International Agriculture University

@iau_uz


The 1st International Agriculture University in Uzbekistan and Central Asia🌍

📞 +998 99 981 09 19

📍Tashkent, Uzbekistan

International Agriculture University

22 Oct, 10:58


IAU talabalari!

O’qish paytida tez-tez ishlatadigan sleng yoki iboralaringiz bormi? Biz bilan bo‘lishing va eng sevimli so‘zlaringizni yozib qoldiring.

Oldindan rahmat!

International Agriculture University

21 Oct, 13:09


O‘qish — bu doimo qiziqarli va o’ziga hos tartibsizliklar! Yoki ovqatlanishni unutib qo‘yasiz, yoki kalitingizni uyda qoldirasiz, imtihon sanalari esa faqat oxirgi daqiqada yodingizga tushadi.

O‘zingizni tanidingizmi? 😅

Sizchi o‘qish paytida nimalarni unutgansiz?
Kommentariyada bo‘lishing! 👇

Vebsayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook

International Agriculture University

21 Oct, 11:39


21 oktabr – O‘zbek tili kuni. Bu kun millatimizning asosiy mohiyatini – boy madaniyatimiz, tariximiz, an’analarimizni aks ettiradi.

O‘zbek tili – bu shunchaki muloqot vositasi emas, balki xalqimizning ruhi, uning faxri va noyob merosidir. Tilimiz biz bilan birga rivojlanib, o‘z go‘zalligi va kuchini kelgusi avlodlar uchun saqlab qolishini tilaymiz.

O‘z ona tilingizni asrang va uni avloddan-avlodga eng qimmatli boylik sifatida yetkazishga harakat qiling.

Bayramingiz bilan!

International Agriculture University

18 Oct, 05:49


🔰 17-oktabr kuni, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida "STA LOGISTIC EAST" korxona direktori Ubaydullayev Baxtiyor agrologistika bo‘yicha 5-guruh talabalari uchun ochiq dars o‘tkazidilar. O‘zbekistonda transport turlari va yuklarni transportirovka qilish jarayonlari haqida talabalarga boshlang'ich ma’lumotlar berildi.

🔰 Talabalar uchun ochiq dars modul yetakchisi Yoqutxon Naimxonova tomonidan tashkil etildi.

Vebsayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook

International Agriculture University

17 Oct, 05:26


🗓 📣 Hurmatli IAU talabalari!

Kursiv Uzbekistan direktori o'rinbosari Pavel Nosachev 22-oktabrda "Jurnalistika klubi"da sizlarga o'zining professional tajribasi bilan bo'lishadi. Mutaxassisdan olingan haqiqiy tajribalar sizning bilimlaringizni kengaytirishga va jurnalistika sohasida yanada chuqurroq tushuncha hosil qilishga yordam beradi.

🗓 Sana: 22.10.2024
⏱️ Vaqt: 14:00
🏫 Joy: 102-xona

Sizni kutib qolamiz. Kelib, yangi bilimlar va tajribalar bilan tanishing!🤓

Vebsayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook

International Agriculture University

16 Oct, 13:21


Talabalar Ittifoqi Prezidenti & Student Union

🔰 15-oktabr kuni bo'lib o'tgan saylovlar natijalariga ko'ra, Shohjahon Qahhorov yangi "Talabalar Ittifoqi Prezidenti" etib saylandi. Ushbu saylovda jami 15 nafar nomzod qatnashdi, ulardan to'rttasi asosiy da’vogar sifatida prezidentlik uchun kurashdi. Ikki hafta davomida nomzodlar o'z loyihalarini ishlab chiqib, saylovoldi kampaniyalarini olib bordilar. 14-oktyabr kuni universitetda talabalar tomonidan ovoz berish jarayoni boshlandi va 15-oktyabrda saylov komissiyasi tomonidan yakuniy natija e’lon qilindi.

🔰 Saylov jarayonini boshqaruvchi komissiya tarkibiga G'ulnoza Bozarova, Nuralı Yusupov va Bekzod Toshmatov kiradi. Komissiya raisi Ravshan Asamovdir. Universitet ma'muriyati vakillari ham so‘zga chiqib, talabalarga kelgusidagi yutuqlarida muvaffaqiyatlar tilashdi.

Vebsayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook

International Agriculture University

14 Oct, 13:47


🚌Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti talabalarining Samarqand tarixiy va madaniy sayohati

🌞12-oktyabr, universitet talabalari Samarkandga ajoyib sayohat uyushtirdilar! Universitet avtobusi ertalab 05:30 da jo‘nab, taxminan 10:00 da buyuk shahar Samarkandga yetib bordi. Talabalar tarixiy joylar va ajoyib go‘zalliklarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

🕌Registon maydoni va Bibixonim masjidi kabi yodgorliklarga tashrif buyurib, talabalar shahar tarixini his qilishdi. Sayohatda shuningdek, mashhur Siyob bozori va milliy taomlardan bahramand bo‘lishdi.

