Germany.uz

@germaniyadagi_ozbeklar


Vatandoshlar kanali

@germaniyadagi_ozbeklar

Germany.uz

21 Oct, 12:29


#Germaniyada_ishlash

Bismillahir Rohmanir Rohim. So'ngi paytlarda Germaniyaga oid guruhlarda shunga o'xshash xabarlar ko'payib qolibdi. Til bilmagan, diplomi yo'q odamlarni ham Germaniyaga ishga jo'natisharmush...
Bugun shu xabarlar qanchalik haqiqatga yaqinligi haqida ma'lumot bermoqchiman.

Germaniyaning menga eng yoqqan taraflaridan biri deyarli hamma narsa qonun-qoida va tartibga asoslangan. Daryoga chiqib, baliq tutmoqchi bo'lganlar uchun qonunlar bor: Fischereiverordnungen, Landesfischereigesetzen. Uyida it yoki mushuk boqmoqchi bo'lganlar uchun qonunlar bor: Tierschutzgesetz. Kechasi nechchidan nechchigacha shovqin qilmaslik haqida qonun : Bundesimmissionsschutzgesetz, chiqindilarni ajratish bo'yicha qonun bor: Kreislaufwirtschaftsgesetz.

Germaniyaga ishlash maqsadida kelish va viza olish ham qonun-qoidalarga asoslangan. O'sha qonunlarda kimlar Germaniyaga ishlash uchun kelishi mumkinligi haqida yozilgan, bularni kanalda batafsil keltirib o'tganman.

Endi yuqoridagiga o'xshash xabarlarga to'xtalsak:

1️⃣. Germaniyada ish beruvchi bilan shartnoma tuzganingiz sizga viza olishni kafolatlamaydi. Deylik siz Nestle, BMW yoki Mercedes kabi firmalar bilan haqiqiy ishchi shartnoma oldiz. Lekin agar siz viza olishning qolgan talablariga to'g'ri kelmasangiz, o'sha olgan shartnomangiz hech qanday ahamiyatga ega emas.

2️⃣. Mashenniklar Germaniyaga keladiganlarga ish topib berishi mumkin, elchixonadan viza uchun Termin olib berishi mumkin. Lekin viza olib berolmaydi. Vizani faqat elchixona qonun-qoidalarga tayangan holda beradi. BWM sizni ishga olish uchun elchixonaga 100 betlik iltimosnoma yozib bersa ham foydasi yo'q, shuning uchun Germaniyadagi ish beruvchi sizga "vizani o'zimiz hal qilamiz, sen sug'urtaga pul berseng bo'ldi, unga pul berseng bo'ldi" desa laqqa tushib yurmang.

3️⃣. Zavodda oddiy ishchi, qadoqlovchi, tozalovchi, yana shunga o'xshash hammani qo'lidan keladigan ishga viza olishni esingizdan chiqarsangiz ham bo'ladi. Bunaqa ishlarni qilish uchun Germaniyada ham ishchi kuchi yetarlicha.

4️⃣. Ishchi viza olish uchun eng kamida 2-yillik kollej diplomi yoki oliy ma'lumotlik diplom bo'lishi kerak. Litseyni bitirgan bo'lsangiz, 11-sinfni bitirgan bo'lsangiz, ishchi viza ololmaysiz. Topgan ishingiz ham diplomga aloqador bo'lgani yaxshi yoki shunga yaqin soha.

5️⃣. Agar yosh bo'lsangiz, Germaniyaga rostdan kelmoqchi bo'lsangiz, unda o'qing va kasb-hunar o'rganing. Nemis tilini o'qing, matematikani o'qing, IT ni o'qing, kerakli kadr bo'ling, shunda nafaqat Germaniya, butun dunyoga yo'llar ochiladi inshaallah.

Germaniyaga ishga borish uchun kimgadir pul bermoqchi bo'lganlarga ushbu postni jo'natib qo'ying.

t.me/germaniyadagi_ozbeklar

Germany.uz

17 Oct, 11:42


Germaniyaning „EUROPA-PARK“ tashkilotiga mehmonxona va gastronomiya sohalari uchun fuqarolarni Ausbildungga taklif etadi!

Nomzodlar uchun talablar:

💢Maktab shahodatnomasi;
💢Nemis tilidan kamida B1 (Geothe, ÖSD, TELC, ECL) darajadagi sertifikat;
💢Yosh chegarasi 18-30 yosh.

Afzalliklari:

🔹Stipendiya 950-1200 yevro;
🔹Yashash joyi topishga ko’mak;
🔹Tibbiy sug‘urta;
🔹Kasbiy ta’limdan keyin kafolatlangan ish joyi;
🔹Xalqaro aviachipta va aeroportdan transfer.

👉 Ro’yxatdan o’tish:
https://forms.gle/ri5t96cVqUkd9m6F6

t.me/germaniyadagi_ozbeklar

Germany.uz

14 Oct, 12:14


Germaniyaga til bilmasdan borish mumkin(mi?)

Qaysi davlatga bormang, avvalo u yerni tili, madaniyati, odamlari haqida bilib oling. Bu o'sha yerga moslashishingizga ancha katta yordam beradi.

🌐 Nemis tilini yaxshi o'rganib, ishga o'qishga borishingiz mumkin. Bu sizga yaxshi karyera qilishga, yaxshi joyda ishlash yoki o'qishga yordam beradi.

🎯 Agar siz O'zbekistonda nemis tilini o'rgana olmayotgan bo'lsangiz, bu dastur aynan siz uchun mos keladi. Tilni bilmasdan ham bemalol Germaniyaga ketsangiz bo'ladi.

Dastur haqida to'liq bilish uchun faylni batafsil o'qib chiqing!

t.me/germaniyadagi_ozbeklar

Germany.uz

13 Oct, 17:40


​​Assalomu alaykum, kanal a'zolari,
Agar Germaniyaga ishchi Viza orqali ishlashga kelmoqchi bo'lsangiz, ancha sabrli bo'lishingizga to'gri keladi. Chunki ishchi viza uzoq vaqt talab qiladigan jarayon bo'lgani uchun 6-12 oyni xisobini qilib qoyavering. Agar buncha chidashga sabringiz yetmasa, unda boshqa viza turini tanlang yahshisi. Su sababdan menga Germaniyaga ishga ketish borasida murojaat qilganizda, qachon ketaman deb emas, keta olamanmi o'zi deb so'raganiz                                                                    Hurmatli kanal a’zolari,  ko’pchiligingizni Germaniyaga o’qish va ishlashga ketish qiziqtirayotgani uchun ham shu yerdasizlar deb o’ylayman va shuning uchun o’zimning Germaniyaga kelish tajribamni sizlar bilan bo’lishmoqchiman. Mening ismin Fazilat, bir oydirki Germaniyadagi Euro Schulen tizimining Zwickau filialida Integrationskurslarida nemis tili o’qituvchisi sifatida o’z faoliyatimni olib bormoqdaman. Ishimdan mamnunman va kasbiy yanada o’sish imkoniyatlari borligidan juda ham xursandman.
Germaniyaga kelishga qaror qilganimda, nemis tilidan xalqaro C1 darajasiga ega bo’lishimga qaramasdan, viza va hujjatlar borasida juda ko’p savollar tug’ila boshladi. Savollarga albatta internetdan javoblar topish mumkin, lekin ba’zan kichik savolga ham javob topish uchun ko’p vaqtlar o’tirib qidirish lozim. Men esa ishim va ishim yonidagi boshqa projektlarimdan bunga vaqt ajrata olmasdim.

Shundan so’ng  yaqin do’stlarim tavsiyalari va internetdagi taasurotlarim sababli “Next step” asoschisi Azimjon Ibragimovga murojaat qildim. Aytib o’tishim kerakki, ko’rsatilgan xizmat nemischa “Korrektheit” bilan, „professionell“ ko’rsatildi.  U kishi bilan ishlash jarayonida nafaqat hujjatlar, balki boshqa mamlakatga uzoq vaqtga yoki butunlay ketayotgan kishilarda tug’iladigan barcha savollarimga to’liq javoblar ola oldim.

Umimiy jarayonning eng qiyin nuqtalaridan biri kutish… Germaniyada ba’zi hujjatlar bilan ishlovchi tashkilotlar hujjatlarni juda uzoq muddatlarda ko’rib chiqishadi va na telefon orqali, na yozma hujjatlaringiz to’g’risida ma’lumot ola olasiz. Hujjatlarning barchasi talablarga to’liq javob bera oladigan holda tayyorlangani uchun, tegishli tashkilotlarning barchasidan ijobiy javoblar keldi.

Azimjon Ibragimov bilan ishlagan boshqa do’stlarim ham u kishining ishlarini to’liq ijobiy deb topishadi. Sizda ham Germaniyaga o’qish yoki ishlash uchun kelish niyati bo’lsa, kuzatib boring.

@Azimjon_Ibragimow

t.me/germaniyadagi_ozbeklar

Germany.uz

08 Oct, 13:22


#Мусофир бўлмагунча, оқ қорани ажратиш қийин.

