FENOMEN 🌐 @fenomen_123 Channel on Telegram

FENOMEN 🌐

@fenomen_123


Ushbu kanalda siz:
1) Qiziqarli faktlar 💥
2) Mualliflik savollari 💯
3) Svoya Igra 👤 @S_svoyaklari
kabi ma'lumotlar bn tanishasiz.
Murojaat va takliflar uchun: @Mr_Adam_123
Arzimas mehnatimizni qo'llab quvvatlash uchun https://tirikchilik.uz/fenomen 👈

FENOMEN 🌐 (Turkish)

FENOMEN 🌐 kanalı, fenomenlerin dünyasına açılan kapı! Bu kanal, fenomen fenomen arayanlar için ideal bir durak. Eğlenceli videolar, ilginç görseller, güncel fenomen analizleri ve daha fazlası burada seni bekliyor. Sosyal medyanın nabzını tutan, popüler kültürü yakından takip eden bir toplulukla bir araya gelmek istiyorsan, @"fenomen_123" kanalına bir göz atmalısın. Fenomen olmanın sırlarını keşfet, en yeni trendleri öğren ve fenomen dünyasının renkli atmosferine adım at. Unutma, FENOMEN 🌐 seni bekliyor!

FENOMEN 🌐

21 Feb, 13:58


#Etimologiya

Shovot tumani – Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan.

Shovot tumani toponomikasining kelib chiqishi tarixi aniq. u Xorazm viloyatidagi Shovot kanalining nomidan olingan. Anushaxon 1681-1682 yillarda Xonqa qal’asidan 7-8 kilometr yuqoridan Amudaryodan oqib keladigan 160 kmlik kanal qazdiradi. Aholi unga Shoh obod kanali deb nom beradi. Shovotlik ijodkor Bahrom Roʻzimuhammadning fikriga koʻra Shovot atamasi Samarqand viloyatidagi ayrim hududlarda suvga tushmoq degan maʼnoda ishlatiladi deydi. Shovot soʻzi Shohobod soʻzining mahalliy shevadagi talaffuzi oqibatida paydo boʻlgan. Tuman nomi Shohobod kanali va Shohobod qal’asi nomi bilan bogʻliq. S.Qorayevning fikriga koʻra Shohobod kanali dastlab Purfayz yaʼni serfayz deb atalgan.

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

20 Feb, 17:41


Kecha Khusanov bugun esa Shomurodov...

FENOMEN 🌐

20 Feb, 07:31


Ispancha uyat - boshqa odamning uyatli harakatlarini kuzatishdan uyalish hissi. Oddiy sharmandalikdan farqli oʻlaroq, biror bir noqulay hodisaning aynan ishtirokchisi boʻlmasdan, balki oʻzini boshqa odam duch kelgan noqulay vaziyatning guvohi yaʼni tinglovchisi yoki tomoshabini sifatida ishtirok etish bilan yuzaga keladigan hissiyot. Ushbu his-tuygʻularni ijtimoiy deb qabul qilish ham mumkin. Bundan tashqari, bir qator mutaxassislarning fikrlariga koʻra, ular maʼlum bir ijtimoiy va madaniy jihatdan maqbul xatti-harakatlarga rioya qilish uchun motivatsiya sifatida qaralishi mumkin.

Ispancha uyalish koʻpincha boshqa odamning baxtsizligi, xoʻrlanishi yoki sharmandaligidan zavqlanish yoki qoniqish hissi hisoblangan Schadenfreude ( Ichiqoralik – birovning dard-alami, baxtsizligidan sevinish hissi) ning teskarisi sifatida qaraladi.

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

19 Feb, 18:49


Koʻpchilik kutgan oʻyinga oz qoldi...

FENOMEN 🌐

19 Feb, 12:15


Qora turk karami yoki skorsonera vitamin va minerallarga boy bo‘lib, shifokorlar uni ortiqcha vazn, qandli diabet, gripp va vitamin tanqisligi va kamqonlikka qarshi kurashda iste’mol qilishni tavsiya etadilar.

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

18 Feb, 09:50


🍅🍅🍅🍅🍅🍅🍅🍅🍅🍅

Pomidorlarning barcha turlarida miyyadagi yallig'lanish bilan kurashishga yordam beradigan antioksidant bo'lgan likopen mavjud.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, likopen Altsgeymer kasalligining boshlanishi va rivojlanishini kechiktiradi, shuningdek, shikastlangan hujayralarni tiklaydi.


FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

17 Feb, 07:16


Kech uxlash yurak xuruji va insult xavfini oshiradi.

Olimlar uyqu vaqti, yurak xuruji va insult o'rtasidagi bog'liqlikni aniqladilar. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, har kuni soat 22:00 dan 23:00 gacha uxlaydigan odamlarda yurak bilan boğliq muammolar kamroq uchraydi. Yarim tundan keyin uxlaydigan odamlarda yurak xastaliklari xavfi 25 foizga oshadi.


FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

16 Feb, 13:24


Mashhur o'rta asr rivoyatiga ishlangan karikatura: bir zodagon kelajakda qiladigan gunohini kechirish uchun Dominikalik rohib Iogan Tetzeldan indulgensiya sotib oladi.

Tetzel to'lovni hoziroq to'lash sharti bilan unga indulgensiya sotadi. To'lovni to'lagandan so'ng, zodagon rohibni kaltaklab, bor-budini shilib oladi va bu o'sha kelajakda qilmoqchi bo'lgan gunohi ekanligini aytadi:)

👉 Indulgensiya - gunohlarni (o'tmish va kelajakdagi) to'lov evaziga avf qilish xati!

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

16 Feb, 12:54


Uzbekistan- Indoneziya

3:1 hozirchalik

Urinboyev. M ⚽️
Haydarov.A ⚽️
Saidnurullayev. S ⚽️

FENOMEN 🌐

16 Feb, 11:54


Yana Oʻrinboyev bilan boshlandi va xursandchilikka ulgurmasizmizdan tenglashdi
1:1 ⚽️

FENOMEN 🌐

15 Feb, 15:59


Bellingem xotirasi uchun 1 daqiqalik sukut....

FENOMEN 🌐

15 Feb, 13:00


Mol tilini iste'mol qilish sochlaringizga yorqinlik va kuch beradi. Chunki u B vitaminlari va sink manbaidir! Shu bilan birga, molning tili qon ishlab chiqarishni oshiradi.

Ateroskleroz, jigar, o't pufagi, pankreatit yoki oshqozon-ichak kasalliklari bo'lgan odamlarga tavsiya etilmaydi.


FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

14 Feb, 11:43


MARMOSETTA — dunyodagi eng kichik maymun, tana uzunligi taxminan 12 sm.

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

13 Feb, 11:10


Hayriyatee degan oʻyin boʻldi
3 ochko bor U20 da ⚽️

FENOMEN 🌐

13 Feb, 09:44


Oʻrinboyev bilan boshlandi gollarimiz ⚽️ 1-0

FENOMEN 🌐

13 Feb, 05:13


Statistikalarga ko'ra stressni kamaytiradigan mashg'ulotlar:

1. Kitob o'qish - 68%
2. Musiqa eshitish - 62%
3. Qahva ichish - 54%
4. Piyoda sayr qilish - 42%
5. O'yin o'ynash - 21%

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

12 Feb, 09:23


https://www.youtube.com/live/52uBTW9cZrQ?si=MSbzUXTzc5MqEtJZ

Akalarni shijoatini koʻrib odamni hayotga boʻlgan muhabbati ortadi

FENOMEN 🌐

11 Feb, 19:56


Hali uzoq vaqtlar koʻpchilik yodga olib yuradigan uchrashuvlardan biri boshlanmoqda...

FENOMEN 🌐

11 Feb, 10:42


KATTA SHAXZODA

Mikoil Adiguzelning "Katta Shahzoda" asari mashhur "Kichkina Shahzoda" qahramonining ulg‘ayganidan keyingi falsafiy hikoyasidir. Kitob orqali muallif bugungi ijtimoiy va insonga xos evrilishlarga chuqur oyna tutadi. Bolalikning sof tuyg‘ularini saqlash, o‘zgarmas qadriyatlarni izlash va insoniyatning mazmunli hayot yo‘lini topish kabi dolzarb savollarga javob qidiriladi.

