Surxondaryo viloyati hokimligi @axborot_xizmati Channel on Telegram

Surxondaryo viloyati hokimligi

@axborot_xizmati


Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot

Surxondaryo viloyati hokimligi (Uzbek)

Surxondaryo viloyati hokimligi Telegram kanali - bu Surxondaryo viloyati hokimligining rasmiy kanalidir. Bu kanal orqali Surxondaryo viloyati hokimligining so'nggi yangiliklarini va ma'lumotlarini olishingiz mumkin. Kanalda viloyat hokimligining faoliyatiga doir ma'lumotlar, interaktiv so'zlashuvlar, va boshqa foydali ma'lumotlar joylashadi. Agar siz Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyati bilan aloqani mazkur kanal orqali saqlab qolmoqchi bo'lsangiz, @axborot_xizmati kanaliga obuna bo'ling! Kanal orqali siz Surxondaryo viloyati hokimligining faoliyatining yana bir qancha yo'naltirilgan taraflarini o'rganishingiz va bilishingiz mumkin. Surxondaryo viloyati hokimligi Telegram kanali - eng maqbul, eng to'g'ri va eng tez yangiliklarga ega bo'ling! Sizga Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyati haqida eng so'nggi va eng to'g'ri ma'lumotlar taqdim etiladi. Obuna bo'lib, viloyatimiz hokimligining faoliyati bilan birga harakat qiling, so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling!

Surxondaryo viloyati hokimligi

20 Nov, 16:31


📹 Surxondaryoda xalqaro avtomagistral yo‘li bo‘ylab yashil belbog‘ yaratilmoqda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

20 Nov, 15:51


Rasmiy munosabat: Etika qoidalariga amal qilmaydigan internet nashrining fermer xo‘jaligi masalasidagi lavhasi yuzasidan

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Effect.uz`nomi bilan faoliyat yurituvchi internet sayti "Chirigan Surxondaryo: Hokimning erkatoyiga hammasi mumkinmi?" sarlavhasi ostida videolavha e’lon qildi. Undagi asosiy masala aka-singil o‘rtasida fermer xo‘jaligining topshirilishi ko‘tarilgan.

Biroq, saytning "jurnalist"man degan vakili etika qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, 3 millionga yaqin aholi istiqomat qiladigan butun boshli viloyatni "chirigan" deb atab, sarlavha qo‘yishi har qanday sog‘lom fikrli insonni beixtiyor o‘yga toldirishi tabiiy hol.

Butun dunyoda, jurnalistik faoliyatni qamrab oluvchi 400 ga yaqin qonunlar mavjud. Turli xil kodekslar mazmuni turli madaniy an’analardan kelib chiqgan holda bir-biridan farq qilsada, ko‘pchilik kodeksdagi huquqiy va axloqiy me’yorlar jurnalistikaning umumiy elementlarni o‘z ichiga oladi: haqqoniylik, ishonchlilik, boshqalarga hurmat, eng asosiysi jamoat javobgarligidir.

Masalaga aniqlik kiritishdan oldin, mazkur internet saytidan jurnalistika etika qoidalariga rioya qilishlarini, aholining nafratini qo‘zg‘aydigan harakatlarni sodir etmaslikni hamda buning uchun qonunchiligimizda javobgarlik borligini eslatib, savlavhani o‘zgartirish yuzasidan ogohlantiramiz.

Videolavhada keltirilgan holat bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlar orqali bir necha bor murojaat bo‘lib, tegishli o‘rganishlar o‘tkazilgan. Unda aniqlanishicha, Jarqo‘rg‘on tumani "Bobotog‘" mahallasida yashovchi fuqaro B.Choriyev muqaddam rahbarlik qilib kelgan "Xalqobod agro" fermer xo‘jaligiga singlisi M.Choriyevani fermer xo‘jaligi rahbari etib tayinlashni so‘rab, 2022-yil 28-mart kuni Jarqo‘rg‘on tumani hokimi nomiga ariza bilan murojaat qilgan va o‘z arizasiga "Choriyeva Mavludani fermer xo‘jaligi raisi etib tayinlash haqida"gi buyruq, "Xalqobod agro" fermer xo‘jaligining 2022-yil 28-mart kunidagi yig‘ilish bayoni, fermer xo‘jaligi rahbarligini Choriyeva Mavludaga o‘tkazish haqidagi rozilik xati va shaxsga doir hujjatlarni shaxsan o‘zi taqdim etgan.

Tuman hokimligi mazkur hujjatlarga asosan 2022-yil 14-may kuni "Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Xalqobod agro" fermer xo‘jaligiga Choriyeva Mavludani fermer xo‘jaligi rahbari etib tayinlash to‘g‘risida" qaror qabul qilgan.

Ayni vaqtda M.Choriyeva "Xalqobod agro" fermer xo‘jaligining rahbari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. B.Choriyevning muqaddam yozgan arizasi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida fermer xo‘jaligining ayni vaqtdagi rahbari M.Choriyeva bilan bo‘lgan suhbat davomida fermer xo‘jaligi rahbarligini topshirish rejasi yo‘qligini, o‘zi faoliyatini davom ettirishi hamda fermer xo‘jaligini rivojlantirish rejalari borligini, fermer xo‘jaligi rahbarligini ixtiyoriy topshirmasligini bayon etgan.

O‘zbekiston Respublikasi "Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida"gi Qonunning 59-moddasi beshinchi qismida "Manfaatdor shaxsning ishonchi himoya qilinishi lozim bo‘lgan hollarda, ma’muriy hujjatni bekor qilish yoki o‘zgartirish masalasi sud tartibida ko‘rib chiqiladi" deb belgilab qo‘yilgan. Vaholanki, ushbu holatda fermer ho‘jaligining ayni vaqtdagi rahbari M.Choriyeva manfaatdor shaxs hisoblanadi.

Bugungi kunda fuqaro B.Choriyev muqaddam rahbarlik qilib kelgan "Xalqobod agro" fermer xo‘jaligiga singlisi M.Choriyevani fermer xo‘jaligi rahbari etib tayinlash haqidagi arizasi, buyruq, yig‘ilish bayoni va boshqa hujjatlardagi imzo unga tegishli emasligi vaji bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan bo‘lib, mazkur ariza yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov guruhi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

20 Nov, 14:30


💼 Tayinlov

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi raisining tegishli farmoyishi bilan Boyqulov Sherpo‘lat Mamarayimovich - Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining kotibiyat mudiri lavozimiga tayinlandi.

Sherpo‘lat Boyqulov 1974-yilda Sherobod tumanida tug‘ilgan. 1997-yilda Termiz davlat universitetini, 2004-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – agroximik-tuproqshunos, iqtisodchi. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati.

Mehnat faoliyati davomida viloyat hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari, umumiy bo‘limi mudiri, Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i, viloyat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi, turizmni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining viloyat filiali rahbari lavozimlarida mehnat qilgan.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

20 Nov, 13:21


Fotogalereya: Stritbol musobaqalarining yorqin lahzalari

Termiz shahridagi "Surxon" sport majmuasida yurtimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan yoshlar "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida o‘tkazilayotgan Stritbol musobaqasining respublika final bosqichida kuch sinashishmoqda.

Ayni vaqtda C liga 16-21 hamda 22-30 yosh toifasida o‘g‘il bolalar jamoalari o‘rtasidagi murosasiz bahslar davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

20 Nov, 11:38


no comment | Surxondaryoda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

20 Nov, 09:30


🤽Termizda Stritbol musobaqasining final bosqichiga start berildi

Xabar berganimizdek, Termiz shahri "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida o‘tkazilayotgan Stritbol musobaqasining respublika final bosqichiga mezbonlik qilmoqda.

