RTTYOMNF | Rasmiy @rttyom_nf Channel on Telegram

RTTYOMNF | Rasmiy

@rttyom_nf


Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan viloyati filiali va uning xududiy stansiyalari rasmiy matbuot kanali!

Matbuot xizmati tomonidan yurtiladi

RTTYOMNF (Uzbek)

Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan viloyati filiali va uning xududiy stansiyalari rasmiy matbuot kanali! Matbuot xizmati tomonidan yurtiladi. RTTYOMNF kanali Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan viloyati filiali va uning xududiy stansiyalari haqida eng so'nggi yangiliklarni o'z ichiga olgan rasmiy kanaldir. Kanal orqali siz yangi tibbiy yordam markazining faoliyatiga oid yangiliklarni, tibbiy ko'rgazmalar haqida ma'lumotlarni va mustaqil ekspertlar tomonidan tayyorlangan maslahatlar bilan tanishing. Bu kanalda o'z bilim va tajribalaringizni kengaytirishingiz, tibbiy so'rovnoma olishingiz va tibbiy maslahatlarda yordam so'rgashingiz mumkin. Sizga faol tibbiy yordam markazi bilan doimiy aloqada bo'lishingizga yordam beradigan RTTYOMNF kanaliga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling!

RTTYOMNF | Rasmiy

24 Jan, 11:42


⚡️2025 yil 24- yanvar kuni RTTYOM Namangan viloyati filiali Namangan shaxar bo‘limi 200 nafardan ortiq tibbiyot xodimlari va xaydovchilarining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishni filial direktori Adhamjon O‘tbosarovich Irisboyev olib bordi.
Yig‘ilishda 2024 yil davomida filial tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan direktor o‘rinbosari Sanjarbek Turdiyev xisoboti, xaydovchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan xarakat xavfsizligi muxandisi Ravshanjon Ibragimovning axboroti, xamda kasaba uyushma qo‘mitasining 2024 yilgi faoliyati yuzasidan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Akramjon Jumaboyevning xisoboti eshitildi.
Yig‘ilishda Namangan viloyati IIB JXX YXXB boshligʻi Mansurjon Gʻoziyev ishtirok etdi.
Anjumanda RTTYOM Farg'ona viloyati filiali Кasaba uyushma qo‘mitasi raisi Feruza Vaxobova ishtirok etib, o'zaro tajriba almashildi.
Yig‘ilish qizg‘in muzokaralar, savol-javoblar asnosida olib borildi.


TELEGRAM FACEBOOK
🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

RTTYOMNF | Rasmiy

22 Jan, 06:31


⚡️Xabar berganimizdek hukumat qarorlari va davlat dasturlarida belgilangan masalalarni amalga oshirish maqsadida 2025 yil 21- yanvar kuni RTTYOM Namangan viloyati filiali Kosonsoy, Toʻraqoʻrgʻon, Yangiqoʻrgʻon, TTYO bo‘limi 270 nafar tibbiyot xodimlari va xaydovchilarining  umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishni filial direktori Adhamjon O‘tbosarovich Irisboyev olib bordi.
Yig‘ilishda 2024 yil davomida filial tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan direktor o‘rinbosari Sanjarbek Turdiyev xisoboti, xaydovchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan xarakat xavfsizligi muxandisi Ravshanjon Ibragimovning axboroti, xamda kasaba uyushma qo‘mitasining 2024 yilgi faoliyati yuzasidan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Akramjon Jumaboyevning axboroti eshitildi.
Yig‘ilishda Kosonsoy tumani YXXB boshligʻi Sanjarbek Mingboyev ishtirok etdi.
Yig‘ilish qizg‘in muzokaralar, savol-javoblar asnosida olib borildi
.

TELEGRAM FACEBOOK
🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

RTTYOMNF | Rasmiy

18 Jan, 13:52


⚡️Hukumat qarorlari va davlat dasturlarida belgilangan masalalarni amalga oshirish maqsadida 2025 yil 18- yanvar kuni RTTYOM Namangan viloyati filiali Uchqoʻrgʻon, Chortoq, Norin, Uychi TTYO bo‘limi 350 nafar tibbiyot xodimlari va xaydovchilarining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishni filial direktori Adhamjon O‘tbosarovich Irisboyev olib bordi.
Yig‘ilishda 2024 yil davomida filial tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan direktor o‘rinbosari Sanjarbek Turdiyev xisoboti, xaydovchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan xarakat xavfsizligi muxandisi Ravshanjon Ibragimovning axboroti, xamda kasaba uyushma qo‘mitasining 2024 yilgi faoliyati yuzasidan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Akramjon Jumaboyevning axboroti eshitildi.
Yig‘ilishda Chortoq tumani YXXB inspektori Raximov Elmurod Erkinovich ishtirok etdi.
Yig‘ilish qizg‘in muzokaralar, savol-javoblar asnosida olib borildi
.

