilan qalin aloqalarga ega bo‘lgan Dyuvalye Kennedi AQSH elitasida katta avtoritetga ega emasligi, Amerikaning asl egalari uni qo‘llamasligi va uni yo‘q qilmoqchi ekanidan xabar topadi. U Dallasdagi suiqasddan olti oy oldin Kennedining vudu qo‘g‘irchog‘ini yasaydi va unga 2222 marta igna sanchadi hamda endi AQSH prezidenti aniq o‘lishini e’lon qiladi. Albatta, bunday ahmoqona ishni Vashintonda hech kim jiddiy qabul qilmaydi.

Kennedi o‘ldirilgach, Gaiti aholisi Dyuvalyening sehrgar ekaniga mutlaq ishonadi va endi qandaydir shubha haqida gapirish ham mumkin emasdi. Dyuvalye va uning shotirlari esa Gaitini dunyodagi eng qashshoq davlatga aylantirishni davom etadi. Bugun Gaiti jahondagi eng kambag‘al, beqaror davlat bo‘lsa, u bilan bir orolda joylashgan Dominikana eng farovon, turistik mamlakat. Diktatura davlatni qanchalik xarob qilishiga Gaiti eng yaxshi misollardan biri.

Pastdagi rasmda Fransua Dyuvalye

✍️pan_diplomat
@magnitofficial

Magnit

06 Jan, 09:43


Bilasizmi, bizga yoshligimizdan o‘rgatilgan bir gap bor.

Otalar bolaligimizda bizga qarab, men senga qilgan yaxshiliklarimni katta bo‘lganingda albatta qaytarasan, deyishadi. Lekin hozirgi kunda, bu narsani qaytarish uchun katta bo‘lish shart bo‘lmay qoldi.

Gap shundaki Britaniyalik 6 oylik chaqaloq ota-onasi uchun har oy 45.000 dollar foyda keltirar ekan. Shunchaki ota - ona farzandini turli brendlar uchun syomka jarayonlariga topshiradi va pul ishlab topadi.

Siz 6 oyligingizda ota-onangiz uchun nimalar qilgansiz? Hozir nimalar qilyapsiz?)

@magnitofficial

Magnit

06 Jan, 09:20


#kun
1681-yilning 6-yanvarida Buyuk Britaniyada tarixdagi birinchi rasmiy boks jangi bo‘lib o‘tgan.
Albatta u davrda boksning hozirgi qonun-qoidalari bo‘lmaganligi aniq, jangchi shunchaki qirol huzurida mushtlashishgan.
Lekin jang asosan qo‘l orqali bo‘lgani uchun uni rasmiy boks jangi desak bo‘ladi.

@magnitofficial

Magnit

06 Jan, 06:08


Birgina qushcha hayotga bo’lgan qarashingizni o’zgartirib yuboradi.

@magnitofficial

Magnit

05 Jan, 07:27


Nega aynan to’tilarga ovoz va tovushlarni qaytara olish xususiyati berilgan ekan-a?

@magnitofficial

Magnit

04 Jan, 09:04


Hojatxonada o‘tirish albatta zararli, ayniqsa Avstraliyada yashasangiz bir joyingizni ilon chaqib olishi ham mumkin.

Lekin olimlarning fikriga ko‘ra qaror qabul qilish oldidan hojatxonaga kirish bu foydali ekan. Gap shundaki, ichak nerv sistemalari kognitiv masalalarni hal qilishda faol qatnashar ekan. Aynan ichaklar miyamizga biz intuitsiya deb nomlovchi signallarni yuborar ekan.

Lekin bu endi hojatxonada ko‘p o‘tirishga bahona bo‘la olmaydi

@magnitofficial

Magnit

02 Jan, 13:39


Detektivlar nega ishlashadi?

@magnitofficial

Magnit

02 Jan, 07:39


Kechagina 2025-yilda tug‘iladiganlar Beta avlod bo‘lishi haqida post qoldirgan edim va 1-yanvarda Respublikamiz bo‘ylab 1641 ta go‘dak dunyoga kelibdi.

Nima ham derdik, xush kelibsiz)))

@magnitofficial

Magnit

01 Jan, 13:09


​​Saytimizda qiziq maqolalar berib borishda davom etamiz.

Bugungi qisqa maqolamiz - matematika ruknidan, aniqrog'i, kriptografiya tarixiga oid bo'lib, Tritemiy poligrafiyasi deb nomlanadi.

Xabarni shifrdan yechish jarayonida uning matnidagi so‘zlar tegishli harflar bilan almashtiriladi. Shunisi qiziqki, Tritemiy jadvallari bo‘yicha shifrlangan har qanday matnni o‘qisangiz (xoh u siyosiy matn bo‘lsin, xoh harbiy sir va ho kazo), u xuddi nasroniylar cherkovida o‘qiladigan ibodat so‘zlaridek chiqaveradi. Masalan, shifrlangan xabarda CAB harflari bilan boshlanadigan so‘z mavjud bo‘lsa (misol uchun «cabinet» so‘zi) u Tritemiy shifrida Conditor clemens clementissismus deb ya'ni, Rahmlilarning rahmlisi Parvardigor deb yozilgan bo‘ladi. Kitobda shuningdek, bundan-da mukammalroq bo‘lgan boshqacha shifrlash usullari haqida ham so‘z boradi va tegishli jadvallar keltiriladi.

Tritemiyning yana bir mashhur asari «Steganografiya» deb nomlangan bo‘lib, u 1499-yilda yozilgan va 1606-yilda chop etilgan. Bu kitob bir necha asrlar mobaynida katolik cherkovining «Taqiqlangan kitoblar indeksi»da bo‘lgan, ya'ni, uni o‘qish va tarqatish cherkov tomonidan ma’n etilgan. Sababi, garchi bu kitob mohiyatan kodlar lug‘ati bo‘lsa-da, lekin cherkov uni qandaydir qora kuchlar bilan aloqa qiluvchi sehr-joduga aloqador kitob deb hisoblagan

Magnit

01 Jan, 10:59


Obunachilarim orasida esa Alfa avlodidan avvalroq tug‘ilgan insonlar borligi tayin va kommentariyadagi birinchi savol ham shunga aloqador bo‘ldi.
1990-yildan 2010-yilgacha bo‘lgan davrda tug‘ilgan insonlar Z (zet) avlod deyiladi.
Ularning orasiga o‘zim ham kiraman, 1998-yilda tug‘ilganman)

Magnit

01 Jan, 10:43


2025-yildan boshlab Beta avlodi tug‘ilishni boshladi. Bu alfa avlodining o‘rinbosarlari sifatida tug‘iladigan avloddir.

Beta avlodi sun’iy intellekt takomillashgan, inson hayoti bilan qo‘shilib ketgan davrda hayot kechirishadi.

Bu vaqtda esa hukumatda 1965-yildan 1980-yillar oralig‘ida tug‘ilgan insonlar bo‘ladi. Beta avlodining asosiy muammolaridan biri ob-havo iflosligi bo‘ladi va ular biz boshdan kechirgan pandemiya haqida maktablarda tarix kitoblaridan o‘qishadi.