Bugun "Surxon" sport majmuasida musobaqaning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Shundan so'ng, mahalla yoshlari o‘rtasida C liga 16-21 hamda 22-30 yosh toifasida stritbol bahslari boshlandi. Ayni damda qizlar o‘rtasidagi bahslar o‘tkazilmoqda.

👏 Musobaqaning barcha ishtirokchilariga omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

18 Nov, 08:15


Surxondaryoda davlatimiz bayrog‘ining 33 yilligi keng nishonlanmoqda

Bugun O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida tantanali marosimlar tashkil etilmoqda.

Bugun erta tongda viloyat markazidagi "Bolajon bog‘i" hududidan Yoshlar markazi binosigacha bo‘lgan hududgacha 30 metrlik bayroqni olib yurish marshi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik faollari ishtirok etishdi.

Tadbirda bayrog‘imizda milliy-tarixiy an’analarimiz, uzoq o‘tmishga borib taqaladigan boy madaniyatimiz, poklik beg‘uborlik, go‘zallik, yaxshilik, donishmandlik, shon-shuhrat va sadoqat kabi buyuk fazilatlarimiz o‘z ifodasini topgani xususida so‘z yuritildi.

Yoshlar markazi binosi oldida tashkil etilgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning vohamiz ahliga bayrog‘imizning 33 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Harbiy orkestrlar, vohamizning taniqli san’atkorlari tomonidan Vatan madhini kuylovchi qo‘shiqlar hamda ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Shundan so‘ng, Termiz shahridagi "San’at saroyi" majmuasining konsertlar zalida bayrog‘imizning 33 yilligiga bag‘ishlangan tantanali konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Joylarda sana munosabati bilan bayram tadbirlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

18 Nov, 05:31


🇺🇿🇨🇳Xitoyda so‘rovnoma: Xorijliklar O‘zbekiston bayrog‘ini qanchalik bilishadi?

Qo‘shma ta’lim dasturi asosida Xitoy poytaxti Pekin shahrida taxsil olayotgan Termiz davlat universiteti talabalari xorijliklar o‘rtasida O‘zbekiston bayrog‘ini qanchalik tanishlari haqida so‘rovnoma o‘tkazishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

18 Nov, 03:00


🇺🇿 Bugun vatanimiz bayrog’i qabul qilingan kun!!!

1991-yil 18-noyabr — O’zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog’i to’g’risida”gi Qonuni qabul qilingan kun.

Barcha yurtdoshlarimizni ushbu sana bilan tabriklaymiz!

O’zbekistondagi tinchlik va osoyishtalik bardavom bo’lsin, bayrog’imiz baland-balandlarda hilpirayversin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

17 Nov, 10:39


Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod tumaniga tashrif buyurib, "Ko‘hitang" hududida "Surxon gold OURS" MCHJ tomonidan 760 gektar yer maydonini o‘zlashtirish va foydalanishga kiritish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Yangidan o‘zlashtirilayotgan mazkur yer maydonida tomchilatib va pivot tizimida sug‘orish orqali 500 gektarida g‘alla, 100 gektarida sabzavot va poliz ekinlari yetishtirish hamda 100 gektar maydonda bog‘ tashkil etish rejalashtirilgan. Buning uchun hududda 6 ming kub metr hajmli suv havzasi barpo etiladi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari Boyqishloq mahallasida infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish ishlarining borishi bilan tanishdi. Hudud bo‘ylab o‘rganish davomida ariq va zovurlar tozalanmaganligi, ko‘chalar tartibga keltirilmaganligi tanqid qilindi. Mahalla "yettiligi" va tuman mutasaddilariga bir hafta muddatda obodonlashtirish ishlarini yakunlash bo‘yicha topshiriq berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

16 Nov, 08:18


Xabar berilganidek, Termiz shahri “Tinchlik” mahallasida joylashgan “Shimoliy darvoza” suv ishlab chiqarish inoshootidan keluvchi diametri 300 mm bo‘lgan suv quvurida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ishlar doirasida Termiz shahrining quyidagi mahallalarida ham bugun, soat 22:00 gacha suv ta'minoti vaqtincha to‘xtatildi:

Manguzar;
Guliston;
Yulduz;
Shifokor;
Kattabog;
Surxon sohili;
Bogishamol;
Gulirano mahallalari.

Ta'mirlash ishlarini sifatli olib borish, ta'minotni tiklash maqsadida zarur texnika va mutaxassislar safarbar qilingan.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun "Surxondaryosuvta'minot" AJ istemolchilardan uzr so‘raydi hamda ta’mirlash davrida aholiga ichimlik suvi maxsus texnikalar yordamida yetkazib berilayotganligini ma'lum qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Surxondaryo viloyati hokimligi

16 Nov, 06:29


📢 Sariosiyo tumani aholisi diqqatiga!

🟠 Bugun, 16-noyabr kuni soat 18:20dan boshlab, Surxondaryo telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Xalq bilan muloqot» ko‘rsatuvi orqali Sariosiyo tumani to‘rtta sektori rahbari hamda mutasaddilar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.

📥 Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, shuningdek, hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefonlar:
(76) 223-54-58;
(76) 223-54-67

✈️ Telegram:
(99) 482-00-77

📎Ma’lumot uchun, mas’ullarning televidenie orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqishi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan "Davlat dasturlari ijrosi, loyihalarning amalga oshirilishi holati, shuningdek, kelgusidagi rejalar yuzasidan Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimlarining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida chiqish" rejasiga asosan amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

16 Nov, 05:52


Fakt 24 | Apelsin va limon yetishtirishdan 200 million so‘m daromad

Sariosiyo tumanida yashovchi mirishkorning 80 tup limon, uning gibrid navi hamda apelsindan olayotgan daromadlari haqida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

16 Nov, 05:14


📢 Diqqat e'lon: Ichimlik suvi tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi, tarmoqdagi mahallalarga suv maxsus texnikalarda yetkazib beriladi

🚰 Termiz shahri Tinchlik mahallasida joylashgan "Shimoliy darvoza" guruhli suv ishlab chiqarish inshootidan joylarga suv tarqatuvchi 300 mm o‘lchamdagi quvurida nosozlik yuzaga kelgan.

📍 Shu sababli ta’mirlash va nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilishi munosabati bilan bugun, 16-noyabr kuni soat 10:30 dan 22:00ga qadar Termiz shahrining quyidagi mahallalarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

Do‘stlik;
Saxovat;
Turon;
Navro‘z;
Tinchlik;
Shodlik;
Shifokor;
Ma'rifat;
"Abdurahmon Jomiy" mahallalari.

❗️Suv ta’minoti vaqtincha o‘chirilgan mahallalar aholisiga zaruratga ko‘ra ichimlik suvi maxsus texnikalar yordamida yetkazib beriladi.

🙏 «Surxondaryo suv ta’minoti» AJ yetkazilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

15 Nov, 16:48


Surxondaryo viloyati hokimi Ulug'bek Qosimov hududlarga tashrifidan so'ng, Termiz shahrining Tuproqqo'rg'on mahallasiga amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tashrif davomida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:

🗑hududni obodonlashtirish va chiqindilarni o'z vaqtida olib chiqish ishlari;

🔥kuz-qish mavsumida ko'p qavatli uylar hamda ijtimoiy soha obyektlarini isitish tizimini tashkil etish;

jinoyatchilikning oldini olish bo'yicha choralar ko'rish;

⚠️piyodalar yo'laklari va avtomobil yo'llarida harakat xavfsizligini ta'minlash.

Viloyat rahbari mutasaddilarga infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish va xavfsizlikni ta'minlash yuzasidan aniq vazifalarni belgilab berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

15 Nov, 13:59


📹 Ochiq osmon ostidagi muzey hamda “Yoshlar va turizm” ko‘chalari qurilishi, Axborot-kutubxona markazi faoliyati va xotin-qizlar bandligini ta’minlash ishlari bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

15 Nov, 13:37


O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuni loyihasining muhokamasi o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi vakillari ishtirokida “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuni”ning loyihasi, shuningdek, Surxondaryo viloyatining kelgusi yilga mo‘ljallangan mahalliy budjet parametrlari muhokama qilindi.

