✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍ @fikraat Channel on Telegram

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

@fikraat


Xizmatimizdan manfaat topsangiz, Allohning fazlidan, xatolik topsangiz, bizning qusrimizdan biling!
Bog'lanish uchun
@ulugbek_jamolidinov
Reklama va hamkorlik https://t.me/fikrat_reklama

✍FİKRAAT✍ (Uzbek)

FİKRAAT kanalimiz sizga fikrlar va g'oyalar bilan to'ldirilgan odamlar uchun mo'ljallangan. Bu yerda xatolik topsangiz, Allohning fazlidan topsangiz, ularni bizning qusrimiz bilan bilasiz. Kanalimizdan foydalaning va o'z fikrlaringizni, g'oyalaringizni ulgurib qo'ying. Agar siz reklama va hamkorlikni qidirayotgan bo'lsangiz, bizning @ulugbek_jamolidinov bilan bog'laning. Bizning fikrat_reklama kanalimiz sizni keng aks etishga va istalgan turdagi hamkorlikni rivojlantirishga yordam beradi.

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

24 Jan, 11:18


•Mol-dunyoni yaxshi ko‘rsang, hisob-kitobni ham unutma!
•Qasrlarni yaxshi ko‘rsang qabrlarni ham unutma!
•Ma’siyatni va gunohlarni yaxshi ko‘rsang, tavbangni qabul qiluvchi va gunohlarni ham kechiruvchi borligini unutma!
•Mahluqotlarni yaxshi ko‘rsang, yaxshi ko‘rish uchun Xoliq borligini unutma!
•Dunyoni yaxshi ko‘rsang, oxiratni ham unutma!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

24 Jan, 08:08


Bir shaharda eng muhim bo‘lgan uch narsa;
quvurlar,
hammom va
kutubxonadir...
Quvurlar shaharning kirini, hammom badan kirini, kutubxonalar esa ruhiyatning kirini tozalaydi.

Fotih Sulton Mehmet.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

24 Jan, 07:07


Siz uchun ajoyib yangilik tavsiya qilaman.

Faqat bir kun ulgurmadim demang ze'ro keyin aniq afsuslanasiz.

Bir yillik Orzular Xaritasi" psixologik treningi – bu 2025-yil uchun maxsus tayyorlangan dastur bo‘ladi siz uchun.

Hayotingizning barcha sohalarida 2025-yil uchun aniq va amalga oshiriladigan maqsadlar qo‘yishni.

Orzularingizni reallikka aylantirish uchun kuchli va samarali vositalardan foydalanishni.

Ichki to‘siqlardan qutulib, o‘z imkoniyatlaringizni to‘liq ro‘yobga chiqarishni.

Har bir kuningizni samarali va maqsadga yo‘naltirilgan tarzda o‘tkazishni o‘rganasiz.

Siz 2025-yilni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun maxsus "Orzular Xaritasi"ni yaratib, unga amal qilishni o‘rganasiz.

Hayotingizni yangi energiya bilan to‘ldirib, ichki kuch va ilhomni topasiz.

Shaxsiy rivojlanish va baxt sari dadil qadamlar tashlash yo‘llarini kashf etasiz.

Faqat bir kun 25 yanvar sanasi soat 12 ⁰⁰

Kech qolsangiz aniq afsus qilasiz!

Faqat: https://t.me/ShadayaRa

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

24 Jan, 06:59


Javobni e’lon qilamiz!

💥 Javob: Zaharni to‘xtatish uchun jgut yoki arqon sifatida foydalangan.

To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

24 Jan, 04:59


#viktorina_savol

💬 Texaslik Valentina Grimaldoni ilon chaqib oladi. Uning jahli chiqadi va ilonning boshini uzib tashlaydi. Qolgan tanasidan bo‘lsa, bir maqsadda foydalanadi.

Savol: Qanday maqsadda foydalanadi?

Javoblarni komentariyada qoldiring. Javob 12:00 da e’lon qilinadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

24 Jan, 01:31


• Agar Alloh sizni sog‘insa, sizni namozga qoim qilib qo‘yadi...
• Agar siz bilan yolg‘iz qolishni xohlasa, tunda tahajjudga uyg‘otib qo‘yadi...
• Agar sizni jannatga olib kirmoqchi bo‘lsa, sizga ibodat qilishni oson qilib qo‘yadi...
• Sizga yaxshilikni istasa ilm berib, uni amaliga sobit qilib qo‘yadi...
• Agar sizni kechirishni xohlasa, tilingizni tavbaga muyassar qilib qo‘yadi...
• Agar sizga saodat bermoqchi bo‘lsa, qalbingizni keng qilib qo‘yadi...
• Agar sizni sevsa... Qani endi sevsa... Allohim bizlarga ham nasib qilgin... Nasib qilgin...Nasib qilgin...

🌜 Juma muborak azizlar!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

23 Jan, 15:03


#kechki_mutolaa

Nyu-Yorklik bir taksichi o‘z sahifasiga quyidagi voqeani yozadi:
Chaqiruv bo‘yicha aytilgan manzilga yetib kelib, signal chaldim. Bir necha daqiqa kutib turdim. Uydan hech kim chiqmadi. Qayta signal chaldim. Bu o‘sha kungi oxirgi reysim bo‘lganligi uchun ketib yuborishni ham o‘yladim. Lekin, aksincha, negadir mashinadan tushdim-da, uy oldiga borib, eshikni taqillatdim. «Bir daqiqa” — keksa ayolning xirildoq ovozi keldi. Tovushidan og‘ir bir narsani polda sudrab tortayotganga o‘xshadi.
Bir oz o‘tgach eshik ochildi. Qarshimda 90 yoshlardagi keksa ayol turardi. Ustida chitdan tikilgan ko‘ylak, boshida esa keng shlyapa. Xuddi 1940-yillardagi kinoqahramonlardek. Oldida uncha katta bo‘lmagan chemodan. Ichkaridan uy anchadan beri hech kim yashamayotganga o‘xshardi. Barcha mebellar choyshab bilan o‘ralgan. Devorda bironta ham soat yoki bezak yo‘q. Tokchalarda esa bitta ham idish ko‘rinmasdi. Uyning bir burchagida esa ichi to‘la surat va shisha idishlar bo‘lgan karton quti yotgan edi.
— Sumkamni mashinagacha olib borishga yordam berolmaysizmi?-keksa ayolning iltimosi hayolimni buzdi. Chemodanini mashinaga joylagach, qaytib bordim-da ayolning qo‘lidan tutib, mashinamgacha sekin-asta kelib olishiga yordamlashdim.
Shu arzimas yordamim uchun qayta-qayta rahmat aytdi.
— Bemalol, xonim,-dedim men. -Shunchaki yo‘lovchilarimga onamga qanday muomala qilishlarini hohlasam, shunday muomalada bo‘laman.
— Eh, qanday yaxshi farzand ekansiz-a,-deb qo‘ydi ayol.
Mashinaga o‘tirgach, bormoqchi bo‘lgan manzilini aytdi va qo‘shib qo‘ydi:
— Shahar markazi bo‘ylab ketsak bo‘ladimi?
-Mayli-yu, lekin bu qisqa yo‘l emas-ku?-javob berdim men.
-Shoshayotganim yo‘q,-dedi ayol.-Xospisga ketapman baribir. (Xospis — davosiz kasallikning so‘nggi bosqichini boshidan kechirayotganlar parvarishlanadigan maxsus joy)
Oynadan u ayolga bir qarab qo‘ydim. Nurli ko‘zlari yonib turgandi.
— Oilam allaqachon ketib bo‘lgan,-bosiqlik bilan davom etdi ayol.-Vrachning aytishicha, mening ham sanoqli kunlarim qolgan.
Keksa xonimning bu gapidan keyin taksidagi hisoblagichni o‘chirib qo‘ydim.
— Qayerga desangiz, o‘sha yerga boramiz!
Keyingi 2 soat davomida shahar kezdik. Yo‘lda u bir paytlar lift xodimi bo‘lib ishlagan binoni ko‘rsatdi. Keyin esa vafot etgan xo‘jayini bilan yoshligida birga yashagan tumanni aylandik. Shuningdek, hali yosh qizaloq paytlari raqs bilan shug‘ullangan, hozir esa mebel omborxonasiga aylangan joyni ko‘rsatdi.
Ba’zida biror bino yoki torko‘cha qarshisida to‘xtatardi-da, hech narsa demasdan o‘sha joyga tikilib hayol surib qolardi. So‘ngra birdaniga:
— Charchadim, ketdik,-derdi.
Va nihoyat, aytilgan manzilga yetib keldik. Bu pastakkina, sanatoriyaga o‘xshash bir bino edi. Ikki sanitar oldimizga keldi va ayolning mashinadan tushishiga ko‘maklashishdi. Menimcha, ayolni kutib turishgan bo‘lsa kerak oldindan. Yukxonani ochib, ayolning kichkina chemodanini oldim. Keksa xonim allaqachon nogironlar aravachasiga o‘tirib olgandi.
— Necha pul berishim kerak,- so‘radi ayol hamonini ochib.
— Hech qancha,-dedim men.
— Axir, bu tirikchilingiz-ku?!
— Boshqa yo‘lovchilar ham ko‘p.
Keyin esa o‘ylab ham o‘tirmasdan, egildim-da, uni bag‘rimga bosdim. U ham meni qattiq quchib quydi.
— Sen mendek qari ayolga oz bo‘lsa-da xursandchilik ulashding,-dedi onaxon.- Chin yurakdan minnatdorman.
Uning qo‘lini siqib qo‘ydim va mashinamga qaytdim… Orqamdan esa eshik yopilgani eshitildi. Bu yana bir hayot kitobining yopilishi edi.
Qaytishda boshqa yo‘lovchi olmadim. Kun bo‘yi o‘y-hayollarim bilan band bo‘ldim. Deyarli gapirmadim ham. Agar o‘sha ayolga asabiyroq yo besabrroq haydovchi uchraganda nima bo‘lardi? Yoki bo‘lmasa, men ham bir-ikki signal chalib, javob bo‘lmagach ketib yuborganimda-chi?
So‘zim oxirida aytmoqchiman-ki, ehtimol, shu qilgan ishimdan ko‘ra muhimroq biror ish qilmagandirman hayotimda.
Ko‘pchiligimiz, hali buyuk ishlar qilaman, deb kutib yashashga odatlanganmiz. Lekin aslida, buyuk ishlar o‘zimiz kutmaganda vaqtda, atrofdagilarga arzimas bo‘lib ko‘ringan narsalarda ro‘y
beradi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

23 Jan, 12:17


Kallalaringga

Xotinim maktabdan har doimgidek tashvish bilan keldi. Nima emish, maktab direktori kuratorlarga ertadan o‘quvchilarga majburlab 70 mingdan kamzul tiktirib, kiygazish vazifasini qo‘yibdi.
Agar o‘qituvchilar viji - viji, vijing-vijing qilishsa, gap ko‘paytirishsa ko‘radiganini ko‘rar emish...
Tan bermadim.
Shaharliklar bizdan orqada yurishar ekan.
Bizni maktab qishloqda joylashgan bo‘lsada innovatsiya bor.
Masalan bugun maynaviyatchimiz rayonodan 2000 dona shevron (o‘quvchi formasiga belgi) olib keldi va har bir o‘quvchiga 2 donasi 10 mingdan majburlab sotdi.
Ehhheyee, ja’mi 79 ta maktabdagi 50 ming nafar o‘quvchiga 10 mingdan sotilsa 500 mln bo‘ladi.
Bir kunda shuncha pul.
Mana innovatsiya, mana sivilizatsiya!
P.S. Kamzul kiydirsak, shevron yopishtirsak tochno ta’lim rivojlanib ketadi.
Shunday olamshumul g‘oyalar qayerdan keladi a kallalaringga, kallalaringga sizlarni?!

© Qishloqlik o‘qituvchi

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

23 Jan, 07:31


Kambag‘al, lekin taqvoli yigit bir qizga sovchi yuborsa, qiz ham, otasi ham rozi bo‘lishmaydi. Badavlat, lekin fosih yigit sovchi jo‘natganida esa, rozi bo‘lib, “Alloh hidoyat berib qolar” , deyishadi. Axir bandasini hidoyatga boshlagan Zot unga rizq ham beradi-ku!!!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

23 Jan, 07:02


Javobni e’lon qilamiz!

💥 Javob: Hushtak chalish.

To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

23 Jan, 05:01


#viktorina_savol

💬 Turklar uni “shayton ovozi”, nemis dengizchilari “musson shamoli”, inglizlar “eng
baxtsiz kishilar ovozi” deya ta’riflashgan. Bizda ham bu narsa yaxshilikka olib kelmaydi degan aqida bor.

Savol: Gap nima haqida ketmoqda?

Javoblarni komentariyada qoldiring. Javob 12:00 da e’lon qilinadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

22 Jan, 14:32


#kechki_mutolaa

UZUK SOTUVCHI
(hayotiy voqea)


Bir necha kishi Misrga bordik. Do‘konga kirdik. Bir uzuk yoqib qolib narxini so‘radik.
– 1400 junayh, – dedi. Bir oz narxini tushirib berishini iltimos qildik.
– Qayerliksizlar? – dedi.
– O‘zbekistonlik, narhini, Buxoriy yurtidan, – dedik.
– Buxoriy yurtidan ekansiz, sizlarga 20 foiz chegirma qilib beramiz, – dedi. Bizga yoqib ketdi.
– Yana qanday olimlar bo‘lgan? – deb so‘radi.
– Imom Termiziy, – dedik.
– MashaAlloh, u kishi ham sizlardanmi? – dedi biri ishonqiramay.
– Ha, bizdan ko‘plab allomalar chiqishgan, – dedik.
– Yana kim?
– Imom Zamaxshariy, – dedik.
Sotuvchi “MashaAllooooh” dedi-da, qo‘llari bilan ko‘zlarini yopdi. Panjalari orasidan yosh oqa boshladi. Keyinroq bildik, u kishi Imom Zamaxshariyning ashaddiy muxlislari ekan. Bir oz suhbatlashgandan keyin:
– Sizlardan foyda olmayman. 620 junayhga tushgan, shuni bersangiz bo‘ldi, – dedi. Shu payt oramizdagilardan faqat o‘zbekkagina xos bo‘lgan «gap” chiqdi: “Shundan ikki dona bering…”
Men uyalib ketdim. “Mayli, beraman” dedi. Uzukni berayotganda yonda turgan kishilardan birlari «namoz o‘qisharmikin?” deb qoldi. Sotuvchi qo‘lini uzatayotgancha to‘xtalib qoldi. “Ha, namoz o‘qiysizlarmi?” dedi. Savol bilan javob orasida uzilish paydo bo‘ldi. Chunki, javob aytarli yo‘q edi…
Bir oz sukutdan keyin “Jum’a namoziga chiqib turamiz” dedi kimdir. “Boshqa namozlarnichi?” dedi hayron bo‘lib. Zo‘rg‘agina “Yo‘q” deya oldik. Sotuvchining qo‘li muallaq turib qoldi. Biroz sukut qildi-da, achinish bilan “Mayli, men musulmonman, aytgan narximga beraman, ammo sizlar qaytib Imom Buxoriyni tilingizga olmang, HAQQINGIZ YO‘Q!” – dedi…

Darhaqiqat, bugun biz benamozlikdan qo‘rqmaydigan, haromdan hayo qilmaydigan ummat bo‘ldik. Bizning hech bir ulamomizni tilga olishga haqqimiz yo‘q!!!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

22 Jan, 12:09


Egrilarga hech kim e’tibor bermaydi, hamma zarba to‘g‘rilarning boshiga tushaveradi…

Porasini olganlar ishlayveradi, halollikda sobit qolganlarga esa muttaxamlik tamg‘asini bosishga urinishadi.

Shundoq ekan hech siqilma. Halollar doim bosimga uchraydi. Halol yashash juda qiyin, lekin o‘z navbatida juda lazzatli!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

22 Jan, 09:19


«Bolam, yaxshi va a’lo baholarga o‘qi. Bo‘lmasa, zapravkada kassir bo‘lib, hammaga kulgi bo‘lasan”

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

22 Jan, 07:32


Qog‘oz narxi oshganini kitobdan emas, hojatxona qog‘ozidan payqaydigan bu millat, dunyoga qayeri bilan qaraydi deb o‘ylaysiz?

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

22 Jan, 07:01


Javobni e’lon qilamiz!

💥 Javob: Tug‘ruqxona

To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

22 Jan, 05:02


#viktorina_savol

Yevropadagi qaysidir muassasaga kiraverishda shu kabi oʻziga xos kalendarni koʻrish mumkin

Diqqat savol: Nuqtalarga diqqat qilib ayting, bu qanday muassasa?

Javoblarni komentariyada qoldiring. Javob 12:00 da e’lon qilinadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

19 Jan, 07:31


AMALDORNING KAYFI
(yoxud majlisbozlikning sababi haqida)

Majlislar o‘zining rahbar ekanligini yana bir bor ta’kidlab qo‘yish uchungina chaqirilgan majburiy yig‘ilishdir.
Majlisning noqulay vaqtga: tong sahar, tushlik yoki kechqurun dam olish paytiga chaqirilishi – xodimning rahbarga qaram va tobe ekanligi va chorasizligini yana bir bor eslatib qo‘yish uchundir.
Majlisning uzoq vaqt davom etishi – faqat ishdagi vaziyat emas, balki rahbarning shaxsiy, oilaviy muammolari ham to‘planib ichida zardobga aylanganidan dalolatdir. Rahbar bu zardobni stol mushtlab, xodimga baqirib chiqarib tashlab yengil tortmaguncha majlis tamom bo‘lmaydi.
Amaldorning mansab kursisiga yopishib olishi bu undan keladigan daromad yoki obro‘ emas – balki, majlisda odamlarni tik qo‘yib, yerga qaratib ularning o‘ziga qaram, tobe ekanligidan oladigan huzurdir.
Dunyodagi hech qanday kayf bunday huzur halovatning o‘rnini bosa olmasligini amaldorlarning faqat o‘zlari biladi, xolos...

©Mirzabek Japaqov, huquqshunos jurnalist.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

19 Jan, 07:02


Javobni e’lon qilamiz!

💥 Javob: «Yunusobod» tennis korti (ing.court – hovli)

To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

19 Jan, 05:01


#viktorina_savol

💬 Bu «hovli»ning dastlabkisi Fransiya qiroli Genrix VIII farmoniga asosan 1529 yilda Parijda bunyod etilgan. Toshkentda bunday «hovli» ilk bor 1903 yilda qurilgan. Hozirgi kunda O’zbekistonda 530 ta bunday «hovli» bor

Diqqat savol: Shu hovlilarning eng kattasini toping?

Javoblarni komentariyada qoldiring. Javob 12:00 da e’lon qilinadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

18 Jan, 12:38


❗️ YAPON MOʻJIZASI - GANBARIMASU

Yaponlar aynan "ganbarimasu" tufayli urushdan keyingi eng qashshoq davlatdan dunyoning eng boy davlatiga aylandi.

Agar insonning ham ichida ganbarimasu bo‘lsa, har qanday qiyinchilik, har qanday muammo oddiy bo‘lib qoladi.

Buni rivojlanishni, yuksak marralarni zabt etishni xohlovchilar uchun haqiqiy omad formulasi desa ham boʻladi. Ganbarimasu bu...

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

18 Jan, 11:03


Gʻarbning pozitivistik bilim tushunchasi dunyoga na ilohiy va na insoniy biror gʻoya bera oldi. Bu holat insoniyatni sekin asta oʻz joniga qasd qilish falokatiga yetakla(y)di. Bunday falokatlardan qutulishning imkoni, bilim va donolikni jamlagan, bilimga qadr-qiymat va ahamiyat bera olgan Islomdadir.
Kunimiz musulmonlari ishlab chiqaruvchilar emas, balki isteʼmol qiluvchilargina boʻlib qolishgan va bu holatni oʻzgartirish darkor. Bu masalaning yechimi – musulmonlar Islom madaniyatining yuksalish davridagi ruhiyat va tushunchaga takror qaytishlari kerak!!!

© Adem O‘zkosaning "Safar" kitobidan.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

18 Jan, 07:31


Ayollarning ichidagi gaplari:

Maylimi?


Semirib, ozish uchun ming bir usullarni qo‘llab, oldingizda xijolat tortib turganimda "Buncha semirib ketding-e-e-e” demasdan, “Menga qanday bo‘lsang, shunday yoqasan, bo‘g‘irsoq" deb ayting, Maylimi?

“Xotin”, "O‘", "Ey", "Hey", "Fisht" deb chaqirmang. “Erkatoyim”, “kichkintoyim”, “moychechagim”, “malikam” deb ismimni ayta qoling, Maylimi?

Kasal bo‘lganimda "Kasaldan boshing chiqmaydi" deb iddao qilmang. “Shu dorilarni ichib ol”, “Allohim suygan bandalariga dard beradi" “ko‘rmaganday bo‘lib ketasan” deb gaplaringiz bilan tuzatib yuboring, Maylimi?

Xato qilib qo‘ysam, jahlingizni chiqarsam, urib, so‘kib sochlarimdan sudramang. Yaxshi gaplar bilan tushuntirib, "O‘zing aqllisan-ku, onashim" deng, Maylimi?

Menga "Soching uzun, aqling kalta" demang. “O‘qi, izlan, rivojlan. Oldimda olima ayol turishini xohlayman” deya menga bir uy kitoblar olib kelib bering“, Maylimi?

Yig‘lasam, "Asabimini buzma uvullab" demang. "Yig‘lamagin, yagonam, har bir to‘kkan ko‘z yoshing uchun Allohdan so‘ralaman" deng, Maylimi?

Meni Alloh uchun, qariligimda ham, betobligimda ham, chiroyim ketganida ham seving, Maylimi?

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

18 Jan, 07:01


Javobni e’lon qilamiz!

💥 Javob: Tolstoy vegetarian bo‘lgan. Shuning uchun Tolstoy inson tanasini "o‘ldirilgan hayvonlar ko‘milgan tirik qabr" deb atagan. Bu orqali u hayvonlar go‘shtini iste'mol qilmaslikka chaqirgan.

To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

18 Jan, 04:59


#viktorina_savol

💬 Lev Nikolayevich Tolstoy unga "Hayvonlar ko‘milgan jonli qabr" deb nom bergan. Bu orqali Tolstoy nimagadir qarshi chiqqan

Diqqat savol: Uni nimaligini toping?

Javoblarni komentariyada qoldiring. Javob 12:00 da e’lon qilinadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

18 Jan, 01:31


#iqtibos

Hamma vaqt, hamma mamlakatlarda odamlar doimo mardlik bilan faxrlanishgan. Shuning uchun yuragingiz qanday urmasin, dadillik bilan oldinda yurib, xotirjam turing va o‘zingizni shunday tutingki, go‘yo bu sizga yoqimlidek  tuyulsin.

©Deyl Karnegi — O‘ziga nisbatan dadillik va ishonchni shakllantirish haqida

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

17 Jan, 14:37


#kechki_mutolaa

Fors shohlari orasida bittasi juda qudratli, lekin o‘ta yovuz edi.
Bir kuni shohning bosh oshpazi unga yegulik olib kirganida ovqatning bir tomchisi dasturxonga tomibdi. Shoh oshpazga qarabdi. Oshpaz o‘sha zahoti uni qatl jazosi kutayotganini sezibdi.
Shunda u qo‘lidagi ovqat to‘la idishni bir yo‘la dasturxonga ag‘daribdi-da, jo‘nab qolibdi. Shoh uni huzuriga chaqirtirib, so‘rabdi.
— Nega bunday qilding? Men ko‘rdim, sen ovqatni dasturxonga ataylab tomdirganing yo‘q, bunda sening yomon niyating bo‘lmagandi. Lekin keyin nima uchun bor ovqatni ag‘darib ketding?
Oshpaz shunday javob berdi:
— Podshoh uchun men uyalib ketdim, — deb javob qildi oshpaz. — Chunki meni qatl etadi deb o‘yladim. Tasodifan tomib ketgan bir tomchi ovqat uchun shohim o‘zining keksa, sodiq va tajribali xizmatkorining qonini to‘kadi. Shu boisdan men kattaroq gunoh qilishni lozim topdim. Shohga meni qatl ettirish uchun chinakam bahona bo‘lsin, dedim-da.
— Gunohingni tan olishing seni qatl ettirishdan qutqaradi, — rahm qildi shoh, — lekin jazodan asrab qololmaydi.
Shoh shunday dedi-da, oshpazga yuz darra urishni, keyin esa lozim darajada mukofotlashni buyurdi.

✍️Ibrohim al-Xusriyning “Adabiyot gullari” kitobidan

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

17 Jan, 08:31


#Latoif

Savol:

- Uyimiz sovuq, sharoit yo‘q, er-xotin ertalab junublikdan g‘usl qilmay, tayammum bilan namoz o‘qisak bo‘ladimi?

Javob:

- Oldin sharoitni qilib qo‘yib, keyin junub bo‘ling!

© Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

17 Jan, 07:28


📚Badiiy kitoblar tahlili, she'riyat, qisqa va ma'noli hikoyalar, kunlik voqelikka munosabat, hikmatli soʻzlar va ibratli filmlarni oʻzida jamlagan kanal -
➡️@Unutsam_Eslaat
❗️𝗠𝗮𝗾𝘀𝗮𝗱𝗶𝗺𝗶𝘇: Eslash va eslatishdir!

✔️𝙑𝙖 𝙚𝙨𝙡𝙖𝙩𝙜𝙞𝙣. 𝘼𝙡𝙗𝙖𝙩𝙩𝙖, 𝙚𝙨𝙡𝙖𝙩𝙞𝙨𝙝 𝙢𝙤ʻ𝙢𝙞𝙣𝙡𝙖𝙧𝙜𝙖 𝙢𝙖𝙣𝙛𝙖𝙖𝙩 𝙗𝙚𝙧𝙪𝙧. (51:55)

@Unutsam_Eslaat

🟢𝗕𝗶𝘇 𝗯𝗶𝗹𝗮𝗻 𝗾𝗼𝗹𝗶𝗻𝗴 𝘃𝗮 𝘆𝗮𝗾𝗶𝗻𝗹𝗮𝗿𝗶𝗻𝗴𝗶𝘇𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝘀𝗵𝗶𝗻𝗴...