Ma’lumot uchun alfa avlodi 2010-2024 yillar oralig‘ida dunyoga kelgan avlod hisoblanadi. Beta avlodini o‘rinbosarlari esa 2040-yilda dunyoga keladi.

@magnitofficial

Magnit

01 Jan, 09:34


Ishingizni sevishingiz va undan rohatlanishingiz bayram kunlari ham ishda ekanligingizda bilinadi.

Men ofisda, yangi kontentlar ustida ishlayapman)

Magnit

31 Dec, 20:00


Kirib kelgan yilda hayotingizni to’g’irlash uchun yana 365 kun taqdim qilinadi. Unumli foydalanish nasib qilsin🔥🫡

Magnit

30 Dec, 08:03


Men hayron qoldim ochig'i

@magnitofficial

Magnit

27 Dec, 20:24


Olimlar bekorchi qolishsa kofening foydali yoki zararli ekanligini aniqlashga harakat qilaverishadi. Bir qarasangiz u foydali bo’lib qoladi, bir qarasangiz esa zararli, keying safar esa yana foydali, undan keyingisida esa kofe zararli deyiladi…

Magnit

27 Dec, 07:07


Yuragingiz necha marta uradi?

@magnitofficial

Magnit

26 Dec, 08:54


Jonivorlar bir kuni jam bo‘lib birgalikda vaqtichog‘lik qilishga qaror qilishibdi. Fonda baland musiqada hamma raqsga tushayotgan, hamma istagancha maza qilayotgan edi. Shunda jonivorlar orasidan xameleon chiqib

- kim mana bunday qila oladi? Kim? - deb baqiribdi va o‘z tusini o‘zgartirib hammani lol qoldiribdi. Hamma uni ko‘rib shok holatida turganida boshqa xuddi shunaqa qobiliyati bor bo‘lgan jonivorlardan biri bo‘lmish sakkizoyoq xameleonning oldiga chiqibdi-da qo‘lidagi pivoni unga uzatib:

- mana bu pivoni ushlab tur-chi, mana bunisini ham, mana bu pivoni ham ushlab tur, mana buni ham ol, mana buni ham olgin. mana bu ham qolib ketmasin, bu pivoni ham ushlab tur...

@magnitofficial

Magnit

24 Dec, 11:36


Vatanparvarlik qilib, o‘zimni maqtash niyatida emasman. Lekin hozirgina 888 BBB avtoraqamini auksionda 1 milliard so‘mga sotib olingani haqida eshitib qoldim.

Bundan oldin O‘zbekistonning chekka hududidagi vatandoshimiz gazga 2 kun navbatda turib gaz ololmaganidan achchiqlanib gapirgani, oyog‘idagi krossovkasigacha yirtilib ketgani, eski tuski kiyimlarda yurgani haqidagi videoni ko‘rgandim.

Mayli, bu akamiz o‘z ustida ishlamagani uchun shunday ahvolga tushib qolgandir, lekin yuqoridagi raqamni sotib olgan odam qaysidir boy, u o‘z paytida qayerdadir ishlab shuncha pulni egasiga aylangan. Uni kambag‘allarga yordam bersin demayapman, lekin hech bo‘lmasa pulini o‘rinli ishlarga sarflashi tarafdoriman.

Bu raqamni kim olgan ekani esa boshqa masala... Taxminlar bormi?

Magnit

24 Dec, 07:02


Bilasizmi, Angliyaning ko‘plab shaharlarining nomi orqali ularni tarixini bilib olishingiz mumkin. 

Agarda shahar nomi chester bilan tugasa, demak u avval Rimliklarga tegishli bo’lgan.
Chester so‘zini o‘zi esa lotinchadan lager, harbiy lager ma’nosida keladi. 

Shahar nomi Bury bilan tugasa bu sakslardan qolgan nom hisoblanadi. 
Buryni o‘zi nemischa burg bilan bir xil. 
Agarda shahar nomi by bilan tugasa demak bu qadimgi vikinglar yashagan hududlarni anglatadi. ularning tilida by shahar degan ma’noda keladi. 
Britaniyadagi by, ster, burylarni bilvoldik, endi esa o‘zimizga qaytsak, Kent,daryo va shunga o‘xshash qo‘shimchalar paydo bo‘lishiga sabab nima?  va shaharlarimizning nomi nimani anglatadi, biladiganlar, bilimingizni bilan baham ko‘rishingiz uchun izohlarim siz uchun. 

@magnitofficial

Magnit

24 Dec, 06:12


Nolan yana bir tarixiy filmga qo‘l urish arafasida.

Ma’lumotlarga ko‘ra britaniyalik rejissyor Gomerning "Odisseya" poemasi asosida film tasvirga olishni boshlaydi.

Insayderlarning ma’lumotlariga ko‘ra, kartina afsonaviy ekshn sahnalarga boy bo‘ladi.
Nolandan yana bir ilmiy asar ko‘ramiz shekilli.

@magnitofficial

Magnit

24 Dec, 05:03


Butun dunyo sovuq ob havoga qarshi turlicha kurashadi. Shu bilan birgalikda turli sohalar ham.

Masalan Chikagodagi poyezd relsi muzlab qolmasligi uchun uni yoqib yuborishar ekan.
Bu ish ortidan esa poyezdlar harakati osonlashadi.
Menimcha bunaqasi o‘zimizda ham bo‘lsa kerak, shunchaki ommaga ko‘rsatishmaydi.

@magnitofficial

Magnit

24 Dec, 02:20


Olimlarning fikriga ko‘ra boy bo‘lish uchun inson o‘z hissiyotlarini boshqarishni bilishi kerak ekan. Qo‘shimcha ravishda stabillik, ishga o‘z vaqtida qatnash boyib ketishga yordam bermasligini ham aytishibdi.

Yangi Zelandiyalik olimlar davomiyligi 50 yilga cho‘zilgan tajriba o‘tkazishdi va ayon bo‘ldiki moliyaviy muvaffaqiyatning asosiy omili bu ehtiroslarni va hissiyotlarni boshqara olish ekan.

Bu insondan yuqori emotsional intellekt talab etadigan hodisa bo‘lib, insonning boy bo‘lish yoki bo‘lmasligi 30 yoshigacha aniq bo‘lar ekan.

Erta tongdan yaxshi yangilikni eshitdingiz, bugundan hissiyotlaringizni boshqarishni boshlang. 5-6 yildan keyin gaplashamiz)))

@magnitofficial

Magnit

23 Dec, 22:04


Chumolining vafotidan 2 kun o‘tib u o‘zidan kislotali is chiqara boshlaydi.

To shu is chiqquniga qadar boshqa chumolilar tanani sezishmaydi, lekin bu hid ularni o‘ziga chaqiradi va chumolilar guruhi is bo‘yicha harakatlanib uni topib borishadi. O‘lik chumolining tanasini ko‘tarib chumolilar "Qabristoniga" olib borishadi.