TELEGRAM FACEBOOK
🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

RTTYOMNF | Rasmiy

31 Dec, 05:30


⚡️AZIZ HAMKASBLAR HURMATLI DOʻSTLAR!

Sizni va oila a'zolaringizni kirib kelayotgan yangi 2025-yil bilan chin qalbimdan tabriklayman! Yangi yilda yangi marralarni, yangi zafarlarni va yangi cho'qqilarni zabt etishingizni tilab qolaman. Honadoningizda doimo fayzu baraka, tinchlik, hotirjamlik, shirindan shakar bolajonlarning kulgusi hamda quvonchli kunlarga boy bo'lsin!

YANGI YILINGIZ MUBORAK BO'LSIN!

Sizga hurmat bilan:
Adhamjon Oʻtbosarovich Irisboyev
Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan viloyati filiali direktori

RTTYOMNF | Rasmiy

27 Dec, 06:22


⚡️Yurtimizda bayram shukuhi davom etmoqda RTTYoM Namangan viloyati filiali Birlashgan tez tibbiy yordam shaxobchasi xodimlari barcha tez tibbiy yordam xodimlariga yangi yil tabriklari.

TELEGRAM FACEBOOK
🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

RTTYOMNF | Rasmiy

26 Dec, 13:51


⚡️Davlat dasturini amalga oshirish, mamlakatimizdagi bayram shukuxiga xissa qo‘shish maqsadida  "Yangi yil"  bayrami munosabati bilan RTTYOM Namangan viloyati filiali kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan filialning barcha 6000 nafar xodimining farzandlari uchun yangi yil sovg‘alari tarqatilmoqda.

TELEGRAM FACEBOOK
🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

RTTYOMNF | Rasmiy

26 Dec, 06:17


⚡️Davlat dasturini amalga oshirish, mamlakatimizdagi bayram shukuxiga xissa qo‘shish maqsadida "Yangi yil" bayrami munosabati bilan RTTYOM Namangan viloyati filiali xodimlarining 50 nafar farzandlari "Namangan viloyati qo'g'irchoq" teatrining "Qorboboni o'g'irlashdi" deb nomlangan tomoshasiga qatnashishdi.
Barcha ishtirokchilar xursand bo'lishdi.


TELEGRAM FACEBOOK
🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

RTTYOMNF | Rasmiy

21 Dec, 12:27


Diyor yangiliklari | Qamchiq davonida o'quv mashqi o'tkazildi 20.12.2024

TELEGRAM FACEBOOK
🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

RTTYOMNF | Rasmiy

21 Dec, 10:51


"Qamchiq" dovonida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi

Xabar berganimizdek, 18-19 dekabr kunlari "Qamchiq" dovonida 40 dan ortiq korxona hamda tashkilotlar kuch va vositalari jalb etilgan xolda qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqlari oʻtkazildi.

TELEGRAM FACEBOOK
🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

RTTYOMNF | Rasmiy

20 Dec, 11:48


⚡️RTTYoM Namangan filiali
''Dambog' '' shahobchasi navbatchi shifokori Inomov Kamoliddin UBS(University Business and science) Tibbiyot fakulteti talabalariga '' Is gazidan zaharlanish, uni aniqlash va birinchi yordam ko'rsatish'' bo'yicha qisqa seminar trening o'tkazdi
.


TELEGRAM FACEBOOK
🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

RTTYOMNF | Rasmiy

20 Dec, 05:48


⚡️"Tibbiyot va zamon " jurnalining navbatdagi soni nashirdan chiqdi.

TELEGRAM FACEBOOK
🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

RTTYOMNF | Rasmiy

19 Dec, 09:00


#OGOH_BÕLING!

Kelayotgan Yangi yil bayrami jarohatlar bilan emas, yoqimli lahzalar bilan yodimizda qolsin!

TELEGRAM FACEBOOK
🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

RTTYOMNF | Rasmiy

19 Dec, 04:23


⚡️Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev rahbarligida “Qamchiq” dovonida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazilmoqda

18-dekabr kuni A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining "Qamchiq" dovoni qismida o‘tkazilayotgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining dastlabki kuni o‘z yakuniga yetdi. Unda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT) boshqaruv organlari, kuch va vositalarining dovon hududida tabiiy, texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari sinovdan o‘tkazilmoqda. Dastlabki kunda 8 ta o‘quv nuqtasida shartli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirildi. O‘quv mashqi 19-dekabr kuni ham davom etadi.