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

17 Jan, 07:01


Javobni e’lon qilamiz!

💥 Javob: U to’tiqushiga o’zining uy adresini yodlatgan. Agarda to’tisi yo’qolib qolsa topib olgan
odamlar unga oson qaytarib olib kelishi uchun.


To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

17 Jan, 05:01


#viktorina_savol

💬 Donetsklik shifokor Andrey Mazur o’zining Kesha laqabli to’tiqushiga 3 xil tilda bir necha so’z va raqmdan iborat bo’lgan bir jumlani yodlatgan. U har doim bu jumlani takrorlashga
o’zining to’tiqushini o’rgatgan. Bir kun kelib buni foydasi tegib qolishiga Mazur ishonadi.

Savol quyidagicha, u to’tiqushiga bir necha so’z va raqamdan iborat bo’lgan qanday jumlani yodlatgan?

Javoblarni komentariyada qoldiring. Javob 12:00 da e’lon qilinadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

17 Jan, 01:20


Yaratgan shoshmaydi, sen shoshyapsan, shuning uchun sen g‘amdasan, charchading, xavotirdasan, hafsalang pir bo‘ldi.

Ishon, bo‘lishi kerak bo‘lgan narsa seniki bo‘ladi, shoshilishni va tashvishlanishni bas qil!

Juma muborak!!!


📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

16 Jan, 14:33


#kechki_mutolaa

Suvayd ibn Qafladan rivoyat qilinadi:
“Hazrati Ali, roziyallohu anhu, ma’lum bir payt moddiy jihatdan ancha qiyin ahvolga tushib qoldi. Shunda Fotimadan:
— Otang huzurlariga borib, ozroq yordam so‘rasang bo‘larmidi, — deya uni Janobi Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, yonlariga jo‘natdi.
Fotima eshik taqillatganida Ummu Ayman onamiz Rasuli akramning, sollallohu alayhi va sallam, yonlarida edi.
— Bu Fotimaning eshik taqillatishiga o‘xshaydi. Bemahalda nimaga keldi ekan? — dedilar Nabiy sollallohu alayhi va sallam.
Fotima ichkari kirdi va:
— Yo Rasulalloh, farishtalarning ozig‘i: “Allohdan o‘zga iloh yo‘q” deyish, Allohga hamd va tasbeh aytishdir. Bizning ozig‘imiz nima? — deb so‘radi.
Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam:
— Meni haq payg‘ambar qilib yuborgan Allohga qasamki, bir oydan beri Muhammadning uyida ovqat pishirish uchun olov yoqilgani yo‘q. Bizga bir nechta echki keltirishibdi. Xohlasang, beshtasini sizlarga berishni buyuraman. Xohlasang, Jabroil, alayhissalom, menga o‘rgatgan kalimalarni o‘rgataman, — deya marhamat qildilar.
Shunda Fotima, roziyallohu anho:
— Yo Rasulalloh, menga Jabroil, alayhissalom, Sizga aytgan o‘sha kalimalarni o‘rgating, — dedi.
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam:
— “Ey ibtidosi va intihosi yo‘q tanho Zot! Ey kuch-qudrat egasi Alloh, ey marhamatlilarning eng marhamatlisi Allohim”, degin, — dedilar.
Shundan so‘ng Fotima, roziyallohu anho, uylariga qaytib keldi.
— Nima gap? — so‘radi Ali, roziyallohu anhu.
— Dunyo istab chiqqan edim, oxirat ne’matini olib keldim.
Ali, roziyallohu anhu, bu gapdan g‘oyat ta’sirlanib:
— Bugun sen uchun eng xayrli va barakotli kun bo‘libdi, — dedilar”.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

07 Jan, 05:01


#viktorina_savol

💬 Ulardan birinchisi yaratuvchi bo‘lsa, ikkinchisi vayron etuvchidir. Filadelfiyalik Ximen Lipmen 1858 yilda ularning ikkalovini birlashtirib o‘z ixtirosiga patent oldi. Hozir ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning aksariyat qismi aynan ikkalasining birlashgan holatidagi mahsulotlardir

Diqqat savol: Yaratuvchi va vayron etuvchini toping

Javoblarni komentariyada qoldiring. Javob 12:00 da e’lon qilinadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

07 Jan, 01:31


🔑Pulingga taom sotib olishing mumkin, ammo to‘yish hissini sotib ololmaysan.

🔑Pulingga dori sotib olishing mumkin, lekin shifoni sotib ololmaysan.

🔑Pulingga divan sotib olishing mumkin, biroq uyquni sotib ololmaysan.

🔑Pulingga uy sotib olishing mumkin, lekin xotirjamlik sotib ololmaysan.

🔑Pulingni mahrga berib bir qizga uylanishing mumkin, ammo muhabbat, bir-birini tushunish va baxtni sotib ololmaysan.

🔑Pulingga shuhratni sotib olishing mumkin, biroq ehtiromni sotib ololmaysan.

🔑Pulingga kitoblar sotib olishing mumkin, ammo fahm-farosat, madaniyat va hikmatni sotib ololmaysan.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

06 Jan, 16:42


📚Badiiy kitoblar tahlili, she'riyat, qisqa va ma'noli hikoyalar, kunlik voqelikka munosabat, hikmatli soʻzlar va ibratli filmlarni oʻzida jamlagan kanal -
➡️@Unutsam_Eslaat
❗️𝗠𝗮𝗾𝘀𝗮𝗱𝗶𝗺𝗶𝘇: Eslash va eslatishdir!

✔️𝙑𝙖 𝙚𝙨𝙡𝙖𝙩𝙜𝙞𝙣. 𝘼𝙡𝙗𝙖𝙩𝙩𝙖, 𝙚𝙨𝙡𝙖𝙩𝙞𝙨𝙝 𝙢𝙤ʻ𝙢𝙞𝙣𝙡𝙖𝙧𝙜𝙖 𝙢𝙖𝙣𝙛𝙖𝙖𝙩 𝙗𝙚𝙧𝙪𝙧. (51:55)

@Unutsam_Eslaat

🟢𝗕𝗶𝘇 𝗯𝗶𝗹𝗮𝗻 𝗾𝗼𝗹𝗶𝗻𝗴 𝘃𝗮 𝘆𝗮𝗾𝗶𝗻𝗹𝗮𝗿𝗶𝗻𝗴𝗶𝘇𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝘀𝗵𝗶𝗻𝗴...

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

06 Jan, 11:02


Buncha mum tishlaysan, uningni chiqar,
Qaragin, hurliging kiymoqda kafan.
Seni avraganlar, aldaganlar, yo‘q—
Sen gung bo‘lib tug‘ilmagansan.

Har nega ko‘nikish qismatingmas, yo‘q,
Har nega ko‘nikish, tushungin, xatar.
Tilingga ko‘nikmay, jonsiz bo‘lsa ham
Chinqirib yuborar hali kishanlar.

© Najmiddin Ermatov

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

06 Jan, 06:36


O‘qish kerak!

Hayotimdagi burilish nuqta — onam televizorni o‘chirib qo‘yib, meni o‘qishga majbur qilgan kundir.

Ben Karson, mashhur neyroxirurg, siam egizaklarini bir-biridan muvaffaqiyatli ajratgan dunyodagi ikkinchi odam. Birinchisi kim bo‘lgan ekan deb hayron bo‘layotgandirsiz? Imom Abu Hanifa rahimahulloh bo‘lganlar. Tanasi yopishgan egizaklarning biri vafot etganda, buyuk imomning oldilariga maslahat so‘rab kelishgan. Shunda imom Abu Hanifa rahimahulloh vafot etgan tarafini yerga ko‘mib, tirigiga ovqat berib, qarab turishni maslahat berganlar. Uch kun o‘tib, yer egizaklarni bir-biridan ajratgan.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

06 Jan, 01:31


Molik ibn Dinor rohimahulloh aytdilar:
– Bechora dunyoparastlar dunyodagi eng yaxshi narsaning ta’mini totmay o‘tib ketishdiya!
– Dunyodagi eng yaxshi narsa nima ekan?,- deb so‘rashdi.
Allohni tanish va U Zotni chinakamiga yaxshi ko‘rish,- deb javob berdilar.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

05 Jan, 15:01


#kechki_mutolaa

“Tobut ko‘tarish nasib etsin-da...”

Do‘stim Maqsudning shoshgancha boshlig‘i xonasidan chiqib kelishi diqqatimni tortdi. Qo‘l telefonida allanimalarni hovliqib gapirishi, barmog‘i bilan peshanasini ishqagancha tomog‘iga nimadir tiqilgandek yutinaverganidan bildimki, nimadir bo‘lgan. Uning mana bu gapidan barini tushunib oldim.

“Aka, qanaqasiga axir. Ertalab o‘zim dadam bilan gaplashdim, yaxshi edilarku?”.

Xullas, har qancha urinmay, do‘stlarim bilan birga janozaga bora olmadim. Do‘stimga hamdard bo‘lib: “Do‘stim, sabr qil. “Inna lillahi va inna ilayhi roji’un” (Biz Allohnikimiz va Allohga qaytuvchimiz.) – deya dardkash bo‘la olmayotganimni his etdim. Xona devorlari qisib kelayotgandek. Ishxonaga vaziyatni tushuntirib “Toshrabot-Navoiy” yo‘nalishdagi avtobekatga yetib keldim. Hayolimda bir muddao. “Tobut ko‘tarish nasib etsin, ilohim!”

Aksiga olib, Toshrabot qirlikda joylashmaganmi, yo‘l sirpanchiqligidan yengil mashina kelavermadi. Odamlarning tirbandligini ko‘rgan bir mikroavtobus haydovchisi garchi Navbahor yo‘nalishida harakat qilsada naqd mijozlarni ko‘rib Toshrabotgacha olib borishga rozi bo‘ldi. Mashinaga o‘tirdik. Hayolimda bir niyat “Tobut ko‘tarish nasib etsin, ilohim!”.

Nadomatki, haydovchi qalin qor yoqqani sabab Toshrabotgacha borolmasligi ro‘kach qildi-yu, adirlik chetida tashlab ketdi. O‘rtoqlarimga qo‘ng‘iroq qilsam, yaqin tepalikdagi mozorga qarab borishim lozimligi, ular shu tomonga yuk mashinasida kelayotganini aytib qolishdi. Oyog‘imdan sovuq o‘tib, nihoyat ko‘ringan mashinani to‘xtatdim. Haydovchiga shu yaqin atrofda qabriston borligi haqida og‘ich ochishim naf bermadi. Chunki u ham mendek bu yerlik emas ekan. Yo‘lda mozor uchrasa tushib qolishga kelishdik. Qani endi mozor ko‘rinsa? Nima ko‘p tepalik ko‘p. Nima ko‘p qir ko‘p. Uzoqdan bir yozuvga ko‘zim tushdi. Quvonib ketdim. Qabriston yozuvi bo‘lsa kerak. Taassufki, “Xush kelibsiz Navbahor tumani”ga yozuvidan esankirab qoldim.. Afsus. 4 kmdan so‘ng Navoiy shahri. Toshrabotdan chiqib ketibman.

Qalbimga quloq soldim. Yuragim va imonim jang qilyapti. Nafs: taqdirga tan ber. Aza uch kun. Tobut ko‘tarishing shartmi, cho‘ntagingda pul ham qolmadi. Iymon: “Har narsaning ijobati niyatga bog‘liq, so‘raganni quruq qoldirmagan. O‘zimga-o‘zim bugun o‘zim uchun ilohiy bir haqiqatni kashf etishim mumkindek tuyuldi. Tanishimdan qarz olib yana “Toshrabot-Navoiy” yo‘nalishdagi avtobekatga yetib oldim. Toshrabotlik haydovchi janoza chiqqan uygacha olib borishga rozi bo‘ldi. Janozadan kechikkanligimni bilsamda takrorlayverdim. “Tobut ko‘tarish nasib etsin, ilohim!”.

Loy ko‘chalardan kechib do‘stimning uyiga yetib oldim. Yelkamni tutib hamdardligimni bildirdim. Sabru jamil tilab orqamga qaytdim. Uzoqdan bir olovrang “Moskvich-412” tepasida mebel ortib olgan lo‘killab kelyapti. Mebelmi yo shkaf? Nima farqi bor? Ichimda kulib, sichqon sig‘mas iniga, g‘alvir bog‘lar dumiga iborasini esladim. Toshrabot markazigacha kelishib, sekin kabinaga chiqdim. O‘ylab ketyapman: Tobut ko‘tarish nasib etsin, ilohim!”. O‘zimdan xafa bo‘ldim. Qanaqa tobut ko‘tarish? Axir janozadan kechikdimku?

Haydovchi: “Ukam, jim ketyapsiz, mehmonmisiz deyman.”

Men: “Ha aka mehmonman. Ta’ziyaga kelgandim.”.

Ochig‘i u odamning uzuq-yuluq gapirishi ensamni qotirdi. O‘zi muzlab boray deyapman. Qaytib gapirmadim.

Haydovchi: “Ismim Murod. Mana shu mahallaning yaxshi-omon kunida beminnat xizmat qilaman. Savob uchun. Onamga va’da berganman. Uka bir savob ish qiling. Chetda to‘xtayman. Tepadagi otni tushirib xilxonasiga qo‘yaylik.” Tovba. Qanaqa ot. Bu odam qiziqchimi?

Bir payt ziyoratgoh oldida to‘xtadik.

Tepaga qaradim-u, hayratdan yoqa ushlab qoldim. Tomog‘imga nimadir tiqilib, ko‘zlarim tinib ketdi. Ushbu jumlani eshitgach o‘zim uchun ilohiy bir haqiqatni kashf etgandek bo‘ldim.
Haydovchi: “Uka, tinchlikmi? Ko‘taring. Bugun ta’ziyaga xizmat qilgan to‘rt oyoqli cho‘pli ot mana shu. Uni oxirgi manzili-xilxonasiga siz qo‘yyapsiz. Tobutni oxirgi ko‘targan siz bo‘lasiz!”

© Jonibek Shuhratov

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

05 Jan, 12:59


77 yil oldin g'oyib bo'lgan samolyot Britaniyaga qo'ndi!

2021-yilni kunlarining birida, ingliz ayoli Marti Kroufordning hovlisiga AQSh Havo Kuchlari samolyoti qo‘ndi. Hovlini egasi bu qadimiy samolyotni ko‘rib, juda hayratda qoladi. Samolyot kabinasidan chiqqan uchuvchi oyoqda zo'rg'a turar edi. 
• U o'likday oqarib ketgan bo'lib, Martining qattiq da'volariga hech qanday reaksiya bermasdi. Ayol mehmonini bir amallab o'tqazib, unga shifokor chaqirdi va nima bo'lganini so'ray boshladi. 
 • Ushbu erkak 1944-yilda harbiy aviatsiya kuchlari pistirmasiga tushib qolganini va to'qnashuvdan oldin hushidan ketganini aytadi va Martining maysazoriga qo'nmasdan biroz oldin o'ziga kelgan edi.
 • Jamoat erkakni aqldan ozgan deb hisoblashdi, lekin jurnalistlar o'z surishtiruvlarini boshlashdi va arxivlarda dahshatli haqiqatni topdilar... davomi

Haqiqatni @Qarovsiz_joylar kanalidan bilib olasiz!

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

05 Jan, 11:01


Xitoy maqolida shunday deyiladi: «Yaxshi insonni g‘azablantirma, chunki na u, va na sen buning oqibatlarini bilmaysan”. Yozilmagan qoidalarga ko‘ra, yaxshi inson yumshoq, sodda va ishonuvchan bo‘ladi. Qolaversa, u o‘zining yaxshi inson ekanligini ham bilmaydi, chunki u aybdorlik hissiga juda moyil. Lekin u ham oddiy inson, avliyo emas, shuning uchun hamma kabi uning ham toqatini tugash nuqtasi va og‘riq chegarasi bor. Yaxshi insonni g‘azablantirma! U ko‘p narsani ko‘tara oladi. Qalloblar va firibgarlarni orqasida ko‘tarib yurishi ham mumkin, lekin so‘nggi tomchi tugaganda, u barcha tahqirlarini bo‘ron kabi yuvib tashlaydi, barcha alamlari uchun hisob-kitobini qiladi, va hayoti shunga bog‘liqdek kurashadi. Va u haq bo‘ladi!

© Raya Vidinska

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

05 Jan, 07:36


Ro‘zg‘or!

Erkak bu g‘orni kunda to‘ldirish tashvishi bilan yashaydi va bundan g‘urur, sharaf tuyadi. Ahli oilasiga olib kelgan kiyimlarni ularning egnida ko‘rsa, ko‘zi quvnaydi, eng yaxshisini olmas, lekin eng yarashadiganini olishga harakat qiladi.
Ahli oilasiga keltirgan taomlarni ular yeb turganini ko‘rsa, dili yayraydi, ular qancha ishtaha bilan yeganini ko‘rsa, yana shuncha olib kelishni diliga tugib qo‘yadi.

Erkak oilasi nafaqasini qanchalik to‘ldira olsa, o‘zini shunchalik dadil his qiladi. Erkak tabiati shunday.
Erkak bularning evaziga bitta narsa kutadi: topib kelganlari isrof bo‘lmasin, tartib bilan joy-joyida ishlatilsin, xolos.

© Ikrom Sharif

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

05 Jan, 07:01


Javobni e’lon qilamiz!

💥 Javob: Bularning barchasi akvarium baliqlarining nomi

To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

05 Jan, 04:59


#viktorina_savol

💬 Kometa, teleskop, apistogramma, metinnis, puntiuskonxonius, mezonkauta

Diqqat savol: Bu nomlarning umumiyligi nimada?

Javoblarni komentariyada qoldiring. Javob: 12:00 da e’lon qilinadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

05 Jan, 01:30


❤️"Yaxshi ko'raman seni!"
— jumlasining ma'nosi:


Yer yuzi senga tor bo'lganda,
men senga qanot bo'laman,
yuklaring og'ir bo'lganda,
men senga yelkadosh bo'laman,
o'zligingni yo'qotib qo'ysang,
inkor qila olmaydigan vataning bo'laman.
Seni mahzunlik quyoshi kuydirganda,
senga soya soladigan bulut bo'laman, gapirmasang-da qalbing ovozi
menga yetib keladi,
qo'llarim yiqilayotganingda doimo seni tutishga urinadi.
Yiqilib tushsang mening qo'llarim senga birinchi uzatiladigan qo'llar bo'ladi.
Sening saodating mening maqsadim, sening kulgularing menga mukofot, sening xafaligingda sherik bo'lganimdek xursandliginga ham sherik bo'laman.
Sherik bo'lsak, xursandchiligimiz yanada ortadi, mahzunligingni bo'lishsak u kichrayadi,
dunyodagi barcha narsa ikkiga bo'linadi, ammo biz emas.

Biz "biz" – deb ataluvchi bitta shaxsmiz!" – deganidir!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

04 Jan, 15:02


#kechki_mutolaa

Umaviy xalifalaridan Sulaymon ibn Abdulmalik Makkaga hajga keldi. Baytullohni tavof qilib yurib Solim ibn Abdullohni (Hazrat Umarning nabiralari) bir chekkada ka’baga qarab xushu’ bilan o‘tirganini ko‘rib qoldi. U Qur’on tilovat qilgan ko‘yi yig‘lar, ko‘z yoshlari ikki ko‘zidan buloqdek oqar edi.

Xalifa tavofdan bo‘shab, ikki rakat namoz o‘qigach, Solim o‘tirgan tarafga bordi. Odamlar uni ko‘rib yo‘l bo‘shatdilar. Uning yaqiniga o‘tirdi. Solim buni sezmadi va unga qaramadi. Chunki u o‘zi bilan mashg‘ul, zikrga cho‘mgan edi. Xalifa Solimni tilovat va yig‘idan to‘xtashini kutib, kuzatib turdi.

U to‘xtagach, salom berdi. Alikdan so‘ng xalifa past ovozda: "Hazrat, mabodo biror hojatingiz bo‘lsa bajarib beraylik, ayting?!" – dedi. Solim javob qaytarmadi. Xalifa uni eshitmadi, deb o‘ylab yaqinroq borib: "Biror hojatingiz bo‘lsa, bajarib bersak degan edik", – dedi. Shunda Solim: "Allohga qasamki, men Uning uyida o‘tirib undan boshqasidan hojat so‘rashdan hayo qilaman!", – dedi. Xalifa xijolat bo‘ldi va jim qoldi, lekin uni uzoqdan kutib turdi.

Solim namozini tugatib o‘rnidan turib yurishga boshladi. Odamlar orqasidan ergashishdi. Biri undan hadisdan so‘rar, yana biri fatvo so‘rar, boshqasi nasihat tilasa, yana birovi duo so‘rar edi. Xalifa ham ular ortidan tushdi. Odamlar uni ko‘rib yo‘l bo‘shatdilar.

U Solim ibn Abdullohning yaqiniga kelgach: "Mana masjiddan chiqdik, endi hojatingiz bo‘lsa so‘rang, bajaramiz", – dedi. Shunda Solim unga qarab: "Dunyo hojatlaridan so‘rayapsizmi, yoki oxirat hojatidanmi?!", – dedi. Xalifa kutilmagan savoldan dovdirab qoldi va: "Albatta, dunyo hojatlaridan!", – dedi.

Solim: "Men dunyo hojatlarimni uning haqiqiy egasi bo‘lgan Zotdan ham so‘rashga hayo qilaman-u, haqiqiy egasi bo‘lmagan kishidan qanday so‘rayman?!", – dedi. Shundan keyin xalifa qattiq xijolat bo‘ldi va uzr aytib yo‘liga ketdi. U yo‘lda ketar ekan shunday der edi: "Ey Xattobning avlodlari, taqvo va zohidlik sizlarni muncha ham ziynatlamasa?! Alloh ko‘ngillaringizni dunyo moliga namuncha to‘q qilmasa?! Doimo omon bo‘ling!"

©Abdurrahmon Ro’fat al-Boshoning "Suvarun min hayotit tobein" kitobidan Rahmatulloh Fayzullayev tarjimasi

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

04 Jan, 11:11


Gitlerdan, nazaringizda eng pastkash odam kim, deb so‘rashganda: "Vatanlarini bosib olishimda yordamlashgan kimsalar", degan ekan...

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

04 Jan, 08:42


❤️ Usmoniylar davrida qishning sovuq kunlarining birida, bir kishi derazadan tashqarini tomosha qilayotib, sut-qatiq sotuvchining ovozini eshitib, xotiniga debdi:
- Sut-qatiq olaylikmi onasi?
- Hamma narsa bor, sut-qatiqqa ehtiyojimiz yo‘q.
- Bizni extiyojimiz bo‘lmasa, sut-qatiqchining ehtiyoji bor. Bu sovuqda bu ko‘chadan uchinchi bor o‘tishi...


📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

03 Jan, 14:30


#kechki_mutolaa

Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan ajoyib bir testga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘radi. Talabalar biroz tashvishga tushgan holda test boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog‘ozini orqa o‘girib tarqatib chiqdi. Talabalar test savollarini o‘qish maqsadida qog‘ozni o‘girishdi. Qog‘oz o‘rtasida bitta qora nuqtadan boshqa hech qanday topshiriq yo‘q edi. Bundan ajablangan talabalar bir-birlariga hayron qarab qolishdi.

Professor talabalarning yuzida ajablanishni ko‘rishi bilan ularga: “Men qog‘ozda nimani ko‘rayotgan bo‘lsangiz, shu haqda yozishingizni so‘rayman”, dedi. Talabalar ikkilanish bilan tushunarsiz shartni bajarishni boshladilar. Darsning oxiriga kelib, professor barchadan qog‘ozlarni yig‘ib olib, har bir talabaninng yozgan javobini ular oldida ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. Talabalarning barchasi faqatgina qora nuqta haqida, uning qog‘ozning o‘rtasida joylashgani haqida yozgan, o‘z fikrini bayon qilgan edilar.

Javoblar o‘qib bo‘lingach, oraga sukunat cho‘mdi va biroz o‘tib professor talabalarga: “Men bu javoblarga baho qo‘ymoqchi emasman. Sizlarni mulohazaga chorlamoqchiman xolos. Hech kim o‘z javobida qog‘ozning oq qismi haqida hech narsa yozmapti. Barcha diqqat-e’tiborni qora nuqtaga qaratibdi. Afsuski xuddi shu holat bizning hayotimizda ham mavjud. Biz har doim insonlarning yomon odatlariga e’tibor beramiz, xuddi qog‘ozdagi qora nuqta kabi. Aslida qog‘ozning oq joyi qora nuqtaga qaraganda ancha darajada ko‘p. Tiriklik Xudo tarafidan bir-birimizga yordam berish, qayg‘urish uchun berilgan sovg‘a. Hayotimiz xursandchiliklarga, yaxshiliklarga, yaxshi insonlarga to‘ladir. To‘g‘ri, o‘sha qora nuqtaga ham e’tibor qaratishimiz, uni to‘g‘rilashga yordam berishimiz kerak. Lekin bu oq joylarni unutmagan holda bo‘lishi kerak. Qora nuqta esa oq joylarga nisbatan juda ham kichkina, ko‘rinmasdir”, dedi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

03 Jan, 11:37


“Rus bosib olgani, yaxshi”-der biri,
Biri: “Amerika yaxshiroq”-deydi.
Zohiri ozod, lek botini qullar,
Faqat bir-birini go‘shtini yeydi.