Xususan, budjetning shakllantirilishi, daromad manbalari, xarajatlar tarkibi va ularning samarali taqsimlanishiga doir masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahalliy budjetlarning barqarorligini ta’minlash va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning moliyalashtirilishini yaxshilash bo‘yicha takliflar bildirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

15 Nov, 12:36


Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasining juma kuniga mo‘ljallangan ish kuniga muvofiq Termiz, Angor va Muzrabot tumanlarida bo‘lib, turizm, madaniy meros, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar hamda xotin-qizlar bandligi masalalarida amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalarning borishi bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2300

#Surxondaryo #Fayoztepa #Qoratepa #Yoshlarturizmkocha #kutubxona #xotinqizlarbandlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

14 Nov, 13:05


😄 | Tajriba: Oltinsoydagi og‘ir toifali maktablarda “Ibrat maktabi” dasturi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari ko‘magida Oltinsoy tumanidagi og‘ir toifali maktablarning ta’lim-tarbiya sifati oshirilmoqda.

Yangi o‘quv yili boshida tumandagi maktablarga pedagogik yordam ko‘rsatish, zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etish, o‘quvchilarning fanga qiziqishini, pedagog kadrlar malakasini oshirish, yoshlarni kasbiy yo‘nalishlarni tanlashga tayyorlab, turli kasb-hunar to‘garaklariga jalb etish uchun Termiz davlat universitetiga 54- va 55-, Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga 44-, Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar universitetiga 13- va 12-, Termiz davlat pedagogika institutiga 5- va 9- maktablar biriktirilgan edi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 22-, 30- va 31- umumta’lim maktablari bilan mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

🔝Batafsil: https://uza.uz/posts/657195

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

14 Nov, 11:20


Surxondaryoda joriy mavsumda 6 mln daraxt ko‘chatlari ekiladi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod va Termiz tumanlarida bo‘lib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlari ekish uchun tayyorlanayotgan maydonlarni ko‘zdan kechirdi.

Xususan, Sherobod tumanida M39 avtomagistral yo‘lining ikki yonidagi bo‘sh maydonlarni meliorativ holatini yaxshilash maqsadida tuproq to‘ldirish ishlari bilan tanishildi. Hududga tanlab olingan adirlikning tuproqlari maxsus mashinalarda tashib kelinmoqda. Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tayyorlanayotgan maydon bo‘ylab, yashil belbog‘ yaratiladi.

Shundan so‘ng, Termiz tumani “Yangiobod” mahallasi hududidan tanlab olingan 100 gektar maydonni ko‘chat ekishga tayyorlash ishlari bilan tanishildi. Viloyat rahbari ishlarni sifatli olib borish, maydonning tuproq unumdorligini oshirish, sug‘orish tizimlari bilan ta’minlash yuzasidan vazifalarni belgilab berdi. Ushbu hududda bog‘ning yaratilishi kelgusida yashil belbog‘ vazifasini o‘taydi hamda "Afg‘on shamoli" keltirib chiqaradigan changlarning salbiy ta’sirini kamaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, Al-Hakim at-Termiziy majmuasida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan ham tanishilib, yo‘laklarni yangilash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilarga yangi vazifalar topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

14 Nov, 09:43


🖥🖥🖥
Maxsus reportaj | Tomorqa - daromad manbai


Termiz tumani aholisining tomorqadan samarali foydalishdagi boy tajribasi haqida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

14 Nov, 07:15


XII asrdagi innovatsiya: Vohamizdagi minora haqida bilasizmi?

Jarqo‘rg‘on minorasi — Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi XII asrga tegishli muhim tarixiy yodgorlikdir. Minora 1108–1109-yillarda Xuroson me’morchilik maktabi uslubida mashhur usta Ali ibn Muhammad Saraxsiy tomonidan Sulton Sanjarning buyrug‘iga binoan qurilgan.

Minoraning archa shaklida terilgan g‘ishtlari to‘qilgan matoni eslatuvchi effekt yaratadi. Bu elementlar ustida g‘ishtlardan yasalgan maxsus handasaviy belbog‘lar minoraning me’moriy husnini yanada boyitadi.

Minoraning asosi 8 qirrali bo‘lib, uning ustuni mavj shaklidagi 16 qirrali qobirg‘alardan iborat. Ichki qismida aylanma zinapoya bor, bu zinapoyalar yuqoridagi muazzin turishi uchun mo‘ljallangan maydonchaga olib boradi. Qurilish vaqtida minoraning balandligi taxminan 43 metrga yetgan bo‘lsa-da, hozirgi kungacha uning 21,6 metr qismigina saqlanib qolgan. Uning asos diametri 5,4 metrni tashkil etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

14 Nov, 06:26


🏆Surxondaryolik yoshlar umumjamoa hisobida chempionlikni qo‘lga kiritdi

Kecha Toshkent shahridagi Taekvondo assotsiatsiyasi Universal sport saroyida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida kurash bo‘yicha “Bosh prokuror kubogi” musobaqasining final bosqichi o‘tkazildi. Unda vohamiz terma jamoasi munosib ishtirok etib, turli vazn toifalarida chempionlikka erishdi.

Jumladan,
🥇Sayyora Niyozova 48 kg vazn toifasida 1-o‘rinni;
🥇Xurshida Abduvoxidova 57 kg vazn toifasida 1-o‘rinni;
🥇Avazjon Ashurov 73 kg vazn toifasida 1-o‘rinni;
🥇Abdullo Amirov 81 kg vazn toifasida 1-o‘rinni;
🥇Akbar Abdug‘aniyev 90 kg vazn toifasida 1-o‘rinni;
🥇Raxmon Yusupov +90 kg vazn toifasida 1-o‘rinni;
🥉Oybarchin Mustafoqulova 87 kg vazn toifasida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa Surxondaryo viloyati terma jamoasi 6 ta oltin va 1 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida musobaqani birinchi o‘rin bilan yakunladi va kubok sohibi bo‘ldi.

👏Vohamizning polvon yoshlarini erishilgan natija bilan qutlaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

14 Nov, 05:39


👁Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish tadbirlari

✔️Soliq organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish maqsadida, umumiy ovqatlanish sohasida onlayn – NKTdan foydalanish hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan ayrim tovarlarni majburiy raqamli markirovkalash qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.

📊Xususan, Surxondaryo viloyati soliq xizmati xodimlari tomonidan joriy yilning oktabr oyida o‘tkazilgan 65 ta nazorat tadbirlari davomida qator holatlar aniqlanib, huquqbuzarlarga nisbatan jami 801,3 mln so‘m miqdorida moliyaviy jarimalar qo‘llanilgan.

🍚 Umumiy ovqatlanish sohasida:

33 ta holatda xaridorga onlayn - NKTdan 3 mln 609 ming so‘mlik chek berilmaganligi hamda 14,2 mln so‘m naqd pullar onlayn-NKTga kirim qilinmaganligi;

14 ta holatda 14 nafar norasmiy ishchilar faoliyat yuritayotganligi;

5 ta holatda markirovka qoidalariga zid tarzda 153 ming so‘mlik alkogol va tamaki mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi;

1 ta holatda boshqa shaxslarga tegishli onlayn-NKTdan foydalanilganligi aniqlangan.

❗️Shuningdek alkogol, tamaki hamda dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 32 ta holatda onlayn-NKTdan 972 ming so‘mga chek berilmaganligi hamda 6,9 mln so‘m naqd pullar onlayn-NKTga kirim qilinmaganligi aniqlangan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

14 Nov, 04:52


📢 Vohamiz aholisi diqqatiga!

