HR MKBANK @hrmkbank Channel on Telegram

HR MKBANK

@hrmkbank


Mikrokreditbank ATB HR rasmiy kanali
Официальный HR канал АКБ Микрокредитбанк

HR MKBANK (Russian)

Добро пожаловать на официальный HR канал банка Микрокредитбанк! Здесь вы найдете самую актуальную информацию о вакансиях, требованиях к кандидатам, а также о работе HR отдела банка. Мы стремимся создать команду профессионалов, готовых развиваться и расти вместе с нами. Вступайте в наше сообщество, чтобы быть в курсе всех новостей и изменений в области трудоустройства в нашем банке. Мы ценим каждого сотрудника и готовы помочь вам стать частью нашей успешной команды! Присоединяйтесь к нам прямо сейчас!

HR MKBANK

21 Nov, 10:31


#yutuq_MKBANK_HR

🔝 Top-150 reytingidan joy egallagan Queen Mary University of London oliy ta'lim muassasasi – Xodimimizning navbatdagi manzili!

🎓 Akbarov Suhrobxon Nasrullayevich Toshkent moliya institutida tahsilni 2020-yil muvaffaqiyatli tugatib, Bankimizning Xodimlarni boshqarish (HR) departmenti Bosh mutaxassisi sifatida faoliyatini boshlagan bo'lsa, hozirda menejer lavozimida samarali ishlab kelmoqda.

💳 Londonda "Bank va moliya" yoʻnalishida bilimlarini yanada boyitib, Bankimizga hozirgidanda kuchliroq mutaxassis bo'lib qaytish – Xodimimizning maqsadlaridan biri.

🏆 Xodimimizning ushbu yutug'i Bankimiz uchun faxrdir! Suhrobxonning xorijda tahsil olish jarayonida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Veb-sayt | 📱 MAVRID | 🟣 Instagram |
🔵 Facebook | 🔴 YouTube |
☎️ Call-markaz

HR MKBANK

20 Nov, 06:18


#buyuk_shaxslar_MKBANK_HR

✏️ Buyuk shaxslar haqida qiziqarli faktlar

✔️ Benjamin Franklin — Amerika tarixi va mustaqillik kurashida muhim rol o'ynagan shaxsdir. U mustaqillik deklaratsiyasini tuzishda ishtirok etgan, davlatning birinchi diplomati sifatida ham xizmat qilgan.

➡️ Franklin oilada 17 nafar farzandning 15-chisi edi.
➡️ Franklinning eng mashhur ixtirosi — chaqmoqdan himoyalanish moslamasidir.
➡️ Franklin ikkitomonlama (bifokal) ko‘zoynakni yaratgan.
➡️ Franklinning mashhur iborasi - "Vaqt — bu pul".
➡️ Franklin vegetarian edi va parhezning salomatlik hamda uzoq umr uchun foydaliligiga ishonardi.
➡️ U elektr toki ustida tajribalar o'tkazgan, yomg'irni o'chiruvchi moslamani ixtiro qilgan va birinchi bo'lib ob-havo qonuniyatlari haqida g'oyalarni ilgari surgan.



🔈 Интересные факты о великих личностях:

✔️ Бенджамин Франклин — одна из самых значимых фигур в истории Америки и борьбе за независимость. Он принимал участие в утверждении Декларации независимости и стал первым дипломатом США.

➡️ Франклин был 15-м из 17 детей в семье.
➡️ Его наиболее известное изобретение — громоотвод.
➡️ Он изобрел двухфокусные очки.
➡️ Знаменитая цитата Франклина: "Время — деньги".
➡️ Франклин был вегетарианцем и убежден, что такой образ жизни способствует укреплению здоровья и долголетию.
➡️ Он проводил эксперименты с электричеством, изобрел устройство для защиты от дождя и стал первым, кто выдвинул идеи о закономерностях погоды.