TELEGRAM FACEBOOK
🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

RTTYOMNF | Rasmiy

14 Dec, 14:05


⚡️2024-2025 yil kuz- qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida Qamchiq dovoni xududida RTTYOM Namangan viloyat filiali, viloyat IIB va Favquloda vaziyatlar viloyat boshqarmasi mas’ul hodimlari bilan birgalikda qo‘shma o‘quv taktik mashg‘ulotlariga tayyorgarlikdan foto lavhalar

TELEGRAM FACEBOOK
🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

RTTYOMNF | Rasmiy

08 Dec, 03:16


🇺🇿 BARCHANGIZGA KONSTITUTSIYA BAYRAMI MUBORAK BO‘LSIN!"

O‘zbekiston Respublikasi 1992 yil 8 dekabr kuni qabul qilingan konstitutsiyamizning qabul qilingan kuni munosabati bilan barcha filial xodimlari va ularning oila a’zolarini chin qalbimdan tabriklayman!

Yurtimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligi xech qachon bizni tark etmasin. Zero qomusiga amal qilgan xalq kelajagi buyuk bo‘ladi.Bejizga ”Qomusli el-nomusli el” deyishmagan.

Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan  filiali ma’muriyati va jamoasi nomidan Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida, el sog‘ligini saqlash yo‘lida samarali mehnat qilayotgan barcha xodimlarimizga muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik, oilaviy tinchlik-xotirjamlik tilayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin.

Respublika tez tibbiy yordam markazi
Namangan viloyati filiali direktori
Adhamjon O‘tbasarovich Irisboyev

RTTYOMNF | Rasmiy

07 Dec, 13:38


⚡️“Bitta brigada kuniga 25 tagacha chaqiriqqa chiqyapti” — Tez yordam qishda qanday ishlayapti?

Toshkent shahar tez yordam xizmati 5 milliondan ortiq kishiga xizmat ko‘rsatyapti. Reanimatsiya brigadasi shifokori Alisher Bozorov oldin kuniga 3-3,5 ming chaqiriq tushgan bo‘lsa, mavsumiy kasalliklar avj olgan hozirgi paytda 5 minggacha chaqiruvga chiqilayotganini aytadi
.

TELEGRAM FACEBOOK
🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

RTTYOMNF | Rasmiy

29 Nov, 04:40


⚡️RTTYoM Namangan viloyati filialida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchatlar ekildi. (Video)

TELEGRAM FACEBOOK
🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

RTTYOMNF | Rasmiy

28 Nov, 10:28


🌱Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchatlar ekildi.

2025 yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” munosabati bilan, hukumat qarorlari amaldagi ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan viloyati filiali shaxar va tuman bo‘limlarida 2024 yil 27-28 noyabr kunlari 225 tup mevali va manzarali ko'chatlar ekildi.

TELEGRAM FACEBOOK
🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

RTTYOMNF | Rasmiy

26 Nov, 05:04


⚡️IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI⚠️
- - - - - - - - - - - - - -

УГАРНЫЙ ГАЗ ОПАСЕН ДЛЯ ЖИЗНИ⚠️

TELEGRAM FACEBOOK
🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

RTTYOMNF | Rasmiy

23 Nov, 02:23


🟦🟦🟦
Bugun RTTYOM Namangan filiali Namangan shahar markaz bo‘lim mudiri Norbo‘tayev Odiljon Mamadaliyevich o‘z Tavvalud ayomlarini nishonlamoqdalar

Odiljon Norbo‘tayev juda uzoq yil tez tibbiy yordam sohasiga o‘z xissalarini qo‘shib kelayotkan ustoz fidoiy raxbar.
biz xam Odiljon Norbo‘tayev ga uzoq umr sixat salomatlik tinchlik xotirjamlik oila va yaqinlari baxtiga doim sog‘ salomat bo‘lishlarini tilab qolamiz ishlaringizda omad yor bo‘lsin xalq xizmatidan aslo charchamang shukrona kuningiz muborak bo‘lsin!

RTTYOMNF | Rasmiy

21 Nov, 13:05


🔴 ✏️✏️✏️

Президентимизнинг тегишли Фармонига биноан, Асилбек Анварович Худаяров Ўзбекистон Республикаси соғлиқни сақлаш вазири лавозимига тайинланди.

🌐@ssvuz | 🌐@ssvmatbuotkotibi |🌐 Facebook | 🌐Instagram

RTTYOMNF | Rasmiy

21 Nov, 07:04


Рахмат, самимий тилаклар учун, Жамоамизга кўз тегмасин хеч қачон...
Аллох сафимизни камайтирмасин...

RTTYOMNF | Rasmiy

21 Nov, 05:36


⚡️Bugun RTTYoM Namangan filiali AKT va umumiy masalalar boʻyicha direktor oʻrinbosari Tashpulatov Abdulaziz Abduraxim oʻgʻlining shukrona kunlari!

Sizni bugungi tugʼilgan kuningiz bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Xayot yoʼlingizdagi barcha ezgu istaklaringiz amalga oshsin! Tabassum yuzingizni xech qachon tark etmasin, xar bir yangi kunni quvonch bilan qarshi olish baxtiga muyassar boʼling! Xayotning xamma jabxalarida xozirgiday kuchli va betakror boʼlishingizda tilakdoshmiz!