Lekin kunlardan bir kuni olimlar guruhi shu kislotaga tegib ketgan chumolini topib olishga va uni kuzatishgan. Uning qarshiliklariga qaramay boshqa chumolilar aslida tirik bo‘lgan bu chumolini chumolilar qabristoniga olib ketishga rosa harakat qilishgan.

Endi esa savol: agarda men shu kislotani o‘zimga yuqtirib olsam va ularning iniga yaqinlashsam, chumolilar to‘dasi meni kelib chumolilar qabristoniga olib borib tashlaydimi va yana bir savol men qachon bunday savollarni miyamdan chiqarib tashlab, uhlayman?

@magnitofficial

Magnit

21 Dec, 13:59


Mendan kontent kutayotganlar esa shu videoni bir ko'rib chiqsin. Vision pro haqida video tayyorladim.
Fikr albatta muhim. Kutib qolaman.
https://www.youtube.com/watch?v=L_Yd0N3OIqY&t=6s

Magnit

21 Dec, 13:52


Shaqillating va pul ishlang😎

@magnitofficial

Magnit

21 Dec, 09:41


Ўлик Интернет назарияси ҳақиқатга айланмоқда

Дастлаб, 2016 йилларда интернетнинг «ўлгани» ва шундан бери аксарият контентни СИ яратаётгани, ижтимоий тармоқларда эса тирик одамлардан кўра ботлар кўпроқ эканлиги ҳақидаги қараш фитна назарияси деб ҳисобланарди.

Аммо эндиликда бу ҳақиқатга ўхшаяпти. Imperva компаниясининг сўнгги ҳисоботи 49,6% трафикни ботлар яратаётганини кўрсатди. Бунда ботлар шунчалик мукаммаллашганки, ҳатто техник воситалар ёрдамида ҳам уларни уйда ноутбук қаршисида ўтирган реал инсондан фарқлаб бўлмайди. Мисол тариқасида Твиттер келтирилган бўлиб, у реклама изоҳлари ва ботлар томонидан тарқатиладиган порнографияга тўла.

Яна бир мисол — Фейсбук. Бу тармоқда ҳам лентанинг ярмидан кўпини СИ томонидан яратилган контент эгаллаган. The Verge нашрига кўра, Фейсбукни нейротармоқ томонидан яратилган мантиқсиз суратлар босиб кетган.

Аммо нейротармоқ контентининг асосий майдони ҳозир ТикТок. Fast Сompany нашрига кўра, видео, мусиқа ва кадр ортидаги овоз кўпинча техника томонидан генерация қилинади. Инстаграмда ҳам СИ томонидан яратилган «персонажлар» саҳифалари кўпайиб бормоқда.

Бу нафақат реклама берувчилар, балки оддий фойдаланувчилар учун ҳам ноқулайликлар туғдирмоқда. Дунё ахборот шовқинидан чарчаган, бу масала бир неча йилдан буён долзарб. Энди СИ туфайли у миллион мартага кўпайди. Нейротармоқлар ёрдамида исталган «чиқинди контент»ни исталган форматда чексиз генерация қилиш мумкин. Фейсбук, ТикТок ва YouTube — чексиз бир хил нейротармоқ контенти чиқиндихонасига айланмоқда ва инсоний ҳис-туйғуларга тобора камроқ жой қоляпти.

Сиз учун шунча маълумотни тўплаган админга лайк босинг, у ҳақиқий инсон😁

@safarblog

Magnit

17 Dec, 09:31


Magnus Karlsonni menimcha oramizda ko‘pchilik taniydi. U mashhur shaxmatchi. Nima deb o‘ylaysiz, unga shaxmat o‘ynash qanchalik daromad olib keladi?

Gap shundaki Magnus 2023-yilda shaxmat ortidan $111,735 ishlab topgan, lekin $142,405 soliq to‘lagan. Sababi esa Norvegiya davlatida boylik uchun soliqlar to‘lanishi lozim.

Ma’lumon uchun Magnusning boyligi $1,8 milllionni tashkil qiladi.

@magnitofficial

Magnit

17 Dec, 08:25


Mana bunday yo‘l bilan esa tasvirga olish guruhi poygalarni tasvirga olishini hozirgina bilib qoldim...

Dynamic motion nomli platforma yordamida mashina tez harakatlanayotgandek qimirlaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, uning harakatlari haqiqiy mashina haydashdagi harakatlariga juda ham o‘xshab ketadi.

Kino ko‘rmasammikan?🥲

@magnitofficial

Magnit

17 Dec, 08:22


Filmlarda poygalarni qanday tasvirga olishlarini bilarmidingiz?

Operatorlar hech qanday qo‘shimcha avtomobillarda harakatlanishmaydi, shunchaki fonga ulkan ekranda tasvirga monand kadr qo‘yishadi.

Endi poygalar haqidagi filmlarni boshqacha ko‘raman

@magnitofficial

Magnit

16 Dec, 14:21


Bir umr bularning ma’nosini bilmagansiz, saqlab oling foydasi tegadi)

@magnitofficial

Magnit

03 Dec, 14:19


Bilasizmi, Misrga borsangiz u yerda tomsiz uylarni ko‘rishingiz mumkin. Buning esa o‘ziga yarasha sabablari bor...

Mamlakat qonunchiligida to‘liq qurib bitkazilgan uydan soliq olish mumkin ekanligi haqida qonun bor.

Masalan, odamlar allaqachon yashashni boshlagan uyning tomi hali yopilmagan bo‘lsa demak u bitmagan uy hisoblanadi. Bu degani, uni ichidagilar mamlakatga soliq to‘lamaydilar.

Kallasi butun aholi esa aksar holatda uy tomlarini atayin yopishmaydi.

@magnitofficial

Magnit

03 Dec, 13:41


Statistika agentligi O‘zbekistonning qaysi hududida oshning bir porsiyasi qancha sotilayotganini hisoblab chiqibdi.

O‘rganishlarga ko‘ra, hududlar kesimida 1 porsiya oshning o‘rtacha narxi:

1. Toshkent shahri – 34 500 so‘m

2. Buxoro viloyati – 33 700 so‘m

3. Qashqadaryo viloyati – 30 700 so‘m

4. Samarqand viloyati – 30 500 so‘m

5. Andijon viloyati – 30 200 so‘m

6. Xorazm viloyati – 30 000 so‘m

7. Jizzax viloyati –28 800 so‘m

8. Surxondaryo viloyati – 28 600 so‘m

9. Toshkent viloyati – 27 300 so‘m

10. Navoiy viloyati – 26 800 so‘m

11. Farg‘ona viloyati – 26 600 so‘m

12. Qoraqalpog‘iston R. – 25 700 so‘m

13. Sirdaryo viloyati – 25 700 so‘m

14. Namangan viloyati – 22 200 so‘m

Siz oshni qanchaga yeysiz?

@magnitofficial

Magnit

03 Dec, 12:56


Mana bu texnologiyaning itvachchasi deb nomlanadi)))

@magnitofficial

Magnit

03 Dec, 10:49


1984-yilda 13 yoshli Zak ismli bolakay televizion lotoreya orqali 3050 dollar yutib oladi. Qanchalik g‘alati tuyulmasin Zak hamma puliga karting avtomobilini sotib olgan.

1986-1990-yillar davomida esa shu avtomobili bilan 22 ta xalqaro karting musobaqalarida g‘olib bo‘ladi.

Hozirgi kunda esa Zak Braun McLaren F1 poyga kompaniyasi bosh direktori hisoblanadi.

@magnitofficial

Magnit

03 Dec, 09:39


Longxorn turidagi buqalarning shoxi ularning boshidan ham kattalashib, kerak bo‘lsa butun tanasi bilan barobar bo‘lishi mumkin.

Kelib chiqishi Texasdan bo‘lgan bu jonivorlar Ispaniyadan bu hududlarga kelib qolgani haqida ma’lumotlar bor. Ular nafaqat o‘zlarining shoxlari va noodatiy tuslari bilan ham mashhur.

Ularning ko‘rinishi biroq qo‘rqinchli tuyulsada aslida bu jonivorlarni odamlar qo‘lga yaxshi o‘rgatishgan va hatto unga minib ham harakatlanishadi.

O‘zbekistonda uning go‘shti qanchaga sotilgan bo‘lardi?))

@magnitofficial

Magnit

03 Dec, 08:55


Chatgptdan foydalanish siralari🥲

@magnitofficial

Magnit

03 Dec, 07:33


Juda ham ko‘plab kontent tomosha qilasizmi? Ularni tomosha qilaverib miyangiz achishib ketadimi? Olimlar shunday holatni ta’riflash uchun maxsus so‘zni qo‘shishdi.

"Brain rot" — miyaning chirishi degan ma’noni anglatadi.

Oksford universiteti talabalari odamlar bir kunda juda ham ko‘plab kontent ko‘rib, keraksiz bo‘lgan ma’lumotlar bilan miyani to‘ldirishayotganini aniqlashgan va unga mana shunday nom berishga qaror qilishgan.

Chirigan miyalarga yuborib qo‘yamizmi?)

@magnitofficial

Magnit

03 Dec, 06:20


Agarda changyutgichlardan foydalanishga erinadigan bo‘lsangiz yoki shunday tanishlaringiz bor bo‘lsa mana bu o‘ta ma’noli videoni tomosha qiling!

Unda changyutgichdan foydalanish qanday qiyin bo‘lganligini yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

Elektr toki ommalashgunga qadar changyutgichlar hozirgi zamon bilan taqqoslaganda juda ham ahmoqona bo‘lgan deyish mumkin.

@magnitofficial

Magnit

03 Dec, 02:12


Siz erta tongdan turib, xotirjam nonushta qilib, shoshilmay bemalol ishlayotganingizdan dunyoning narigi chekkasidagi Ilon Mask akamiz robotlarga juda ham ko‘p narsani o‘rgatmoqdalar.

@magnitofficial

Magnit

02 Dec, 19:18


Xullas hozirgina asosan rus tilida faoliyat yuritadigan, ammo butun markaziy Osiyo haqida gapiradigan insta pablikda 2024-yilda ishlab chiqarilgan markaziy Osiyoning top film va seriallari reytingini ko‘rib qoldim. Tushunib yetdimki biz 38.000.000 aholi bo‘lsakda media borasida bizdan katta vakillar endi endi yetishib chiqmoqda. Lekin qozoq va qirg‘izlar allaqachon rus kinematografi darajasida mahsulotlar tayyorlashmoqda.

Bizda esa "otamni sevib qolibman" "akamni zo‘rlabman", "xalqni miyasini chiritibman" qabilidagi mavzular...

Afsus.

Magnit

02 Dec, 06:02


https://www.youtube.com/watch?v=1SbiuzoFc0E&t=1s

Magnit

02 Dec, 06:02


Kontent izlaganga kontentdir dunyo — Smartlife bilan ajoyib kontent tayyorladik. Unda O‘zbekistondagi ilk robot kuchukni ko‘rib chiqdik. Albatta tomosha qiling!

Magnit

30 Nov, 19:11


Qish keldi🥲

Magnit

29 Nov, 11:56


Savol: Nega chaqaloqlar o'zi yangi tug'ilgan ekanligiga qaramay kasal bo'lishadi?
O'zi ularning butun organizmi yap-yangi bo'lsa...

Magnit

29 Nov, 04:58


Videoni ohirigacha ko’ring!

Menga Akkerman sement zavodi tomonidan mahsus sovg’a taqdim qilindi. Uning ichida esa ajoyib sovg’a bor. Siz esa uni yorish bo’yicha menga g’oya taqdim qilishingiz kerak, men ularning orasidan eng sarasini ajratib olaman.

Videoni do’stlaringizga ham yuborib qo’ying, balki omad ularga nasib qilar)

@magnitofficial

Magnit

23 Nov, 19:59


Dunyoning eng baland bo’yli va eng past bo’yli ayollari uchrashishibdi🥲

@magnitofficial

Magnit

23 Nov, 13:06


Odamlar itdan qo‘rqqanligi uchun uni boqishmaydi.
Men esa...

@magnitofficial

Magnit

22 Nov, 08:36


Paqildoqlardan doim ehtiyot bo‘lish kerak!

@magnitofficial

Magnit

21 Nov, 16:15


Mem, hazillar, faktlar, tarix, geografiya, ilm-fan, kino, foto va videografiya hamda sayohatsevarlar uchun oʻzimiz bilgan eng yaxshilarini tanladik 🍸

Siz bu sahifalarni albatta kuzatib borishingiz kerak 😳

Bu roʻyxat hali kengayadi:
😏 https://t.me/addlist/AatsBohgnmYwZjEy

Magnit

21 Nov, 06:42


Akula iphone qurilmasini tishlab olib, uni yeb yubormoqchi bo‘ldi, lekin fikridan qaytib uni qaytib chiqarib tashladi.

Buni qarangki, iphonening bu vaqtda kamerasi yoqilgan edi, siz esa uning og‘iz bo‘shlig‘ini ko‘rish imkoniyatiga egasiz.

@magnitofficial

Magnit

21 Nov, 05:26


Hindistonga uchmang!

Bloger Hindistondagi havo ifloslanish darajasini tekshirmoqchi bo‘ldi unda esa — 409!
Aslida esa normal 50 bo‘lishi kerak. Agarda bu raqamlar 300 dan oshsa demak havoda hayot uchun xavfli bo‘lgan moddalar mavjud.

Ma’lumot uchun Toshkentda bugun 21.11.2024 holatiga ko‘ra 114 sonlarini ko‘rsatmoqda.

@magnitofficial

Magnit

20 Nov, 10:39


Juda ham ko‘p hollarda internetni titkilab uhlab qolamiz. Tan oling hammamizda shunday!

Afsuski, bu holat doim ham biz o‘ylaganimizdek yakunlanmaydi, masalan Podmoskovyeda istiqomat qiluvchi qiz reels tomosha qilib o‘tirganida uhlab qolgan, uning qo‘lidagi smartfon esa to‘g‘ri burniga qarab tushgan.