Veb-sayt | 📱 MAVRID | 🟣 Instagram |
🔵 Facebook | 🔴 YouTube |
☎️ Call-markaz

HR MKBANK

15 Nov, 12:33


🎞Dam olish kunlarida moliya bilan bogʻliq kinoni tomosha qilamiz!

🏦 “Inqiroz sari” — film, moliyaviy qarorlarning qanday katta xatarlarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatadi. Qahramonlar orasidagi shiddatli kurash va hal qiluvchi qarorlar har qadamda muhim natijalarga olib keladi. Bu filmda jarayonlar sizga moliyadagi real xatarlar va riskning qanday aslida ishlashini tushunishga yordam beradi.

Agar siz moliya sohasidagi har bir qarorning qanchalik muhim ekanligini baholashni istasangiz, bu filmni ko‘rishni tavsiya qilamiz!

🎥Tomosha qilish

Veb-sayt | 📱 MAVRID | 🟣 Instagram |
🔵 Facebook | 🔴 YouTube |
☎️ Call-markaz

HR MKBANK

13 Nov, 05:09


⭐️ Yaxshi dam, mehnatga hamdam!

🔘 Joriy yilning 9-noyabr, shanba kuni bank xodimlari uchun sayohat turizmi doirasida Yangi Oʻzbekiston bogʻi hamda “Chinorkent” dam olish maskanlariga sayohat uyushtirildi. Unda bankda faoliyat olib borayotgan 40 nafar faol xodimlar ishtirok etdi.

➡️ Dastlabki manzil Mustaqilligimizning 30 yillik bayrami arafasida barpo etilgan Yangi Oʻzbekiston bogʻi boʻldi.

Batafsil

🌐 Veb-sayt | 📱 MAVRID | 📱 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 YouTube | ☎️ Call-markaz

HR MKBANK

07 Nov, 09:12


#ibrat_fidoiylik_MKBANK_HR

🎉 Bugun biz bankimizda ko‘p yillardan buyon faoliyat yuritayotgan Niyazova Xilola Akramovnaning kamtarona mehnatlarini e’tirof etmoqchimiz. U kishi haqiqiy ustoz va dono maslahatchi sifatida hammamiz uchun qadrli inson.

👑 Xilola Akramovna oʻz tajribasini boʻlishishda aslo tortinmaydi, qiyin paytlarda esa doimo toʻgʻri maslahatini ayamaydi. U kishining o‘gitlari va qoʻllab-quvvatlashi jamoamizdagi ahillikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Asosiysi, katta hayot ostinasida har birimizga ishonch bagʻishlaydi.

💫 Har bir ishda yordamga shay Xilola Akramovnadan biz nafaqat professional mahoratni, balki insoniylikni, atrofdagilarga eʼtiborli boʻlishni, bir-birimizni qoʻllab-quvvatlash qanchalik muhim ekanini ham oʻrganmoqdamiz.

Xilola Akramovna, bizga ulashayotgan samimiy mehringiz uchun sizga tashakkur! Siz biz uchun ibrat va tayanch maktabisiz.

⭐️ Siz bilan faxrlanamiz!



🎉 Сегодня мы хотим отметить скромный, но огромный труд Хилолы Акрамовны Ниязовой, которая много лет работает в нашем банке. Она для нас не просто наставник, а настоящий мудрый советчик и глубоко уважаемый человек.

👑 Хилола Акрамовна никогда не отказывает в том, чтобы поделиться своим опытом, а в трудные моменты всегда щедро делится правильными советами. Её наставления и поддержка помогают укреплять единство в нашей команде и, что особенно важно, вселяют уверенность в каждого из нас.

💫 От Хилолы Акрамовны мы учимся не только профессиональному мастерству, но и человечности, внимательности к окружающим и тому, насколько важно поддерживать друг друга.

Хилола Акрамовна, благодарим вас за искреннюю теплоту, которую вы щедро дарите нам! Вы — наш пример и надёжная опора.

⭐️ Мы гордимся вами!