Shukrona kuningiz muborak bulsin!


RTTYoM Namangan filiali Rahbaryati

RTTYOMNF | Rasmiy

20 Nov, 04:25


Tabibni oldiga olib borgan avtomashina “Tez tibbiy yordam” xizmatiga taalluqli emas.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Tez yordamda kasallarni kasalxonagamas tabibni oldiga olib kelishyaptimi?” nomli videolavha tarqaldi.

Mazkur videolavhada Qoʻqon shahrida yashovchi “Qoʻqonlik tabib” I. Soliyev huzuriga tez yordam moshinasida olib kelingan bemor, aynan, avtotransport vositasi 103 xizmatiga tegishli toʻgʻrisida izoh berilmoqda.

Respublika tez tibbiy yordam markazi ushbu holat yuzasidan oʻrganish oʻtkazdi hamda quyidagilarni maʼlum qiladi.

Oʻrganishlar davomida aniqlanishicha, mazkur avtomashina tez tibbiy yordam xizmatiga emas, balki Toshkent shahrida faoliyat koʻrsatayotgan xususiy klinikalardan biriga tegishli. Videolavhadagi avtotransport vositasining orqa eshigida 103 xizmatiga taalluqli emas telefon raqami koʻrsatilgan.

Shuningdek, Fargʻona viloyatidagi barcha tez tibbiy yordam mashinalarida 103 xizmatiga doir logotiplari tushirilgan.

Respublika tez tibbiy yordam markazi
Matbuot xizmati

RTTYOMNF | Rasmiy

18 Nov, 03:29


🇺🇿Bugun vatanimiz bayrog‘i qabul qilingan kun!!!

1991 yil 18 noyabr — O’zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun.
Barcha yurtdoshlarimizni ushbu sana bilan tabriklaymiz! O’zbekistondagi tinchlik va osoyishtalik bardavom bo‘lsin, bayrog‘imiz baland-balandlarda hilpirayversin!


TELEGRAM FACEBOOK
🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

RTTYOMNF | Rasmiy

13 Nov, 07:29


⚡️13 noyabr — o‘zbek xalqining buyuk shoiri Usmon Nosir tavallud topgan kun

USMON NOSIR


Men dunyodan ko‘z yummadim, yo‘q,
Dunyo yumdi mendan ko‘zini.
So‘zlar – kuragimga botgan o‘q,
Do‘stlar ayamaslar so‘zini.

Vatanim, men seni sevardim,
Kel, lablarim bosayin, tuproq.
Tuproq, sen bilarsan ne dardim,
O‘zim senga o‘xshayman ko‘proq.

Zamon, senga qo‘llarim kerakmi,
Oyog‘im kerakmi? Mana, ol!
Men bayroq qilganman yurakni,
U – dasturxon. Dasturxon – halol.

Yurtim, qora kiymagin zinhor,
Yig‘lama, bag‘rimni o‘yma.
Tug‘ilmagan usmonlaring bor,
O‘shalarni boy berib qo‘yma!

Dunyo, ko‘zlaringda ne qayg‘u,
Yo anglab yetdingmi o‘zingni?
Men axir ko‘zimni yumdim-ku!
Sen endi ochdingmi ko‘zingni?!
©Iqbol Mirzo


TELEGRAM FACEBOOK
🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

RTTYOMNF | Rasmiy

12 Nov, 07:04


⚡️Xukumat qarorlarini amaldagi ijrosini ta’minlash maqsadida 2006 yil 12 sentabr kungi 47-sonli O’zbekiston Respublikasi qonunining 1-moddasida “Noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi – Tibbiyot xodimlari kuni” deb belgilanganligi munosabati bilan Respublika tez tibbiy yordam Markazi Namangan viloyati filialida "Tibbiyot xodimlari kuni" kasb bayrami, xamda 11 noyabr ,, Kasaba uyushmalari kuni"ga bag‘ishlab o'tkazilayotgan xaftalik doirasida filialning barcha shaxar va tuman stansiyalarida kasaba uyushma qo‘mitasi xisobidan bayram oshi uyushtirildi. Tadbirda filialda mexnat qilayotgan shifokor, o‘rta tibbiyot xodimlari, xaydovchilar xamda faxriylar ishtirok etdilar.
Jamoa ishlarida faol ishtirok etib, xamkasblariga fidoiy mexnati bilan na’muna bo‘lib ishlab kelayotgan 60 nafar xodimlarga filial direktori tashshakkurnomalari, xamda kasaba uyushma qo‘mitasining estalik sovg‘alari topshirildi.
Jamoaning 70 dan ortiq xodimlarni ijtimoiy ximoya qilish maqsadida moddiy yordam ajratildi.

