Ibnu obid | ابن عبد @ibnuobid Channel on Telegram

Ibnu obid | ابن عبد

@ibnuobid


Savol va takliflar uchun👇🏻
@ibnuobidbot

Ibnu obid | ابن عبد (Uzbek)

Salom va xush kelibsiz! Bu - "Ibnu obid | ابن عبد" nomli Telegram kanalimiz! Bu kanal orqali siz, savollar yoki takliflar uchun bot bilan bog'lanishingiz mumkin. Agar sizning istalgan savollaringiz yoki takliflaringiz bo'lsa, @ibnuobidbot ga yozing va tez orada javob olishingiz mumkin. Ibnu obid kanali, foydali ma'lumotlar, qiziqarli maqolalar, eng so'nggi yangiliklar va boshqa bir qancha mavzular orqali sizning bilim va ma'rifatingizni oshirishga yordam beradi. Kanalga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling! Sizni biz bilan birga yo'lga qo'ymoqdan mamnunmiz!

Ibnu obid | ابن عبد

21 Nov, 16:55


Abu Hurayro rodiyallohu a’nhu rivoyat qiladilar:

“Rasullulloh Sollollohu a’layhi vasallam: “Biz bu dunyoda oxirgilarmiz, qiyomat kuni esa izzat-hurmat jihatidan birinchilarmiz. Avval ularga, keyin bizga kitob nozil boʻldi. Ular oʻzaro tortishib jum’a kunini bayram kuni deb belgilay olmadilar. Bu kunni bayram qilmoqni Alloh bizga muyassar etdi. Yahudiylar ertaga, nasorolar esa indinga bayram qilishadi”, - deb bir oz jim qoldilar”.

Jum’a ayyomi barchangizga muborak boʻlsin! 🕊️

@ibnuobid✍🏻

Ibnu obid | ابن عبد

21 Nov, 15:00


Shunday o‘g‘ilni bilaman:
Onasi bilan telefonda gaplashayotib, gaplari tugaganidan keyin ham, onasi (qizilni bosib) o‘zi o‘chirmagunicha o‘g‘il trubkani qo‘ymaydi, toki onamning gapi tugamay o‘chirib qo‘ysam, onamga oq bo‘lib qolmayin, deydi.

Alloh shunday farzandlardan rozi bo‘lsin!
• Abdulhodiy Yusuf

@ibnuobid✍🏻

Ibnu obid | ابن عبد

21 Nov, 11:49


– Siz arab tilini zoʻr bilib, katta-katta kitoblarni oʻqib bemalol tarjima qilishni orzu qilasizmi?
Unda bizga qoʻshiling, biz ham shuni orzu qilamiz!😁

@ibnuobid✍🏻

Ibnu obid | ابن عبد

21 Nov, 07:29


Hurmatli ayollar, agar eringiz poyma-poy, rangi xar xil yoki yirtiq-teshilgan paypoqni kiyib bemalol ko'chaga chiqib ketaversa, bilingki, eringiz sizga 100% vafodor.

Chunki, u oyoq kiyimini faqat uyidagina yechadi.😁

@ibnuobid✍🏻

Ibnu obid | ابن عبد

21 Nov, 05:04


Boylikni uzun orzu bilan, sogʻlikni dori-darmon bilan, yoshlikni pardoz-andoz bilan topib boʻlmaydi.

@ibnuobid✍🏻

Ibnu obid | ابن عبد

21 Nov, 02:02


Qancha kichik ishlar bor – niyatning yaxshiligidan kattalashadi, qancha katta ishlar bor – niyatning yomonligidan kichrayib, yoʻq boʻlib ketadi.

@ibnuobid✍🏻

Ibnu obid | ابن عبد

20 Nov, 15:50


#kunlik_qasam

– Bu yurish boʻlmaydi. Oʻzgarishim kerak. Boʻldi:

• Kuniga yigirma varoq kitob mutolaa qilaman.
• Kunni sport bilan boshlayman, sogʻlik oʻzimga kerak-ku.
• Darslarimni tartiblayman.
• Kechasi kino koʻrishning oʻrniga kitob oʻqiyman.
• Ertalab quyoshdan oldin turib, quyosh chiqqunicha yana kitob oʻqiyman.
• Boʻldi-ye, qizlab bilan gaplashishni ham toʻxtataman. Yozilgani kelgunicha sabr qilaman.
• Instagram va tik-tokdagi bachkana videolar koʻrishni yigʻishtiraman…

Ertadan boshqacha yashayman. Yoʻq, yaxshisi biratoʻla dushanbadan boshlayman. Hozircha instagramni koʻraychi nima gaplar ekan, yangi vaynlar chiqibdimikan-a?

