Muhammadali @muhammadali_muhammadkarimov Channel on Telegram

Muhammadali

@muhammadali_muhammadkarimov


Instagram: instagram.com/muhammadali_muhammadkarimov

Twitter: twitter.com/m_muhammadali20

Aloqa uchun: @MMuhammadalibot

Muhammadali Telegram Channel (Uzbek)

Muhammadali - bu Telegram kanali hamkorlik, sog'liqni saqlash, sport va boshqa ko'plab mavzular bilan bog'liq foydali ma'lumotlar bilan to'ldirilgan. Ushbu kanalda @muhammadali_muhammadkarimov tomonidan yaratilgan, shuningdek kanalga ulanish orqali sizga ko'proq qiziqarli va ajoyib ma'lumotlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Muhammadali - bu sizning kundalik hayotingizni sodda va salomat qilishda yordam beradigan davlat, erkaklar va ayollar uchun maslahatlar va tavsiyalardan olib boradigan birinchi klass kanal. Muhammadali kanali orqali siz sport boshqarish, sog'liqni saqlash, odam taraqqiyotini oshirish va boshqa ko'plab mavzular bilan bog'liq istalgan savollaringizga javob topishingiz mumkin. Kanalga ulanish uchun oddiy vaqtingizda @MMuhammadalibot ga aloqaga chiqishingiz munkun. Boshqa istalgan ma'lumotlar uchun Muhammadali Instagram sahifasiga instagram.com/muhammadali_muhammadkarimov yoki Twitter sahifasiga twitter.com/m_muhammadali20 havolalariga murojaat qilishingiz mumkin. Muhammadali Telegram kanalida ajoyib va foydali ma'lumotlar asosida sodda va salomat hayot olib borishga qaratilgan. Sizni Muhammadali Telegram kanaliga qo'shilishga taklif qilamiz va sizga yangi bilimlar olishga imkoniyat beramiz. Sizning hayotingizni yangi darajaga olib chiqish uchun Muhammadali Telegram kanaliga qo'shiling va har kuni yangi va foydali ma'lumotlar bilan tanishing.

Muhammadali

18 Feb, 14:50


🇪🇺⚽️ "Yevro Time"ning navbatdagi sonida:

• Italiya A Seriyasida bo'lib o'tgan markaziy o'yin va Eldor Shomurodovning ko‘proq o‘yin amaliyoti ega bo‘layotgani haqida
• Bundesliga klassikosidagi durang
• Ispaniyada hakamlar mojarosi, Hakamlar "Real"ga qarshimi?
• APLning barcha top jamoalari o'yinlarining muhokamasini amalga oshirdik.

💬 Siz ham izohlarda o'z fikr-mulohazalaringizni yozib qoldirishni unutmang.

📱 Video youtube sahifamizda:
https://youtu.be/bdcLV_CCu_c?si=VbQAGXJSlEbWm30t
https://youtu.be/bdcLV_CCu_c?si=VbQAGXJSlEbWm30t

🔔 Kanalga ulanish:
STOCK FOOTBALL

Muhammadali

15 Feb, 15:50


Birinchi bo'lim yakunlandi. 3-0 "Siti"dan ajoyib o'yin. Umum jamoa yaxshi o'ynayotgani uchun, hech kimda xato yo'q. Har bir futbolchi o'z zonasida bexato o'ynayapti. Abduqodir Husanov ham "Chelsi" bilan bahsga solishtirganda, ancha ishonchli harakat qilyapti. U bilan bog'liq deyarli har bir vaziyatda jamoadoshlarining qo'llovini yaqqol sezib turibmiz. Zo'r! Oila sifatida birlashgan jamoa.

"Nyukasl"da esa aksi. Umuman o'ziga o'xshamayapti. Biz maqtagan hujum chig'izi esa aytarli xavfli vaziyat yaratmadi. Aniq zarbalar soni esa - 0.

Muhammadali

15 Feb, 14:35


Husanov asosiy tarkibda boshlashi kutilgandi. Gvardiola Chempionlar Ligasining muhim o'yini oldidan avvalgi safar ham shunday qilgandi.

"Chelsi" "Siti"ga qarshi bahsda mavsumdagi eng yomon o'yinlaridan birini o'tkazdi, shundan keyin ham natijalari yaxshi emas.

Ammo "Nyukasl" ajoyib formada! Ayniqsa hujumdagi trio Gordon-Isak-Myorfi robarasidan chiqqan raqibga qarshi eng yaxshi o'yinlarini namoyish etib berishyapti.

Uning ustiga birinchi davrada ham, hali "Siti"ning inqirozi boshlamasidan avval jamoalar 1:1 hisobida durang o'ynashgan.

Bugun ham "shaharliklar"ga oson bo'lmaydi. Husanovga bu o'yinda omad tilaymiz.

Muhammadali

13 Feb, 16:58


⚽️Bugun 📺 Setanta Sports Football YouTube kanalida Saudiya chempionatidan o'rin olgan "Ah Ahli" - "Al Nasr" uchrashuvi translyatsiya qilinadi

Turnir jadvalida jamoalarni bir-biridan bor yo'g'i 3 ochko ajratib turibdi! Intriga yuqori bo'lgan o'yinni YouTube orqali tomosha qiling⚽️

🎧Sharhda: Muhammadali Muhammadkarimov

22:30 | "Al Ahli" ⚡️ "Al Nasr"
Havola: https://youtu.be/KfqC0uZhgd0

📺 @setanta_uzb

#Football #SPL #Matchday #Youtube

Muhammadali

13 Feb, 16:57


🎙PODKAST | Farrux Ismoilov

📺Mavzular:

🇪🇺Yangi formatning plus-minusi;

🔥"Real Madrid" yana remontada amalga oshirdi;

⚽️"Manchester Siti" ikkinchi bo'limda juda sust o'ynadi;

👀Javob bahsi oldidan imkoniyatlar qanday?

Husanov javob o'yinida maydonga tushishi kerakmi?

#Football #UCL #Podcast

Muhammadali

11 Feb, 22:25


"Real" yana oxirgi daqiqalarda yutib ketdi deyapmiz-u, lekin "Siti" ikkinchi bo'limda penaltidan (u ham aslida shubhali) tashqari boshqa vaziyat ham yaratgani yo'q. Yakuniy natija aslida ajablanarli emas, Madrid derbisida ham Anchelotti jamoasi ikkinchi bo'limni zo'r o'tkazdi, lekin gol urolmadi, bugun esa shuning uddasidan chiqdi.

Muhammadali

11 Feb, 21:04


Mendi o'zi urishi shart bo'lgan vaziyat

Muhammadali

08 Feb, 21:08


"Real" nazorat qilayotgandek taasurot beryapti-yu, lekin aslida o'yin Simeonening rejasi asosida ketyapti. Umumiy 7 ta zarba bergan bo'lsa, birortasi ham aniq emas, golga yaqin kelgan zarba bor ham demagan bo'lardim. Mbappe va Viniga o'z o'yinini ko'rsatish uchun umuman imkon berishmapti. Rodrigoda umid. "Atletiko" "Real" muxlislari eng ko'p xavfsiragan nuqtalar - Vaskes va Chuameni tomon bosim qilishga harakat qilyapti va birinchi bo'limda buning uddasidan chiqdi ham.

"Atletiko" haqida esa ortiqcha gapirishning xojati yo'q. Ideal taym.

Muhammadali

08 Feb, 18:57


Sizda Madrid derbisini YouTube orqali ham ko'rish imkoniyati bor.

📺Havola: youtube.com/live/ZrFDCUZfaO4

Muhammadali

08 Feb, 14:59


Agar bo'sh vaqtingiz bo'lsa, "Atletik" - "Jirona" uchrashuviga taklif etaman. Soat 20:10 da boshlaymiz.

Manzil: youtube.com/live/ZaBwqLaYSsM

Muhammadali

08 Feb, 14:44


Hozir bir akamiz eslatdilar, Abduqodir "Lans"dan ketishidan oldin "PSJ" darvozasiga gol urgandi, ammo to'p jamoadoshi Nzolaga tegib, darvozadan joy olgan. Golni Nzolaga yozishgandi. O'sha golni hamyurtimiz nomiga qayd etishmaganidan ranjigandik, taqdirni qarangki, oradan ko'p o'tmay, Husanov barbir gol urdi, juda o'xshash gol, lekin endi Abduqodir Nzola rolida😅

Muhammadali

08 Feb, 13:35


Husanovdan gol!)

Muhammadali

04 Feb, 10:06


"Yevrotaym"ning yangi sonida hakamlar asosiy mavzu bo'ldi. Xayrulla aka ispan va ingliz hakamlarini solishtirdilar va menam keyin o'ylab qoldim, chindan ham inglizlarning xatolari insoniy faktor bo'lsa, ispanlarda esa ba'zan atayin qilayotgandek ko'rinadi. Chindan ham shundaymikin? Ko'rsatuvni tomosha qilishni maslahat beraman:

📱 youtu.be/DYF9meVSm2Q

Muhammadali

02 Feb, 16:38


Yaxshiyam tushmaptiya?)