Barcha shaxar va tuman stansiyalarida RTTYoM direktori A.Gafurovning bayram tabrigi tantanali tarzda o'qib eshittirilib, bayramga yanada bayramona shukux bag'ishladi.

TELEGRAM FACEBOOK
🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

RTTYOMNF | Rasmiy

11 Nov, 12:13


⚡️Hukumat qarorlari ijrosini taminlash maqsadida RTTYoM Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani tez tibbiy yordam stansiyasidan bir guruh mutaxassislar Namangan viloyati filialiga tashrif buyurishdi (VIDEO)

TELEGRAM FACEBOOK
🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

RTTYOMNF | Rasmiy

11 Nov, 04:47


⚡️Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻiga muvofiq tez tibbiy yordam sohasida faoliyat yuritayotgan bir qator xodimlari “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻ krak nishoni va Sogʻliqni saqlash vazirining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Sog’liqni saqlash vazirining tashakkurnomasi bilan.

Norqoʻziyeva Matlubaxon Ubaydullayevna - Namangan viloyati filiali Yangiqoʻrgʻon tumani tez tibbiy yordam boʻlimi katta hamshirasi

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan.

Islomqulov Abdumutal Abdumalikovich - Namangan viloyati filiali Jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari bilan ishlash boʻlimi mudiri taqdirlandilar.

TELEGRAM FACEBOOK
🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

RTTYOMNF | Rasmiy

09 Nov, 15:33


⚡️Hammamizga ma’lumki, 2006 yil 12 sentyabrda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi Tibbiyot xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi mamlakatimizda “Tibbiyot xodimlari kuni” bayrami sifatida keng nishonlanib kelmoqda. Shifokorlik kasbi – eng mashaqqatli va shu bilan birga sharafli kasblardan biri hisoblanadi.
Shuning uchun bunday ulkan vazifalar oldimizda turgan ekan, siz azizlarni, o‘z kasbiga fidoyi bo‘lgan kasb egalarini – filial ma’muriyati va jamoasi nomidan “Tibbiyot xodimlari kuni” bayrami bilan chin yurakdan samimiy qutlayman va xalq salomatligi yo‘lidagi ishlaringiz hamisha bardavom bo‘lishini, tilayman! Albatta, barchangizga, sog‘liq salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt va ulkan marralarni zabt etishingizga tilakdoshman!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan
Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan viloyati filiali direktori
Adhamjon Oʻtbosarovich Irisboyev

RTTYOMNF | Rasmiy

09 Nov, 14:09


⚡️Hukumat qarorlari ijrosini taminlash maqsadida RTTYoM Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani tez tibbiy yordam stansiyasidan bir guruh mutaxassislar Namangan viloyati filialiga tashrif buyurishdi.
Tashrif vaqtida Namangan shaxar, To’raqo’rg’on va Mingbuloq tumanlari tez tibbiy yordam stansiyasi va tayanch punktlarida MetData -2.0 tizimda planshetlardan samarali foydalanish, filialda amalda foydalanilayotgan yuridik hujjatlardan namunalari bilan yaqindan tanishishdi.
Namangan va Sirdaryo viloyati filiallari orasida tajriba almashildi.

RTTYoM Namangan filiali Matbuot xizmati

TELEGRAM FACEBOOK
🌐 INSTAGRAM 📹YOUTUBE

RTTYOMNF | Rasmiy

07 Nov, 11:29


⚡️E’ZOZU E’TIBORDAN DILLAR YAYRADI

Bugun viloyat musiqali drama teatrida yaqinlashib kelayotgan Tibbiyot xodimlari kuni oldidan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unga sohada xizmat qilayotgan eng faol shifokorlar, hamshira va kichik tibbiyot xodimlari hamda mehnat faxriylari taklif etildi.
Viloyat hokimining o‘rinbosari G‘ulomjon Murodxo‘jayev barcha salomatlik posbonlarini bayram bilan qutladi. Notiq keyingi yillarda mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan xayrli ishlar ko‘lami ortganligini mamnuniyat bilan ta’kidladi. Ayniqsa, sohada kechayotgan islohotlar yanada jadallashib bormoqda. Tibbiy xizmat sifati yaxshilanib, samaradorligi o‘smoqda. Shifokoru hamshiralar mehnatini qadrlash, ularni munosib rag‘batlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat berilyapti.
Tadbirda «Yilning eng yaxshi shifokori» ko‘rik tanlovining «Yilning eng yaxshi tez tibbiy yordam shifokori», «Yilning eng yaxshi onkologi», «Yilning eng yaxshi sanitariya-profilaktika shifokori» va «Yilning eng yaxshi sog‘liqni saqlash tashkilotchisi» nominatsialari g‘oliblari rag‘batlantirildi. Shuningdek, «Patronaj doya - ayol salomatligi tayanchi» ko‘rik tanlovining viloyat bosqichida birinchi o‘rinni egallagan hamshiralar ham sharaflandi. G‘olib va sovrindorlarga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi Faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari tantanali suratda topshirildi.
Viloyat teatri san’atkorlari ijrosidagi teatrlashtirilgan chiqishlar va katta konsert dasturi namoyish etildi.