@ibnuobid✍🏻

Ibnu obid | ابن عبد

20 Nov, 12:20


Kasal insonni koʻrganingizda:
“Hech qisi yoʻq, inshaAlloh gunohlardan poklanasiz”, deb ayting.

Kasal boʻlganingizda esa:
“Allohim, buni gunohlarimga kafforat qil”, deb duo qiling.

@ibnuobid✍🏻

Ibnu obid | ابن عبد

20 Nov, 07:21


Tolibi ilm toqati yetguncha dunyoviy aloqalarni kamaytirishi kerak. Shuning uchun ham oldin ulomolar odamlardan uzoqda boʻlishni ixtiyor qilishgan.

Biz youtobe, instagram, tik-toklardan uzoqda boʻlishni ixtiyor qilib olishimizning oʻzi katta gap.

@ibnuobid✍🏻

Ibnu obid | ابن عبد

20 Nov, 04:25


Ogʻziga toʻldirib nos chekib olgan qoʻshnim bilan koʻrishmagandim, sunnatga qattiq turishimni, aytib, rosa tanbih berdi.

@ibnuobid✍🏻

Ibnu obid | ابن عبد

20 Nov, 02:10


Qish faslining ham foydali tomonlari bor. Masalan, paypogʻingizni ikki kun yuvmasangiz ham hidlanib ketmaydi.

Buni talabalar yaxshi tushunishadi😁


@ibnuobid✍🏻

Ibnu obid | ابن عبد

19 Nov, 16:28


Menga beriladigan savollar ketma-ketligi: (shunchaki yod boʻlib ketti)

1. Toʻy qachon?
2. Bizni ham toʻyga aytasanmi oʻzi?
3. Qiz topdingmi axir?
4. Yurayverasanmi shunday?
5. Toʻy qachon???

@ibnuobid✍🏻

Ibnu obid | ابن عبد

19 Nov, 12:00


Kimdir:
– Toʻygacha ozroq semirmasang boʻlmaydi, oriqligingni qara, bu turishingda birov senga qiz beradimi!?, desa kimdir:
– Hechqisi yoʻq, uylangandan keyin, semirib qolasan, men ham uylanmasimdan oldin sendek oriqchadan kelgan edim, deydi.

@ibnuobid✍🏻

Ibnu obid | ابن عبد

19 Nov, 11:51


أهلا و سهلا

“Axlan va Saxlan” iborasining manosi:

Axlan - ya’ni sen o’zingni oilangni uchratting, begonalarni emas.
Saxlan - ya’ni senga yomonlik yetmaydigan yengil bo’lgan joyga yetib kelding, degani.

Endi, kimdir sizga “أهلا و سهلا” desa, nimani nazarda tutayotganini bilasiz!

@ibnuobid✍🏻

Ibnu obid | ابن عبد

19 Nov, 09:02


Kim bir qalbni tiriltirsa, bu qalb unikidir!

@ibnuobid✍🏻

Ibnu obid | ابن عبد

19 Nov, 04:32


Qur’onning nuri qorilarda
koʻrinadi!

@ibnuobid✍🏻

Ibnu obid | ابن عبد

18 Nov, 19:21


Ilmning avvali niyat,
Soʻngra anglamoq,
Keyin amal qilmoq,
Keyin muhofaza etmoq va
oxiri uni yoymoqdir!

@ibnuobid✍🏻

Ibnu obid | ابن عبد

18 Nov, 08:03


Tolibi ilmlar keladigan balolar ko’tarilishiga sabab bo’ladilar. Chunki tolibi ilmlar olim bo’lib yetishsa insoniyatga Allohni tanitadilar.

©️Shayx Mahmud Durro hafizahulloh

@ibnuobid✍🏻

Ibnu obid | ابن عبد

17 Nov, 08:33


Hayotimdagi ilk sevgim raddomda boʻlgan. Rostan. Tugʻilganman-u, onajonimni koʻrib sevib qolganman.

@ibnuobid✍🏻