Muhammadali

02 Feb, 15:45


Abduqodir Husanov zaxirada qolgani yaxshi bo'libdi. Har holda "Arsenal"ning hujumlari, hujumdagi futbolchilarning o'zaro tushunishi va bog'lamlar bo'yicha "Chelsi"dan kuchli deb hisiblayman.

Muhammadali

02 Feb, 15:41


"Barsa" va "Real" o'xshash o'yinlar o'tkazishdi. Ikkisiga ham avtobusni buzish vazifasi qo'yilgandi. Biri uddaladi, ikkinchisi yo'q. Lekin ikkisi ham juda qiynaldi. Turnir jadvalida esa kataloniyaliklar ancha yaqinlashib olishdi.

Muhammadali

01 Feb, 22:17


Keyin tur - Madrid derbisi! "Real" o'ziga-o'zi shunday intrigalar yaratishni yaxshi ko'radimi deyman-da.

Muhammadali

01 Feb, 22:14


"Real" va "Barselona"ning mana shunaqa avtobus qo'yadigan jamoalarga qarshi o'yinlarda farqi, "Real" ish bermasa ham bir xil usulda hujum qilaveryapti, "Barsa" esa hamma variantlarni qo'llayapti. To'g'ri, ikkisi ham baribir qiynalyapti, yutqazyapti, ammo "Real" bir uslubdan chekinmayapti. Bunga esa asosiy aybdor murabbiylar shtabi bo'lsa kerak.

Muhammadali

01 Feb, 18:21


"Real"ning "Espanyol"ga qarshi tarkibi.

Vini, Mbappe va Rodrigo uchligi. Birinchi davrada Madrid 4:1 hisobida g'alaba qozongandi, o'sha kecha bu uch futbolchi bittadan gol urgan. Bugun o'yin qanday bo'ladi, birga bilib olamiz

Men shu yerda bo'laman: https://youtube.com/live/DMkg0nZWjYU

Muhammadali

Muhammadali

01 Feb, 14:11


Vaqtning o'tshini qarang, yaqinda chempionatimiz yakunlib, "Nasaf"ni chempionlik bilan tabriklagandik. Bugun esa yangi mavsum uchun qur'a tashlandi.

Muhammadali

31 Jan, 11:25


Manchester Siti - Real Madrid

Pley-offning birinchi bosqichidayoq bunday juftlikni ko'rish g'alati.

Muhammadali

31 Jan, 11:24


Brest - PSJ

PSJ ichki chempionat o'yinini o'tkazarkan

Muhammadali

31 Jan, 10:48


Ha, biz APLni ko'p maqtaymiz, maydondagi futbolini ham, uning atrofidagi atmosfera va translyatsiyaning a'lo darajada ekanligi. Ammo ispanlar va chempionatining o'ziga xos jozibasi ham bor. Top 3 klubdan tashqari, qolganlarda yorqin nomlar juda kam, biroq taktik, aqlli futbol. Shu bilan birga, media futbolchilar va murabbiylarning har bir so'zlarini yozib olib, muxlislarga taqdim etishi, alohida taqsinga sazovor. Chunki shundagina siz maydondagi futbolchilarga yanada yaqinlashasiz, dialoglarni tinglash imkoni paydo bo'ladi. Mashhur futbolchilar raqib o'yinchilariga nimalar degani, urushgani, jamoadoshlari bilan suhbatlar, futbolchilarning o'zaro hazillashishi, o'yin davomida murabbiylarning qanday ko'rsatma berishi, xullas barchasini yaqindan ko'rish juda maroqli.

Hozirgina Farrux akaning mana bu videosini ko'rib, yuqoridagi fikrlar keldi. Sizga ham tomosha qilishni tavsiya qilaman. Juda qiziq chiqibdi. Ayniqsa, Farrux aka futbolchilarning kulishlarigacha o'xshatib beribdi😂

Muhammadali

30 Jan, 15:24


Bugun Saudiya chempionatining 18-turi doirasida "Al Nasr" ishtirokidagi uchrashuvni Setantaning YouTube kanalida sharhlayman. Ronaldu 1000-golini urgunicha birga sanab boramiz.

https://t.me/setanta_uzb/5716

Muhammadali

29 Jan, 22:07


"Siti" yo "Real"ga qarshi, yo "Bavariya"ga qarshi o'ynaydi. Chempionlik uchun favoritlardan biri tark etadigan bosqich.

Muhammadali

29 Jan, 21:32


"Bryugge" safida darvozabon Minyole va hujumchi Yutglani taniyman xolos, qolganlar nouneym men uchun. Lekin "Siti"ga qarshi ko'rsatayotgan o'yini ajoyib! Yo "shaharliklar" yetarli darajada yaxshi o'ynashmayaptimi, bilmadim.

Belgiya klubining hozirgi formasini bilish uchun so'nggi o'yinlariga qaragandim, oxirgi marta 22-oktabr kuni "Milan"ga yutqazgan ekan. O'sha o'yinda 40-daqiqadan keyin bir kishi kam bo'lib o'ynagan.

Keyin 20 ta o'yin, 5 durang, 15 g'alaba. Dahshat. Shu ro'yxatda "Yuve" bilan durang, "Sporting", "Aston Villa" va "Seltik" ustidan qozonilgan g'alabalar bor.

Bugun "Siti" yuta olmasa ham hayron bo'lmayman, lekin yutishini xohlayman.

Muhammadali

Muhammadali

28 Jan, 19:32


"Yevrotaym"ning bu safargi soni 90 % Angliya Premyer Ligasiga bag'ishlandi. Albatta APL mavzusi ichida Abduqodir Husanov debyuti ham muhokama qilindi.

"Asosiy vaqt yakunlangach, hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarni" La Ligaga ajratdik. Rozi bo'lasiz degan umiddamiz.

📱 youtu.be/-EpsN4W_Qw4

Muhammadali

Muhammadali

28 Jan, 09:10


Машҳур BBC sport телеканали Абдуқодир Ҳусановнинг АПЛдаги омадсиз дебюти фақатгина унда эмас балки лиганинг таниқли бошқа футболчиларида ҳам кузатилгани ҳақида дастур тайёрлабди.

🏟 14-HUDUD |
@xayrulla_hamidov

Muhammadali

25 Jan, 22:04


Xosep Gvardiola "Chelsi"ga qarshi o'yindan keyin Abduqodir Husanov haqida berilgan savollarga javob berdi.

🎙O'zbek tilida

Kanalga obuna bo'lish:👇
@Turdialiyev_Hasan

Muhammadali

25 Jan, 19:28


Tungi bedorlar va "Real" muxlislarini soat 00:50 dan boshlab, Zo'r telekanaliga taklif etaman.

Muhammadali

25 Jan, 19:20


"Siti"ning 3-golidagi Chalobaning xatosini ko'rdingizmi? Husanovniki buning oldida oddiy xato, doʻstlar!

Muhammadali

25 Jan, 18:50


"Siti"ning ingliz muxlislari-da qarsaklar bilan kuzatib turgan vaqtida, sen vaqtandoshingni ustidan kulib yozsang, senga achinaman negativ.

Muhammadali

25 Jan, 18:49


Мана ЖАМОА!

Muhammadali

25 Jan, 18:43


Almashtirildi, Stounz tushdi. Yaxshi debyut! Rahmat Abduqodir!

Muhammadali

25 Jan, 18:36


Birinchi boʻlim haqida fikrlar

Muhammadali

25 Jan, 18:33


Live stream finished (14 minutes)

Muhammadali

25 Jan, 18:19


Birinchi boʻlim haqida:

https://t.me/Muhammadali_Muhammadkarimov?livestream

Muhammadali

25 Jan, 18:19


Live stream started

Muhammadali

25 Jan, 18:17


Бўшашма! Баракалла, отангга раҳмат, Абдуқодир

Muhammadali

25 Jan, 18:13


Shukr, hisobni tenglashtirdik, sal bo'lsa ham ko'ngil xotirjamlashdi

Muhammadali

25 Jan, 18:13


Shu Gvardiol gol urishga haqli edi! 1:1

Muhammadali

25 Jan, 18:11


Gvardiolni qarang, ba'zi hujumchilar hatto bunday o'ynay olmaydi!

Muhammadali

25 Jan, 18:04


O'yinning boshidan beri Husanovga to'p kelsa, huddi menga oshirishgandek o'ylayapman, qayerda oshirsam ekan deb

Muhammadali

25 Jan, 17:57


Nima bo'lsa ham, ikkinchi sariqni olmaslik kerak.