Biz ham Ikromjon Toshpoʻlatovning bugungi yutuqlari bilan chin yurakdan muborakbod etamiz!

TELEGRAM FACEBOOK
🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

RTTYOMNF | Rasmiy

30 Oct, 03:52


🚑 Bugun, 30-oktyabr Xalqaro xaydovchilar kuni!

Shu munosabat bilan RTTYoM Namangan filialida faoliyat olib borayotgan barcha xaydovchilarimizni bugungi bayram bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Doimo sogʼ va salomat boʻling!

#Bayram #Xaydovchilarkuni

Telegram Facebook
🌐 Instagram 📹 Youtube

RTTYOMNF | Rasmiy

27 Oct, 06:21


🇺🇿 Bugun, 2024 yil 27 oktabr soat 08:00da O’zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlarining saylovi boshlandi.

Bosh qomusimizga ko‘ra, O’zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar.

RTTYoM Namangan filiali xodimlari tomonidan Saylovga ovoz berish vaqtida aholining sog‘ligi bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida tez tibbiy yordam brigadalarini xududlar kesimida saylov okrug va uchastkalariga biriktirilib, tez tibbiy yordam brigadalarini chaqiruv manziliga yetib borish vaqtini kechikib ketishini oldini olish uchun xar bir tez tibbiy yordam brigadasi navbatchi vrach hamda feldsherlari shaxsiy telefon raqamlarini saylov okrug va uchastkalariga taqdim etilgan.

Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.


RTTYoM Namangan filiali Matbuot xizmati

Telegram Facebook
🌐 Instagram 📹 Youtube

RTTYOMNF | Rasmiy

27 Oct, 03:50


⚡️ Saylovda qanday ovoz beriladi?

Telegram Facebook
🌐 Instagram 📹 Youtube

RTTYOMNF | Rasmiy

25 Oct, 11:52


⚡️ RTTYoM Namangan viloyati filiali direktori hamda mutaxassislari ishtirokida Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani tez tibbiy yordam stansiyasida oʻquv uslubiy seminar tashkil qilindi.(Video)

RTTYoM Namangan filiali Matbuot xizmati

Telegram Facebook
🌐 Instagram 📹 Youtube

RTTYOMNF | Rasmiy

25 Oct, 04:04


⚡️Hukumat qarorlari ijrosini taminlash maqsadida RTTYoM Namangan viloyati filiali direktori hamda mutaxassislari ishtirokida Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani tez tibbiy yordam stansiyasida oʻquv uslubiy seminar tashkil qilindi.
Seminarda tez tibbiy yordam stansiyasi va tayanch punktlarini oʻrganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan bartaraf etish koʻrsatmalar berildi.
MetData -2.0 tizimda planshetlardan samarali foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Namangan viloyati filialida amalda foydalanilayotgan yuridik hujjatlardan namunalar taqdim etildi hamda ularni yuritish xaqida koʻrsatmalar berildi.
Seminar davomida Sayhunobod TTYO hodimlarini qiziqtirgan savollariga mutahasislar tomonidan javob berildi
.