📆 Bugun, 14-noyabr kuni soat 19:00dan boshlab, Surxondaryo telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Xalq bilan muloqot» ko‘rsatuvi orqali “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali, Muborak magistral gaz quvurlari boshqarmasi Qumqo‘rg‘on gaz quvurlari foydalanish markazi rahbarlari hamda shahar va tumanlar bo‘limlari boshliqlari bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.

📥 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, shuningdek, hududlarda gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin.

☎️Murojaat uchun telefonlar:
(76) 223-54-58;
(76) 223-54-67

✈️Telegram:
(99) 482-00-77

📎Ma’lumot uchun, mas’ullarning televidenie orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqishi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan "Surxondaryo viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida aholini xabardor qilish maqsadida boshqarma, tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida ochiq muloqot o‘tkazish rejasi"ga asosan amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

14 Nov, 04:32


Termiz shahrida kuzgi yomg‘ir bilan birga tabiat o‘zining oltin ranglari bilan o‘zgacha nafosat kasb etmoqda

Yomg‘ir shahar ko‘chalari va xiyobonlariga mayin tus bag‘ishlaydi, daraxtlarning yaproqlari namlikdan jilvalanib, oltin va sariq ranglarda tovlanadi.

Yomg‘irli havoda Amudaryoning nam shabadasi o‘ziga xos xushbo‘ylik va orom bag‘ishlaydi. Daraxtlar orasidan o‘tgan shabada oltin yaproqlarni uchirib, ularni sokin daryo tomon yetaklaganday tuyuladi.

🟠 Foto: Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

11 Nov, 05:55


#sarhisob

👥 Surxondaryoda maktabgacha ta'limning qamrov darajasi

🔼 Joriy yilning 9 oyi davomida jami 403 ta yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shundan, 10 ta davlat, 3 ta DXSh, 390 ta oilaviy bog‘chalar tashkil etildi. Bugungi kunda qamrov 62,7 foizdan 66,3 foizga yetkazildi.

💰 Viloyatda yil yakuniga qadar 11 ta yangi bog‘cha quriladi, 13 ta bog‘cha ta’mirdan chiqariladi, shuningdek, 231 ta oilaviy, 6 ta DXSh hamda 14 ta xususiy bog‘chalar tashkil etilishi natijasida 175 578 nafar tarbiyalanuvchilar qamrab olinib, qamrovni 67,8 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

11 Nov, 04:01


Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni

Kasaba uyushmasi – fuqarolarning o‘z faoliyati yoki o‘qishi turi bo‘yicha umumiy kasbiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, ularning mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida tuziladigan, o‘z ustavi asosida faoliyat ko‘rsatadigan ixtiyoriy jamoat birlashmasidir.

2020-yil 23-noyabr kuni imzolangan Qonunga ko‘ra, 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni etib belgilangan.

O‘z safida millionlab a’zolarni birlashtirib, ularning mehnatga oid huquq va manfaatlarini ta’minlashda yaqindan yordam berib kelayotgan kasaba uyushmalari xodimlari va a’zolarini bugungi sana bilan muborakbod etamiz!

Ma’lumot uchun, bu kabi bayramlar Avstriya, AQSh, Gretsiya, Indoneziya, Kanada, Latviya, Singapur, Fransiya, Xitoy, Shveytsariya kabi davlatlarda, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston singari MDH davlatlarida nishonlanib kelinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

10 Nov, 14:48


O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni va Ozarbayjonga tashrif buyuradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-13-noyabr kunlari xalqaro sammitlarda ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Saudiya Arabistoni va Ozarbayjon Respublikasida bo‘ladi.

Ikki muqaddas masjid xodimi - Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan davlatimiz rahbari 11-noyabr kuni G‘azo va Livandagi vaziyatning keskinlashuvi hamda Yaqin Sharqdagi mojaroga tez fursatda yechim topish choralarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi.

12-13-noyabr kunlari O‘zbekiston yetakchisi Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga ko‘ra BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) tadbirlarida qatnashadi.

O‘zbekiston Prezidentining mazkur sammitlarda nutq so‘zlashi, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

10 Nov, 11:47


Davlatimiz rahbari huzurida joriy yil 7-noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 2025-yil suv xo‘jaligida «Nasoslar samaradorligini oshirish yili» bo‘lishi ta’kidlanib, bu borada mutasaddilarga muhim vazifalar belgilab berilgan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda 2025-yilda vohada suv xo‘jaligini modernizatsiya qilish borasida muhim vazifalarni belgilab olish maqsadida bugun Muzrabot tumanida seminar o‘tkazildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida viloyat va tumanlar sektor rahbarlari hamda suv xo‘jaligi mas’ullari ishtirok etdi.

Seminarda hududlar kesimida amalga oshiriladigan vazifalar va loyihalar muhokama qilindi. Jumladan, Oltinsoy va Qiziriq tumanlaridagi kollektorlarda gidroinshootlar qurish orqali ikkita, quvvati 200-230 kVt bo‘lgan kichik GES faoliyatini yo‘lga qo‘yish, viloyat bo‘yicha davlat muassasalari hisobidagi 420 km kanallar hamda, klaster va fermer xo‘jaliklarining 1 200 km ichki ariqlarini betonlash, geomembrana yotqizish, shuningdek, 326 km xo‘jaliklararo irrigatsiya tarmoqlarini, 6 969 km xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlarini tozalash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Viloyat rahbari hududlar va tarmoqlar kesimida mutasaddilarga aniq muddat va hajmlarda vazifalarni belgilab berdi. Seminar yakunida suv tejovchi texnologiyalar va irrigatsiya tarmoqlarida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimot qilinib, kanallarni betonlash ishlari ko‘rgazmali tarzda ko‘rsatib berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

10 Nov, 09:52


#Surxoniftixorlari

Eng yaxshi investitsiya — farzand taʼlimiga kiritilgan investitsiyadir!

🕌 Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar olimpiadasi gʻolibi, 28-Bolqon matematika olimpiadasining kumush medali sohibi Javohir Anvarov Termiz shahridagi 14-maktabning 9-sinfida oʻqiydi.

Unga kuni kecha Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro olimpiada gʻoliblarini taqdirlash marosimida yirik pul mukofoti topshirildi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

10 Nov, 07:10


😄 | Surxondaryoda shifokorlar sharaflandi

Tibbiyot xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan Termiz shahridagi “Olmos” to‘yxonasida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda keyingi yillarda mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar inson qadrini ulug‘lashga yo‘naltirilayotgani alohida ta’kidlandi. Yurtimizning olis va chekka hududlarida ham yuqori malakali tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga e’tibor kuchaytirilayotgani qayd etildi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/655432

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

10 Nov, 06:09


Qadrli tibbiyot xodimlari va soha faxriylari!

Avvalo, xalqimiz salomatligini asrashdek masʼuliyatli va sharafli yoʻlda oʻzini ayamasdan, fidokorona mehnat qilib kelayotgan Siz azizlarni Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Davlatimiz rahbari Siz soha xodimlariga yoʻllagan tabrigida taʼkidlaganlaridek, el-yurt salomatligi – jamiyatning  bebaho boyligidir. Tinchlik va sogʻliq boʻlgan joyda albatta oʻsish va oʻzgarish, baxtli va farovon hayot boʻladi. Shu maʼnoda, Yangi Oʻzbekistonimiz erishayotgan katta yutuqlarda, inson kapitalini rivojlantirishda Siz aziz, jonkuyar tibbiyot xodimlarining munosib hissasini eʼtirof etib, har qancha rahmatlar aytsak, arziydi.

