Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘 @accounting_stuff Channel on Telegram

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

@accounting_stuff


Bu kanalda siz Buxgalteriya to'g'risida darslar ko'rib, testlar yechib o'z bilmingizni mustahkamlab borasiz!
Bonus: Xalqaro standardlarga doir mavzular;

YouTube kanalimizga qo'shiling👇
https://m.youtube.com/channel/UCQCy-5fq_pO5tgm1eFYt7-w

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘 (Uzbek)

Bu kanalda siz Buxgalteriya to'g'risida darslar ko'rib, testlar yechib o'z bilmingizni mustahkamlab borasiz! Bonus: Xalqaro standardlarga doir mavzular. Agar siz bu sohadagi bilimlaringizni oshirish, yangi ma'lumotlar olishni istasangiz, yoki bu sohadagi yangiliklardan xabardor bo'lishni xohlaysiz, bu kanal siz uchun! Bu yerda siz buxgalteriya sohasi bo'yicha eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lib, foydali darslar va testlar bilan bilimlaringizni mustahkamlab borishingiz mumkin. Shunchaki, bu kanal sizning professional rivojlanishingizga yordam berish uchun ideal manzildir. Kanalga obuna bo'ling va buxgalteriya sohasida o'zingizni o'zlashtiring! YouTube kanalimizga quyidagi havolaga o'ting: https://m.youtube.com/channel/UCQCy-5fq_pO5tgm1eFYt7-w

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

24 Jan, 09:08


#soliq_siyosati_2025

2025-yilda soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar

👉QQS bo‘yicha o‘zgarishlar
👉Aksiz solig'i stavkalari
👉Foyda solig‘idagi o‘zgarishlar
👉Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i
👉Yuridik shaxslar yer solig‘i
👉Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i
👉Jismoniy shaxslar yer soligʻi
👉Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari
👉Aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha
👉Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortishdagi o‘zgarishlar
👉Ijara to'lovining minimal stavkalari
👉Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari
👉Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun rag‘batlantirish: QQS qaytarish va foyda solig‘ini 2 barobar kamaytirish
__________
#налоговая_политика_2025

Изменения в налоговом законодательстве в 2025 году

👉НДС
👉Акцизный налог
👉Налог на прибыль
👉Налог на имущество юрлиц
👉Земельный налог с юрлиц
👉Налог на имущество физлиц
👉Земельный налог с физлиц
👉Налог за пользование водными ресурсами
👉Налог с оборота
👉НДФЛ и соцналог для индивидуальных предпринимателей
👉Минимальные ставки арендной платы
👉Ставки сборов за право розничной торговли отдельными видами товаров
👉Стимулы для общепита: возврат НДС и вдвое сниженный налог на прибыль

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

23 Jan, 05:58


Tadbirkorlik subyektlarining toifalari

🔹Kichik tadbirkorlik subyektlari -
▫️yakka tartibdagi tadbirkorlar;
▫️mikrofirmalar
- jami daromadi 1 mlrd so‘mgacha;
▫️kichik korxonalar
- jami daromadi 1 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha.

🔹O‘rta tadbirkorlik subyektlari - jami daromadi 10 mlrd so'mdan 100 mlrd so'mgacha;

🔹Yirik tadbirkorlik subyektlari - jami daromadi 100 mlrd so'm va undan ortiq.

👉 PF-21-son, 10.02.2023-yil

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

17 Jan, 03:50


Нега келган янги ходимларни кўпи кетиб қолади?

Сабаби Induction (кейинчалик индукция) йўқлиги.

Янги ишни бошлаган ходим учун илк кунлар доимо катта таъсирга эга бўлади. Бироқ аксарият ўзбек бизнесларида индукция жараёни (яъни янги ходимни иш жараёнига мослаштириш) деярли йўқ. Бу нафақат ходимнинг ишга бўлган муносабатига, компаниянинг умумий самарадорлигига ҳам салбий таъсир кўрсатади

Нима учун индукция муҳим?
1. Янги муҳитга мослашув
2. Қўллаб-қувватланиш ҳисси
3. Мақсад ва вазифалар

Ўзбек компанияларидаги вазият
Афсуски, кўплаб компанияларда индукция жараёни етарлича ўйланган эмас:
“Кўриб, ўрганиб оласиз” муносабати
Ҳужжатларга бўлган урғу
Қўллаб-қувватлаш йўқлиги

Индукциянинг самараси
Мослашиш жараёни яхши ташкил қилинган компанияларда:
• Ходимлар тезроқ мослашади ва юқори самарадорлик кўрсатади.
• Ходимларда ишга нисбатан юқори мотивация ва садоқат пайдо бўлади.
• Кадрлар айланиши сезиларли даражада камаяди.

Сизда янги ходимлар учун индукция борми? Уни жорий қилиш вақтини келмадими?

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

13 Jan, 05:04


#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

2025-yilda foydalanishi kutilayotgan suv hajmlarining yer osti va yer usti nisbatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
_______
#налог_за_пользование_водными_ресурсами

Сведения о соотношении объемов воды, поступающих из поверхностных и подземных источников водных ресурсов на 2025 год

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

12 Jan, 15:04


#ibrat

Barchaga va’da qilingan animatsion filmimiz tayyor!

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi namoyish etadi!

Uy va shaharlarimizni tark etayotgan kitoblar.

Ibratli animatsiya ko‘ring va tafakkur qiling!

Sinf o‘quvchilari va ota onalar guruhlariga yuborib qo‘yish tavsiya qilinadi.


Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

08 Jan, 07:40


Ўзбекистонда ЭРИси бериш учун қанча ва қандай тўлов тўланади

жисмоний шахслар БҲМнинг 7 фоизини тўлайдилар. Жисмоний шахслар тўловни мобиль тўлов иловалари (Payme, Click, U-pay ва бошқалар) ёки банк кассаси орқали амалга оширишлари мумкин;
юридик шахслар - БҲМнинг 10 фоизини тўлайдилар. Юридик шахслар пул кўчириш билан, банк кассаси, my.soliq.uzдаги шахсий кабинетнинг махсус хизмати орқали ва мобиль тўлов иловалари ёрдамида тўлашлари мумкин.
БҲМнинг амалдаги миқдорига бу ерда қаранг.

ЭРИсига пул ўтказиш билан тўлов учун реквизитлар:

Ўзбекистон Республикаси Солиқ қўмитаси ҳузуридаги "Янги технологиялар" илмий-ахборот маркази ДУК

Манзил: 100096, Тошкент ш., Муқимий кўчаси 166.