RTTYoM Namangan filiali Matbuot xizmati

Telegram Facebook
🌐 Instagram 📹 Youtube

RTTYOMNF | Rasmiy

22 Oct, 04:26


​​⚡️SAYLOVDA TIBBIY XIZMAT O‘RNI VA AHAMIYATI

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlarni saylov qonunchiligiga binoan yuksak saviyada o‘tishini ta’minlashda tibbiy xizmatning o‘ziga xos o‘rni va mas’uliyati bor.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi kampaniyaning dastlabki pallasidayoq saylovoldi va saylov jarayonlarida aholi salomatligini muhofaza qilish, ovoz beruvchilar, okrug va uchastka komissiyalari a’zolari o‘rtasida yuqumli kasalliklar infeksiyasi tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqib, izchil bajarilishini ta’minlamoqda.
Ma’lumki, viloyat hududida 837 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan. Ularning 7 tasi maxsus saylov uchastkalari, 59 tasi qo‘shni davlatlar bilan chegaradosh tumanlar hududida joylashgan. Mazkur saylov uchastkalarining har birida me’yoriy talablarga javob beradigan tibbiy xizmat xonalari tashkillandi. Ular 19 turdagi tashxis va davolashda ishlatiladigan jihozlar bilan ta’minlangan. 40 xildagi dori-darmonlar muhayyo.
Tibbiyot xonalarida vrach, hamshira, jami 1 ming 660 nafar xodim xizmat ko‘rsatmoqda. Ular o‘z uchastkalarida fuqarolar salomatligini nazorat qilib, hududda sanitariya-gigiyena me’rlariga rioya etilishi, sog‘lom turmush tarziga amal qilinishini ta’minlamoqdalar. Zarur hollarda uchastka a’zolari, saylovchilarga amaliy yordam, tavsiya va maslahatlar berib borishyapti.
Saylov uchastkalaridagi shifokorlar kampaniya boshlangandan beri kunduzlari faoliyat olib borgan bo‘lsalar, saylov kuni tibbiy xizmatni ikki smenada tashkil etib, soat 06:00 dan 22:00 gacha davom ettiradilar. Temiryo‘l vokzalida esa ixtisoslashgan Tez tibbiy yordam brigadalari chaqiruvlarga shay turadi.
Shuningdek, chet ellik kuzatuvchilarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida Namangan xalqaro aeroporti va ular o‘rnashadigan mehmonxonada ham yuqori toifali shifokorlar navbatchiligi joriy etildi.
Bundan tashqari, saylov kuni bemorlanishlar ehtimolini nazarda tutgan holda RSHTYOIM NFda qo‘shimcha 80 ta, tuman markaziy shifoxonalarida 30 tadan, jami 330 ta zahira o‘rinlar, zaruriy qon va qon o‘rnini bosuvchi vositalar, dori-darmon va tibbiy buyumlar hozirlandi. Ovoz berish kuni saylovchilarga tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun 234 ta tez tibbiy yordam brigadalari tomonidan, joylashuv radiusiga qarab shoshilinch chaqiruvlar birinchi navbatda qabul qilinishi, tegishli yordam ko‘rsatilishi qat’iy ta’minlanadi.
Statsionar shifoxonalarda davolanayotgan bemorlarga, saylov qonunchiligiga amal qilgan xolda, uchastkasi mas’ullari bilan hamkorlikda, o‘sha joyning o‘zida ovoz berish sharoitlari yaratiladi.


Telegram Facebook
🌐 Instagram 📹 Youtube

RTTYOMNF | Rasmiy

21 Oct, 01:54


🇺🇿 21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni!
Barchangizga muborak boʻlsin!

RTTYOM Namangan filiali Matbuot xizmati

Telegram Facebook
🌐 Instagram 📹 Youtube

RTTYOMNF | Rasmiy

19 Oct, 12:56


🇺🇿21 oktabr –O’zbek tili bayrami kuni!

21-oktabr o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, ya’ni “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan sana sifatida nishonlaniladi. Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida tayyorlangan mazkur qonun O’zbekistonning mustaqilligi sari dadil qo‘yilgan ilk qadamlaridan biri bo’ldi.
Dunyo tillarining faqat ikki yuztasigina davlat tili maqomiga erishgan bo‘lib, ular orasida o‘zbek tili ham bor. Bu esa, har birimizning qalbimizda faxr-iftixor tuyg‘ularini uyg‘otib, tilimiz sofligini saqlashda zimmamizga mas’uliyatlar ham yuklaydi. Ona tilimizni asrab-avaylash, uni e’zozlash har birimizning burchimiz hisoblanadi. Binobarin, millatimizning bebaho boyligi, hurligimiz timsollaridan biri bo‘lgan davlat tilini buzib qo‘llashga, tilimizdagi iboralar ma’nosini anglatmasdan ishlatishga hech kimning haqqi yo‘q.
Ushbu sana munosabati bilan 19 oktyabr kuni RTTYoM Namangan filialining barcha shaxar va tuman bo’limlarida “21 oktabr –O’zbek tili bayrami kuni” mavzusida ma’naviyat soatlari o’tkazildi.


RTTYoM Namangan filiali Matbuot xizmati

Telegram Facebook
🌐 Instagram 📹 Youtube

RTTYOMNF | Rasmiy

14 Oct, 08:04


📌 Diyor yangiliklari | Salomatlik posbonlari sport musobaqasida bellashdilar.

TELEGRAM FACEBOOK
🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

RTTYOMNF | Rasmiy

12 Oct, 07:02


📌 "Shifokor va hayot" gazetasining yangi soni nashirdan chiqdi.

TELEGRAM FACEBOOK
🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

RTTYOMNF | Rasmiy

10 Oct, 06:03


‼️ Joriy yilning 10-11-oktabr kunlari Xiva shahrida “Shoshilinch tibbiy yordamni tashkil qilishning dolzarb muammolari: kritik holatlar, ularning patogenezi, tashhislash va intensiv davolash masalalari” mavzusidagi XIX Respublika ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazilmoqda.

📹 Anjuman tadbirlarini ushbu havola orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin.

🚑 Tadbirda tez tibbiy yordam sohasi vakillari ham ishtrok etmoqda.
__________
‼️10-11 октября текущего года в городе Хиве проходит XIX Республиканская научно-практическая конференция на тему: “Актуальные проблемы организации экстренной медицинской помощи: критические состояния в экстренной медицине, вопросы патогенеза, диагностики и интенсивной терапии”.