Muhammadali

25 Jan, 17:56


"Siti"yam shunday ajoyib vaziyatlardan tezroq gol urolmayapti, aksiga olib🤦‍♂

Muhammadali

22 Jan, 21:14


Mana qanotda siqilib yurgan Nunyesh markazdagi kenglikdan foydalanib, hujum tashkil qildi va yakunda Holand hisobni 2:0 ga yetkazdi

Muhammadali

22 Jan, 21:05


Bechora Nunyesh. Kelganidan beri o'zining pozitsiyasidan ko'ra, biroz begona bo'lgan nuqtalarga o'ynashga majbur. Chap qanot hujumda odam qolmaganida, o'sha yerni "yamadi". Yaxshi o'ynadi. Endi esa o'ng tomon fulbeki. Qachon o'z pozitsiyasida o'ynarkin?)

Muhammadali

22 Jan, 21:02


Akademik futbol deyapmiz-u, lekin jamoalar biroz zeriktirib qo'ygani ham rost. Xavfli vaziyatlari kutilganidan kam. Gol balki o'zgartirib yuborar. Lekin shu golni kiritish uchun ham ko'proq vaziyat yaratish kerak.

Personal to'xtalsak, menga Vitinyaning o'yini yoqyapti. Jamoaning motori. Butun maydon bo'ylab harakatlanyapti, boshqaryapti. Shuningdek, jamoasi himoyalanayotganida De Bryunega o'yin bermayapti, ya'ni personal himoya. Enrikening vazifasini bajaryapti. Shuning uchun ham bo'limda Kevindan sehrli uzatmalar ko'rmadik.

Muhammadali

22 Jan, 15:41


Kunning asosiy o'yini Parijda bo'lib o'tadi. Lekin ungacha sizlarni "Leypsig" - "Sporting" bahsiga taklif etaman.

Muhammadali

21 Jan, 15:44


Бир неча дақиқалардан кейин 📺Setanta Sports телеграм каналида Чемпионлар Лигаси мавзусида аудио-чат амалга оширилади. Муҳаммадали билан бирга суҳбатлашамиз. Ҳавола орқали каналга ўтиб, тинглашингиз мумкин:

https://t.me/setanta_uzb/5661

Muhammadali

21 Jan, 14:39


"Aston Villa" Chempionlar Ligasini ajoyib o'tkazmoqda. Emeri jamoasi 6 o'yinda 13 ochko to'plab, 5-o'rinni egallab turibdi. "Yuve" bilan durang o'ynadi, "Bavariya" va "Leypsig"ni mag'lub etdi. Bugun esa "Monako"ga qarshi maydonga chiqadi.

Fransuzlar esa joriy mavsum "Barselona"ni taslim etgani bilan yodda qolmoqda xolos. Uning ustiga barcha turnirlar doirasida so'nggi 5 o'yinda bitta g'alaba bilan cheklanib turibdi. U ham bo'lsa Fransiya Kubogi 1/32 finalida pastki divizion klubi ustidan erishilgan yutuq.

Fransiya klubida forma yomon bo'lsa ham, bugun jang taklif etishi kerak. Hutter shogirdlari 10 ochko bilan 16-o'rinni egallab turibdi. 25-o'rindagi "PSJ" bilan 3 ochkolik farq. Pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun "Monako" qolgan ikki o'yinda borini maydonga tashlaydi.

"Monako" - "Aston Villa" to'qnashuvini esa 22:35 dan boshlab Zo'r Tv da birgalikda tomosha qilamiz.

Muhammadali

Muhammadali

21 Jan, 09:04


🇪🇺⚽️ "Yevro Time"ning bu safargi sonida bir qator qiziq mavzular muhokamasi bo'ldi.

• Italiya A Seriyasida chempionlik uchun kurash: "Napoli" yana 1-o'rinda, "Inter" oxirigacha intrigani saqlaydi, "Atalanta"ning eski kasali qo'zidi.
• Flik "avtobus" jamoalarga boshqa reja ishlab chiqishi kerak.
• Anchelotti "Real"dan ketishi ma'lum bo'ldi. O'rniga Xabi Alonso.
• Slotdan chempionga xos o'yin, Arteta esa iste'fo berishi kerakmi?
• "Manchester Siti" yirik hisobda g'alaba qozondi, lekin oldinda juda qiyin o'yinlar kutmoqda.

📱 Video youtube sahifamizda:
👉 https://youtu.be/tQ1IzM1B9VM
https://youtu.be/tQ1IzM1B9VM

🔔 Kanalga ulanish:
STOCK FOOTBALL

Muhammadali

20 Jan, 18:46


So'nggi yillarda jahonning eng kuchli 3 ta klubidan biri "Manchester Siti" va bu klubda o'zbekistonlik futbolchining harakat qilishi shunchaki aql bovar qilmasdek ko'rinyapti. Aslida erishib bo'lmas natija emasdir, lekin birinchisi shunaqa his beryapti. Top klublarda o'zbeklar ko'payishni boshlasa, hali o'rganib ham ketarmiz, lekin birinchi bo'lganlar boshqacha tuyg'u bilan yodimizda qoladi.

Eldor Shomurodovning Italiya o'tishi, saldan keyin esa "Roma"ga transferini yaxshi eslaymiz. Butkul boshqa darajadek taassurot qoldirgan. Abduqodirning transferi esa buni ikki, yo'q, uch karra kattalashtirib tashladi. Grand klubga, bo'lib ham "Manchester Siti" safida o'ynash katta voqealik bo'lgani bilan bir qatorda katta mas'uliyat ham yuklaydi. Abduqodir endi o'zbekistonlik futbolchilar haqida tasavvur shakllantiradigan o'yinchi ham hisoblanadi. Umid qilamizki, barcha ajoyib kechadi va qolganlar uchun ham top 5 ga yo'l olish osonlashadi.

Bu shunchaki Abduqodir uchun zo'r transfer emas, balki butun O'zbekiston uchun tarixiy natija!

Muhammadali

Muhammadali

14 Jan, 11:50


Kecha "Yevrotaym"ning yangi sonini suratga oldik. Tabiiyki "al mumtoz" asosiy mavzu bo'ldi. Shu bilan birga Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"ga o'tishi, unga qancha o'yin amaliyoti berilishi mumkinligi haqida ham atroflicha gaplashdik. Videoni tomosha qilib, siz ham fikrlaringizni yozib qoldiring, izohlarda suhbatlashamiz)

https://youtu.be/ui_oNjL6azk

Muhammadali

17 Dec, 15:01


"Yevrotaym"ning bu safargi soni o'zimga ham yoqdi. Shuning uchun sizga ham tomosha qilishni tavsiya qilaman:

📱 youtu.be/R6qEZQPwJFY

Muhammadali

14 Dec, 10:04


Йилнинг энг фаол спорт журналистлари:

Мадина Аметова (Спорт ТВ), Нарзулла Сайдуллаев, Ориф Толипов, Яҳёхўжа Улуғхўжаев ва Жалолиддин Қобилжонов.

Собиқ ҳамкасбларимнинг барчасини табриклайман. Қаламингиз қайрилмасин:)

Muhammadali

11 Dec, 13:13


Chempionlar Ligasi turnir jadvaliga nazar tashlasak "Barselona"da ham, "Borussiya"da ham 12 ochko. Jamoalar 6 va 7-o'rindan joy olishgan. Ular pley-off yo'llanmasini deyarli qo'lga kiritgan deyish mumkin. Lekin ikkisi ham sakkiztalikda qolish uchun qolgan o'yinlarda maksimal ochko to'plashga harakat qilishadi.

Qahramon aka guruh bosqichi yakunlangach, jamoalarning turnir jadvalidagi o'rni qay darajada muhimligi haqida to'liq tushuntirib o'tdilar. Shuning uchun ham jamoalar imkon qadar yuqoriroq o'ringa harakat qilishadi.

Bu uchrashuvni esa soat 01:00 da Zo'rTv orqali birgalikda tomosha qilamiz.

Muhammadali

Muhammadali

11 Dec, 10:49


💣 Demak biz boshladik!

🎙 "2024-yilning eng yaxshi sharhlovchisi" nominatsiyasiga tanlangan nomzodlar. Ular ichida siz uchun eng yaxshisi qaysi, quyidagi so‘rovnomada ovoz bering

😁 1- va 2- o‘rin egalari katta ehtimol bilan aniq, shu sabab biz ular qatorida 3-o‘rin egasiga ham maxsus sovrin topshirishni reja qilganmiz.

📅 Ovoz berish post joylangan vaqtdan e‘tiboran 3 kun davom etadi.

🔔 Kanalga ulanish:
STOCK FOOTBALL

Muhammadali

07 Dec, 11:08


🇺🇿 Bugun sport jurnalistikasi va sharhlovchiligining yirik namoyondalaridan biri bo‘lgan Xayrulla Hamidov 49 yoshga toʻldilar. Jamoamiz nomidan ularga omadli efirlar, g'alabali oʻyinlar va muxlislar mehri hamroh boʻlishini tilaymiz. 🎉

Ustozga barcha yaxshi tilaklarni tilagan holda, sizlarga ularning fenomenal sharhlaridan bir parchasini taqdim etamiz. 🎙

🔔 Kanalga ulanish:
STOCK FOOTBALL

Muhammadali

07 Dec, 10:18


"Real"ning o'tgan mavsumdagi o'yini bilan hozirgisini solishtirish qiyin. Ha, o'tgan mavsum startida ham osonlikcha 3 ochkolar qo'lga kiritilmagan. So'nggi daqiqalardagi gollar, 70-daqiqadan keyin "Real"ning boshqa rejimga o'tishi, barchasi yodimizda. Aynan shunday o'yinlarda Bellingemni ham kashf qildik. Lekin bu mavsumda qozonilayotgan og'ir g'alabalar bilan o'tgan mavsumni solishtirsak, yetarlicha farqlarni ko'rishimiz mumkin. Eng asosiy farq esa jamoada kambek ruhi yo'qolib qolgandek, go'yo. Siz ham shuni sezyapsizmi? Ha, jamoa mag'lub bo'layotganida bor kuchi bilan oldinga o'tmoqda, lekin baribir nimadir yetishmayapti, kambek uchun to'liq kartina shakllanmayapti. Mozaikaning so'nggi bo'laklarini qo'yishga kelganda, jamoa o'sha so'nggi bo'laklarni topa olmayapti.

Bugun ham "Real"ni oson bahs kutib turgani yo'q. "Jirona"ning so'nggi o'yinlardagi natijalari yaxshi emas, ammo "Real"dagi holatni ham inobatga olsak, bu to'qnashuvda bir jamoaning katta ustunligini ko'ramizmikin? Uning ustiga Vinisiusdan tashqari, Rodrigo ham maydonga tushmasligi ma'lum bo'ldi.

Ushbu uchrashuvni bugun soat 00:55 da Xayrulla aka bilan Zo'rTvda sharhlaymiz.

Muhammadali

06 Dec, 12:22


Bellingemga e'tibor bering

Muhammadali

03 Dec, 17:19


Foden ham tanqidlarga Instagram sahifasida javob qaytardi. Fil 24 yoshida qanday yutuqlarga erishganini eslatib qo'ydi...

Muhammadali

Muhammadali

03 Dec, 11:40


Salahning gol+assist boʻyicha “Liverpul”dagi statistikasi (mavsumlar boʻyicha)

Bu statistikani ko'rib, yaqinda Xayrulla akaning Youtube'dagi videolari yodga tushdi. Salah fenomeni yaxshi ochib berilgan, sizga ham tavsiya qilaman:

https://youtu.be/RNdDBJVls98

Salah chindan ham biroz soyada qolib ketayotgan, lekin juda katta futbolchi. Gvardiolaning APLdagi gegemoniyasida Kloppning futboli Pepga qarshi jang qilishga harakat qildi. Hatto ba'zi yillar ustun bo'ldi ham. Klopp mashinasining asosiy motori Salah edi. Misrlik futbolchi Firmino va Mane bilan supertrio hosil qildi. Lekin ular ketganidan keyin-da o'z darajasini saqlab qolmoqda. U APL tarixidagi eng yaxshi to'purar legionerlar ro'yxatida ham uchtalikda (Aguero 184 gol, Anri 175 gol, Salah 167 gol).

Lekin so'nggi paytlar u bilan shartnoma uzaytirilmayotgani va ketishi haqida gap-so'zlar ko'paydi. Futbolchining o'zi ham bunga ishoralar beryapti.

Ha, u jamoadagi qolgan futbolchilarga nisbatan katta maosh oladi. Ammo kamida yana 2-3 yil yuqori formada o'ynab bera oladi deb o'ylayman. Siz qanday fikrdasiz, yozing, gaplashamiz🤝

Muhammadali

Muhammadali

03 Dec, 06:52


Bu safargisi "Barselona" muxlislari mazza qilib tomosha qiladigan ko'rsatuv boʻlgan:

https://t.me/xayrulla_hamidov/23649

Muhammadali

02 Dec, 16:01


🇪🇸🇬🇧 "Barselona"ning tug‘ilgan kuniga autsayderdan kutilmagan sovg‘a, 40 kundan buyon g‘alaba nimaligini bilmayotgan Gvardiola shogirtlar va shu kabi haftaning qaynoq mavzulari tahlili - YEVRO TIMEning yangi sonida! 🖥

📱 To‘liq youtube sahifamizda tomosha qiling 👇

https://youtu.be/u9m-YaiVC7g?si=hrlv1_bhVm_v_KRL
https://youtu.be/u9m-YaiVC7g?si=hrlv1_bhVm_v_KRL

🔔 Kanalga ulanish:
STOCK FOOTBALL

Muhammadali

29 Nov, 21:05


5-тур таҳлили:
Бу формат қанчалик яхши/ёмон?⬇️

📹https://youtu.be/2ByzFZrulM8
📹 https://youtu.be/2ByzFZrulM8

Muhammadali

27 Nov, 21:59


To'g'ri, "Real"da tarkibdagi muammolarni hech kim inkor qilmayapti, lekin bu "Liverpul"ning yorqinligiga hech ham soya sola olmaydi!

Muhammadali

27 Nov, 21:57


"Liverpul" ayni dam jahonning eng zo'r klubi ekanligini isbotlashda davom etyapti! APL va Chempionlar Ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan Slot jamoasi, yo'lida uchragan raqibni yanchib tashlayapti. Keyingisi "Manchester Siti"mi?!

Muhammadali

27 Nov, 21:30


Salahning o'zi negadir aynan "Real"ga qarshi o'yinlari o'xshamaydi

Muhammadali

27 Nov, 21:20


Mbappening kuni emas shekilli

Muhammadali

27 Nov, 21:18


"Liverpul" allaqachon gol urishga haqli o'yin ko'rsatib bo'lgandi, urdi ham. Endi "Real" uyg'onishi shart!

Muhammadali

27 Nov, 20:21


Mbappe maydondagi asosiy futbolchi ekanligini his qilyapti, bu yaxshi, lekin to'pni oʻzida ortiqcha ko'p saqlab turish, koʻproq dribling ishlatishga urinish... balki jamoaviyroq o'ynagani yaxshidir, bilmadim

Muhammadali

27 Nov, 09:59


Diego Simeone "Atletiko" boshqaruvida 700 ta o‘yin o'yin o'tkazdi - 413 g‘alaba.

Arsen Venger "Arsenal"dagi 700 o‘yinda 407 g'alabaga ega.

Ser Aleks Fergyuson "Manchester Yunayted" bilan 700 o‘yinda 382 g‘alabaga erishgan.

Muhammadali

Muhammadali

26 Nov, 23:32


Yo'q, "Siti"ni bu seriyasi uchun Gvardiolani hech kim urishmadi, tirnamadi. Lekin ko'rinishini uning o'zi shunday holatga olib keldi. Jamoasi 3:0 ni saqlab qola olmaganidan, jahli chiqib, o'zidan bor alamini oldi!

Ha, do'stlar, daholar har doim ham sog'lom fikrlamaydi! O'zi umuman olganda, ular hech oddiy insondek fikrlamagani uchun ham dahodirlar!

Muhammadali

Muhammadali

26 Nov, 18:30


Аббосиньо

@Yahyoxoja_konkret

Muhammadali

26 Nov, 18:24


Алишер Никимбаев Қатарда ишлаётган ўзбекистонлик муваффақиятли футбол мутахассиси. Markaziy Sektor Доха сафари давомида Алишер ака билан кўришиб фаолияти ҳақида суҳбатлашди.

Биз Алишер акага фаолиятидан ташқари ўзбек футболидан тортиб, дунё футболи мавзусигача ўнлаб саволларни бердик.

Дарвоқе, суҳбатнинг катта қисми тарихдаги энг зўр финаллардан бири Аргентина - Франция (ЖЧ-2022) ўйини мезбони Лусаил стадионида ўтди. Қаттиқ тавсия қиламан. 👇🏻

https://youtu.be/wjMesF4b3Ek?si=_4_RKmhqGqjJGXna

Muhammadali

26 Nov, 14:44


🥇 Sobiq Oltin to‘p sohiblari boshqa daraja edi...

🇬🇧🇪🇸 Gvardiolaning yangi shartnomasi xayrli boshlanmadi, Amorim bu mavsum ichki chempionatlarda ilk bor durang qayd etdi. Laligada esa barchasi joyiga tushmoqda "Real Madrid" "Barselona"ga ancha yaqinlashib oldi, shu va yana haftaning diqqatga sazovor o‘yinlari - Yevro Timening navbatdagi mavzusi.

