Joyi kelganda @joyikelganda Channel on Telegram

Joyi kelganda

@joyikelganda


Savol va takliflar uchun: @joyikelganda_bot

Qo'llab - quvvatlash: tirikchilik.uz/joyikelganda

Joyi kelganda (Uzbek)

Joyi kelganda Telegram kanalimizga xush kelibsiz! Bu kanalda sizga hayotingizni zavqlantirish uchun eng yangi va qiziqarli maqolalar, fikr-mulohazalar, va qiziqarli yangiliklar keltirib boriladi. Kanalimizga qo'shiling va birinchi bo'lib eng sara joyda bo'ling! nnJoyi kelganda kanali tajribali yozuvchilar va ko'p o'quvchilardan iborat jamoa tomonidan boshqariladi. Bu esa, sizga yangi va jiddiy ko'ngil ochib turadigan maqolalar va tushunchalar taqdim etadi. Kanalimiz orqali xayrlashishingiz, yangi g'alaba va muvaffaqiyatlarga erishishingiz, hamda o'z fikrlaringizni bayon etishingiz mumkin. nnAgar savol, taklif yoki shikoyat bo'lsa, bizning @joyikelganda_bot bilan bog'lanishingiz mumkin. Sizning fikrlaringiz biz uchun muhimdir va biz har doim sizning qiziqtirgan savollaringizga javob berishga tayyormiz. nnSizni Telegram kanalimizda ko'rishni umid qilamiz! Sizga biz bilan birgalikda hayotingizni zavqlantirish uchun eng qiziqarli maqolalar va yangiliklar keltirib boramiz. Qo'llab-quvvatlash: tirikchilik.uz/joyikelganda

Joyi kelganda

04 Nov, 04:38


#hayrlitong

Pechenyeni choyga botirganingizda – eng asosiysi vaqtida koʻtarish.

@joyikelganda

Joyi kelganda

21 Oct, 16:27


#iqtibos

Inson gullarni yaxshi koʻraman, deydi, ammo uzib oladi.

Inson qushlarni yaxshi koʻraman, deydi, ammo qafasga soladi.

Inson jonivorlarni yaxshi koʻraman, deydi, ammo zanjirband etadi..

Kimdir “Seni yaxshi koʻraman!”, desa, qoʻrqib ketaman...

@joyikelganda

Joyi kelganda

16 Oct, 09:44


#shunchaki

Bizdagi eng ahmoqona stereotip: yoshi katta odam har doim haq bo'ladi.

@joyikelganda

Joyi kelganda

13 Oct, 08:54


#hayotiy

Uyquni eng shirin payti - bu kimdir kelib seni uyg'otgan payt..

@joyikelganda

Joyi kelganda

10 Oct, 16:58


#oʻzim_haqimda

Oldimdagi buyuk maqsadlarim sari dadil to'xtab turibman..

@joyikelganda

Joyi kelganda

18 Sep, 14:07


#dialog

- Ahmoqlarga umuman e'tibor bermaslik kerak!
- To'g'ri gap! Kimning gapi ekan?
- Ularni umuman yo'q deb tasavvur qilish kerak!
- Yaxshi. Kimning gapi ekan, deyapman?
- Va yashashda davom etish kerak!

@joyikelganda

Joyi kelganda

09 Sep, 19:29


#shunchaki

Agar biz Yer yuzidagi barcha tillarni oʻrgansak, ichimizdagi hamma narsani tushuntira olamizmi?

@joyikelganda

Joyi kelganda

08 Sep, 08:13


#hayotiy

Kichkintoylarning “nima uchun” bosqichida siz aslida qanchalik oz narsa bilishingizni anglaysiz..

@joyikelganda

Joyi kelganda

30 Aug, 20:07


#nazm

Sen kuzni sevasan, men esa seni,
Sevaman sen kuzni sevgandan ortiq.
Har kuning shu kuzga bag'ishlaysan-u,
Menga bir tabassum qilmaysan tortiq.

@joyikelganda

Joyi kelganda

23 Aug, 04:13


#kayfiyat

Хotin:
- Xo'jayin, ovqatim shirin bo'ptimi?
Er:
-Hа, molning tezagiday shirin chiqibdi.
Xotin:
-Тatib ko'rmagan narsangiz yo'g'-aa, xo'jayin?