Sogʻliqni saqlash sohasini tezkor va samarali, xalqchil tizimga aylantirish yoʻlida Sizlar oʻz zimmangizdagi masʼuliyatni sharaf bilan ado etish uchun bor bilim va mahoratingiz, salohiyat va tajribangizni, azmu shijoatingizni namoyon etishingizga ishonaman.

Fursatdan foydalanib, barchangizni kasb bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga qut-baraka tilayman.

Hamisha sogʻ-omon boʻling, aziz salomatligimiz posbonlari!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

09 Nov, 18:23


📹Oltinsoyda aholi bandligi va turmush farovonligini oshirish ishlari hamda korxonalar faoliyati bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

09 Nov, 11:03


Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oltinsoy tumaniga tashrif buyurib, Karsagan mahallasida 50 gektar maydonda tashkil etilgan zaytunzor, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga kiritilgan xonadon, mahallada infratuzilmani yaxshilash, migratsiyadan qaytgan fuqarolarning bandligini ta’minlash ishlari bilan tanishdi.

Shuningdek, “Ab sux super” xususiy korxonasining yumshoq mebellar ishlab chiqarish hamda "Sulton sharbati" MChJ agrofirmasida uzumdan vino ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishildi. "Sulton sharbati" MChJ agrofirmasining mehmonxona, konyak spirti ishlab chiqarish, uzumni qayta ishlash, qadoqlash sexi va vino yerto‘lasi qurish hamda ekoturizm maskani tashkil etish loyihalari taqdimoti ko‘rib chiqildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2296

#Surxondaryo #zaytunzor #dastur #Absuxsuper #Sultonsharbat

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

09 Nov, 09:20


Mamlakatimizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi tibbiyot xodimlarining kasb bayrami kuni sifatida keng nishonlab kelinadi. Bugun sana munosabati bilan Termiz shahridagi “Olmos” to‘yxonasida tibbiyot xodimlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Bayram tadbirida Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Ilhom Saparov viloyatimiz hokimining sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

So‘ngi uch yilda viloyatimizda 50 dan ziyod oilaviy shifokorlik punkti, oilaviy poliklinikalar hamda 237 ta olis va chekka hududlarda “Mahalla tibbiyot punkt”lari tashkil etilib, 100 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ hisobiga zamonaviy tibbiy apparaturalar bilan jihozlanganligi, natijada qo‘shimcha ravishda yana 350 mingdan ortiq aholini birlamchi tibbiy xizmat bilan qamrab olishga erishilganligi qayd etildi.

Tibbiyot xodimlari bayrami munosabati bilan davlatimiz rahbari farmoni asosida sohaning bir guruh fidoyi xodimlari davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular orasida 2 nafar surxondaryolik soha fidoyilari ham bor.

Tadbirda ushbu davlat mukofoti sohiblariga orden va medal hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, tizimda alohida o‘rnak ko‘rsatgan bir guruh tibbiyot xodimlari viloyat hokimligining faxriy yorliq va sovg‘alari bilan taqdirlandi.

To‘kin va fayzli dasturxon atrofida davom etgan bayram tadbirida poytaxtdan tashrif buyurgan va vohamizning taniqli san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar sog‘ligimiz posbonlariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

09 Nov, 03:29


Xushxabar: Afruza Hamdamova — ikki karra jahon chempioni bo‘ldi!

Braziliyada bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi FIDE jahon chempionatining 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi bahslarida hamyurtimiz Afruza Hamdamova muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritdi!

U 10 ta partiyada 9,5 ochko to‘pladi (9 ta g‘alaba, 1 durang) va endi oxirgi turda qanday natija ko‘rsatishidan qat’iy nazar, birorta raqibi unga yeta olmaydi.

Afruza o‘tgan yilgi FIDE jahon chempionatida 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar orasida ham muddatidan oldin g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi va jahon chempioniga aylangan O‘zbekistondagi ilk ayol shaxmatchi bo‘lgandi.

Ma'lumot uchun, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tug‘ilgan Afruza Hamdamova hozirda Samarqand shahrida istiqomat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

06 Nov, 14:33


😄 | “Yangi O‘zbekiston” massivlari obod va farovon turmush mezoni

Surxondaryo viloyatining Termiz tumanidagi Yangiobod mahallasida “Yangi O‘zbekiston” massivi bunyod etilmoqda.

Hududda “Yangi O‘zbekiston” bog‘ini o‘z ichiga olayotgan muhtasham massiv uchun 55,5 gektar yer maydoni ajratilgan. Uning 28,5 gektarida “Yangi O‘zbekiston” massivi, 27 gektarida “Yangi O‘zbekiston” bog‘i barpo etilmoqda. “Yangi O‘zbekiston” massivida 6 ming 280 xonadonga mo‘ljallangan 74 ta ko‘p qavatli uy quriladi.


🔝Batafsil: https://uza.uz/posts/654162

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

06 Nov, 11:50


Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sho‘rchi tumaniga tashrifidan so‘ng, Qumqo‘rg‘on tumanida mahallalar "yettiligi" va ularning viloyat, tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirokidagi muhokama yig‘ilishida qatnashdi.

Unda mutasaddilar mahallalarda “yettilik” faoliyatini samarali tashkil etish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berdi. O‘rganishlar davomida “yettilik” ishini sifatli yo‘lga qo‘yishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi, aholi bilan ishlashda a’zolarning ish faoliyati qoniqarsizligi qayd etildi.

Viloyat rahbari qayd etilgan holatlarni bartaraf etish, mahalla “yettiligi”ning ish samaradorligini oshirish, ularning faoliyatini sifatli tashkil etishga, har bir tizimning viloyat va tuman rahbari mas’ul ekanligini ta’kidladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

06 Nov, 11:00


😄 | Janubdagi harbiy qismlarda kitob mutolaasi keng targ‘ib qilinmoqda

Surxondaryo viloyati axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi Janubiy operativ qo‘mondonligi hamkorligida vohadagi harbiy qismlarda “Har bir askarga bitta kitob” shiori ostida kitob savdo-yarmarkalari o‘tkazilmoqda.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturida o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, jamiyatda kitobxonlikni hamda aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni rivojlantirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berilgan.

Batafsil: https://uza.uz/posts/654053

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

06 Nov, 10:20


Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sho‘rchi tumaniga tashrifini davom ettirib, "Tolli" oilaviy shifokorlik punkti faoliyati bilan tanishdi.

Tibbiyot maskani sharoitlari, kadrlar bilan ta’minlanishi, shuningdek, bemorlarga xizmat ko‘rsatish darajasi bilan tanishildi hamda mutasaddilarning oilaviy shifokorlar tomonidan ko‘rsatiladigan dastlabki tibbiy yordam, diagnostika va profilaktika xizmatlar borasidagi axboroti tinglandi. Oilaviy shifokorlik punktlarining aholi salomatligi uchun ahamiyati ta’kidlanib, xizmat sifatini oshirish, zarur uskunalar bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng, 20-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishilib, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Viloyat rahbari bolalarni sog‘lom ovqatlanitirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud sharoitlarga e’tibor qaratdi. Bolalarga ratsion asosida, sanitariya-gigiena qoidalariga qat’iy amal qilgan holda tayyorlangan ovqatlarni berish lozimligini ta’kilab, mutasaddilarga bu borada qat’iy nazorat o‘rnatish vazifasini topshirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

06 Nov, 09:25


📹 Topshiriqlar ijrosi: Termiz davlat universitetiga biriktirilgan maktablarda ta'lim sifatini oshirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

06 Nov, 08:08


Davlatimiz Rahbari tomonidan hududlarda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun sharoitlar yaratish hamda turizmni rivojlantirish, 24/7 rejimda faoliyat yurituvchi “Yoshlar va turizm” ko‘chalarini tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan edi. Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatining har bir hududida bittadan jami 15 ta ko‘cha tanlab olinib, namunaviy loyihalar asosida ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, bugun Sho‘rchi tumani Guliston mahallasi hududida tashkil etilgan “Yoshlar va turizm” ko‘chasi foydalanishga topshirildi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi.

