Ota-ona maktabga janjal qilib kelsa
Maktabga janjal qilib kelgan ota-onalar bilan muloqotga kirishish metodi
Maktabga janjal qilib keladigan ota-onalar bilan muloqotda samarali bo‘lgan usullardan biri – bu avval ota-ona tarafida turgandek ko‘rinib, keyinchalik vaziyatni chuqur tahlil qilib, ularga o‘zlari qisman yoki to‘liq aybdor ekanliklarini tushuntirish metodidir.
Bu usul o‘zaro aloqalarni mustahkamlash va konfliktni yumshatishga yordam beradi.
Ota-onalar odatda o'qituvchining oldiga hissiyotga berilib kelishadi va bu holatda ularga darhol qarshilik ko‘rsatish yoki ularning gaplarini noto‘g‘ri deb aytish vaziyatni yanada murakkablashtirishi mumkin. Shu sababli, quyidagi qadamlar asosida harakat qilish ancha samarali bo‘ladi:
1️⃣Yolg'ondan bo'lsa ham ota-onalarning tarafida ekaningizni ko‘rsating
Muloqotni ularning fikrini tinglash va qo‘llab-quvvatlashdan boshlang. Masalan, "Farzandingiz haqida qayg‘urayotganingizni juda yaxshi tushunaman" yoki "Sizning bu masalada xavotirlanishingiz juda ham to'g'ri" kabi so‘zlar ota-onalarga ular haqli ekanligini his qilishi uchun muhim.
Bu nafaqat ularning g‘azabini pasaytiradi, balki sizga nisbatan ishonchni ham oshiradi, eng muhimi endi ular sizni tinglay boshlaydilar.
2️⃣Biroz hamdardlik ham bildirib qo'ying
Ularning his-tuyg‘ularini tushunishga urining. "Sizning o‘rningizda bo‘lganimda, men ham xuddi shunday o‘ylagan bo‘lardim," kabi iboralar orqali muloqotga iliqlik kiriting. Bu ota-onalar bilan muloqotni yanada yumshoq olib borishga yordam beradi.
3️⃣Holatni chuqur tahlil qiling va o'zingizni qarashingizni singdira boshlang
Vaziyatning har ikki tomonini ham o‘rganing. Sekin-asta ularning diqqatini muammoning boshqa jihatlariga qaratish orqali o‘quvchi yoki ota-onaning o‘z xatti-harakatlaridagi xatoliklarni ko‘rsatish imkoniyati tug‘iladi.
4️⃣Endi haqiqiy sabablarni ochib bering
Muammoning asl sababini tushuntirish uchun faktlardan foydalaning. Masalan, "Shunday holatlar bo‘ladiki, bolalar o‘z muammolarini to‘liq tushuntira olmaydilar. Balki bu vaziyatda boshqa bir omil ta’sir qilgandir," kabi iboralar orqali ota-onalar qanchalik qisman noto‘g‘ri xulosaga kelganini muloyimlik bilan tushuntirish mumkin.
5️⃣Sekin-asta javobgarlikni ularning o'ziga yuklang (sezdirib qo'ymang)
Ota-onaga o‘zlari yoki farzandlarining xatti-harakatlaridagi kamchiliklarni tan olish imkonini bering. Masalan, "Ehtimol, bu vaziyatni boshqacharoq hal qilishimiz ham mumkin edi," yoki "Aslida holat mana bunday bo'lgan edi," kabi yondashuvlar orqali javobgarlikni muloyim tarzda ularga o'tkazing.
6️⃣Yechim ham taklif qiling
Ota-onalar farzandi yoki o'zining aybini tan olib, bu noto‘g‘ri bo‘lganini anglaganidan so‘ng, ularga o‘zlarining farzandlari va maktab hayoti uchun qanchalik muhim hissa qo‘sha olishlarini ko‘rsating.
"Keling, bu vaziyatni birgalikda hal qilaylik," yoki "Farzandingiz uchun eng yaxshi yo‘lni topamiz," kabi ijobiy iboralar ularga hamkorlik qilish imkoniyatini beradi.
❗️Eslatma: Agar ushbu vaziyatda ota-onalar aynan sizni ayblash maqsadida kelgan bo'lsa, unda siz bu usulni boshqa pedagoglar yordami bilan amalga oshirishingiz kerak bo'ladi.
To‘g‘ri, maktabga jahl bilan kelgan ota-onalar bilan ishlash o‘qituvchilar uchun oson emas. Ammo bunday paytda maishiy masalalar pedagoglarning asabini buzishga arzimaydi. Shuning uchun biz aytgan usullarni imkon qadar ish faoliyatingiz davomida qo'llashga harakat qiling.