@germaniyadagi_ozbeklar

Germany.uz

29 Sep, 15:31


Қариганда биларсан... 😢

Яқинларга улашиб қўйинг

@germaniyadagi_ozbeklar

Germany.uz

25 Sep, 18:51


Германия, Нордхорнда РАЗНОРАБОЧИЙЛАР учун иш бор, ишнинг мазмуни: тирик товукларни контейнерларга (катакларга) жойлаш, соатига 10 евро нетто, иш соати кунига 12 соатгача, бир ойда 230 соатгача, йоток жой берилади: ойига 350 евро, спец одежда бепул берилади, ишга олиб бориб олиб келиш бепул, рус тилини билиш шарт, ишчиларда: польская рабочая виза, карта побыта ёки ВНЖ булиши керак

Germany.uz

25 Sep, 06:47


Onani yaratmasin ekan, yuragini bir parchasi doim farzandida yashaydi...Onalaringizni tez-tez yo'qlab turing, ona g'animat...
Onadan so'rashibdi:
- qaysi farzandingni ko'proq yaxshi ko'rasan?
Shunda ona tabassum bilan javob berdi:
- tuzalgunicha bemorini, qaytib kelguncha safardagisini,katta bo'lgunicha kichigini, o'lgunimcha barchasini...

t.me/germaniyadagi_ozbeklar

Germany.uz

25 Sep, 06:20


ДИККАТ
ЛАТВИЯ АЙДИ 1ЙИЛЛИК КИСКА ВАКТДА
ЛАТВИЯГА ПРИГЛАШЕНИЯ
ЛАТВИЯГА ОЧЕРЕД
ТУРИСТИК ВИЗАГА 20.КУНЛИК
ЛАТВИЯ АЙДИ 1ЙИЛЛИК
ЙОКИ ЛАТВИЯ ВИЗА 1ЙИЛЛИК
СУГУРТА ХИЗМАТЛАРИ…
УБДАН ТУР ВИЗА.
Ва бошка хизматлар

Germany.uz

21 Sep, 11:24


🇩🇪Oliygohning sirtqi bo'limi talabalari uchun ajoyib imkoniyat!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniyaning "NoVo Agency" tashkiloti 2024-yil noyabr-dekabr va 2025-yil yanvar oylarida "Ferienjob – work and travel" dasturi bo’yicha Germaniyaga 3 oylik mavsumiy ishlarga jalb qilinadi.

Sohalar:
🔹Ishlab chiqarish;
🔹Sanoat;
🔹Omborxona logistikasi;
🔹Qadoqlash;
🔹Gastronomiya.

Talablar:
- Oliygohlarning faqat sirtqi bo'limi talabalari;
- 2024-yil noyabr-dekabr va 2025-yil yanvar oylarida ta‘til davri;
- 18 yoshdan 35 yoshgacha;
- Rus, ingliz yoki nemis tilini bilganlar uchun afzalliklar mavjud;
- Soatiga 14 yevro (brutto);

Afzalliklar:
- Viza hujjatlarni tayyorlash va butun jarayon davomida ko'mak;
- Turar-joy topishda ko'mak (shahar va ish joyiga qarab 450 yevrodan 600 yevrogacha).

☎️Murojaat uchun: (93) 454-64-27, (99) 025-95-95

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

@germaniyadagi_ozbeklar

Germany.uz

18 Sep, 09:58


Германия, Нюренбергда каменщиклар учун вакансия бор, 4 та каменщик керак, соатига 12 евро нетто, бир кунда 10 соат, хафтасига 6 кун (шанба куни 14:00 гача) иш, ёток жой бепул, ишга бепул олиб бориб, олиб келинади, литовчкий внж, польская виза ёки карта побыта булиши керак, личкага мурожаат килинг

Germany.uz

18 Sep, 08:15


Фақат миграция эмас: Олаф Шолц билан нималар муҳокама қилинди?
https://kun.uz/kr/news/2024/09/17/faqat-migratsiya-emas-olaf-shols-bilan-nimalar-muhokama-qilindi

Germany.uz

18 Sep, 07:56


Германияга ишчи виза шартлари енгиллашади

Бандлик вазири Беҳзод Мусаев Самарқандда Германия Федератив  Республикаси Ички ишлар ва Ватан вазири Нэнси Фезер билан мулоқот ўтказди.

"Миграция масаласида бир қатор енгилликлар ишлаб чиқилмоқда. Битим доирасида немис иш берувчилари учун ўзбекистонликларни соддалаштирилган тартибда ишга қабул қилишга тайёрмиз", — деди Нэнси Фезер хоним.

t.me/germaniyadagi_ozbeklar

Germany.uz

17 Sep, 04:52


t.me/germaniyadagi_ozbeklar

Germany.uz

16 Sep, 10:26


Bugun Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Kansleri Olaf Shols Samarqand shahrida ikki mamlakatning yetakchi kompaniya va banklari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda o‘zaro manfaatli sheriklikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. Bu "yashil energetika", kimyo sanoati, "yashil vodorod" ishlab chiqarish, mashinasozlik, elektrotexnika, to‘qimachilik, farmatsevtika sanoati va boshqa sohalarda sanoat kooperatsiyasini nazarda tutadi.

Shundan so‘ng, qo‘shma Boshqaruv kadrlarini tayyorlash maktabining ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.

Loyiha O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Xanns Zaydel jamg‘armasi hamda Bavariya davlat boshqaruvi maktabi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Shu bilan Olaf Sholsning mamlakatimizga rasmiy tashrifi yakunlandi.


@germaniyadagi_ozbeklar

1,322

subscribers

549

photos

199

videos