Sho‘rchida tashkil etilgan mazkur ko‘chada 2 ta mini stadion, 250 o‘rinli tomoshagoh, "Warkout", basketbol, valeybol va harbiy-Vatanparvarlik musobaqalari o‘tkazish uchun mo‘ljallangan maydonlar hamda 50 o‘rinli amfiteatr barpo etilgan. Shuningdek, ko‘cha bo‘ylab 3,4 km uzunlikda veloyo‘lak tashkil etilgan. Bundan tashqari hududda gulchilik va ko‘chatchilikka ixtisoslashtirilgan issiqxona ham qurilgan.

Viloyat rahbari ko‘chaning tantanali ochilish marosimida ishtirok etib, tuman nuroniylari va faollari bilan suhbatlashdi. Shuningdek, hududda joylashgan maktabning bo‘sh binosida tashkil etilgan sport to‘garaklari hamda YoChQT va fizika faniga ixtisoslashtirilgan xonalar ko‘zdan kechirildi.

Tadbir yakunida mutasaddilar ko‘cha bo‘ylab tashkil etilayotgan bog‘ hududiga daraxt ko‘chatlari ekdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

27 Oct, 13:15


Saylov 2024 | Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi 133-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

27 Oct, 12:40


😄 | Surxondaryoda 904 ming 744 fuqaro saylovda ishtirok etdi

Surxondaryo viloyat hududiy saylov komissiyasida parlament va mahalliy Kengashlar saylovi jarayonlariga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

Bugun soat 15:00 holatiga ko‘ra, viloyatda jami saylovchilarning 62,72 foizi yoki 904 ming 744 nafari o‘zlari munosib deb bilgan partiya va nomzodlarga ovoz berdi. Saylovda hozirgacha 77-81 foizgacha saylovchi ovoz bergan. Sariosiyo, Uzun, Denov, Termiz tumanlari va Termiz shahrida yanada yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.

Batafsil: https://uza.uz/uz/posts/650716

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

27 Oct, 11:50


No comment | Surxondaryolik yoshlar saylovlarda faol ishtirok etishmoqda

Jumladan, Termiz tumanida 18 yoshga to‘lgan, birinchi marotaba saylovda ishtirok etayotganlar soni 877 nafarni tashkil etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

27 Oct, 11:26


Zamon | Bugun O‘zbekistonda parlament saylovlari kuni

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

27 Oct, 10:45


Xalq bilan birga:

Prezident saylovda ovoz berdi va fuqarolarga yurtimiz taqdiri va kelajagiga daxldorlik uchun minnatdorlik bildirdi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

27 Oct, 10:15


Surxondaryoda 110 yoshli onaxon saylov uchastkasiga borib, 105 yoshli Ikkinchi jahonurushi qatnashchisi uyidan ovoz berdi

Sherobod tumani Taroqli mahallasida yashovchi 110 yoshli onaxon "Shuhrat" medali sohibasi Soyib momo Choriyeva 81-saylov uchastkasiga borib, o‘z konstitutsion huquqidan foydalangan holda munosib nomzodlarga ovoz berdi.

Shuningdek, Boysun tumani Temir darvoza mahallasida istiqomat qiluvchi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 105 yoshli Shohimardon bobo Hamroyev xonadoniga tashrif buyurgan saylov komissiyasi a'zolari ko‘magida o‘zi tanlagan nomzodlar uchun ovoz berib, saylovda ishtirok etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

27 Oct, 09:25


Axborot 24 | Surxondaryo viloyatida saylov jarayonlari qizg‘in davom etmoqda

Termiz tumanidagi 209-saylov uchastkasida ham ovoz berish jarayonlari qizg‘in davom etayotgan bo‘lib, unda faollik ko‘rsatayotgan nuroniylar va yoshlar yaratilgan sharoitlar, saylovning o‘tishi haqida o‘z fikrlarini bildirishdi hamda barchani saylovlarda ishtirok etishga chorlashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

27 Oct, 08:56


✔️ Surxondaryolik ikkinchi jahon urushi qatnashchisi saylovda ishtirok etdi

Surxondaryoda uchastka saylov komissiyalari a’zolari saylov uchastkasiga kelib ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘lmagan keksalar, bemor va nogironligi bo‘lgan saylovchilarning xonadoniga borib, ularning o‘z konstitutsion huquqidan foydalanishiga sharoit yaratishmoqda.

Jumladan, Sho‘rchi tumani “Oqtumshuq” mahallasida yashovchi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 99 yoshli Rahmonberdi bobo Mirzarahimov ham o‘z uyida munosib nomzodlar uchun ovoz berdi.

– Shu paytgacha saylovlarda o‘zim borib ovoz berib kelardim. Bu gal uchastkaga borolmay qoldim-da, deb o‘tirgandim. Baraka topishsin, tashkilotchilar saylov qutisi bilan kelishdi. Uyda o‘tirib, o‘zim istagan nomzodlarga ovoz berdim – deydi Rahmonberdi bobo.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

27 Oct, 08:38


✔️ Saylov-2024: Surxondaryoda ham ovoz berish jarayonlari qizg‘in davom etmoqda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

27 Oct, 08:24


✔️ Surxondaryolik yosh kelin-kuyovlar saylovda ishtirok etdi

Vohamizda tashkil etilgan 865 ta saylov uchastkalarida davom etayotgan saylov jarayonlarida yoshlar ham faollik ko‘rsatib, o‘zlarining munosib deb bilgan nomzodlariga ovoz berishmoqda.

Xususan, Sho‘rchi tumani Kushon mahallasida joylashgan 546- hamda Sariosiyo tumani Bog‘iobod mahallasida joylashgan 741-saylov uchastkalarida bugun nikoh to‘ylarini nishonlayotgan yoshlar ovoz berish jarayonlarida ishtirok etishdi.

Ikkala kelin ham saylovda ilk marotaba ishtirok etayotganini aytib, ular uchun bugun qo‘shaloq bayram bo‘lganidan xursand ekanliklarini ta’kidlashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

27 Oct, 07:50


✔️ Surxondaryolik 105 yoshli onaxon saylovda ovoz berdi

Vohamizda tashkil etilgan 865 ta saylov uchastkalarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi uchun ovoz berish jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.

Shuningdek, keksa, saylov uchastkasiga kelish imkoniyati bo‘lmagan, uyda yotib qolgan fuqarolarning ham ovoz berishlari uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.

Jumladan, Denov tumani Bog‘i Eram mahallasida yashovchi 105 yoshli onaxon Bibirajab Murodova konstitutsion huquqidan foydalanib, o‘zi munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

27 Oct, 07:38


Harbiylar va yosh askarlar ham saylovlarda faol ishtirok etishmoqda

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi hamda Xayraobod garnizonlarida joylashgan saylov uchastkalarida ham Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga deputatlar saylovi uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

Ushbu jarayonlarda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari hamda muddatli harbiy xizmatchilar ishtirok etib, konstitutsion huquqlaridan foydalandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

24 Oct, 17:10


📹 Termizda o‘tkazilayotgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasining birinchi kuni

Sanoat yarmarkasining ochilish marosimi, tanishuvlar, muzokaralar, kelishuvlar hamda hujjatlarni imzolash tadbirlari o‘tkazildi. Yarmarka o‘z ishini davom ettirmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

24 Oct, 13:44


Bugun Termizda o‘z ishini boshlagan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasida ishtirok etish uchun Termiz xalqaro savdo markaziga tashrif buyurgan Afg‘oniston delegatsiyasi bilan kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazildi.