“Real” yoki “Barsa”, “Ayfon” yo “Samsung”,
“Ronaldo” yo “Messi” qaysi zo‘r”- deydi,
Kitob o‘qi desang bo‘lar kar va gung,
Faqat bir-birining go‘shtini yeydi.

© Javohir Eshonqul

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

03 Jan, 09:11


⚡️ O‘QITUVCHILAR HAQIDA HAQIQATLAR

Dunyoda bitta kasb bor: o‘qituvchilik. Qolgan kasblar uning hosilasidir.

Millatning ertasi maktablardan boshlanadi.

O‘qituvchi bir umr bola bo‘lib qoladi.

O‘qituvchi bir vaqtning o‘zida ona, ota, bobo, buvi, aka, opa, do‘st bo‘la oladi.

O‘qituvchida otaning qattiqqo‘lligi, onaning mehri bo‘lishi kerak.

Hech kimning 30 nafar farzandi yo‘q. O‘qituvchida esa bor.

Hamma o‘z bolasini sevadi. O‘zganing bolasini sevish, unga ta’lim-tarbiya berish esa har kimning ham qo‘lidan kelmaydi.
Buning uchun insonda katta yurak kerak bo‘lishi kerak.

Bolalarni seva olmagan kishidan o‘qituvchi chiqmaydi.

O‘qituvchilik--bu hali ustozlik degani emas.

O‘qituvchilik--bu kasb.
Ustozlik esa baxtdir.

Hayotingiz davomida hech bo‘lmasa bitta shogirdingiz sizni ustoz sifatida tan olmasa, umringiz shamollarga sovrilibdi.

O‘quvchilarim meni ustoz sifatida emas, avvalo, inson sifatida yaxshi ko‘rishlarini istayman.

«Darsimda pashsha uchsa bilinadi”-deydigan o‘qituvchilar rost gapiradi. Ularni faqat pashsha qiziqtiradi.

Amir Timur dunyoni tig‘ bilan, Navoiy qalam bilan olgan bo‘lsa, ustozlar dunyoni bo‘r bilan oladi.

Bu hayotda oddiy sinf rahbar bo‘lmaydi. Sinf rahbar bo‘ldingmi, chida. Mushtni mushtga tugib chida, tishni tishga qo‘yib chida.Sinf rahbarlikni chidaganga chiqargan.

Bugun sinf rahbarlik olib, uning mas’uliyatiga chidolmay, ertaga tashlab yuboradigan o‘qituvchining o‘zini «tashlab” yuborish kerak.

Ustoz yaqinmi, ota?
-Ota. Agar u ustoz bo‘lsa.

Haqiqiy o‘qituvchining qahrida ham bolaga nisbatan mehr ufurib turishi kerak.

Eng yomon o‘quvchimni boshqa sinfdagi 10 nafar eng yaxshi o‘quvchiga alishmayman.

O‘quvchingiz hayotiy masalada sizdan maslahat,ordam so‘rayapdimi, demak, ustoz darajasiga yetibsiz, muborak bo‘lsin.

Hech qachon o‘quvchilaringizga odam bo‘lmaysan, demang. Uningku tanlash imkoniyati bor. Sizda esa hatto shu ham yo‘q.

Bugungi jinoyat kechagi tarbiyaning mahsulidir.

Biz--ustozlar o‘quvchilarimizga maktabda emas, hayotda a’lochi bo‘lishlari uchun ko‘mak berishimiz kerak.

Ustozning hattoki qadam tashlashi ham tarbiya bo‘lishi kerak.

Shogirdlariga faqat ta’lim bergan o‘qituvchi mutaxassis tayyorlaydi.Shogirdlariga ta’lim-tarbiya bergan o‘qituvchi insonni yetishtiradi.

O‘quvchingiz sizni ota-onasining noo‘rin aybidan himoya qilayapdimi, demak siz uning qalbidan joy olibsiz.

Ustozlar farzandlarining yutuqlaridan ko‘ra,shogirdlarining yutuqlariga ko‘proq quvonadi.

Yuksaklarga chiqmoqchi bo‘lsangiz, pastga tushib o‘quvchilar bilan birga bo‘ling. Kun kelib ularning o‘zi sizni yuksaklarga olib chiqadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

03 Jan, 07:11


Yangi yilga yangi birnimalar bilan kirishni niyat qiladi ko’pchilik😎 Bugun sizga biz o’zimizning shunday taklifimizni taqdim etamiz. 🤓

Yangi yilga yangi “yapon tili kanali” bilan kiring😅🔥⚡️❄️🆕🥳

Quyida Yapon tili va Yaponiya haqidagi kanalni tavsiya qilaman. Albatta a'zo bo'ling.

https://t.me/japaneseuznur

Kirib kelgan yangi 2025-yil hammaga muborak bo'lsin!

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

03 Jan, 07:01


Javobni e’lon qilamiz!

💥 Javob: Pingvinlarni

To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

03 Jan, 05:01


#viktorina_savol

💬 Birinchi marta ularni ko‘rgan dengizchilar ularni uzoqdan frak va sutdek oppoq mashnika kiyib olgan odamlar to‘dasi deb o‘ylashgan. O’sha zamonlarda erkaklar tantanli marosimlarda shunday kiyinishar edi

Diqqat savol: Dengizchilar o‘shanda aslida nimani ko‘rishgandi?

Javoblarni komentariyada qoldiring. Javob 12:00 da e’lon qilinadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

03 Jan, 01:31


Farzandlaringizga "Fotiha" surasini, tahorat qilishni, namoz o‘qishni va Allohga ibodat qilishni o‘rgatib qo‘ying.

Zurriyodingizga bularni o‘rgatish baxtini boshqaga berib qo‘ymang.
Sababi, farzandingiz shular bilan najot topadi. Sababi farzandingizni hayotida mana shu ishlar har kuni bir necha marta takrorlanib va har biri uchun o‘limingizdan keyin ham savob olib turasiz, inshaalloh.

©Mahmud Usmon

🌜 Juma muborak aziz dindoshlar.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

02 Jan, 15:01


#kechki_mutolaa

Hofiz ibn Rajab ushbu hikoyani qozi Abu Bakr Muhammad ibn Abdulboqiydan naql qiladilar:
“Men Makka shahrida faqirona hayot kechirar edim. Bir kuni ko’chada hamyon topib oldim. Uyga kelib ochib qarsasam, ichidan bir shoda marvarid chiqid. Bunaqasini umrimda ko’rgan emasman.
Qaytib ko’chaga chiqdim. Bir odam: “Men hamyonimni yo’qotib qo’ydim, kim topib olib qaytarib bersa, besh yuz dinor beraman”, deb yurgan ekan. Shunda men, qornim och, hojatmandman, hamyonini berib, evaziga pulni olaman-u undan foydalanaman, deb o’yladim.
O’sha odamni chaqirdim. U uyimga kirgach, hamyonning va undagi marvaridning belgilarini so’radim, aniq aytib berdi, so’ng unga hamyonini topshirdim. U besh yuz dinor pulni uzatdi. Ammo men olmadim, olishni ep ko’rmadim.
Oradan ancha vaqt o’tib, dengiz safariga chiqdim. Nogahon kemamiz halokatga uchrab, hamma suvga g’arq bo’ldi. Alloh taoloning irodasi ila yolg’iz mengina bir parcha taxtaga yopishib, jon saqlab qoldim. Keyin bir orolga chiqib oldim va o’sha yerdagi masjidda panoh topdim. Mening chiroyli Qur’on o’qishimni eshitib, odamlar oldimga kela boshlashdi. “Yozuvni ham bilasanmi?” deb so’rashdi. “Ha”, dedim. Ular bola-chaqalari bilan kelib, o’qish va yozishni o’rgana boshlashdi. Moddiy yordamlari tufayli men ham o’zimni tiklab oldim. Kunlardan bir kun ular meni uylantirib qo’ymoqchi bo’lishdi. Bir yetim qizlari bor ekan, avvaliga rozi bo’lmadim, lekin ular qistayvergach, rozilik bildirdim.
To’y kuni… qizning bo’ynidagi marvaridga ko’zim tushib, hayratda qotib qoldim. u o’sha men topib olgan marvarid edi. Odamlar mening holimga hayron edi. Ularga boshimdan o’tgan o’sha voqeani aytib berdim. “Allohu akbar!” deb takbir aytib yuborishdi odamlar. So’ng bu qizning otasi o’sha hamyonini yo’qotgan kishi ekanini, u umrining oxirigacha: “Dunyoda hamyonini qaytarib bergan yigitga o’xshagan sofdil kishini boshqa ko’rmadim, ey Alloh, meni yana o’sha yigitga ro’baro’ qil, qizimni unga nikohlab beray”, deb duo qilganini aytib berishdi…”

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

02 Jan, 11:29


Bu ketishda o‘tganlarni mana shunday eslamasak bo‘ldi:
— Xudo rahmatli doim onlayn edi;
— Umrida birovga spam bosmagan;
— Birortasining kommentda xafa qilmagan;
— Hayotida hech kimdan layk qizg‘onmagan;
— Doim boylarning postini ulashar edi. Kambag‘allarnikini esa ignor qilardi;
— Joyi Jannatda bo‘lgur telegramda o‘tirganda joni uzildi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

02 Jan, 09:37


𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓 pinned «»

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

02 Jan, 07:01


Javobni e’lon qilamiz!

💥 Arpa og‘sa (boshini ko‘tara olmay bir tarafga og‘sa)soyada doni to‘lishib, hosildor bo‘ladi,bug‘doyda esa buning tamomila aksi bo‘ladi.

To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

02 Jan, 04:59


#viktorina_savol

💬Xalqimizda arpa og‘sa, kanduginingni (g‘alla soladigan joy) tuzat, bug‘doy og‘sa, somonxonangni degan ibora bor

Diqqat savol: Buni qanday izohlash mumkin?

Javoblarni komentariyada qoldiring. Javob 12:00 da e’lon qilinadi

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

02 Jan, 01:31


Shekspir aytgan edi:
"Men hamisha o‘zimni baxtiyor sezaman. Bilasanmi nega?
• Chunki men hech qachon, hech kimdan, hech narsa kutmayman! Kutish bu — azob.
• Hayot qisqa. Shunday ekan, o‘z hayotingizni seving!
• Hamisha kulib boqing!
• Gapirishdan oldin tinglang!
• Yozishdan oldin o‘ylang!
• Pulni sarflashdan oldin ishlab toping!
• Arazlashdan oldin kechirishni biling!
• Og‘ritishdan oldin his qiling!
• Nafratlanishdan oldin seving!
• O‘lishdan oldin yashang"

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

01 Jan, 15:46


#kechki_mutolaa

Hazrati Umarning, roziyallohu anhu, ozod etilgan quli Abu Ayyub Sulaymondan: “Bir payshanbadan jumaga o‘tar kechasi Abu Hurayra, roziyallohu anhu, oldimizga keldi va:
— Allohni yaxshi ko‘rsangiz, orangizda qarindoshchilik haqqiga rioya qilmagan, uni buzgan kishi bo‘lsa, bu yerdan ketsin, — dedi. Hech kim joyidan qimirlamadi.
Nihoyat, bu so‘zni uch marta takrorlagach, bir yosh yigit o‘rnidan turib, ikki yildan beri bee’tibor tashlab qo‘ygan va gaplashmayotgan ammasining oldiga bordi. Ammasi:
— Kutilmagan hol? — dedi.
— Abu Hurayra aytdilar, — dedi yigit.
— Borib so‘ra-chi, nima uchun bunday degan ekan?
Borib so‘raganida Abu Hurayra yigitga shunday dedilar:
— Janobi Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: “Odam bolalarining amallari har payshanba oqshomi, ya’ni juma kechasi Allohga taqdim etiladi. Faqat orangizda qarindoshchilik haqqiga rioya etmagan kimsaning amallari qabul bo‘lmaydi”, deb marhamat qilganlarini eshitganim uchun shunday degan edim”.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

01 Jan, 11:11


Odamzodning qonida g‘alati adolatsizliklar bo‘ladi. Begonalardagi o‘zgarishni darrov sezasiz- u, yaqin odamingizga e'tibor bermaysiz. Xuddi ota-onangizni birov sizga bog‘lab berib qo‘ygandek. Go‘yo ular siz uchun abadiy yashashi shartdek. Oyim keksayib qolganini, sochlari oqarib ketganini, qovoqlari salqib, yuzi yillab to‘shakka yopishib yotgan odamdek sarg‘imtil-zaxil tusga kirganini endi payqadim.

© "Ikki eshik orasi"
O‘.Hoshimov


📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

01 Jan, 07:41


O‘zbek xalqi hashamatni nega bunchalik yaxshi ko‘radi?

Vaholanki, 1000-yil yashagan Nuh alayhissalom "Agar umr bunchalik qisqaligini bilganimda shu bitta chaylamni ham qurishga vaqt sarflamagan bo‘lardim" degan ekanlar...

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

01 Jan, 07:06


Javobni e’lon qilamiz!

💥 Javob: Stol ustida ikki qavatli dasturxon bor. Aslida stolga 2 ta dasturxon solinmagan, uning pastga osilib turgan qismi tepaga qaytarib qo‘yilgan. Yosh bola pastdan tortib yubormasligi uchun.

To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

01 Jan, 05:05


#viktorina_savol

💬 Siz rassom Serovning “Shaftolli qiz” kartinasini tomosha qilyapsiz. Unda 12 yoshli Vera Mamontova tasvirlangan

Diqqat savol: Ushbu fotosuratga diqqat bilan qarang va toping-chi, fotosuratdagi qaysi detal Mamontovlar oilasida yosh bola borligini bildiradi?

Javoblarni komentariyada qoldiring. Javob 12:00 da e’lon qilinadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

01 Jan, 04:26


Hurmatli ayollar! Oshxonaga kirib idishlarni bir boshidan yuvishni boshladilaringmi?😁😁😁

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

28 Dec, 01:34


⛔️Bugun kanalga post joylanmaydi. Ertadan o‘z faoliyatini davom ettiradi.Bir yaqinimiz qazo qilibdi.

Malol kelmasa olamdan o‘tganlarni haqqiga duo qilib qo‘yinglar.

Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

27 Dec, 14:32


#kechki_mutolaa

Muhammad ibn al-Muntashirdan:
«Bir odam Hazrati Umarga, roziyallohu anhu:
— Allohning kitobidagi eng shiddatli va qo‘rqinchli oyatni bilaman, — dedi. Umar, roziyallohu anhu, bir tayoq olib, uni astagina urdi va:
— O‘zingcha qanday “tadqiqot” o‘tkazdingki, bunday bir oyatni uchratding? — degach, haligi kishi u yerdan ketdi.
Ertasiga Hazrati Umar, roziyallohu anhu, unga uchrashib:
— Sen aytmoqchi bo‘lgan qaysi oyat edi? — deb so‘radilar. 
— “Kim biror yomonlik qilsa, albatta jazosini ko‘radi” oyatidir. Zero, hech yomonlik qilmagan odam yo‘q. Shunga ko‘ra, birortamiz ham azobdan qutula olmaymiz (najot topolmaymiz), — dedi u kishi. 
Hazrati Umar, roziyallohu anhu, bunga javoban:
— Bu oyat nozil bo‘lganida biz shunchalar qo‘rqdikki, hatto ovqat yeyolmay qoldik. Nihoyat, Alloh taolo: “Kim biron-bir yomon ish qilsa yoki o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan mag‘firat so‘rasa, Allohning mag‘firat qilguvchi va mehribon ekanini topar – ko‘rar” (Niso, 110) mazmunli  oyati karimani nozil qildi, — dedilar».

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

27 Dec, 11:16


O‘ttiz-qirq yil avval O‘zbekistonda,
Boshqacharoq edi
Farosat, didlar.
U  payt ham mehr-shafqat
jo edi jonga
Ammo o‘z joyini bilardi itlar...

© Usmon Azim

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

27 Dec, 07:40


Agar biron joyga oddiyroq kiyinib borganingizda sizni mensimay muomala qilishsa, ayting:
— Men bu yerda tuzukroq odamlar bo‘ladi deb o‘ylabman, qarasam faqat tuzukroq kiyinganlar bor ekan.


✍️ Orif Taskin

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

27 Dec, 06:31


Javobni e’lon qilamiz!

Javob: Ular poyezd yurishiga halaqit qiluvchi o‘tlarni kesib turadi. O‘tlarni qirrali toshlar tebranishi paytida kesib-kesib tashlaydi

To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

27 Dec, 04:15


#viktorina_savol

💬 Temir yo‘llarga, ko‘rib turganingizdek qirrali toshlar solinadi. Poyezd yurganida qattiq tebranish vaqtida bu toshlar muhim harakatni amalga oshiradi

Diqqat savol: Bu qirrali toshlarning vazifasi nima?

Javoblarni komentariyada qoldiring. Javob 11:30 ga e’lon qilinadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

27 Dec, 02:59


"IchXasta" kitobidan:

Qalbi xastaning jismini davolashdan ne naf?!

Nazarimda, dunyodagi eng chiroyli muvaffaqiyat - oʻzingni oqlashga hojat qoldirmaydigan darajada seni yaxshi biladigan, xatti-harakatlaringni muhokama qilmasdan, nimani, qay maqsadda qilganigni tushunadigan insonlarga duch kelishingdir.

Sinov faqat jazo uchun kelmaydi, gohida poklash uchun yuboriladi.

Asl mashaqqat bulutda edi. Ammo hamma yomg‘irga atab she’rlar yozdi...

Har kim hayotida bir insonni topadi. Ammo muhimi, bir-birini topmoqdir...

Bir musibat ming nasihatdan afzaldir...

"IchXasta" _ muallifidan intiqom olgan asar...

Yumshoq muqova, 171 sahifa, 29ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

27 Dec, 01:31


Adashish har bir insonga xos sifat. Ammo adashganlarning qaysarlik bilan o‘z yo‘lida davom etaverishi - aqlsizlik.



Dunyoda hamma narsani chiroyli qiladigan narsa mehr.
Mehrsiz qalb jahannamga o‘xshaydi.
Ichida jahannami borlarni Alloh ahvolini o‘nglasin!..


📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

26 Dec, 19:03


Shukrona aytamiz o‘zingga ming bor,
Qalblardan dardlarni ketkazganing-chun.
Shukrona aytamiz, ey Parvardigor,
Jumadan Jumaga yetkazganing-chun.


🌜 Juma muborak!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

26 Dec, 15:03


#kechki_mutolaa

🪙Baraka sababi

Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlaridan so‘rashdi:
— Nimaga qo‘ylar doimiy iste’mol va qurbonlik maqsadida so‘yilishiga qaramay nasli qirilib ketmaydi? Aksincha ko‘paygani ko‘paygan. Vaholanki, qo‘ylar yiliga bir yoki ikki marta bittadan, ba’zan ikkitadan tug‘adi. Lekin itlar so‘yilmasa ham, birdan o‘nta bolalasa ham ko‘paymaydi. Qo‘ylar kabi suruv bo‘lib ketmaydi?
Mavlono javob berdilar:
— Tongga yaqin vaqt eng barakotli vaqtdir. Bu vaqtda qo‘ylar hech uxlamaydi. Doim uyg‘oq bo‘ladi. Itlar esa kechasi bilan sang‘ib, ayni shu vaqtda uxlab qolib, g‘aflatda bo‘ladi. Qo‘ylar tong barakotidan bahramand bo‘lishadi. Itlar esa bu barakotdan bebahra qolishadi. Shuning uchun qo‘ylar ko‘paygani ko‘paygan. Bas, rizqingiz keng bo‘lishini xohlasangiz, saxarlari bedor bo‘ling.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

26 Dec, 13:59


Otalikning yangi darajasi – Namunali Dada!

Farzand tarbiyasi va oila mas’uliyatida ko‘proq bilim olishni xohlaysizmi? Bolalaringiz bilan yaqin munosabatlar o‘rnatishga yordam beruvchi maslahatlar va tajribalarni o‘rganing!

Namunali Dada loyihasi siz uchun:
Foydali tarbiya tavsiyalari
Oilaviy muvozanat uchun maslahatlar
Zamonaviy otalik haqida qiziqarli ma’lumotlar

Namunali ota bo‘lishga birinchi qadamni qo‘ying! 🏆
Bizning kanalga qo‘shiling va oilangiz uchun eng yaxshisini tanlang!

👉 https://t.me/namunali_dada

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

26 Dec, 11:10


Ko‘klarda ko‘k kaptar qushdekmiz, “jonim”,
Qayg‘urma kel ko‘ngil xushlaymiz jonim.
Mening tanishim yo‘q narigi dunyoda,
Baribir, jannatga tushmaymiz jonim.

Yorug‘ dunyoda kim yashaydi to‘yib,
Umr o‘tib ketgan kiprik qoqquncha.
Onang ko‘ksiga bir boshingni qo‘yib,
Bolang ko‘ziga bir kulib boqquncha.

© Muhammad Yusuf

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

26 Dec, 07:35


Ba’zida muammolaring seni yeb bitiradi, lekin sabr qilasan, boshqa yo‘ling yo‘qligi sababidan emas, Allohga bo‘lgan ishonchingdan sababidan.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

26 Dec, 07:01


Javobni e’lon qilamiz!

💥 Javob: Bu joy aynan teatr deb nomlanadi. Gustav Noyberg jarroh bo‘lgan, pastda professorlar bemorlarni operatsiya qilishgan, tepada talabalar, jurnalistlar va bemorning yaqinlari tomosha qilishadi. Bu teatrni nomi jarrohlik teatri

To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

26 Dec, 04:59


#viktorina_savol

💬 Siz ko‘rib turgan teatrni 1884-yilda germaniyalik Gustav Noyberg qurdirgan. Keyinchalik boshqa joylarda ham bu kabi teatrlar qurila boshlangan

Diqqat savol: Ushbu teatrning nomi nima bo‘lgan?

Javoblarni komentariyada qoldiring. Javob 12:00 da e’lon qilinadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

26 Dec, 01:31


Alloh rizosi uchun qiladigan, irodasini hislari qarshisiga qudratli bir qo'mondon kabi chiqara oladiganlar bor. Go'yo tasodifiy yovvoyi o'tlar iskanjasida qolgan noyob bog' guli kabi. Ba'zan bu gul atrofini qichitqi o'tlar qoplaydi, chirmoviqlar o'raydi, tikanlar qurshaydi va gulni yoniga yaqinlashib bo'lmas holatga keltiradi. Lekin, baribir, uning hush bo'yi atrofga yoyilishidan, go'zal rangini yiroqlarga joziba taratishidan ko'z quvnaydi, dimog' chog' bo'ladi, jon huzur qiladi.

✍️"O'gay ona"
Ahmad Lutfiy Qozonchi


📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

25 Dec, 14:44


#kechki_mutolaa

Ota-onaning fazli

Bir sahoba savol berdilar:
— Yo Rasululloh , agar bir kunda ming marta qara­sam-chi?
— Alloh taoloning fazli senga 1000 ta haj va umra yozishdan kamaymaydi, — deb javob berdilar Rasululloh



Bir odam kelib Rasululloh dan so‘radi:
— Yo Rasululloh , men onamga 30 yildan beri xizmat qilaman, onam esa menga 3 yil xizmat qilgan xolos. Haqini ado etoldimmi?
Rasululloh javob berdilar:
— Yo‘q, chunki, onang senga 3 yil xizmat qilgan bo‘lsa-da, har zamon sening o‘lib qolmasliging umidida xizmat qilgan, bu xizmatdan u malollanmagan, sening esa qalbingda bu xizmatlardan qachon qutularkinman, degan fikr turadi.



Yana Rasululloh aytadilar:
“Ota-ona haqiga farzand duosini to‘xtatsa, Alloh uning rizqini kamaytiraveradi”.
OTA-ONA KIM?
Rasululloh dan so‘ra­di­lar:
— Ota-ona kim?
— U sening Jannating yoki Do‘zaxingga hujjatdir.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

25 Dec, 11:00


#iqtibos

Islom qalbda bo‘ladi, deyishing xuddi imtihonda sinov qog‘ozini oppoq holda topshirib, ilm boshda bo‘ladi, deyishingga o‘xshaydi.

©Doktor Toriq Ramazon

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

25 Dec, 07:31


Maydalashmang

Agar aytilayotgan har bir so‘z ortidan maydalashaversangiz, siz haqingizda aytilayotgan gaplarni surishtiraversangiz, sizga yomonlik qilgan kishi bilan hisoblashaversangiz, sizni mazax qilgan kishiga javob qaytaraversangiz va sizga dushmanchilik qilgan kishidan intiqom olishni ko‘zlayversangiz, Alloh taolo sizning sog‘lig‘ingiz, tinchingiz, uyqungiz, diningiz, aqlingiz va ko‘nglingiz xotirjamligi uchun sabr bersin!

© Shayx Oiz Qarniy hafizahulloh

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

25 Dec, 07:01


Javobni e’lon qilamiz!

💥 Javob: Quyoshning botishi arafasida

To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

25 Dec, 04:59


#viktorina_savol

💬 Chingiz Aytmatovdan ajoyib o'xshatish:
U oyoqlarim ostiga uzun poyandoz solganday, xira tortgan kuzgi yerlarni to'q qizil, binafsha va pushti ranglarga bezab, kiyilaverib uvadasi chiqib ketgan kamzulimning kumushrang tugmalarida olovday yolqinlanib, izg'irindan quvragan chiylarning popuklariga zeb berib turardi. Bu asarni Chingiz Aytmatov "Erta kelgan turnalar " asari uchun yozgan. Biz undan parcha keltirdik.

Diqqat savol: Bir necha so'z bilan bu holatni topib bering?

Javoblarni komentariyada qoldiring. Javob 12:00 da e’lon qilinadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

25 Dec, 01:31


XO‘JAYN

Bolaligimizdan biz qachondir turmush qursak, oilada kim xo‘jayin bo‘lishi haqida janjallashardik. Bitta farzandli bo‘ldik va bari o‘z-o‘zidan hal bo‘ldi... Hozir bolamiz ruxsat bersa uxlab, bolamiz ruxsat bersa ovqatlanayapmiz!