📱 To‘liq video youtube sahifamizda:
👉 https://youtu.be/NnOb9v0SX8w?si=dQ3zKS2sacR1egKe

🔔 Kanalga ulanish:
STOCK FOOTBALL

Muhammadali

23 Nov, 19:16


Bugun Vikario bosim ostida xotirjam o'ynab, jamoadoshlariga aniq uzatma amalga oshirish bo'yicha darvozabonlarga yaxshi qo'llanma ko'rsatdi.

Muhammadali

23 Nov, 18:59


"Siti" gol urishidan ko'ra, "Tottenhem" hisobni yanada yiriklashtirishi haqiqatga yaqinroq. "Shaharliklar"ning himoyasida bugun "ochiq eshiklar kuni" ekan

Muhammadali

23 Nov, 18:45


"Siti"da bugun na hujumda, na himoyada ishlar yurishyapti. "Shporlar" esa vaziyatlardan maksimal foydalanmoqda. 3:0!

Muhammadali

15 Nov, 11:31


Терма жамоа ва клуб ўртасида бир неча фарқлар бор. Энг каттаси, клубда футболчи доимий шуғулланади, йил давомида ҳафтасига камида бир учрашувда майдонга тушиш имкониятига эга. Мураббийда ўз жамоасини қуриш, турли режалар ишлаб чиқиш ва у ёки бу футболчининг ўрнини тўлдириш учун етарли вақтга эга бўлади.

Терма жамоада вазият қийинроқ. Футболчилар фақат ФИФА кунларида, расмий ўйиндан 1-2 кун олдин тўпланишади. Бир кун камида йўл учун бўлса, энг муҳим ўйин олдидан ҳам нари борса 1-2 машғулот ўташга вақт бўлиши мумкин. Айнан мана шу фактор бош мураббийни имкон қадар узунроқ таркиб билан ишлашга мажбур қилиши керак. Сабаби, у йиғиндан бунисигача футболчиларнинг спорт формасида ўзгаришлар бўлиши табиий. Кимдир жароҳат олади, бошқаси захирада қолиб кетиб, ўйин амалиётидан чиқиб қолади, кимдир аксинча, фаолиятидаги энг зўр даврини бошдан кечираётган бўлади. Яна кимдир ўз клубидан мамлакатига келиш, кейин масалан, сафар ўйинига бориш чоғида бетоб бўлиб қолиши ҳам мумкин. Қисқаси, ҳаммасини назорат қилиб бўлмайди.

Бундан ташқари, руҳий ҳолат бор. Масалан, ўша давлат паспортига эга бўлган қайсидир футболчи бирданига ўзини кўрсата бошлади. Терма жамоада клуб каби трансфер имконияти йўқлигидан келиб чиқсак, бу зўр воқеа - йўқ жойдан янги номзод пайдо бўляпти. Терма жамоа штаби дарҳол реакция бериши лозим. Ёш футболчи бирданига асосийга айланмаса ҳам, уни кузатишаётганини, сўнгги муваффақиятлари беиз кетмаётганини билиши керак. Бу ҳам туртки, янада яхшироқ ўйнашни бошлайди, терма жамоадаги қон айланиш учун жуда муҳим жараён.

Хуллас, мураббий ойда бир муҳим ўйинда жамоани олиб тушишдан ташқари, мана шундай нозик жараёнларни ҳам бошқариши, диққатли бўлиши керак, ахир у жамоасини алмаштира олмайдиган миллионлаб инсонлар учун ишлаяпти, тўғрими?

Албатта, Элдор Шомуродов бизда ягона. Шукуров каби марказни бошқарадиганлар йўқ ҳисоби. Қанийди улар доим тайёр ва зўр формада бўлишса. Лекин юқорида айтилганидек, буни назорат қилиш қийин. Шунинг учун терма жамоада майдонга тушишга тайёр футболчилар таркиби имкон қадар кенг бўлиши шарт. Юзлаб футболчилар бор, тўғри, аммо жамоага бирданига киришиб кетиши, шериклари билан тил топишиши, муҳим ўйинда хаяжонланмасдан клубда доим қилиб юрган ишини энг яхши тарзда қила олиши учун ҳам вақт керак бўлади. Мураббий нафақат машғулотлар, балким ўйинларда ўша вақтни тақдим этиш орқали ўз таркибини кучайтириб боради. Бу мураббийнинг ўзи учун керак, аввало.

Сречко Катанецни Суперлигани кузатмаслиги, у ерда сўнгги пайтларда ўзини кўрсатаётган футболчиларга эътибор бермаслиги кўп танқид қилинади. Майли, уларни қўйинг, Катанец йиғинларида доимий жалб қилинаётган футболчиларда ҳам муаммо борми? Шомуродов ва Шукуровни тўғридан тўғри алмаштириши мумкин бўлган ва муҳими, Катанец танийдиган футболчиларни кўриб чиқамиз.

Сўнгги бир йилда Ўзбекистон миллий жамоаси жами 16 та ўйинда майдонга тушди. Мана шу ўйинларда:

Бобур Абдуҳолиқов 5 ўйинда майдонга тушди. Жами 67 дақиқа ҳаракат қилди. Бундан 45 дақиқаси кечаги учрашувга тўғри келади. Бирорта ўйинда илк дақиқалардан тушмади. Ўша 5 ўйиннинг учтасида 1-3 дақиқага эга бўлди холос.
Жамшид Искандаров. 5 ўйинда майдонга тушди. Жами 69 дақиқа.
Азизбек Амонов 27 дақиқа ўйнади. 3 ўйинда синаб кўрилди.
Акмал Мозговой 3 дақиқа ўйнади.

Ана энди мана шу жами 166 дақиқалик тажриба билан биз Шимолий Кореяга қарши ўйинда сўнгги беш йилдаги энг етакчи икки футболчимизни ўрнини босишимиз керак.

Учта марказий ҳимоячи, эҳтиёткор, қўрқоқ, дурангга рози бўлиб ўйнади ва ҳоказо, майли, бу муҳим эмас. Катанецнинг энг нотўғри иши шу ерда, назаримда.

@aslanov_futbol

Muhammadali

14 Nov, 20:46


Aytgancha, bugun KXDR ikkinchi bo'limda bir kishi kam bo'lib o'ynagan Eronga qarshi qanday harakat qilganini qarang. Biz esa...

Bizga qarshi himoyaga yotmagan forslar, koreyaliklar bilan himoyada o'ynadi. O'ynadimikin yoki koreyslar shunday o'ynashga majbur qildimikin?

Muhammadali

14 Nov, 19:41


Qizil bormidi? Menimcha yo'q. Chunki Abbos bilan 3 himoyachi yuguryapti. Bittasidan o'tib ketdi ham deylik, keyingisi yetib olardi yoki yiqitardi va o'shanda qizil bo'lishi mumkin edi. Lekin buni oxirgi umid fo'li deyish qiyin.

Muhammadali

14 Nov, 19:16


Bu ham to'g'ri fikr. Misol uchun penalti ham berishi mumkin edi bemalol

Muhammadali

14 Nov, 18:48


Twitterdagi mashhur sahifa va bizning o‘yin

Muhammadali

14 Nov, 18:30


2-тайм учун раҳмат, йигитлар! Бешталик ҳимояга қайтгунимизча ўйнаган ўйинимиз бизнинг ҳақиқий кучимизни кўрсатди. Умид қиламанки, қачондир бу одам тўғри баҳо бера олади шогирдларининг кучига. Умид қиламанки, қачондир ўзимизнинг оёғимизга чопишни бас қилади. Умид қиламанки, қачондир бизга халақит беришни бас қилади.

Muhammadali

14 Nov, 18:23


Murabbiyning ikkinchi bo'limi haqida ko'p gapiryapmiz, maqtovlar ham oshig'i bilan. Lekin birinchi bo'limlarda o'yin 0 bo'lganidan keyin, ikkinchi bo'limda butun jamoa hujumga o'tsa, albatta ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynagan bo'lamiz-da. Eron bilan o'yin, endi Qatar bilan bahs.

Ammo biz qachondir birinchi bo'limdagi o'yinimizni ham tahlil qilamizmi? Birinchi bo'limlarimiz rasvoligini ham aytamizmi hech?

Muhammadali

14 Nov, 18:14


Hayot qiziq-da, u juda harakat qildi Bobur va Jamshidni tushirmaslikka, lekin taqdir majbur qildi va aynan ushbu futbolchilar uni og'ir vaziyatlardan olib chiqib ketishyapti. Men bunday o'yinlarda murabbiyni ko'p maqtamagan bo'lardim, rosti.

Avvalgi bahslarda ham penalti, individual harakatlardan keyin yuzaga kelgan gollar...

Jurnalistlar va murabbiylar futbolni bir xil ko'rmaydi, murabbiy ustun. Ammo yaqqol ko'rinib turgan narsalarni anglash uchun murabbiy bo'lish ham shartmas ba'zan

Muhammadali

14 Nov, 18:02


Iskanderovning maydonda borligi qanchalik muhim ekanligini his qilyapsizmi? U hujum qanday yo'nalish olishini belgilab beryapti! Ishqilib Katanes ham shuni ko'rayotgan bo'lsin-da!