Unda Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Sherali Jo‘rayev, Savdo sanoat palatasi raisining o‘rinbosari Saidkamol Saidnazarxanov hamda mutasaddi boshqarma va idoralar rahbarlari, tadbirkorlar, Afg‘oniston tomonidan hukumat rasmiylari, ishbilarmon doira vakillari ishtirok etishdi. Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yangi bosqichda rivojlantirish, ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Shuningdek, sanoat yarmarkasi bilan yaqindan tanishgan mehmonlar va tadbirkorlarimiz o‘rtasida yangi loyihalarni amalga oshirish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarida tor doiradagi muzokaralar ham bo‘lib o‘tdi.

Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

24 Oct, 12:15


😄 | Termizda 500 turdagi sanoat mahsulotlari namoyish etilmoqda

Bugun Termiz tumanidagi O‘zbekiston – Afg‘oniston chegarasida barpo etilgan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi boshlandi.

Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, raqamli transformatsiya markazi, “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi, O‘zbekiston qurilish materiallari sanoat korxonalari uyushmasi hamda “O‘zkimyosanoat” uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan yarmarka raqobatbardosh, eksportbop, import o‘rnini bosuvchi zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, sanoat salohiyatini yanada oshirib, mahalliylashtirishni kengaytirishga yo‘naltirilgan.

Batafsil: https://uza.uz/posts/649344

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

24 Oct, 10:28


Xabar berganimizdek, bugun “Termiz xalqaro savdo markazi” hududida Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli transformatsiya markazi, "Airitom free zone", O‘zbekiston qurilish materiallari sanoat korxonalari hamda Uzkimyosanoat uyushmalari hamkorligida tashkil etilgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yarmarkaning ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, xolding kompaniyalari hamda ishbilarmon doiralar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, Afg‘oniston davlatidan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari qatnashishdi.

Viloyat rahbari tadbirni ochib berar ekan, respublikamizda ishlab chiqaruvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali sanoat salohiyatini rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilib, samarali choralar ko‘rilayotganini ta’kidladi hamda xalqaro savdo markazi Afg‘oniston bilan o‘zaro savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy aloqalarni yangi bosqichda rivojlantirishda muhim maydonga aylanganini qayd etdi.

Shuningdek, Afg‘oniston tomonidan so‘zga chiqqan rasmiylar bu kabi yirik sanoat yarmarkasining Termiz xalqaro savdo markazi hududida tashkil etilishi, afg‘on tadbirkorlari uchun berilayotgan yana bir imkoniyat ekanligini qayd etdi.

Ikki kun davom etadigan tadbirdan ko‘zlangan maqsad mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini o‘rganib chiqish, kelgusida sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish va ish ko‘lamini kengaytirish uchun buyurtmalar portfelini shakllantirishdan iborat.

Ma’lumot uchun, mazkur sanoat yaramarkasida 200 dan ortiq mahalliy tadbirkorlar hamda respublikamizning 5 ta tarmoq korxonalari o‘zlarining ishlab chiqarayotgan 500 turdagi sanoat mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

22 Oct, 15:30


Termiz shahridagi “Vatanparvarlar” bog‘ida "Vatan tayanchi" bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati a’zolarining “Va’da berish” marosimi o‘tkazildi. Tadbirda Yoshlar ittifoqi, harbiy prokuratura va boshqa tashkilotlar vakillari, Termiz shahridagi Prezident maktabi va ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan harakat a’zolari ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning mamlakat mudofaasidagi mas’uliyatini anglashlarini ta’minlash va harbiy xizmatga qiziqish uyg‘otishdir.

Marosim davomida yoshlarga “Vatan tayanchi” otryadining maxsus ko‘krak nishonlari topshirildi. Bu nishonlar yoshlarning harbiy tayyorgarlikdagi faol ishtiroklari, vatanparvarlik harakatlariga qo‘shilganligi va o‘zlarining Vatanga sodiq ekanliklarini ifodalaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

22 Oct, 14:55


😄 | Termiz davlat universitetida “Yoshlar markazi” ish boshladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida Termiz davlat universiteti qoshida tashkil etilgan “Yoshlar markazi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Surxondaryo viloyat hokimligi, BMT Taraqqiyot dasturi mutasaddilari, Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tantanali marosimda Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Takashi Xatori, BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fuji xonim, Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov va boshqalar keyingi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi azaliy do‘stlik, turli sohalardagi mustahkam hamkorlik aloqalari yangi bosqichda rivojlanayotganini ta’kidladi.

🔝Batafsil: https://uza.uz/posts/648494

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

22 Oct, 14:15


Bugun Surxondaryo viloyati hokimligi, Markaziy bank viloyat boshqarmasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida Termiz shahridagi Matbuot uyida banklar faoliyati, tizimda mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan OAV vakillari va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda Markaziy bank viloyat boshqarmasi boshlig‘i Azamat Radjabov va tijorat banklarining viloyat filiallari boshqaruv raislari ishtirok etdi. Dastlab, Markaziy bank rahbari va tijorat banklari boshqaruv raislari tizimda joriy yilning o‘tgan davrida banklar faoliyati, tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar haqida axborot berdi.

Shundan so‘ng, jurnalist va blogerlarning savollariga javoblar berildi hamda takliflari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, aholi tomonidan ko‘tarilayotgan masalalar o‘rtaga tashlanib, yechimi yuzasidan ko‘rilayotgan choralar haqida axborotlar berildi.

Matbuot anjumanidan keyin tashkil etilgan press-turda ishtirokchilar Termiz xalqaro savdo markazi – “Airitom free zone”, u yerda tashkil etilgan tijorat banklari filiallari faoliyati bilan tanishishdi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda vohamizda 13 ta tijorat banklari va ularning 16 ta filiallari hamda 98 ta minibank va bank xizmatlari ko‘rsatish markazlari faoliyat yuritib kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

22 Oct, 13:06


Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mehmonlar uyida Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Hatori Takashi hamda BMT taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakili Akiko Fujji xonim rahbarligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Yaponiya kompaniyalari bilan hamkorlikda O‘zbekiston-Yaponiya texnologiya universitetini tashkil etish, tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish, onkologik kasalliklarni davolash, oldini olishga qaratilgan tizimli tibbiy dasturni yo‘lga qo‘yish hamda boshqa loyihalar amalga oshirilayotganligi, shuningdek, 32 gektar maydonda Yaponiya texnologiyalari asosida biznes markazi, mehmonxona, texnopark, restoranlar, ko‘ngilochar maskanlar, akvapark hamda turar joylar kompleksini qurish rejalashtirilganligi ta’kidlandi.

Tomonlar hamkorlikdagi loyihalarning borishi, istiqboldagi rejalar hamda yoshlar, mahalla, xususiy sektor, sog‘liqni saqlash hamda davlat xizmati sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

21 Oct, 07:19


Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov vohamizga tashrif buyurgan Germaniya davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manfred Hutererni qabul qildi.

Uchrashuvda yurtimizning savdo-iqtisodiy, investitsion, turizm, ta’lim, migratsiya va boshqa sohalarda Germaniya davlati bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari to‘g‘risida so‘z yuritildi. Jumladan, viloyatimiz bilan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, savdo va investitsiyaviy aloqalarini kengaytirish imkoniyatlari mavjudligi qayd etildi.

Shuningdek, Germaniya kompaniyalari bilan energetika, turizm, qishloq xo‘jaligi, migratsiya va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

21 Oct, 06:44


Bugun Termiz shahridagi Alisher Navoiy haykali o‘rnatilgan maydonda O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi. Bayram tadbiri Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish bilan boshlandi. Tadbirda davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, tilshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, oliy, professional ta’lim va umumta’lim maktablari professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar, shuningdek, harbiylar ishtirok etishdi.