© Seyj Romano

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

24 Dec, 14:44


#kechki_mutolaa

🔤🔤🔤🪷...

U  judayam mehribon edi. Hammaga! Ayniqsa, turmush o‘rtog‘iga! Unga o‘zini fido qilgandi. Qarashlaridan muhabbat yog‘ilardi. Shu qadar sevardiki, Xojasining chizgan chizig‘idan bir qadam chiqmas edi. Oliy ma’lumotli bo‘la turib bir kun ham ishlamadi, ammo eri ortiqcha pul bermas, bor-yo‘g‘i oyda bir marta, ota-onasini ko‘rishi uchun beradigani yo‘l haqi uchun yetardi. Uyidan qo‘ni-qo‘njini to‘ldirib qaytar, o‘zining kiyim-kechaklari ham onasining gardanida va bu tabiiydek qabul qilinardi. Ammo ayol shunda ham baxtli edi. Unga kayfiyati yaxshi bo‘lsa, kulib, boshqa payt qo‘rs muomala qiladigan eridan ortiqcha e’tibor kutmasdi.
Uylari chinni-chiroq, tomorqa ishlarini bir o‘zi eplar, ikki mahal qozon qaynatar, bolalarining kulgusidan shod, xuddi shunday bo‘lishi kerakdek baxtiyor edi.

Ota-onasi keksayib qoldi. Bu vaqtga kelib farzandlari katta bo‘lib qolgandi. Turmush o‘rtog‘idan harakatsiz yotib qolgan otasini ko‘rishga ruxsat so‘radi
—Aka-ukalaring bor, sen borganing bilan nima qilib berasan? —degan javobni olgach, birinchi marta dili og‘ridi. Keyingi hafta yana ijozat so‘radi. Bu gal
—Ayol kishi erini rozi qilsa Jannatga kiradi, ota-onang uchun aka-ukalaring mas’ul, —degan javobni oldi. O‘ksidi. Keyingi hafta bordi... Otasini so‘nggi yo‘lga kuzatishga...

Ayol o‘zgarib qoldi. Avvallari ko‘ziga baxt, shodlik bo‘lib ko‘ringan tuyg‘ularning bari endi xo‘rlikdek tuyula boshladi. Otasidan so‘ng volidasi ham ko‘p yashamadi.
Onasi olamdan o‘tgandan so‘ng, olam zimiston, dunyodagi insonlarning bari shafqatsiz degan xulosaga keldi. Endi uning ko‘zlaridani quvonch o‘rnini hasrat egallagandi. Qiz bo‘lib bir kun ham xizmatini qila olmagan onasi oldidagi qarzdorlik, so‘nggi nafasigacha ko‘zlari yo‘lida nigoron bo‘lgan otasining duolarini olib qolmagani armon bo‘lib yuragini kuydirib o‘tar, hammasi uchun ich-ichidan turmush o‘rtog‘ini aybdor sanardi.

Uch-to‘rt yil yomon ezildi. Jismida ham, ruhiyatida ham dard paydo bo‘ldi. Opa-singlisi bo‘lmaganidan hasratini to‘kib soladigan odami yo‘q edi. Pana-panada yig‘lab yuragi to‘kilsa-da, hech bir yumushni tashlab, ayollik, onalik burchini unutib qo‘ymadi
Har tong turmush o‘rtog‘ini ishga kuzatarkan, oyoq kiyimlarini kiydirib, bog‘ichlarigacha bog‘lab qo‘yishni kanda qilmadi.
Mana, u ayol. Tepada tik turgancha oyoq kiyimini kiydirayotgan erining poyida.. Boshidan sirg‘alib tushgan ro‘mollaridan ostidan erta oqargan sochlari ko‘rinib turibdi. Nazarimda, u shu egilishida ham o‘z itoati bilan tik turgan erkakdan ancha balandlarda turibdi...

© Feruza Salxodjayeva.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

24 Dec, 11:09


***

Ertamni ushoqdek sochdim havoga,
Bir kun kabutarlar terib yer axir.
Kecham tanga kabi tushib qolibdi ,
Sichqonlar iniga sudrab ketgandir.

Bugunga sig‘dirdim ishqni va seni,
Iztirob ham sig‘di, hijron ham bunda.
Faqat o‘zimga joy qolmadi axir,
Ayt, endi yashayin qaysi bir kunda?...


© Najmiddin Ermatov

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

24 Dec, 07:31


Chumoli chumolini o‘ligini tashiydi. Biya qulunidan ko‘z uzmay o‘tlaydi. Oqibat faqat odamlarda yetishmaydi. Yer odamni boqadi. Kiyintiradi. Odam esa uni bir kunda sahroga aylantiradi. Suv odamning mardikori: hosil beradi, tegirmon yurgizadi. Odam uni o‘ylamaydi. Dunyodagi hamma narsa odamga yaqinlashishi bilan o‘zligini yo‘qotadi.

📚 "Osmonning oxiri"
Muhammad Yusuf


📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

24 Dec, 07:01


Javobni e’lon qilamiz!

💥 Javob: Kakku qushi necha marta sayraganiga qarab insonlar qancha umr ko‘rishlarini bashorat qilish odati bor, kakkuning o‘zi esa 10 yil, eng ko‘pi bilan 40 yil yashashi mumkin

To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

24 Dec, 04:59


#viktorina_savol

💬 U boshqalarga bu xaqda ma’lumot beradi, uning o‘zida esa bu ko‘rsatkich o‘rtacha 10 ga, eng ko‘pi bilan 40 ga teng

Diqqat savol: U nima va u boshqalarga nima xaqida ma’lumot beradi

Javoblarni komentariyada qoldiring. Javob 12:00 da e’lon qilinadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

04 Dec, 01:31


Bir donishmanddan “zahar nima?” deb soʻrashibdi.
Donishmand shunaqa javob beribdi:
Ehtiyojimizdan ortiqcha boʻlgan hamma narsa zahardir. Ortiqcha mehnat, ortiqcha hordiq, ortiqcha qoʻrquv, ortiqcha sokinlik, gʻazab, ortiqcha quvonch, nafrat va hatto yaxshi gumon.

Hayotning mohiyati va shifosi muvozanatni, xotirjamlikni saqlay olishdir. Shuning uchun hamma narsani meʼyorida ushlab turish kerak.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

03 Dec, 15:35


#kechki_mutolaa

Vafot etgan insonni barcha sizlab, hurmat bilan tilga oladi. “Unday qilardilar, bunday qilardilar” deyiladi. Ammo oʻsha inson tirikligida shunchalik hurmat qilinmaydi.

Mayyitni qabrga qoʻyayotganda, “Boshlarini ehtiyot qilinglar, oyoqlarini qattiq tortmanglar” deyiladi. Ammo oʻsha inson tirikligida unga zulmlar qilingan boʻladi.

Ayol kishini qabrga qoʻyish chogʻida, “Tobutlari ustidagi yopinchiqni yana ham pastroq ushlab turinglar, ustlarini yopib turinglar, nomahramlar oʻtirib olaversin. Mahramlari qolinglar” deyiladi. Ammo oʻsha ayolning hayotlik chogʻida mahramlari u kishini shunchalik ehtiyot qilib, nomahramlardan yashirishmaydi.

Qabriston ziyoratiga borganda, qabrlarni bosib yubormaslikka, oʻliklarga ozor bermaslikka, qabristondagi oʻsimliklarni yulmaslikka qattiq eʼtibor beriladi. Ammo tirik yurganlarga zulm qilinadi, haqorat etilib, xoʻrlanadi.

Vafot etgan xonadondagi ayollar va erkaklarning libosi Shariat koʻrsatmasiga muvofiq hamma joyni toʻsib turadigan, qalin matodan tikilgan boʻladi. Agar ayol kishi kelayotgan boʻlsa, erkaklar yuzlarini teskari oʻgirib, bir tomonga oʻtib turishadi. Qolaversa, oʻsha hovlida ayollar oʻtirgan taraf mato bilan toʻsib qoʻyiladi. Erkaklar bilan aralash holda oʻtirish ham, baqir-chaqir, soʻkinish ham boʻlmaydi.

Ishxonadagilarga, koʻchadagilarga xushmuomala boʻlib, koʻpincha uyga kelganda oila aʼzolarga qovoq uyib, baqirib, qoʻpol gapiriladi.

Koʻchada biror tanishni uchratib qolinsa, shoshib turgan boʻlinsa ham “Uyga oʻting, choy tayyor edi” deyiladi. Bu gap koʻpincha nosamimiy tarzda, odat boʻlib qolgani uchun aytiladi.

Uyda baʼzan onamiz bilan gaplashayotganimizda, “Siz unday dedingiz, bunday qilmasligingiz kerak edi” kabi qoʻpol, kesatiqli, malomat ohangida gapiramiz. Oʻsha ayol biz chaqaloqligimizda, yoʻrgakda yotib, oʻzimiz yeyolmaydigan, turolmaydigan, hojatga borolmay, yoʻrgagimizga ish bajarib qoʻyganimizda, sut bergan, jirkanmasdan tagimizni tozalagan, yarim kechasi yigʻlab qolsak, oʻrnidan turib bizga qarashga erinmagan onaizorimiz ekanini unutib qoʻyamiz.

Baʼzilar esa ona deganda oppoq koʻylak va roʻmoldagi, nuroniy ayolni koʻz oldiga keltirishar ekan.

Doʻstim, sizni tuqqan, boqqan, eng yaxshi taom, ichimlik va libosni sizga ilingan, hali ham ishdan kech kelsangiz, uxlamay, xavotirda kutib oʻtiradigan ayol onangiz ekanini, u insonga ogʻaynilaringizga qiladigan qoʻpol muomalani qilib boʻlmasligini, u sizning shirin soʻzingizga, xushmuomalangizga mushtoq ekanlarini unutmang!

✍️ Nozimjon Hoshimjon

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

03 Dec, 13:34


☝️ Garvard universiteti talabalarining miyasini qizdirib yuborgan savol...

Rasmdagi mantiqiy masala Garvardning MBA bitiruvchilari uchun maxsus test hisoblanadi.

Talabaga 30 soniya vaqt beriladi. Shu vaqt ichida qanday qilib 8 soni kelib chiqqanini aniqlashi kerak boʻladi.

Siz ham bir urinib koʻring-chi, balki Garvard talabalarining tishi oʻtmagan masalaga siz yechim toparsiz!

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

03 Dec, 11:08


Qishloqlarimizda yana yashash uchun kurash boshlandi. Deyarli har kuni is gazidan zaharlanib o‘lgan odamlar haqida xabarlar chiqishni boshlaydi. Qayerdadir yong‘in chiqsa, bunga o‘sha xonadonda yashaydigan oila a’zolari qo‘lbola pechkalardan foydalangani sabab qilib ko‘rsatiladi. Qiziq.... Gaz yo‘q, elektr ham o‘chaverib odamni xunob qilib tashlaydi. Nima qiladi odamlar. Qishda jon saqlash uchun ko‘mir yoqadida albatta. O‘zi eplab isitish uchun pechka quradi,  eng arzon yo‘lini axtaradi. Qor yogʻsa, ichimizga yogʻayotgandek boʻladi.

Hamma sog‘-salomat qishdan chiqib olsin. Bu ham bir urush aslida...

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

03 Dec, 07:33


🧑‍💻 BUGUN
(kichik hikoya)


Kampir choy ichyapti. Bir qoʻlida telefon.

Oʻgʻil nonushta qilayapti. Bir qoʻli band — telefon.

Kelin qozon kovlayapti. U ham shu ahvolda.

Katta nabira narigi xonada changyutkichni ishlatyapti. Telefon ekranidan koʻz uzmaydi. Parishon.

Yumshoq oʻrindiqda yalpayib oʻtirib olgan kichik nabira qoʻl telefon ekranidan koʻz uzmaydi. Oʻyin oʻynayapti.

Professor oʻz xonadoni ahliga boqib qoʻrqib ketdi. Bu oiladagilarning hammasining bir qoʻli yoʻq edi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

03 Dec, 04:38


🛒Ajoyib dunyoda yashayapmiz. Yo‘qsillar ovqat ilinjida kilometrlab yo‘l bosishmoqda. Boylar esa o‘sha ovqatni hazm qilish uchun shuncha yurishmoqda.

©Nelson Mandela

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

03 Dec, 01:31


Erta tongdan 10 ta hayot hikmati!

1️⃣.Baxtli insonlar boshqalarni ham baxtli ko'rishni istashadi!

2️⃣ Hech qachon omadsizlikdan bosh egmang, chunki baxt qushi ham egik boshlarga qoʻnmaydi!

😀 Haqiqiy baxt - bu eng avvalo salomatlik va ota-onaning mehridir...!

😀 Sizni ranjitgan insonlarni kechiring, ammo o'zingizga qayta yaqinlashtirmang!

5️⃣ Alloh insonlar yelkasiga, ular ko'tara olmaydigan yukni tashlamaydi!

😀 Barchamizga haqiqat yoqadi, ammo haqiqatni aytgan odam yoqmaydi!

😀 Nochor ahvolda yashash har doim ham kambag'allik belgisi emas, dangasalik belgisi hamdir!

😀 Boylik - pulning ko'pligi emas, nafsning to'qligidir!

😀 Rostgo'y inson - hammaga dushman!

1️⃣0️⃣ Natija niyatingizga bog'liq ekanligini unutmang!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

02 Dec, 15:01


#kechki_mutolaa

Adolat mushti

Xasta boʻlgan bir odam shifokorga:
— Tomir urishimni tekshirib, dardimni aniqla dedi.. Shifokor bemorni tekshirib koʻrdi.. Hech umid yoʻq. Oʻlimi yaqin edi. Bemorga:
— Bor, koʻngling nima tusasa shuni qil. Parhezga ehtiyoj yoʻq, dedi.
Bemor xursand, koʻngli xohishiga koʻra daryo boʻyiga bordi. Qarasa, bir darvesh yuz qoʻlini yuvyapti. Taqir boshini koʻrishi bilan bir tarsaki urgisi keldi. Aslida shifokor ham: “Koʻngling nima xohlasa shuni qil”, degan edi. Shunday qilmasa, dardi ogʻirlashadi. Qoʻlini koʻtarib, taqir boshiga bir tarsaki tushirdi. Darvesh achchiqlandi, joyidan sakrab turdi. U ham bemor odamga musht bilan javob bermoqchi boʻldi. Soʻngra eʼtibor bersa, eti suyagiga yopishgan bir jasad… Ursa yiqilib oʻladi. Tegmadi, ammo, bemorni qozining huzuriga olib bordi. Shikoyatini aytdi:
— Bu odam hech bir sababsiz meni urdi. Jazo berishingizni soʻrayman. Qozi bir darveshga, bir bemorga qaradi. Bemorning oyoqda turadigan holi yoʻq… Ichi achidi. shikoyatchiga:
— Koʻrmayapsanmi, bu odamning eti suyagiga yopishib qolgan, bunaqalar oʻlik hisoblanadi. Men tiriklarga hukm chiqaraman. Voz kech bu daʼvoyingdan,  dedi.
Darvesh daʼvosida qat’iy turdi:
— Mening hech bir gunohim yoʻq ammo urgani aniq, oʻlik boʻlsin, tirik boʻlsin, men adolat istayman,  dedi.
Qozi:
— Yaxshi, unday boʻlsa  deb, bemor odamdan soʻradi:
— Oz boʻlsa ham puling bormi? Bemor javob berdi:
— Olti dirham pulim bor. Boshqa hech narsam yoʻq Qozi hukm chiqardi:
— Yaxshi, uch dirhami oʻzingda qolsin. Uch dirhamini bu odamga ber. U bechora ham yoʻqsul..
Qozining bu hukmiga bemor gʻazablandi. Aslida qozining ham tumshugʻiga bir musht tushirgisi bor edi. Chiday olmadi. Modomiki bir tarsakining jazosi uch dirham ekan, qolgan uch dirhamni ham qoziga beraman deb oʻyladi va oʻrnidan turib qozining tumshugʻiga bir musht tushirdi.
Qozi gʻazab bilan sapchib oʻrnidan turdi. Shu payt bemor odam:
— Qozi janoblari, nega qizishasiz? Sizning hukmingiz adolatga tayanadi. Oʻzingiz uchun ravo koʻrmagan hukmni birovga qanday ravo koʻrasiz? Shu olti dirhamni oling, ikkingiz boʻlishing,  deya mahkamadan chiqib ketdi.

✍️Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

02 Dec, 12:50


🫴🪙Biz mablag‘ taqchilligidan aziyat chekayotganimiz yo‘q. Bizni qiynayotgani o‘g‘rining ko‘pligi.

©Eduardo Galeano

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

02 Dec, 07:35


Shaxsiy xulosa

Fidokorlar...

Aslida eng baland oylikni olishga haqli insonlar shular... Qoʻlidagi chiqindini istagan yeriga tashlab ketadigan hurmatli qoʻshtirnoq ichidagi "farosatli" insonlar... Iltimos sovuqda onangiz, buvingiz tengi insonlarga rahm qiling... Harna shu sabab qahratonda ozgina ishlari kamaysa...

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

02 Dec, 04:04


Har kuni ertalab ishga ketar ekanman, ostonadan chiqishim bilan xotinim menga albatta nimanidir unutganimni eslatardi. Baʼzan mashinaning kalitini, baʼzan uyning kalitini, baʼzan esa qoʻl telefonimni, baʼzan yana nimanidir unutganimni aytib, eslatib turardi. Har kuni shu ahvol. Nima emish, yoshim oʻtgani sari xotiram susayib borayotganmish. Endi usiz oʻzimni eplashim qiyin ekan. Gapidan jahlim chiqdiyu oʻziga indamadim.

Bir kuni ertalab turdim-da, avval olishim lozim boʻlgan hamma narsaning roʻyxatini bir qogʻozga yozib oldim keyin oʻsha roʻyxatga qarab narsalarimni oʻzim bilan oldim; kalit, telefon, qoʻl soati, hamyon… Hech narsani unutmaganimga ishonch hosil qilish uchun oxirida birma-bir roʻyxatga va olingan narsalarimga qarab chiqdim. Bu gal endi hech narsani unutmagandim, miyigʻimda kulib ham qoʻydim, chunki hali qarimaganimni, xotinim eslatmasa ham bemalol oʻzimni oʻzim eplay olishimni unga isbotlab qoʻymoqchi edim. Boʻldi. Hamma narsa taxt. Koʻchaga chiqib moshinaga oʻtirsam, uydan xotinim telefon qildi, koʻtardim, kulib javob berdim:
— Xotinjon, bu safar hamma narsamni olganman, nimanidir eslataman deb ovvora boʻlmay qoʻyaqol. Hali qirchillama yigitman, yigit!

Hotinim qisqa qilib gapirdi:
— Dadasi, uyga kiring, bugun yakshanba — dam olish kuni!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

02 Dec, 01:31


• Yashayotgan uyingizga qaraysizda, koʻnglingiz toʻlmay “Uyim xohlaganimdek emas” deysiz.
• Qayerdadir ishlaysiz, ammo zerikkanda “Oʻlsin, shuyam ishmi” deysiz.
• Xafa boʻlmang! Siqilmang!
Juft tugʻilmasingizdan peshonangizga yozilib boʻlgandi, TAQDIR edi.
• Qanday uyda yashashingizning nomi NASIB edi.
• Ishlash, rizq topish shaklingiz esa QISMAT.
• “Unday qilganimda bunday boʻlmasmidi” deb yuz xil variant oʻylashning keragi yoʻq.    
• Biror kimsa peshonasiga yozilganidan qochib qutula olibdimi, biz qocha olsak?
Alloh taoloning taqdiriga koʻrsatilgan taslimiyat moʻminlik belgisidir.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

01 Dec, 15:59


#kechki_mutolaa

Bir kishi tuyasini sotdi. Sotib olganlar tuyani kushxonaga soʻygani olib borishdi. Tuya kushxonaga kirmadi. Qaysarlik qilib oyoq tirab oldi. Barcha urinishlar bekor ketdi.
Tajribali bir kishi kelib qolib tuyaning egasini chaqirib kelishlarini, faqat u tuyani kushxonaga olib kira olishi mumkinligini aytdi.
Tabiiyki, tuyaning egasi keldi. Arqondan ushlab sekin kushxona sari tortdi. Tuya sekin yurishni boshladi va kushxonaga kirdi. Qassoblar darrov pichoqlarini hozirlab tuyani soʻymoqchi boʻlishdi. Ammo tuyaning egasi ularga dedi:
- Doʻstlar! Menga ishonib mening izimdan yurgan hayvonga men qanday qilib xiyonat qilaman?! Axir bu tuya menga ishondi-ku!

Tuyaning egasi ularning roziligi bilan pulni qaytarib berdi va tuyani olib ketdi. Soʻngra oʻziga jonini ishonib topshirganlarga umuman xiyonat qilmaslikka qasam ichdi!

Sizga ishonganlarga xiyonat qilmang. Aldamang ularni. Xiyonat bu nomussizlik, razolat va pastkashlikdir...

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

01 Dec, 13:59


🧨Siz uchun foydali va ishonchli yangi kanal!
🔹Qiziqarli ma'lumotlar
🔹Hikmatli so'zlar
🔹Foydali maslahatlar
Bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishdan tashqari konkurs va viktorinalarda qatnashib g'olib bo'ling!(Albatta pul mukofotlari bor💸)
👍O'ylanmasdan obuna bo'ling:@bilimvadaromad
💪Ishonchingiz uchun oldindan raxmat!

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

01 Dec, 10:35


Puli ko‘p emas, qanoatli inson boydir, hamma narsaga ega odam emas, sotib olish mumkin bo‘lmagan narsaga ega bo‘lgan odam baxtlidir, chiroyning ham yuz go‘zalligi emas, qalb go‘zalligi qadrlanadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

01 Dec, 07:31


Suriya bolalari oddiy bola edilar. So‘ngra to‘satdan Reuters’ga
“tezkor xabar”
bo‘lishdi. So‘ng, yig‘layotgan boshlovchi
o‘limlari haqida e’lon qildi. Keyin, biz ayollardek yig‘ladik...

Mag‘lubiyatdek og‘ir narsa yo‘q. Faqatgina, yordamsiz qolish
og‘irroq.
Chunki mag‘lubiyat dushman tomonidan keladi. Yordamsiz
qolish esa do‘stlar tomonidan bo‘ladi.

✍️ Adham Sharqoviy “Qalam o‘ylari” asaridan.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

01 Dec, 04:31


Biz qozi emasmiz!

Birinchisi tungi klubga kirib oʻldi, ikkinchisi esa masjidda jon taslim qildi. Birinchisi u yerga nasihat qilish uchun kirgandi, ikkinchisi esa namozxonlarning poyafzalini oʻgʻirlash uchun.
Shundan, odamlarni jannat va doʻzaxga hukm qilish bizga emas!

✍️Mubashshir Ahmad

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

01 Dec, 02:01


✍️ALAMNING ZARARI

Alamlarni hadeb ichga yutavermang, bu oʻzingizga qarata oʻq uzishdek gap.

 ↗️ Xatolaringizni tabiiy hol deb qabul qiling. Bu, yanglish ishlardan toʻgʻri xulosa chiqarishga yordam beradi.

↗️  Kuchingizni toʻgʻri taqsimlang, muhim ishlar birinchi darajali, qolganlari keyingi oʻrinlarda tursin. Erishgan yutuqlaringizdan xursand boʻlishni oʻrganing.

↗️  Yolgʻizlikka berilmang. Ayniqsa, stress vaqtida odamlar bilan birga boʻling, doʻstlarga qoʻngʻiroq qiling, yangi tanishlar orttiring, mashgʻulotlaringizni koʻpaytiring.

↗️  Boʻlib oʻtgan koʻngilsiz voqeani oʻylab, oʻzingizga shunday savol bering: “Muammoga juda katta ahamiyat berib yubormayapmanmi? Shu narsa asabiylashishimga arziydimi? Bundan battar boʻlganida, qiyinchilikni yengib oʻta olarmidim?

Bu savollarga javob topish vaziyatga xolis, his -hayajonsiz, xotirjam baho berishga undaydi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

29 Nov, 15:19


#kechki_mutolaa

ULUGʻ ZOT!