Muhammadali

14 Nov, 16:59


Футболда режа жуда муҳим. Бир муддат, ҳатто бир ой бир ўйинга тайёрланасиз, маълум картинада ўйинни самарали деб билиб, ижрода амалга ошишига умид қиласиз.

Яхши мураббий ўзи ишониб, тайёрланган режасидан осонликча воз кечмаслиги керак. Чунки шу асосда ҳаммасини ишлаб чиққан бўлади. Тўғрими?

Энди қаранг, Элдор Шомуродов жароҳат олиб майдонни тарк этди. Нима қилиш керак? Масалан, Абдуҳолиқов билан ўша режани то бу ишламаслигига амин бўлгунча давом этиш энг мантиқли.

Аммо Шомуродов ўрнига Машарипов тушади. Бу олдинги чизиқда барчаси ўзгаради, деганидир. Бироз мураккаб структура. Хўш, Катанец осонлик билан ўйинга қурган режасидан воз кечишга нима мажбур қилди?

Ҳа, унинг жамоасида у ишонганлар жуда кам. Сабабни аввалроқдан излаш керак. Катанец деярли бошқаларга имкон бермагани ўзини қийин аҳволга солиб қўймоқда. Ўз режаси панд еяпти. Чунки у Машариповга ишонади. Абдуҳолиқовга ишонмайди. Абдуҳолиқов ҳам ўзига ишонмайди шунинг учун. Шериклари ҳам Абдуҳолиқовга ишонишмайди шунинг учун. Эсиз.

Қани, нимадир бўлар. Омад.

@aslanov_futbol

Muhammadali

12 Nov, 12:01


"Amorim ball"

Amorimga "Sporting"dagi o'yinini qurish uchun "Manchester Yunayted"da qancha vaqt ketadi deb o'ylaysiz?🤔

Muhammadali

Muhammadali

10 Nov, 22:22


Raqiblar oldida o'yinni tomosha qilib, jamoasidan kambek kutadigan, oxirgacha umid qiladigan va mag'lubiyatda sharhlovchini ayblamaydigan muxlislar bor bo'lsin.

Muhammadali

10 Nov, 18:00


Gap yoʻq, Edegorsiz jamoa juda qiynaldi, u qaytishi bilan "Chelsi"ga qarshi derbida asosiyda tushirildi, uning assisti sabab londonliklar hozircha gʻalaba qozonmoqda. Lekin bu vaziyatda himoyachilar "Arsenal"ning naqd ikki futbolchisini qanday qilib yolg'iz qoldirishdi, hayronman🤷‍♂

Muhammadali

09 Nov, 14:37


Bellingem baribir o'zini yaxshi his etadigan pozitsiyada oʻynasa, jamoaga koʻproq foyda keltirishini isbotlab qoʻymoqda

Anchelotti Anrining tahlilini koʻrgan shekilli)

Muhammadali

09 Nov, 13:47


Raul Asensioning super uzatmasini Bellingem go'zal gol bilan yakunladi!

Muhammadali

07 Nov, 09:52


Anrining fikrlariga qo'shilmay iloj yo'q, u faktlar bilan isbotlab beryapti. Bellingem bu mavsum qayerda yetishmovchilik, muammo bo'lsa, o'sha yerni yamab yuribdi. Ya'ni, o'zining asl vazifalaridan ham ko'prog'ini qilyapti. O'tgan mavsum yodingizda bo'lsa, shu paytda u tengsiz futbolchi deya maqtalayotgandi. Uning har bir goli jamoaga 3 ochko keltirayotgan vaqtlar. Bu mavsum esa hali gol urmadi. Lekin o'tgan mavsum bilan solishtirganda, joriy mavsum karrasiga ko'proq mehnat qilyapti. U ham jamoaning asosiy yulduzi, ammo anavi ikkisidan farqli o'laroq, borini maydonga tashlab ketyapti. O'z fikrimda qolaman, Mbappening kelishidan eng katta jabr chekayotgan futbolchi Bellingem.

Ha, ertaga hujumda Vini va Mbappe ketma-ket gollar urishni yo'lga qo'yib olsa, biz yana ularni maqtaymiz, bu kunlarni biroz esdan chiqaramiz hatto. Ammo hozir ularning bu harakatlaridan himoya vakillari, Chuameni, Valverde, Bellingem, Modrichlar qiynalyapti.

Lekin baribir butun jamoaning ham o'yini sustlashgani fakt. Bir-ikki futbolchi emas, umumiy jamoada pasayish. Bu esa Anchelotti tomon savollarni ko'paytiradi.

Muhammadali

05 Nov, 21:52


Chempionlar Ligasi yangi formati haqida ko'p gaplashyapmiz. Formatning ijobiy va salbiy tomonlari haqida ham fikrlar bisyor.

Men uchun yana bir minusi - bir nechta markaziy va qiziqarli bahslarning parallel ekanligi. Misol uchun 22:45 da tur doirasida ikkita oʻyin boʻlib oʻtadi. "Sporting" - "Manchester Siti" yoki "Liverpul " - "Bayer" bahslaridan birini o'sha vaqtga qo'ysa bo'lardi-ku!

Endi ertaga ushbu uchrashuvlarni qaytadan tomosha qilishga to'g'ri keladi🤦‍♂

Muhammadali

05 Nov, 21:47


Gol ofsayd sabab bekor qilindi. Ikkita golli farq saqlanib turibdi.

Muhammadali

05 Nov, 21:47


Ryudigerning goli o'yinga boʻlgan qiziqishni yana uyg'otadi. Bitta gol farqini "Real" albatta yo'qqa chiqarishga qodir. Lekin jamoaning ketma-ket ko'rsatayotgan sust o'yinini bu gollar yopishi qiyin.

Muhammadali

05 Nov, 21:43


O'yini va natijalari tobora yomonlashib ketayotgani uchun Fonsekani hatto iste'foga chiqarmoqchi bo'lgan "Milan" "Real"ni bugun ajoyib o'yini orqali mag'lub etayotgani juda gʻalati.

Bunda "Milan"ning yorqin o'yinidan koʻra, "Real"ning rasvo o'yini koʻproq gapirilishi kerak, menimcha. Chunki bu "Milan"ni A Seriyada ham, Chempionlar Ligasining dastlabki turlarida ham ko'rgandik. Ayniqsa, "Liverpul "ga qarshi bahsda dastlabki 10 daqiqani aytmasa, hech narsa qilolmagandi.

Aytgancha, oʻsha "Liverpul" hozir "Bayer"ni 3:0 hisobida mag'lub etmoqda va keyingi turda aynan "qirollik klubi"ga qarshi o'ynaydi.

Muhammadali

05 Nov, 21:33


Ko'p aytilyapti, lekin yana joyi kelganda aytish kerak - "Real"ga Kroos yetishmayapti. Uning super uzatmalaridan ham ko'ra, markazda o'yinni xotirjam boshqarishi, tempni nazorat qilishi bugun va so'nggi o'yinlarda "qirollik klubi"ga yetishmayapti. Ayniqsa, Modrichning o'yini chiqmagan pallada Toni juda zarur edi.

Muhammadali

05 Nov, 21:30


Mbappe "Real"ga kelganidan eng katta jabr ko'rayotgan futbolchi men uchun shubhasiz - Bellingem! U o'tgan mavsum singari hujumga qo'shilmayapti, ko'proq ortda harakat qilyapti, himoyaga yordam beryapti. Ayniqsa, Karvahal jarohat olgach, Vaskesning qanotiga o'tib, unga ko'maklashmoqda. Muxlislar esa o'tgan mavsumdagi qo'rqinchli Juddan mahrum bo'lishyapti.

Muhammadali

05 Nov, 20:43


Leau yuqori klassdagi o'yinchi, bir o'zi hal qilgan o'yinlarni ham ko'rganmiz, ammo negadir menga ansambldan uzilib qolgandek tuyulaveradi.

Muhammadali

05 Nov, 20:25


Mana endi jiddiy kirishdi, penalti ishladi va sovuqqonlik bilan ijro etdi!

Muhammadali

05 Nov, 20:19


Futbol o'ynaganimizda fint qilishga urinsak, dribling orqali aldab o'tmoqchi bo'lsak, jamoamizdagi kattalar "avval hisobni xohlagan ko'rishinimizga olib kelaylik, keyin istaganingcha o'ynarsan" deyishardi. Menga bu so'zlar yoqmasdi, lekin haq gap.

Hozir esa bu so'zlarni Vinisiusga aytish kerak, menimcha. Lekin shunday dakki beradigan Benzema endi yo'q.