Natijada esa burun sindi!

Ba’zida onalarimizning aytganini qilib, ertaroq va telefondan uzoqroqda uhlash kerak!

@magnitofficial

Magnit

20 Nov, 10:06


Premium akkauntlilar bormi?

Magnit

20 Nov, 09:11


Filmlarni tomosha qilayotganimizda uni ichiga kirib ketishimizning sabablaridan biri bu albatta — tovushlar.

Kinoda bu narsani "Sound design" deyishadi. Bugun esa qo‘rqinchli filmlardagi odamni etini junjitib yuboradigan tovush qanday paydo bo‘lishi haqidagi videoni ko‘rib qoldim.

Biz qo‘rqitadigan tovushlar bu shunchaki bulg‘or qalampiriga tegishli ekan.

Endi filmlar men uchun qo‘rqinchili emas😁

@magnitofficial

Magnit

20 Nov, 08:08


Xitoyning Kanas shaharchasi ustida dron uchirgan tasvirchilar, qor ostidan o‘z to‘dasini yetaklab ketayotgan bo‘rini topishdi.

@magnitofficial

Magnit

19 Nov, 15:40


Magnit loyihamizning so’nggi qahramonlaridan biri o’z yuzini plastik operatsiya qildiribdi🥲

@magnitofficial

Magnit

19 Nov, 12:23


Futbol bo‘yicha Shimoliy Koreya va O‘zbekiston terma jamoalarining o‘yinini tomosha qilib o‘tirganimda, Shimoliy Koreya qay darajada konservativ mamlakat ekanligi miyamga kelib qoldi. Ular naqadar yopiq mamlakat ekanligi, siyosat o‘ta nozik ekanligini esladim. Internetdagi norasmiy saytlarda bu mamlakat fuqarolari davlatdan chiqib ketishi noqonuniy ekanligi haqida yozishgan, lekin buni qarangki Shimoliy Koreyalik bo‘lgan lekin chet el mamlakatlarida to‘p suradigan futbolchilar bor ekan. Masalan, Cho Son Xyok ismli futbolchi Italiya quyi ligasida, Chon Il Gvan esa Shveysariya chempionatlarida va yana bir nechta futbolchilar Qatar va Yaponiyaning turli klublarida to‘p surishar ekan.

@magnitofficial

Magnit

18 Nov, 15:21


🕸 Yaqin kelajakda o‘sha mashhur, osmon o‘par binolarga qo‘lidan to‘r otib, sakrab tirmasha oladigan o‘rgimchak odam, real hayotda paydo bo‘ladi desam ishonasizmi?!

Ha, olimlar uzoq vaqtlar davomida suyuqliklar tarkibi ustida izlanishlar olib borishdi. Natijada o‘rgimchaklar to‘r ishlab chiqarishda foydalanuvchi fibroin, etanol va dofamin moddalari aralashmasidan suyuqlikni tez qattiq holatga keltirish yo‘lini kashf qilishdi.

Yaqin kelajakda olimlar uni yanada tez muddatda qotirish yo‘llarini topishlariga va'da bermoqdalar.

@magnitofficial

Magnit

18 Nov, 14:13


Tarmoqlarda 3D animatorning "Kelajak qanday bo‘ladi" deb nomlangan videolari ommalashmoqda.

Qahramonimiz Parij, Las Vegas, Gollivud shaharchalarining kiberpank ko‘rinishini taqdim qilgan.

@magnitofficial

Magnit

18 Nov, 12:53


🔥Tadqiqot natijalariga ko‘ra, har qo‘shimcha 500 qadam yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim xavfini 7% ga, 1000 qadam esa 15% ga kamaytiradi. Bu yoshi va yashash joyidan qat’i nazar, ham erkaklarga, ham ayollarga taalluqli.

🔥Kam harakatli turmush tarzini kechiradiganlar uchun (kuniga o‘rtacha 1000 dan 3000 gacha qadam) ko‘proq yurish ayniqsa muhim. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, 6000 dan 10000 gacha qadam bosadigan keksa yoshlilar o‘lim xavfini 42% ga, 7000-13000 qadam bosadigan yoshlar esa 49% ga kamaytiradi.

🔥"Parhez va jismoniy mashqlar kabi turmush tarzidagi o‘zgarishlar yurak-qon tomir xavfini kamaytirish va umrni uzaytirish uchun dori-darmonlar kabi samarali bo‘lishi mumkin," deb ta’kidladi tadqiqot muallifi Matsey Banax.

🔥Tadqiqotning cheklovlari bor: u kuzatuvga asoslangan, shuning uchun sababiy bog‘liqlikni isbotlamaydi, balki faqat yurish va o‘lim xavfini kamaytirish o‘rtasidagi aloqani ko‘rsatadi. Ammo xulosa aniq - har bir qadam ahamiyatli va har kim o‘z salomatligini kundan-kunga yaxshilab, ko‘proq yurishni boshlashi mumkin.

@magnitofficial

Magnit

18 Nov, 11:34


Qushlar sovuq paytda patlarini hurpaytirib, g‘ujanak bo‘lib, boshlarini patlari orasiga tortib olishlari mumkin. Bu harakatlar issiqlikni saqlashda juda samarali yordam beradi.

Jarayon qanday ishlashini tasvirlab beramiz! Patlar ko‘tarilganda, ular orasida havo bo‘shliqlari hosil bo‘ladi va aynan shu bo‘shliqlar issiqlikni ushlab qolishga yordam beradi.

@magnitofficial

Magnit

18 Nov, 10:04


Endi hayot avvalgidek bo‘lmaydi: farmatsevt dorilarni qanday to‘g‘ri qabul qilishni aytib berdi. Uning tavsiyalarni ko‘rib chiqamiz:

- kuniga 2 marta dori qabul qilinishi kerak bo‘lsa = har soat 12 oralig‘ida, ertalab va kechqurun dorini ichish kerak;
- kuniga 3 marta = soat 8 da, ertalab, kunduzi va kechqurun;
- Ovqatlanishdan oldin = ovqatdan yarim soat oldin, ovqat yeyish arafasida emas;
Ovqat paytida = ovqatdan 5 daqiqa oldin yoki darhol;
Ovqatdan keyin = bir-bir yarim soatdan keyin dori ichish kerak.

Istisnolar - faqat shifokor sizga dorilarni qabul qilish bo‘yicha aniq ko‘rsatma berganida.

@magnitofficial

Magnit

18 Nov, 09:41


Ketma ketlikda esa yana bir antiqa ma’lumotni o‘qib qoldim.

Tarmoq foydalanuvchisining so‘zlariga ko‘ra yakshanbada unga kun davomida noma’lum raqamdan qo‘ng‘iroqlar bo‘lgan. U esa oxir oqibat qaytib qo‘ng‘iroq qilganida go‘shakni firibgarlar ko‘targan va chuqur xo‘rsinib aytgan:

— biz firibgarlarmiz! E’tibor bermang!

