Oliy ta'lim va vaqt qadri.
Salom barcha talabalarga va xayrli kun.
Bilasizmi, sizlardan ko'pchiligingiz qilgan mehnatini dastlabki mevasini oldingiz. Tabriklayman siz talaba bo'ldingiz, ammo nyuansga to'xtalgim bor. Siz ertaga shubu universitetni tanlaganinggizga va ketgan vaqtingizga achinishingiz mumkin. Siz o'qishga kirgandan keyin tushunasiz, oliy ta'lim siz o'ylagandek emas, sizni talablaringizni katta ehtimol bilan 10 dan biriga ham javob bera olmasligini.
Xullas hozir bu postda oliy ta'limni yomonlab o'zimga bosh og'riq orttirgim yo'q.
Oliy ta'lim o'z yo'liga. Men uchun hozir universitetda o'qiyotgan yoshlar muhimroq.
Bilasizmi, ter to'kib mehnat qilgan pulingizga aldanib buzuq qandaydir matoh olsangiz alam qiladi uni buzuqligi, hozirgi holatingiz ham qisman shunday. Balki topshirgan oliygohingiz sizning talablaringizga javob berar, ammo javob bera olmasachi, bu savolni hech berib ko'rdizmi?
Masalan men uchinchi kursligimda bu narsaga amin boʻldim va imkoniyatlarimdan kelib chiqib yarim yoʻlda “universitet yoʻli”dan chiqdim. Bu savolni 3-kursligimgacha berib ko'rmaganman. Va bundan bugun afsuslanaman. Men ko'p narsaga ulgurishim va eng qimmatli kadr bo'lishim mumkin edi, endi esa navbat sizga. Biz qilgan xatolarni qilishingizni istamas edim.
Postni 2-qismiga o'tamiz.
Vaqt qadri.
Talaba statusi o'ziga yarasha obro' bo'lishi bilan bir qatorda eng kamida 4 yillik davr va eng kamida 25-50 mln xarajatlar degani.
Pul mayli o'z yo'liga. Lekin sarflangan 4 yil davomida siz nimalar qilishingizni o'ylab ko'ring.
1. Ingliz/Nemis/ispan tilini mukammal darajada o'rganishingiz mumkin.
2.Zamonaviy kasblar (Photoshop, Illustrator, 3d max, smm) dasturlarini o'zlashtirishingiz mumkin.
3. Arab tilidan yaxshigina saboq chiqarib olishingiz, xatto Qur'onni yod olishingiz mumkin.
4. Mnemonika kurslariga qatnab xotirangizni eng yuqori darajada rivojlantirishingiz mumkin.
5. Agar oyiga 2 ta kitob o'qisangiz bu 96 ta kitob degani.
6. Oyiga 200 mingdan tejasangiz 9 mln 600 ming degani.
Agar bulardan birortasini tanlamasangiz siz shunchaki 4 yil umrini bir parcha qog'ozga sarglagan malakasiz va uquvsiz kadr bo'lishingiz ehtimoli katta.
Ochig'i ming harakat qilsam ham oliy ta'lim shaniga yaxshi so'zlar yoza olmayabman. Menimcha postni tugatishim ham kerak.
Aziz talaba do'stim, ushbu maslahatlarga amal qiling.
1. Hech qachon pora bermang, xattoki hamma berib siz qolsangiz ham, o'qib yiqiladigan bo'lsangiz yiqiling, ammo pora bermang. Ochig'i qo'yiladigan baho qo'yiladi, pastroq bahoni hech qanday ahamiyati yo'q, xuddi pulga sotib olingan yuqori baho kabi.
2. Ortiqcha munosabatlarga berilmang, universitetda, balki, o'z jufti halolingizni uchratarsiz, lekin aniq aytaman, har o'tkan 2 chiroyli odam “u” bo'lib qolmaydi. Ortiqcha munosabatlar sizni faqat yo'ldan adashtiradi.
3. Hech kim o'rgatmasa, o'zingiz o'qing. Katta ehtimol bilan universitetdagi darslar talabingizga javob berolmaydi. Shu payt sinib qolmang, o'rganing, kitob sizga eng yaxshi do'st va ustozdir.
4. Adolatsizlikka uchrab bor harakatlarni tashlab qo'ymang,
hayotda shunaqasi ham bo'lib turadi, shu sababdan bu sizni sindirmasin.
5. Oliy ta'limda o'zingizga mos ahli ilmdan birodarlar davrasida bo'ling, tungi bazmlarni sevadigan birodarlardan sizga zig'ircha ham foyda yo'q, na u dunyoda, na bunisida.
6. Ko'proq kitob o'qing, universitetga kirgan hamma aqlli bo'lib qolganida, hozir men bu postni yozmagan bo'lardim))
Xullas, postni yakuni. Siz talaba va bo'lajak talabalar yaxshiroq izlaning, harakat qiling, o'zingizga imkoniyatlar yaratish uchun hozirdan harakat qiling, til o'rganing, dinimizni o'rganing, kasbingizni o'rganing, sport bilan shug'ullaning, kitoblar o'qing. O'zingizni hayot tarzingizgni o'zgartiring, tartibli bo'ling asosiysi.
Ps: Bu post orqali oliy ta'lim tizimini yerga urmoqchi emasman, men shunchaki yana bir "yo'qotilgan avlod"ni oldini olish uchun qisqa maslahatlar yozdim xolos.
#ulashingiz))