📹 Работу конференции вы можете смотреть по данной ссылке в прямом эфире.

🚑 В работе конференции участвуют представители сферы скорой медицинской помощи.

#conference #tez_tibbiy_yordam

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

RTTYOMNF | Rasmiy

09 Oct, 14:58


📌 SALOMATLIK  POSBONLARI  BЕLLASHDILAR

Namangan shahridagi "Barkamol avlod" sport majmuasida tibbiyot xodimlari o‘rtasida II viloyat spartakiadasi bo‘lib o‘tdi.
Bellashuvning  hududiy bosqichlarida 15 ming nafardan ortiq shifokor sportning stol tennisi, shahmat,  shashka,  mini futbol bo‘yicha kuch sinashdi.

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan 300 dan ziyod  tibbiyotchilar, futbol havasmandlari jam bo‘lgan tadbir Davlat madhiyasi bilan boshlandi. 
VSSB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari Aliyor  Nuraliyev, O‘zbekiston  Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi viloyat Kengashi raisi Abbos  Mamadaliyevlar  spartakiada samaralarini e’tirof etib, musobaqalarda omad yor bo‘lishini tiladilar. Bugun futbol bo‘yicha 17 ta jamoa,  stol tennisi bo‘yicha 70, shahmat-shashka yo‘nalishida 90  ishtirokchi  o‘zaro kuch sinashdi.
 Sport musoboqasining viloyat bosiqichida sport  jamoalarining yakuniy natijalari quyidagicha:

Stol Tennisi sport turi bo‘yicha (erkaklar)

🥇Abdulxakimov Jamshid - Viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi laboratoriya bo‘limi xodimi.
🥈Kuchmanov Baxrom  - 2-viloyat silga qarshi kurashish  markazi vrachi.
🥉Ne’matov Sanjar - Viloyat ruxiy-asab kasalliklari shifoxonasi nazoratchisi. 

Stol Tennisi sport turi bo‘yicha (ayollar)

🥇Sobirova Maxmudaxon  - Chust tuman tibbiyot birlashmasi xamshirasi.
🥈Tursunoy Raximova - Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi NF xamshirasi.
🥉Bo‘riboyeva Gulnoza  - Yangiqo‘rg‘on  tuman tibbiyot birlashmasi xamshirasi.

Shashka turi bo‘yicha (erkaklar)

🥇Shokirov Ma’rufjon - Viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi vrach epidemiologi.
🥈Nurmatov Obidjon - viloyat Perinatal markazi muxandisi.
🥉Siddiqov Muxammadali - Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan filiali xaydovchisi.

Shashka turi bo‘yicha (ayollar)

🥇Jo‘rayeva Nazira - Namangan tuman tibbiyot birlashmasi, xirurgiya bo‘limi xamshirasi.
🥈To‘ychiboyeva Zulfiya - Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan filiali xamshirasi.
🥉Jo‘rayeva Nargiza - Beshkapa bolalar sixatgoxi oshxona ishchisi.

Shaxmat turi bo‘yicha (erkaklar):
🥇Dadaxonov Ikromjon - Uchqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi  muxandisi.
🥈Abdullayev Burxonjon  - Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot muassasasi xodimi.
🥉Xamidov Ibroximjon - Viloyat OITS markazi vrach epidemiologi .

Shaxmat sport turi  bo‘yicha (ayollar):

🥇Maxkamova Gulshoda- Yangiqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi, G‘ovazon OSHP hamshirasi.
🥈Qosimova Umida  - Chust tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi.
🥉Bozorova Ra’no  -Viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi sanitariya-vrachi yordamchisi.

⚽️ Mini futbol turi bo‘yicha

🥇Pop tuman tibbiyot birlashmasining mini futbol sport jamoasi fahrli birinchi o‘rin.

🥈Chortoq tuman tibbiyot birlashmasi mini futbol sport jamoasi fahrli ikkinchi o‘rin.

🥉Yangiqo‘g‘on tuman tibbiyot birlashmasi mini futbol sport jamoasi fahrli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Musobaqa jarayonlarini Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Abdulhodi Iminov kuzatib bordi.

G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan tegishli darajadagi diplom hamda  esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandi.                                                                                                             
Mazkur sport musobaqasida fahrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan tibbiyot xodimlari  Respublika bosqichida ishtirok etish xuquqini qo‘lga kiritdilar.

G‘oliblarimiz respublika bosqichida  viloyatimizdagi  tibbiyot xodimlari nomidan faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallashlarida barchalariga omad va zafarlar tilab qolamiz!


RTTYOM NAMANGAN FILIALI MATBUOT XIZMATI

TELEGRAM FACEBOOK
🌐 INSTAGRAM 📹YOUTUBE