Foydalanuvchi esa bu narsani tarmoqqa joylab, hatto firibgarlar ham hafta oxirida charchashini aytgan.

@magnitofficial

Magnit

18 Nov, 09:20


Yaqinlaringizni aldash uchun siz bilan bir necha soniya gaplashib turish kifoya!

Tarmoqlarda firibgarlikning yangi turi paydo bo‘lganligi haqida video tarqalmoqda. Unga ko‘ra firibgar oldingizga keladi, ovozingizni SI yordamida o‘zlashtirib olish uchun siz bilan gaplashib turadi.

Keyin esa sizning ovozingizni qo‘lga kiritib, uning yordamida sizning yaqinlaringiz va do‘stlaringizni aldab, pul undiradi.

@magnitofficial

Magnit

18 Nov, 07:50


Robot jarrohlik haqidagi videoni tomosha qilib bo‘lgach xuddi odamlardek operatsiya qilishni o‘rganib oldi!

Endi xirurglar ko‘chada qoladimi?

Robot birgina video tomoshasidan keyin yanada aniq ishlay olish imkoniyati ochilgan.

@magnitofficial

Magnit

18 Nov, 06:10


Bu videoni ko‘rib o‘pkangiz qanday ishlashini aniqlab olishingiz mumkin!

Diafragma - asosiy nafas muskuli

U o‘pka ostida joylashgan bo‘lib, gumbaz shakliga ega. Nafas olishda diafragma siqiladi va yassilashadi, o‘pkaning kengayishiga imkon beradi.

@magnitofficial

Magnit

17 Nov, 13:15


Qaranglar nima topib oldim😎

@magnitofficial

Magnit

17 Nov, 10:02


VPNdan foydalanish harom deb hisoblandi!

Bu qaror Pokiston Islom mafkurasi kengashi tomonidan qabul qilindi. Ularning fikricha, bloklangan resurslarga (masalan, TilTok) kirish uchun VPN-servislardan foydalanish "gunohda yordam" bo‘lib, shariatga ziddir.

@magnitofficial

Magnit

16 Nov, 08:29


Bu qurilmaning nomi "Flipper zero" va u orqali siz svetoforlarni doimiy yashil rangga o‘zgartirishingiz mumkin.

Bu qanchalik to‘g‘ri? Men bilmadim...

@magnitofficial

Magnit

14 Nov, 11:06


Imperator pingvini Avstraliyaning Oushen Bich hududida ko‘rinish berdi.

3500 kilometr masofani bosib o‘tgan pingvin to‘lqinlar yordamida tezligini oshirgani taxmin qilinmoqda.

Bechora pingvin qumni muz deb o‘ylab unda sirpanishga ham uringan, oldiga odamlar kelganida esa ulardan qochishga harakat qilgan.

Lekin eng qiziqarlisi, endi u nima qiladi. Atrofida uning turdoshlari yo‘q. U bunday iqlimda yashab keta oladimi?

@magnitofficial

Magnit

14 Nov, 06:39


Hammada shunaqami?

@magnitofficial

Magnit

13 Nov, 12:03


Bu surat sizning diqqatingizni sinash uchun ajoyib sinov bo‘la oladi. Xullas shu millionta gilza orasida bir dona ishlatilmagan o‘q bor.

Uni toping!

@magnitofficial

Magnit

13 Nov, 11:07


Sichqon ko‘rinishidagi sichqoncha.

Bunday dizayn 1997-yilga Logitech kompaniyasi tomondan taqdim qilingan.

Lekin nega ommalashmagan ekan?

@magnitofficial

Magnit

13 Nov, 05:59


Bu robot "zon zon ziki" da sizni doim yutadi!

NASA tashkilotida ishlovchi muhandis "Rokki" laqabli robotni ixtiro qildi.
U har qanday holatda ham sizning ustingizdan g‘alaba qozonar ekan.

Muallifning so‘zlariga ko‘ra kim uni yuta olsa 10.000 dollar miqdorida sovg‘a bor ekan.

Sinab ko‘ramizmi?

@magnitofficial

Magnit

13 Nov, 05:52


⚡️ O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorlik reytingida 174 davlat ichida 131-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ) tomonidan tuzilgan global sun’iy intellektga tayyorlik reytingida 123-o‘rinni egalladi. Bu haqda XVJ ma’lumotlariga tayanib, “Ranking.kz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, 174 davlatni qamrab olgan indeks raqamli infratuzilma, inson kapitali, texnologik innovatsiyalar va huquqiy tartibga solish kabi omillarni hisobga olgan hamda Jahon banki, Xalqaro mehnat tashkiloti va boshqa tashkilotlar ma’lumotlaridan foydalanilgan.

Reytingda, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari orasida yetakchilar qatorida 48-o‘rinni egallagan Qozog‘iston, keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston (99-o‘rin) va Tojikiston (123-o‘rin) ham joy oldi. Turkmaniston bu reytingga kiritilmadi.

Sun’iy intellektdan foydalanishga tayyorlik bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni Singapur, Daniya va AQSH egallagan. Shu bilan birga, Markaziy Afrika Respublikasi, Afg‘oniston va Janubiy Sudan so‘nggi o‘rinlarni egalladi.

©️rost24
@magnitofficial

Magnit

13 Nov, 04:54


Shok! Insonlar film va seriallarni x1.5 yoki x2 tezlikda ko‘rishayotganliklari ma’lum bo‘ldi.

Reels va Tik Tok videolar paydo bo‘lganidan keyin tomoshabinlar odatiy tezlikdagi videolarni ham tezlik bilan ko‘rishni xohlab qolishgan. Qo‘shimchasiga bu narsa telefonda uzoq qolib ketmaslikni ta’minlab ham beradi.

Bu hodisa bo‘yicha ikkita taxmin bor: yoki miyamiz ma’lumotlarni tez qabul qiladigan bo‘lib qolgan yoki bizning diqqat qilish qobiliyatimiz borgan sari sustlashmoqda?

Siz videolarni qanday tezlikda ko‘rasiz va sababini nimada deb o‘ylaysiz?

@magnitofficial

Magnit

11 Nov, 11:18


Bu qaysi multiolam?

@magnitofficial

Magnit

11 Nov, 06:33


Eshitdingizmi? Yandex Maps ilovasiga Toshkent, Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi diqqatga sazovor joylarning 3D modellari joylanibdi ⤴️

Kompaniya Oʻzbekistondagi jami 27 ta obidaning 3D modelini ishlab chiqibdi 🕌

Men, oʻzim tahminan 16 tasini topdim va sizlarga taqdim etayapman, qolganlarini topa olsangiz, shu post izohida “screenshot”ini yuklang ✈️

Yaqinlarga yuboring ✈️ @baxtiishod

Magnit

11 Nov, 05:29


Tarmoqlarda Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos va uning qo‘lida ishlaydigan xodimning oyligini bir vaqtda hisoblab chiqishdi.

Bor yo‘g‘i 36 soniya...

@magnitofficial

Magnit

11 Nov, 04:35


Yuqoridagi videoda holat juda qiziqarli.

