✅Buni bilish shart
1⃣ Organizmda
--- 1 g karbonsuv yoki oqsil parchalanganida 4,1 kkal (kilokaloriya),
--- 1 g yog‘ parchalanganida 9,3 kkal energiya hosil bo‘ladi
2⃣
--- 1 gramm uglevod parchalanganda 17,6 kJ energiya ajraladi.
--- 1 gramm yog‘ning to‘liq
parchalanishi natijasida 38,9 kJ energiya ajralib chiqadi.
--- 1 g oqsil kislorod ta’sirida to‘liq parchalanganda 17,6 kJ
energiya ajralib chiqadi.
3⃣ Bir kecha-kunduzda
tana massasi 70 kg bo‘lgan odam taxminan 2500 kkal energiya sarflaydi.
4⃣ Katta yoshli odam bir sutkada 100-120 g oqsil, 80-110 g yog‘ (shundan 30 g o‘simlik yog‘i), 450-500 g karbonsuv iste’mol qilishi lozim.
5⃣ 0‘rta yoshli aqliy va yengil jismoniy mehnat bilan shug‘ullanadigan kishilar sutkalik ovqat ratsionining ---25-30% ini ertalabki
nonushtada,
---35-40% ini tushlikda,
---15% ini ikkinchi tushlikda ---20-25% ini kechki ovqatlanishda yeydi.
6⃣ Oziq moddalar parchalanishidan hosil bo‘ladigan energiyaning uchdan ikki qismi to‘qima va organlar hayotiy jarayonlarining
normal o‘tishi va ish bajarishi uchun, uchdan bir qismi esa tana haroratining doimiyligini ta’minlash uchun sarflanadi.
7⃣ Tana massasi 70 kg bo‘lgan odam uchun
bir kecha-kunduzda asosiy moddalar almashinuvini ta’minlashga
sarflanadigan energiya miqdori 1680 kkal ga teng
⚡️Yuqoridagi 7 qoidani tushunib olgan kishi albatta Ovqat hazm qilish masalalarini qiynalmasdan ishlay oladi
✅Kanalimiz
https://t.me/ilmiy_biologiya
https://t.me/ilmiy_biologiya