Тел.: 71-202-32-32, e-mail: [email protected]

Ҳ/р: 2021 0000 8004 3120 0009 «KAPITALBANK» АТБ Мирзо Улуғбек филиалида

МФО: 01018

СТИР: 201589463

ИФУТ: 58290

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

04 Jan, 05:27


Ўзини ўзи банд қилган шахслар билан меҳнат шартномаси тузиш мумкин эмас

Ҳозирги кунда ўзини ўзи банд қилган шахслар кўпаймоқда ва бу яхши. Лекин ўзини ўзи банд қилган шахслар ёлланма ишчи бўлиб ҳам ишлашмоқда. Вазирлар Маҳкамасининг 23.12.2020 йилдаги 803-сонли қарорига асосан, тадбиркорлик субъектлари ўзини ўзи банд қилган шахслар билан меҳнат шартномаси тўзиши мумкин эмас. Яъни ўзини ўзи банд қилган шахслар ёлланма ходим бўлиб ишлаши мумкин эмас.

👉@buxgalterkundaligi

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

02 Jan, 16:20


Qozogʻiston ijtimoiy tarmoqlarida yangi trend ommalashibdi: foydalanuvchilar jamiyatga naf keltirmaydigan, xalq dardini yoritmaydigan bloger va mashhur shaxslardan obunani bekor qilishmoqda.

Bizda ham bunday ishlarni ommalashtirish zarur. Axloqsiz, ongi past bloger-u vaynerlarni kuzatmaslik kerak.

Oʻz nomi va isteʼmolchilarini hurmat qilgan tadbirkorlar undaylarga reklama bermasin. Biz esa isteʼmolchi sifatida axloqi buzuq, maʼrifatsiz mashhurlar tavsiya qilayotgan mahsulotlarni sotib olishdan tiyilaylik.

Agar bizlar ularni kuzatmasak, saviyasiz va foydasiz kontentlariga koʻrishlar sonini koʻpaytirmasak, ular jamiyat bilan hisoblashadigan boʻlishadi, albatta.

🔝 @foydali_moliya

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

02 Jan, 09:51


1 C дастурининг 3,0 редакциясини урганувчилар учун видео дарсликларни каналимизга жойлаб борамиз. @accounting_stuff

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

28 Dec, 14:43


Jahongir Latipov telegram kanalida eksklyuziv intervyu 🔥

Namanganning eng boy va nufuzli tadbirkorlari bilan eksklyuziv suhbat.

"B.A Holding" asoschisi Bahodir Abdullayev, Holding bosh direktori Gulbahor Tojimirzaeva, “Afsonalar vodiysi” bog‘i rahbari Qudrat Abdullayev va “Chortoq Mineral Water” asoschisi Bahodir Abduraimov kanalimiz uchun eksklyuziv intervyu berishdi.

Video davomida e’lon qilingan tanlovda qatnashib maxsus sovg‘a yoki iphone 16 smartfonini yutib olishingiz mumkin.

👉@latipovjahongir

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

27 Dec, 10:42


#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#foyda_soligi

Foyda solig‘idagi o‘zgarishlar

Tovar (ish, xizmat)larning elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun foyda solig‘i stavkasi - 10% etib belgilandi (oldin 7,5%).

Tovar (ish)larni eksportga realizatsiya qilishdan olingan foyda uchun 0% stavkadagi soliq bekor qilindi.

Umumiy quvvati 100 kVt gacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) qurilmalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa elektr energiyasini realizatsiya qilishdan olingan foyda 0% stavkada soliqqa tortiladi.

Stavka QTEM qurilmalari ishga tushirilgan oydan boshlab 3 yil davomida qo‘llaniladi. Quyosh panellari quvvatining kamida 25% miqdorida elektr energiyasini to‘plash tizimi bilan quyosh panellari o‘rnatilganda – bu panellar ishga tushirilgan oydan boshlab 10 yil davomida qo‘llaniladi.

👉Soliq kodeksining 337-moddasi

Vaqtinchalik soliq imtiyozlari

2025-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvargacha nashriyot-matbaa faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar olingan daromadlaridan foyda solig'ini to'lashdan ozod qilinadi (foiz ko'rinishidagi daromadlar bundan mustasno). Buning uchun ushbu faoliyat turidan olingan daromadlar hisobot (soliq) davri yakunlari bo'yicha jami daromadining kamida 90%ini tashkil etishi kerak.

2025-yil 1-fevraldan 2030-yil 1-yanvargacha O'zbekiston Respublikasi norezidentlari bo'lgan yuridik shaxslar eksport xizmatlari hajmi kalendar yil davomida 10 mln AQSh dollaridan oshgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlariga axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlarni ko'rsatishdan olgan daromadlari qismida (shu jumladan, royalti to'lanadigan) foyda solig'ini to‘lashdan ozod qilinadi.
❗️Istisno - O'zbekiston Respublikasi bilan ikki yoqlama soliq solishning oldini olish to'g'risida bitim tuzgan davlatlarning soliq rezidentlari mustasno.

2025-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvargacha tadbirkorlik subyektlari foyda solig'ini hisoblashda o‘z mablag‘lari hisobidan nodavlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari binolarining qurish bilan bog'liq xarajatlarni 2 yil davomida teng ulushlarda ushbu binolar qiymatining amortizatsiya tarzida chegirib tashlanadigan xarajatlarga kiritish haqli.
Bunda ular ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini bepul qabul qilish bo'yicha litsenziya talablarini bajarishlari shart, aks holda bu amortizatsiya chegirmalari
Soliq kodeksining 306-moddasida nazarda tutilgan amortizatsiya normarlarini qo'llash hisobidan bekor qilinadi.

👉Soliq kodeksining 483-moddasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

20 Dec, 15:33


Islomiy moliya – nima u?

Kun.uz “Al-Muamalat” mikromoliya tashkiloti bilan hamkorlikda tayyorlagan multfilmida islomiy moliya nima ekani haqida salam shartnomasi misolida hikoya qiladi.

🔝 @foydali_moliya

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

12 Dec, 12:29


Kredit olish vasvasasi. Aholining qarz yuki shiddat bilan oshmoqda

O‘zbekistonda qarz olish nihoyatda qimmat. Shunga qaramay, oxirgi 5 yil ichida jismoniy shaxslarning banklardagi kreditlari qoldig‘i 4,3 barobarga ko‘payib, qariyb 173 trillion so‘mga yetgan.

🔝 @foydali_moliya

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

12 Dec, 08:59


Солиқ ўз вақтида тўланмаганда пеня ҳисоблаш кандай амалга оширилади?
Молиявий қийинчиликлар туфайли корхонада 3,6 млн сўм миқдорида солиқ бўйича қарздорлик ҳосил бўлди. У солиқни тўлаш муддати ўтгандан кейин 15 кундан сўнг сўндирилди. Шу муддатда пеня қанча хисобланади. МБнинг қайта молиялаш ставкаси 14% бўлса. Бунда пенянинг ставкаси МБнинг қайта молиялаш ставкасидан келиб чиққан ҳолда ҳисоблаб чиқарилади ва унинг 1/300 қисмига тенгдир ҳар бир кун учун. Формуласи МБ қайта молиялаш ставкаси*1/300 тенг. Масалан: Корхона 15 кундан сўнг 3,6 млн сўм миқдорида солиқ бўйича асосий қарздан ташқари, корхона 25 380 сўм (3 600 000 х 0,047% х 15 кун) пеня тўлайди. @accounting_stuff

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

05 Dec, 15:37


https://www.youtube.com/watch?v=okUQVy2krxE

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

04 Dec, 06:57


Факторинг қандай ишлайди? Факторинг хизматларининг афзаллиги нимада?

@uzbekzargarsanoati

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

03 Dec, 09:01


АОСга ўтишга ариза бермоқчи бўлган бухгалтерлар учун

Солиқ кодексининг 462-моддасига асосан, солиқ даврида товарларни (хизматларни) реализация қилишдан олинган жами даромади 1 млрд сўмдан ошмаган юридик шахслар учун АОСга ўтиш учун аризани навбатдаги солиқ даври бошланишига қадар 10 кундан кечиктирмай хабардор қилишлари керак.

⚠️Эслатма, солиқ тўловчилар томонидан бир вақтнинг ўзида қуйидаги шартлар бажарилганда, навбатдаги солиқ давридан АОС тўлашга ўтиш мумкин:

— ҚҚС тўлаш тартибига камида 12 ой олдин ўтган бўлса;

— Жорий солиқ даврида Солиқ кодексининг 462-моддаси 2-қисмида кўрсатилган ҚҚС тўлашнинг мажбурий мезонлари мавжуд бўлмаса.

⚠️АОСга ўтишда ҚҚС гувоҳномасини бириктиришингиз мақсадга мувофиқ.

👉https://my3.soliq.uz/vat-payer-registration/vat-unregistration

👉@buxgalterkundaligi

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

03 Dec, 07:41


Nodavlat taʼlim muassasalari uchun berilgan imtiyozlar muddati uzaytiriladi

Nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari barcha turdagi soliq (ijtimoiy soliqdan tashqari) va yigʻimlarni toʻlashdan ozod qilish tarzidagi soliq imtiyozlari muddati 2030-yil 1-yanvarga qadar uzaytiriladi.

Avval ushbu imtiyozdan foydalanish muddati 2025-yil 1-yanvargacha edi

👉PQ-403, 22.11.2024-yil

Joriy yilning 9 oyi davomida 679 ta xususiy bogʻcha va maktablar 113 mlrd soʻmdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalandilar. @accounting_stuff

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

03 Dec, 05:10


#ERI

Elektron raqamli imzodan foydalanish nima uchun qulay?


✔️ yuqori darajadagi xavfsizlik
✔️ vaqt va resurslarni tejash
✔️ soliq va boshqa elektron davlat xizmatlaridan masofadan foydalanish

ERI qanday olinadi?

e-imzo.soliq.uz sayti orqali ERIni onlayn olish mumkin.

Ariza topshirishda ekrandagi QR-kodni Soliq mobil ilovasining "Elektron raqamli imzo" bo'limi orqali skanerlash va Face ID-dan o'tish kerak.

ERI qancha turadi?

▫️Yuridik shaxslar uchun - BHMning* 10%i (37 500 so'm),
▫️jismoniy shaxslar uchun - BHMning 7%i (26 250 so'm).

*1 BHM = 375 000 so'm
__________
#ЭЦП

Почему удобно использовать электронную цифровую подпись?

✔️ высокая степень защиты
✔️ экономия времени и ресурсов
✔️ дистанционное получение налоговых и других государственных услуг

Как получить ЭЦП?

Получить ЭЦП можно онлайн через сайт e-imzo.soliq.uz.

При подаче заявки QR-код на экране нужно отсканировать через раздел "Электронная цифровая подпись" в мобильном приложении Soliq и пройти Face ID.

Сколько стоит ЭЦП?

Для юрлиц - 10% БРВ* (37 500 сумов),
Для физлиц - 7% БРВ (26 250 сумов).

*1 БРВ = 375 000 сумов

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

02 Dec, 06:59


Harbiy hizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi tashkilot vakillariga xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish ta’qiqlanadi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga, o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olishga, qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan o‘z xizmat mavqei bilan bog‘liq holda foydalanishga doir taqiqlar belgilandi.

🔝 @foydali_moliya

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

01 Dec, 10:01


https://www.youtube.com/shorts/Ta8doBXGVL4

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

30 Nov, 15:38


☝️ Garvard universiteti talabalarining miyasini qizdirib yuborgan savol...

Rasmdagi mantiqiy masala Garvardning MBA bitiruvchilari uchun maxsus test hisoblanadi.

Talabaga 30 soniya vaqt beriladi. Shu vaqt ichida qanday qilib 8 soni kelib chiqqanini aniqlashi kerak boʻladi.

Siz ham bir urinib koʻring-chi, balki Garvard talabalarining tishi oʻtmagan masalaga siz yechim toparsiz!

Javobini koʻrish 👈

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

28 Nov, 14:43


Ойликдан ойликгача яшаш...

Telegram | 🌐 Instagram | 📹 Youtube

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

27 Nov, 09:38


⚠️ Kiyimimiz - kredit
⚠️ Oʻqishimiz - kredit
⚠️ Telefonimiz - kredit
⚠️ Mashinamiz - kredit
⚠️ Kvartiramiz - kredit
⚠️ Uy jihozlarimiz - kredit
⚠️ Toʻylarimiz - kredit

⌛️ Ertasi nomaʼlum umrimizga sotib olinmagan yana nima qoldi...

🔝 @foydali_moliya

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

22 Nov, 09:32


Iqtisodchi Otabek Bakirov Cobalt uchun shartnoma olganlar dollarini tezroq soʻmga maydalab olishni maslahat bermoqda.

Koʻpchilik orttirgan pulini dollarda saqlashi sir emas. Endi mashina sabab shartnoma olganlar yoppasiga dollar maydalashni boshlaydi va qisqa muddatga soʻmga talab oshib, dollar kursi pasayishi mumkin.