Unda o‘sha memlarga sabab bo‘lgan hodisa, hamma narsa faqat Amerika diyorida bo‘ladi degan tushuncha borga o‘xshaydi. Rossiyaning aksar qismida meteoritlar yo‘q, Afrikani-ku gapirmasa ham bo‘ladi.

Agar mantiqan o‘ylab qarasak, bu hammasi ilm-fan va OAVlar eng kuchli rivojlangan mamlakatlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Afrika va Osiyoning aksar qismi iqtisodiy tang ahvolda. Yevropa hududlari va Amerika, Yaponiya va uning atrofida esa ko‘p sonli g‘ayritoshlarni(meteorit — tashqaridan kelgani uchun shunday atashni xohladim) ko‘rish mumkin.

@magnitofficial

Magnit

11 Nov, 04:12


Yer shariga tushgan barcha qayd etilgan meteoritlarning xronologiyasi.

@magnitofficial

Magnit

10 Nov, 07:58


Mem, hazillar, faktlar, tarix, geografiya, ilm-fan va kino hamda sayohatsevarlar uchun oʻzimiz bilgan eng yaxshilarini tanladik

Siz bu sahifalarni albatta kuzatib borishingiz kerak

Bu roʻyxat hali kengayadi:
👉🏼 https://t.me/addlist/AatsBohgnmYwZjEy

Magnit

09 Nov, 16:26


Ketdik)

Magnit

09 Nov, 16:26


https://www.youtube.com/watch?v=RZJ2f1wRD9A

Magnit

08 Nov, 15:08


Futbolchi bo’lganimda qayerlarda o’ynar edim?

@magnitofficial

Magnit

08 Nov, 09:57


Yevropaning tungi ko‘rinishi.

Chiroqlar makoniga aylangan Yevropa tabiatdan uzilib, urbanizatsiya tomon shaxtam qadam bosgandek go‘yo.

Islandiya va Rossiyaning Moskva shahridan uzoqlashgan qismlarini ko‘rsangiz chiroqlar kamayib borganini ko‘rishingiz mumkin.

Eng yorqin nuqtalar esa Italiyaning atrofi ekanligi ham ajoyib.

@magnitofficial

Magnit

08 Nov, 08:39


Xitoyda ozish lagerlari ochildi!

Mamlakatda semiz insonlar soni keskin ko‘payib ketganligi tufayli shunday ishga qo‘l urilgan.
Lagerda:

Har kunlik qat’iy jismoniy mashqlar.

Shartli vazn o‘lchash.

Belgilangan miqdordan ortiq ovqat yeyish nazoratlari o‘rnatilgan.

Nima deb o‘ylaysiz shunaqasidan bizga ham kerakmi?

@magnitofficial

Magnit

08 Nov, 07:29


Volksvagen avtomobillaridagi tezkor yordam rejimi haqida bilasizmi?

Agarda haydovchining tobi qochib, hushini yo‘qotadigan bo‘lsa avtomobil birinchi navbatda silkinib, haydovchini uyg‘otishga urinadi.

Agarda bu ish bermasa avtomobil yo‘lning chekkasiga o‘zi o‘tib, atrofdagilarga SOS belgisini beradi.

GM qachon bunaqa narsalarni senda ko‘ramiz?

@magnitofficial

Magnit

08 Nov, 07:24


Qisqa e’lon:
Kimga "Magnit" kanaliga o‘xshash bo‘lgan boshqa "ilmiy ommabop" kanal bo‘lsa reklama barter qilish imkoniyatimiz bor.
Bu hammasi bepul, shunchaki ijodimiz yanada ko‘proq odamga yetib borishi uchun maxsus community tuzamiz obunachilarni almashib turamiz.

Barcha talab va takliflar uchun: @abdullastation

Magnit

08 Nov, 05:56


Naqadar go‘zal: Shveysariyadagi Yungfrauox vokzalining tepadan ko‘rinishi.

Bu SI tomonidan tayyorlangan navbatdagi video emas, bu joy chindan ham mavjud va 3.500 metr balandlikda faoliyat yuritadi.

@magnitofficial

Magnit

07 Nov, 15:37


NASA Yupiterning so‘ngi suratlarini taqdim qildi

@magnitofficial

Magnit

27 Oct, 08:25


Astronavt koinotda ketchupni qanday qilib yeyishi haqida bo’lishdi.

@magnitofficial

Magnit

26 Oct, 15:49


😁😁😁

Siz ham mem yasab instagramda meni belgilashingiz mumkin. Videoni originalini @abdullastation kanalidan topasiz

@magnitofficial

Magnit

26 Oct, 13:06


Konsert dasturlarida sahnalashtirish ishlari qanchalik mushkul?
Video sizga aniq javob bera oladi.

Ekraningizda shunchaki bir stadionda olingan 6 kunlik timelapse.
Unda ketma-ket basketbol uchrashuvi, 4 ta konsert va kutilmaganda xokkey matchi ham o‘tkazilgan.

@magnitofficial

Magnit

26 Oct, 12:25


O‘limdan keyin hayot bor!

Xitoylik olimlar guruhi cho‘chqaning o‘limidan 50 daqiqa o‘tib uni jonlantirishga muvaffaq bo‘lishdi. Endi ular bu tajribani odamlarda sinab ko‘rishmoqchi.
Odam va cho‘chqa o‘rtasida qanday o‘xshashlik aniqlashgan, men shaxsan bilmayman.
Hozirgi kunda shifokorlar to‘xtagan yurakni 5-8 daqiqadan keyin qayta tiriltirish imkoniyatiga ega.

Bu ish qanchalar to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri... buni endi vaqt ko‘rsatsa kerak.

@magnitofficial

Magnit

26 Oct, 11:14


Avstraliya albatta o‘z o‘rgimchaklari bilan juda ham mashhur.
Lekin bu qo‘rqinchli hasharotlar fonida kenguruni ham unutmaslik kerak.

Ekraningizda Avstraliyalik oilaning odatiy kuni. Bunday hodisa har qanday avstraliyalik odamning uyida sodir bo‘lishi mumkin.

@magnitofficial

Magnit

26 Oct, 10:41


Boshqotirma:
Googlega ishga kirish juda ham ko‘p sonli insonlarning orzusi.
Qiziqarli tomoni google bir vaqtlar odamlar o‘rniga jonivorlarni ishga olgan.

Savol: Kompaniya qanday jonivorni va nima maqsadda ishga yollagan???

@magnitofficial

Magnit

26 Oct, 09:07


Nega tog‘ havosi odamlarga yoqadi?

Chunki unda chang miqdori oz.

XIX asrda yevropaliklar allergik yoki o‘pka kasalliklardan aynan tog‘li hududlarda davolanishgan. Ular tog‘larning baland nuqtalariga ko‘tarilib, chuqur nafas olib turli mashg‘ulotlar o‘tagan.

Lekin XX-asrda tuberkulyoz kasalligiga qarshi antibiotiklar ishlab chiqarila boshlandi va odamlar. tabiat qo‘yniga yo‘l olmay qo‘ydilar.

