JIDU Yoshlar ittifoqi

@jidu_yoshlari


Welcome to the official channel of the UWED Youth Union!

🔈 The latest news about students' lives;
🗓 Event schedules;
💡 Helpful tips and recommendations;
ℹ️ Information about students' organizations.

JIDU Yoshlar ittifoqi

23 Oct, 19:28


#Saylov2024

JIDU Yoshlar ittifoqi

23 Oct, 19:27


#Saylov2024

JIDU Yoshlar ittifoqi

23 Oct, 19:26


#Saylov2024

JIDU Yoshlar ittifoqi

23 Oct, 19:25


#Saylov2024

JIDU Yoshlar ittifoqi

23 Oct, 19:24


#Saylov2024

JIDU Yoshlar ittifoqi

23 Oct, 19:23


#Saylov2024

JIDU Yoshlar ittifoqi

23 Oct, 08:22


”Yangi O’zbekiston” universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetlari hamkorligida 27-oktabr – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylov kuni munosabati bilan partiya vakillari va talabalar o’rtasida ochiq muloqot tashkil qilinmoqda.

📌Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi, Adolat sotsial-demokratik partiyasi, O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi, Milliy tiklanish demokratik partiyasi va O’zbekiston Ekologik partiyasi vakillari saylov bilan bog’liq talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berishadi.

📆2024-yil 23-oktabr
18:00
📍JIDU “B” bino Kinozal


UWED.UZ |Facebook | Telegram |YouTube | Instagram

JIDU Yoshlar ittifoqi

22 Oct, 18:23


#stop_korrupsiya

🔎 Telegram 🔎 Instagram

JIDU Yoshlar ittifoqi

22 Oct, 16:44


Oʻzbekistonda 21-oktabr kuni "Sharq Renessanslari fenomeni: davlatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar" mavzusida xalqaro ilmiy anjuman bo'lib o'tdi. Tadbir Oʻzbekistonning madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) majlislar zalida "Maʼrifat nuri:XIX-XX asrlar adabiy va ilmiy-madaniy islohotlar" mavzusidagi xalqaro konferensiya bilan boshlandi.

Tadbirda 20 ta davlatdan 200 dan ortiq olimlar, ekspertlar, madaniy tashkilotlar rahbarlari, yoshlar va OAV xodimlari, shuningdek, CNN va Euronews ekspertlarini ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbirda "Til – millat oynasi" mavzusida nutq soʻzlanadi, "Uchinchi Renessans asosi – Yangi Oʻzbekiston" boʻlimi ochiladi, "Maʼrifat karvoni" memorandumi imzolandi.

Tadbir davomida Yangi Oʻzbekistonda maʼnaviyat va maʼrifat mavzusida taqdimoti bilan Oʻzbekiston ilmiy doira vakillari va xorijiy ekspertlar qatnashadilar, shuningdek, xorijiy ekspertlar ishtirokida loyihalar muhokamasi oʻtkazildi.
🔎 Telegram 🔎 Instagram

JIDU Yoshlar ittifoqi

21 Oct, 06:46


🗣️Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari!

Ona tilimizning go'zalligi, bizning faxrimiz! 🇺🇿

19-oktabr kuni Adiblar bog'ida O'zbek tili bayramining yorqin tadbiri bo'lib o'tdi!

🎉Bayramda milliy madaniyatimiz, tilimizning boyligi va go'zalligi yorqin namoyon bo'ldi. Tadbirda shoirlar va yozuvchilar o'z asarlarini o'qib berishdi, milliy qo'shiqlar yangradi va raqslar namoyish etildi.

Barchaga Davlat tili bayrami muborak bo’lsin!🤍

🕊Telegram | 📱Instagram |📱Facebook

JIDU Yoshlar ittifoqi

20 Oct, 04:14


⚡️Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida "Geosiyosiy maktablar simulyatsiyasi" tadbiri bo'lib o'tdi.

💬"Diplomatic Synergy" klubi tomonidan talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida Xalqaro munosabatlar va Siyosatshunoslik kafedralari rahbarligida "Geosiyosiy maktablar simulyatsiyasi" tadbiri bo'lib o'tdi.

Jamoalar anglo-sakson, zamonaviy rus, fransuz va nemis maktablarini himoya qildilar.

1- o'rinni zamonaviy rus geosiyosat maktabi
2- o'rinni fransuz geosiyosat maktabi
3- o'rinni esa anglo-sakson geosiyosat maktablari qo'lga kiritishdi.

🗣Tadbir anchayin qizg'in o'tdi. Talabalar o'z pozitsiyalarini himoya qilish uchun boshqa jamoalar bilan musobaqaga kirishdilar va o'z bilimlarini sinab ko'rdilar.

🕊Telegram | 📱Instagram |📱Facebook

JIDU Yoshlar ittifoqi

19 Oct, 18:30


🗣 Joriy yilning 16-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida JIDU yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori O.Yusufjonov hamda universitet mas'ullari ijara xonadonda istiqomat qiluvchi yoshlar bilan ko'rishib ularning yashash sharoti bilan yaqindan tanishdi.
——————————————————
🌟Bizni kuzatishda davom eting
🔎 Telegram 🔎 Instagram

JIDU Yoshlar ittifoqi

19 Oct, 16:29


JIDU Yoshlar ittifoqi pinned «O'qishni tugatgandan keyin qanday maqsadlarni o'z oldingizga qo'ygansiz?»