Bu asar nafaqat falsafiy chuqurlik, balki hayotga o‘zgacha nigoh beradigan hikmatlarga boy. "Katta Shahzoda" o‘z-o‘zimizga berishimiz kerak bo‘lgan savollar bilan to‘ldirilgan, har bir o‘quvchini ichki o‘zgarishlar sari yetaklaydi.

Kitob bolalik sofligini saqlash va ulg‘aygan sari yo‘qolib borayotgan qadriyatlar haqida o‘ylaydigan har bir inson uchun muhim manba bo‘lishi mumkin.

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

11 Feb, 08:25


FENOMEN 🌐 pinned «FENOMENDA YANVAR OYIGACHA BO'LGAN 🌐 MUNDARIJA:📜 1. Fobiyalar🫣 2. #chellenj1000 Izquvar Puaro📓 3. Xeys kodeksi 4. Mansaf🥘 5. Minsk 6. Alirizo Fag‘oniy 🏃‍➡️ 7. Imom Rizo 8. Xatti Boburiy 9. Bahouddin Naqshband 10. Aymen Hussein Ghadban al-Mafriaji 11. Rahmat…»

FENOMEN 🌐

11 Feb, 08:25


FENOMENDA YANVAR OYIGACHA BO'LGAN 🌐
MUNDARIJA:📜

1. Fobiyalar🫣
2. #chellenj1000 Izquvar Puaro📓
3. Xeys kodeksi
4. Mansaf🥘
5. Minsk
6. Alirizo Fag‘oniy 🏃‍➡️
7. Imom Rizo
8. Xatti Boburiy
9. Bahouddin Naqshband
10. Aymen Hussein Ghadban al-Mafriaji
11. Rahmat Fayziy👨‍🏫
12. Miduey jangi
13. Robin MakLorin Uilyams🧔‍♂
14. Dengiz sigirlari🐮
15. Nikolay Vasilyevich Gogol 👨‍💼
16. Xayao Miyazaki🧓
17.Gulsanam Mamazoitova👱‍♀
18. Yunus Rajabiy👴
19. Talabalar kuni 🧑‍🎓👩‍🎓
20. Monopoliya
21. Bayroq 🇺🇿
22. Iboralar
23. Oksana Aleksandrovna Chusovitina 🏃‍♀
24. Kommuna
25. Kartina 🖼
26. Palov indeksi 🥘
27. Lazgi 💃
28. Lezginka 💃
29. Jeopardy
30. Mirhalil Maxmudov🧔‍♂
31. Setora guruhi💃💃💃
32. ÓZBEK "ROBIN GUDI"
33. Sharq Napalyoni yoxud Laqaylik Robin Gud
34. Rodion Romanovich Raskolnikov 🪓🔪
35. Jinoyat va jazo
36. Godoni kutib
37. Âşık Veysel Şatıroğlu
38. ÓZBEK KINOLARI HAQIDA
39. Jim Kerri 👱‍♂
40. Illyuziya
41. Madhiya 🎶
42. Inson huquqlari kuni
42. Hiyla-22
43. Mexmed Bozdağ 🧔‍♂
44. Tigran Petrasyan
45. #chellenj1000 6-qadam. Qòrqma 🫣
46. Sizif
47. Mark Tven👨‍🦱
48. Tòlqin Tojiyev👴
49. Ferdinand de Saussure🧔‍♂
50. Ibora
51. Illyuminator
52. Sami Naseri👨
53. Vitraj
54. Kitob tumani
55. Fermobil darasi
56. Zimbabve
57. Limpopo
58. Fotih Duman👨
59. Ada Lavleys 👩‍🦱
60. Pochtachi kabutarlar
61. Sherami
62. Meduza Gorgona🧟‍♀
63. Balisong🔪
63. Eyfel
64. #chellenj1000. 7-qadam
65. Jeyn Osten 👵
66. Asarlar
67. Donald Tramp
68. Operatsiya 💉🩻
69. Yangi yil🥳🥳🥳


Ushbu ma'lumotlar sizga foydali bo'lgan bo'lsa albatta o'z yaqinlaringiz bilan ham ulashishni unutmang ☕️

Zero ilm ulashish har birimiz uchun farzdir 🙂

Boshqa Oy Mundarijalari bilan Pinda tanishishingiz mumkin 📌

FENOMEN 🌐

FENOMEN 🌐

11 Feb, 06:49


Ayollar - iqtisodchilar!

Massachusets texnologiya instituti iqtisodchisi Ester Dyuflon ajoyib bir kichik tajriba o'tkazadi. Davlatda erkaklar va ayollar an'anaga muvofiq har xil ekinlar yetishtiradilar. Ba'zi yillar erkaklar yaxshi hosil olsa ba'zi yillarda ayollar yaxshi hosil oladi.
Ester Dyuflon aniqlashicha erkaklar yaxshi hosil olgan va pullari ko'p bo'lgan yillari oila hayotida o'zgarish katta bo'lmagan. Ular alkagol, tamaki va boshqa narsalarga pullarini sarf qilgan. Ayollar katta hosil olgan yili esa oila uchun, oziq ovqat uchun ko'proq pul sarflashgan va o'zgarish nisbatan yaxshiroq bo'lgan.


Qisqa qilib aytganda ilon bor joyda boylik bòladi, degan gap bor😁

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

10 Feb, 17:08


Shaxsiy oʻyin savollari kanalimizda soʻnggi tuzgan savollarimiz joylandi.

FENOMEN 🌐

10 Feb, 10:37


28 yoshli Jenni Jozef 1992-yilda Columbia Pictures logotipi uchun suratga tushmoqda.

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

09 Feb, 16:46


Tarixdagi eng chiroyli avtomobil

Mercedes-Benz 300SL avtomobili ikkinchi jahon urushidan so'ng Nyu-York avtosalonida namoyish etilgan ilk sport mashinadir. Avtomobil 1957-yilgacha 1400 nusxada ishlab chiqarilgan. Nemis brendi rahbariyatiga bunday mashina ishlab chiqarishni Amerikalik hashamatli avtomobillar sotuvchisi Maks Xofman taklifini bergan. Shu kungacha ushbu avtomobil eng hashamatli va chiroyli avtomobillar qatorida yuqori pog'onani egallab kelyapti.

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

08 Feb, 20:05


Bugun oʻyin durang boʻlib qolsa Barselona uchun imkoniyat oshadi ♻️

Atletiko Madrid avtobus bilan birgalikda qarshi hujumdan gol urib hisobni saqlab gʻalaba qozona olsa 1-oʻringa chiqib oladi 🔝

Real Madrid esa bugun oʻz uyida raqib himoyasini yorib oʻtib Atletikoni koʻmib yuborish uchun oʻynaydi ⚽️

FENOMEN 🌐

08 Feb, 13:39


Oʻzbek oʻgʻloni A.Khusanov goli bilan Manchester City hisobni tenglashtirib oldi 🔥

FENOMEN 🌐

08 Feb, 12:35


Oʻtaa goʻzal gol urdi Leyton Orient

FENOMEN 🌐

08 Feb, 11:19


🐝 Ari chaqishi organizmni kuchli antibiotik bilan ta'minlashdan tashqari, artritda og'riqni ham kamaytiradi.

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

07 Feb, 13:43


Qalampirning “Ajdaho nafasi” deb atalgan turi shu qadar achchiqki, uning oz miqdori ham bir necha soatlab og‘zingizni suvga aylantiradi. To'liq iste'mol qilinsa, u anafilaktik shok va nafas olishni to'xtatishga olib kelishi mumkin ...

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

06 Feb, 12:48


“Qamchi bola” kasbini eshitganmisiz?

XV-XVI-asrlarda Angliyada qamchi bola lavozimi bor edi. Unga ko‘ra Ilohiy huquq bilan himoyalangan yosh taxt vorisi ham ayb qilardi, ta‘limda erkalik qilar yoki ta‘qiqlangan ishlarni qilib qo‘yardi. Shunday vaqtda yosh shahzoda uchun mo'ljallangan barcha jazolarni o'z zimmasiga olgan bola - "qamchi bola" deb atalgan.

Shahzodani jazolash mumkin emas edi. Lekin bo‘lajak hukmdor sifatida uni jazosiz ham qoldirib bo‘lmasdi. Qamchi bola ham odatda olijanob qon va nasab farzandi bo‘lar edi. Qonun bo‘yicha shahzodaga nima jazo berilishi mumkin bo‘lsa, barini qamchi bolada qo‘llashardi.

Jazo ta'sir qilishi uchun bo'lajak podshoh qamchi bolaga kuchli hamdard bo'lishi kerak edi. Shuning uchun ular ko'p vaqtlarini birga o'tkazishdi, birga o'qishdi va birga o'ynashdi. O'rnatilgan mustahkam do'stona munosabatlar shahzodaga o'z do'stini ya‘ni qamchi bolani ozorlanishiga imkon bermasdi. Buning uchun esa o‘zi jinoyat qilmasligi kerak edi.

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

04 Feb, 14:31


Ma'lum bo'lishicha, odam oq idishda to'q rangli idishga qaraganda 30% ko'proq ovqat iste'mol qilishi mumkin ekan. Buning sababi shundaki, oq idishda beriladigan taom yorqin va qarama-qarshi bo'lib, ishtahani qo'zg'atishi mumkin ekan ...

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

03 Feb, 09:44


Xitoylik yozuvchi Yuy Xuaning " Yashamoq" asari insonning hayotiy kurashlari va ichki iztiroblarini yoritadi. Asar o‘quvchiga o‘zining ichki kuchini kashf etish, hayotda duch keladigan qiyinchiliklarni yengish va haqiqiy qadr-qimmatni anglash yo‘lida chuqur his-tuyg‘ularni tortiq etadi. Yozuvchi insonning ichki dunyosi, azoblari va ular bilan kurashish jarayonini mahorat bilan tasvirlaydi.

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

02 Feb, 17:54


Bugun tushmaykan uxlovuringlar

FENOMEN 🌐

02 Feb, 14:35


#Qiziq

Nima deb oʻylaysiz .

Nima uchun aynan qoʻrqinchli filmlardagi bosh rollardagi qizlarni tanlashda chiroyiga alohida eʼtibor berishadi va nisbatan chiroyliroq qizlarni tanlashadi garchi bosh roldan tashqari barchasi film davomida birin ketin oʻlib ketsa ham...💀

FENOMEN 🌐

02 Feb, 09:29


Shvetsiya donorlarga ularning qoni boshqa birovning hayotini saqlab qolishi mumkinligi haqida SMS yuboradigan yagona davlatdir...

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

01 Feb, 23:38


Mandarin inson organizmining tez qarish jarayonini sekinlashtirish xusisiyatlariga ega ekan...

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

01 Feb, 15:00


Titanikning qurilishi uchun 7 million sarflangan bo'lsa, u haqida kino olinishiga 200 million dollar sarflangan.

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

31 Jan, 20:12


Kanadada, odamlar mast holatda avtomobil boshqarmasliklari uchun, spirtli ichimlikka qo'shib avtobus biletlari sotiladi...

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

31 Jan, 15:17


AQShda uysizlar sonidan ko'ra bo'sh uylar ko'proq.

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

31 Jan, 11:25


Khusanov vs Mbappe

Qarama qarshiligi 🔥

FENOMEN 🌐

31 Jan, 11:14


Birinchi jahon urushida askarning hayotini saqlab qolgan olti tanga.

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

31 Jan, 10:07


#kulgu_vaqti

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

31 Jan, 08:29


Skopofobiya🫣

Atrofdagilarning o‘zini ustidan kuladi deb o‘ylash, jamiyatda sharmanda bo‘laman deb qo‘rqish, kimlarnidir xafsalasini pir qilaman deb doimiy extiyot bo‘lish kasalligi skopofobiya deb ataladi.

Skopofoblar xech qachon notanish odamlar bilan o‘zlari birinchi bo‘lib gapni boshlay olmaydilar. Ular savollarga uzuq-yuluq javob beradilar, ko‘zga tik qaray olmaydilar va sal narsaga qizarib ketaveradilar.

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

30 Jan, 17:58


Aytishlaricha Motsart masonlar jamiyatiga a'zo bo'lgan ekan. 1784-yilda u masonlarning marosimlari uchun bir qancha musiqalar yozgan ekan. "Sehrli fleyta" asarida u masonlarning ideallari bo'lgan birodarlik, donishmandlik va tabiat oldida ojizlikni ifoda etgan. U o'zining operasidan 9 kun o'tib vafot etgan. Versiyalardan biriga ko'ra u o'z operasida masonlarning bir qancha sirlarini oshkor qilib qo'ygani uchun uni masonlar o'ldirishgan.

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

29 Jan, 21:00


Avtobusni buzolmayotgan M.City 🪓

Ofsayd chizigʻini ushlab qolgan Barselona 🚫

Gʻalaba sari harakat qilayotgan Liverpul 📈

Oʻzining yuqori oʻyinini koʻrsatib borayotgan PSG 🔝

Bir necha urinishda gol urgan Rodrygo ⚽️

FENOMEN 🌐

FENOMEN 🌐

29 Jan, 20:52


Fleshscore sizlarda ham ishlamay qolyaptimi.?

FENOMEN 🌐

29 Jan, 17:14


Yevropa chempionlar ligasi 8-tur oʻyini ⚽️

Liverpul ketma ket 8-gʻalabaga yaqin va yangi tizimga koʻra 8 ta gʻalaba qozongan ilk jamoa boʻlishi mumkin ❗️

Real Madridga 8 talikka kirish uchun imkoniyatni saqlab qolishda gʻalaba muhim ❗️

PSG uchun 24 talikda qolishda eng kamida durang kerak ❗️

Atalanta ham bugun Barselonani yutish uchun maksimal harakat qiladi ❗️

Manchester Cityni faqatgina gʻalaba qutqarib qolishi mumkin ❗️

Sizningcha bugunning eng muhim va intrigaga boy oʻyini qaysi .⁉️

FENOMEN 🌐

29 Jan, 08:31


Amerika Qoʻshma Shtatlarining oʻldirilgan prezidentlari

1. Avraam Linkoln [16-prezident]
Oʻldirilgan yili: 1865-yil
Suiqasd joyi: Vashington, Ford teatri
Qotil: Jon Uilks But
Qotillik quroli: Derrindjer toʻpponchasi

2. Jeyms Abram Garfild [20-prezident]
Oʻldirilgan yili: 1881-yil
Suiqasd joyi: Vashington, Baltimor va Potomak orasidagi temir yo'l stansiyasi
Qotil: Sharl Gito
Qotillik quroli: Britan buldog revolveri

3. Uilyam MakKinli [25-prezident]
Oʻldirilgan yili: 1901-yil
Suiqasd joyi: Nyu-York, Buffalo shahri, musiqa ibodatxonasi
Qotil: Leon Cholgosh
Qotillik quroli: Iver Jonson revolveri

4. Jon Kennedi [35-prezident]
Oʻldirilgan yili: 1963-yil
Suiqasd joyi: Texas, Dallas shahri, Dili-Plaza parki
Qotil: Li Xarvi Osvald
Qotillik quroli: Karkano miltigʻi (snayper)

FENOMEN 🌐

FENOMEN 🌐

29 Jan, 08:25


Qachonki 18 ta oʻyin bir vaqtda boʻlsa ⚽️

FENOMEN 🌐

FENOMEN 🌐

28 Jan, 11:04


Yaqin yillar ichida Tokioda ochilgan Garri Potterga bagʻishlangan dunyodagi eng katta yopiq park mavjud

Bu joy Tokioning Nerima tumanidagi 30 000 kvadrat metr maydonda joylashgan

FENOMEN 🌐

FENOMEN 🌐

28 Jan, 09:47


"Vulqon ichra raqs" iborasi

"Vulqon ichra raqs" iborasi - Fransiyaning Neapoldagi elchisi graf Selivandi 1830-yil 5-iyun kuni qirol saroyiga bazm-u jamshidga taklif qilinadi. To'kin dasturxon, xursandchilik bilan o'ynab-kulayotgan va qirolga xushomadlarni yomg'irdek yog'dirayotgan kiborlar davrasini ko'rib, elchi bularning barchasi "Vulqon ichra raqs" deydi. Chunki mamlakat kuchli iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan, xalq qiroldan norozi va nafratlanayotgan hamda qirolning taxti qimirlab qolgan bir paytda bemavrid uyushtirilgan shoxona bazm elchining kinoyasiga sabab bo'ladi. Ertasiga barcha gazetalar bu iborani shov-shuv qilishadi. Elchining bashorati esa bor-yog'i ikki oydan so'ng o'z tasdig'ini topadi: inqilobchilar Karl X ni taxtdan ag'darishadi.

FENOMEN 🌐

FENOMEN 🌐

28 Jan, 09:22


Kanal yuritmoqchi boʻlganlarga tavsiya

1. Har bir postni qayta oʻqib chiqing
2. Oldin shaxsiy postlar kanalizda joylab qachon tashlanishini aniqlab qoʻying
3. Ha deb telefonga berilib ketish ham yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi...

FENOMEN 🌐

27 Jan, 18:55


Oʻzbekiston - Iordaniya terma jamoalarining doʻstlik uchrashuvi yakunlandi yakuniy hisob

Jonli Nol:)

FENOMEN 🌐

27 Jan, 17:31


Tomoshabinlarsiz oʻyinlar unchalik ham qizimaydi a

Bu xuddiki: Dushda qoʻshiq eshtmaslikday gap:)

FENOMEN 🌐

27 Jan, 14:16


" Odam yeyuvchi tog' "

16-asrda jahon kumushining 60% Serro-Riko konida qazib olinar edi. Bu so'nggi 500 yil ichida Boliviyadagi eng qadimgi kumush konlaridan biri bo'lib, shu vaqt davomida taxminan 8 million odamning hayotiga zomin bo'lgan. Shuning uchun ham bu tog' mahalliy aholi tilida “Odamni yeydigan tog‘” nomi bilan mashhur bo‘lib, hozirgacha odamlar uni o'zlashtirishga harakat qilishadi.

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

26 Jan, 21:29


Hisob 6:1 boʻldi qiziq yana oʻzgararmikin.?

FENOMEN 🌐

26 Jan, 21:21


1-boʻlimda oʻyinni 6:1 boʻladi deb tahmin qiluvdim

FENOMEN 🌐

26 Jan, 12:13


#Qiziq

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

26 Jan, 12:13


#filmdagi_xatoliklar

"Qasoskorlar: Altron davri" (2015) filmida Kapitan Amerika (Kris Evans) o‘tib ketayotganda kameraga tegib ketmaslik uchun biroz siljiganini ko‘rishingiz mumkin.

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

26 Jan, 08:57


AQSH dollaridagi prezidentlar:

1 dollarlik banknotda 1-prezident Jorj Vashington;

2 dollarlik banknotda 3-prezident Tomas Jefferson;

5 dollarlik banknotda 16-prezident Avraam Linkoln;

10 dollarlik banknotada Gamilton

20 dollarlik banknotda 7-prezident Endryu Jekson;

50 dollarlik banknotda 18-prezident Uliss Grant;

500 dollarlik banknotda 25-prezident Uilyam Mak-Kinli;

1000 dollarlik banknotda 22-prezident Grover Klivlend;

5 000 dollarlik banknotda 4-prezident Jeyms Medison;

100 000 dollarlik banknotda 28-prezident Vudro Vilson surati tushirilgan.

1mln dollarlik banknotada Ozodlik haykali

10 dollarlik banknotada Gamilton va
dunyoda eng ko‘p tarqalgan va eng ommabop hisoblanadigan 100 dollarlik banknotda siyosatchi Benjamin Franklin surati tushirilgan. Ular AQSH prezidenti bo‘lmagan.

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

25 Jan, 19:20


Hayrulla aka mazza qilib shahrlayaptilar oʻziyam

FENOMEN 🌐

25 Jan, 18:26


Moslashib ketguncha hammada ham bosim hayajon boʻladi albatta bu tabiiy hol muhimi hali oldinda imkon koʻp

FENOMEN 🌐

25 Jan, 16:17


Asosiy tarkibda ekan

FENOMEN 🌐

25 Jan, 15:59


Manchester City asosiy tarkibi soat 21:30 lar atrofida eʼlon qilinishi kutilmoqda...

FENOMEN 🌐

25 Jan, 11:33


#hazil

Kayfiyatni koʻtarib olamiz:)

FENOMEN 🌐

FENOMEN 🌐

24 Jan, 16:52


#FAKT

☝️AJABTOVUR MA'LUMOTLAR

• Inson tush ko'rayotganda, televizor ko'rayotgan paytidagidan ko'ra ko'proq quvvat sarf etar ekan.

• Insonning qovurg'a suyaklari bir yil davomida 5 million harakatni amalga oshirar ekan.

• Inson ko'zi ochiq holda aksira olmas ekan.

• CHekuvchi kishilarda rang ajratish qobiliyati pasayib ketar ekan.

• CHekuvchi kishilarning tanasida chekmaydiganlarga nisbatan 10 barobar ko'p ajin bo'lar ekan.

• Uyat va xijolatdan yuzingiz qizargan paytda oshqozoningiz ham qip-qizil tusga kirar ekan.

• SHaharda yashaydigan odam butun umri davomida o'rtacha ikki xaftani svetofor chirog'i yonishini kutib o'tkazar ekan.

• Insonning bir dona soch tolasi 3 kilogrammgacha yukni ko'tara olar ekan.

• Inson 40 yoshdan keyin “pastga o'sish”ni boshlab, har o'n yilda bo'yi 10 santimetrga qisqarib borar ekan.

• Har soniyada dunyo aholisining 1 foizi mast holda vafot etar ekan.

• O'rtacha vazndagi insonning boshi 3,6 kilogrammni tashkil etar ekan.

• Inson suvsiz 2-3 kundan ortiq yashay olmas ekan.

• Insonning yuragi umri davomida o'rtacha 250 million litr qonni haydar ekan.

• Inson butun umri davomida ikkita katta hovuzni to'ldirishga yetadigan so'lak ishlab chiqarar ekan.

• O'rta yoshli insonning tanasi 639 ta muskuldan iborat ekan.

• Oddiy insonning ko'zi 160 xil rangni ajrata olar ekan.

• Vazni 65 kg bo'lgan inson tanasida bitta mix yasashga yetadigan temir moddasi bor ekan.

• Inson ko'zlarining qorong'u sharoitga to'la moslashishi 60-80 daqiqa davom etar ekan.

👉 BU FAKT - Siz Bilmagan Faktlar

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

23 Jan, 21:17


MYUga raqiblarni oʻzi yordam qilib turmasa hech omadi kelmadi

FENOMEN 🌐

23 Jan, 15:22


⚡️ Mavjud bo'lgan eng noyob fobiyalarni bilib oling:

1. Hexakosioihexekontahexaphobia: 666 raqamidan qo'rqish
2. Ksantofobiya: sariq rangdan qo'rqish
3. Turofobiya: pishloqdan qo'rqish
4. Krematofobiya yoki xometofobiya: puldan qo'rqish
5. Somnifobiya: uxlashdan qo'rqish
6. Kulrofobiya: masxarabozlardan qo'rqish
7. Ombrofobiya: yomg'irdan qo'rqish
8. Gipopotomonstrozlar kvipedaliofobiya: uzun so'zlardan qo'rqish
9. Omfalofobiya: qorin tugmalaridan qo'rqish
10. Gilofobiya: daraxtlardan qo'rqish
11. Triskaydekofobiya: 13-raqamdan qo'rqish
12. Papafobiya: Papadan qo'rqish
13. Uranofobiya: jannatdan qo'rqish
14. Pogonofobiya: soqoldan qo'rqish
15. Tripofobiya: teshiklardan qo'rqish

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

22 Jan, 21:56


Parijliklarning haqli va superrr gʻalabasi 🔥

FENOMEN 🌐

22 Jan, 21:29


Bar(a)kalya

FENOMEN 🌐

22 Jan, 14:29


Husanov bugun maydonga tushishi mumkin(mi)?

FENOMEN 🌐

21 Jan, 21:29


Oʻzi birinchi taymda ham 3:1 hisobida avtobus qoʻyib olmagan edi Benfica

FENOMEN 🌐

21 Jan, 20:08


Benficani ham tayyorgarligi ancha yaxshi ekan

FENOMEN 🌐

21 Jan, 13:10


"Uyda yolg'iz " filmining bosh qahramoni Kevin yillar davomida qanchalik òzgargan?!

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

20 Jan, 13:14


Bu ochiqdan ochiq natsizm va bu holni ayrimlar oʻrtasida oddiy deb qabul qilishga qoʻyib berish ham bir fojia ❗️

P.s: Barcha ikki oyoqlalilar teng ammo ayrimlari boshqalardan koʻra tengroq ❗️

FENOMEN 🌐

20 Jan, 13:08


Oʻzbeklarni ItGA tenglashtirish mumkin(mi) .? 🐶

Yaqin orada Litvalik blogerlardan biri bilan Rossiyalik fuqaro oʻrtasida boʻlib oʻtgan muloqotda Rossiyalik fuqaro Oʻzbeklarni itga tenglashtiradi ⁉️

Uning izohicha men oʻz itlarimga masalan apcharka, alabay va hokazo ularga asosan oyiga 100 yevro sarflayman oʻzbek ham bu pulga mendan ish soʻrab ishlashga tayyorligini aytdi

Litvalik bloggerni siz natsistmisiz degan savoliga
- Yoʻq bu tabiiydek ular oʻzi shunday deb buni oddiy hol deb qabul qildi

Afsuski Litvalik blogerning sahifasini va videoning asl manbasini topa olmadik

Quyida siz videodan lavhalar koʻrishingiz mumkin 👇🏻
https://youtube.com/watch?v=5SnD9GOv6eY&si=0EJxY1OTqAmRLAoR

FENOMEN 🌐

20 Jan, 09:22


Nobеl mukofotiga sazovor bo'lgan qo'l (1895).

Vilgеlm Rеntgеnning rafiqasi birinchi bo'lib o'z suyaklarining fotosuratini ko'rgan insondir. Eri bu suratni suratga olayotganda, u chorak soat davomida qo'lini harakatsiz ushlab turishiga to'g'ri kеlgan. O'shanda u «Mеn o'limimni ko'rdim!» - dеgan Rеntgеnga qarab. Vilgеlm Rеntgеn rеntgеn nurlarini kashf qilgani uchun Nobеl mukofotiga sazovor bo'lgan.

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

19 Jan, 17:06


Oxirgi mavsumlarda Valverdega hurmatim ancha oshdi

FENOMEN 🌐

19 Jan, 15:19


Bugun Las Palmas bilan oʻyin yonadimi deyman

FENOMEN 🌐

19 Jan, 14:31


1945-yil 9-may kuni oʻzbekistonlik uchuvchi Abdusamad Taymetov «Li-2» samolyoti ekipaji tarkibida magʻlub boʻlgan Berlindan Moskvaga fashistlar Germaniyasining soʻzsiz taslim boʻlish aktini, Gʻalaba bayrogʻini yetkazib berdi.

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

18 Jan, 09:12


YUNESKO oltin fondiga kiritilgan o'zbek filmlari: 1.O’tgan tong (1933)
2.Qasam (1937)
3.Nasriddin Buxoroda ( 1943)
4.Tohir va Zuhra ( 1945)
5.Alisher Navoiy (1948)
6.Sen yetim emassan (1962)
7.Muloyim (1967)
8.Toshkent-non shahri (1968)
9.O’tgan kunlar (1969)
10.Qo’rqmas (1971)
11.Abu Rayhon Beruniy (1974)
12.Chuchuk olxo’ri (1975)
13.Inson qushlar ortidan ketmoqda ( 1975)
14.Shum bola (1977)
15.Yoshlik davri (1982)
16.Siz kimsiz ? (1989)
17.Abdullajon (1991)
Afsuski mustaqillik davri filmlaridan birortasi bu fondga kiritilmagan.

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

17 Jan, 17:16


Oʻziga xos jazo chorasi

Turkiya prezidenti Rajab Erdoganga qarshi davlat toʻntarishi uyushtirishga harakat qilgan turk ofitserlari jazo chorasi sifatida uning fotosuratiga butun kun davomida qarab oʻtirishga majbur qilingan. Turkiya, 2016-yil iyul.

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

16 Jan, 09:33


Fransiyaning dunyoning moda markaziga aylanishi

XVII-XVIII asrlarda hukmronlik qilgan fransuz qiroli Lyudovik XIV shunchaki moda ishqibozi bo'lmagan. U moda Fransiya iqtisodiy qudratinining muhim qismi deb hisoblagan. U mahalliy to'qimachilik sanoatini qo'llab-quvvatlashga katta miqdorda sarmoya kiritgan va xorijliklar bu sohada ulardan o'tib ketishiga yo'l qo'ymagan. Lyudovik va uning moliya vaziri Jan-Batist Kolbert Perudagi oltin konlari Ispaniya uchun qanday foyda olib kelsa, moda Fransiya uchun undan kam bo'lmagan miqdorda foyda olib keladi deb hisoblagan. O'sha davrlardan boshlab Fransiya jahon moda markaziga aylangan.


"Chanel", "Christian Dior", "Louis Vuitton", "Hermes"..... Bu brendlarning bari Fransiyaga tegishli.

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

13 Jan, 19:55


1993-yil 29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan «14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni» deb belgilandi. Vatanni himoya qilish, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash yurtning har bir farzandi vazifasidir. Vatan himoyachilari kunini nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o‘z burchini o‘tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami, deb qabul qilingan. Ushbu bayram munosabati bilan har yili tantanali tadbirlar o‘tkaziladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondonining Vatan himoyachilariga yo‘llagan tabrigi chop etilib, unda qurolli Kuchlar oldida turgan eng dolzarb vazifalar belgilab beriladi.

Barcha erkaklarga bugungi bayram bilan muborak bòlsin deymiz💐💐💐

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

13 Jan, 05:19


Bir asrdan ko'proq vaqt davomida Nestle logotipi o'z uyasida ona qush va uchta polapon bor edi. 1988 yilda, navbatdagi rebrending paytida logotip bitta polaponi (qush bolasini) yo'qotdi. Buning sabablaridan biri bu vaqtga qadar G'arbiy mamlakatlarda o'rta oilada uchta emas, balki ikkita bola bor edi.

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

12 Jan, 18:16


Lekin bir narsa bor Real Madrid asosiy oʻyinlar finallarda borini berib oʻynaydi doimo qolgan oʻyinlariga nisbatan yaxshi oʻynaydi

FENOMEN 🌐

12 Jan, 05:26


Bir chimdim kulgu😂😂😂

FENOMEN 🌐

12 Jan, 05:15


Bu qatl turi Iblis shabadasi deb atalgan. O‘limga xukm qilinganlar zambarakning og‘ziga bog‘lab otilgan. Zambarak yadrosi xukm qilingan baxtsizni parchalab yuborgan. Bu qatl usuli Eron, Xindiston xududlarida ko‘p qo‘llanilgan. Bu qatl usuli xam dastlab inqilobiy fransiyada o‘ylab topilgan bo‘lsa kerak.Masalan o‘sha mashxur Fushe Lion isyonini bostirishda bu usuldan foydalangan edi. U zambarak o‘qini ortiqcha sarflamaslik uchun royalistlarni arqonga bog‘latib qator qilib tizdirgan va zambarak o‘qiga to‘g‘irlab qo‘ydirgan.
Bu daxshatli qatl usulidan ingliz bosqinchilari Hindistonda Sipohiylar isyoni ni bostirishda keng foydalanganlar.

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

11 Jan, 13:00


#Iqtibos

​​Uyqu jazo emas, mukofot ekanini anglaganingda bolaliging tugagan bo'ladi.

©Fyodr Dostoyevskiy

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

10 Jan, 16:37


Dam olish kunlari koʻrishga arzirli kino yoki serial boʻlsa oʻz tavsiyalaringizni yozib qoldira olasizmi.

P.s: Masalan manga janrlar Detektiv, ujas, komediya, ujas + komediya, psixologi

FENOMEN 🌐

10 Jan, 10:35


Mozambikcha o'q uzish - yaqin masofadagi nishonga o'q uzish texnikasi bo'lib, unga ko'ra, o'q uzuvchi dastlab nishonning tanasiga ketma-ket ikkita o'q otishi, keyin esa bosh qismiga o'q uzishi kerak bo'ladi.
Texnikaning kelib chiqishi — Mozambik mustaqillik urushida qatnashgan rodeziyalik yollanma askar Mayk Russo bilan boğlanadi.
"Jon Uik" filmi qahramoni bir nechta epizodlarda mozambikcha o'q uzadi.

Makedoncha o'q uzish-
bunda odam ikkala qo'lidagi o'qotar quroldan bir vaqtning o'zida foydalanishi kerak bo'ladi.

Bu terminni o'ylab topgan yozuvchi Vladimir Bogomolovning ta'kidlashicha, ushbu uslubdan birinchi marta 1934-yil 9-oktyabrda Marselda Yugoslaviya qiroli Aleksandr hamda Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan Lui Bartuni o'ldirgan Vlado Chernozemskiy foydalangan.

XX asr 30-yillaridan boshlab FBR hamda Skotland-Yard josuslari, 1942-yildan sovet kontrrazvedkachilari makedoncha o'q uzish metodlarini o'rgana boshlagan.

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

07 Jan, 17:55


Uzbekistan 5 - 4 Peru
Combekiston 🔥

FENOMEN 🌐

07 Jan, 15:06


🔥 36 ta Zakovat Kanali – Bitta Joyda! 🔥

📚 Bilim doirangizni kengaytirishga tayyormisiz? Endi 36 ta eng qiziqarli va foydali Zakovat kanallari bitta platformada!

🎯 Nima uchun bizga qo‘shilish kerak?
10 000+ savollar va javoblar bazasi
Har kuni yangi faktlar, qiziqarli ma'lumotlar.
Intellektual musobaqalar va mukofotlar.

🌐 Bir joydan turib 36 ta kanal materiallariga ega bo‘ling – ortda qolmang, aqlingizni charxlang!

🏆 Hoziroq obuna bo‘ling va bilim olamiga sho‘ng‘ing!

👉 Barcha kanallar obuna bo'lish
👉
Barcha kanallar obuna bo'lish
👉 Barcha kanallar obuna bo'lish


👩‍🚀 Zakovat – bu faqat o‘yin emas, bu hayot tarzi!

FENOMEN 🌐

05 Jan, 16:10


Deadline

Deadline - Vaqt chegarasi yoki oxirgi muddat. Bu maqsad yoki vazifani bajarish kerak bo'lgan tor vaqt maydoni yoki vaqtning ma'lum bir nuqtasi. Bu vaqt o'tgandan so'ng, buyum muddati o'tgan deb hisoblanishi mumkin.

19-asrda Amerika fuqarolar urushi davrida harbiy asirlar uchun kontslagerda kesib o'tib bo'lmaydigan chiziq sifatida paydo bo'lgan , ammo agar kesib o'tgan bo'lsa, soqchilar darhol o't ochishgan.

Bu atama nashriyot sanoatida "vaqt chegarasi" degan ma'noni anglatadi, bu material gazeta yoki davriy nashrda ko'rinmaydigan vaqtni ko'rsatadi .

Bu so'z rus tilida 1990-yillarning boshlarida paydo bo'lgan va birinchi marta uning orfografik versiyasida "deadline" sifatida yozilgan .

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

01 Jan, 19:20


Amerikalik tadbirkor, Space X va Tesla kompaniyalari rahbari Ilon Mask va uning sevgilisi, qo‘shiqchi Grayms o‘g‘lining tushunarsiz ismini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi,

Ilon Mask oltinchi farzandiga X Æ A-12 deb ism qo‘ydi. Kaliforniya shtati ma’muriyati bunday ismni qabul qila olmaydi, uni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi

Milliarder va xonanda bolaga boshqa ism qo‘ydi. Endi ularning o‘g‘li X Æ A-Xii ismini oldi.

Shunga qaramay yangi tug‘ilgan chaqaloqning ismi tushunarsizligicha qolmoqda.

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

31 Dec, 08:00


🎄🎄🎄🎉☃️🎁🎊🎉🎄🎄🎄

Yangi yil — eski yil tugaganidan keyin boshlanadigan navbatdagi yil. Yilning boshlanishi turli xalqlarda har xil vaqtga toʻgʻri keladi. Koʻpchilik mamlakatlarda, xususan, Yevropa mamlakatlari har yili Yangi yilni milliy bayram sifatida 1-yanvar (Yangi yil kuni) kunida nishonlashadi. Hijriy yil hisobi qabul qilingan joylarda esa quyosh yilining turli sanalarida bayram qilinadi.

Yilning boshlanishi 1-yanvar sifatida miloddan avvalgi 46-yilda Rim hukmdori Yuliy Sezar tomonidan oʻrnatilgan. Qadimgi Rimda bu kun Yanus — tanlov, eshiklar va barcha boshlanishlar xudosiga bagʻishlangan. Yanvar oʻz nomini ikki yuz bilan tasvirlangan xudo Yanus sharafiga oldi: biri oldinga, ikkinchisi orqaga qaraydi.

Barchani bayram bilan tabriklab qolamiz🎉🎉🎉

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

28 Dec, 12:08


1814-yil 23-oktabrda Londonda jarroh Jozef Karpyu tomonidan rasmiy ravishda tarixdagi birinchi plastik operatsiya oʻtkazilgan. Burun shaklini tiklash boʻyicha.

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

28 Dec, 08:22


AQShning sobiq Prezidenti Donald Tramp 5 ta film hamda 1ta serialda rol o'ynagan.
Bular👇👇
“Uyda yolg‘iz 2”, 1992-yil
“Ulfat”, 1996-yil
“Kichkina yaramaslar”
“Namunali erkak”, 2001-yil
“Ogohlantirib sevish”, 2002-yil
“Beverly Hillslik shahzoda” seriali.

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

27 Dec, 11:33


Kanalimiz 2024-yil bo'yicha sarhisobi

FENOMEN 🌐

FENOMEN 🌐

26 Dec, 19:45


https://youtu.be/KuukmpapXK4?si=QXfBoU5C05v3XbYr

Uzbekonomics kanali podcastlaridan birida olimpiada gʻoliblari va sportchilarga pul ajratmaslik va shu tariqa iqtisodiyot rivojiga hissa qoʻshish hamda "Barcha uchun teng imkoniyatlar mavjud boʻlgan" davlat qurish fikri ilgari surilgan ekan.

Hop avvalambor sportchilar va olimpiada gʻoliblariga pul ajratish kerakmi degan savolga javob bersam
Ha albatta pul ajratish kerak
Endi savol nima uchun.?
U oʻzini shaxsiy yutugʻiku davlatga nima foyda.?
Kechirasiz shu joyida davlatga foydasi yoʻq deyolmaysiz

1. Xalqaro miqyosda oʻsha davlat obroʻsini oshirishi va oʻsha davlatni butun dunyoga tanitishi eng katta foydalaridan biri
Nega.?
Chunki xalqaro sport musobaqalari xalqaro miqyosda kuzatib borishadi. U yerda bayrogʻimiz hilpirashini koʻrish Madhiyamiz yangrashi eshtish Minbarda turgan Oʻzbek farzandini koʻrish.

2. Nafaqat biz buni kuzatib borayotgan barcha chet ellik insonlar tashkilotlar, firmalar , brendlar va korporatsiyalar xodimlari
Ularning aksariyati oʻsha mashhur sportchi bilan shartnoma tuzishga harakat qilishadi ( bunga dunyoning eng mashhur sportchilari yaqqol misol)

3. Oʻsha sportchilarga qiziqib davlatini soʻrashadi bu esa turizm rivojiga turtki boʻladi

4. Oʻsha sportchiga qiziqib ota onalar farzandini sportga beradi yoshlar sportga qiziqadi bu esa vaqtini boʻsh oʻtkazmaslikka hamda jamiyat uchun foydali mashgʻulot bilan band boʻlishini taʼminlaydi

Endi podcastda aytilgan yana bir fikrga toʻxtalsak. "Jamiyatning Elita qatlamiga yanada koʻp eʼtibor qaratish gʻoliblarni yana ragʻbatlantirish Prezident maktablaridagi yoshlarga koʻproq sharoit yaratib berish qanchalik toʻgri.? Ular bilishmaydi pol yoʻq ustidan suv tomadigan maktablar borligini.?

Avvalambor bu fikrni aytayotgan odamlar biri Amerika oʻqisa va har ikkisining qoʻlida soʻnggi modeldagi telefon hamda sifatli kompyuterlar qarshisida turgan boʻlsa demak ularni ham jamiyatning "Elita" qatlamiga kirgizsa boʻladi
Hamda bu muhokamadagilar ularning jamiyatning oʻrta qatlamiga soʻz bilan yordam berishga harakat qilishini choʻkayotgan odamga hasni uzatib yaxshilab tort uzulib ketmasin degandek.

"Barcha uchun teng imkoniyatlar mavjud boʻlgan davlatni quramiz"
Unutmangki bu fikr kommunizm gʻoyasi boylardan barcha mol mulkini tortib olib xohlagan odamini samasud qilganlarning gʻoyasi bu xalqni tinchlantirish va ularni ishontirgan holda boshqarib turish uchun oʻylab topilgan gʻoya

Men sizlarga ishonch bilan ayta olamanki hech qaysi jamiyatda hech qaysi davlatda barcha esingizda boʻlsin barcha uchun teng imkoniyatlar yaratish imkonsiz va bunga harakat xojati ham yoʻq. Shu fikrlarni yoza olyapman lekin ijtimoiy tarmoqlarga kirish imkoniyati yoʻq boʻlgan oʻzbeklar qancha. Agarda Ukrain boʻlganimda urushda yurgan, shimoliy koreyada yashaganimda yozolmaydigan, Zimbabveda yashaganimda ochlikdan oʻlayotgan boʻlardim. Qani bu yerda tenglik.? qani bu yerda adolat.?
Shunday ekan Utopik davlat qurish imkonsiz va buni tan olish kerak Rivojlanish har doim ziddiyatlar qarama qarshiliklar natijasida hosil boʻladi

Oddiy kundalik hayotingizga boqing sfetaforga mashinada toʻxyaganda hamma birinchi qatorda turishga harakat qiladi. Navbat kutganda birinchi sizning navbatingiz kelishini istaysiz. Oylik berilganda birinchi sizning oyligingiz tushishi yoki doʻstlar bilan Gapda pul yigʻilganda birinchi sizga pul yigʻib berishlarini va hokazo odamlar birinchi boʻlolmay oxirida qolib ketaversa ziddiyat kelib chiqadi buning natijasida esa yangi yoʻllarni oʻylab koʻradi. Shu tariqa qadimdan qoʻshin oʻrtasida xabar yetkazuvchi choparlar boʻlgan keyinchalik uzoq joylarga yetkazish uchun kabutarni qoʻlga oʻrgatishdi hozirda kelib esa undanda tez SMS ijtimoiy tarmoqlar yaratildi shu tariqa takomillashib keldi.

FENOMEN 🌐

FENOMEN 🌐

26 Dec, 18:10


Yuqoridagi postda shaxsiyatga oʻtmay fikr bildiring deyishdi fikri ojizimcha

"Zakovatchi" , "Intellekt" deb atashadi bu fikrlarning oʻzida qoʻshtirnoqqa olinib zakovatchilar qatlami diskriminatsiya qilinmoqda

"Shunaqa deb oʻylaydiganlarga" sen xato oʻylayapsan koʻzini och zakovatga pulni nima uchun ajratishimiz kerak
Sizga nima haqida fikrlashingizni belgilab berish bu propaganda

Zakovatni PR qilishganini aytib muhokama qilishingizni istash bu ham PR

Nahotki shu yuqori rakursdan qarab xolis fikr bildirish boʻlsa sizningcha.?

FENOMEN 🌐

26 Dec, 17:39


https://t.me/jalilovqaydlar/2769

Ochigʻi nimadir fikr bildiraman desam asabiylashib ketyapman yaxshisi sukut maʼqul

Nimamush butun boshli davlatning budjetini yemirayotgan bu zakovatmish 🤷🏻‍♂

Bu fikrlarni zakovatdan zarracha xabari yoʻq va Zakovat uyoqda tursin qiziqib umrida kitob ham varoqlamagan odam bildirmoqda katta ehtimol bilan...

Zakovatni PR chilikda ayblab PR qilish 🤷🏻‍♂

Bir gap boʻlardi kim nima haqida barcha joyda jar solayotgan boʻlsa demak U odam aslida unga ega emasdur...

FENOMEN 🌐

26 Dec, 12:31


Siz tug'ilgan yil qaysi mashhur asar yozilganini bilasizmi?

1950 — "Arslon, sehrgar va mo'jizakor shkaf", Klayv Steyplz Lyuis ('The Lion, the Witch and the Wardrobe')
1951 — "Javdarzordagi xaloskor", Jerom Selinjer ('The Catcher in the Rye')
1952 — "Chol va dengiz", Ernest Xeminguey, ('The Old Man and the Sea')
1953 — "Farengeyt bo'yicha 451 daraja", Rey Bredberi ('Fahrenheit 451')
1954 — "Uzuklar hukmdori", Jon R. R. Tolkin ('The Lord of the Rings')
1955 — "Lolita", Vladimir Nabokov
1956 — "Qulash", Alber Kamyu ('La Chute')
1957 — "Grinch Rojdestvo o'g'risi", Doktor Syuz ('How the Grinch Stole Christmas!')
1958 —"Tiffanining uyida nonushta", Trumen Kapote ('Breakfast at Tiffany's')
1959 — "Eljernonga atalgan gullar", Deniel Kiz ('Flowers for Algernon')

1960 —"Mazaxchi qushni o'ldirish", Harper Li ('To kill a mockingbird')
1961 — "Begona yurtdagi begon", Robert Xaynlayn ('Stranger in a Strange Land')
1962 — "Заводной апельсин", Entoni Byorjess ('A Clockwork Orange')
1963 — "Shisha gumbaz ostida", Silviya Plat ('The Bell Jar')
1964 — "Charli va shokolad fabrikasi", Roald Dal ('Charlie and the Chocolate Factory')
1965 — "Ariel", Silviya Plat
1966 — "Usta va Margarita", Mixail Bulgakov ('Мастер и Маргарита')
1967 — "Yolg'izlikning yuz yili", Gabriel Garsiya Markes ('Cien Anos de Soledad')
1968 — "Мечтaют ли aндрoиды oб электрooвцaх?", Filip Dik ('Do Androids Dream of Electric Sheep?') keyingi nashrlarida — "Бегу‌щий по ле‌звию" ('Blade Runner')
1969 — "Бoйня нoмер пять, или Крестoвый пoхoд детей", Kurt Vonnegut ('Slaughterhouse-Five, or The Children's Crusade')

1970 — "Jonatan Livingston laqabli oqcharloq qush", Richard Bax ('Jonathan Livingston Seagull')
1971 — "Las-Vegasdagi qo'rquv va nafrat", Hanter S. Tompson ('Fear and Loathing in Las Vegas')
1972 — "Uotership tepaligi", Richard Adams ('Watership Down')
1973 — "Malika-kelin", Uilyam Goldman ('The Princess Bride')
1974 — "Шпиoн, выйди вoн!", Jon Le Karre ('Tinker, Tailor, Soldier, Spy')
1975 — "Syogun", Jeyms Klavell
1976 — "G'azab xudosi", Rojer Jelyazni va Filip Dik ('Deus Irae')
1977 — "Сияние" ("Yorqinlik"), Stiven King ('The Shining')
1978 — "Мир глaзaми Гaрпa", Jon Irving ('The World According to Garp')
1979 — "Shamol qo'shig'ini tingla", Xaruki Murakami;
"Автосто‌пом по гала‌ктике", Duglas Adams ('The Hitchhiker’s Guide to the Galaxy')

1980 — «Имя рoзы», Umberto Eko ('Il nome della Rosa')
1981 — "Yarim kecha bolalari", Salmon Rushdiy ('Midnight's Children')
1982 — "Ruhlar uyi", Isabel Alyende ('La casa de los espiritus')
1983 — "Mo'jiza rangi", Terri Pratchett ('The Colour of Magic')
1984 — "Qovoq ari fabrikasi", Ien Benks ('The Wasp Factory')
1985 — "Ifor", "Парфюмер", Patrik Zyuskind ('Das Parfum')
1986 — "Oнo" ("U"), Stiven King ('It')
1987 — "Qo'riqchilar" (komiks), Alan Mur ('Watchmen')
1988 — "Alkimyogar", Paolo Koelyo
1989 — "Kun qoldiqlari", "Остаток дня", Kadzuo Isiguro ('The Remains of the Day')