Muhammadali

Muhammadali

04 Nov, 11:27


Kecha "Barselona" - "Espanyol" bahsini sharhladim. Yamalning trivela uzatmasidan so'ng Olmo gol urdi. Uzatmani (menimcha) yetarlicha maqtadim, hatto "gol chiroyliroq chiqdimi yoki pas?" deb muxlislarga savolcha ham tashlab qo'ydim:)

Lekin o'yindan keyin mening eng birinchi tanqidchim (😀) - dodam bilan bahs muhokamasiga kirishdik. Ular Yamalning harakatini "zargarona pas berdi", deya ta'riflashing kerak edi dedilar:-) (nima ham derdim, o'zi shunaqa, bir klub muxlisiga o'yinchisini qancha maqtasang ham kam😁) "Kelasi safar aytganingizni qilaman" dedim. Aslida bu tandiq ham emasdi, qo'shimcha ta'riflardan birini aytdilar.

Hozir X'da o'sha uzatmaning videosini ko'rib qoldim va dodam aytgan ta'rif vaziyatga juda mos kelishini yana bir bor tushundim. Doda, buning uchun sizga rahmat!)

Muhammadali

Muhammadali

02 Nov, 17:13


Mavsum avvaldagi g'alabalardan so'ng, "Liverpul"da taqvim osonroq deya ta'rifladik. Lekin ""Chelsi" bilan bahsdan boshlab ketma-ket qiyin raqiblar va og'ir taqvim start oldi, mana endi Slot jamoasi oʻzini qanday koʻrsatadi?" deb kutdik.

Hozircha mersisaydliklar ajoyib natija qayd etishmoqda. Ayniqsa "Arsenal"ga qarshi bahsda va bir necha daqiqa avval yakuniga yetgan "Brayton"ga qarshi ikkinchi boʻlimda jamoa o'yini o'zgarayotgani va ustunlikni o'z tomoniga og'dira olishi, shu orqali natija ham qayd etilayotganini alohida maqtash lozim.

Misol uchun, bugun Slot 0:1 hisobida mag'lub bo'layotganida hujumni kuchaytirish uchun Soboslai o'rniga Diasni maydonga tushirdi va bir vaqtning oʻzida maydonda Nunyes, Gakpo, Salah va Dias harakat qildi. 3 daqiqada 2 ta gol urib, hisobda oldinga chiqib olgach, sxemani ham toʻgʻrilab qoʻydi: Nunyes o'rniga Endo. Qolgan daqiqalar esa toʻliq o'yin nazorati va xotirjam gʻalaba. Vaholanki, birinchi bo'limdagi "Brayton"ning o'yini butkul boshqa natija qayd etilishi mumkinligiga ishora qilayotgandi.

Muhammadali

Muhammadali

01 Nov, 13:03


"Nasaf" birinchi marta O'zbekiston chempionati g'olibiga aylandi!

Barcha futbol muxlislarini bu bilan tabriklayman! Uzoq kutilgan chempionlik mana shunday APL atmosferasini berishi ko'zni quvnatadi! O'zbek futboli uchun bugun katta bayram!

Muhammadali

29 Oct, 13:47


Qahramon aka yozgan maqolani o'qishni tavsiya qilaman. Menam ishonaman, kanal a'zolari maqolani o'qib, ba'zi fikrlarini o'zgartirishlari mumkin:

https://t.me/aslanov_futbol/1515

Muhammadali

29 Oct, 12:29


Abbos Fayzullayev — Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi!

Tabriklaymiz! Abbos biz uchun shundoq ham bu sovringa munosib edi, Osiyo ham buni e'tirof etdi!

Muhammadali

29 Oct, 09:18


"Реал"ни ва унга боғлиқ ҳар нарсани тинмай мақтаган вақтимизда, тўғри-да, мақтайди-да, ўзи зўрмиз-ку, дейишади.

"Барселона"ни ва унга боғлиқ нимаки бўлса мақтасак, тўғри-да, мақтайди-да, ўзи зўрмиз-ку, дейишади.

Лекин иккиси танқид қилинса ёки айланиб ўтилса ҳақорат ёғдиришади.

Кўпчилик, қайтараман ҳамма эмас, кўпчилик ўзи истаган гапни Сиздан доим кутади. Албатта бир умр ўша кўпчиликнинг кайфиятини ўлчаб, қўлда флюгер билан яшаб ўтиш мумкин. Аммо бошқача яшаш ҳам мумкин, ҳатто ҳурматга лойиқроқ.

Дўстлар, юракни кенгроқ қилинг, мулоҳаза қилишдан эринманг, ўзганинг фикрини ҳурмат қилинг, сизнинг фикрингизга терс бўлса ҳам ҳурмат қилинг. Қўшилмаслик ҳуқуқи доим сақланиб қолади, ундан фойдаланинг, аммо ҳақорат билан эмас. Ҳақорат ва талваса шунчаки ачиниш ҳиссини уйғотади.

Muhammadali

28 Oct, 22:37


Adekvat odam bu fikrlarga qo'shiladi

Muhammadali

28 Oct, 20:14


Keynni ko'rib odam birooz achinadiyam, u daraja jihatidan Levandovskidan kam emas, lekin... sovrinlar borasida omadi yurishmadi. Ammo zamonamizning eng kuchli hujumchilaridan biri.

Muhammadali

28 Oct, 19:16


Rodri: "Oltin to'p"ni menga topshiradi? To'g'risini aytsam, hozircha men hech narsani bilmayman. Ko'ramiz, nima bo'larkin.

Muhammadali

Muhammadali

28 Oct, 14:44


Lekin menimcha ham, aslida ko'proq Vini loyiq bu safar, "Siti" ChLni yutgan mavsum Rodri loyiqroq edi bu yildan ko'ra

Muhammadali

28 Oct, 14:39


Ronaldu-Messisiz "Oltin to'p"lar shunaqa intrigali o'tgan ekanda a? To'g'risi, men birinchi marta bu tuyg'uni his qilyapman. Chunki men ko'rgan "Oltin to'p"larda intriga deyarli bo'lmagan. Lekin kattalar doim avvalgi taqdirlashlarni ko'p maqtashardi, turfa xillik bor deya. Keyingi yillar qanday o'tarkin? Yana "Oltin to'p"ga jahon futbolida qiziqish orta boshlayapti.

Rodri va Vinisiusga kelsak, men uchun ikkisi ham loyiq, shu sabab adolatsizlik deb jar solmagan bo'lardim.

Muhammadali

Muhammadali

28 Oct, 12:12


Ten Hagni mavsum davom etayotgan pallada iste'foga chiqarish bir tomondan noto'g'ri, lekin boshqa tomondan bitta "Chelsi"dan tashqari, "qizil iblislar"ni oldinda kuchsiz raqiblarga qarshi o'yinlar kutmoqda, ya'ni kayfiyatni ko'tarib olish uchun ayni muddao! Nistelroy vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlanibdi, Sulsherga o'xshab bosh murabbiy bo'lib olish uchun yaxshi imkoniyatga o'xshayapti. Nima dedingiz?

Muhammadali

Muhammadali

26 Oct, 21:51


"Barsa"ning adminiyam juda bir qitmir ekan-a?)

Muhammadali

26 Oct, 21:14


Shunchalik ham zo'r, eng kerakli nuqtalarini sanab yozish mumkinmiye? Qalamda Qahramon akadan zo'ri yo'q rostanam.

Muhammadali

26 Oct, 21:13


«Барселона» топ рақибга қарши ҳимоя режасини «Бавария» билан ўйиндаёқ намойиш қилганди. «Реал»дан талаб этиладигани - ушбу режага қарши тайёрланиш. Ва бу услуб «Реал» сафидаги футболчилар учун ҳам қулайдек, қоғозда Мбаппе хет-трик қилиши мумкин бўлган сценарий.

Аммо барибир шу қопқонга тушишгани «Реал» мураббийлар штаби учун катта муваффақиятсизлик. Жамоа ўтган 10 турда 12 марта офсайдга тушган экан, бугуннинг ўзида ҳам шунча.

Ёки ҳаддан ташқари ўзига ишониш. Бу ҳам албатта, Анчелоттининг хатоси.

Шу билан бирга, Мбаппенинг интеграцияси ҳам оғриқли кечаётгани, Анчелотти ҳам сеҳргар эмаслигини ҳам тан олишимиз керак. Айнан Мбаппе туфайли Беллинҳэм ҳам ўтган йили энг фойдали бўлган нуқталардан анча узоқда тўп сураётгани ҳам факт. Натижада ҳозирча янги Мбаппе ҳам, эски Беллинҳэм ҳам йўқ. Ҳозирча бўлсин, ишқилиб.

Флик эса, жамоаларга ўзи мураббий нима учун кераклигини кўрсатиб қўймоқда. Ҳаммамиз «Барселона»ни устидан кулган ёзга юз йил бўлгандек. Атиги икки ой олдин эмасмиди, Лапорта Олмони зааявка қила олмай, тийинларни санаётган, Гундўған жамоани тарк этаётган кунлар?