🎒Ammo sayohat davomida yana bir qiziqarli to‘xtash nuqtasi bo‘ldi - yo‘lda Sirdaryo viloyatida joylashgan qovun bozoriga kirib, talabalar mazali qovunlarning xushbo‘yligidan bahramand bo‘lishdi. Samarkanddan qaytar chog‘ida shahar markaziga ham bir nazar tashlashdi!

Qiziqarli tadbirlar va yangi bilimlar bilan to‘lgan sayohat uchun universitetimizga minnatdorchilik bildiramiz! 😍

Vebsayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook

International Agriculture University

14 Oct, 10:50


🔰 14-oktyabr kuni universitetda Talabalar Ittifoqi va Student Union saylovlari oldidan muhim tadbirlar va taqdimotlar bo'lib o'tdi. Har bir nomzod o'z saylovoldi kampaniyasini ikki hafta davomida olib bordi va talabalarning e'tiborini qozonishga intildi. Talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va sharoitlar haqida muhim fikrlar bildirildi va nomzodlar o'z dasturlarini himoya qilishdi.

🔰 Tadbir davomida so'zga chiqgan Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'limi rahbari Dr. Asamov, O'zbek tili dasturi rahbari Dr. Bozarova va Dr. Yusupovlar talabalarga hayot va o'qish faoliyati bo'yicha tavsiyalar berishdi. Ularning so'zlari talabalarga yanada samarali o'qish va faoliyat yuritishda yo'l-yo'riq bo'ldi. Tadbir so'ngida saylov komissiyasi saylovni 15-oktyabr kuni soat 13:00 gacha o'tkazilishini belgilab berdi.

Vebsayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook

International Agriculture University

11 Oct, 16:46


🔰 10-oktabr kuni, Xalqaro qishloq xo'jalik universitetida "Ad astra" munozara klubi doirasida birinchi kurs rus yo'nalishi talabalari ishtirokida ommaviy eshitishlar bo'lib o'tdi.

🔰 Ishtirokchilar ko'p qavatli uylar qurilishida ekologik me'yorlarning buzilishi masalasini muhokama qilish uchun ikkita jamoaga bo'lingan va har bir jamoa o'z loyihasini himoya qildi. Natijada "Veritas" jamoasi "Ekolend" jamoasiga qarshi g'alaba qozondi.

🔰 Barcha ishtirokchilar universitetdan esdalik sovg'alari oldilar, g'oliblar esa maxsus sertifikatga ega bo'lishdi.

🔰 Keyingi munozara klubi yig'ilishi noyabr oyida o'tkaziladi va barchangizni kutib qolamiz!

📌G'olib "Veritas" jamoasi: Ruslan Drag'in, Damir Rahmanberlin, Shokhrukh Anorov, Abdulkodir Yuldoshxojayev.
📌"Ekolend" jamoasi: Murodjon Juraxonov, Akbarjon Ablusalamov, Samira Nizamutdinova, Akmal Yulchiev.
📌Yig'ilish kotibi: Amal Ravshanov.
📌"Ad astra" klubining asoschisi va rahbari: Mikhail Karimovich Bozarov.

Vebsayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook

International Agriculture University

11 Oct, 11:32


🧠"Zakovat" intellektual o‘yini –
🏆 Rektor kubogi
❗️

📍O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-sonli qarori bilan "Zakovat" intellektual o‘yinlarini aholi va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid vazifalarni bajarish maqsadida...

Joriy yilning 3️⃣1️⃣ oktyabr kuni
🏢Xalqaro Qishloq Xo'jaligi universitetida
🏆Rektor kubogi bo'lib o'tadi.

Kubok doirasida umumiy 2️⃣ tur va 2️⃣4️⃣ savol o'ynaladi.

🧑‍🎓👩‍🎓Ishtirok etish xohishi bo'lgan talabalar jamoalarini 6 ( 6+1 zaxira ) ko'rinishida shaklantirilishi so'rab qolinadi.
( O'qituvchilar ham ishtirok etishi mumkin )

🥇G'olib jamoa a'zolariga:
Zakovat - Rektor kubogi va qimmatbaho sovg'alar sohibiga aylanishadi.

🗂O'z guruhingizni shaklantiring va jamoa ro'yxatini 2️⃣4️⃣-oktyabr kunigacha @AnvarbekShukhratov ga topshiring.

Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi
Vebsayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook