Korrupsiya – ijtimoiy-siyosiy vayronkor kuch bo'lib, uning oqibatida milliy iqtisodiyotga putur yetishi, ijtimoiy tengsizlik chuqurlashishi, jamiyatimizda ma’naviyat izdan chiqishi mumkin. Institutimiz faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, bunday ko'ngilsiz holatlarni oldini olish va bartaraf etish borasida muhim ishlar qilinmoqda.
Oliygohimizning Korrupsiyaga qarshi kurashish, komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi xodimlarini bugungi sana bilan samimiy qutlab, kelgusidagi mas'uliyatli ishlarida omad va zafarlar tilayman!
Hurmat bilan Farg'ona politexnika instituti rektori O'.R.Salomov