Bayram tadbirida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov so‘zga chiib, o‘zbek tilining dunyodagi eng jozibador, eng boy muloqot vositasi ekanini alohida ta’kidlab, jahondagi ilk leksikologik lug‘at ham aynan o‘zbek tilida yozilganini qayd etdi. Shuningdek, olimlar, tilshunoslar o‘z so‘zlarida mamlakatimizda mustaqillikkacha qabul qilingan “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunning tilimizni asrab-avaylash va nufuzini oshirishdagi ahamiyati hamda keyingi yillarda qaratilayotgan yuksak e’tibor haqida so‘z yuritishdi.

San’at saroyi majmuasida davom etgan tadbirda Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri san’atkorlari ona tilimiz ulug‘langan sahna asarlaridan parchalar namoyish etdi hamda vohamizning taniqli san’atkorlari va folklor jamoalarining chiqishlari o‘tkaziladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

21 Oct, 06:09


🇺🇿 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

Bugun O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga o‘ttiz besh yil to‘ldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

21 Oct, 04:18


21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

🎩 1989-yil 21-oktabrda “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Unga asosan, o‘zbek tili – O‘zbekiston Respublikasida yagona davlat tili sifatida tan olingan. Mazkur qonun 1995-yil 21-dekabrda yangi tahrirda qabul qilingan.

👨 Bugungi kunda dunyo bo‘yicha 50 mln nafardan ko‘proq odam o‘zbek tilida so‘zlashadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

20 Oct, 16:10


📹 Xalqaro avtomobil yo‘lida yashil hududlar yaratish, Muzrabotda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

20 Oct, 11:15


Avval xabar berganimizdek, M39 xalqaro avtomagistral yo‘lining Sherobod va Angor tumanlari kesishgan hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlari ekish uchun maydon tanlab olinib, yerni tayyorlash ishlari boshlangan edi. Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududda bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi hamda mutasaddilarning axborotlarini tingladi.

Tanlab olingan maydon meliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini oshirish, sug‘orish tizimlarini yaratish hamda birinchi ko‘chatlarning parvarishi bilan bog‘liq masalalarni hal qilib, shundan keyingina daraxt va buta ko‘chatlarini ekish vazifalari belgilab berildi. Shuningdek, xalqaro avtomagistral yo‘li bo‘yida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtlari qurish loyiha takliflari ham ko‘rib chiqildi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari Muzrabot tumani Obihayot mahallasida sobiq bozor o‘rnida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti, Bodomzor mahallasida loyiha qiymati 7,7 mlrd so‘mlik 500 boshga mo‘ljallangan chorvachilik kompleksi, Duoba mahallasida “Duoba parranda” MChJning go‘sht yo‘nalishida parranda yetishtirish faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, Shaffof mahallasida ko‘p yillardan buyon foydalanilmagan, tashlandiq holga kelib qolgan maydonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar bilan tanishildi.

Hudud mulkdoriga ajratilgan yer maydonidan samarasiz foydalangani uchun ogohlantirish berish hamda taklif etilayotgan loyihalarni boshlash topshirig‘i berildi. Bundan tashqari ushbu hududda ko‘p qavatli turar joylar qurish bo‘yicha loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni hal etish yuzasidan mutasaddilarga vazifalar topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

19 Oct, 13:05


Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sho‘rchi tumaniga tashrifi davomida Navro‘z mahallasida joylashgan "Markaziy Charag‘on" istirohat bog‘i bilan tanishdi. Bog‘ 1938-1940-yillarda qurilgan bo‘lib, keyingi yillarda zamon talablari asosida rivojlantirish, rekonstruksiya qilish hamda aholining hordiq chiqarishi uchun sharoitlar yaratish borasida yetarli ishlar amalga oshirilmagan.

Viloyat rahbari bog‘ni obodonlashtirish, yangi daraxt va o‘simliklar ekish orqali ekologik muhitini yaxshilash, bog'ning tabiiy go‘zalligini oshirish, dam olish maskanlari, o‘yin va sport maydonchalari qurish, jamoat tadbirlarini o‘tkazish uchun sahnalar va konsert maydonlari tashkil qilish hamda infratuzilmani yaxshilash vazifalarini topshirdi.

Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali bog‘ni aholi uchun jozibali maskanga aylantirish, tabiat bilan yaqin bo‘lish imkoniyatini yaratish muhimligi ta'kidlandi.

Shuningdek, hududlarga tashrif davomida Qumqo‘rg‘on tumani Munchoqtepa mahallasi hududidan o‘tuvchi M-41 xalqaro avtomobil yo‘li bo‘yida 1 gektar maydonda savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari qurilishi hamda Azlarsoy mahallasida Komila Oynaboyevaning xonadonida “Sayxunobod tajribasi” asosida yo‘lga qo‘yilgan biogumus yetishtirish, parrandachilik, quyonchilik va chorvachilik faoliyati bilan tanishildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

19 Oct, 09:50


Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida Navoiy innovatsiyalar universitetining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu universitet viloyatdagi ikkinchi nodavlat oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, endilikda 16 ta yo‘nalishda bakalavr va 3 ta yo‘nalishda magistrlar tahsil oladi.

Universitet zamonaviy sharoit va qulayliklar bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lib, u Hindistonning "MIT World Peace" universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Bu esa talabalar uchun qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida xorijiy davlatlarda ham tahsil olish imkoniyatini yaratadi. Universitet talabalari zamonaviy o‘quv uslublaridan foydalangan holda, xalqaro darajadagi sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi. Bu universitetning faoliyat boshlashi vohada ta’lim tizimining rivojlanishi va xorijiy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, Surxondaryo viloyatida bungacha 5 ta davlat, 1 ta nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

18 Oct, 16:45


📹 Etno shaharcha qurilishi – Eski Termiz madaniyati va tarixini qayta jonlantirishga, turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

18 Oct, 14:01


Dunyoning eng ulug' imoratini qurayotgan insonlar

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida tadbirkor 32,5 mlrd so‘mga maktab qurdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

18 Oct, 12:10


😄 | O‘zbekiston – tinchlik, ezgulik, ilmu ma’rifatni tarannum etgan yurt

Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligiga

Termiz shahrida Toshkent va Xiva shaharlarida o‘tkazilgan “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida joriy yilning 17-18-oktabr kunlari “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning 2024-yil 15-avgustdagi “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan nufuzli tadbir O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Surxondaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida o‘tkazildi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/647024

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimligi

18 Oct, 10:57


📢Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar hamda qiziquvchilar diqqatiga

🟠Ertaga, 19-oktabr kuni soat 10:00da Termiz shahrida joylashgan "Matbuot uyi" binosida "ROADSHOW" taqdimoti o‘tkaziladi.

Unda sohaning yetuk mutaxassislari hamda mutasaddilar tomonidan “Xalqchil IPO” dasturi haqida axborot beriladi.

Ishtirokchilar taqdimotda;
Xalqchil IPO`si nima?
Xalqchil IPO`da kimlar ishtirok etishi mumkin?
Xalqchil IPO`dan fuqarolarga qanday foyda bor?
Qanday qilib aksiyadan daromad topiladi?
IPO`da ishtirok etishning qanday afzalliklari bor?
kabi savollarga batafsil javob olishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon:
☎️+99855 511 0202

👨 Mutaxassis bilan bog'lanish: @kapdepo_support.

🌐 Ariza topshirish uchun: https://maps.app.goo.gl/GNpJjsHq8X8K5fun6

"ROADSHOW" taqdimotiga tadbirkor va ishbilarmonlar hamda barcha qiziquvchilar, shuningdek, jurnalist va blogerlar taklif etiladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, Xalqchil IPO doirasida UZEX aksiyalarini sotib olish uchun ariza topshirish yakuniga sanoqli kunlar qoldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

24,801

subscribers

31,135

photos

3,111

videos