HR MKBANK

06 Nov, 13:31


#Liderlar_motivatsiya_MKBANK_HR

⭐️ Orzular reallikka aylangan ajoyib hikoya

🔘 Mayer Amshel Rotshild — savdodan boshlab, bank sulolasiga asos solgan va dunyodagi eng nufuzli moliyachilardan biri.

🔮 Bu inson noldan imperiya qurgan bo‘lib, uning biznes hamda HR sohasidagi tamoyillari hanuzgacha dolzarb sanaladi.

✔️ Undan nimani oʻrganishimiz mumkin?
🔵 Risklarda imkoniyatlarni koʻra bilishni.
🔵 Jamoani ishonch va hamkorlikka asoslangan holda qurishni.
🔵 Strategik fikrlash va kelajakka investitsiya kiritishni.

✏️ Rotshild kelajak avlodlar uchun namuna boʻlib, investitsiyalarni boshqarish san’ati orqali o‘z nomini asrlar davomida yashaydigan merosga aylantira oldi.



⭐️ Прекрасная история о том, как мечты становятся реальностью

🔘 Майер Амшель Ротшильд – один из самых влиятельных финансистов мира, основавший банковскую династию, начавшую с торговли.

🔮 Этот человек построил империю с нуля, и его принципы в бизнесе и HR актуальны до сих пор.

✔️ Чему мы можем научиться из этого?
🔵 Увидеть возможности в рисках.
🔵 Построение команды, основанной на доверии и сотрудничестве.
🔵 Стратегическое мышление и инвестиции в будущее.

✏️ Ротшильд был образцом для подражания для будущих поколений, и благодаря искусству управления инвестициями он смог сделать свое имя наследием, которое будет жить веками.

🌐 Veb-sayt | 📱 MAVRID | 📱 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 YouTube | ☎️ Call-markaz

HR MKBANK

05 Nov, 07:13


#kitob_tavsiya_MKBANK_HR

🔈 Do'stlar, bugun sizga ajoyib bir kitobni tavsiya qilmoqchimiz!

📚 Kris Skinner "Raqamli bank. Qanday qilib buni amalga oshirish mumkin?" kitobi sizning eng yaqin do‘stingizga aylanishiga ishonamiz.

✔️ Bu kitob bank sohasida ishlaydigan va yangi texnologiyalarga qiziqadiganlar uchun ayni muddao bo'lib, banking sohasidagi raqamli o'zgarishlardan xabardor bo'lishni istaydiganlar uchun haqiqiy topilmaga aylanishi shubhasiz!

📖 Kitobning asosiy g'oyalari:
Skinner banklar raqobatbardosh bo'lib qolish uchun zamonaviy texnologiyalarga qanday moslashishi mumkinligini tushuntiradi. Bu shunchaki zamonaviy trend emas, balki zamonaviy bank uchun zaruratdir.

✏️Kitobni ushbu link orqali o‘qishingiz mumkin.

На русском языке

HR MKBANK

04 Nov, 14:08


🏃‍♀️‍➡️🏃‍➡️ MKBANK “Samarkand Marathon” anʼanaviy xalqaro xayriya marafonida!

💬 O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan Samarqand shahrida 2-3-noyabr kunlari “Samarkand Marathon” xalqaro xayriya poygasi o‘tkazildi.

⭐️ 6-bor o‘tkazilayotgan marafonda 40 ga yaqin davlatdan uch ming nafardan ziyod ishtirokchi 2, 5, 10, 21 va 42 kilometr masofani bosib oʻtish uchun o‘zaro bellashishdi.

Mazkur marafonda MKBANK jamoasi ham munosib ishtirok etdi.

Batafsil

🌐 Veb-sayt | 📱 MAVRID | 📱 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 YouTube | ☎️ Call-markaz

HR MKBANK

01 Nov, 13:41


🎞Dam olish kunlarida bank sohasi bilan bogʻliq kinoni tomosha qilamiz!