➡️ Tanishlarga yuborib qoʻying

🔝 @foydali_moliya

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

22 Nov, 05:25


Электрон рақамли имзо учун реквизитлар:

Ўзбекистон Республикаси Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги "Янги технологияларʼʼ илмий-ахборот маркази ДУК

Манзил: 100096, Тошкент шаҳри, Муқимий кўчаси, 166.
Тел.: 71-202-32-32
Ҳ/р: 20210 000 8004 3120 0009 «КАПИТАЛБАНК»
АТВ Мирзо Улуғбек филиали
МФО: 01018
СТИР(ИНН): 20158946З
ИФУТ(ОКЭД): 58290

ЭРИ калитларининг сертификатларини бериш учун юридик шахслардан ва юридик шахс ташкил этмаган тадбиркорлик субъектларидан базавий ҳисоблаш миқдорининг 10 фоизи, жисмоний шахслардан эса 7 фоизи миқдорида йиғим ундирилади. @accounting_stuff

⚠️Жисмоний шахсларга ЭРИ калитларининг сертификатларини беришда «Ижтимоий ҳимоя ягона реестри» ахборот тизимида рўйхатга олинган шахсларга, шунингдек, I ва II гуруҳ ногиронлиги бўлган шахсларга белгиланган йиғимнинг 50 фоизи миқдорида чегирма қўлланилади.

Махсус дастурий маҳсулот ўрнатилган фискал модул учун реквизитлар:

Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги «Янги технологиялар» илмий-ахборот маркази ДУК
Манзил: 100096, Ташкент шаҳри, Муқимий кўчаси, 166.
Тел.: 71-202-32-32
СТИР: 201589463
ИФУТ: 58210
Ҳ/р: 2021 0000 1004 3120 0010
Банк: «KAPITALBANK» АТБ Мирзо Улуғбек филиали
МФО: 01018
E-mail [email protected]

Махсус дастурий маҳсулот ўрнатилган фискал модул ва унга кўрсатиладиган бир йиллик хизматлар учун олдиндан 100% тўлов. Тўлов миқдори БҲМнинг бир баробари. Яъни 375 000 сўм @accounting_stuff

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

20 Nov, 08:56


🇺🇿 2025 йил “Атроф-муҳитни асраш ва “яшил” иқтисодиёт йили” деб эълон қилинди.

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

19 Nov, 12:58


#иқтибос

Бухгалтерия ҳисоби - бу бугунги кундаги воқеликни англаш учун кечаги ходисалар билан эртанги кундаги ноаниқликларни биргаликда ҳужжатлаштириш санъатидир.

@auditor_team

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

18 Nov, 11:57


🎇 Qora tuynuk yoxud nafs botqogʻi...

Nafs haqida ishlangan eng yaxshi rolik shu boʻlsa kerak. Koʻring, xulosa oling!

🔝 @foydali_moliya

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

13 Nov, 08:18


💳💳 Quyidagi ilovalar orqali kartadan kartaga jami 80 mlndan ko'proq foizsiz pul o'tazishingiz mumkin

🐝 Beepul ilovasida — bir oyda 20 mln so'mgacha 0% (yangi mijozlarga).
📲 Ilovani yuklab olish 👉 Play Market yoki App Store

🏦 Biznesni rivojlantirish banki ilovasida — bir oyda 10 mln so'mgacha 0%.
📲 Ilovani yuklab olish 👉 Play Market yoki App Store

🚗 Chakana pay ilovasida — bir oyda 10 mln so'mgacha 0%.
📲 Ilovani yuklab olish 👉 Play Market yoki App Store

🏦 Tenge bank ilovasida — bir oyda 10 mln so'mgacha 0%.
📲 Ilovani yuklab olish 👉 Play Market yoki App Store

🏦 Xalq bankining Xazna ilovasida — bir oyda 5 mln so'mgacha 0%.
📲 Ilovani yuklab olish 👉 Play Market yoki App Store

🏦 O'zsanoatqurilishbank ilovasida — bir oyda 5 mln so'mgacha 0%.
📲 Ilovani yuklab olish 👉 Play Market yoki App Store

🏦 Smart bank ilovasida — bir oyda 5 mln so'mgacha 0%.
📲 Ilovani yuklab olish 👉 Play Market yoki App Store

▪️ Oson
ilovasida — bir oyda 5 mln so'mgacha 0%.
📲 Ilovani yuklab olish 👉 Play Market yoki App Store

🏦 MKBank ilovasida — bir oyda 3 mln so'mgacha 0%.
📲 Ilovani yuklab olish 👉 Play Market yoki App Store

🏦 O'zMilliybank ilovasida — bir oyda 3 mln so'mgacha 0%.
📲 Ilovani yuklab olish 👉 Play Market yoki App Store

💳 Paynet ilovasida — bir oyda 3 mln so'mgacha 0%.
📲 Ilovani yuklab olish 👉 Play Market yoki App Store

▪️ SelloPay ilovasida — bir oyda 3 mln so'mgacha 0%.
📲 Ilovani yuklab olish 👉 Play Market yoki App Store

🔝 @foydali_moliya

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

11 Nov, 01:49


​Narxlar manipulyatsiyasiga qarshi "layfxak"

Ko‘pchilik e’tibor berganmi-yo‘qmi, lekin bugungi tovarlarning aksariyatini "nostandart" hajmda qadoqlash odat bo‘lgan. Misol uchun, sosiskalar — 200 gr, 400 gr, 700 gr, 900 gr lik paketlarga qadoqlangan va shunga mos narxi ko‘rsatilgan.

Nima uchun standart 1 kg, 500 grammlik qadoqlar yo‘q bo‘lib boryapti? Sababi oddiy — odamlar ongi manipulyatsiyasi orqali tovar narxini boridan arzonroq qilib ko‘rsatish.

Bu manipulyatsiya ostida oddiy psixologik faktorlar yotadi. Aytaylik, siz bir magazinda 1 kg lik sosiska paketi 50 ming so‘mga turganini ko‘rgansiz. Boshqa magazinga kirib esa, 900 gr lik paketni 46 ming so‘mga, yo 700 gr lik paketni 37 ming so‘mga turganini ko‘rdingiz. Afsuski, bugungi kunda umumiy ta’lim sifati bilan birga odamlarning hatto oddiy arifmetika bobidagi bilimlari darajasi ham tushib ketgani sababli, siz, ko‘pchilik qatori, ushbu "nostandart" qadoqlar orasida qay birining kilogramm narxi arzonroqligini o‘sha joyning o‘zida hisoblay olmaysiz. Lekin ko'zingizga arzonroq ko'ringanini olishingiz ehtimoli katta. Vaholanki, bu misolda eng qimmat qadoq — 700 gr, eng arzoni — 1 kg ligi.

Qadoq hajmlarining 100 gr, yo 500 gr qilinmasligi ham aynan hisobni "qiyinlashtirishga" asoslangan. 1 kg ni ikkiga, yo o‘nga bo‘lib, real narxini chiqarib olish ancha osonroq ko‘pchilik uchun, lekin 700 gr lik qadoqni qanday hisoblash kerak?

Yuqorida keltirilgan 700 gr lik tovarning 1 kg narxini hisoblash yo‘li:

37 000 (so‘m) ÷ 0.7 (kg) = 52 857 (so‘m)

900 g lik tovar uchun: 46 000 (so‘m) ÷ 0.9 (kg) = 51 111 (so‘m)

Ko‘rib turganingizdek, buni bittagina amal bilan tezda hisoblash mumkin.


© Mirziyod Mirusmanov

🔝 @foydali_moliya

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

09 Nov, 06:33


🍔 O‘zbekistondagi fast food tarmoqlarining tovar aylanmasi maʼlum qilindi

📊 Uchinchi chorak yakunlariga ko‘ra, Evos, KFC va Feed Up tarmoqlari bozorda ustun mavqeni egallashdi. Ulardan keyingi o‘rinni esa Oqtepa Lavash band qilgan.

1️⃣ Evos - 655 mlrd so‘m, 82 ta filial

2️⃣ KFC - 552 mlrd so‘m, 26 ta filial

3️⃣ Feed Up - 107 mlrd so‘m, 37 ta filial

4️⃣ Oqtepa Lavash - 103 mlrd so‘m, 55 ta filial

🔝 @foydali_moliya

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

08 Nov, 05:55


Корхоналар балансида ишлатилган маиший техникалар кўп. Уларни кўпинча ишлатилгандан сўнг ходимларга сотишади ёки компания ёпилаётганда муассисларга (юридик ёки жисмоний шахсларга) топширишади. Солиқ солиш мақсадларида бу сотиш деб тан олинади. Ва бундай ҳолларда ЭҲФ расмийлаштириш керак. Лекин муаммо шундаки, ахборот тизими ЭҲФни расмийлаштиришда ҳатто ишлатилган маиший техника учун ҳам рақамли маркировка кодларини киритишни талаб қилади.

– Товарларни рақамли маркировка қилиш тизими бундай хўжалик операциясини ҳеч нарсани бузмасдан ўтказиш имконини беради. Бунинг учун корхона ишлатилган техникани рақамли маркировкасини таъминлаши керак. Шундан сўнг ҳисоб-фактураларни расмийлаштиришда муаммолар бўлмайди.
Қадамма-қадам ҳаракатлар режаси:
1. Aslbelgisi.uz сайтида рўйхатдан ўтинг ва «CRPT TURON» МЧЖ билан шартнома тузинг.
2. Агар илгари импортчи ёки бошқа бозор иштирокчиси рўйхатдан ўтказмаган бўлса, aslbelgisi.uz сайтида товарни Маркировка қилинадиган товарлар реестрида рўйхатдан ўтказинг. Агар товар карточкаси аллақачон яратилган бўлса, карточка остида сизда ҳам шундай товар борлиги ҳақида белги қўйинг.
3. Қуйидаги босқичлардан ўтиб, товарни маркировка қилинг:
aslbelgisi.uz сайтида рақамли маркировка кодларини буюртма қилиш ва олиш;
кодларни Data Matrix кодига айлантириш;
Data Matrix кодини товар истеъмол қадоғига жойлаштириш;
маркировка қилинган товарлар ҳақидаги маълумотларни «Asl belgisi» тизимига киритиш. Нима деб уйлайсиз бу жуда осонми ёки маиший техника балансингизда туравергани яхшими, жавобларни коментда кутамиз.

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

07 Nov, 08:23


Корхона ҳисобрақамида маблағ йўқлиги сабабли 2024 йил июль ойи учун ЖШДСни ўз вақтида тўламади. ДСИ солиқни тўлаш учун банкка тўлов топшириқномасини тақдим этмаганлиги учун директорга жарима солди. Бундай вазиятда нима қилишимиз керак?

– ДСИ белгиланган муддатларда солиқ бўйича тўлов топшириқномасини банкка тақдим этмаганлиги учун корхона раҳбарини жарима қилиш ҳуқуқига эга.
Банк ҳисоб рақамида пул маблағлари бўлмаса ёки етарли бўлмаса, тўлов 2-картотекага жойлаштирилади ва кейин банк сизнинг ҳисоб рақамингизга пул маблағлари тушиши билан уни қоплаб боради.
Агар тўлов топшириқномаси my.soliq.uz даги солиқ тўловчининг шахсий кабинетида 2-картотекага жойлаштирилган бўлса, солиқ органи буни кўради. Банк ҳисоб рақамида пул маблағлари бўлмаганда ёки етарли бўлмаганда айнан шундай қилишни тавсия этамиз.
Агар корхона банкка тўлов топшириқномасини тақдим этмаган бўлса (солиқни тўламаган ёки тўловни 2-картотекага жойлаштирмаган бўлса), солиқ органи тақдим этилган солиқ ҳисоботи асосида қарздорлик суммасини инкассо топшириқномаси орқали ечиб олади. Бунда солиқ органи Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 175-моддасига кўра солиқ тўловчининг мансабдор шахсларини (раҳбар ва бош бухгалтерни) жарима қилиш ҳуқуқига эга.
Корхона раҳбари жаримани ихтиёрий равишда тўлаши керак. Буни иложи борича эртароқ амалга ошириш керак, чунки жарима солиш тўғрисидаги қарорни олган кундан бошлаб 15 кун ичида тўласа, жариманинг фақат 50%ни, 30 кун ичида тўласа – 70%ни тўлайди 23.03.2023 й. ПҚ-99-сон 1-б..

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

05 Nov, 12:37


Колхоз бухгалтерлари иш вақтида, Фарғона водийси, 1938 йил

Кундалик ҳаётнинг тарихий лавҳаси: 1938 йилдаги Фарғона водийсидаги колхоз бухгалтерлари ўз ишларига чуқур шўнғиб, жадал иш олиб бормоқдалар. Бу даврда мамлакатдаги қишлоқ хўжалиги ва унинг молиявий бошқаруви ҳаётан муҳим вазифалардан бири бўлган. Бухгалтерлар эса, қишлоқнинг иқтисодий устунлигини таъминлашда асосий рол ўйнаганлар.

Шу суратни кўрганингизда ўша даврнинг ҳақиқатларини тасаввур қилиш мумкин — оғир меҳнат, жонкуярлик ва замоннинг ўз талаблари. Ҳозирги кундаги иш шароитлари билан таққослаб кўрганингизда, қандай таассуротлар уйғонади?

Тарихий суратлар ҳар доим ўша даврнинг руҳиятини ҳис этишга ёрдам беради. Агар сизга қизиқ бўлса, "👍" босинг ва ўз фикрларингиз билан ўртоқлашинг.

☠️ @VAXSHIY_TARIX

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

05 Nov, 05:55


#haqiqat

Firibgarlar oson pul topish va tez boyib ketishni istovchilarni qanday ilintirishadi.

🔝 @foydali_moliya

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

02 Nov, 16:19


https://www.youtube.com/watch?v=XPH8a2eOYr4

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

30 Jul, 06:36


🟦🟦🟦🟦

Pul sizga boshqa odamlar orqali keladi. Odamlar bilan muloqot qila olmaydiganlar kamdan-kam holda boyib ketadi.

Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun odamlar bilan muloqot qilish qobiliyati iste'dodga ega bo'lishdan ko'ra muhimroqdir!

© Jon Rokfeller

🔝 @foydali_moliya

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

29 Jul, 18:12


Qadrli abituriyentlar Sizni Namangan muhandislik-texnologiya institutiga taklif qilamiz!

Bizda 23 ta bakalavriyat ta'lim yo'nalishi mavjud bo'lib, har bir yo'nalishda zamonaviy va sifatli ta'lim beriladi.

Bizning afzalliklarimiz:

- Innovatsion o'quv dasturlari: Eng so'nggi texnologiyalar va ilmiy yondashuvlar asosida ta'lim beriladi.

- Malakali professor-o'qituvchilar: Ilmiy darajaga ega, Tajribali va yuqori malakali ustozlar tomonidan dars mashg'ulotlari olib boriladi.

- Amaliyot va tajriba: Talabalarimiz uchun ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot institutlarida amaliyot o'tash imkoniyatlari yaratilgan.

- Zamonaviy infratuzilma: Laboratoriyalar, kutubxonalar va sport majmualari talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun faoliyat olib boradi.

❗️29-iyul sanasida
my.uzbmb.uz sayti orqali Namangan muhandislik-texnologiya institutini tanlang! Sizni aynan NamMTI bilan yorqin kelajak kutmoqda!

Qo'shimcha ma'lumot uchun biz bilan bog'laning:

☎️ +998953017075
☎️ +998953037075
☎️ +998953077075

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

18 Jul, 07:11


#foyda_soligi #imtiyoz

Foyda solig‘ining pasaytirilgan stavkasini kimlar qo‘llashi mumkin?

🔹Quyidagilar foyda soligʻining 50%ga pasaytirilgan stavkasini qoʻllashga haqli:


▪️2022-yil 1-sentabrdan keyin ilk marotaba foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar – soliq toʻlashga oʻtgan yildan keyingi 1 soliq davri* mobaynida. Bunda pasaytirilgan stavka qoʻllaniladigan kalendar yilda jami daromadi 10 mlrd soʻmdan oshmasligi lozim.

Misol uchun, korxona 2023-yil I chorak yakuni bilan ilk marotaba foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan bo‘lsa, keyingi soliq davri (2024-yil)da foyda soligʻining 50%ga pasaytirilgan stavkasini qoʻllashi mumkin.

▪️2022-yil 1-sentabrdan keyin jami daromadi joriy yil mobaynida ilk marotaba 10 mlrd soʻmdan oshgan foyda soligʻi toʻlovchilari. Ushbu stavka joriy va keyingi soliq davrilarida qoʻllaniladi. Bunda pasaytirilgan stavka qoʻllaniladigan yillarda jami daromad 100 mlrd soʻmdan oshmasligi lozim.

Misol uchun, 2022-yil dekabrda jami daromadi ilk marotaba 10 mlrd soʻmdan oshgan korxona joriy va keyingi soliq davrlarida, ya’ni 2022-2023-yillarda pasaytirilgan soliq stavkasini qo‘llashi mumkin.

🔹Mazkur imtiyoz quyidagilarga tatbiq etilmaydi:

▫️yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari
▫️aksiz soligʻi toʻlovchilari
▫️soliq toʻlovchi tugatilganda
▫️pasaytirilgan soliq stavkasini qoʻllash uchun ikki va undan ortiq tadbirkorlik subyekti oʻrtasida soliq toʻlovchining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarini ajratish (boʻlish) faktlari aniqlanganda.
👉 Soliq kodeksi 337-modda 11-qism

*Foyda soligʻi uchun soliq davri kalendar yil.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

13 Jul, 11:57


😂Siz ham kimligingiz ustida bosh qotirib turasizmi

Yarim yillik hisobotlarni topshirish davrida asablaringizni asrashni unutmang😉

Tabassumni esa IN PLUS kafolatlaydi 😁

Hamkasblar bilan ulashing 📨


Sizning yana qanday kasblaringiz bor?👇

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

13 Jul, 06:26


МҲХСга ўтиш учун тўртинчи марта уриниш, бу сафар 2026 йил 1 январдан...

#мулоҳаза

Маълум қилинишича, ЎзР Президентининг “Бухгалтерия ҳисоби тизимини янада такомиллаштириш ва уни Молиявий ҳисоботнинг халқаро стандартларига ўтказишни рағбатлантириш чора-тадбирлари тўғрисида” қарори лойиҳаси ишлаб чиқилган.

Бунда қуйидаги устувор йўналишлар белгиланган:

1️⃣ МҲХСни татбиқ этадиган ташкилотларни сифат мезонларига асосланган аниқ синфларга бўлиш: Жамоат аҳамиятига эга ташкилотлар тушунчасини ҳуқуқий мақомини белгилаш ва улар рўйхатини шакллантириш. 2026-йил 1-январдан бошлаб Жамоат аҳамиятига эга ташкилотлар тоифасидаги барча ташкилотлар тўлиқ МҲХСга мувофиқ бухгалтерия ҳисобини юритиши, молиявий ҳисоботларни тузиши ва уларнинг аудиторлик хулосалари билан биргаликда эълон қилинишини ташкил этишини белгилаш.

2️⃣ Бухгалтерия ҳисобининг миллий стандартларини (БҲМС) халқаро тамойилларга мувофиқлаштириш: Амалдаги эскириб, кексайиб қолган миллий стандартларни янгилаш вазифаси қўйилмоқда.

3️⃣ Амалдаги тартиб билан биргаликда 35 ёшдан ошмаган барча фуқароларга дастлабки рўйхатдан ўтиш ва имтиҳон топшириш (АССА F7 ва ДипИФР) харажатларини имтиҳондан муваффақиятли ўтганда қоплаб бериш. Шунингдек, ушбу амалиётни 2027-йил 31-декабрга қадар узайтириш;

4️⃣ молиявий ҳисоботларни йиғишни ва сақлашни таъминлайдиган Ягона ҳисоботлар тизими базасида молиявий ҳисоботлар базасини шакллантириши ҳамда доимий равишда юритилишини таъминлаш бўйича таклифлар киритилган.

Мазкур қарор лойиҳаси Ўзбекистон Республикаси норматив-ҳуқуқий ҳужжатлари лойиҳалари муҳокамаси порталига 2024-йил 12-июлда жойлаштирилган. Қарор лойиҳаси юзасидан муҳокама иштирокчиларидан таклифлар (изоҳлар) қуйидаги ҳавола орқали билдирилиши мумкин.

@auditor_team

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

09 Jul, 04:02


Bugungi kun haqiqati...

Xohishlarimiz ehtiyojimizdan koʻpayib ketdi. Keraksiz xaridlar bizni tobora kambagʻallik tomon yetaklamoqda.

Jilovlab olmasak, xohishlar hech qachon tugamaydi!

🔝 @foydali_moliya

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

21 Jun, 09:49


8. Тўловга қобилиятлилик ва ликвидлик ўртасидаги фарқ

#концептуал_асос

Баъзи манфаатдор томонлар молиявий ҳолат тўғрисидаги ҳисоботдан кўзланган асосий мақсад тўловга қобилиятлиликни (Solvency) баҳолаш бўлиши керак деб таклиф билдиришган. Айни пайтда ушбу ҳисоботдан компания ликвидлилигини (Liquidity) ҳам кўриш мумкин.

Ушбу таклифни МҲХС кенгаши рад этади. Чунки бу молиявий ҳисоботдан фойдаланиш кўламини чеклаб қўйиши мумкин эди. Турли фойдаланувчилар ушбу ҳисобот маълумотларидан турли мақсадлар учун фойдаланади. Шунинг учун Кенгаш молиявий ҳисобот фойдаланувчилари томонидан иқтисодий қарорлар қабул қилиш учун фойдаланилади деган умумий жумла билан чекланган.

Тўловга қобилиятлилик ва ликвидлик ўртасидаги фарқ нимада?

Компаниянинг тўловга қобилиятлилиги деганда компания ўзида мавжуд ресурслар билан жами мажбуриятларини қоплай олиши даражаси тушунилади. Ликвидлик эса жорий мажбуриятларини тўлай олиш қобилиятини кўрсатади.

Тўловга қобилиятлиликни кўрсатувчи энг муҳим кўрсаткич бу жами хусусий капитал ёки соф активлар ҳисобланади. Агар бу кўрсаткич манфий бўлса, компания ўз мажбуриятларини қоплай олмаслиги хулоса қилинади.

Ликвидлик кўрсаткичи умумий ҳолатда жами жорий активларнинг жами жорий мажбуриятларга нисбати орқали аниқланади. Ушбу кўрсаткич 1.25 дан кам бўлганда компания ноликвид ҳисобланади (ЎзР тажрибасига кўра ВМҚ №207 28.07.2015).

Баъзан компания ликвид ҳолатда ҳам тўловга қобилиятсиз бўлиши мумкин. Яъни компания ўзининг жорий мажбуриятларини ўз вақтида тўлай олиш қобилиятига эга бўлишига қарамай, жами мажбуриятларни қоплаш учун активлар етарли бўлмаслиги мумкин. Шунинг учун банкротлик масаласини таҳлил қилишда ликвидлик эмас, тўловга қобилиятлилик муҳимроқ рол ўйнайди.

@auditor_team

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

20 Jun, 08:58


Yuzga tutilgan oyna.

Soliq hisobotini to'ldirish tartibi yuzasidan savol bilan Soliq qo'mitasining 1198 qisqa raqamiga qo'ng'iroq qildim. Sizning tartib raqamingiz 39 ... degan javobni eshitdim.

E'tibor bergan bo'lsangiz, 1-2 yil avval ham navbat bunchalik ko'p emas edi.

Demak, oxirgi paytlarda yoki operatorlar soni qisqartirilgan, yoki tadbirkorlarda muammolar, savollar juda ko'payib ketgan.

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

11 Jun, 12:25


Qurbon hayiti bayramida necha kun dam olinadi?

JAVOB: Prezident qaroriga ko’ra, olti kunliklar ketma-ket 3 kun, besh kunliklar 4 kun dam olishadi.

15-iyun, shanba — 5 kunliklar uchun DAM OLISH, 6 kunliklar uchun ISH KUNI;

16-iyun, yakshanba — Qurbon hayiti;

17-iyun, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);

18-iyun, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni (Prezidentning 22.12.2023-yildagi PF-213-sonli farmoniga asosan).

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

29 May, 18:25


Аудиторлик ташкилотимиз янги бинода😅 Аудиторлик хизматлари учун тел 99 983 9010, 98 190 90 10

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

29 May, 13:02


Eng ko‘p ish beruvchi TOP-10 korxonalar
(27.05.2024-yil holatiga)

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

28 May, 05:05


#Кадровик
Кўпчилик кадровиклар меҳнат кодексининг 333-моддаси Ходимга иш ҳақи тўлашни ва унга тўланиши лозим бўлган бошқа тўловларни кечиктирганлик тўланадиган пулли компенсация миқдорини ҳисоблашда маслаҳат сўрашаётганди битта мисол билан тушунтиришга ҳаракат қиламан.

Масалан, ходимнинг 10 000 000 сўм ойлиги кечиктирилмоқда МКсининг 333-моддаси қоидасига кўра бу кечиктирилган ҳар бир кун учун Ўзбекистон Республикаси Марказий банки қайта молиялаш ставкасининг ўн фоизи миқдорида компенсация тўланади. Марказий банки қайта молиялаш ставкаси бугунги кунда 14% бўладиган бўлса, унинг 10 фоизи 1.4 фоиз бўлади. Яъни ходимга кечиктирилган сумманинг 1.4 фоизи миқдорида кечиктирилган ҳар бир кун учун пулли компенсация тўланиши керак. Энди шу 10 млн нинг 1.4 фоизини ҳисобласангиз бир кунлик компенсация миқдори келиб чиқади. Яъни 10 000 000 % 1.4 = 140 минг сўм. Бу бир кунлик компенсация. Энди шуни бутун кечиктирилган кунга кўпайтирасиз. Масалан, ходимнинг бир йиллик ойлиги кечиктирилган бўлса, бир йилни 140 мингга кўпайтирасиз 140 000 * 365 = 51 100 000 сўм бўлади. Бу 10 000 000 сўм ойликнинг 1 бир йил давомида кечиктирилганининг умумий компенсация миқдори.

Бу ерда Вазирликнинг ҳам алоҳида тушунтириши мавжуд.

Саволингизни: @yuristgamurojaat гa қолдиринг

👉
@yuristlar_maslahati 👈

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

27 May, 04:48


Бир ой давомида картага қанча пул тушса блокланиши мумкин?

👉 @yuristlar_maslahati

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

27 May, 04:47


#qonunchilikdagi_yangiliklar

Soliq imtiyozlari va preferensiyalarni yuridik shaxslar reyting darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etish tartibi belgilandi

“Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. (PQ-193-son 24.05.2024)

Qaror bilan soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar va preferensiyalar (imtiyozlar)ni yuridik shaxslarning reyting darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etish tartibi tasdiqlandi. Bunda:

Reytingi o‘rta va yuqori bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozlar amaldagisiga nisbatan quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:

🟩yuqori toifaga – 80-100 %
▫️“AAA” – 100 %
▫️“AA” – 90 %
▫️“A” – 80 %

🟦o‘rta toifaga – 50-70 %
▫️“BBB” – 70 %
▫️“BB” – 60 %
▫️“B” – 50 %


❗️Ushbu miqdorlar avval berilgan imtiyozlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda 76 ming korxonaning reyting darajasi “B” va undan yuqori. 2023-yilda 25,1 mingta korxonaga 15 trln so‘m soliq imtiyozi berilgan.

Shuningdek, imtiyozlar faoliyat boshlaganiga 6 oy bo‘lmagan tadbirkorlarga ham beriladi.

4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga imtiyozlar, ularning reyting darajasidan qatʼi nazar amaldagi miqdorlarda taqdim etiladi.

Bugungi kunda 4 va 5-toifadagi 60 ta tumanda jami 105,7 mingta korxona faoliyat yuritayotgan bo‘lib, 8,8 mingtasining reytingi “B” va undan yuqori.

Tadbirkorlarning reyting darajasi:
⬇️pasayganda, imtiyozlar berish 3 oy davomida saqlab qolinadi;
⬆️yuqorilaganda, imtiyozlar keyingi oydan boshlab yangilangan reyting darajasiga muvofiq miqdorlarda taqdim etiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

20 May, 08:15


Пул ювиш нима дегани?

#мулоҳаза

Ҳаётимизда камида бир марта ҳаммамиз ушбу америкалик машҳур ганстернинг исмини эшитганмиз, AлКапон. У ажойиб пул ювувчи бўлган ва ҳукумат уни қамоққа олишига деярли 9 йил керак бўлган.

Савол туғилади: пул ювиш ўзи нима?
Пул ювиш - бу турли жиноий ҳаракатлар орқали олинган кир пулларни тозалаш жараёни. Ушбу жараённинг иштирокчиси бўлган жисмоний шахс ёки юридик шахс пул ювувчи деб аталади. Бу жараён учта асосий босқичга эга: жойлаштириш, қатламлаш ва интеграция.

Биринчидан, улар катта миқдордаги пулни банкка жойлаштиришга ҳаракат қилишади. Мана шу ерда уларни аниқлаш осон бўлади. Лекин, агар жойлаштириш муваффақиятли бўлса, улар маблағларни кичик, турли ҳисобларга ўтказа бошлайдилар. Натижада, уларни кузатиш деярли имконсиз бўлади. Чунки баъзида улар бирон бир бизнесга сармоя киритадилар ёки ресторан сотиб оладилар. Ниҳоят, улар тоза пулни тинч йўл билан олишади, бу интеграция деб аталади.

Уларни қўлга олиш мумкинми?
Жавоб ҳа. Аудиторлар томонидан пул ювилишини аниқлашнинг бир неча йўллари мавжуд:

1️⃣ Дастлаб, мижозга хизмат кўрсатишда аудиторлар мижознинг бизнеси, нима қилишлари, буни қандай қилишлари, пул маблағлари ушбу бизнесга қандай келиб тушиши ва ҳоказолар билан яхши танишади. Ғайриоддий транзаксия шаклларини, йўқ жойдан бизнесга катта миқдордаги нақд пул оқимини аниқлашади.

2️⃣ Шунингдек, аудиторлар бошқа белги сифатида асосли эҳтиёж бўлмаганда катта миқдорда нақд пул келиб тушишини кўришади.

3️⃣ Aйнан битта бизнес фаолиятига эга бўлмаган ва катта активларга эга бўлмаган ширкатлар билан аудитор жуда эҳтиёткор бўлишади, чунки бундай ширкатлар ювилган пулларни жойлаштириш учун энг яхши жой бўлиши мумкин.

4️⃣ Ва ниҳоят, аудиторлар мижоз билан қонуний бизнес муносабатларига эга бўлмаган учинчи томон операцияларига диққат билан эътибор беришади, чунки бундай операциялар маблағларнинг асл манбасини топиш учун ишлатилиши мумкин.

Пул ювувчиларни тўҳтата оладиган энг самарали машина бу банклардир.

@auditor_team

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

17 May, 04:22


Даромад солиғи бўйича прогрессив шкалага қайтиладими?

Давлат солиқ қўмитаси бошқарма бошлиғи Тимур Исмоиловга таяниб, Spot нашрининг ёзишича, Ўзбекистон амалдаги бир чизиқли шкаладан воз кечиб, даромад солиғи бўйича табақалаштирилган тизимга қайтиши мумкин.

Тимур Исмаилов кўплаб хорижий мамлакатларда бир чизиқли шкаладан фойдаланилмаслигига эътибор қаратган.

Эслатиб ўтамиз, Ўзбекистонда 2019 йилгача жисмоний шахсларнинг даромадларини солиққа тортиш бўйича 7,5%дан 22,5%гача бўлган табақалаштирилган тизим амал қилган.Ўшанда иш ҳақи ва бошқа даромадларни оқартириш мотивлари билан 12%лик бир хил ставкага ўтилганди.

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

13 May, 14:49


Bir donishmand yoʻlda ketarkan, qarshisidan chidab bo'lmas yuk koʻtarib olgan notanish kimsa chiqibdi.

- Nega oʼzingni buncha azoblaysan, nima seni majbur qilmoqda? - soʼradi donishmand.

- Bobom otamning baxti uchun, otam bizning baxtimiz uchun mehnat qildi, azob chekdi. Endi navbat meniki, farzandlarim uchun ishlashim kerak, - deb javob berdi notanish kimsa.

- Oilangda kimdir baxtli boʼla oldimi: bobong, otang yoki sen? - so'radi donishmand.

- Yo‘q, lekin farzandlarim albatta baxtli bo‘ladi! - deb javob berdi baxtsiz odam.

- Savodsiz odam boshqaga oʼqishni oʼrgata olmaydi. Avval oʼzing baxtli boʼlishni oʼrgan, keyin ortingdagilar baxt nimaligini bilishadi, - deb donishmand yoʻlida davom etdi.

🔝 @foydali_moliya birgalikda o'samiz!

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

13 May, 03:46


Сизларда қандай фикрлар бор ...