@joyikelganda

Joyi kelganda

13 Aug, 10:40


Agar siz 16 - 29 yosh atrofida bo'lsangiz, bu haqiqatlarni allaqachon tushunib yetgan boʻlishingiz kerak:

1. Muvaffaqiyat vaqt oladi:

Bir kechadagi muvaffaqiyat - bu mif. Ko'pchilik yutuqlar ko'p yillik mehnat va matonat samarasidir.

2. Ijtimoiy tarmoqlar aldamchi:

Siz onlayn koʻrgan mukammal hayotlar aslida siznikidek oddiy, ularda ham yaxshi va yomon kunlar bor. Faqat sizga yaxshilarini ko'rsatishadi, xolos.

3. Muvaffaqiyatsizlik - muqarrar:

Hayotingiz davomida siz bir necha marta (yoki undan ko'p) muvaqqatsizlikka duch kelasiz. Zero muvaffaqiyatsizlik yakuniy hukm emas, balki o'rganish imkoniyatidir.

4. Darajangiz ishni kafolatlamaydi:

Universitet darajasi avtomatik ravishda ishga joylashtirmaydi. Ko'nikma, tanishlar va tajriba ko'proq ahamiyatga ega.

5. Salomatlik - boylik:

Jismoniy va ruhiy sog'ligingizga hozir e'tibor bermaslik, keyinchalik jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. O'zingizni ehtiyot qiling!

6. Do'stlik o'zgarishi:

Odamlar o'zgaruvchandir. Qachondir, siz va do'stlaringiz o'zgarganda do'stlik yanada rivojlanishi yoki tugashi tabiiy hol.

7. Voyaga yetish qiyin:

Moliyaviy sharoit va munosabatlarni boshqarish qiyin. Siz kutayotgan ulg'ayish nafaqat mustaqillik, balki shu mas'uliyatlarni ham olib keladi.

8. Baxtni o'zingizdan qidiring:

Tashqi yutuqlar va mulk vaqtinchalik, abadiy baxt esa o'z 'ichingizda'.

9. Vaqt sizning eng qimmatli boyligingizdir:

Vaqtingizni qanday oʻtkazayotganingiz kelajagingizga sezilarli taʼsir qiladi.

@joyikelganda

Joyi kelganda

04 Aug, 12:19


#hayotiy

Ayrim odamlar bilan eng yaxshi munosabating – u bilan tanish bo'lmagan paytingda bo'ladi..

@joyikelganda

Joyi kelganda

26 Jul, 14:59


- "Yolg'izlikning yuz yili"

- Siz hozirgina yolg'izlikning haqiqiy nidosini eshitdingiz. Va uning ijrochisi esa dunyoning eng yolg'iz kuychisi 52 gertsli kit. U 1980-yildan buyon borligini eslatib sado bersada, uni hali kungacha ko'z bilan ko'rishga muvaffaq bo'la olmaganmiz. U o'zga kitlardan farqlicha kuylaydi (ko'k kit 15-20 gts, fin kiti 20 gts) va shuning uchun unga boshqa hech bir kit javob qaytarmaydi. Va u bilan duet kuylovchi turdoshi ham hali kungacha qayd etilmagan. Yerning 71 foizini tashkil etadigan suv osti olamida 52 gertsli kit Sartr kabi yolg'izdir..

@joyikelganda

Joyi kelganda

10 Jul, 19:29


#iqtibos

O'g'ri hayoting va hamyoning o'rtasida tanlov beradi. Xotin esa ikkalasini ham talab qiladi.

@joyikelganda

Joyi kelganda

03 Jul, 18:32


#inglizchasidan

You can't control the wind, but you can adjust your sails.

@joyikelganda

Joyi kelganda

03 Jul, 13:54


#info

Kakku - o'zi in qurmaydigan, polaponlarining tuxumini boshqa qushlar uyasiga tashlab ketadigan qush.

@joyikelganda

Joyi kelganda

20 Jun, 07:09


#kayfiyat

"Forrest Gump" filimida shunday jumla bor: Hayot shokolad qutisiga o'xshaydi, senga qanday shokolad chiqishini oldindan bilolmaysan.

p.s: Men hozirgi kun uchun bemalol ayta olaman, sizga erigan yoki suyuq shokolad chiqadi )


@joyikelganda

Joyi kelganda

17 Jun, 15:18


#hayotiy

Istagan narsangizga, xohlagan narsangizni qilib erisha olmaysiz: nimadir istagingiz amalga oshishi uchun, qaysidir xohlamagan ishingizni qilishingizga toʻgʻri keladi.

@joyikelganda