https://t.me/zamonaviyoqituvchi
ZAMONAVIY USTOZ

Kanal asoschisi: @FeruzaRaxmonjonovna
Menejer: @feruzajumaeva_manager
Online kurs natijalarimiz: @feruzajumayevanatija
Similar Channels



Zamonaviy Ustoz: Ta'limda Yangiliklar va Rivojlanishlar
Zamonaviy Ustoz, ta'lim sohasida o'z faoliyatini olib borayotgan pedagoglar uchun zamonaviy metod va yondashuvlarni taklif etuvchi muhim platformadir. Bu kanal ta'limga oid eng yaxshi resurslarni taqdim etadi va pedagoglarning professional rivojlanishiga yordam beradi. Kanal asoschisi Feruza Raxmonjonovna, ta'lim sohasida o'ziga xos tajribaga ega bo'lgan mutaxassis sifatida pedagoglar uchun yangiliklar va tadqiqotlarni taqdim etadi. Zamonaviy Ustoz, har bir pedagogni sifatli ta'limni taqdim etishga tayyorlash maqsadida yaratilgan. Bu erda onlayn kurslar, seminarlar va amaliy mashg'ulotlar orqali, pedagoglar o'z bilim va ko'nikmalarini yangilash imkoniyatiga ega bo'lishadi. Ta'lim sohasidagi eng muhim yangiliklar va metodlarni bilib olish uchun bu kanal ajoyib imkoniyatdir.
Zamonaviy Ustoz kanalida qanday resurslar taqdim etiladi?
Zamonaviy Ustoz kanali pedagoglarga o'zlarini rivojlantirish uchun turli xil resurslar, jumladan, onlayn kurslar, video darslar va maqolalarni taklif etadi. Ushbu resurslar, pedagoglarning zamonaviy yondashuvlar bilan tanishishlari va o'z uslublarini yangilashlari uchun foydali hisoblanadi.
Bundan tashqari, kanal ta'lim sohasidagi tegishli yangiliklar va tadqiqotlar bilan ham ta'minlaydi. Bu esa pedagoglarga o'z faoliyatlarida qaysi yangi metodlar va texnologiyalarni qo'llashlari kerakligini anglashga yordam beradi.
Onlayn kurslarga qanday qatnashish mumkin?
Onlayn kurslarga qatnashish uchun pedagoglar Zamonaviy Ustoz kanalining rasmiy sahifasiga kirishlari va kerakli kursni tanlashlari lozim. Har bir kursda talab qilingan shartlar, muddatlar va narxlar haqida ma'lumotlar beriladi, shuning uchun pedagoglar o'zlariga qulay keladigan kursni tanlashlari mumkin.
Qatnashish jarayoni odatda juda oson va tez amalga oshiriladi. Pedagoglar faqatgina ro'yxatdan o'tishlari va talab qilinadigan ma'lumotlarni taqdim etishlari kerak. Ma'lumotlar joylashtirgandan so'ng, ular kurs uchun tasdiq olishadi va o'quv jarayoni boshlanadi.
Feruza Raxmonjonovna kim va uning tajribasi qanday?
Feruza Raxmonjonovna Zamonaviy Ustoz kanalining asoschisi bo'lib, ta'lim sohasida ko'p yillik tajribaga ega mutaxassisdur. U nafaqat pedagogik faoliyat bilan, balki ta'limni rivojlantirish bo'yicha turli loyihalarda ham ishtirok etgan.
Uning maqsadi – pedagoglarga zamonaviy ta'lim metodlarini tanishtirish va ularni professional ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam berishdir. Feruza Raxmonjonovna o'z tajribasini kanalda taqdim etib, boshqa pedagoglarga ilhom berishga harakat qiladi.
Zamonaviy Ustoz kanali qayerda mavjud?
Zamonaviy Ustoz kanali ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, Telegram platformasida faoliyat yuritadi. Pedagoglar va ta'lim oluvchilar uchun qulay bo'lishi uchun, kanal keng auditoriyaga ega bo'lgan platformalarda ishlaydi.
Kanal rasmiy sahifalarida ta'limga oid yangi yangiliklar, tadqiqotlar va amaliy mashg'ulotlar haqida ma'lumotlar beriladi. Ushbu imkoniyatlar orqali pedagoglar o'z bilimlarini yanada kengaytirishlari mumkin.
Onlayn kurslar qanday foyda beradi?
Onlayn kurslar pedagoglarga o'z bilim va ko'nikmalarini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar taqdim etadi. Ular vaqt va joydan qat'i nazar, o'zlariga qulay vaqtda o'qish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Bu esa ta'lim jarayonini yanada moslashtirish imkonini beradi.
Bundan tashqari, onlayn kurslar ko'pincha interaktiv bo'ladi, bu pedagoglarga o'zaro muloqot qilish va fikr almashish imkonini beradi. Bunday maroqli va samarali o'qitish usullari, pedagoglarning o'z ustida ishlashlariga, ularning bilimlarini yangilashlariga xizmat qiladi.
ZAMONAVIY USTOZ Telegram Channel
Zamonaviy ustoz kanali, pedagoglar uchun ta'limning eng yaxshi manbalari, foydali tavsiyalar va yangiliklar bilan to'la. Ushbu kanal orqali o'zingizni yangilash va rivojlantirishga imkoniyat topasiz
Zamonaviy ustoz kanalida o'z fanniy bilimizni oshirish uchun kerakli podkastlar, maqolalar va ko'p paytli vaqt so'zlar mavjud. Kanal asoschisi @FeruzaRaxmonjonovna bilan bog'laning va eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Online kurslar, dars natijalari va boshqa foydali ma'lumotlar uchun @feruzajumayevanatija kanaliga a'zo bo'ling. Sizga yaxshi talim berishni o'rganishda yordam beradigan eng yaxshi o'qituvchilar bilan birgalikda zamonaviy ustoz bo'ling!