🏦"The Banker" (1989) – Amerika filmi boʻlib, Villiam Veb tomonidan sahnalashtirilgan. Kino Spolding Osborn ismli boy bank xodimi haqida boʻlib, uning bank xodimi sifatidagi hayotidan tashqari boshqa shaxs sifatidagi hayoti ham mavjud.

🔍Film turi: detektiv va jinoyat

Ingliz tilida koʻrish 🇬🇧 | Rus tilida koʻrish 🇷🇺

Veb-sayt | 📱 MAVRID | 🟣 Instagram |
🔵 Facebook | 🔴 YouTube | ☎️ Call-markaz

HR MKBANK

31 Oct, 04:58


🔘 Hozirgi kunda HR olamidagi 50 nafar liderlardan biri - Adrian Andrade.

🎓 Ta'limi:
Hindistonning St. Meri o'rta maktabida 1975-1981-yillarda tahsil olgan. 1984-1987-yillar mobaynida Mumbay universitetining Iqtisodiyot yo'nalishida o'qigan.

💼 Karyerasi:
1990-yildan bank sohasiga kirib keladi. O‘zini ANZ Grindlays Bankida assistentlikdan tortib, HR menejer yordamchisi lavozimigacha sinab ko'radi. 2000-yil may oyidan karyerasini Standard Ustav Bankida Xodimlar munosabati menejeri sifatida davom ettiradi. U yerda 2011-yil aprelga qadar Tashkilotni o'qitish bo'yicha menejer, HR boshqarmasi rahbari va Bankning Risk, Mahsulot, Marketing va Trening Akademiyalari bosh HR rahbari kabi lavozimlarda ishlagan. Ushbu davr mobaynida 27 davlatdagi 14 875 nafar xodimga mas'ul bo'lgan. Bankdagi so'nggi lavozimini egallab turganida 6 ta HR aspektini o'z ichiga olgan HR strategiyasini ishlab chiqqan.

2018-yil dekabrdan to bugungi kungacha Hindistonning Mumbay shahrida IDFC FIRST Bankning HR Bosh direktori hisoblanadi.

🏢 Qiziqishi:
Tashkilotga umumiy tarzda ta'sir ko'rsatoladigan pozitsiyalarga mas'ul bo'lishga intiladi. Insonlarni muvaffaqiyatli qilishdan rohatlanadi.

Veb-sayt | 📱 MAVRID | 🟣 Instagram | 🔵 Facebook | 🔴 YouTube | ☎️ Call-markaz

HR MKBANK

21 Oct, 15:33


#onatilim_MKBANK_tadbir

🇺🇿 Til - davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma'naviy boyligi, urf-odati, tarixidir.

⭐️ O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan MKBANK bosh ofis xodimlari uchun “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

✔️ Mazkur tadbirda Boshqaruv raisi o‘rinbosari Ibrohimjon Mamajonov, Filologiya fanlari doktori, professor va tarjimon Uzoq Jo‘raqulov, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Fahriddin Hayit ishtirok etishdi.

✏️ Tadbirda o‘zbek tilining ahamiyati, har bir inson o‘z ona tilini bilishi, uni kelajak avlodga yetkazishda oiladagi maʼnaviy muhitning ahamiyati to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi.

👏 Ayniqsa, shoir Fahriddin Hayitning ona tili haqidagi she’rlari bank xodimlarida katta taassurot qoldirdi.

🗣 Tilni e'zozlash, uning mavqeyini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash esa har birimizning ma’naviy burchimizdir.

🎉 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yillik bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!

🌐 Veb-sayt | 📱 MAVRID | 📱 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 YouTube | ☎️ Call-markaz

HR MKBANK

21 Oct, 05:54


⭐️ MKBANKda o‘tkazilgan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostidagi “To‘g‘ri yozamiz” nomli chellenjdan fotolavhalar

🌐 Veb-sayt | 📱 MAVRID | 📱 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 YouTube | ☎️ Call-markaz