Shu-shu insoniyat tabiatdan ajralib faqat mastava ichgani toqqa chiqadigan bo‘lgan.

@magnitofficial

Magnit

25 Oct, 19:23


Ertadan boshlab hamma ishlarimni ertaga qoldirishni to‘xtataman.

Xayrli tun...

Magnit

25 Oct, 10:37


Jamoadagilar bilan kecha o‘zbek tili, ayniqsa Toshkent shevasi qay darajada noodatiy ekanligi haqida gaplashgandik.
Unga ko‘ra, e'tibor bering, adabiy shevada "Qayoqqa qaray" gapi "Qaqqa qariy","Usha yerga qoqaqol" esa "ushaqqa qoqaqo" bo‘lar ekan.
Xo‘sh meni ilm-fan shaydosi bo‘lgan obunachilarim yana qanday so‘zlarni biladi???

Magnit

25 Oct, 08:53


O‘zbekiston tog‘laridan Ipak yo‘li davriga oid ikkita qadimiy shahar topildi

Arxeologlar O‘zbekiston tog‘larida dengiz sathidan ikki kilometrdan ortiq balandlikda yo‘qolgan ikkita o‘rta asr shaharini topdilar. Ular Ipak yo‘lidagi muhim markazlar bo‘lib, VI asrdan XI asrgacha gullab-yashnagan.
Katta shahar hisoblanmish To‘g‘onbuloqda o‘n minglab odamlar yashagan va bu shaharni Samarqand bilan taqqoslash mumkin edi. Arxeologlar bu yerda metallurgiya ishlab chiqarishini ko‘rsatuvchi pech va o‘choqlar qoldiqlarini topdilar.

Ikkinchi shahar - Toshbuloq o‘n barobar kichikroq edi. U tadqiqotchilarni yuzlab erkaklar, ayollar va bolalar qabrlari bo‘lgan katta qabriston, shu jumladan mintaqadagi eng qadimgi musulmon qabrlaridan biri bilan qiziqtirgan.

Qiziqarlisi bu haqida xali bironta o‘zbek OAVi ma'lumot bermadi.

@magnitofficial

Magnit

24 Oct, 20:12


Eynshteynni nega daho deyishligini bilasizmi?

Sababi u E=mc2 tenglamasini o‘ylab topgan.

Bu tenglama esa energiya va massa o‘rtasidagi muhim aloqani anglatadi.

Buning sodda izohi shundaki, har qanday mayda jism o‘z ichida ko‘zga ko‘rinmas ulkan energiya manbasini olib yuradi. Aynan shu formuladan keyin butun dunyoda texnologik inqilob yuzaga keltirgan. Aynan atom bombasining ixtiro qilinishi ham shu masala bilan chambarchas bog‘liqdir.

Eynshteynning bu masalasini nafaqat ilmiy tomondan, balki psixologik jihatdan o‘zingizga motivatsiya qilib olishingiz mumkin. Sizning orzularingiz formuladagi m - massa kabi o‘ta kichkina bo‘lishi mumkin. Lekin unga to‘g‘ri yo‘nalish berib, unga aniq energiya bera olsangiz, siz ham katta ishlarni amalga oshira olasiz.

Magnit

24 Oct, 16:08


Dubay bizni yana lol qoldirmoqchi!

Shaharda eniga 22.5 metr keladigan, ammo juda ham baland bo‘lgan ultra ingichka bino barpo qilishmoqchi.

73 qavatli binoda 131 ta xonadon bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Uning ichida spa xonalar, o‘yin maydonchasi, tennis kort hamda ichki kinoteatr ham bo‘ladi.

Loyihaga "Muraba Veil" deb nom berildi va 2028-yilning dekabr oyigacha qurib bitkazilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunda Saudiya Arabistoni ham "Neom" nomli mega loyiha boshlagan, ammo investorlar soni kamligi tufayli noma’lum muddatga qoldirilgan. "Muraba Veil" arablarning yana bir shov-shuvli, ammo bitmaydigan loyihasi bo‘ladimi yoki chindan ham yakunlanadimi?

@magnitofficial

Magnit

24 Oct, 15:53


O‘ta eski muammoga o‘ta zamonaviy yechim

@magnitofficial

Magnit

24 Oct, 10:27


Vanihoyat kimningdir miyasiga bolalikdagi orzularimiz g'oya ko‘rinishida keldi!

Kanadalik injener g'ishtlarni lego konstruktorlari ko‘rinishida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Ekraningizda u prototipi, ko‘rinishidan o‘yinchoqni eslatib yuborsada, aslida bu haqiqiy qurilish anjomi hisoblanadi.

@magnitofficial

Magnit

24 Oct, 06:38


Germaniyada haftada 4 kun ishlash tizimi sinab ko‘rildi. Natijalar esa sizni hayron qoldirishi aniq!

6 oy davom etgan eksperimentda xodimlar oylik daromadlarini saqlagan holda kamroq, ishladilar, natijada esa:

xodimlarning jismoniy va ruhiy holati yaxshilandi;

Yangi xodimlarning ishga kirishishi yengillashdi;

Kompaniya tushumlari esa o‘zgarishsiz qoldi.

Eksperimentni yakunlash chog‘ida esa ular ishtirokchilarda, kortizol miqdorini tekshirishdi va u tanada ortganiga guvoh bo‘lishdi.

Yakunda esa olimlar haftadaa 4 kun ishlash kompaniya uchun muvaffaqiyatli, xodimlar uchun esa yoqimli bo‘lishini aniqlashdi.

O‘zbekistonda yaqin 400 yil ichida shunday bo‘larmikan?

@magnitofficial

Magnit

24 Oct, 06:29


Sun'iy idrok tomonidan tayyorlagan "Titanik" filmining yangicha talqini.

Jeyms Kemeron v xayrane
@magnitofficial

Magnit

23 Oct, 17:40


Live stream finished (51 minutes)

Magnit

23 Oct, 16:49


Live stream started

Magnit

23 Oct, 11:33


Kofexo‘rlar uzoq umr ko‘rishadi!!!

Endi bu fakt diyetologlar tomonidan ham tasdiqlandi.

Qahva mikroelementlarining mohiyati shundaki, ular miyaning qon tomirlariga tiqilib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi va uni quvvatda ushlab turishga yordam beradi.

Lekin shunday bo‘lsa-da bir kunda 2-3 marta ayniqsa shakarsiz ichish kerakligi tavsiya qilinmoqda.

Hamma qahvaga - endi uzoq yashashimiz mumkin.

@magnitofficial

Magnit

23 Oct, 06:49


Abdullastationda yangi video, fikringizni kutib qolaman😎
https://www.youtube.com/watch?v=I0uT_iUrYVw

Magnit

22 Oct, 14:20


Bu yashirin kameralarning detektori

Shunchaki uni olib ko‘zingizga tutsangiz bas, hammasi sizga ko‘rinar ekan.

@magnitofficial

Magnit

22 Oct, 11:57


Afsuski bu portlashlarning faqatgina ko‘rinishi go‘zal holos...