Уёғини Флик эплади. Кристиансен, Педри, Гави, тер Штеген, де Йонг ва бошқалар, айни пайтда ҳам, навбати билан ҳам жароҳат олишди. Мураббий ёшларга таянди, баъзи футболчиларнинг даражасини кўтарди, ишонч берди. Араухо деган футболчи борлигини, усиз Винисиусни тўхтатиб бўлмаслигини ҳам эсдан чиқариб юбордик.

Натижада ҳамма «ўшанда кўрамиз» деган ҳафтани умумий 13:2 ҳисобидаги уч ғалаба билан якунлашяпти, қойил.

@aslanov_futbol

Muhammadali

26 Oct, 20:53


Ajoyib o'yin! Taktik bahs! Shaxmatona yurishlar! "Barselona" haqli g'alabaga erishmoqda!

Muhammadali

26 Oct, 20:45


Dahshat gol🔥

4:0. Rafinyadan super ijro!

Vaskes esa himoyachi emas!

Muhammadali

26 Oct, 20:38


Men hech bir golda Luninni ayblamayman

Muhammadali

26 Oct, 20:37


Yamal nuqta qo'ydi, lekin Flik eng zo'ri bugun!

Muhammadali

26 Oct, 20:37


Himoya sochilib ketdi shunchaki!

Muhammadali

26 Oct, 20:32


Ishonchsiz harakat qilayotgan Penya ikkinchi bo'limda qahramon bo'lib ketyaptiye

Muhammadali

26 Oct, 20:28


Levandovski 3-golni urmay, intrigani saqlab turmoqchi shekilli?

Muhammadali

26 Oct, 20:27


"Real" himoyada mavsumdagi eng yomon o'yinlaridan biri o'tkazyapti

Muhammadali

26 Oct, 20:26


Qo'shilaman: t.me/aslanov_futbol/1505

Muhammadali

26 Oct, 20:20


"Borussiya" "Barsa" uchun 3-4 kun avval 2:0 dan keyin qanday xato qilmaslik bo'yicha qo'llanmani ko'rsatib bergan. "Barsa" qanday yo'l tutadi?

Muhammadali

20 Oct, 16:32


Муаммонинг илдизи)

📹 ТЎЛИҚ ВИДЕО

🚀 @xayrulla_hamidov

Muhammadali

16 Oct, 07:20


Телеграмдаги энг сифатли каналлардан бири ФУТБОЛИЩЕЕЕнинг янги каналига обуна бўлинг 👇

https://t.me/+5UAAk2Pz0EliNzAy
https://t.me/+5UAAk2Pz0EliNzAy

Muhammadali

15 Oct, 16:26


Stadionda internet ishlamaydi. Barchani g'alaba bilan tabriklayman! O'yin haqida fikrlar keyinroq

Muhammadali

15 Oct, 08:55


Bugun ham dodam bilan birga g'alaba qozonishimizga ishongan holda "Bunyodkor" o'yingohiga yo'l olamiz. Asosiy futbolchilarimizdan ba'zilari maydonga tusholmas, lekin raqibda ham shunday holat. Ob-havo esa qanday bo'lishidan qat'iy nazar, ikki terma ham teng sharoitda o'ynaydi.

Tarkib va taktika haqida gapirishga hojat yo'q. Chunki kutilmagan o'zgarish bo'ladi, deb o'ylamayman. Agar hujumga chiqayotganda Eron bilan o'yin kabi BAAga qarshi ham faqat Eldor tomon krosslar amalga oshirilaversa, shedevr maqolada aytilganidek: Eldor oʻsha uch futbolchini aldab oʻtib gol ursin-da...

Muhammadali

Muhammadali

10 Oct, 18:07


Shimoliy Koreya 86-daqiqada gol kiritib, BAA bilan durang qayd etdi! Koreyaliklar bu saralashda nafaqat bizni, balki boshqa raqiblarni ham hayron qoldirishda davom etmoqda! Endi BAAda 4 ochko. Biz bilan farq 3 ochko.

Muhammadali

Muhammadali

10 Oct, 17:28


Oʻzbekiston - Eron

Qisqa fikr bildiraman deb boshladim, lekin Vatan jamoasi o'ynar ekan, qisqa gapirish mushkul.

Muhammadali

Muhammadali

10 Oct, 08:43


Bugun yana men va dodam O'zbekiston terma jamoasini qo'llab-quvvatlashga stadionga boramiz.

O'tgan yili "Bunyodkor" stadionida terma jamoalar 2:2 hisobida durang o'ynaganini ham birga tomosha qilgandik. Bugun ham shunday shiddatli o'yin bo'lishi shubhasiz. Ammo bu safar biz futbolchilarimizdan g'alaba kutamiz!

Muhammadali

Muhammadali

08 Oct, 12:02


Messi va Iniestaning bir jamoada o'ynashi futbol qoidalariga zid edi!)

Muhammadali

Muhammadali

07 Oct, 10:16


Katanes salomatligi yomonlashgani sababli oktabrdagi yig'inni o'tkazib yuborishidan xabar topdingiz. Termamiz eng muhim pallada bosh murabbiysiz Eron va BAAga qarshi o'yinlar o'tkazishi, albatta yomon holat. Uni ustiga bu sog'liq bilan bog'liqligiga, odam nimadir deyishga ham qiynaladi. Lekin Katanesda bu holat birinchi marta emasligi va u, takrorlansa, termadan o'zi ketishini aytgandi. Biroq uni eng muhim bosqichda ketkazish ham to'g'ri emas. Bu esa O'FA uchun vaziyatni yanada qiyinlashtiradi.

Uning o'rniga yordamchilari ishlashi ma'lum. Ammo bu xabar chiqquncha, tarmoqlarda Kapadze ishlashi mumkinligi aytilgandi. Bu shunchaki mish-mish bo'lib qoldi (hozircha). Balki Kapadze terma jamoa boshqaruviga kelmagani ham to'g'ridir, chunki ikki o'yinni deb uni qurbon qilib yuborish hech gap emas. Ya'ni, agar kutilgan natija qayd etilmasa, ta'tilda, uyida tinchgina o'tirgan Kapadze ham tanqidlar ostida qoladi.

Boshqa tomondan, Katanes keyingi o'yinlarda bo'ladimi? Balki shu pallada o'zgarish qilish to'g'ridir? Lekin avvalgi saralashlardagi tajribamiz shuni ko'rsatadiki, bu bosqichda murabbiy almashtirish foydasiz va bu bosqichni boshlagan murabbiy, o'zi yakunlaganida, JChga chiqardik degan farazlar qolgan, xolos.

Agar murabbiy oxir-oqibat o'zgartirilsa, yana o'sha gapga qaytamiz - Kapadzedan yaxshiroq variant yo'q. Chet ellik murabbiy hozirgi boshqichda rulga o'tirib, bizga natija olib kelishiga ishonish juda qiyin. Kapadze esa termamiz bir necha yildan beri qanday uslubda, tarkibda o'ynayotganini yaxshi biladi, balki o'yinlar davomida, o'zi ham jamoaning bahslarini ko'ra turib, nimani o'zgartirish kerakligini tahlil qilib yurgan ham.

Muhammadali

Muhammadali

05 Oct, 14:53


"Andijon" klubi muxlislarini tabriklayman!🔥

Muhammadali

05 Oct, 12:25


YouTube orqali ham finalni ko'rish imkoni bor ekan

📱 youtu.be/csSvRqnkbfA

Muhammadali

05 Oct, 11:11


Bugun nafaqat maydonda, balki tribunalarda ham oʻziga xos "kurash" boʻladi. Mamlakatimizning eng zoʻr fan-klublari qanday muxlislik qilish kerakligini ko'rsatib qoʻyishadi 🔥

Umid qilamizki, futbolchilar ham finalga xos oʻyin ko'rsatishadi!

Siz bugun qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?

Muhammadali

Muhammadali

03 Oct, 21:01


Fernandeshning qizili

Muhammadali

03 Oct, 21:00


"Portu" 3:3 "Manchester Yunayted"

Muhammadali

03 Oct, 19:54


"Portu" 2:2 "Manchester Yunayted"

Birinchi bo'lim haqida

Muhammadali

03 Oct, 12:00


Yamalning "Yang Boys"ga qarshi o'yindagi harakatlaridan parcha. Bu bolakay zaxiraga olingunicha shunday o'ynadi, ya'ni raqib himoyachilarini holi-joniga qo'ymadi. Sharhda ham maydonni tark etgunicha maqtadim. Ronaldinyoning eng zo'r fintlarini amalga oshirdi. Zaxiraga olinayotganida ham norozi bo'lganini ko'rdik. To'ymayapti, ichida olov yonyapti, lekin yosh iqtidor sinib qolmasligi uchun Flik uni almashtirdi va to'g'ri qildi. Har holda Pedrining taqdiri takrorlanmasligini oldini olish lozim.

Muhammadali