1990 — "Yura davri xiyoboni", Maykl Krichton
1991 — "Sofiyaning dunyosi", Yusteyn Gorder ('Sofies Verden')
1992 — "Sirli tarix", Donna Tartt ('The Secret History')
1993 — "Девственницы-сaмoубийцы", Yevgenidis Jeffri ('The Virgin Suicides')
1994 — "Хрoники Зaвoднoй Птицы", Xaruki Murakami
1995 — "Ko'rlik", Joze Saramago ('Ensaio sobre a Cegueira' - "Слепота")
1996 — "Taxtlar o'yini", Jorj R.R. Martin ('A Game of Thrones');
"Jang klubi", Chak Palanik ('Fight Club')
1997 — "Garri Potter va hikmatlar toshi", J. K. Rouling ('Harry Potter and the Philosopher's Stone')
1998 — "Soatlar", Maykl Kanningem ('The Hours')
1999 — "Yuvosh bo'lish yaxshi", Stiven Chboski ('The Perks of Being a Wallflower' - "Хoрoшo быть тихoней")

2000 — "Жизнь Пи", Yann Martel ('The Life of Pi')
2001 — "Ловец снов", Stiven King ('Dreamcatcher')
2002 — "Yoqimli suyaklar", Elis Sibold (The Lovely Bones)
2003 — "Vaqtlararo sayyohatchining rafiqasi", Odri Niffenegger ('The Time Traveler's Wife')
2004 — "Samoviy atlas", Devid Mitchell ('Cloud Atlas')
2005 — "Kitob o'g'risi", Markus Zusak ('The Book Thief').
2006- Yòl -yòl pijamali bola(Мальчик в полосатой пижама) Jon Boyl

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

25 Dec, 06:13


JEYN OSTEN
(1775-1817)

Jeyn Osten 1775-yil 16-dekabrda Hampshire shtatining Steventon shahrida sovuq qish kunlarida tugʻilgan. U Britaniya adabiyotida realizm jarchisi, satirik va yozuvchi. U oʻsha yerdagi mahalliy cherkovda choʻqintirildi.

Osten haqidagi biografik maʼlumotlar uning bir necha omon qolgan xatlari va oila aʼzolari u haqida yozgan qoʻl yozmalaridan olingan. Osten yozgan 3000 ga yaqin xatdan faqat 160 tasi saqlanib qolgan va nashr etilgan. Kassandra Osten singlisidan olgan xatlarning asosiy qismini yoʻq qilgan, yoqib yuborgan.

Ostenning syujetlari koʻpincha ayollarning ijtimoiy mavqesi va iqtisodiy xavfsizligi nikohga bogʻliqligini koʻrsatadi. Uning asarlari 18-asrning ikkinchi yarmidagi romanlarining tanqidi va 19-asr adabiy realizmiga oʻtish davrining bir qismidir.

Romanlari:
Sense and Sensibility – 1811
Andisha va gʻurur – 1813
Mansfield Park – 1814
Emma – 1815

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

23 Dec, 05:30


Nima uchun Eyfel minorasi shunday shaklda qurilgan?

XIX asr o'rtalarida nemis poleontologi German fon Mayer inson son suyagi tuzilishini o'rganib chiqadi. Mustahkam geometrik tuzilishga ega ushbu suyak tananing butun og'irligini ko'tarib tursada, sinib ketmaydi, aksincha yukni butun tana bo'ylab taqsimlab yuboradi.

Oradan 20 yilcha o'tgach ushbu tadqiqot muhandis Gustaf Eyfelni qiziqtirib qo'yadi. U bilan yaxshilab tanishib chiqqach, o'zining yangi binosini aynan shu shaklda yaratishga qaror qiladi.

FENOMEN🌐

FENOMEN 🌐

22 Dec, 15:38


Realning gollari 🤯

FENOMEN 🌐

22 Dec, 13:43


2020-yildan beri Tv koʻrmayman yaqinda 5 yil toʻlarkan U yerda Reklama saviyasiz koʻrsatuvlar keraksiz yangiliklar juda koʻp shu uchun ham yaqinda boʻlgan reklama yoki koʻrsatuvlarga ishora qilishsa tushunmay qolaman

Eng muhim shov shuvli yangiliklarnichi ulardan qolib ketmaysizmi desangiz
Undan xavotir olmasangiz ham boʻladi odamlarning oʻzi ogʻizdan ogʻizga oʻtqazib tarqatishadi ularni eshtib turaman faqat sal kechroq boʻlishi mumkin lekin bu bilan osmon uzilib yerga tushmaydi

Albatta istisnolar ham bor Tv koʻrmayman degani bu kino koʻrmayman degani emas oyiga asosan 2-3 ta kino koʻrib turaman reklamalarsiz hamda asosan chet el filmlarini

Ha aytgancha aytganga yarasha toʻlliq aytish kerak tan olib oʻzni aldamay onda sonda Beeline Tv dan 1ta kanalni koʻrib turaman haftada 1 yoki 2 kun faqatgina 2 soatga

FENOMEN 🌐

22 Dec, 10:47


​​Balisong

Balisong (Kapalak pichogʻi)- pichoqning dastasi bilan bog'langan, ikkita kesimli uzunlamasi yarmi tomonidan hosil qilingan tutqichda buklangan holatda yashiringan pichoq. Tutqichning yarmi ochilganda, ular pichoqqa nisbatan qarama-qarshi yo'nalishda 180 daraja aylanadilar, pichoqni ochib, birlashib, dastani hosil qiladilar.

Balisong inertial ochilish uchun mo'ljallangan. Tajribali odam pichoqni ushlab turgan bir qo'li bilan pichoqni ochishi mumkin. Biroq tajribasizlarga ehtiyotkorlik tasviya qoʻlni kesib olish ehtimoli katta

Pichoq kapalak qanotlarining aylanish harakatiga o'xshash ochilish paytida tutqichlarning harakatlanish traektoriyasining o'xshashligi tufayli o'zining nomini olgan.

Tarixi — Balisonglar ikkinchi jahon urushidan keyin amerikalik harbiy xizmatchilar Filippindan ekzotik pichoqlarni olib kelishganida keng ommalashdi. Balisong dizaynining kelib chiqishi haqida ikkita asosiy nazariya mavjud:

Birinchi versiyaga ko'ra, pichoqni filippinlik baliqchilar ixtiro qilgan. Baliqchi uchun pichoq ish uchun eng muhim vositalardan biridir. Balisong dizayni baliqchilarga bir qo'lida pichoq bilan bir qoʻlida shturvalni erkin va oson boshqarish imkoniyatini beradi . XX asr boshida batangas provinsiyasining Balisong kichik shahridan bo'lgan temirchi perfecto de Leon baliqchilarning qurolini takomillashtiradi va uni shunday ajoyib pichoqqa aylantirdi. Ma'lum bo'lishicha, pichoq o'z nomini ishlab chiqarilgan joydan olgan, ammo qoida tariqasida u faqat Osiyo mamlakatlarida qo'llaniladi.

Ikkinchi versiyaga ko'ra, balisong Yevropada taxminan XVII asrda paydo bo'lgan. 1710-yilda fransuz tilidagi "Le Perret" kitobi chop etilgan bo'lib, unda kapalak pichog'ining eskizi tasvirlangan va XIX asr oxirida nemis firmasi Bentgen va Zabin Solingen (Böntgen & Sabin (B&S) Solingen) balisonglarni sotish bilan shug'ullangan.

FENOMEN 🌐

FENOMEN 🌐

22 Dec, 10:23


Javob: Kapalak pichogʻi
Qabul: нож бабочка, balisong
Izoh: Komiks nomi oshqozonimda kapalaklar qahramonning oshqozon qismiga Kapalak pichogʻi orqali berilgan zarbadan soʻng uning oshqozonida kapalaklar qoʻzgʻalgani hamda sevib qolgani aytiladi.

FENOMEN 🌐

22 Dec, 10:23


kapalak pichoqmidi

FENOMEN 🌐

22 Dec, 10:20


SAVOL 📜

Artyom qalamiga mansub komikslardan birida qahramonlardan biri qiz tomonidan qorin boʻshligʻiga berilgan zarba tufayli yarador qilinadi. Shunda qahramon qizni sevib qolganini aytadi.

Diqqat savol qahramonning qorin qismiga nima vositasida zarba berilganini anniq yozib bering.?