Boshlangʻich sinfda oʻqirdim. Boʻyim biroz choʻzilib qolgan boʻlsa kerak, birinchi sinfda kiygan kiyimlarim toʻgʻri kelmay qoldi. Bu ham yetmaganidek, onam shimimning qayerigadir yamoq solib bersa, ikki kun oʻtmay, boshqa joyidan sitilib ketaverdi. Qishda katta opamning qizil paltosini kiygandim. Akamning eski oyoq kiyimi bilan sinfni zoʻrgʻa tugatdim. Xullas, ota-onam yangi kiyim olib beradigan boʻlishdi. Bozorga otlandik...
Bozor. Ulugʻlar aytganidek, qorni och odam bozorga borsa, toʻyadi. Yemasayam toʻyadi. Jillaqursa, bozor koʻrib yurgan odamning koʻzi toʻq boʻladi. Otam bilan kiyim-kechak sotiladigan tomonni qariyb yarim kun aylandik. Har bir xaridor yonidan uzoqlasharkanmiz, otam taassuf bilan bosh chayqardi. Koʻzimga qaramaslikka urinardi. Xullas, menga “toʻgʻri keladigan” kiyim ham topildi. Qizigʻi, otam olib bergan shim va koʻylak, oyoq kiyim ham ancha katta keldi. Otam “Ikki-uch yil bemalol kiyasan”, deb qoʻydilar. Oʻzimda yoʻq xursand edim. Erta-indin maktabga borib, sinfdoshlarimga maqtanishni dilimga tugib qoʻydim.
Kiyim bozoridan chiqarkanmiz, dimogʻimga “gup” etib taomlarning hidlari urildi. Ayniqsa, kabob koʻzimga olovdek koʻrinib ketdi.
– “Shashlik” olib bering,– otamning nigohini qoʻra tomonga burmoqchi boʻldim.
– ...
Qarang, ota, mengayam olib bering, och qoldim.
Bu soʻzni hech bir ota “koʻtara olmaydi” juda ogʻir gap qilgandim. Otamning bir qoʻlida mening yangi kiyimlarim, ikkinchi qoʻli esa choʻntagida edi... Nimalarnidir chamaladi, shekilli, beixtiyor tamaddixona tomon burildi.
– Yur oʻgʻlim, seni bir “shashlik”ka toʻydiray,– balki kenja farzand boʻlganim uchundir otam biror marta iltimosimni yerda qoldirmagan. Oshpaz amaki bitta shapati non va ikki dona sixda kabob olib keldilar. Likopchada piyoz ham qoʻydi. Men dastlab hech narsaga eʼtibor qilmay, oldimga qoʻyilgan taomni shoshilgancha yeya boshladim. Bitta sixini tugatgach, biroz nafsim qondi, shekilli, otamga yuzlandim:
– Siz yemaysizmi?
– Yeyaver, oʻgʻlim, mening qornim toʻq, sening yeganing mening yeganim – otam shunday dediyu shapati non bilan piyoz chaynab oʻtirardi.
Kabobni oxirigacha tugatdim, otam esa achchiq piyozni nonga qoʻshib yedilar...
Bilasizmi? Yillar oʻtsa-da, bu voqeani negadir esimdan hech ham chiqara olmadim. Otam bilan bogʻliq oʻsha voqeani yuragim ezilib eslayman. Chunki u paytlarda otamning menga har yili yangi kiyim olishga puli yoʻq edi.
Bugun esa men bolalarimni istaganimcha kabobga toʻydira olaman. Ular xohlagan kiyimlarini kiyishadi. Choʻntagimda pulim tugab qoladi, degan xavotirim yoʻq. Allohga shukrki otam ham tirik. Yaqinda oʻsha bolalik iztiroblarimni eslab, otamga kabob olib bermoqchi boʻldim. Oʻylamang, bu bilan mening qarzim uziladi, degan fikrdan mutlaqo yiroqman. Ammo insonda shunday hislar boʻladiki, ularga izoh berib boʻlmaydi. Shunchaki, yurak buni amr etadi halos.
Xullas, zamonaviy restoranda otam ikkimiz oʻtirdik. Dasturxonni uch-toʻrt xil kabob bilan toʻldirdim. Eng noyob taomlarga buyurtma berdim. Otam bitta sixni qoʻliga oldi-da, ancha vaqt tikilib qoldi. Bir chimdim yegan ham boʻldilar.
Oʻzimcha oʻyladim, otam ham oʻsha voqeani eslayotganmikan? Otamga yuzlandim:
– Oling, ota. Otam esa,
– Ehhh Bolam, bularingni yeyishga tishim yoʻq-da, undan koʻra achchiqqina koʻk choy aytsang-chi...
Shu onda yuragim uzilib ketdi. Otam oʻshandayam achchiqqina piyoz bilan qorin toʻygʻazgan edilar!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

29 Nov, 13:01


Bandasida bor edi mol-dunyo, havas,
Imorat bitdi-yu yetmadi nafas.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

29 Nov, 10:33


🤜Urushlar to‘xtaydi, rahbarlar nim tabassum bilan qo‘l berib siqishadi. Bechora ona esa halok bo‘lgan o‘g‘lini umrini oxirigacha kutaveradi...

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

29 Nov, 07:31


Miyamda bir qancha savol-javoblar bir-birini rad etardi:

«Hamma narsa tugaydi — maroqli ifoda. Hammasi tugagandan keyin nima boʻladi, nima? Hech narsa! Axir bu «hech narsa» nima? Agar hammasi bitganidan keyin «hech narsa» bor boʻlsa, demak, u «hech narsa» hech narsa emas. Agar bor boʻlsa, demak, biror narsadir. Ha, bu yerda deydilarki, inson yoʻqlikni tushuna olmaydi. Nega tushuna olmaydi? Nega mavjud boʻlgan inson «hech narsa»ni — yoʻqlikni tasavvur qila olmaydi? Javob, ehtimol, savolimning ichidadir. Chunki inson mavjuddir. Mavjuddir, yaʼni hayot uchun yaralib, yashamoq uchun yangi hayot va bor boʻlmoq kasb etish uning haqiqatidir. Yoʻqlik esa bu haqiqatga zid. Bu ziddiyatni ham tasavvur etish mumkin emas».

✍️ «Relslar uzra yotgan odam», Ravshan Abdullaoʻgʻli

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

29 Nov, 04:31


Insonlarga munosabat

Izzat-ikrom, hadya va tortiq masalalarida odamlarga oldi-sotdi, foyda-zarar miqyosi bilan muomala qilmang. Balki ularga oliyjanob munosabatda boʻling. Birov sizga bermasa, siz unga bering, birov sizga baxillik qilsa, siz unga fazl qilavering. Shunda ulkan manfaat va savobga erishasiz, goʻzal maqtov qozonasiz, ruhan tetik, jismonan sogʻlom hamda dushman yomonligidan omonlikda boʻlasiz.

✍️Shayx Oiz Qarniy hafizahullohning “Qalb tubidan” kitobidan

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

29 Nov, 01:31


Kim shu toʻrt xislatdan uzoq boʻlsa, omadsizlikka uchramaydi:
1. Shoshma-shosharlik;
2. Qaysarlik;
3. Manmanlik;
4. Landovurlik.

• Shoshishning oxiri — pushaymonlik;
• Qaysarlikning oxiri — tentaklik;
• Manmanlikning oxiri — nafrat;
• Landovurlikning oxiri — zalolatdir.

🌜Juma muborak!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

28 Nov, 16:59


📚Badiiy kitoblar tahlili, she'riyat, qisqa va ma'noli hikoyalar, kunlik voqelikka munosabat, hikmatli soʻzlar va ibratli filmlarni oʻzida jamlagan kanal -
➡️@Unutsam_Eslaat
❗️𝗠𝗮𝗾𝘀𝗮𝗱𝗶𝗺𝗶𝘇: Eslash va eslatishdir!

✔️𝙑𝙖 𝙚𝙨𝙡𝙖𝙩𝙜𝙞𝙣. 𝘼𝙡𝙗𝙖𝙩𝙩𝙖, 𝙚𝙨𝙡𝙖𝙩𝙞𝙨𝙝 𝙢𝙤ʻ𝙢𝙞𝙣𝙡𝙖𝙧𝙜𝙖 𝙢𝙖𝙣𝙛𝙖𝙖𝙩 𝙗𝙚𝙧𝙪𝙧. (51:55)

@Unutsam_Eslaat

🟢𝗕𝗶𝘇 𝗯𝗶𝗹𝗮𝗻 𝗾𝗼𝗹𝗶𝗻𝗴 𝘃𝗮 𝘆𝗮𝗾𝗶𝗻𝗹𝗮𝗿𝗶𝗻𝗴𝗶𝘇𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝘀𝗵𝗶𝗻𝗴...

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

28 Nov, 15:09


#kechki_mutolaa

Bir kuni Hazrati Sulaymon, alayhissalom, do‘stlari bilan birga o‘tirar edilar. Hazrati Azroil, alayhissalom, kirib o‘tirganlardan biriga diqqat bilan boqdilar. U odam Azroilning, alayhissalom, bunday boqishlaridan juda qo‘rqib ketdi. So‘ngra Hazrati Sulaymonga:
—    Ey Payg‘ambarim, menga yordam qiling, haligina Azroil menga qattiq tikilib qaradi. Mening jonimni oladi chog'i, — dedi. 
Sulaymon, alayhissalom, undan:
— Xo‘sh, nima qilayin? Mendan nima istaysan? — deb so‘radilar.
— Shamolga amr bering, meni Hindistonga eltib tashlasin. Shoyad Azroilning panjasidan qutulib qolsam... — dedi. 
Sulaymon, alayhissalom, uning istagini bajo keltirdilar. Shamolga buyurib, uni Hindistonga jo‘natdilar. Ertasi kuni Azroil yana ko‘rishmoq uchun Sulaymon, alayhissalom, huzurlariga keldi. Suhbat davomida Hazrati Sulaymon:
— Kechagi odamga tikilib qaramoqning boisi nima edi? —  deya so‘radi.
Azroil esa:
— Chunki Alloh taolo menga bu odamning jonini Hindistonda olishni amr etgan edi. Uni bu yerda ko‘rib, juda hayron qoldim. Allohning amrini yanglish anglamadimmikan, deya hayratlandim. Shu bois unga diqqat bilan boqqan edim. 
Buyruqni to‘g‘ri anglagan ekanman. Oradan biroz o‘tib, Hindistonga bordim. Uni o‘sha yurtdan topib, jonini oldim.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

28 Nov, 13:20


#sarkazm

Agar toʻyingda xotiningni qarindoshlari koʻproq oʻynasa demak boshingga muammo orttiribsan!

  Afrika maqoli

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

28 Nov, 12:19


Soxta ekan butun olam,
Yuzda kulgi ,qalbda motam.
Aytgim kelar ohu vohim,
Netay afsus yõq guvohim.
Bu nafs deya qochib tobim ,
Unitibman  seni robbim.
Aytay senga hol ahvolim,
Bu dardimga ber darmonim
Bir sevgi bor ,undan boshqa,
Bu dunyoda yõq armonim,
Sevgim aytsam  har lahzamga gunoh bitar,
Gar aytmasam boshqa oshiq ilib ketar.
Aytsam tilim ,aytmay kõnglim chirib bitar,
Unitaman bu sevgini bõldi yetar.
Har kun tunda ushalmagan orzularim,
Men Umarni ezib ketar,.
Ketar umrim suv misoli ,orzum kabi,
Orzularim birin ,ketin sarob bõldi.
Dõstim quygan sharbatlari ,
Sharbat emas sharob bõldi,
Boğimdagi gulim meni ,
Gullamasdan avval sõndi!
Gulim uchun bir she'r bitdim ,
She'rdan avval Siyoh bitdi...

Qiziqarli kanal. Obuna bo‘ling adashmaysiz!

📱 https://t.me/mashrapov005

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

28 Nov, 10:31


​Ogʻriqli kuzatuv

Har bir bola toza fitrat bilan tugʻiladi.

Boshlangʻich sinflarda oppoq koʻynaklarda shiringina boʻlib, maktabga keladi.

Qalbi — juda pok, sodda, samimiy. Nima desangiz ishonaveradi.

Yillar oʻtadi, balogʻatga yetib, nafsi kurtak otishni boshlaydi:

Ogʻzidan boda kirib shoda chiqqan, qoʻlidan telefoni tushmagan..

Baʼzilari chekishni boshlagan, ayrimlari esa turli dori vositalariga qaram. Koʻplari qimorga berilgan.

Soddalikdan asar ham yoʻq — oʻta ayyor.

Hozirgi holatiga qarab — yoshligini solishtirasiz, dilingiz xira boʻladi.

Koʻz oldimizdagi “farishtalar” ning “shaytonga” aylanib borishini chorasiz kuzatib turish — insonga chuqur ogʻriq beradi.

Xulosa

Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir.

A. Avloniy


📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

28 Nov, 08:08


✔️O‘tgan kunlarda mehmonga: Har doim siz uchun eshigimiz ochiq, qachon xohlasangiz tashrif buyuring, marhabo!, derdik.
Bu kunlarda esa: Kelishingizdan oldin ogohlantirib qo‘ysangiz bo‘lmasmidi!, demoqdamiz…

✔️O‘tgan kunlarda: Hovli olma, qo‘shni ol!, derdik.
Bu kunlarda esa: Sen menga tegma, men senga tegmayman!, demoqdamiz…

✔️O‘tgan kunlarda qarindoshlarni: Yelkadoshlar!, deyilardi…
Bu kunlarda esa: Qarindoshlar qorindosh, deyilmoqda…

✔️O‘tgan kunlarda kun-kunora yig‘ilishimiz bo‘lar, oramizda yo‘qlarni so‘rab-surishtirardik…
Bu kunlarda ta’ziyalardagina ko‘rishmoqdamiz…

✔️O‘tgan kunlarda: Men bugun nima yaxshilik qildim?!, deb o‘zimizni taftish qilardik…
Bu kunlarda esa: Hech kim yaxshilik qilmayapti?! deya o‘zgalarni titkilamoqdamiz

✔️O‘tgan kunlarda dushman kimligini yaxshi bilardik...
Bu kunlarda esa do‘st kim ekanini ham bilmay qoldik...

Dunyo o‘zgargani yo‘q, aslida... Balki qalblar o‘zgarib ketdi…

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

28 Nov, 01:31


❤️Yashashni yosh boladan oʻrganing...
➡️ hech sababsiz tabassum qiladilar;
➡️ yiqilsalar, darxol oʻrnidan turib ketadilar;
➡️ qiziqtirgan narsasini anglab yetmagunlaricha ularni hech narsa toʻxtata olmaydi;
➡️ aslo qoʻrquvni bilmaydilar;
➡️ urishib koyisangiz xam, xafa boʻlib, gina qilmaydilar, darhol unutadilar.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

27 Nov, 15:28


Agar berilayotgan postlar ma’qul bo‘layotgan bo‘lsa yulduzcha ham bosib turinglar. Ko‘rib ko‘zimiz quvonsin😊😊😊

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

27 Nov, 15:04


#kechki_mutolaa

👋Besh panjaning ma’nosi

Bag‘dod hokimi Hajjoj umrining oxirlarida tushida Azroil alayhissalomni ko‘rib, u zotdan so‘ragan ekan:
— Hazrat, siz jonni oluvchi farishtasiz. Men qachon o‘laman? Menga o‘lim qachon keladi?
Shunda Azroil alayhissalom besh panjalarini ko‘rsatib g‘oyib bo‘lgan ekanlar.
Ertasi kuni Hajjoj olimlarni chaqirib, tushining ta’birini so‘rabdi. Olimlardan biri: «Besh yil umringiz qolibdi», debdi. Boshqasi besh hafta debdi, birovi besh kun debdi. Javoblarning birontasi ham Hajjojning ko‘ngliga taskin bermabdi. Shunda Hajjoj buyuk mujtahid imom Molikdan tushining ta’birini so‘rabdi. Imom shunday javob beribdilar:
— Qiyomatning qachon bo‘lishini (1), yomg‘irning qachon tushishini (2), bachadondagi xomilaning o‘g‘il yoki qizligini (3), ertaga nima bo‘lishini (4) insonga o‘lim qaerda va qachon kelishini (5) Allohdan o‘zga hech kim bilmaydi. Hazrati Azroil alayhissalom shu beshta narsaga ishora qilmoqdalar. Hatto men ham jon oluvchi farishta bo‘la turib, qachon va qaerda o‘lishingni bilmayman, demoqchi bo‘lyaptilar...

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

27 Nov, 13:00


Kobra pitonni tishlagan, piton esa kobrani boʻgʻgan.Kobra boʻgʻilib, piton esa zahardan oʻladi.

Odamlar ham xuddi shunday. Biri nafratini sochsa, biri gʻazabini koʻrsatadi. Natija esa bir xil.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

27 Nov, 10:31


Issiq havo oqimidan gapiringlar!
Eron tomondan kelarmidi?
Sovuq choʻzildi-ku!
Hammayoq muzladi.
Necha kundan buyon suv yoʻq, trubalar muzlagan, chamasi.
Ertalab artizanimning ustidan bir choynak qaynoq suv quyib, koʻrpa bilan oʻrab qoʻygandim.
Yoʻq.
Suv chiqmadi.
Demak truba teparoqda muzlagan.
Hammayoq muzxona.
Asosan uydamiz, koʻchaga kam chiqyapmiz.
Koʻchada hech narsa yoʻq.
Qanchagacha davom etarkan bu berahm qahraton.
Yaxshiyam paxtali qalin nimcham bor,  oʻshani kiyib jon saqlayapman.
Xitoyning shaldir-shuldir plastik kurtkalari, jemperlari badaningni isitmaydi.
Bunaqa sovuqlar ota-bobomiz davrida ham boʻlgan, lekin ular hozir bizchalik dod demagan, sovuqdan shikoyat qilmagan.
Chunki ular uyni iqlimga moslab qurgan, kiyimi va yemishi ham ob-havoga mos boʻlgan.

Ota-bobomiz baland uy qurmagan, bakalashkani materialidan tikilgan kiyim kiymagan, yemishi ham ximikat boʻlmagan.

Paxtali chopon, paxtali  shim, paxtali kamzul kiygan odam koʻzimizga gʻalati koʻrinadi. Chopon, toʻn motam ramziga aylandi.Yaqinimiz vafot etsa, hatto yozning chillasida ham paxtali chopon kiyishga odatlandik.

Motamdan tashqari vaqt chopon kiyilmaydi.
Maxsi-kalish kiyishni ham unutdik.

Ipdan toʻqilgan sholcha, jundan tayyorlangan kigiz, odeyallarimiz qani? Yoʻq. Ular qoloqlik ramziga aylandi.

Qandaydir kimyoviy kukun, aralashmalardan tayyorlangan palos va gilamlarni afzal bilyapmiz.
Ximiya fanini yomon oʻqiymiz. Sintetik narsalar oʻzidan zahar ajratishiga aqlimiz yetmaydi.
Molparastmiz.
Molparast boʻlganda ham, Xitoyning eng rasvo, eng yomon mollariga muhabbat qoʻyganmiz.

Yashash tarzimiz, kiyinish va yemishimiz, buyumlarimiz, uylarimiz  iqlimimizga mos emasligi tufayli yurtimiz aptekalar, dorixonalar, klinikalar mamlakatiga aylandi.

Gaz yoʻq, deb noliysan.Gaz boʻlganda ham keng va shifti baland uyingni qanaqa isitmoqchisan? Bunaqa keng xonani meʼyorida isitish uchun qancha gaz, qancha oʻtin va koʻmir sarf boʻlishiga aqling yetadimi?
Koʻp. Juda koʻp sarf boʻladi.
Topgan puling uy isitishga ketadi.

Bolangni kiygan kiyimini qara. Turgan-bitgani sintetika-ku. Isitmaydi.
Tagʻin bu kishim maktabda ximiya oʻqitish shart emas deyapti.
Kelinglar, maktablarni butunlay yopib qoʻyaqolaylik.
Hayotlaringni chamalab sizlarga ilm ham, maʼrifat ham kerak emasligini koʻrib turibman-ku.

Moʻl-koʻl apteka dorilari mustaqilliklan keyin paydo boʻldi. Oʻttiz yil.
Ilgari dorisiz qanday yashaganmiz?
Mavsumiy kasalliklardan qanday tuzalganmiz?
Tibbiyotni oʻta dahshatli, oʻta rahmsiz  biznesga aylantirdilaring-ku.

Kimyoviy dorilar va  ximzavodning chiqindisidan tayyorlangan yemishlar jigarimizni tamom qildi-ku.

Har bir qishloqda uch-toʻrtta odam Hindistonga jigar ektirgani ketyapti. Lekin hech kim nega jigarimiz chiriyapti deb oʻziga savol bermaydi.
Jigar ektirishga 40 ming dollar ketarkan.
Shuncha pulni qayerdan topasiz?

Uyingizda bir qop yongʻoq, yarim qop jiydani bozorga sotib, puliga chokokrem yalaysiz, zaharli sharbat ichasiz.
Ong bormi?
Miya ishlaydimi?

Yana gapiraveraymi?
Madaniyatsiz ekansan demaysizlarmi?

Nazarimda dushmanlarimiz bilintirmay bir narsa ichirib miyamizga zarar yetkazgan.
Teskari fikrlashga odatlanyapmiz.

Qoʻlimizdagi kishanga, bizga zarar yetkazayotgan dushmanga tushuniksiz, gʻalati muhabbatimiz bor.

Oʻz xalqimiz, millatimizga tegishli hamma narsaga, u kiyimmi, ona tilimizmi,  bepisandmiz.

Oʻylab,oʻyimizga yetolmayapman: bizga nima boʻldi?

Yo: Xudo bizni noqobil, ikkinchi darajali millat qilib yaratgan, borimiz shu, degan tushuncha miyalarimizga chuqur oʻtirib qolganmi?

"Koʻngil, sen munchalar nega
Kishanlar birla doʻstlashding?
Na faryoding, na doding bor,
Ayt,sen muncha sustlashding?!


✍️Rahimjon Rahmat

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

27 Nov, 07:40


✍️Oʻqishga muhabbatli juda kuchli uch inson.

   Yoqut Himaviy “Irshodul arib” kitobida Johizning tarjimai holida quyidagilarni aytadi: “Abu Hiffon aytadi: ”Ilm va kitoblarga uch kishidan koʻra ishtiyoqliroq odamni koʻrmadim:

  1️⃣. Johiz. U qoʻliga tushgan kitobni qanday boʻlishidan qat'iy nazar boshidan ohirigacha oʻqib chiqardi. Ishtiyoqi shu darajada ediki, kitobfurushlarning doʻkonlarini ijaraga olar va kitob oʻqish uchun ularda tunab qolardi.

2️⃣. Fath ibn Hoqon. U Mutavakkilning majlislarida qatnashardi. Agar Mutavakkil biror bir ish uchun tursa, u kitobini yengidan yoki mahsisidan chiqarar va to u qaytib kelguncha Mutavakkilning majlisda kitob oʻqib oʻtirardi.

3️⃣. Ismoil ibn Ishoq qozi. Qachon yoniga borgan boʻlsam, yoki qoʻlidagi kitobga tikilib oʻtirganini, yoki kitoblar orasida biror kitobni izlayotganini, yoki kitoblarni artib oʻtirganini koʻrganman.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

21 Nov, 17:21


Dunyoqarashingni keskin o'zgartiruvchi haqiqiy kreativ kanal!

Hayotingizga mazmun olib kiruvchi tesha tegmagan fikrlar...

Kanal manzili:
https://t.me/+JaKV9sOBbR5iZWUy

👇 Bularning barchasini bitta sahifada:

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

21 Nov, 11:20


Sogʻlom mahsulotlar uchun $100 — “Buncha qimmat?!”
Romantik tushlik uchun $100 — “Hamyonbop narx!”

Oʻz-oʻzini oʻstirish yuzasidan seminar uchun $250 - “Aqldan ozganmisiz?!”
Gucci kamari uchun $250 — “Hoziroq sotib olish kerak!”

Sarmoya uchun $300/oyiga — “Qurbim yetmaydi.”
Tungi “ulfatchiliklar” uchun $300/oyiga — “Haftasiga, deyavering...)”

Biznes boshlash uchun $1000 — “Juda xatarli tavakkal.”
iPhone 16 uchun $2000 - “Eng oxirgi modeli shumi ishqilib?”

Yangi hunar oʻrganish uchun 60 daqiqa — “Vaqtim boʻlganida edi...”
Netflix uchun 60 daqiqa — “Vaqt uchib ketdiyey, yana bitta koʻraylik...”

Pul va vaqt — bu sizning resurslaringiz. Ulardan oqilona foydalaning, bugun kiritgan sarmoyangiz ertangi kuningizni belgilaydi. Vaqtingiz va quvvatingizni samarali ishlarga sarflang!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

21 Nov, 10:01


Sizlarga bir ajoyib loyihani tavsiya qilmoqchiman.

Sirli qo‘ng‘iroq” loyihasi.

Yaqinlaringizni baxtli kunlari bilan tabriklash uchun juda yaxshi loyiha ekan. Suxandonlari ham juda saviyali.

https://t.me/tabrik_qongiroq Ushbu guruhga qo‘shilib oling va yaqinlaringizni xursand qiling.

Guruhga a’zo bo‘lish: https://t.me/tabrik_qongiroq

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

21 Nov, 08:00


Baʼzi odamlarga doimiy ravishda bir yaxshilikni qilaversang alal oqibat uni sening vazifang deb bilishadi.

Bu nonkoʻrlikning eng ulkan koʻrinishidir...


📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

21 Nov, 04:02


❗️Assalom alaykum hurmatli obunachilar. Agar imkoningiz bo‘lsa kanalimiz rivoji uchun donat qilishingiz mumkin. Albatta kanalni sifatli yuritish va ommalashtirish uchun mablag‘ zarur.
Imkoningiz bo‘lsa donat qiling. Bo‘lmasa duo qilib qo‘yarsiz. To‘g‘ri tushunasizlar degan umiddaman.

Iltimos negativ shart emas. Agar imkoningiz bo‘lmasa duo qilib qo‘ying yoki postni shunchaki o‘tkazib yuboring.

Donat uchun karta
9860 0101 3242 2386 Jamolidinov U nomida

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

21 Nov, 01:31


Halokatga eltuvchi yetti narsadan chetlaninglar:

1. Allohga shirk keltirish, yaʼni sherigi bor deyish;
2. Sehrgarlik;
3. Alloh oʻldirilishini harom qilgan jonni oʻldirish, lekin haq bilan (yaʼni, had va qasoslarda) unday emas;
4. Sudxoʻrlik ortidan kun koʻrish;
5. Yetimlar molini yeyish;
6. Urush kunida orqaga chekinish;
7. Iffatli, hech narsadan xabari yoʻq, iymonli ayollarni (fohishalikda) ayblash.

©Imom Buxoriy va Muslim rivoyati.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

20 Nov, 14:28


#kechki_mutolaa

🌜JANNAT TUPROG‘I

Muallim o‘quvchilardan imtihon oldi. Javob varaqalarini tekshirgach, ularni yana shogirdlariga tarqatdi. Shunda o‘quvchilardan biri:
— Ustoz, mening javoblarimga birorta ham tuzatish kiritmagansiz, xatosi yo‘q. Ammo, nega menga o‘n ball emas, sakkiz ball qo‘ydingiz? - deb so‘radi. Muallim:
— Sen tuzgan jumlalar menga ma’qul kelmadi, shu tufayli ikki ball kam qo‘ydim, - deb javob berdi.

Aslida, o‘quvchi imtihonning barcha savollariga to‘g‘ri javob bergan, yozma ishni ham ma’noli yozgan edi. Biroq, ustoz uning sinfdagi eng iqtidorli, a’lochi bola ekanini tan olgisi kelmayotgandi. O‘quvchi bahosidan hadeb norozi bo‘lganini ko‘rib, muallim uning ta’zirini berib qo‘ymoqchi bo‘ldi:
— Agar menga jannat tuprog‘idan olib kelsang, senga o‘n ball qo‘yib beraman, - deb shart qo‘ydi.
— Ertasi kuni o‘quvchi xaltachani to‘ldirib tuproq olib keldi.
— Bu nima? — so‘radi ustoz.
— Jannat tuprog‘i, — deya javob berdi bola.
— Qayerdan olding buni?
— Onamni tuproq ustidan yurgizib, o‘shandan olib kelaverdim. Esingizda bo‘lsa, bizga: "Jannat onalar oyog‘i ostidadir", degan hadisni o‘rgatgan edingiz.

Bunday javobni eshitgan ustoz shogirdining zakovati-yu farosatiga qoyil qolib, unga eng yuqori bahoni qo‘ydi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

20 Nov, 11:01


🏆Rafael Nadal. Tennis bo‘yicha bir necha yirik turnirlar g‘olibi. Jahonning sobiq birinchi raqamli tennischisi

Valensiya shahrida yuz bergan suv toshqinlari vaqtida ijtimoiy tarmoqlarda hamdardlik bildirmasdan, qoʻliga kurak olib amaliy yordam bergan yulduz.


Qoyil!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

20 Nov, 08:01


‼️ILTIMOSNOMA!!!

Barcha haydovchilarga!!!
    Barchamizga qish mavsumi ham  kirib kelmoqda. Shuning uchun sizlarga bir iltimos bilan murojaat qilmoqdamiz. Barchamizni farzandlarimiz shu sovuq kunlarda oʻqishga, tayyorlov kurslarga qatnashmoqda.                Bilamiz, koʻpchilikni shaxsiy mashinasi bor ,  mashinasi borlardan iltimos hech boʻlmasa ertalab va kechqurun maktabga ketayotgan va qaytayotgan bolalarni yoʻl yoʻlakay olib keting. Ertalabki ayoz bilan kechki qora sovuq tushayotganligi xamda quyuq tumanda harakatni qiyinligini bilasiz qandayligini. Chiqib tushishlari, toʻxtashlarini hisoblasa hammasi boʻlib oʻn daqiqa vaqtingiz ketadi. Lekin, oʻsha oʻn daqiqa oʻsha koʻchada mashina kutayotgan bolalar hayotida eng unutilmas lahzalar boʻlib qolishi mumkin. Ayrim bolalar sovuqda uylariga borishsa, uylari ham issiq boʻlmasligi mumkin, hech boʻlmasa Sizni issiq mashinangizda ozgina koʻngillari yorishadi. Shu bilan Siz ham oʻzingizga hamda oʻsha bolalarga yaxshilik qilgan boʻlasiz. Sizdan shu yaxshilik qolsin. Ushbu o‘quvchilar ham Sizning va bizning farzandlarimiz.
Ular bizning kelajagimiz.
Sizlardan iltimos, yo‘llarda mashina kutib turgan oʻquvchilarni o‘z uylariga eson-omon yetib olishlariga yordam bering!!
 
    Barchangizga yoʻlingiz bexatar va beshikast boʻlishini tilab qolamiz.
  FIKRAT kanali admini nomidan!ILTIMOS
Barcha gruppalarga ham ulashing!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

20 Nov, 04:57


#Tafakkur

🔗Insonlar senga muhtoj boʻlishlari neʼmatdir. Bas, bundan malol olma, aks holda,bu neʼmat  adovatga aylanadi. Bilginki, hayotingdagi eng yaxshi tong – odamlar seni soʻroqlashgan kundir, sen ularni soʻroqlagan emas.

🔗 Bizni musibatimiz, hozirimizdan ojiz qolib, oʻtmishimiz bilan mashgʻul boʻlmogʻimiz, bugunimizga beparvo boʻlib, ertamiz uchun gʻam chekmogʻimizdir. Aql qayerda qoldi, hikmat qani?

🔗Odamlarning sen haqingdagi qilgan tanqidlaridan bilginki, sen eslashga arzigulik ish qilibsan, yana sen ulardan ilm, fahm, mol-davlat, mansab yoki obroʻ jihatdan ilgʻorsan.


🔗Ilm yolgʻizlikda doʻstdir, gʻurbatda hamrohdir, xilvatda raqibdir. Ilm toʻgʻri yoʻlga yoʻllar. U qiyinchilikda yordamchidir, oʻlimdan keyin zaxiradir.

©“Mahzun boʻlma”. Shayx Oiz al-Qarniy.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

20 Nov, 01:59


Odamlar “Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu” deyish oʻrniga “Assalomu alaykum” deb aytish bilan kifoyalanishmoqda. Oqibatda barcha ishlarimizda rahmatni va barakani yoʻqotib qoʻydik.

Salomni mukammal qilinglar, hayotlaringiz ham mukammal boʻladi!

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

19 Nov, 14:59


#kechki_mutolaa

🚶 So‘nggi manzil

Kunlarning birida bir inson oʻzining xotini va farzandlari bilan koʻp oʻrinli mashinasida uzoq safarga chiqishdi. Yoʻlda ketayotib ular yoʻl yoqasida turgan bir shaxsga duch kelishdi va undan soʻrashdi:
– Sen kimsan?
– Men Pulman, – deb javob berdi haligi shaxs.
U xotini va bolalaridan soʻradi:
– Bu shaxs biz bilan birga borishiga nima deysizlar?
– Ha, albatta. Chunki biz Pul bilan oʻzimiz xohlagan hamma narsani qila olamiz va oʻzimizga yoqqan hamma narsani ola bilamiz, – birgalikda javob berishdi xotini va bolalari.

Ular Pulni olib safarlarini davom ettirishdi. Mashina yoʻlida davom etar, ular esa oʻzlarini yanada baxtiyor his qilib borishardi. Shu payt haligi odam yoʻl yoqasida yana bir shaxsga duch keldi va undan soʻradi?
– Sen kimsan?
– Men Kuch-qudratman, – deb javob berdi haligi shaxs.

U xotini va bolalaridan soʻradi:
– Bu shaxs biz bilan birga borishiga nima deysizlar?
– Ha, albatta. Chunki Kuch-qudrat bilan oʻzimiz xohlagan hamma narsani qila olamiz va oʻzimizga yoqqan hamma narsani ola bilamiz, – birgalikda javob berishdi xotini va bolalari. Ular Kuch-qudratni olib safarlarini davom ettirishdi. Shu tarzda ular yoʻllarida davom etishdi va oʻzlari bilan Rohat, Orzu-havas va Havoyi nafs kabi shaxslarni yoʻldan birma- bir olib ketishdi. Yoʻlda ular yana bir shaxsga duch kelishdi. Otasi u shaxsdan soʻradi:
– Sen kimsan?
– Men Iymonman, – javob berdi haligi shaxs.
Haligi odam, xotini va bolalari bir ovoz bilan javob qaytarishdi:
– Yoʻq, hali vaqti emas. Biz bu safarimizdan maza qilib rohatlanishni xohlaymiz. Sen esa bizlarni bu narsalardan cheklaysan. Biz esa bunga dosh bera olmaymiz va natijada senga sadoqatli boʻla olmaymiz. Bu - biz uchun ogʻir yuk. Mashinamizda esa senga yetarli joy yoʻq. Lekin senga vaʼda berib aytamizki, biz koʻp oʻtmay seni olib ketish uchun oldingga qaytib kelamiz.

Ular uni yoʻlda qoldirib safarlarini davom ettirishdi. Hech qancha yurmaslaridan turib, yoʻl chetida “Toʻxta” deb yozilgan belgiga duch kelishdi. Belgi yonida bir shaxs turardi. U shaxs mashinadagi odamga tush degandek ishora qildi va oldiga chaqirib dedi!
– Senning safaring tugadi. Qani, men bilan
yur!

U odam qoʻrquvdan dagʻ-dagʻ titradi va bir soʻz ham ayta olmadi.
– Men sening mashinangdan Iymonni izlayapman. U sizlar bilanmi? –
gapini davom ettirdi haligi shaxs.
– Yoʻq, biz uni sal orqaroqda qoldirdik, agar ruxsat bera olsang, biz uni borib olib kelardik. – Senda orqaga qaytishning imkoni yoʻq. Safar tugadi!
– Lekin menda Pul, Kuch-qudrat, Rohat, Orzu- havas bor…
– Ular senga foyda keltira olmaydi va seni Uning oldida himoya qilolmaydi. Aqalli bittasi ham! Sen bu safaring nihoyasida ularning hammasini tashlab ketasan, faqat Iymondan tashqari! Ha! Sal orqada tashlab ketganing – Iymondan tashqari.
– Sen oʻzi kimsan?
– Men Oʻlimman! Sen safar davomida yodga olmagan va eʼtibor bermagan
– Oʻlimman!

U odam toʻrt-besh qadam tashlab mashinasiga qaradi. Mashinada safarni davom ettirishga hozirlik koʻrayotgan xotini bolalari va “sodiq” hamrohlarini koʻrdi-yu, qoʻlidan hech bir ish kela olmasligini oʻylab, Oʻlim bilan birga ketdi…

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

19 Nov, 12:56


Yoqimli tarona.

Yorqinxo‘ja Umarov - Qizim

Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

19 Nov, 11:01


✏️ACHCHIQ HAQIQATLAR

• Negadir doim koʻnglimizni ogʻritgandan emas — koʻnglimizga qaraydigan insonlardan alamimizni olamiz...

• Bizni sevganlarga ozor beramizu — sevmagan insonlarga poyandoz boʻlamiz...

• Toʻgʻri yoʻl koʻrsatganni yomon koʻramizu — egri yoʻlga boshlaganning ortidan doim qolmaymiz...

• Yaxshi koʻrgan yaqinlarimizga, kasal birodarlarimizga vaqtimiz yoʻgʻu, yetti yot begonanikiga oshga borishga har doim vaqt topamiz...

• Oilasi nochorroq singlimizga har xil baxonalar bilan yordam bermaymizu lekin — xalqni koʻziga qozon-qozon osh qilib ziyofat beramiz...

• Ota-onamizni haftada bir bora koʻrib kelishga fursat yoʻq — ammo ulfatlar bilan oʻtirishga har doim ham tayyormiz...

• Ayolimizga bir necha kalima shirin soʻzimizni ayaymizu — lekin koʻchadagi ayollarga goʻzal kalimalar orasidan goʻzallarini ayamaymiz...

• Ozgina pulimizni yoʻqotib qoʻysak qancha asabimiz buzilib xafa boʻlamizu — ammo xech qanday boylikka sotib olib boʻlmaydigan vaqtimizni arzimagan  narsalarga sarflayotganimizga achinmaymiz.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

19 Nov, 07:31


Nevara bobosidan soʻradi:

- Bobojon, siz yoshligingizda qanday yashagansiz?..
- televizor yoʻq
- telefon yoʻq
- internet yoʻq
- suratga tushish yoʻq
- tanishuvlar yoʻq
- doʻstlar yoʻq...

✔️Bobosi javob berdi:
- Bolam, sizlar hozir qanday yashayapsizlar?....
- tahorat yoʻq
- namoz yoʻq
- Qurʼon yoʻq
- zikr yoʻq
- duo yoʻq
- mehr yoʻq
- samimiyat yoʻq...

Bizdagi yoʻq boʻlgan narsalardan koʻra sizlardagi yoʻq narsalar halokatlidir.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

19 Nov, 04:30


#tanqid

⚠️Millatni boy beryapmiz...

Bir donishmand aytgan ekan, yomonlik yomon emas, unga talab boriligi yomon. Ming afsuski, bugun togʻni talqon qiladigan yigitlar oʻzgalarni lol qoldirish uchun mana shunaqa shaytoniy harakatlarni amalga oshirishyapti va mana shunaqalarga odamlarda ehtiyoji bor.

Bularni tergaydigan, dakki beradigan kattalar ham yoʻq. Ularning oʻzi ham biror joyda aroqdan dumalab yotgan boʻladi. Dakki beradigan topilganda ham uning gapini hech kim pisand qilmaydi. Na kattalarda salobat qoldi, na kichiklar tarbiya...

Xullas, millatni boy beryapmiz...

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

19 Nov, 01:31


Jajji qizaloq otasiga:
- Men katta bo‘lsam, sizga o‘xshagan bo‘laman!
- Nega axir? Sen menga emas, oyingga o‘xshashing kerak!
- Yo‘q, baribir sizga o‘xshagim keladi, chunki oyim ertalab yarim soat yasanadi, keyin chiroyli oyi bo‘ladi! Siz esa yuzingizni yuvsangiz bo‘ldi, chiroyli dada bo‘lasiz .🥰🥰

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

18 Nov, 15:01


#kechki_mutolaa

ESHIKNI YOPING ONA.

Nasroniy ayol, “Ey Muhammad, qanisan? Ummating tugʻilgan kuningni nishonlab qizimni oʻldirdi!”, deya baqirar edi. Javobi esa hayqiriqdan koʻra tezroq keldi.

Hikoyaning boshlanishi...

1953-yil, Lubnonning Sayda shahrida musulmonlar odatdagidek Paygʻambarimizning tugʻilgan kunlarini nishonlar edi.

Lubnonda qadimdan bayramlarda osmonga oʻq otish odati urf boʻlib, bu safar ham shunday tarzda otilgan oʻqlardan biri mashhur nasroniy Gʻattos oilasining kichik qizi boshiga qaytib kelib tegdi. Atrofdagilar qizni oʻsha joyga yaqin Gʻasson Hamudning shifoxonasiga olib bordilar. Ammo shifokorlar qizning oilasiga uning bunday ogʻir holatida qoʻllaridan hech narsa kelmasligini, uni Bayrutdagi Amerika universiteti shifoxonasiga koʻchirish  kerakligini aytishdi.

Qiz tezlikda aytilgan shifoxonaga koʻchirildi. Qizning muolajasi uchun Lubnonning mashhur shifokorlari AQSHning bir guruh shifokorlari bilan birga harakat qildilar. Lekin boshdagi teshik katta boʻlib borgan sari koʻp qon ketar, shifokorlar nima qilarini bilmas, qizning oilasi ham umidlarini uzar holga kelgan edi.

Shunda qizning nasroniy onasi nola qila boshladi: “Qayerdasan, ey Muhammad? Musulmonlarning paygʻambari, sen qanisan? Kel, ummating mening qizimni ne ahvolga solganini koʻr”, der va koʻzlaridan yosh toʻxtamas, tinmay “Musulmonlar sening tugʻilgan kuningni nishonlab mening qizimni oʻldirdi, oʻldirdi...!”, der edi.

Ayni vaqtda amaliyot xonasidagi shifokorlar oʻzlaridan birini  qiz bilan soʻnggi xayrlashuv uchun ayolni chaqirib kelishga joʻnatdi.

Shifokor chiqib, onaga qizi jon berish holatida ekani, u bilan vidolashib olishi uchun ichkariga kirishi kerakligini aytdi. Bu gapni eshitgan onaning vujudini titroq bosdi. Oyoqlarini zoʻrma-zoʻrakay ichkariga qarab yoʻnaltirdi. Oxirgi dam...

Onaning holati ham juda achinarli holga kelgan edi. Bazoʻr eshikni ochdi. Ochdi-yu hayratga tushdi... Qizi karavatga oʻtirib, “Eshikni yoping ona, chiqib ketmasin, yoping”, derdi. Ona vaziyatdan karaxt holda gapirolmay qoldi. Nima boʻlayotganini tushunmasdi. Qizi qanday hushiga keldi, qanday qilib gapirmoqda? Ayolning boshida soniyalar ichida savollar koʻpayib ketdi.

Biroz oʻziga keldi-yu: “Qizim, kimning qoʻlidan tutay, nima haqida gapiryapsan?”, dedi.

Qizning javobi onani va atrofdagilarni dahshatga soldi: “Muhammad, ona! Xonaga Ollohning rasuli Muhammad kirdi va qoʻlini boshimga qoʻydi. Shunda jarohat ham, qon ham ketdi. Siz eshikni ochganingizda u chiqib ketdi”, dedi.

Bu Islom dini. Nasroniy bir ona “Ey Muhammad”, dedi va darhol javobini oldi.

Lubnonliklarning aksariyati bu voqeani hozirga qadar eslaydi!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

15 Nov, 03:39


Bugundan boshlab FIKRAT kanaliga reklama berish uchun chegirma e’lon qilamiz!
Faqat 3 kun


1 soat top 2 kun lenta 70 000 so‘m emas 45 000 so‘m.

2 soat top 3 kun lenta 90 000 so‘m emas 70 000 so‘m

22:00 dan 07:00 gacha top 4 kun lenta 120 000 so‘m emas 80 000 so‘m.

Bir kunda ko‘pi bilan ikki dona reklama olinadi.

Murojaat uchun @ulugbek_jamolidinov bilan bog‘laning.

Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

15 Nov, 01:29


Hakim oʻgʻliga nasihat qildi:
Ey, oʻgʻlim! Hayotingda uchta narsaga odatlangin:

1.Eng afzal taomni yeyishga.
2.Eng afzal toʻshakda uxlashga.
3.Eng afzal uyda yashashga.
Oʻgʻil soʻradi: axir biz faqir boʻlsak, men buni qanday qilaman?

Hakim javob berdi:
Qachon qorning ochsagina ovqatlansang, demak sen eng afzal taomni yebsan.
Koʻp mehnat qilib charchab uxlasang, demak sen eng afzal toʻshakda uxlabsan.
Odamlarga yaxshi muomala qilib, ularning qalbidan joy olsang, demak sen eng afzal uyda yashabsan.

Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

14 Nov, 18:25


Juma muborak!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Besh kecha borki, unda duolar rad etilmaydi: rajab oyining  avvalgi kechasi, sha’bon oyining  yarmidagi kecha, juma kechasi, fitr kuni kechasi va qurbonlik kechasi” (Ibn Asokir rivoyati).

Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

14 Nov, 14:50


#kechki_mutolaa

OTA

1988-yil 8,2 ball kuch bilan yuz bergan zilzila Armanistonni kunpayakun qilib yuboray dedi. U atigi 4 daqiqa ichida 30 000 dan ziyod odamning hayotiga zomin boʻldi.

Ana shu dahshatli daqiqalarda hayoti xavfsizligiga ishonib stepanakertlik bir kishi xotinini uyda qoldirdi. Oʻgʻlidan xabar olish uchun maktabga yugurdi. Ammo maktab oʻrnida hosil boʻlgan vayrona tepalikka duch keldi-yu dahshatdan qotib qoldi. Shunda toʻsatdan xayoliga qachonlardir oʻgʻliga bergan vaʼdasi tushdi:

– Qanday xodisa yuz bermasin, men albatta, senga yordamga yetib kelaman!

Otaning koʻzi yoshga toʻldi. U vayronaga tikilarkan, biror chora, najotni koʻrmadi, lekin xayolida oʻgʻliga bergan vaʼdasi charx uraverdi.

U oʻgʻlini har kuni maktabning qayeriga yetaklab borganini eslashga urinib, binoning oʻng tomonidagi burchakda joylashgan sinfni chamalab topdi. Va xarobani kovlashga tushdi.

Bu orada boshqa oʻquvchilarning ham qaygʻuga botgan ota-onalari yetib kelishdi. Ular alam bilan:

– Oʻgʻlim! Qizim! – deb faryod urishdi. Baʼzi ota-onalar:

– Endi kech!

– Allaqachon halok boʻlishgan!

– Biz endi ularga yordam berolmaymiz!

– Uyga ketdik! – deb qaygʻuga botishdi. Bolaning otasiga ham:

– Aql bilan ish tuting, urinish befoyda. – deb maslahat berishdi.

Shunday tasalli bilan unga yaqinlashgan har bir kishidan bolaning otasi bir narsani soʻrardi:

– Siz menga yordam bermoqchimisiz! – u shunday derdi-yu, qoʻli ishdan toʻxtamasdi. Ishonch bilan toshlarni koʻchirib, vayronani ochib borar, bu harakati bilan oʻzini tobora oʻgʻliga yaqinlashayotganday his qilardi.

Shu choq oʻt oʻchiruvchilar komandiri kelib hammani hayday boshladi:

– Hozir hammayoqni olov qoplaydi, portlash yuz berishi ham mumkin. Siz oʻzingizni xavfga qoʻymang. Uyga ketinglar. Bu yerni tozalashni oʻzimiz uddalaymiz.

Bolasini qutqarishga urinayotgan ota pinagini ham buzmay ishini davom ettirarkan savolini takrorladi: – Siz menga yordam bermoqchimisiz?

Atrofni qoʻriqlayotgan militsioner ham tanbeh berishni unutmadi:

– Bu telbalik, bunaqada boshqalarning hayotini ham xavfga qoʻyapsiz, uyingizga boring bu ishni bizga qoʻyib bering.

Ota melitsionerga yuzlandi:

– Siz menga yordam bermoqchimisiz? Yoʻq boʻlsa, ishimga aralashmang! – Militsioner, bunga gapirish befoyda degan fikrda undan yiroqlashdi.

Ota esa butun irodasini, kuchini ishga solib, xarobani kovlashda davom etdi. U oʻgʻlining tirik yoki oʻlikligini oʻz koʻzi bilan koʻrishni istardi.

Oradan 8 soat, 12 soat, 24 soat … 36 soat oʻtdi. Nihoyat 38 soat deganda u ulkan beton boʻlagini surayotib oʻgʻlining ovozini eshitdi.

– Armand! – oʻgʻlini chaqirdi ota.

– Dada! Bu sizmi, dada! Qoʻrqmang, men tirikman. Kelishingizni bilardim. Men boshqa bolalarga ham, havotirga tushmanglar, dadam bizni qutqaradi, dedim. Axir siz menga “Nimaiki yuz bermasin men albatta yordamga yetib kelaman”, deb soʻz bergansizku, dada.

– U yerda nima boʻlyapti? Ahvolingiz qalay? – soʻradi ota oʻzini yigʻidan arang bosib.

– Oʻttiz uchta boladan 14 tamiz qoldik. Biz hammamiz ochmiz, issiqlab ketyapmiz, havo yetishmayapti, qoʻrqyapmiz, dada! Hammamiz sizni kutdik. Bino qulaganda biz devor chetiga turib oldik, u bizni qutqarib qoldi.

– Boʻlaqol oʻgʻlim, chiq tezroq, kutyapman, – dedi ota soʻnggi beton qoldigʻini surarkan.

– Yoʻq dada, avval boshqa bolalar chiqsin. Meni qutqarishingizga ishonaman. Nima yuz bermasin, siz bari bir yordamga kelasiz, – oʻgʻlining ovozida ishonch va fahr ohanglari jarangladi...

Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

14 Nov, 13:46


◉ 𝙊‘𝙯𝙗𝙚𝙠 𝙩𝙞𝙡𝙞𝙙𝙖𝙜𝙞 𝙚𝙣𝙜 foydali 𝙠𝙖𝙣𝙖𝙡𝙡𝙖𝙧𝙣𝙞 𝙨𝙞𝙯𝙜𝙖 𝙩𝙖𝙠𝙡𝙞𝙛 𝙚𝙩𝙖𝙢𝙞𝙯‼️

⎙ Katta kanallar:

🧠
@fikraat Fitratingizni rivojlantirish uchun FIKRAT kanali!

💡
@TgQiziqarliFaktlaruz Ajoyib faktlar va hayratlanarli bilimlar.

🧘‍♀️
@yordamchi_psixolog Sizning psixologiyangiz uchun kerakli maslahatlar.

⎙ O‘rtacha kanallar:

📜
@artefaktlar Tarixning siz bilmagan jumboqlari

📚
@Tarix_va_Tahlil  O‘z tarixi va bugungi kunga tahlillar!

⚙️
@Harbiy_texnik  Zamonaviy harbiy texnologiyalar haqida!

🌍
@Tarixi_dunyo  Dunyo tarixidan eng muhim voqealar!

📊
➺ @jahon_statistikalar statistikalar, raqamlar va faktlar olami

🧠
@Quyosh_odami Ibratli kitoblardan iqtiboslar o’qing va motivatsiya oling

⎙ Kichik kanallar:

@tahlilfronti  "Tahlil Fronti" – Ma'lumotga intiling, tahlilda ilg'or bo'ling.

🧠
@filosof_kundaligi  Falsafiy o‘ylangan kundalik mulohazalar.
---
🌎
@globalinfouz  Informatsion siyosiy maydon

📌 Eslatma: Taklif etilgan kanallar yuqori sifatli kontent bilan boyitilgan. Obuna bo‘lib o‘zingizga foyda oling!

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

14 Nov, 10:52


Kechagi kuni tug‘ruqxona hovlisida bir necha soat odamlarni kuzatdim.

Juda ko‘pchilik farzand ko‘rgan insonlar chaqaloqlarini tug‘ruqxonadan guldastalar, qimmatbaho mashinalarda, ertak qahramonlari bilan olib chiqib ketishyapti. Judayam quvonchli hol, havas qilsa arzigulik.

Nogahon bir chetda mung‘ayib o‘tirgan bir yoshi katta onaxonga ko‘zim tushdi. Sovuq qotgani bilinyapti. Onamda bu onaxon haqida so‘rasam ikki kundan beri shu yerdan qimirlamay o‘tirganini, ovqatlanganini deyarli ko‘rmaganini aytdi. Onam ovqat olib beraymi desa ko‘nmabdi. Ko‘chani ovqatini yemas ekan. Bu onaxon olib kelgan bemorni ahvoli yaxshi emasligi yuzidan ayon edi. Chaqaloqlarini bayram qilib olib chiqib ketayotganlarga mo‘ltirab qarab turibdi.

Shunda o‘zimga o‘zim xulosa qildim. Man farzandimni tug‘ruqxonadan bunday dabdaba bilan olib chiqmayman. Oddiygina qilib uyga olib ketaman va qancha xursandchilik bo‘lsa uyda nishonlaymiz Insha Alloh.

To‘g‘ri farzand Allohni eng buyuk ne’mati, qancha xursand bo‘lsak kam, ammo kasalxonada bir necha yillardan beri farzand kutayotganlar, yangi tug‘ilgan chaqalog‘idan ayrilgan onalar, yoki tug‘ilganidan onasiz yetim qolgan chaqaloqlar bo‘lishi mumkin.

Xullas, aytmoqchi bo‘lganim, bizni xursandchiligimiz kimlarnidir o‘ksinishiga, kamsitilishiga sabab bo‘lib qolmasin! Quvonchli kunlarimizni o‘z uyimizda oilamiz davrasida nishonlashdan ortiq baxt yo‘q manimcha. Baxtimizni hammaga ko‘z-ko‘z qilish esa yaxshi emas deb hisoblayman.

Admindan

Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

14 Nov, 07:31


Ikkinchi, uchinchi bor Umra ibodatiga hozirlik koʻrayotgan birodarim!
Atrofingizda Kaʼba bor. Uni yaxshilab tavof qiling!


Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

14 Nov, 04:31


— Million dollarsiz yashamoq mumkinmi?
— Mumkin.
— Yuz, oʻn, hatto bir dollaring boʻlmasa-chi?
— Yashamoq mumkin. Rizqni Tangri beradi. Kishining tirik yurishi uchun kunda bir kesim non kifoya. Ogʻir kunlarda odamlar shunday yashashgan. Odam nima uchun taomlanadi? Oʻlib qolmaslik, harakatdan toʻxtamaslik uchun. Buning uchun katta boylik shart emas.
— Shon-shuhratsiz yashamoq mumkinmi?
— Odamlar yashashyapti-ku? Nega mumkin emas ekan?
— Yuqori mansabsiz-chi?
— Odamlarning barchasi mansabdor emas-ku?
— Amaling boʻlmasa, boyliging boʻlmasa, shon-shuhrating boʻlmasa, toʻy-hashamlarda senga poygakdan joy tegadi.
— Demak, ular Odamni emas, amal va boylikni toʻyga chorlashgan ekan. Poygakda oʻtirishdan afsus chekmaslik kerak. Chunki oʻsha toʻrdagilar hademay poygakka tushadilar.
— Xoʻsh, boyliksiz, amalsiz, shuhratsiz yashamoq mumkin ekan. Nimasiz yashamoq mumkin emas?
— Iymonsiz. Iymon bilan yashayotgan kishi Allohning huzurida eng boy, eng shuhratli kishidir. Tangri huzuridagi dasturxon toʻri ham iymon egalariniki boʻladi. Dunyoviy boylik, mansab, shuhrat xiyonatkordirlar.

Iymon boyligi esa sadoqatlidir. Bu dunyoda tashvishli yoki quvonchli kunlarda ham yolgʻiz qoʻymaydi. U dunyoda esa oʻzingga koʻshk boʻlib xizmat qiladi.

Tohir Malikning “Mehmon tuygʻular” kitobidan

Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

14 Nov, 01:31


Adashsam nogoh yo‘limdan,
G‘am kelsa o‘ng-u so‘limdan.
Kelmasa hech ish qo‘limdan,
Menga tayanch bo‘lgan odam,
Dardim eshitguvchi otam.

Tushkunlikda yurganimda,
Goh alamga to‘lganimda.
Do‘stlarimdan kuyganimda,
Men suyangan bir odam,
Dardim eshitguvchi otam.

Xato ish qilsam men nogoh,
Birov dilin qilsam siyoh.
Tanbeh berib turar goh-goh,
To‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgan odam,
Dardim eshitguvchi otam.

Hayot sinovidan tolsam,
Do‘stga kerak bo‘lmay qolsam.
Shunda yoniga bir borsam,
Menga yupanch bo‘lgan odam,
Dardim eshitguvchi otam.

Kecha-kunduz ishlar tinmay,
Dam olish neligin bilmay.
Bizga berar o‘zi yemay,
Menga mehribon u odam,
Dardim eshitguvchi otam.

Otam bor ko‘nglim xotirjam,
Menga soya sololmas g‘am.
Hech kimdan men bo‘lmayman kam,
Kamlarim to‘ldirgan odam,
Dardim eshitguvchi otam.

Menga suyanch, tog‘ligiga,
Tan-u joni sog‘ligiga.
Shukr deyman borligiga,
Jannatlarga loyiq odam,
U mening mehribon otam.

Muallif: FIKRAT kanali admini Ulug‘bek Jamolidinov

Otalarimizga yuborib qo‘yamiz!

Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

13 Nov, 15:51


#kechki_mutolaa

Kunlarning birida sichqon ferma xo‘jayini qo‘ygan qopqonni ko‘rib qoldi. U bu haqda qo‘yga, tovuqqa hamda sigirga aytib berdi. Ammo ular: “Qopqon bizning muammoimiz emas. Biz uning nimasidan qo‘rqamiz? Uning bizga hech qanday aloqasi yo‘q”, deb javob qaytarishdi.

Kunlardan bir kun qopqonga ilon tushib qoldi va xo‘jayinning xotinini chaqib oldi. Xotinining tanasidan ilonning zahrini chiqarib tashlash va unga quvvat bo‘ladi, degan umidda fermer tovuqni so‘ydi-da, undan xotiniga tovuq sho‘rva tayyorlab berdi. Kasalmand xotinini ko‘rishga kelayotganlar oldida uyalib qolmasligi uchun qo‘yni so‘ydi hamda uning go‘shtidan turli taomlar tayyorlab, mehmonlarni kutib oldi. Ammo, afsuski, xotini vafot etdi. Marakani o‘tkazish uchun fermer sigirni ham so‘yishga majbur bo‘ldi.

Bu o‘tgan vaqt mobaynida vaziyatni o‘z uyasidan kuzatib turgan sichqon bo‘lib o‘tgan hodisalar haqida fikr yuritardi...

Qissadan hissa. Bu hayotda hech kim hech narsadan himoyalanmagan, shu sababli boshqaning muammosiga befarq bo‘lmaslik kerak.

Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

13 Nov, 14:50


Ibratli kitoblardan iqtiboslar o’qing va kitoblar haqida ma’lumot oling📚

•Mazmunli va motivatsion jumlalar
•Buyuk insonlardan iqtibos

Bizga a'zo bo'ling hamda biz bilan o’zingizni rivojlantiring!

Link - @Quyosh_odami

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

13 Nov, 11:01


Sezyapsizlarmi?

-Shaharda yashagach, qishloq havosini unutdik;
-Tez pishar mahsulotlar ko‘paygach, milliy taomlarni unutdik;
-mashinalar uyimizni oldigacha kelgach, piyoda yurishni unutdik;
-uyimizga televizor kelgach, kitob o‘qishni unutdik;
-atirlarni hidlab, gullarni hidini unutdik;
-kompyuter paydo bo‘lgach, kutubxonalarni unutdik;
-ijtimoiy tarmoqlar paydo bo‘lgach, yuzma-yuz ko‘rishishni unutdik;
-manfaat ustun bo‘lgach, oqibatni unutdik;
-pullarimiz ko‘paygach, xayr-ehsonni unutdik;
-ishlarimiz yurishib ketgach, ibodatni unutdik;
-bu dunyoni lazzatlari ortib borgani sari ohiratni unutdik

Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

13 Nov, 08:31


Idoramiz qulogʻi

Rahbar keti shirinmi,
Yoki sassiq oyogʻi!?
Ayt-chi, qani siringni,
Idoramiz qulogʻi!

Gap tashish ham bir sanʼat,
Oyning ham bor-ku dogʻi.
Barcha senga der laʼnat,
Idoramiz qulogʻi!

Sen borki, eʼzozdadir,
Rahbar echki-ulogʻi.
Turfa xil pardozdadir
Idoramiz qulogʻi!

Tez oʻsarsan, unarsan,
Boʻlmas sira soʻrogʻi.
Bunchalar zoʻr hunarsan,
Idoramiz qulogʻi!

Xonalarda izgʻiysan,
Goʻyo oʻlik arvohi.
Koʻzlari ham qirgʻiysan,
Idoramiz qulogʻi!

Kim qayda ovqat yedi,
Kimning nechta buzogʻi!?
Kotiba nima dedi,
Idoramiz qulogʻi!?

Kimning sochi oʻsibdi,
Kimning uzun tirnogʻi!?
Kimning joyi toʻzibdi,
Idoramiz qulogʻi!?

Kim qaytmadi yarim kech,
Kimning oʻchgan chirogʻi!?
Kim rozi boʻlmaydi hech,
Idoramiz qulogʻi!?

Turar senda bari jam -
Maʼlumotlar bulogʻi.
Boshliq bilan koʻr baham,
Idoramiz qulogʻi!

Boshliqdan ketdi amal,
Ne boʻladi buyogʻi?
Yangitdan qoʻyar tamal
Idoramiz qulogʻi!

Yangi rahbarga tezkor
Aniq avval bormogʻi.
Oʻzin etadi oshkor
Idoramiz qulogʻi!

Kattalarning nazdida
Xodimlarning oppogʻi.
Oʻzi nopok aslida
Idoramiz qulogʻi!!!

©️ Vafo Moʻmin

Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

13 Nov, 07:31


Beginner uchun ingliz tili darslari

Ingliz tilini o‘rganishni boshlashni xohlaysizmi, lekin qayerdan boshlashni bilmayapsizmi? Siz uchun Beginner darajadagi qulay va tushunarli darslarni taklif qilaman!

💡 Nega aynan men?

1️⃣Oddiy va tushunarli uslubda o‘rgataman.

2️⃣Har bir darsdan keyin foydali so‘zlar va iboralarni yodlaysiz.

3️⃣Suhbatlashish uchun real mavzularni qamrab olaman.

4️⃣IELTSgacha yo'lni 0 dan boshlaymiz

👍Individual yondashuv: har bir o‘rganuvchiga mos dastur

Har bir o'quvchi bilan alohida ishlash imkoniyati✔️

💬 Darslar kim uchun?

Ingliz tilini endi o‘rganishni boshlayotganlar va elementryga yetmaganlar uchun

Oyiga Atigi 80 ming42ming so'm

Darslar arzon narxda va qulay vaqtda o‘tkaziladi. O‘rganishni bugunoq boshlang!

📨Batafsil ma’lumot uchun yozing👇👇👇 [ @beginners_english_admin ]

Ingliz tilini o‘rganishni orzu qilib yurmang — o‘zingizni bugun rivojlantiring!

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

13 Nov, 06:21


Yuk

— Sobir, yomgʻir tinguncha biznikiga kirib tur.
    Maktabdan qaytishda oʻrtogʻining uyigacha kelishlari bilan jala quyib yubordi. Sobirning xayoliga yoʻl boʻyida turadigan onasining xonim aravasi keldi. Doʻstining qistoviga qaramay, uyga kirmadi. Kichik kelib qolgan poyafzali bilan oyogʻini yer tishlayotgandek sakrab-sakrab  koʻcha boshiga qarab chopib ketdi…

Arjumandbegim

Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

13 Nov, 05:01


#admindan

Kelinlar kasalxonada bo‘lganligi uchun bugun nonushtani o‘zim tayyorladim. Uyda dadam qora choy, onam ko‘k choy ichishadi. Man ozroq qo‘ygan ekanman. Bir choynak chiqadigan qaynatilgan suv bor edi. Shunda dadamdan “Dada ko‘k choyni avval damlaymi yoki qora choynimi?” deb so‘radim. Dadam esa “Ko‘k choy damlayvering birinchi, onangiz qora choy icholmaydi (dadam biz farzandlarini doim siz deb gapiradi)” dedi.

Bilasizmi nima... Shu bir og‘iz so‘zda ota-onamni 30 yil birga qanday umr kechirishgani namoyon bo‘ldi.

Hammaga ham turmush o‘rtog‘i bilan umrini oxirigacha birga yashash nasib qilsin.

Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

13 Nov, 01:30


#ibrat

Muhammad Gʻazzoliyning oldiga bir kishi kelib: “Namozni tark qilgan odamning hukmi nima?” deb soʻradi. U kishi: “Uning hukmi — yoningizga olib, masjidga boshlab borish”, deb javob berdilar.

Birovlar adashsa yoki gunoh-maʼsiyatga botib ketishsa, ularni malomat qilmasdan haq yoʻlga boshlaylik!

Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

12 Nov, 15:01


#kechki_mutolaa

Bismillah haqida

Taqiy Usmoniy “Zikr va fikr” kitobi muqaddimasida “Bismillah” sharhi haqida shunday deydilar:
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar:
“Allohning nomi bilan boshlanmagan ish chaladir”
Yana Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) shunday deydilar:
“Kishi ko‘chadan uyiga kelar ekan, shayton u bilan eshigi oldigacha birga keladi. Ammo kishi uyga qadam qo‘yishdan avval “Bismillahir rohmanir rohiym” (yana bir rivoyatda “Bismillahi xorojna, va ‘alallohi robbina tavakkalna”) desa shaytonning bu yerda nasibasi qolmay, ketib qoladi. Ovqatlanishda ham “Bismillah” bilan boshlansa, shayton ovqatga sherik bo‘lmaydi.”

Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

12 Nov, 12:50


Allohimga shukr. Bir o‘g‘il farzanddan so‘ng qiz farzand bilan siyladi. Eng qizig‘i ukam ham o‘g‘il farzandli bo‘ldi.

Bir kunda ham ota ham amaki bo‘ldim.
Shunday quvonchli kunlar barchaga nasib qilsin!

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

12 Nov, 11:01


Bir ayol psixolog huzuriga kelib, farzandi koʻp yolgʻon gapirishidan shikoyat qildi.

Shu payt ayolning telefoni jiringlab qoldi. U psixologdan xijolat boʻlib, shosha-pisha telefonni qulogʻiga tutdi-da, “Uzr, bozorda edim, keyinroq telefon qilarman” deb, uning ovozini oʻchirib qoʻydi.

Shunda psixolog: “Xamirturush aynigan ekan, xamir shuning uchun buzilgan”, dedi (onaning ahvoli shu boʻlsa, farzandidan nima kutish mumkin?).

Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

12 Nov, 07:31


Yaponiya. Mamlakat aholisini dahshatga solgan zilzila. Ushbu dahshatli zilziladan soʻng, qutqaruvchilar tirik qolganlarni qutqarish maqsadida vayron boʻlgan uylarni koʻzdan kechira boshladilar. Ular hali turmushga chiqqaniga ikki yil ham boʻlmagan yosh juvonning uyiga kirishdi. Ular vayron boʻlgan uyni koʻzdan kechirishar ekan, qulagan devor tirqishidan tanasining bir qismi koʻrinib yotgan ayolni koʻrib qolishdi. Qutqaruvchilar zudlik bilan oʻsha tomonga shoshilishdi. Afsuski, qulagan beton devordan atigi bir qoʻl sigʻadigan joy bor edi. Qutqaruvchilar rahbari teshikdan qarar ekan, ayolning yotgan holati uni taajjubga soldi. U xuddi sajda qilayotgan odamdek tizzasi bilan choʻkkala tushib, qoʻllarini oldinga choʻzib nimanidir himoya qilib yotgandek edi, goʻyo. Qulagan bino boʻlaklari uning bosh va bellarini qattiq jarohatlagan edi. Qutqaruv guruhi rahbari tirik qolgandir, degan umid bilan uning nafas olishini tekshirdi. Afsuski, ayolning tanasi allaqachon sovib boʻlgan edi…

Qutqaruv guruhi aʼzolari vayron boʻlgan boshqa uylarni ham koʻzdan kechirish maqsadida, ushbu xonadonni tark etar ekan, biroq guruh rahbari negadir ortiga qaytdi va ayolning jasadini amallab joyidan qimirlatdi. Ne koʻz bilan koʻrsinki, ayolning bagʻrida jajji bolakay yotardi. Bechora ona, bolasini himoya qilish uchun shu holda jon bergan ekan… U baqirgancha: “bu yoqqa kelinglar, bu yoqqa! Bu yerda bolakay bor ekan, bolakay”, derdi.
Qutqaruvchilar katta qiyinchilik bilan ayolning atrofidagi beton devorni parchalay boshladilar. Vanihoyat changga belangan oppoq matoga oʻralgan, ushbu toʻpollar orom uyqusini buzmagan 3 oylik shirin bolakayni qutqarib olishdi. Jajji chaqaloq esa qutqaruvchilar qoʻlida sokin uxlardi…
Bolakayni tekshirish uchun zudlik bilan yetib kelgan shifokor, tuproqqa belangan matoni ocharkan, mato ichida turgan telefon uni diqqatini tortdi. U telefon ekraniga yozilgan yozuvlarni oʻqib, koʻzidan shashqator yosh oqdi. Unda quyidagi soʻzlar yozilgan edi:

Bolajonim, agar omon qolgan boʻlsang, unutmaginki, men seni juda ham yaxshi koʻraman…onang…”.

Telefon qoʻldan-qoʻlga oʻtarkan, ekrandagi:

Bolajonim, agar omon qolgan boʻlsang, unutmaginki, men seni juda ham yaxshi koʻraman…onang…” degan yozuvni oʻqigan har bir qutqaruvchi, yum-yum yigʻlagancha, jasoratli ona muhabbati qarshisida taʼzim qildi…

©

Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

12 Nov, 06:31


🌟 @Kasbchi - Sizning Ish O'rningizni Toping! 🌟

Ish izlayapsizmi? 🎯 Yoki karyerangizni yangi bosqichga ko'tarmoqchimisiz? Bizning @Kasbchi telegram kanalimizga qo'shiling va eng so'nggi vakansiyalarni birinchi bo'lib oling!

👔 Nima uchun @Kasbchi ?

Eng yangi va ishonchli ish o'rinlari
Turli sohalar va darajadagi imkoniyatlar
Kar'era maslahatlari va foydali tavsiyalar
Interaktiv muloqot va ko'plab foydali resurslar
Sizni kutyapmiz! O'z imkoniyatlaringizni oshiring va yangi ish topishda yordam oling. 🎉

🔗 Hozirda qo'shiling: @Kasbchi

Ish izlash - bu bizning ishimiz!

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

12 Nov, 04:04


⚠️ Soʻzlashayotganda gaplarimizga diqqat qilaylik!

"Бўлди, ОК! Есть киламан" — demang!
“Insha Alloh!” — deb ayting!

"Вааауув даҳшат! Қойил!" — demang!
“Subhanalloh!” — deb ayting!

"Супер! Гап йўқ!" — demang!
“Masha Alloh!” — deb ayting!

"Чўткиман!" — demang!
“Alhamdulillah!” — deb ayting!

"Спасибочки, раҳмат" — demang!
“Rahmat, Jazakallohu xoyr” (Alloh sizni mukofotlasin) — deb ayting!

"А, давай, пока! Bye bye!" — demang!
“Allohning panohida boʻling! Koʻrishguncha!” — deb ayting!

“Салом, қалесан?” — demang!
  “Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh” (Sizga sogʻlik omonlik, Allohning rahmati va barakasi boʻlsin) — deb ayting!

Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

12 Nov, 01:25


#she’riyat

Odamlar bor, bosgan qadami hikmat,
Odamlar bor, aytgan har so‘zi illat.

Odamlar bor, vatan uchun jon berar,
Odamlar bor, pul uchun yurtdan kechar.

Odamlar bor, biror yaxshilik qilmas,
Odamlar bor, xizmatin minnat qilmas.

Odamlar bor, go‘yo farishtasifat,
Odamlar bor, hayvondir odamsifat.

Odamlar bor, onasin rozi qilar,
Odamlar bor, onasidan or qilar.

Odamlar bor, otam boy bo‘lsa deydi,
Odamlar bor, otam bor bo‘lsa deydi.

Odamlar bor, do‘stlarga jon fido der,
Odamlar bor, do‘stlarin boshini yer.

Odamlar bor, odam taftini olar,
Odamlar bor, boshingga kulfat solar.

Odamlar bor, o‘rnak olsang arziydi,
Odamlar bor, ko‘rsang yurak beziydi.

Odamlar bor, xiyonat yo‘lin tutar,
Odamlar bor, diyonat yo‘lin tutar.

Odamlar bor, qalbi pok toza vijdon,
Odamlar bor, unga begona iymon.

Odamlar bor, ezgulikning qalqoni,
Odamlar bor, shaytonlarning shaytoni.

Muallif: FIKRAT kanali admini Ulug‘bek Jamolidinov.

Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

11 Nov, 15:01


#kechki_mutolaa

Choʻponning duosi

Dunyoda hech yaxshilik qilmagan, doimo insonlarga ozor beradigan kishi vafot etibdi. Uning xotini janoza uchun qishloq ahlini chaqirsa, marhumning yodi uchun hech kim kelmabdi. Shunda ayol erini oʻzi kafanlab, bir aravaga solib, koʻmish uchun qishloq yaqinidagi toqqa olib ketibdi.

Togʻda qoʻylarni boqib yuruvchi bir choʻpon boʻlib, ayolning parishon holini koʻrib, undan hol soʻrabdi. Ayol boʻlgan voqealarni aytgach, yigit qabr qazib, janoza, duo oʻqib, marhumni dafn etibdi. Ayol qishloqqa qaytibdi.

Shu kechasi qishloq ahlidan bir necha kishining tushida ayon boʻlibdiki, kechagi marhum jannatiy boʻlibdi. Ertasi kuni qishloq faollari buning sababini bilish maqsadida marhumning uyida borishibdi. Uning ayolidan:

— Bilamizki, ering umri davomida bizga zulm qilib keldi, ozor berdi. Biron yaxshi ishini eslolmaymiz. Uning qanday fazilati bor ediki, Alloh unga jannatni nasib etibdi? – deb soʻrashibdi.

Ayol oʻylab-oʻylab, erining hayotidan biron fazilat topolmabdi. Ayoldan kecha nima boʻlganligini soʻrashibdi. Ayol borini soʻzlab beribdi. Shunda ular demak, gap choʻponda, u valiy zotlardan boʻlishi mumkin, deb oʻylashibdi-da toqqa yoʻl olishibdi. Qarashsa, yigit oddiy choʻpon, valiylik asoratlari koʻrinmaydi. Undan soʻrashibdi:

— Ey yigit, sen Allohning doʻstlaridanmisan? Sen kecha koʻmgan kishi jannatiy boʻlganini bizlar tushimizda koʻrdik. Kecha oʻzi nima boʻlgan edi?

— Men valiy emasman. Kecha men goʻr qazdim, marhumni dafn etdim. Janozasini oʻqidim. Soʻnggida duo qildim.

— Ha, nima deb duo qilganding?

Dedimki, Allohim, men umrim boʻyi shu togʻlarda choʻponlik qildim. Bu togʻlarga Sening salomingni aytib kelgan har bir musofirni mehmoning bilib, unga sut sogʻib berdim, goʻsht qovurdim. Endi, menam senga bir mehmon joʻnatyapman. Uni oʻzing yaxshi kutib olgin!

Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

11 Nov, 12:01


#tanqid

Yoʻlni kesib oʻtayotgan edi, mashina urib ketdi. Lekin, koʻpchilik mashinaga nima boʻlgani bilan ovora… Uni esa, hech kim oʻylamadi. Undan xabar ham olishmadi. U chekayotgan azob hech kimga qiziq emasdek goʻyo. Inson ixtiro qilgan mashinaga koʻrsatilayotgan marhamatni Alloh subhanahu va taolo yaratgan goʻzal jonivorga koʻrsatishmadi. Ming afsus!!!

Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

11 Nov, 06:20


Suv kabi boʻl!
Suv boshi uzra ogʻir yuklarni koʻtaradi, bagʻrida qimmatbaho xazinalarni saqlaydi, oʻlik yerga tushsa, uni tiriltiradi, qarshisidan xarsang toshlar chiqsa ham uni aylanib yoki oshib oʻtadi, unga tillo qadah xizmat qilsa ham, sopol idish xizmat qilsa ham farqi yoʻq — oʻzgarmaydi…

Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

11 Nov, 04:01


Siz ham boy boʻlishga haqlisiz!

Odamlar ko‘p pul topishning o‘zi moddiy farovonlikka olib chiqadi deb o‘ylaydi. Aslida, topilgan pulni saqlay bilish, to‘g‘ri boshqarish va ko‘paytirish muhimroq.

Bu ilm esa moliyaviy savodxonlik deyiladi. Ayni shu masalalar Foydali Moliya kanalida sodda tilda tushuntirib boriladi. Bir ko‘ring: foydali va sifatli kanal.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/+3mU7W-aOIJgyODc6
https://t.me/+3mU7W-aOIJgyODc6

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

11 Nov, 01:30


ZAKOT

- Bolam, har tong sogʻligingning zakotini berishni unutma!
- Sogʻlikning zakoti nima, bobo?
- Sogʻlikning zakoti bu, bemorlar haqqiga duo qilmogʻingdir, bolam.

–Alloh barcha bemorlarga komil shifo, qiyinchilikda qolganlarga yengillik bersin, Amin!

Abdulhodiy Yusuf

Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

10 Nov, 14:29


#kechki_mutolaa

Imom A’zam tijorat bilan shug‘ullanganlari, juda badavlat inson bo‘lganliklari ma’lum. Bu ulug‘ zot peshingacha talabalarga dars berar, peshindan keyin esa tijoriy ishlar bilan mashg‘ul bo‘lardilar. Bir kuni dars paytida masjid eshigidan kimdir ovoz berdi:
– Hazrat, kemangiz cho‘kib ketibdi (u zotning mol tashiydigan kemalari ham bo‘lgan)!
Imom A’zam bir onlik taradduddan keyin:
– Alhamdulillah, – dedilar.
Bir ozdan keyin yana boyagi odam yangi xabar keltirdi:
– Adashibmiz, hazrat, cho‘kkan kema boshqasiniki ekan.
Imom A’zam bunga ham boyagidek javob berdilar. Xabar keltirgan odam hayratda qoldi:
– Hazrat, kemangiz cho‘kkanini aytdik, «Alhamdulillah», dedingiz. Cho‘kkan kema sizniki emasligini eshitib ham, shu javobni berdingiz. Sababi nima?
Imom A’zam izoh berdilar:
– Kemamning cho‘kib ketganini eshitganimda qalbimga nazar tashladim. Dunyo molini yo‘qotish sababli ozgina bo‘lsa ham qayg‘uni ko‘rmadim. Buning uchun Alloh taologa hamd aytdim. Cho‘kkan kema meniki emasligini bilganimda ham shunday qildim; dunyo molini qo‘lga kiritish sababli zarracha quvonch yo‘q edi. Bu safar qalbimni dunyo matosiga hirs qo‘yishdan muhofaza qilgani uchun Alloh taologa hamd keltirdim, shukr aytdim.

Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

10 Nov, 11:01


Ayol shu rasmni tarmoqqa qoʻyib, quyidagicha yozibdi:
— Kimdir yurishni oʻrgatib qoʻyibdi, mana oqibat. 🙂

Bunga qaynonasi izoh yozibdi:
— Kimdir uy polini anchadan beri artmagan shekilli. 🙄

Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

10 Nov, 07:50


Laylaklar hech qachon keksa laylaklarga hujum qilmaydi.

Patlari qalin qargʻa oʻzidan zaif boʻlgan qargʻani sovuqdan himoyalaydi.

Fillar biror dushman hujumiga uchrasa, avvalo toʻdadagi keksa, kuchsiz va yarador fillarni xavfsiz joyga olib oʻtishadi...

Ajablanarlisi, ular yaxshi va yomonni ajratolmaydi. Ularda savob va gunoh degan tushuncha yoʻq. Ular bu ishlarni biror mukofot yoki eʼtirof uchun bajarmaydi. Ular hech qachon “hayvongarchilik qildim”, deb bir-biriga maqtanishmaydi...

Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

10 Nov, 07:12


Assalom alaykum hurmatli obunachilar.

Kanalimizga joylanayotgan postlardan bemalol foydalanishingiz mumkin! Kimnidir telegramm kanali bo‘lsa ham kanalingizga joylashingiz mumkin. Manbaasi bilan qo‘ysangiz xursand bo‘lamiz, ammo manbaasiz tashlasangiz ham qarshiligimiz yo‘q. Xohlaganingizcha foydalanavering, biz rozimiz.

Eng muhimi biz orqali yoki siz orqali, umuman kim bo‘lishidan qat’iy nazar postlardan kimdir manfaat topsa biz shunga xursandmiz. Ajrini faqat Allohdan umidvormiz.

Xullas xohlaganingiz foydalaning. Mehnatimiz uchun bizni duo qilib qo‘ysangiz bo‘ldi. Biz uchun eng muhimi shu aslida.

Hurmat bilan FIKRAT kanali admini.


Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

02 Nov, 12:31


Kishining aqli hur bo‘lmas ekan, uning yurti hurriyatga ega bo‘lolmaydi, erisholmaydi. Chunki zehnlardagi qullik vatanlardagi qullikdan ko‘ra xatarliroqdir.

©

Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

02 Nov, 08:00


Javobni e’lon qilamiz.

Javob: Fransiya bayrog‘i

Izoh: Ma’lumki, Ozodlik haykali fransuzlarning amerikaliklarga sovg‘asi bo‘lgan. Shu sababli parad vaqtida kemalarda Farnsiya bayrog‘ini balandga ko‘tarib, ilib qo‘yishgan.

To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz!

Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

02 Nov, 06:01


#viktorina_savol

Amerikadagi Ozodlik haykalini bilasiz. Uning ochilish marosimida harbiy parad bo‘lgan va dengizda salyutlar otilgan. Ko‘plab kemalarda esa yana bir davlat bayrog‘i ko‘tarilganini ko‘rish mumkin edi.

Savol: Qaysi davlat bayrog‘i?

Javobni komentariyada qoldirishingiz mumkin.
Javob 13-00 da e’lon qilinadi.


Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

02 Nov, 01:31


Mashaqqatli lahzalarda, ishing osonlashishini, mashaqqating arishini duo qilib so‘rab, yoningda turadigan — Onang.

Bemor bo‘lib turganingda, shifo so‘rab, dori ichirib, peshonangni silab, yoningda turadigan — Onang.

Yig‘layotganingda, ko‘z yoshlaringni artib, «Nega yig‘layapsan?” deb yoningda turadigan — Onang.

Ishing orqaga ketib, sen uchun jonini “fido” qilmoqchi bo‘lganlar yo‘qolib qolganda, yoningda turadigan — Onang.

Xursand bo‘lganingda, shodiligingdan sevinib, yuzida tabassum bilan yoningda turadigan — Onang.

Qo‘pollik bilan xafa qilsang ham darrov kechirib, «O‘z bolamdan xafa bo‘larmidim” deya bag‘riga bosadigan ham — Onang!!!

Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

01 Nov, 15:01


Farzandim Fotih bo‘lsin deganlarga!

Fotih Sulton Mehmet Xon bolaligida juda yaramas, to‘polonchi bir o‘quvchi edi.  Dars vaqtida qilgan to‘polonlari bilan ustozi Oqshamsiddinni jahlini chiqarar edi. Ustozi unga tanbeh bersa, darhol: "Men podshohning o‘g‘liman, hech narsa qilolmaysan", deyishdan ham toymasdi.

Oqshamsiddin podshohga shikoyat etishlikni adabsizlik hisoblab, holatni II-Murotga aytishdan tortinar edi. Ammo vaqt o‘tgani sayin kichik Mehmetning qiliqlari haddan oshib, chidab bo‘lmas holga keladi. Shundan keyin noiloj podshoh II-Murotning huzuriga chiqadi.

"Podshohim, sizga aytishim zarur bo‘lgan bir xususiy masala bor. Ammo aytishdan hayo qilmoqdaman".

Podshoh: "Marhamat! Hech tortinmasdan aytaver", deydi. Bu so‘z Oqshamsiddinni xotirjam etdi va hodisani anglata boshladi.

"Podshohim! O‘g‘lingiz – jigarporangiz juda to‘polonchi. Uning dastidan darsimni o‘tolmayapman. Qachon tanbeh bersam, darhol Sizni nomingiz bilan menga tahdid qiladi".

Podshoh bir oz sukut saqlaydi. Keyin Oqshamsiddinga yaqin kelib, bir narsalarni pichirlab tushuntiradi. Podshohning so‘zlaridan Oqshamsiddin sarosimaga tushadi.

"Bu qanday reja? Buni amalga oshirish mumkin emas!" Oqshamsiddin bu reja xususidagi xavotirlarini oshkor qilishiga qaramay, podshoh, "Bu ish bo‘ladi",  deydi.

Ertasi kuni Mehmet darsda yana to‘polonini boshlaydi. Ustozining tanbehiga odatdagidek, otasi bilan tahdid javobini beradi. Ayni shu payt to‘satdan eshik ochilib, podshoh ichkariga kiradi.

Bu holatdan g‘azablangan Oqshamsiddin podshohga qarab baqiradi. Bir tarsaki urib deydi: Hech kim dars vaqtida ichkariga bunday tarzda kirishi mumkin emas!
Izn so‘rab kirishi lozimligini aytib, tashqariga haydaydi. Podshoh mahjub shaklda bo‘ynini egib, uzr so‘raydi va tashqariga chiqadi.

Bu hodisa qarshisida Fotih Sulton tili kalimaga kelmay, nima qilishini bilmay qoladi. Ishongani – podshoh otasi ko‘z o‘ngida tarsaki yegan edi. Fotih Sulton Mehmetning ichki dunyosi ag‘dar-to‘ntar bo‘lgandi.

Birozdan so‘ng eshik taqillaydi va podshoh xijolatli holatda ichkariga uzr so‘rab kiradi. Reja ajoyib shaklda amalga oshgan edi.

O‘sha kundan so‘ng, Fotih Sulton Mehmet aslo yaramaslik qilmadi. Chunki ishongan tog‘lariga qor yog‘gan edi.

Ta’lim ne ekanini II-Murot darajasida bo‘lmasa ham, kamida o‘z farzandini yanglish yo‘llarga yo‘naltirmaslik qadar idrok etadigan ota-onalarga ehtiyojimiz bor.

Unutmaylik, bolalar erka, tantiq bo‘lib tug‘ilmaydilar. Ularni diplomli, mansabli, toparmon, ammo tarbiyasiz ota-onalar taltaytiradilar.

Shoolim Shomansur


Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

01 Nov, 11:01


Energetika vazirligining “Bu yil gaz va elektr tokidan muammo boʻlmaydi” deyishi bolaligimda onamning “Kelaver, urmayman” deyishiga oʻxshaydi...

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

01 Nov, 09:01


Ong san'ati kanali - Ongingizni rivojlantirish uchun!

Salom, aziz do'stlar! 🔺

Ong san'ati kanalimizga qo'shiling. Ong va aqlni rivojlantirish, manipulyatsiya , ruhiy salomatlik haqida qiziqarli va foydali ma'lumotlarga ega bo'ling.

Kanalimizda:

1️⃣Ongni boshqarish usullari

2️⃣Manipulyatsiya aslida nima va unga qarshi kurashish

3️⃣Stress va xavotirni yengish strategiyalari

4️⃣O'z-o'zini rivojlantirish uchun amaliy mashqlar va motivatsiya

Sizni qiziqtiradigan savollar bo'lsa, bemalol yozing🔻
Kanalimizda yangi postlar har hafta! 🔔

Qo'shilish uchun ✈️
https://t.me/Ongsanati

Ongingizni rivojlantirish va o'z hayotingizni yaxshilash uchun biz bilan birga bo'ling! 🌱

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

01 Nov, 08:01


📌 Javobni e’lon qilamiz!

💥 Javob: Tarixchilar

To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

01 Nov, 06:01


#viktorina_savol

Fransuz adibi Andre Moruadan bir do‘sti so‘radi:
-Qani ayt-chi, tarixni kim ko‘proq o‘zgartirgan? Sezarmi yoki Napaleon?
Morua shunday javob qiladi:
-Sivilizatsiya payda bo‘lgandan buyon tarixni eng ko‘p o‘zgartirgan .......... hisoblanadi.

Savol: Nuqtalar o‘rnidagi so‘zni toping?

Javoblarni komentariyada qoldiring! To‘g‘ri javob 13:00 da e’lon qilinadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

01 Nov, 01:31


🗓NOYABR

Qulog‘imga shivirlar havo:
- Sotib olgin o‘zingga po‘stin.

Maosh asta kuylaydi navo:
- Havo uncha sovuqmas, do‘stim.

© Bobur Bobomurod

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

01 Nov, 00:46


Kunlarning sayyidi Juma ayyomi muborak boʻlsin!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

31 Oct, 11:02


"Biz doriyu ukollar bilan tomirlaringizda kislorodni ko'paytirmoqqa urinamiz-u, siz uni tamaki chekib barbod qilasiz!" Beixtiyor sigaretni labiga qistirib, gugurt chaqdi: "Mana, hammayoq kislorod!"

© Erkin A'zam "Shovqin"

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

31 Oct, 08:31


Kelajakda “Nima uchun” degan savolga biz ham javob berolmasak kerak. Eng daxshatlisi barcha musulmonlar ohiratda qanday javob berishimiz qo‘rqinchli.

Falastin va Livan xalqiga Alloh yengillik bersin!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

25 Oct, 15:01


#kechki_mutolaa

Yuksak martaba

Anas ibn Molikdan, roziyallohu anhu:
“Janobi Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: 
— Qiyomat kuni martabalariga payg‘ambar va shahidlar ham havas qiladigan va Alloh dargohida nurli minbarlar ustidagi joylari bilan taniladigan kishilarning xabarini berayinmi? — deya marhamat qildilar. 
— Ular kimlar, yo Rasulalloh? — so‘rashdi ashob.
— Allohning qullarini Allohga va Alloh taoloni Uning qullariga sevdirish uchun intilgan va yer yuzida zimmalariga irshod vazifasi yuklangan odamlardir.
— Yo Rasulalloh! Allohni Allohning qullariga sevdirmoq tushunarli. Biroq Allohning qullarini Allohga sevdirish qanday bo‘ladi? — deb so‘radim. 
— Ularni Alloh sevgan narsalarga tashviq etishadi va Alloh yomon ko‘rgan narsalardan qaytarishadi. Ular bunga quloq osib, amal qilishsa, Alloh ularni sevadi, — deb marhamat qildilar Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam».

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

25 Oct, 11:01


#iqtibos

Rossiya Amerikani ogohlantiradi...
Amerika Eronni ogohlantiradi...
Eron Isroilni ogohlantiradi...
Isroil arablarni ogohlantiradi...
Arablar esa chekishdan ogohlantiradi, chunki u sog‘liqqa zararlidir.

© Ayman Yog‘iy

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

25 Oct, 08:01


📌Javobni e’lon qilamiz!

💥Javob: 12 ta

Izoh: Bu yerda gap oy nomlari haqida ketyapti.

To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

25 Oct, 06:01


#viktorina_savol

💬Sharqiy Sibir tomonlarda yashovchi evenk xalqida ULAR quyidagicha: 1. Yeg‘kadek. 2. Qadam. 3. Kiyik shoxlari o‘sishi. 4. Qarg‘alar. 5. Buzoqlar. 6. Yashillik. 7. Quyosh qizdirishi. 8. Kiyik shoxlarini tozalash. 9. Kiyik o‘yinlarining boshlanishi. 10. Suv muzlashi. 11. Chuqur qor. 12. Eng uzun.

Savol: Gap nima haqida ketyapti. Bizda ular soni nechta?

Javoblarni komentariyada qoldiring. Javob 13:00 da e’lon qilinadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

25 Oct, 01:31


Kishining ega boʻlganlarining ichida eng xayrlisi Allohni zikr qiluvchi til, unga shukr qiluvchi qalb va iymoni bilan yashashiga yordam beruvchi juftdir...

Juma muborak!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

24 Oct, 15:11


#kechki_mutolaa

Ona

Ikki-uch mahalla narida yashovchi qizi, kechki soat oltida yoningizga boraman, deb qoʻngʻiroq qilgan edi. Ammo hanuz darak yoʻq. Soat millari aytilgan vaqtdan ancha olislab ketdi. Ona bezovta boʻla boshladi.
Qiziga qoʻngʻiroq qilish uchun qoʻl telefoni raqamlarini terdi. Biroq allaqanday biyrongina qiz “hisobingizda mablagʻ yetar- li emas” deb javob berdi. Onaning hafsalasi pir boʻldi. Oʻgʻli, kelini nevaralarni ham qoʻltiqlab uch kunlik sayohatga ketish- gan. Uyda oʻzidan boshqa hech kim yoʻq.
“Qizim odatda aytgan vaqtida kelardi, − oʻyladi ona, − bu gal negadir kechikdi. Yo biror kor-hol yuz berdimikan?”
Ona oʻz xayollaridan oʻzi vahimaga tushib koʻchaga otilib chiqdi. Darvozani apil-tapil qulflab, avtobus kutishga ham toqat qil- may, uch-toʻrt chaqirim naridagi mahalla tomon, qizinikiga yoʻl oldi.
Atrof allaqachon qorongʻilikka burkangan. Kech kuzning muzdek shamoli etni junjiktiradi. Qizi oʻz darvozasi yonida bezovta, jonsarak bir alfozda turgan ekan.
− Oyi-i, − dedi u onasini koʻrgan zahotiyoq sergaklanib, − nima qilib yuribsiz kechki payt, tinchlikmi?
− Oʻzingda tinchlikmi, vaʼda berib bormading-ku, xavotirlandim...
− E-e, − norizo qoʻl siltadi qizi, − Sevarani kutib oʻtiribman, qizim soat beshdan kech qolmas edi, oʻqishi ham bor boʻlsin-da, rosa xavotirga qoʻydi...

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

24 Oct, 11:01


‼️​​Millat kelajagini falaj qilayotgan — mobil oʻyinlar

🔴 Kecha biz bolamizga yigʻlamasligi uchun qoʻliga smartfon tutqazdik. Tushundikki, onasidan koʻra yaxshiroq ovunchoq vazifasini bajaryapti!
🔴 Maktabga chiqa boshlagach oʻrtoqlaridan kam boʻlmasin deb qimmat telefon olib berdik.
🔴 Dasturxon atrofida oʻqish, bilim, kelajak haqidagi suhbatlardan koʻra, internetdagi yengil yengil xabarlarni hayajon bilan soʻzlashib oʻtiramiz;
🔴 Bolamizning miyasini falaj qilayotgan telefonni olib berish uchun zoʻr berib ertayu kech, tinmay ishlaydi bechora ota!
🔴 Soddada nima qilsin, shu telefon oʻyinlarning ortida turganlar bolasini boshqarayotganini qaydan ham biladi;
🔴 Millatni kelejagini maʼnaviy oʻldirishni maqsad qilganlarning tuzogʻidaligini bilib oʻtiribdimi?
🔴 Farzandi har kuni telefonda “maʼnaviy ogʻu” istemol qilayotgani va eng achinarlisi bunga oʻrganib qolganinichi;
🔴 Qani endi, ovutish uchun ancha yillar oldin tutqazgan telefonini olib koʻringchi
🔴 Telefonidagi oʻyinlarni oʻchirib koʻringchi
🔴 Farzandingizni qayerda yuqotib qoʻyganingizni tushunasiz shunda!
🔴 Qoʻrqmang, havotirga ne xojat, farzandingiz yoningizda albatta! ammo ruhiyati, fikrlari, tasavvuri yoningizdami?
🔴 Millat yoshlarini falaj qilayotgan mobil oʻyinlardan bugun farzandlarimizni qutqarmas ekanmiz, ertangi kun haqida koʻpirib gapirishdan foyda yoʻq

©Muallim...

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

24 Oct, 08:01


📌 Javobni e’lon qilamiz!

💥Javob: Fauna.

To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

24 Oct, 06:01


#viktorina_savol

Qadimgi Rimda o‘rmon, dalalar va ulardagi hayvon podalarning ilohasi shunday atalgan. BU SO‘Z keyinchalik Karl Linney tomonidan biologiyada ishlatilgan.

Savol: BU SO‘ZNI toping.


Javoblarni komentariyada qoldiring. Javob 13:00 da e’lon qilinadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

24 Oct, 03:51


Ey ayol...

Eringga g‘azab qilishdan oldin tanasidan qancha ter oqqanini bil...

Eringga g‘azab qilishdan oldin ko‘zidagi charchoqqa boq...

U ham charchashini, u ham ojiz inson ekanini unutma...

Ehtimol biror joyi og‘risa ham, oilam nochor qolmasin deb aytmas...

Ehtimol alamga to‘lib ketganda, senga ko‘z yoshlarini ko‘rsatmaslik uchun ham chidashga majbur bo‘layotgandir...

Hayot beshavqat, ertadan-kechgacha shu beshavqat hayot bilan kurashib uyga qaytgan vaqt, doim yonida ekaningni his qilsin...

Oilasida nimadir kamchilik bo‘lib, olib berolmayotgan bo‘lsa, ishon qalbida isyon olovi yonmoqda. Sen esa ushbu kamchiliklarni eslatib olovga moy sepma, aksincha o‘t o‘chiruvchi bo‘l.

Erkak kishini yig‘laganini ko‘rmasligingiz mumkin, ammo ertalab turganda yostig‘iga bir nazar soling. Balki nam bo‘lgandir... Ko‘z yoshdan....

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

24 Oct, 01:31


Minnatdor bo'ling.
Agar biz hayotning kichik kundalik quvonchlarini sezsak, baxt biz uchun doimo mavjud. Baxtning siri shukronalikdir. Boshingizda qorong'u fikrlar paydo bo'lganda, odamlardan yoki hayotdan ko'nglingiz qolsa, minnatdorchilik jurnalini yuritishni boshlang. Hayotingizdagi barcha kichik quvonchlarni yozing. Bir piyola choy, iliq karavot, bola tabassumi, oilangiz, shokolad ta'mi.


📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

23 Oct, 15:01


#kechki_mutolaa

Menga ishonasizmi?

Sevimli Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, Safo tepaligiga chiqdilar va ulkan qoya ustidan turib:
— Ey Abdul Muttalib o'g'illari, ey Fihra o'g'illari, ey Zuhra o'g'illari, — deya qabila ulug‘larini ismlari bilan chaqirib barcha qarindoshlarini bir joyga to‘pladilar va ularga shunday xitob qildilar: 
— Ey Quraysh jamoasi! Men sizga shu tog'ning etagida dushman otliqlari bor!  Hozir ustingizga bostirib keladi. Mollaringizni talaydi, desam, ishonasizmi? 
 Hammalari baravariga:
— Ha, ishonamiz. Chunki  hozirgacha sendan yolg‘on gap eshitmadik,  —dedilar. 
— Unday bo‘lsa, eshitinglar: oldingizda shiddatli bir azob kuni borligini, Allohga ishonmaganlar o‘sha kunda buyuk azobga duchor bo‘lishlarining xabarini beraman. Sizni shunday azobdan ogohlantirmoq uchun yuborildim, — deb marhamat qildilar Rasuli Akram, sollallohu alayhi va sallam.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

23 Oct, 11:01


Goʻzallar yomgʻirdan qoʻrqisharkan. Chunki yomgʻir yuzdagi pardozni yuvib tabiiy yuzni koʻrsatarkan.

Goʻzalim Vatanim! Seni yomgʻirdan keyin ham sevaveraman!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

23 Oct, 07:31


✍️Ajdodlari buyukligini tarannum etaveradigan millat bilan, kelajak avlod buyukligi yoʻlida tinimsiz mehnat qiladigan millat oʻrtasi, yer bilan osmon qadardir.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

23 Oct, 07:01


📌 Javobni e’lon qilamiz!

💥 Javob: Chunki ayol hali tirik.

To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

23 Oct, 05:01


#qiziqarli_savol

Nega AQSh da yashovchi ayolni Kanadada dafn etish mumkin emas?

Javoblarni komentariyada qoldiring. Javob 12:00 da e’lon qilinadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

23 Oct, 01:31


Hayotdagi kulgili uch bosqich:

1️⃣. Oʻsmirlik...
Vaqting bor, kuch-quvvating bor, lekin qoʻlingda mablagʻ yoʻq.
2️⃣. Yetuklik...
Mablagʻing bor, kuch-quvvating bor, lekin vaqt yoʻq.
3️⃣. Qarilik...
Mablagʻ ham bor, vaqt ham bor, lekin kuch-quvvating yoʻq.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ

𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓

22 Oct, 15:31


#kechki_mutolaa

Onaning kundaligidan...
(barcha farzandlar oʻqisin)


Jonim bolam! Shunday payt keladiki, men qariyman. Oʻshanda sabrli boʻl va meni tushunishga harakat qil...

Agar yeyotgan ovqatimni bexosdan toʻkib qoʻysam, kiyimlarimni sening yordamingsiz egnimga kiyolmasam, “yosh boladan ham battar” deb ogʻrinma. Sen shunday qilsang, yuragim ogʻrisa ham mayus jilmayib eslayman: kichikligingda sen ham shunday eding, bularni oʻrgatayotganimda qancha vaqtim ketayotganini hatto hayolimga ham keltirmaganman. Chunki ... axir sen uchun vaqt nima boʻpti, jonimni ham ayamayman. Xuddi hozirgiday...

Agar sen bilan suhbatlashib oʻtirganimizda, bitta gapni ming marta takrorlasam, ezmalikda ayblama, meni eshit. Kichkinaligingda uxlashing uchun bitta ertakni ming martalab oʻqib berishimga toʻgʻri kelardi, xar gal jon deb tinglarding. Mening hayot ertagim oxirlab boryapti, qachondir nadomatda qolmasligingni xohlayman, shuning uchun hozircha meni eshit...

Roʻzgʻordagi yangicha buyumlarga tushunmasam, aybga buyurma, tushunib olishimga biroz vaqt ber. Axir senga toʻgʻri yeyish, chiroyli kiyinish, hayot tashvishlariga qarshi qanday kurashishlarni oʻrgata olgandim, buni xam eplay olishimga ishonaman. Shundan koʻnglim toʻq, axir sen yonimdasan...

Agar qachondir nimanidir esdan chiqarib qoʻysam yoki suxbatlashib oʻtirib, nima demoqchiligim esimdan chiqib qolsa, koyima. Agar eslolmasam, qaygʻurma. Axir eng asosiysi, gapirayotganim emas, sen bilan birgaligim... Yodingdami, kichikligingda mendan bir zum ham nari ketishni istamasding...

Agar xorigan oyoqlarim menga xizmat qilishdan, suyanch boʻlishdan bosh tortsa, qoʻllaringni uzat. Xuddi qachonlardir ilk qadamlaringni tashlayotganingda senga qoʻllarimni uzatganim kabi...

Qariyotganimga qarab xafa boʻlma, oʻzingni ojiz his qilma. Yonimda boʻl, meni tushunishga va menga yordam berishga harakat qil. Xuddi qachondir endigina hayotingni boshlaganingda men senga yordamlashganim kabi...

Menga yashashda davom etishimda, hayot yoʻlim yakuniga mehr-muhabbat va toqat bilan yetishimda yordam ber. Buning uchun seni tabassumim, hech qachon soʻnmagan, oxiri yoʻq mehrim bilan taqdirlayman...

Seni yaxshi koʻraman, jonim bolam!...

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